SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF TRAINING FUTURE LEADERS

HAC
Google Scholar
To share
Abdug‘aniyev , O. . (2024). SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF TRAINING FUTURE LEADERS. Modern Science and Research, 3(2), 117–121. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30717
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the socio-psychological aspects, stages and aspects of the preparation of future leaders are discussed. The author lists important and necessary aspects of the preparation of future leaders. raised The aspects that must be fulfilled are listed separately.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

117

BO‘LAJAK RAHBARLARNI TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

ASPEKTLARI

Abdug‘aniyev Otabek Abduxamidovich

Toshkent kimyo texnologiya instituti

Yangiyer filiali direktorining birinchi o‘rinbosari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10936113

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo’lajak rahbarlarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik

aspektlari, bosqichlari va e’tibor qilinishi zarur bo’lgan jihatlar ustida fikr yuritilgan bo’lib
Muallif tomonidan bo’lajak rahbarlarni tayyorlash bo’yicha e’tiborli hamda zaruriy jihatlar
sanab o’tilgan. Bajarilishi lozim bo’lgan jihatlar alohida sanab o’tilgan.

Kalit so’zlar: rahbar, xodim, psixologiya, ijtimoiy muhiy, muomala madaniyati, oila,

jamiyat, kadr.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF TRAINING FUTURE LEADERS

Abstract. In this article, the socio-psychological aspects, stages and aspects of the

preparation of future leaders are discussed. The author lists important and necessary aspects of
the preparation of future leaders. raised The aspects that must be fulfilled are listed separately.

Key words: leader, employee, psychology, social attitude, culture of behavior, family,

society, personnel.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОДГОТОВКИ

БУДУЩИХ ЛИДЕРОВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются социально-психологические

аспекты, этапы и аспекты подготовки будущих лидеров. Автор перечисляет важные и
необходимые аспекты подготовки будущих лидеров. Аспекты, которые должны быть
выполнены, перечислены отдельно.

Ключевые слова: руководитель, работник, психология, социальная установка,

культура поведения, семья, общество, персонал.

“Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning

taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-
ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol
ifodasidir “

Sh.M.Mirziyoev.

Insonlarning ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, ya’ni u xodim yoki rahbar bo‘ladimi

ularning mehnat faoliyatiga ta’sir ko‘rstatuvchi ichki va tashqi omillar har doim topiladi. Bu
omillarning vujudga kelishi va ularning ta’sir darajasi ijobiy yoki salbiyligi har bir insonning
o‘ziga hamda yonidagi sherigi, jamoadoshi va xodimlariga bog‘liq bo‘ladi. Gap shundaki har qaysi
odam tug‘ilgandan to ma’lum ijtimoy darajasigacha o‘zida shu davrgacha mujasamlashtirgan
psixologik refleks, temperament va tipologik xususiyatlari hamda turli qamrovga ega aqliy
ko‘nikmalarini, bilimlarini xatti-harakatlari davomida namoyon qilib boradi.

Bu fikrlardan anglashiladiki o‘z-o‘zida asosiy e’tibor doimgidek rahbar shaxsiga

Boshqaruvchi rahbarlarga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ijobiy mazmun kasb etishi faqat


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

118

rahbarlarnigina emas, jamiyatning ham yutug‘idir. Rahbarlar ma’naviyatli, madaniyatli, mahoratli,
salohiyatli, qat’iy sabotli va mukammal irodaviy sifatlarga ega bo‘lishi bugungi kun talabidir. [1]

Albatta aytib o‘tilgan sifatlarga ega bo‘lish juda yaxshi. Ulardan o‘rinli foydalana olish esa

jamoa harakatlar natijasining hamda jamoa psixologik muhitining yanada ijobiylashuvi uchun
zamin yaratadi. O‘z navbatida bu holat o‘zaro munosabatlarda, rahbarga bo‘lgan hurmat
ko‘rsatkichida va uning nufuzida bilinadi. Psixologiyada boshqaruv faoliyati va uni tashkil etish
masalalarini ilmiy o‘rganish F.U.Teylor nomi bilan bog‘liqdir.

Uning “Menejment” asari boshqaruv faoliyatidagi ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritib

berdi Xususan, mazkur asarda rahbarlik faoliyatining asosiy tamoyillari ilmiy asoslab berilgan.

Unga ko‘ra, rahbariyat tashkilotning turli bo‘g‘inlarida ish samaradorligini oshirish metod

larining asosini yarata bilishi, xodimlarni iqtidorini aniqlay olish va xodimlarga mas’uliyatli
ishlarni teng taqsimlashi, jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishi lozim. Ta’lim
tizimini boshqarishda ham xuddi shu tamoyillarga amal qilish ta’lim sifatini ortishiga xizmat
qiladi1. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, boshqaruv psixologiyasi masalalari, ta’lim tizimini
boshqarish, rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablar chuqur tadqiq etilganligi bilan bir qatorda
rahbarlarga xos ijtimoiy-psixologik kompetentlik tushunchasiga ham ta’riflar berilgan.

Kompetentlikni shaxsning o‘z kasbiy malaka va tajribalarini amaliy faoliyatda samarali

qo‘llashga bo‘lgan qobiliyati sifatida izohlovchi ta’riflar. G.S.Suxobskaya esa rahbar xodimning
ijtimoiypsixologik kompetentligi jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘ya olishi bilan
bog‘liq bilim, ko‘nikma va malakalarida kuzatiladi, degan fikrni bildirgan.

Gellap institutining 782 rahbari o‘rtasida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra menejerning

kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi.

a) rostgo‘ylik va to‘g‘rilik;
b) boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish;
c) mehnatsevarlik;
d) aqllilik;
e) iqtisodiy faoliyatni bilish;
f) liderlik;
g) yuqori darajadagi ma’lumotga ega bo‘lish.
Zaif tomonlari:
a) qarashlar cheklanganligi;
b) boshqa odamlarni tushuna olmaslik;
c) boshqalar bilan ishlay olmaslik;
d) qat’iyatsizlik;
e) tashabbusning yo‘qligi;
f) mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmaslik. [4]
Albatta har bir rahbar mukammal darajadagi shaxs emas. Barcha rahbarlarda yuqoridagi

kabi yaxshi va yomon tomonlar bo‘ladi. E’tiborlisi esa faoliyat davomida yaxshi tomonlarni
rivojlantirish yomon tomonlardan voz kechishidir. Bular o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Ma’lum vazifa
yoki harakat natijasida yuzaga chiqqan jihat doim etiborda bo‘lishi kerak. Bunda, rahbar faoliyat
tahlili hamda o‘zini-o‘zi baholash salohiyatiga tayanadi. Shuningdek, chuqur egallangan nazariy
bilimlarning amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi katta tajriba manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yangi zamon


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

119

talablariga mos siyosiy madaniyat, ma’naviyat, yangicha fikrlovchi, mushohada yurutuvch,
vatanparvar, fidoiy, irodali fuqarolar yetishib chiqishining bosh omillaridir. Bu haqda Birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida quyidagi qimmatli
fikrlarni o‘rtaga tashlaydi: “Insonning ma’naviyati yuksalishi bilan irodasi ham kuchayib boradi,
desak, yangilishmagan bo‘lamiz. Iroda - bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat
odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi.

Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin”. [5]
Rahbarlarning motivatsion tahlili boshqaruvga ta’sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri.
Chunki rahbar tomonidan xodimga yuklatilgan vazifaning tez va sifatli bajarilishidan

tashkilot ham jamoa ham manfaatdor bo‘ladi. Vazifaning tez va sifatli bajarilishi esa rahbarga
bog‘liq.

Rahbar vazifaning qandayligini bilishi va uni qaysi xodimiga topshirishi yechimning

negizidir. To‘g‘ri xodimlarning vazifaviy vakolati turlicha. Lekin rahbar qaysi xodimining
tajribasi va ishga moyillik darajasini aniq bilishi - bu yarim natija hisoblanadi. To‘g‘ri tanlangan
xodimga motivatrlik xislatidan foydalanib qiziqtirish va rag‘batlantirsh berish esa rahbarning
zimmasida hamda bu ijobiy natijaga asos bo‘ladi.

Rahbar ham vakolat va odob me’yorlariga tayangan holda xizmat va vazifalar majmuyini

amalga oshiradi. Rahbarlik odobi ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarning birlamchi omili bo‘lib xizmat
qiladi.

Rahbarlik odobi yuksak ma’naviy, madaniy, axloqiy me’yor, talab va tamoyillar bo‘lgan

erkinlikka asoslanadi. Rahbar nafaqat o‘zi erkin bo‘lishi, balki sherigining, o‘zi ishlayotgan jamoa
a’zolarining ham erkinligini hurmat qilishi lozim. [7] Darhaqiqat, odob me’yorlariga amal qilish
har qanday munosabatda birinchi o‘rinda turadi. Erkinlik esa ma’lum me’yoriy chegaralar
asosidagi xususiyat. Sababi o‘zaro hurmat, yosh ko‘rsatkichi, tajriba va shu kabi ko‘plab jihatlar
muvozanat omilidir. Albatta erkinlik kerak. Rahbar vazifani topshiryotganda va qabul qilyotganda
vakolati va ma’lum erkinligidan foydalanishi zarur. Xodim esa vazifani bajarish davomida istalgan
uslub va ijodiy hamda amaliy erkinligidan foydalanishlari zarur. Rahbarlik mahoratining muhim
jihati muomala madaniyatidir. Yoqimli va muloyim suhbat olib borish tadbirkorlikda, rahbarlikda
katta yutuqqa olib keladi

Xulosa qilib aytganda faoliyat davomida har qaysi rahbarlar muomala madaniyati va odob

me’yorlari rioya qilishlari kerak. Rahbarlik – turli xil vazifalarning to‘plami yoki amal kursisidan
iborat emas, boshqalarga nisbatan boshqaruvchanlik qobiliyatining yuqori darajadagi
ifodalanishidir.

Demak, rahbarlik qilish uchun insondan zarur bilim, ko‘nikma va malaka, mahorat, kasbiy

nazokat, tajriba, qobiliyat va o‘ziga xos xususiyat talab etiladi. Rahbarlik:

● katta san’at;
● maxsus mazmunga ega bo‘lgan kasbiy faoliyat;
● faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat;
● pedagogik boshqaruvdir.
Aslida boshqaruv rahbarlik faoliyati tarkibida odamlar bilan birgalikdagi faoliyat va ular

o‘rtasidagi muloqot hisoblangani uchun rahbar va jamoa tomonidan bo‘ladigan barcha harakatlar,
ta’lim muassasasi faoliyati uchun qulay va zarur sharoitning yaratilishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

120

jamoasi o‘rtasidagi o‘zaro samimiy psixologik muhit hamda ijodiy faoliyatni tashkil yetishga
qaratiladi. Bu esa rahbardan xodimlarni o‘rganish, ularning qobiliyat hamda bilim saviyalaridan
kelib chiqib, ularni o‘quv muassasasi, o‘quv tarbiya jarayoniga tanlay olish, lavozim va vazifalarga
tayinlay olish, muhim ko‘rsatma, buyruqlarning qat’iy ijrosini talab qila olish, ularning o‘ziga xos
fazilat, yutuq hamda kamchiliklarini seza bilish, yutuqlarini qo‘llay bilish, kamchiliklarini bartaraf
qilish, xodimlar imkoniyatlaridan keng foydalana bilish kabi kasbiy qobiliyat va mahoratni talab
etadi. Shu boisdan ham boshqaruv tizimiga rahbarlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish
masalasiga alohida ahamiyat qaratiladi va rahbarlar aksariyat hollarda quyidagi mezonlarga javob
berishlari lozim:

1. Ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy yetukligi. Bo‘lajak rahbarning davlat siyosatini to‘g‘ri

tushuna olishi va talqin yetishi, muassasa faoliyatini dolzarb yo‘nalishlar asosida tashkil eta olishi.

2. Rahbarlik lavozimi uchun zarur bo‘lgan tajriba, bilim, ko‘nikma va malakaga ega

bo‘lishi hamda boshqarish tamoyillari, tahlil yetish, rejalashtirishni bilishi hamda egallab turgan
lavozimining barcha qirralari bo‘yicha bilimdonligi.

3. Muassasa xodimlari faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishi, tashkil yetishi, faoliyat rivojini

tashxis eta olishi, bashoratlashi hamda loyihalay olishi.

4. Axloqi va tarbiyalanganligi, obro‘-e’tibori, rostgo‘ylik, adolatlilik, soddalik va

kamtarlik, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan yuqori talabchanlik, mas’uliyat va o‘z burchi, vazifalariga
bo‘lgan fidoyilik hisining yuksak darajada rivojlanganligi hamda barcha kamchiliklarga nisbatan
murosasiz bo‘lishi.

5. So‘z bilan ish birligi – ishchanlik va uddaburonlik, muassasaga davlat organlaridan

kelgan va qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida tezkorlik bilan mustaqil ravishda bajarilishiga ta’sir
o‘tkaza olishi.

6. Boshqaruv psixologiyasini bilishi – aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan, har tomonlama

rivojlan Nazariy va amaliy tajribaga tayanishlari gan, ilmiy, ijodiy salohiyatli jamoani shakllantira
olishi hamda maqbul ijtimoiy-psixologik muhitni yarata olishi.

7. Muassasa rahbar o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlarning vazifalarini to‘g‘ri

taqsimlay olishi va ularning ishlarini xolisona baholay olishi.

8. Muassasa xodimlari bilan samimiy, adolatli munosabatda bo‘lishi hamda jamoani

unumli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, samarali natijaga erishishlariga imkon qadar
qulayliklar yarata olishi.

9. O‘z mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olishi, bajariladigan ishlar hajmidan kelib

chiqib, ularning muhimligi nuqtai nazaridan darajalarga ajrata olishi. O‘z faoliyatini to‘g‘ri
rejalashtirish asosida muassasa jamoasida mo‘‘tadillik hamda mehnat jarayonining samarali
bo‘lishiga imkoniyat yarata olishi.

10. Muassasa jamoasining salomatligi, ishchanlik holatlarini saqlashi, ularning kundalik

ehtiyojlarini qondirishga kerakli bo‘lgan sharoitni yaratishi va zarur moddiy hamda ma’naviy
yordam berishning imkoniyatlarini topa bilishi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan mezonlardan kelib chiqib rahbar hodimlarni boshqaruvga

tayyorlashda quyidagi yo‘nalishlar asosida ish olib boorish lozimligi aniqlandi:

1. Boshqaruvning milliy va umuminsoniy xarakterda shakillangan bo‘lishi, ijtimoiy-

psixologik normalarga mosligi va zamonaviy qiyofada bo’lishi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

121

2. O‘z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘z-o‘zni nazorat qilish va boshqaruvga

xos ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlangan bo’lishi.

3. Zamonaviy boshqaruvga oid ongli faoliyat yuritish va rahbarga xos kreativ yondashuvga

ega bo‘lish.

4. Rahbar shaxsi o‘z-o‘zni nazorat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi va faoliyatini tanqidiy

tahlil qilishni bilish.


REFERENCES

1.

K.B.Axmedjanov. A.X.Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish
ko‘nikmasini shakllantirish.O‘quv qo‘llanma // Toshkent. -“Tafakkur qanoti”, 2020. 96
bet

2.

To‘ychiyeva S. Boshqaruv texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma // Toshkent. - “Navro‘z”
nashriyoti, 2020. 148 bet

3.

Rahmatullayeva N, Kamolov A. Ijtimoiy menejment. // O‘quv qo‘llanma. - T.: “Iqtisod-
Moliya”, 2017. - 288 b

4.

Haydarov A. Siyosiy madaniyat mas’uliyati. - Toshkent, -“Tafakkur” 2009,- 176 bet

5.

E.G‘. Nabiyev, D.N. Rahimova, Sh.N. Mavloniy. Zamonaviy menejment nazariyasi va
amaliyoti. // O‘quv qo‘llanma. - T.: “Akademiya” nashriyoti, 2006. - 252 b

6.

Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. // - Toshkent: “Yangi asr avlod”, 2016. - 132 b

7.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. // - Toshkent: “YUNAKS-PRINT” MCHJ
bosmaxonasi, 2005, - 170 bet

References

K.B.Axmedjanov. A.X.Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish.O‘quv qo‘llanma // Toshkent. -“Tafakkur qanoti”, 2020. 96 bet

To‘ychiyeva S. Boshqaruv texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma // Toshkent. - “Navro‘z” nashriyoti, 2020. 148 bet

Rahmatullayeva N, Kamolov A. Ijtimoiy menejment. // O‘quv qo‘llanma. - T.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. - 288 b

Haydarov A. Siyosiy madaniyat mas’uliyati. - Toshkent, -“Tafakkur” 2009,- 176 bet

E.G‘. Nabiyev, D.N. Rahimova, Sh.N. Mavloniy. Zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyoti. // O‘quv qo‘llanma. - T.: “Akademiya” nashriyoti, 2006. - 252 b

Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. // - Toshkent: “Yangi asr avlod”, 2016. - 132 b

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. // - Toshkent: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2005, - 170 bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов