489
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
MUMTOZ MAHAL BEGIM VA TOJ MAHAL TARIXIGA BIR NAZAR
Gadayeva Mohigul Muxamedovna
Osiyo xalqaro universiteti
Tarix va filologiya kafedrasi o`qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14675160
Annotatsiya. Ushbu maqolada boburiy malikalardan biri,oqila,tadbirkor malika Mumtoz
Mahal begim va unig turmush o`rtog`i Shoh Jahonning muhabbati, hamda uning sharafiga
qurilgan maqbara haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar: Arjumand Bonu, eroniy, sulola, Xurram, tadbirkor, oqila, yodgorlik,
maqbara.
A LOOK AT THE HISTORY OF MUMTOZ MAHAL BEGIM AND THE TAJ MAHAL
Abstract. This article discusses the love of one of the Mughal queens, the wise and
enterprising queen Mumtaz Mahal Begim and her first husband Shah Jahan, as well as the
mausoleum built in her honor.
Keywords: Arjumand Bonu, Iranian, dynasty, Khurram, entrepreneur, wise, monument,
mausoleum.
ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ НУМТАЗ МАХАЛ БЕГИМ И ТАДЖ-МАХАЛА
Аннотация. В статье обсуждается история любви одного из императоров Великиx
Бабуридов, мудрой и предприимчивой королевы Мумтаз Махал Бегум, и ее мужа Шах-
Джахана, а также мавзолея, построенного в ее честь.
Ключевые слова: Арджуманд Бону, Хуррам иранец, династия, предприниматель,
интеллект, памятник, мавзолей.
Mumtoz Mahal begim asl ismi Arjumand bonu bo`lib, boburiy malikalardan hisoblanadi.
Mumtoz Mahal 1593 yilda dunyoga keldi. U Jahongir shojning rafiqasi Nur Jahonning
akasi hamda saltanat vaziri Abdul Xasan Asaf Xonning qizi bo’lib, tug’ilganida unga Arjumand
Bonu Begim, deb ism qo’yilgan. Arjumand Bonu asli eronlik boʻlib, bobosi va ota-onasi
Hindistonga koʻchib kelib, Akbarshoh xizmatiga kiradi. 1611-yilda Arjumand bonuning ammasi
Nurjahon Jahongirshohga turmushga chiqqach, Arjumand bonuning bobosi Eʼtimod ud-Davla
bosh vazirlik mansabiga, otasi Eʼtiqodxon esa saroy boshqaruvchisi lavozimiga koʻtariladi..
Boburiylar sulolasining vakili bo’lmish Shoh Jahon 1592 yilning 5 yanvarida dunyoga
keldi. Jahongir shohning uchinchi o’g’li, otasi tug’ilganda unga Xurram deb ism qo’ydi. 1627
yilda otasi Jahongir shohdan keyin 36 yoshida taxtga o’tirgandan keyin ismini Shoh Jahon deb
o’zgartirdi. U juda qattiqqo’l va jur’atliligi bilan ajralib turar edi. Bir necha harbiy yurishlar
natijasida saltanatining hududini bir necha barobar kattalashtirishga erishdi.
490
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Shoh Jahon o’z davrining enjg qudratli insonlari qatoridan joy oldi. U faqatgina harbiy
urushlar bilangina chegaralanib qolmadi. Shoh Jahon ko’pgina ilmlarni yaxshi egallagan, ilm-fan
va me’morchilikka o’z hissasini qo’shgan, san’at namoyondalarini qo’llab-quvvatlagan,
go’zallikni qadrlagan.
1613-yil 19 yoshli Arjumand bonu 21 yoshli shahzoda Xurram ya`ni Shoh Jahonga
turmushga chiqadi.
Naql qilishlaricha, shahzoda Xurram Arjumand Bonuni ko’rib, unga mahliyo bo’lib qoladi.
U bu qizni shunchalik sevib qoladiki, unga uylanishga qaror qiladi. Asl millati arman
bo’lgan bu qiz Jahongir shohning atrofidagi vazirlardan birining qizi va rafiqasining jiyani edi,
ya’ni kelib chiqishi ham oqbilaklardan edi. Shuning uchun bu juftlikning nikohiga hech kim
to’sqinlik qilmadi. Aksincha, bunday ittifoq taxt vorisining pozitsiyasini mustahkamlar edi, biroq
shunga qaramay, ular sevishib turmush qurdilar. Fotiha to’yi 1607 yilda Arjumand Bonu 14
yoshligida bo’lib o’tgan bo’lsada, ba’zi sabablarga ko’ra nikoh to’yi 5 yilga qoldirildi va ular 1612
yilda turmush qurdilar.
Aynan to’y kuni Jahongir shoh keliniga Mumtoz Mahal, ya’ni “saroy javohiri”, deb ism
qo’ydi. Bu narsa qizning naqadar go’zal bo’lganligini yana bir marta isbotlaydi. Saroy shoirlari u
haqda shunday der edilar: “Uning chehrasini ko’rib, oy ham uyalib qoladi. U o’z chiroyi bilan
yulduzlarning shu’lasini ham so’ndirib yuboradi”.
Arjumand bonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati, tengsiz husnlatofati, ayrim
kelishmovchiliklarni oson hal qilishi bilan saroy aʼyonlari oʻrtasida katta eʼtibor qozonadi.
Shuning uchun koʻp oʻtmay u Mumtoz mahal begim ya`ni saroyning ko`rki deya atala boshlandi.
1628 yilda Jahongir Shoh taxtga o’tirdi, Mumtoz Mahal esa Hindiston malikasi bo’ldi.
Mumtoz Mahal aqlli, zukko va oqila ayol edi, shuning uchun ham u erining yaqin
maslahatchisiga aylandi. U hayr-ehsonlari bilan dong taratdi, erini ham beva-bechoralarga yordam
berishga chaqirdi. Mumtoz Mahal erining qalbidan chuqur joy egalladi, ular o’z muhabbatlarini
she’rlar orqali izhor etar edilar. Shoh Jahon xotinini juda yaxshi ko’rar, hurmatini joyiga qo’yar,
uning sharafiga katta tadbir va bayramlar uyushtirar edi. Xotining ishtirokisiz sulton hech qanday
davlat yig’ilishini o’tkazmas va hech qaysi davlat xujjatiga imzo chekmas edi. Mumtoz Mahal har
bir saroy kengashida qatnashar edi, uning fikri hech qachon inkor qilinmas edi. U eriga shunchalik
yaqin ediki, uni harbiy yurishlarida ham birga yonida bo’lar edi.
Afsuski, Arjumand xonimning eriga nisbatan bo’lgan chuqur muhabbati unga juda
qimmatga tushdi. 1631 yilda malika homiladorligiga qaramasdan, erining harbiy safariga birga
chiqdi. Uzoq yo’l mashaqqatidan uringan malikaning tug’ruq jarayoni og’ir kechdi va u farzandini
dunyoga keltirib, o’zi olamdan ko’z yumdi. Mumtoz Mahal xonim bu paytda sal kam qirqqa
yaqinlashib qolgan edi.
491
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Mumtoz Mahal Shoh Jahonning uchinchi rafiqasi edi. Tabiiyki, taxt vorisining o’ziga
yarasha harami bor edi, biroq u yerdagi birorta ham ayol shahzodaning ko’nglidan joy olib,
Arjumandni unutishiga erisholmadi. Ularning 19 yillik turmushlari davomida Mumtoz Mahal
turmush o’rtog’i Shoh Jahonga 14 nafar ( 8 ta o’g’il va 4 ta qiz) ato etdi.
Mumtoz Mahal begim o`n to`rtinchi farzandini dunyoga keltirishda vafot etgan. Oʻlimi
oldidan unga atab dunyoda tengi yoʻq maqbara bunyod etishni eridan iltimos qilgan, katta qizi
Jahonoro begimdan esa Shoh Jahonning holidan xabar olib, unga gʻamxoʻrlik qilib turishni vasiyat
qilgan. Shoh Jahon Mumtoz mahal begimga atab Agrada Tojmahalni bunyod etgan.
Toj Mahal - Hindistonda qurilgan bo’lib, dunyoning eng buyuk me’moriy obidasi
hisoblanadi. Butun dunyodan har yili 5 million odam ushbu arxitektura namunasini tomosha qilish
uchun tashrif buyuradi. Sayyohlarni Toj Mahalning nafaqat go’zalligi, balki u bilan bog’liq
bo’lgan muhabbat tarixi ham o’ziga jalb qiladi.
Xotinini jonidan ortiq yaxshi ko’rgan Shoh Jahon uning o’limidan qattiq iztirobga tushdi.
Sakkiz kecha va sakkiz kun davomida u xonasidan chiqmadi va hech narsa yeb ichmadi,
hech kim bilan gaplashmadi ham. Uning alami shunchalik kuchli ediki, xatto joniga qasd
qilmoqchi ham bo’ladi. Buyuk Boburiylar Saltanatida motam naq ikki yil davom etdi. Bu davr
mobaynida xalq hech qanday bayramni nishonlamadi, musiqa va raqs ham taqiqlandi.Suyukli yori
va xotini bo’lmish Mumtoz Mahalning o’limini o’ziga qattiq olgan Shoh Jahon xotining vasiyatini
amalga oshirishni boshlab, ozgina chalg’iy boshladi. Qayta uylanishdan voz kechdi, hattoki
haramidagi ayollarga ham qiziqishini yo’qotdi. Sultonning buyrug’i bilan Mumtoz Mahal
xotirasiga bag’ishlab maqbara qurilishi boshlandi
Maqbaraning qurilishi uchun Agra shahri tanlandi. Sultonni Jamna daryo bo’yidagi tabiat
manzarasi maftun etdi, shuning uchun u maqbara qurilishi uchun shu joyni tanladi. Suv yaqinida
qurilish olib borish ishchilarga qiyinchilik tug’dirar edi, shunga qaramasdan maqbara qurilishi
muvaffaqiyat olib borildi.
Maqbara qurilishi Mumtoz Mahal xonimning vafotidan yarim yil o’tgach boshlandi. U
1632 yilda boshlanib, naq 12 yil davom etdi. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, dunyodagi hech bir
qurilma, hech bir inshoat bunday katta sarf-xarajatga tushmagan. Xotinining vasiyatini bajarish
uchun sulton 32 million rupiy sarf qilgan. Bugungi kunda bu bir necha milliard yevroni tashkil
etadi.
Shoh Jahon quruvchilarga xom ashyo va materiallarni tejamasdan ishlatishlarini buyurdi.
Binoning ichki va tashqi bezagi uchun quyoshda toblanadigan toza marmardan
foydalanilgan. Bu marmarni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlandi
Toj Mahal maqbarasi 1643 yilda muvaffaqiyatli qurib bitkazildi. Uning buyukligi sulton
va uning sevgilisi Mumtoz Mahal nomining abadiylashishiga sabab bo’ldi.
492
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Shoh Jahon va uning sevgilisi Mumtoz Mahal xonimning muhabbat tarixi maqbaraga
tashrif buyuruvchilarga hikoya qilib beriladi. Beqiyos maftunkorlikka ega bo’lgan ushbu maqbara
hammani hayratga solishi tabiiy.
Toj Mahalning shuhrat qozonishiga sabab uning noyob chiroyga ega bo’lishini hamda
maqbarani qurilishida foydalanilgan optik illyuziyalardir. Gap shundaki, majmua hududiga kirish
uchun darvoza oldidagi arkadan o’tish kerak. Arkaga yaqinlashgan sari maqbara uzoqlashganday
tuyuladi, tashrif buyuruvchilar arkadan o’tishlari bilanoq ko’z o’ngilarida Toj Mahal namoyon
bo’ladi. Maqbaradan uzoqlashgan sari esa u yaqinlashayotgandek tasavvur hosil qiladi, shuning
uchun ham bu yerga kelgan mehmonlar Toj Mahalni o’zlari bilan olib ketayotgandek holga
tushadilar. Bir qarashda bu minoralar tik, ya’ni vertikal holatda qad ko’targandek tuyuladi, aslida
esa ular qurilmadan ozgina qiyaroq holda qurilgan. Bu narsa Toj Mahalni zilzila vaqtida vayron
bo’lishdan saqlab qoladi. Minoralar balandligi 42 metrni, maqbaraning balandligi esa 74 metrni
tashkil etadi.
Toj Mahalga tashrif buyuruvchilar binoning markaziy qismidagi bosh gumbazni
malikaning dafn qilingan joyi, deb hisoblaydilar. Aslida esa Mumtoz Mahalning dafn qilingan joyi
maqbaraning tagidagi hududda joylashgan maxfiy marmar zalidadir. Bu narsa bejiz qilinmagan.
Maqsad – tashrif buyuruvchilar “saroy javohiri” ning tinchini buzmaslikdir.
Suyukli yoridan ayrilgan Shoh Jahonning barcha narsaga qiziqishi so’ndi. Uning saltanat,
hokimiyat bilan ishi bo’lmay qoldi, harbiy yurishlarda ishtirok etmay qo’ydi, davlat ishlariga ham
ko’p e’tibor bermay qo’ydi. Buning natijasida saltanat o’z kuchini yo’qota boshladi, fitnalar
kuchaydi, iqtisodiy krizis boshlandi, isyonlar avj ola boshladi. Taxtni Shoh Jahonning o’g’li
Avrangzeb egalladi.
Shoh Jahon 1666 yilda vafot etdi. U ancha keksayib qolgan, kasalmand edi. Sultonning
yana bir orzusi bor edi. U Toj Mahal ro’parasida huddi shunday shaklda faqat qora rangdagi
maqbarani barpo qilishni rejalashtirgan edi. Bu maqbara uning o’ziga atalgan bo’lishi kerak edi,
biroq bu orzusini amalga oshirish unga yozilmagan edi. Otasining o’rniga taxtga o’tirgan
Avrangzeb bu loyihaning amalga oshishiga to’sqinlik qildi va yangi maqbaraning qurilish ishlarini
to’xtattirdi. Shunday bo’lsada, Shoh Jahon xotinining vasiyatini amalga oshirib, Toj Mahaldek
maqbarani barpo qila olganidan xursand edi.
Bugungi kunda Toj Mahal dunyodagi eng buyuk inshootlardan biri hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Dilfuza.”Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi va Toj mahal siri” 2019 y.
2.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR
BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
493
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
3.
Muxamedovna, G. M., Shuhratovna, T. S., & Shokir ogli, S. U. TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
4.
Gadayeva, M. (2024). MARKAZIY OSIYODA JADID AYOLLARI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 652-658.
5.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING
DIDAKTIK QARASHLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 985-993.
6.
Muxamedovna, G. M. (2024). Millatimiz Faxri-Buxoro Ma’rifatparvari.
Miasto
Przyszłości
,
52
, 557-562.
7.
Muxamedovna, G. M. (2024). PARANJI TARIXI, YOXUD O'RTA ASR AYOLLARINING
KIYIMI HAQIDA.
8.
Muxamedovna, G. M. (2024). TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O ‘RNI.
TA'LIM VA RIVOJLANISH
TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
4
(5), 97-102.
9.
Mukhamedovna, G. M. (2024). The Sad Fate Of The Women Of Turkistan: About The
“Hujum” Movement And Its Impacts On Agriculture.
SPAST Reports
,
1
(7).
10.
Muxamedovna, G. M. (2023). MAKTABLARDA TARIX FANINI O'QITISH
AHAMIYATI.
Научный Фокус
,
1
(5), 178-180.
11.
Muxamedovna, G. M. (2023). TARIX FANINI O'QITISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.
Научный Фокус
,
1
(5),
175-177.
12.
Gadayeva, M., & Ismoilova, Z. (2024). The Importance Of Studying The Science Of Youth
Psychology In Improving People'S Lives.
Modern Science and Research
,
3
(2), 676-683.
13.
Gadayeva, M., & Hamroqulova, N. (2024). The Basis Of The Use Of Development-
Pedagogical Skills In Pedagogical Activity.
Modern Science and Research
,
3
(2), 684-689.
14.
Gadayeva, M. (2024). ABOUT THE HISTORY OF THE VEIL OR MEDIEVAL
WOMEN'S DRESS.
Modern Science and Research
,
3
(2), 1097-1103.
15.
Gadayeva, M. (2023). THE UNIQUE SIGNIFICANCE OF MASTERING SOCIAL
SCIENCES DURING THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN.
Modern
Science and Research
,
2
(10), 459-464.
16.
Universiteti, G. M. M. O. X. (2023). Uchinchi Renesans Davrida Ajdodlarimiz Merosini
Organish Orqali Integratsion Ta’Limni Yanada Takomillashtirish Tamoyillari: Часть 1 Том
1 Июль 2023 Год.
Лучшие интеллектуальные исследования
,
1
(1), 11-16.
17.
Gadayeva, M. (2024). Attack Action.
Modern Science and Research
,
3
(1), 1028-1033.
18.
Gadayeva, M. (2024). Effective Ways To Use The" Thoughtstorm" Method On The Theme
Of The" Eastern Renaissance" Era.
Modern Science and Research
,
3
(1), 1024-1027.
494
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
19.
Muxamedovna, G. M. (2023). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA DIDAKTIK
MATERIALLAR YARATISH
MEXANIZMLARI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
21
(3), 12-14.
20.
Muxamedovna, G. M. (2023). Uchinchi renesans davrida ajdodlarimiz merosini organish
orqali integratsion ta’limni yanada takomillashtirish tamoyillari.
Образование наука и
инновационные идеи в мире
,
22
(1), 35-38.
21.
Muxamedovna, G. M. (2023). History Of Patriotic Women.
International Journal Of
History And Political Sciences
,
3
(12), 69-75.
22.
Muxamedovna, G. M. (2023). Innovatsion TaLim-Buyuk Kelajak Poydevori.
World
scientific research journal
,
17
(1), 74-76.
23.
Gadayeva, M. (2024). Effective Ways To Use The" Thoughtstorm" Method On The Theme
Of The" Eastern Renaissance" Era.
Modern Science and Research
,
3
(1), 1024-1027.
24.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
25.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
26.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных научных
исследований
,
2
(5), 453-462.
27.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
28.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 353-361.
29.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
30.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
31.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.
SPAST
Reports
,
1
(7).
32.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.
European Journal Of Innovation In
Nonformal Education
,
4
(3), 432-437.
33.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.
Innovations in Technology and
Science Education
,
2
(8), 1214-1222.
495
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
34.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.
Modern
Science and Research
,
3
(2), 87-93.
35.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.
Modern Science and
Research
,
3
(2), 1004-1011.
36.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.
Modern Science and Research
,
3
(2), 500-507.
37.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.
Modern Science and Research
,
3
(1),
504-510.
38.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life.
American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769)
,
1
(10), 655-659.
39.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev.
International Journal Of History And Political
Sciences
,
3
(12), 42-47.
40.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career.
Modern Science and
Research
,
2
(12), 801-807.
41.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony.
International Journal
Of History And Political Sciences
,
3
(11), 17-23.
42.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE
WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI".
Modern Science and Research
,
2
(9),
404-409.
43.
Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV.
Modern Science and Research
,
2
(10), 291-299.
44.
Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS
OF AFGHANISTAN.
Modern Science and Research
,
2
(9), 84-89.
45.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”.
International Journal of Intellectual
Cultural Heritage
,
3
(1), 12-16.
46.
Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili.
Scholar
,
1
(28), 395-401.
47.
Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 177-186.
48.
Рахмонова, С. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 366-375.
496
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
49.
Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA’LIM TIZIMI
MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160-172.
50.
Rаhmоnоvа, S. S. Q. (2024). О ‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-
MАDАNIY ISLОHОTLАR DINАMIKАSI VА АSОSIY YО‘NАLISHLАRI.
International
scientific journal of Biruni
,
3
(2), 95-104.
51.
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS
ARE
THE
FOUNDATION
OF
A
NEW
UZBEKISTAN.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14503228