YOUTH CRIME PREVENTION AND CRIME ELIMINATION

HAC
Google Scholar
f
363-367
0
0
To share
Salomov, T. (2024). YOUTH CRIME PREVENTION AND CRIME ELIMINATION. Modern Science and Research, 3(2), 363–367. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30126
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the measures and effective methods of preventing offenses and crimes committed among minors and young people today. The causes of offenses and crimes committed among young people are highlighted, the factors affecting them are studied and examples are given. It was pointed out in a scientific context that youth crime begins with the prevention of delinquency among young people.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

363

YOSHLAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH VA

JINOYATCHILIKNI BARTARAF ETISH

Salomov Temur Faxriddinovich

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi.

alexrussoinbox13@gmail.com

Telefon: +998(93) 620 14 30

https://doi.org/10.5281/zenodo.10818956

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi kunda voyaga yetmaganlar hamda yoshlar

o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishning chora-tadbirlari
hamda samarali usullari tahlil etilgan. Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik
va jinoyatlarning sabablari yoritilib, unga tasir etuvchi omillar o‘rganiladi va misollar
keltiriladi. Yoshlar jinoyatchiligi avvalo yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishdan
boshlanishiga ilmiy mazmunda to‘xtalib o‘tildi.

Kalit

so‘zlar:

voyaga

yetmaganlar,

yoshlar,

huquqbuzarlik,

yoshlar

jinoyatchiligi, yoshlar yetakchisi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, profilaktik chora-tadbir.

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ МОЛОДЕЖНОЙ ПРЕСТУПНОСТИ И ЛИКВИДАЦИЯ

ПРЕСТУПНОСТИ

Аннотация.

В данной статье анализируются меры и эффективные методы

профилактики правонарушений и преступлений, совершаемых сегодня среди
несовершеннолетних и молодежи. Выделены причины правонарушений и преступлений,
совершаемых среди молодежи, изучены влияющие на них факторы и приведены примеры.

В научном контексте отмечено, что молодежная преступность начинается с

профилактики правонарушений среди молодежи.

Ключевые слова:

несовершеннолетние, молодежь, правонарушения, молодежная

преступность, молодежный лидер, профилактика преступности, профилактические
меры.

YOUTH CRIME PREVENTION AND CRIME ELIMINATION

Abstract.

This article analyzes the measures and effective methods of preventing offenses

and crimes committed among minors and young people today. The causes of offenses and crimes
committed among young people are highlighted, the factors affecting them are studied and
examples are given. It was pointed out in a scientific context that youth crime begins with the
prevention of delinquency among young people.

Key words:

minors, young people, delinquency, youth crime, youth leader, crime

prevention, preventive measures.

Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga

aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy
o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, mustaqil va
ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish
ustuvor maqsadimizdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

364

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari

mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va

huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy

axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik
madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan
vazifalarni o‘z ichiga olgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

Ammo ming afsuski yurtimizda ana shunday yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish

o‘rniga qimmatbaho vaqtlarini bekorchi va yod narsalarga sarflab buning oqibatida huquqbuzarlik
va jinoyat sodir etib kelayotgan voyaga yetmaganlar va yoshlar ham uchrab turibdi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishni

eng avvalo oiladan boshlash kerak, oilani mustahkamlash kerak, azaldan ota-bobolarimiz
tomonidan o‘tib kelayotgan bir naql bor: “Vatan ostonadan boshlanadi”. Farzand oilada dunyoga
kelgan vaqtdan boshlab shu oilaning tarbiyasi ila kamol topib boradi, shu oilada muhit qanday
bo‘lsa shu muhitda o‘sadi. Shu boisdan avvalo oilani mustahkam qo‘rg‘onga aylantirmoq lozim,
farzand katta bo‘lgani sari ota-onasi u uchun idial shaxs sifatida ko‘rina boshlaydi, ota-ona
oilada o‘qimishli, ziyoli shaxs bo‘ladigan bo‘lsa farzand ham ulardan o‘rnak olib boradi. Biroq
bugungi kunda jamiyatimizning ayrim oilarida ota-onaning mavjud uquvsizligi, farzandga bo‘lgan
etiborsizligi, oiladagi o‘zaro ichki nizolar, ota-onaning kelishmovchiligi,

kunda

oilada

takrorlanib kelayotgan janjallar natijasida ushbu oiladagi farzandlar tashqi muhitga qarab
qochishni boshlaydilar va tashqi muhitdagi ayrim illatlarga qo‘shilib qolishlari natijasida asta-
sekinlik bilan oxiri berk bo‘lgan qorong‘u yo‘lak sari yura boshlaydilar, buning oqibatida esa
huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishni boshlaydilar.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim

masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni xohlaydi. Tinchlik bo‘lgan
joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi. E’tirof etish kerakki, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan
huquqbuzarlik va jinoyatlarni bir qismi tayin bir o‘qish yoki ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar
tomonidan sodir etilmoqda. Buning oldini olishda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb

etadi.

Shu

boisdan

jinoyatchilikni

oldini

olishda

mahalla

instituti imkoniyatlaridan

samarali foydalanish zarur hisoblanadi. Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv
mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini
bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning
samaradorligini yanada oshirish maqsadida bilan har bir mahallada “Yoshlar yetakchisi”
lavozimi joriy etilib ularga mahalladagi har bir yosh bilan individual o‘rganish olib borgan holda
bandligi ta’minlanmagan yoshlarni istak va qiziqishlarini inobatga olgan holda yoshlarni
kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash kabi bir qator aniq vazifalar belgilab berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi

“Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

365

to‘g‘risida”gi PQ-4075-sonli Qarori bilan har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik
patrul guruhlari tashkil etilib, ushbu guruh tarkibiga:

- mahalladagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash niyatida mudofaa ishlari bo‘yicha tuman

bo‘limiga murojaat qilgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar;

- respublika

oliy

harbiy

ta’lim

muassasalariga,

shuningdek

ichki

ishlar

organlarining ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar;

- ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar orasidan

shakllantirish nazarda tutilib, ushbu guruhga a’zo bo‘lgan yoshlar bilan mahallada bu mening
uyim, bu mening mahallam, bu mening vatanim, men mahallamda jinoyat sodir etilishiga yo‘l
qo‘ymayman shiori ostida tungi vaqtda profilaktika inspektori bilan birga belgilangan yo‘nalish
bo‘yicha umumiy 100 soatdan kam bo‘lmagan vaqt miqdorida patrullik qilgan yoshlarga
profilaktika inspektori va mahalla raisi bilan birgalikda xizmatga, o‘qishga tanlov o‘tkazishda
inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi bu ham yoshlar uchun katta imkoniyatlardan biri
bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati

to‘g‘risida”gi Qonuni ga asosan quyidagilar yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda
ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga kiradi:

ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar;
madaniyat organlari;
mehnat organlari;
prokuratura organlari;
ichki ishlar organlari;
adliya organlari;
mudofaa ishlari bo‘yicha organlar.
Yuqorida belgilab o‘tilgan ushbu davlat organlarining o‘z vazifalari aniq belgilab berilgan

bo‘lib, ushbu davlat organlari tomonidan bugungi kunda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan sport va talim yo‘nalishida bugungi kunda yoshlarimiz respublika miqyosida

o‘tkazilayotgan

musobaqalar,

nafaqat respublika balki Osiyo davlatlari hamda jahon

arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib kelishmoqda, bu esa ushbu davlat organlari
tomonidan ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham
bugungi kunga kelib yoshlarimiz tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir
etish holatlari kamayishiga erishildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ammo ana shunday yutuqlarimiz bilan faxrlanib turgan bir vaqtning o‘zida ming

afsuski ayrim yoshlarimiz o‘rtasida bugungi kunda qonun buzish holatlari, ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etish holatlari va eng achinarlisi yoshlarimiz tomonidan jinoyat sodir
etish holatlari haligacha davom etib kelmoqda. Jumladan yoshlarimiz tomonidan bungi kunda:

- guruh-guruh bo‘lib maishatbozlik qilish;

- tungi vaqtlarda ko‘ngilochar joylarda bo‘lib qarovsiz holatda qolib ketish;
- tungi vaqtlarda nazoratsiz holda ko‘chalarda bemaqsad yurgan holda har-xil turdagi

huquqbuzarlik sodir etilish holatlariga qo‘shilib qolish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

366

- giyohvandlik

va

psixatrop

moddalarni

istemol

qilish

uning

noqonuniy

aylanmasiga aralashish;

- o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida katta miqdorda pul topish evaziga o‘g‘irlik

va firibgarlik qilish holatlari;

- ota-onalarni farzandga bo‘lgan etiborsizligi va farzandini qarovsiz qoldirishi oqibatida

voyaga yetmagan bolalar tomonidan avtomobil boshqarish uchun huquq beruvchi haydovchilik
guvohnomasi yo‘q bo‘la turib yashash xonadonida mavjud bo‘lgan avtomashinani boshqarib
ko‘chaga chiqib ketishi va yo‘llarda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini sodir
etayotganlari;

- ko‘chalarda guruhbozlik qilish, ko‘pchilik bo‘lib o‘zaro sama sudlar qilish va buning

natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etilishi kabi holatlar bugungi kunda
yoshlarimiz o‘rtasida uchrab turganligi ming afsuski haqiqat.

Shu boisdan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan bunday huquqbuzarlik va jinoyatlarni

oldini olishda bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasining quyidagi:

*huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;
*huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi;

*huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;

*huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi kabi turlarini qo‘llagan holda

yoshlarni ma’lum toifalarga bo‘lgan holda ular bilan doimiy tarzda samarali profilaktik
tadbirlarni amalga oshirib borish lozim. Bugungi kunda yangilanayotgan O‘zbekistonda bir
qator keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan yoshlarga oid davlat siyosati
ilgari surilmoqda, buning misoli o‘laroq yurtboshimiz tomonidan O‘zbekistonda 2024-yilni
“Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash” yili deya e’lon qilinishi ham katta ahamiyat kasb
etadi. Shu boisdan bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplarini
yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish lozim

*ochiqlik va shaffoflik;

*yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;

*yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

*ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

*yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Shuningdek mahallalarda yoshlarni doimiy tarzda o‘rganib borgan holda dunyo qarashi

o‘zgargan, ota-onaning nazoratidan chetda qolib ketgan, yoshlar bilan mahallada keng
jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yib ushbu toifadagi yoshlar bilan doimiy o‘rganish ishlarini
olib borgan holda uni o‘z yo‘lini topib ketishiga ko‘maklashish lozim bo‘ladi. Bugungi
kunda yoshlar o‘rtasida sport va ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratish lozim. Har bir
mahallada yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun qulay sharoitga ega, yoshlar
shug‘ullanishlari uchun sport zallar hamda turli xildagi to‘garaklarni doimiy tarzda tashkil etib
borish lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bola dunyoga kelganidan boshlab unga gʻamxoʻrlik

qilish, sogʻlom va toʻgʻri tarbiya hamda zamonaviy taʼlim olishini taʼminlash – ota-onaning
farzand oldidagi asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Har qaysi ota-ona oʻz farzandlariga nisbatan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

367

mutasaddi va masʼul ekanini unutmasligi lozim. Zero, bu farzand kelajagi, uning komil inson
boʻlib voyaga yetishida eng muhim va zarur omildir.

Demak, bu borada hamma aybni u yoki bu idoraga, tashkilotga yuklab qoʻyish toʻgʻri emas.

Bu masalada hammamiz javobgarmiz. Zotan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning
oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki barcha tashkilot va idoralar ham masʼuldir.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 18-
maydagi “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament
nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 274-IV-son Qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son
Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini
ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4075-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y.,
07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son.

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y.,
03/22/747/0064-son.

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi
to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y.,
03/23/829/0208-son.

Internet saytlari

6.

www.lex.uz

7.

www.norma.uz

8.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 18-maydagi “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 274-IV-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов