ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1312
BUXORO SHAHRINING VUJUDGA KELISHI. SHAHAR ARKINING BARPO
ETILISHI.
Muzaffarova Zarina Jalol qizi.
Osiyo xalqaro universiteti tarix yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11096035
Anontatsiya.
Ushbu maqola qadimiy Buxoro shahrida olib borilgan tadqiqotlar,
shaharning paydo bo’lishi, Tarixiy yozma manbalar va tadqiqotlar haqida ma’lumotlar beradi.
Kalit so’z:
Toqi Zargaron, Mir Arab madrasasi, Minorai Kalon, Masjidi Kalon Zarirud,
Poykand, Ark, “Xazoin ul-ulum”, “Darvozayi g‘uriyon” Ko‘xandiz.
СОЗДАНИЕ ГОРОДА БУХАРЫ. СТРОИТЕЛЬСТВО ГОРОДСКОЙ АРКИ.
Аннотация.
В данной статье представлены сведения об исследованиях,
проводимых в древнем городе Бухаре, возникновении города, исторических письменных
источниках и исследованиях.
Ключевое слово:
Таки Заргарон, Медресе Мир Араб, Башня Калон, Мечеть Калон
Зарируд, Пойканд, Арк, «Хазайн ул-Улум», «Дарвазай Гурян» Кохандыз.
CREATION OF THE CITY OF BUKHARA. CONSTRUCTION OF THE CITY ARCH.
Abstract.
This article provides information about research conducted in the ancient city of
Bukhara, the emergence of the city, historical written sources and research.
Key word:
Taqi Zargaron, Mir Arab Madrasa, Kalon Tower, Kalon Zarirud Mosque,
Poykand, Ark, "Khazain ul-Ulum", "Darvazai Ghuryan" Kokhandiz.
Kirish
Buxoro va uning qadim tarixi asrlar davomida ulkan Sharqning ilmu ma’rifat va dinu
e’tiqod markazlaridan biri sifatida jahonga dong‘i ketgan qadimiy shaxardir, u o‘tmishda savdo-
sotiq, madaniy aloqalar jihatidan Turonu Turkistonning mashhur Balh Hirot, Marv, Samarkand,
Termiz, Nasaf, Qarshi, Choch, va Xorazm shaharlari qatoridan joy oladi.
O‘rta asrlarda Buxoro Movarounnahrning yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va ma’muriy
markazlaridan biri bo‘lib, yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarini Hindiston va Xitoy bilan bog‘lagan
qadimiy xalqaro yo‘li - «Buyuk ipak yo‘li» ana shu shahar orqali o‘tgan.
Mashhur jahongirlarning zafarli yurishlarida g‘arb yo‘li sifatida xam xizmat qilgan.
Asosiy qism
Zarafshon vodiysining quyi qismiga joylashgan Buxoro vohasi paydo bo‘lishi to‘g‘risida
poleogeografik mulohazalarda ilk o‘rta asrlardayoq daryo vodiylari shakllanishi va bu jarayonda
suv manbalarining tabiiy roli haqida etarli va aniq tushunchaga ega bo‘linganligidan dalolat beradi.
Qizig‘i shundaki, bundan qariyb ming yil avval bu fikr naqadar to‘g‘ri ekanligini o‘lkada
olib borilgan gidrogeologik va arxeologik tadqiqotlar tasdiqlab berdi.
Arxeologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uzoq o’tmishda Zarafshon daryosining quyi
o’zanlaridan biri hali ko’hna Buxoro vujudga kelmasdan avval, hozirgi vaqtda qad ko‘tarib turgan
Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, Toqi Zargaron, Mir Arab madrasasi, Minorai Kalon va
Masjidi Kalon kabi me’morchilik obidalari bo‘y cho‘zgan zamin o‘rnidan oqib o‘tgan.
Bu daryo o‘zanining kengligi 100-120 metrga borgan, ilk o‘rta asr yozma manbalarida u
“Zarirud” yoki “Rudizari Buxoro” nomlari bilan tilga olingan. Bu o‘zanning toshqin suvlari qadim
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1313
zamonlardan Poykand shahrigacha etib borgan. Bu ko‘hna o‘zanning daryovoti va tevarak-atrofini
qoplab yotgan qalin butazor va tuqaylarning asriy chirindilaridan Buxoro shahri ostida torf
qatlamlari hosil bo‘lgan.
Arxeologik tadqiqotlar shuni aniqlab berdiki, Buxoro shahri dastavval qadimgi Zarirud
o‘zanining ikki sohilida alohida-alohida joylashgan uchta mustaqil qishloq shaklida qad ko‘targan.
Ulardan biri daryoning o‘ng sohilida hozirgi Arkning o‘rnida bo‘lgan, qolgan ikkitasi
Masjidi Kalon, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi va Timi Abdullaxon arxitektura yodgorliklari
yo‘nalishida, ilk o‘rta asrlardagi Buxoro shaxristoni o‘rnida, daryo o‘zanining ikki betida bir-
biriga qarama-qarshi joylashgan ekan.
Arkda olib borilgan qazish ishlarining natijalarini g‘oyat samarali bo‘ldi. Eng muhimi,
arkni o‘rganish tarixida birinchi marotaba uning qadimgi quyi zaminigacha kovlab tushildi.
Shaharning bu qadimgi qismi ostida hosil bo‘lgan madaniy qatlamning umumiy qalinligi
20 metrdan oshiqroq bo‘lib, uning ostki qatlamidan kovlab olingan arxeologik topilmalarning eng
ko‘hnasi miloddan avvalgi IV asr oxiri va III asr boshlariga mansub edi. Moddiy madaniyat izlari
orasida 15,5 metr hamda 18,5 metrchuqurlikda kovlab ochilgan qadimgi ikki mudofaa devorlari
qoldiqlarning topilishi shahar tarixini o‘rganishda ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi
mudofaa devori 2,5-3, ikkinchisi 2-2,5 metr balandlikda saqlangan. Yuqori qatlamdan topilgan
devor milodning III-IV asrlarida, quyi qatlamdan topilgani esa milodgacha bo‘lgan IV-III asrlarda
paxsadan barpo etilgan.
Buxoroning qadimgi markaziy qismi, Arkdan sharqroqda, daryo bo‘yida relefi jihatdan
arkka nisbatan ancha-muncha pastroq erda joylashgan, maydoni 12-13 gektarga teng bo‘lgan. Mir
Arab madrasasining yaqinida olib borilgan qazishmalar chog‘ida 4,5 metr chuqurlikda shaharning
qadimgi mudofaa devori qoldiqlari qayd etildi. Paxsa hamda yirik hajmdagi xom g‘ishtlardan urib
chiqilgan bu qala devori 5-6 metr balandlikda saqlangan.
Devor poydevori ostida qolib ketgan madaniy qatlam va unda qayd etilgan arxeologik
topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, bu qadimgi mudofaa inshooti milodning V-VI asrlarida qad
ko‘targan. Buxoro shahrining barpo negizi bo‘lgan uchinchi qishloq Zarirud o‘zanining so‘l
qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, u ham alohida mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Maydoni 6-7
gektar. Bu nohiyada so‘nggi o‘rta asrlarda Buxoro qozikalonining saroyi va mahkamasi joylashgan
bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, tadqiq qilingan 18 metrli madaniy qatlamning 9 metri miloddan avvalgi
IV-I hamda milodning I-IV asrlarida hosil bo‘lgan. Mazkur qatlamda qayd etilgan turli xil
ashyoviy topilmalar yuqori sifatli shahar hunarmandchiligi mahsulotining qoldiqlarn bo‘lib, ular
bu erda qadimdan shaharning gavjum hunarmandchilik mahallalari joylashganidan guvohlik
beradi.
Xullas, ko‘p yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon daryosi quyi o‘zanlaridan
birining sohilida bir-biriga qarama-qarshijoylashgan uchta aloqida qishloq asosida Buxoro shahri
barpo bo‘lgani aniqlandi.
Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi tufayli, Siyovush bu erda o‘zidan
bir yodgorlik qoldirishni istadi. Shunday qilib, u Buxoro hisorini bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha
joyda turar edi. Kimlardir u bilan Afrosiyob o‘rtasida yomon gap yurgizdi va natijada Afrosiyob
uni o‘ldirdi hamda ana shu hisorda sharqiy darvozadan kiraverishingda “Darvozayi g‘uriyon” deb
atalgan somonfurushlar darvozasining ichkarisiga dafn etdilar. Shu sababli Buxoro otashparastlari
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1314
o‘sha joyni aziz tutadilar va Siyovushga atab har bir erkak kishi har yili Navro‘z kuni quyosh
chiqishidan oldin o‘sha joyda bittadan xo‘roz so‘yadi. Buxoro aholisi Siyovushning o‘ldirilishiga
bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha viloyatlarga mashhurdir. Kuychilar unga moslab
kuy tuzganlar va qo‘shiq qilib aytadilar. Qo‘shiqchilar uni “otashparastlar yig‘isi” deydilar. Bu
gaplar bo‘lganiga hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt o‘tdi.
Shunday qilib, mana shu rivoyatga ko‘ra, bu hisorni Siyovush bino qilgan, ba’zilari esa
Afrosiyob bino qilgan deganlar. So‘ng bu hisor buzilib ketib, ko‘p yillar vayronligicha qoldi.
Tug‘shodaning otasi Bidun Buxorxudot taxtga o‘tirganidan keyin, odam yuborib bu hisorni
tuzattirdi, undagi qasrni ham u tuzattirdi va o‘z nomini temirga yozdirib qasrning eshigiga mahkam
o‘rnattirdi. SHu xat bitilgan temirtarjimonning zamonigacha o‘sha qasr eshigida mavjud edi. Lekin
Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Hisorni vayron qilganlarida u eshikni ham buzib
yuborilgan1.
Narshaxiy va Abul-Hasan Nishopuriy ma’lumotiga ko‘ra, Bidun Buxorxudot u qasrni bino
qilganida buzilib ketdi, qaytadan bino qilgan edilar, yana buzildi. U necha marta bino qilmasin
yana vayron bo‘laverdi. Hukamolarni yig‘ib ulardan maslahat so‘radilar. Ular bu qasrni
osmondagi etti qaroqchi yulduzlari shaklida ettita tosh ustun ustiga qurishga qaror qildilar, shu
shaklda qurilgandan keyin qasr buzilmadi2. Ajoyib tomoni shuki, bu qasr bino qilingandan beri
bunda hayot kechirgan hech bir podshoh mag‘lubiyatga uchragan va aksincha hamisha g‘alaba
qozongan hamda bu qasrni bino qilganlaridan beri biror podshoh ham uning ichida o‘lmagan.
Podshohning ajali etgan vaqtda biror sabab yuz berib u qasrdan tashqariga chiqqan va
boshqa bir joyda vafot topgan-bu qasr bino qilinganidan to vayron bo‘lgunicha shunday bo‘lib
kelgan.
X asrda bu hisor buzilib ketadi. Arslonxon uni yangilashga buyuradi va o‘ziga turar joy
qilib oladi hamda hisorni ma’lum shartlarga muvofiq idora qilib tursin uchun, ulug‘ bir amirni
qutvol qilib tayinlaydi. Bu hisor xalq ko‘zida zo‘r e’tiborga ega bo‘lgan.
Muhammad Narshaxiyning yozishicha, Buxoro xalqi Buxoro amiri bo‘lib turgan Ahmad
ibn Xoliddan: “Shahrimiz atrofida devor bo‘lishi kerak, toki biz kechasi darvozalarni berkitib,
o‘g‘rilar va yo‘lkesarlardan tinch bo‘laylik”, - deb iltimos qiladi. Shundan keyin u devor qurishga
buyuradi va juda mustahkam devor qurib, minoralar barpo qildilar, darvozalar o‘rnatdilar. Bu ish
849-850 yilda tamom bo‘ldi. Har qachonki biror lashkar Buxoroga qasd qilsa, devorni qaytadan
tuzatishar edi1. Arslonxon, Mas’ud Qilich Tamg‘achxon va Xorazmshoh Muhamad ibn Sulton
Takash davrlarida ham Buxoro devorlari yangidan qurildi.
REFERENCES
1.
Mirziyoev Sh. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz
(uzbek va rus tillarida). –T.: O’zbekiston, 2016.
2.
Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak (o’zbek va rus tillarida). –T.: O’zbekiston,
2017.
3.
Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.:
O’zbekiston, 2017.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1315
4.
Bobohusenov, A. (2024). THE HISTORY OF THE STUDY OF ROCK PAINTINGS OF
THE BUKHARA OASIS. Modern Science and Research, 3(2), 945–952. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31281
5.
Bobohusenov, A. (2024). THE HISTORY OF THE STUDY OF ROCK PAINTINGS OF
THE BUKHARA OASIS. Modern Science and Research, 3(2), 945–952. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31281
6.
Bobohusenov, A. (2024). THE RESULTS OF THE ARCHAEOLOGICAL RESEARCH
WORKS CARRIED OUT IN BACTRIA. Modern Science and Research, 3(2), 671–675.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30363
7.
Bobohusenov, A. & Ganiyev, H. (2024). ORIGIN PROBLEMS OF SAK
ARCHAEOLOGICAL CULTURE OF CENTRAL ASIA. Modern Science and Research,
3(2), 641–645
8.
Ashurovich, B. A. (2024). Results of the Archaeological Research Works Carried Out in
Bactria.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3),
113–119.
Retrieved
from
https://www.inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2686
9.
Bobohusenov, A. (2024). HISTORICAL GEOGRAPHY OF BUKHARA OASIS. Modern
Science
and
Research,
3(2),
634–640.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29429
10.
Akmal B. (2024). THE GREAT WALL OF THE EARLY MIDDLE AGES - KANPIRAK
WALL.
Modern
Science
and
Research,
3(1),
694–698.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28381
11.
Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHSINING ANTIK DAVRI SHISHA
BUYUMLARI.
TADQIQOTLAR
,
25
(2),
208–211.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/307
12.
Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2023). THE MATERIAL CULTURE OF THE
TOMBS OF THE ANCIENT AND EARLY MEDIEVAL PERIOD.
International Journal
Of
History
And
Political
Sciences
,
3
(11),
24–29.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-06
13.
Bobohusenov Akmal. (2023). ANTIK VA ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MOZOR-
QO‘RG‘ONLARI MODDIY MADANIYATI .
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ
В
МИРЕ
,
35
(3),
65–70.
Retrieved
from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10037
14.
Bobohusenov Akmal. (2023). ANTIK VA ILK O‘RTA ASRLAR DAVRI MOZOR-
QO‘RG‘ONLARI MODDIY MADANIYATI .
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ
В
МИРЕ
,
35
(3),
65–70.
Retrieved
from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10037
15.
Tursunova, M., & Bobohusenov, A. (2023). QADIMGI VARAXSHA DEVORIY
GANCH
VA
LOY
BEZAKLARI.
SCHOLAR,
1(28),
303–308.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1316
16.
Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHSINING ANTIK DAVRI SHISHA
BUYUMLARI.
TADQIQOTLAR
,
25
(2),
208–211.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/307
17.
Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2023). VARAKHSHA MURAL GANCH AND CLAY
PAINTINGS.
International Journal Of History And Political Sciences
,
3
(12), 48–53.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-09
18.
Bobohusenov Akmal, & Naimov Ismat. (2023). BAQTRIYANING BRONZA DAVRI
ARXEOLOGIYA
YODGORLIKLARINING
JOYLASHUVI
VA
MODDIY
MADANIYATI.
Innovations in Technology and Science Education
,
2
(8), 73–80.
Retrieved from
https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/557
19.
Bobohusenov
A.
(2023).
BUXORO
VOHASINING
ANTIK
DAVRI
YODGORLIKLARI.
SCHOLAR
,
1
(28),
298–302.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5055
20.
Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHASI QOYATOSH SURATLARINING
DAVRIY TASNIFI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
29
(1),
142–146.
Retrieved
from
https://newjournal.org/index.php/01/article/view/8667
21.
Gadayeva M. (2024). ABOUT THE HISTORY OF THE VEIL OR MEDIEVAL
WOMEN’S DRESS. Modern Science and Research, 3(2), 1097–1103. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29537
22.
Universiteti, G. M. M. O. X. (2023). UCHINCHI RENESANS DAVRIDA
AJDODLARIMIZ MEROSINI ORGANISH ORQALI INTEGRATSION TA’LIMNI
YANADA TAKOMILLASHTIRISH TAMOYILLARI: ЧАСТЬ 1 ТОМ 1 ИЮЛЬ 2023
год. Лучшие интеллектуальные исследования, 1(1), 11-16.
23.
Gadayeva Mohigul Muxamedovna. (2023). HISTORY OF PATRIOTIC WOMEN .
International
Journal
Of
History
And
Political
Sciences,
3(12),
69–75.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-12
24.
Gadayeva, M. (2023). THE UNIQUE SIGNIFICANCE OF MASTERING SOCIAL
SCIENCES DURING THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN. Modern
Science
and
Research,
2(10),
459–464.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25292
25.
Gadayeva, M. (2024). EFFECTIVE WAYS TO USE THE "THOUGHTSTORM"
METHOD ON THE THEME OF THE "EASTERN RENAISSANCE" ERA. Modern
Science
and
Research,
3(1),
1024–1027.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28631
26.
Gadayeva, M. (2024). ATTACK ACTION. Modern Science and Research, 3(1), 1028–
1033. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28634
27.
Gadayeva M. (2023). ONE OF THE TIMURID QUEENS IS BIBIKHONIM. Modern
Science
and
Research,
2(12),
749–754.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27189
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1317
28.
Gadayeva Mohigul Muxamedovna. (2023). INNOVATSION TA`LIM-BUYUK
KELAJAK POYDEVORI. World Scientific Research Journal, 17(1), 74–76. Retrieved
from http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2767
