THEORY OF THE STRUCTURE OF ORGANIC COMPOUNDS

HAC
Google Scholar
f
226-229
0
0
To share
Raxmonova, N. (2024). THEORY OF THE STRUCTURE OF ORGANIC COMPOUNDS. Modern Science and Research, 3(2), 226–229. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30523
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Organic chemistry is the science of organic substances and the laws they obey. He studies the nomenclature, isomerism, methods of preparation, structure, physical and chemical properties of organic compounds, as well as areas of use.

Similar Articles


background image


226

ORGANIK BIRIKMALARNING TUZILISH NAZARIYASI

Raxmonova Nazokatxon Ibroximovna

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani

1-son kasb-hunar maktabi Kimyo fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10899228

Annotatsiya.

Organik kimyo – organik moddalar va ular bo‘ysunadigan qonuniyatlar

to‘g‘risidagi fandir. U organik birikmalarning nomlanishi, izomeriyasi, olinish usullari, tuzilishi,

fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda ishlatilish sohalarini o‘rganadi.

Kalit so‘zlar:

F.Vyoler, Organik kimyo, organizm, fizikaviy va kimyoviy xossalari,

izomeriya, organik birikma, organik moddalar.

THEORY OF THE STRUCTURE OF ORGANIC COMPOUNDS

Abstract.

Organic chemistry is the science of organic substances and the laws they obey.

He studies the nomenclature, isomerism, methods of preparation, structure, physical and chemical

properties of organic compounds, as well as areas of use.

Key words:

F. Vyoler, Organic chemistry, organism, physical and chemical properties,

isomerism, organic compound, organic substances.

ТЕОРИЯ СТРОЕНИЯ ОРГАНИЧЕСКИХ СОЕДИНЕНИЙ

Аннотация.

Органическая химия — наука об органических веществах и их законах.

Он изучает номенклатуру, изомерию, способы получения, строение, физические и

химические свойства органических соединений, а также области использования.

Ключевые слова:

Ф. Вёлер, Органическая химия, организм, физико-химические

свойства, изомерия, органическое соединение, органические вещества.

Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida

tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o`simlik va hayvon moylari

hamda yog‘lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy

moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog`larni sovun va gliseringacha)

parchalashga asoslangan edi.

XIX asr o‘rtalarida minglab yangi organik moddalar olindi va katta daliliy material

to‘plandi. Lekin dalil va ma’lumotlarni umumlashtiruvchi, kimyoviy o‘zgarish va qonuniyatlarni

asoslab beruvchi nazariyaning yo‘qligi organik kimyoni yana-da rivojlanishiga to‘sqinlik qildi.

Dastlabki nazariya sifatida radikallar nazariyasi (Gey-Lyussak, Vyoler, Libix) vujudga

keldi. Bu nazariyaga muvofiq noorganik moddalar atomlardan tuzilgani singari organik moddalar


background image


227

radikallar (bir yoki bir necha atomlardan iborat qoldiqlar)dan tuzilgan. Kimyoviy reaksiyalarda

bu radikallar bir modda tarkibidan ikkinchisiga o‘zgarmasdan o‘tadi. Organik kimyoning rivoji

radikallar nazariyasini tasdiqlaganday bo‘ldi. Chunki CH3-metil, C6H5—CO-benzoil kabi

radikallar topildi. Lekin radikallarni sof holda ajratib olish ishlarining natijasiz chiqqanligi va

ayrim reaksiyalarda radikallarning ham o‘zgarishi aniqlanganligi sababli bu nazariya fanda uzoq

hukm surmadi.

1853-yilda Sh.Jerar tiplar nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan organik

moddalar noorganik moddalar (tiplar)dan bir yoki bir necha vodorod atomlari o‘rnini organik

qoldiqlar olishidan hosil bo‘ladi. Dastlab organik moddalarning to‘rtta tipi yaratildi:

Tiplarga asoslanib, organik birikmalarning sinflarga ajratilgani bu nazariyaning yutug‘i edi.

Tiplar nazariyasining kamchiligi shundaki, u kimyoviy usullar yordamida moddalarning

tuzilishini o‘rganish mumkinligini rad etdi.

XIX asrning o‘rtalariga qadar o‘simlik va hayvonlar organizmlarida hosil bo‘ladigan

moddalarni o‘rganuvchi fan organik kimyo deb yuritilardi. Shuning uchun «organik» atamasi

«organizm» so‘zidan kelib chiqqan. Tarixan paydo bo‘lgan bu nomning mazmuni tubdan

o‘zgargan bo‘lsa-da, u hozirgacha qo‘llanilmoqda.

Organik kimyo yosh tabiiy-ilmiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning mustaqil fan sifatida

shakllanishi XIX asrning birinchi yarmidan, aniqrog‘i 1828-yildan, ya’ni F.Vyoler ammoniy

sianatni qizdirib mochevinani sintez qilgan vaqtdan boshlandi,


background image


228

desa bo‘ladi. Bu tarixiy qisqa vaqt ichida organik kimyo taraqqiy etgan va juda tez sur’atlar bilan

rivojlanayotgan fundamental fanlar qatoridan joy oldi hamda juda katta daliliy materialga ega

bo‘ldi. Hozirgi kungacha o‘rganilgan barcha kimyoviy birikmalarning 90 foizdan ortig‘i organik

birikmalar bo‘lib, ularning soni 10 milliondan oshib ketdi. Vaholanki, noorganik moddalarning

soni esa bir necha yuz mingdan oshmaydi. Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan band bo‘lgan barcha

kimyogarlarning yarmidan ko‘pi organik-kimyogarlardir.

Odamlar o‘simlik va hayvonlardan organik moddalarni ajratib olish va ulardan foydalanishni

qadim zamonlardanoq bilganlar. Ular spirtli ichimliklar tayyorlash, vinoni achitib sirka olish,

o‘simliklardan bo‘yoqlar, dori-darmonlar, xushbo‘y moddalar olishni bilganlar. Lekin u davrdagi

kishilar organik moddalarning aralashmalari bilan ish ko‘rganlar. Sof organik moddalar esa

birmuncha keyinroq olina boshlandi. 1776-yilda A.Volta botqoqlik gazini tadqiq qilib metanni,

1769—1785-yillarda K.Sheele vino, limon, olma, sut, gall, oksalat va siydik kislotalarini, 1795-

yilda J.Deyman etil spirtiga konsentrlangan sulfat kislotani ta’sir ettirib etilenni,

1825-yilda M.Faradey yoritgich gaz kondensatidan benzolni, 1836-yilda E.Devi atsetilenni

sof holda ajratib oldi. O‘rganilgan barcha tabiiy va sintetik organik moddalar tarkibida uglerod

borligiga asoslanib, 1806-yilda Y.Berselius, 1848-yilda L.Gmelin organik kimyoga uglerod

birikmalari kimyosi deb ta’rif berishdi. Birinchi bo‘lib 1808-yilda «organik modda» tushunchasini

fanga kiritgan hamda kimyoni ikkita mustaqil-organik va noorganik kimyo fanlariga ajratgan ham

Y.Berseliusdir. Lekin hozirgi vaqtda ham umumiy qabul qilingan (AQSH, Germaniya, Rossiya va

boshqa mamlakatlarda nashr qilinayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda berilayotgan) bu ta’rif

uglerodning organik moddalarga mansub bo‘lmagan birikmalari (uglerod oksidlari, karbonat

kislota va karbonatlar, karbidlar, metallar karbonillari, sianid kislota, sian kislota H−O−C≡N,

izosian kislota O=C=N−H va ularning tuzlari) ham borligini inobatga olmaydi. Shuning uchun

ham K.Shorlemmerning organik kimyo-uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosidir deb

bergan ta’rifini ancha aniq va to‘g‘ri desa bo‘ladi.

XIX asrning birinchi yarmidanoq organik sintez bilan bir qatorda organik moddalarning

tahlili ham rivojlandi. Y.Libix organik birikmalar tarkibidagi uglerod va vodorodni, J.Dyuma esa

azotni aniqlash usullarini ishlab chiqdilar. 1879-yilda A.Bayerning indigo bo‘yog‘ini, 1904-yilda

A.Piktening nikotin alkaloidini sintez qilgani sintetik bo‘yoq va dorivor moddalar kimyosining

yuksalishiga olib keldi.

1874-yilda Vant-Goff va Le-Bellar organik birikmalar molekulalarida atomlarning fazoviy

joylashish nazariyasi (tetraedrik nazariya)ni yaratib, organik kimyoning rivojiga katta hissa

qo‘shdilar.


background image


229

XX asrning dastlabki yillarida organik kimyoga tadqiqotning fizikaviy usullari, elektron

tuzilish nazariyasi, 1930-yillarda esa kvant kimyosi kirib kela boshladi, uglevodlar, polipeptidlar,

purinlar, oshlovchi moddalar va boshqa tabiiy birikmalarning nozik sintezlari amalga oshirildi.

AQSH olimi R.Vudvord strixnin va morfin alkaloidlari, xlorofill, B12 vitaminini, P.Ziber tarkibida

51ta aminokislota qoldig‘ini tutgan inson insulini gormonini, G.Koran 50dan ortiq nukleozid

tutgan ribonuklein kislotalarini sintez qilib, organik sintezning imkoniyatlari cheksizligini

isbotladilar.

Organik kimyoning juda tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida XX asrning 60-70-yillaridan

boshlab, undan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan to‘rtta fan (bioorganik kimyo,

yuqori molekulali birikmalar kimyosi, farmakologik kimyo va sanoat organik sintezi) ajralib

chiqdi va mustaqil taraqqiy etmoqda.

Hozirgi kunda organik kimyoga oid yangiliklar ilmiy va referativ jurnallarda, referativ

jurnallar ko‘rsatkichlarida, shuningdek, bibliografik asarlarda e’lon qilib boriladi. Har yili organik

kimyo yutuqlariga bag‘ishlangan 200-250 mingdan ortiq asar, risola, ilmiy maqola, monografiya

va dissertatsiyalar nashr etilmoqda. Jahon miqyosida organik kimyo faniga doir ilmiy

maqolalarning 60 foizi ingliz, 20 foizi rus, 10 foizi nemis va qolgan 10 foizi boshqa tillarda chop

etilmoqda. Shuning uchun organik kimyo fanini chuqur o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan har bir

o‘quvchi ingliz va rus tillarini mukammal bilishi lozim.

REFERENCES

1.

S.O.Sodiqov, S.Q.Sultonov, E.O‘.Yo‘ldoshev “Organik kimyo” “O‘qituvchi”

Toshkent-1971

2.

R.A. Shoymardonov, M.Y. Ergashov. Organik kimyo. - Тоshkent:

“Мuharrir” nashriyoti, 2013. 504 b.

3.

Юсупов Д., Туробжонов С.М., Кодиров Х.Э., Икромов А., Каримов

А.У. Органик кимёнинг бошлангич асослари. Тошкент, 2006. -290 б.

4.

Sobirov Z. Organik kimyo. Toshkent, 2005. - 403 б.

5.

Alovitdinov A.B., Ismatullaeva M.G., Xolmuradov N.A. Organik kimyo,

T.; O’qituvchi, NMIU, 2005.-416 б.

6.

Юнусов Р.Ю.Органик кимё. Т.: Ўзбекистон, 1995. -328 б.

7.

Shohidoyatov H.M., H.O’. Xo’janiyozov., H.S. Tojimuxamedov. Organik

kimyo.-T.: «Fan va texnologiya», 2014. 800 b

8.

“Geterosiklik birikmalar kimyosi” fanidan o‘quv uslubiy majmua Urganch2013.

References

S.O.Sodiqov, S.Q.Sultonov, E.O‘.Yo‘ldoshev “Organik kimyo” “O‘qituvchi”

Toshkent-1971

R.A. Shoymardonov, M.Y. Ergashov. Organik kimyo. - Тоshkent:

“Мuharrir” nashriyoti, 2013. 504 b.

Юсупов Д., Туробжонов С.М., Кодиров Х.Э., Икромов А., Каримов

А.У. Органик кимёнинг бошлангич асослари. Тошкент, 2006. -290 б.

Sobirov Z. Organik kimyo. Toshkent, 2005. - 403 б.

Alovitdinov A.B., Ismatullaeva M.G., Xolmuradov N.A. Organik kimyo,

T.; O’qituvchi, NMIU, 2005.-416 б.

Юнусов Р.Ю.Органик кимё. Т.: Ўзбекистон, 1995. -328 б.

Shohidoyatov H.M., H.O’. Xo’janiyozov., H.S. Tojimuxamedov. Organik

kimyo.-T.: «Fan va texnologiya», 2014. 800 b

“Geterosiklik birikmalar kimyosi” fanidan o‘quv uslubiy majmua Urganch2013.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов