ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
507
FITRATNING ILMIY ADABIY QARASHLARI XUSUSIDA
Xurramova Farangiz Ollanazarovna
TISU talabasi
Norkulova Shaxnoza Tulkinovna
TISU dotsenti (PhD), Ilmiy rahbar
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14874241
Annotatsiya. Maqolada jadid adabiyotining yirik namoyondasi Abdurauf Fitratning
adabiyotshunoslikka oid qarashlari haqida gap boradi. Uning adabiyotshunoslikka oid asarlari
“Adabiyot qoidalari” va “Aruz haqida” risolalari tahlilga tortiladi, olimning o’zbek
adabiyotshunosligida tutgan o’rni xususida fikr yuritiladi.
Tayanch so’z va iboralar: Abdurauf Fitrat, “Adabiyot qoidalari”, “So’z o’yunlari”, epos
va lirika, drama, “Aruz haqida” risola, she’r, vazn, aruz, barmoq.
ON FITRAT'S SCIENTIFIC AND LITERARY VIEWS
Abstract. The article examines the views on literary criticism of Abdurauf Fitrat, a major
figure in Jadid literature. His literary works "Rules of Literature" and the treatise "On Aruze" are
analyzed, and the scholar's contribution to the development of Uzbek literary criticism is
discussed.
Key words and phrases: Abdurauf Fitrat, "Rules of Literature", "Wordplay", epic and lyric
poetry, drama, treatise "On aruz", poetry, verse, aruz, structural unit of verse.
О НАУЧНЫХ И ЛИТЕРАТУРНЫХ ВЗГЛЯДАХ ФИТРАТА
Аннотация. В статье рассматриваются взгляды на литературную критику
Абдурауфа Фитрата, крупного деятеля джадидской литературы. Анализируются его
литературные произведения «Правила литературы» и трактат «Об арузе», а также
обсуждается вклад ученого в развитие узбекского литературоведения.
Ключевые слова и выражения: Абдурауф Фитрат, «Правила литературы», «Игры
слов», эпическая и лирическая поэзия, драма, трактат «Об арузе», поэзия, стих, аруз,
структурная единица стиха.
Fitrat XX asr o’zbek adabiyotining asoschilaridan biridir. Fitrat tilshunos va tarixchi olim,
davlat arbobi sifatida ham katta ishlarni amalga oshirdi. Fitratning 250 bosma tabog’dan ortiqroq
adabiy merosi e’lon qilingan, 100 bosma tabog’dan ortiq badiiy va ilmiy asarlari esa hali e’lon
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
508
qilinmagan. Uning ijodi asosan O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin keng o’rganila
boshlandi. U Buxoroda ziyoli oilasida tug’ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununda
o’qigan. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini
yaxshi o’zlashtirgan.
Ma’lumki, ijodkor uslubi asar tili orqali ro’yobga chiqadi. Tilda yozuvchining o’ziga
xosligi ham, hayot haqiqatini qayta tiriltira olish salohiyati ham, badiiy tasvir vositalaridan
foydalanish bilan mahorati ham aniq ko’rinadi. Shuning uchun ham uslubshunoslik ham, adabiyot
ilmi ham tilshunoslik ilmini ajralmas bo’lagi kabi qabul qilinadi. Tilshunoslikning uslubiyat qismi,
avvalo, har bir soha, shuningdek, ilmiy asarlar va badiiy adabiyotning yozilish tarzlarini
farqlaydiki, Fitrat bu borada bunday deb yozadi: “Umuman, jug’rofiyo, hisob, handasa kabi ilmiy
fanniy masalalar to’g’risida yozilg’on asarlarning uslubi bilan adabiy, she’riy parchalarning uslubi
orasida ko’zga ko’rinarlik ayirma bor. Fanniy, ilmiy asarlardan maqsad tuyg’ularimizni
o’quvchilarga o’tkazib, ularda bir turli hayajon (ruhiy to’lqun) qo’zg’atmoq emas, ilmiy bir
haqiqatni onglatishdir... Mana shu ayirmani ko’zda tutib, adabiyot kitoblarida uslubni “sodda
uslub”, “bezalgan yo tasviriy uslub” deb ikkiga ajratadirlar”. Bu kabi ilmiy va badiiy uslub
masalalari bizning davrimizda ko’p ishlangan mavzu hisoblansa ham Fitrat uslubshunoslikda yana
ham chuqurroq kuzatishlar qiladi va uslubning “umumiy” hamda “xususiy hollari” tahliliga
kirishadi “... shuncha o’zgarishgan, bir holda turmag’ur bo’lgan uslubning xususiy, umumiy
hollarini ajratib, aniqlab qoida shaklida ko’rsatmak mumkin bo’lmag’an bir ishdir. Albatta, bu
kabi masalalarni o’rganishga bizning uslubshunoslarimiz (tilshunoslik yo’nalishidan borsalar
ham, adabiyotshunoslik yo’nalishidan borsalar ham) hali yetib kelganicha yo’q. Fitrat “uslubning
umumiy hollari” deganda “har bir uslubda topilishi matlub bo’lg’an holatlar”ni belgilab, ularni
tuzuklik, soflik, ohang (ohangdoshlik) ochiqlik, uyg’unlik kabi sifatlarga ajratadi va badiiy asarda
me’yor va muvofiqlikning qoidasi darajasiga ko’taradi. Shu bilan birga, bu “qoidalarga” amal
qilmaslik nomuvofiqliklarga, saktaliklarga olib kelishini eslatish bilan cheklanmay, ulardan
qutulish yo’llarini ham o’z o’rnida eslatadiki, o’zbek adabiyotshunosligida hali bu masalalar Fitrat
davri darajasida ham o’rganilgani yo’q. “Uslubning xususiy hollari” deb Fitrat bizning
adabiyotshunosligimiz badiiy til vositalari (I.Sulton) yoki tasviriy vositalar (N.Hotamov) deb
tushuntirayotgan adabiy hodisalarni nazarda tutadi. Bular asosan badiiy asar uslubida qo’llanilgani
uchun “uslubning umumiy hollari” kabi ilmiy uslubda ishlatilmaydi. Sifatlash, o’xshatish, istiora,
kinoya, majoz, jonlantirish, so’rash, mubolag’a, undash, qarshulik, qaytish (ruju’), kesish va
boshqa vositalar haqida mumtoz adabiyotshunosligimizda ayrim ilmiy asarlar yozilgani ma’lum.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
509
Abdurauf Fitrat ham bular talqinida o’shanday asarlar sirasidan Atoulloh Husayni kitobini ko’rgan
bo’lishi tabiiy. Biroq, Fitrat bu o’rinda ulug’ alloma “ma’naviy san’atlar” deb atagan unsurlar
tahliliga kirishibgina qolmas, ularga imkon boricha zamonaviy
adabiyotdan misollar axtaradi
va topganlarini mumtoz asarlardan olingan namunalar bilan qiyoslab, ularga munosib baho berib
o’tadi. “Adabiyot qoidalari” kitobining “So’z o’yunlari” deb atalgan bobida muallif adabiyot
tarixida lafziy san’atlar deb qaralgan tajnis, laffu nashr, saj’, ta’rix, muammo kabi hodisalarni
alohida kuzatadi. Fitrat kuzatishlari shu jihatdan e’tiborliki, bizning she’rshunoslikda hamon
“lafziy san’atlar” bilan “ma’naviy san’atlar” yetarli farqlanmay talqin qilinayotganini
sezganidanmi, ulardan birini “uslubning xususiy hollari”, ikkinchisini “so’z o’yunlari” deb atab,
o’rtadagi farqni yana ham ayiribroq ko’rsatishga intiladi. Fitrat asarining maxsus qismi
she’riyatdagi vazn masalasiga bag’ishlangandir. 20-yillarda keng iste’molga kirgan, kelib chiqish
nuqtai nazaridan asil turk vazni hisoblangan “barmoq” she’r tizimi haqida dastlabki ilmiy
umumlashmalar qilish ham Fitrat zimmasiga tushdi. U avvalo “barmoq”ning xususiyatlari va
qo’llanish imkoniyatlari haqida O’zbekiston Maorif vazirligining Ilmiy kengashi (1925)da
ma’ruza qildi va o’zbek olimlari orasida birinchilardan bo’lib bu haqda o’z kitobida izchil
ma’lumot berdi, bu vaznning tuzilishi haqida bahs yuritdi. Fitrat boshlab bergan bu yo’ldan qator
olimlarimiz borib, maxsus tadqiqot va maqolalar yaratishdi, o’z darslik va qo’llanmalari, lug’at va
maqolalarida olim asarlaridan samarali foydalandilar.
Sharq she’riyatining asos poydevorlaridan biri - aruz nazariyasini, yaxshi bilmaslik,
umuman, she’r san’atidan yiroqlashish bilan barobardir, degan fikrlar mavjud. Bu sohada mumtoz
adabiyotshunosligimizda ko’plab risolalar yaratilgan bo’lsa-da, Fitrat o’z asarida faqat “turk
adabiyotining aruzi haqida ma’lumot” berishni niyat qiladi. Garchi ilmda “aruzi turkiy” nomi bilan
mashhur bo’lgan Navoiyning “Mezon-ul-avzon”, Boburning “Muxtasar” (“Mufassal”) asarlari
yaratilgan bo’lsa-da, birinchidan, o’sha davrda ularning ommaviy nashrlari yo’q bo’lib,
ikkinchidan, ular ko’proq fors-arab aruzining shakliy jihatlarini bayon etishga qaratilgan ediki,
Fitrat ayrim o’rinlarda hatto ustozlaridan Navoiyga: “koshki arab aruzini yozg’aning joyida turk
vazni, turk musiqasi to’g’risida kitoblar yozsa edingiz” deyishgacha boradi. Fitrat adabiyotning
“aruzlashishi”ni juda oddiy tushuntiradi: “Bizning tilimizga uyg’un kelaturg’an vazn albatta,
milliy vaznimiz bo’lg’an parmoq (barmoq) vaznidir. Biroq, eron-arab ta’siri ostida aruz vazni
ham adabiyotimizga kirgan, muhim o’rin olgan, muvaffaqiyatsiz bir shaklda keng suratda
bukungacha davom etib kelgan... Aruz vazni arabnikidir. Arab shu vaznlarda she’r yozgan. Xijriy
170 yilda o’lan imom Halil ibn Ahmad bu vaznlarni yiqib, belgili qoidalar ostiga kirgizdi, aruz
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
510
qoidalarini tuzdi. Arab olimi tomonidan tuzilgan aruz qoidalarini forslar ham forsiy she’rlar uchun
qabul qildilar. Biroq, forsiy she’r uchun qabul etilgan aruz arab aruzining xuddi o’zi emas edi.
Forslar arab aruzini tuzatdilar. Kamchiliklarini to’ldirdilar. O’zlarining milliy vaznlarini ham shu
qoidalarga ergashtirib aruzga kirgizdilar. Mana shunday qilib, arab aruzini arab-fors aruzi holiga
keltirdilar. Bizning O’rta Osiyo turklari tomonidan qabul etilgan aruz shul arab-fors aruzidir” deb
tushuntirib beradi va bu “aruzni bizning tilga yaramaganligini” asoslashga urunadi. Biroq, ne
ilojki, bizning turk tilli she’riyatimizga chuqur o’rnashib olgan aruz tizimini o’rganish majburiyati
oldimizda turadi. Fitrat ayni shu majburiyat bilan, “yolg’iz o’zbek - chig’atoy tizimlarida qabul
etilganlarinigina ko’rsatib o’tishni yetarli” topdi. Lekin, yuqorida tilga olganimiz majburiyat talabi
bilan qariyb o’n yillarcha muddat o’tgach, olim aruz masalasiga qaytib, “Aruz haqida” risola e’lon
qildi. Risola deyarli hozirgi davrimizga qadar bu mavzuda ish ko’rganlar uchun asosiy qo’llanma
xizmatini o’tab keldi. Olim qo’llanmada biz mulohaza yuritgan she’riyatdagi vazn masalalari,
uslubning umumiy va xususiy hollari tahliliga kirishishdan avval badiiy tafakkur jarayonida
farqlanishi nihoyatda zarur bo’lgan “ifodalar” - “tizim” va “sochim” shakllariga to’xtaladi Badiiy
adabiyotda ikki xil ifoda yo’sini yoki boshqacha qilib aytganda, badiiy nutqning ikki shakli
mavjudligini Arastu zamonidan buyon farqlab o’rganganmiz: Bu she’riy va nasriy ifodalar bo’lib,
Fitrat iborasi bilan aytganda, “tizim” va “sochim”dir. Bu ikki ifoda o’zaro keskin farqlanishi bilan
birga adabiyotshunosligimizda ularni adabiy tur sifatida qo’llash (epos va lirika o’rniga) urf
bo’lgan. Ayniqsa, hozirgi jarayon haqida fikr yuritilganda ular she’riyat, nasr, dramaturgiya kabi
turlarga ajraladiki, bu xato tasnif ko’p yillar mobaynida epos va lirikaning o’rniga
qo’llanilayotganiga shubha yo’qdir. Biroq har qanday roman (epik janrda) she’riy va nasriy yo’l
bilan, har qanday doston (liro-epik janr) yana o’sha ikki xil yo’l bilan, fojia (dramatik janr) ham
o’sha ikki xil yo’l bilan yozilishi hammaga ayon-ku. Shunday ekan, nasr va nazmni adabiy tur
sifatida emas, balki Fitrat aytganidek, “so’zlar, gaplarni uyushtirib tuzilgan asarlar adabiy bo’lsun-
bo’lmasun ikki yo’sindan birida tuziladir: “sochim, tizim (nasr, nazm)” tushuntirishni e’tiborga
olsak, u adabiyotshunoslikdagi nazariy tasnif va istiloh masalalariga qanchalik noziklik bilan
yondoshganining guvohi bo’lamiz. Olim bu har ikki “yo’sin”ni farqlab olgach, fors-arab aruzidagi
“tizim shakllari”ni (bizning til bilan aytganda mumtoz she’riyat janrlarini) belgilashga kirishadi.
U mumtoz adabiyotda keng tarqalgan g’azal, qasida, qit’a, masnaviy, ruboiy, tuyuq, mustazad,
musammat (murabba’, muhammas, musaddas), tarje’band va tarkibband kabi janrlarga qisqacha
ta’riflar beradi, mashhur shoirlarning bu janrdagi eng mashhur asarlari misolida bularni talqin
qiladi. Fitratning bu fikrlarini hozirgi zamonaviy qo’llanmalar bilan qiyoslab muallif bergan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
511
ta’riflarning naqadar aniq va lo’ndaligi e’tiborimizni tortish bilan birga u “So’z o’yunlari” bobida
bergan “muammo”, “ta’rix” kabilar yuqoridagi kitob mualliflari tomonidan janr sifatida talqin
etilgan oddiy o’quvchini ham ajablantirishi mumkin. Nisbatan yangi sanalar “Adabiy turlar va
janrlar” nomli jamoa tadqiqotida bu masalalarga aniqlik kiritish maqsadida “Lirik tur janrlarining
mazmun va shakl jihatidan tasnifi”da birmuncha aniqlikka intilish sezilsa-da, tasnif o’ta
maydalashtirib yuboriladi-da, natijada “g’azal”, “ruboiy”, “qit’a” kabilar “shakl mazmundorligi
va tuzilishiga ko’ra lirika janri” deb hisoblansa, “qasida”, “muammo”, “tarix” va boshqalar
“eyestetik belgi pafos va muayyan mazmun yo’nalishiga asoslanadigan janrlar” sifatida talqin
etilganini ko’ramiz. Mumtoz adabiyotimizning Fitrat asarlari orqali qilingan tasniflari bu sohada
ham aniqlik kiritilishiga yordam beradi, degan umiddamiz. Nihoyat, qo’llanmaning so’ngrog’ida
adabiy asarlarning turlari sifatida “Lirika”, “Tomosha” (drama) va “Rivoya” (epos) tavsiya
qilinadiki, Fitrat bu kabi qat’iy adabiy turlar tahlilida ham birmuncha aniqlikka erishish bilan birga
turkcha (o’zbekcha), hyech bo’lmaganda, sharqona atamalar qo’llashga harakat qiladi. Lekin,
bunday o’zbekchalashtirish jarayoni hozirgi kunimizda bo’layotganidek, ko’r-ko’rona, deyarli
hamma Ovrupa so’zlarini sharqlashtirish yo’li bilan emas, balki ayrim tushunchalarni o’ziga mos
ifodalar bilan aytishga intilishning natijasi sifatida ko’rinadi. Masalan, Fitrat “drama” so’zi arab
adabiyotshunosligida ham adabiy tur va ham janr sifatida qo’llanilayotganidan ajablanib, masalani
oydinlashtirish uchun adabiy tur ma’nosidagi “drama” (hozirgi dramaturgiya) o’rniga “tomosha”
so’zini, “epos”, “epopeya” so’zlari bilan asosli bo’lgani uchun ham, abadiy tur nomi sifatida
“rivoya”ni tavsiya etadiki, muallifning bu tajribasi istilohlarning o’ndan to’qqizi ovrupocha
bo’lgan hozirgi adabiyotshunosligimiz uchun ham o’rnak bo’lishi mumkin. “Adabiyot
qoidalari”ning so’nggi bobi “adabiyotdagi oqim istilohlari”ga bag’ishlangandir. Bunda Fitrat
klassisizm, rasionalizm, sentimentalizm, romantizm, realizm, simvolizm modernizm, futurizm
kabi tushunchalar mohiyatini juda oddiy qilib tushuntirib beradiki, muallifning bu tushuntirishlari
masalaga siyosiy tus berishdan xoliligi bilan hozirgi qo’llanmalarimizdagi izohlardan ajralib
turadi.
REFERENCES
1.
Abdurauf Fitrat. Adabiyot qoidalari (Adabiyot muallimlari ham adabiyot havaslilari
uchun). Nashrga tayyorlovchi, so’z boshi va izohlar muallifi filologiya fanlari doktori
Hamidulla Boltaboyev. T., “O’qituvchi”, 1965.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
512
2.
Hamidulla Boltaboyev. Professor A.Fitratning nazariy qo’llanmasi. A.Fitrat. Adabiyot
qoidalari. T. O’qituvchi, 1995. 3-19-betlar.
3.
I. G’aniyev. Fitrat, e’tiqod, ijod.-T.: Kamalak. 1994.
4.
I.G’aniyev. Fitratshunoslik. Buxoro. 1995.
