Authors

  • Munisa Jabborova
  • Shaxnoza Norkulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81714

Keywords:

Mahmud Zamaxshariy “Al-Kashshof” “Al-Mufassal” Qur’on tafsiri arab tili grammatikasi tilshunoslik.

Abstract

Ushbu maqolada Xorazmlik buyuk alloma Mahmud Zamaxshariyning hayoti, ilmiy faoliyati va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Asosan filologiya, tafsir va adabiyot sohalaridagi ishlari tahlil qilingan. Uning “Al-Kashshof” tafsiri va “Al-Mufassal” grammatik asari orqali arab tili ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi alohida o‘rganilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1477

O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA ZAMAXSHARIYNING O’RNI

Jabborova Munisa Shuhratovna

TISU talabasi.

Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Ilmiy rahbar. TISU dotsenti (PhD).

e-mail:

norqulovashaxnoza8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15287721

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazmlik buyuk alloma Mahmud Zamaxshariyning hayoti, ilmiy

faoliyati va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Asosan filologiya, tafsir va adabiyot

sohalaridagi ishlari tahlil qilingan. Uning “Al-Kashshof” tafsiri va “Al-Mufassal” grammatik asari orqali

arab tili ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi alohida o‘rganilgan.

Kalit soʻzlar: Mahmud Zamaxshariy, “Al-Kashshof”, “Al-Mufassal”, Qur’on tafsiri,

arab tili grammatikasi, tilshunoslik.

МЕСТО ЗАМАХШАРИ В ИСТОРИИ ЛИТЕРАТУРЫ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. В статье освещается жизнь, научная деятельность и вклад в

развитие науки великого хорезмского ученого Махмуда Замахшари. В основном

анализируются его труды в области филологии, тафсира и литературы. Особо

изучается его вклад в развитие арабской языковой науки посредством тафсира “Аль-

Кашшаф” и грамматического труда “Аль-Муфассал”.

Ключевые слова: Махмуд Замахшари, “Аль-Кашшаф”, “Аль-Муфассал”,

толкование Корана, грамматика арабского языка, лингвистика.

THE PLACE OF ZAMAKHSHARI IN THE HISTORY OF UZBEKISTAN

LITERATURE

Abstract. The article highlights the life, scientific activity and contribution to the

development of science of the great Khorezm scientist Mahmud Zamakhshari. His works in the

fields of philology, tafsir and literature are mainly analyzed. His contribution to the development

of Arabic language science through the tafsir “Al-Kashshaf” and the grammatical work “Al-

Mufassal” is particularly studied.

Keywords: Mahmoud Zamakhshari, “Al-Kashshaf”, “Al-Mufassal”, interpretation of the

Quran, Arabic grammar, linguistics.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1478

Mahmud Zamaxshariy - O’rta Osiyolik qomusiy olim, tafsirshunos, hadisshunos,

tilshunos, lug’atshunos, o‘z davrining yetuk allomalaridan biri bo’lgan. Zamaxshariy arab

grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis, va fiqhga oid 50 dan

ortiq asar yozgan olim hisoblanadi.Uning to’liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn

Muhammad bo’lib, Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tug’ilganligi uchun Zamaxshariy

taxallusini olgan. Bundan tashqari Zamaxshariy ko‘p asarlarini Makkada yozganligi sababli

“Jorulloh” ya’ni “Allohning qo‘shnisi” degan sharafli nomga ham muyassar bo‘lgan. Mahmud

Zamaxshariy islom olamining buyuk allomalaridan biri bo‘lib, o‘zining ilmiy salohiyati,

tafakkuri va asarlari bilan nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham katta ta’sir ko‘rsatgan.

Mahmud Zamaxshariy hijriy 467-sana, rajab oyining yigirma yettinchisida chorshanba kuni

(milodiy hisobda 1075-yilning 19 martida) Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda

tavallud topgan. Uning otasi unchalik badavlat bo’lmasa-da, o’z davrining savodli taqvodor,

diyonatli kishisi bo’lgan. Otasi ko‘p vaqtini Qur’oni karim tilovati va toat ibodat bilan o’tkazgan

va Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Zamaxshariyning onasi ham taqvodor,

fozila va ma’rifatli ayollardan hisoblangan. U haqidagi bu ma’lumotlar asosan o‘rta asr

manbalarida, qisman ma’lumotlar esa olimning o‘zining asarlarida ham keltirilgan. Bu tarzdagi

ma’lumotlarni Ibn Xallikon, Ibn al-Anbariy, Yoqut al-Hamaviy, Muhammad al-Yofi’iy, Ibn al-

Javziy, Jaloliddin as-Suyutiy, Ibn al-Qiftiy va boshqa arab mualliflarining asarlarida uchratamiz.

Mahmud Zamaxshariy yoshligidan ilmga juda qiziqqan. Uning ilm izlash yo‘li avvalo o‘z

yurtidan boshlangan: Xorazm o‘sha davrda ilm markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda mashhur

ulamolar, tilshunoslar va adiblar yashagan. Zamaxshariy dastlab Xorazmda o‘qib, arab tili,

mantiq, adabiyot va tafsir bo‘yicha chuqur bilim olgan. Uning kamolot bosqichiga ko'tarilishiga

til, lug‘at va adabiyot sohasida dong taratgan olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr ad-Dabbiy al-

Isfahoniy katta hissa qo‘shgan. 1113 (508-hijriy)-yilda Marvda vafot etgan bu olim Xorazmda

ham bir necha yil yashagan. Shunday katta olimning chuqur bilimi, ilm olish borasida

Zamaxshariyga ko'rsatgan jiddu jahdi uning kelajakda grammatika va lug‘at sohalarida yetuk

olim bo'lib yetishishiga mustahkam zamin bo‘ldi. Zamaxshariy ustozi ad-Dabbiydan nafaqat

chuqur bilim oldi, balki uning ilmiy yo'nalishlari, asarlar yaratishdagi tartibotlarini tadqiq qildi,

nihoyat, mu’taziliy oqimining eng ashaddiy homiylaridan biri bo'lib yetishishda ham ustozi

yo‘lidan yurdi. U grammatikaga bag’ishlangan “Al-Mufassal” asarini ham ustozidan olgan

bilimlari tufayli yozadi. Shu jumladan, Zamaxshariyning ko‘plab ustozlari bo‘lgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1479

U hadis ilmini Abu al-Xattob ibn al-Batar, Abu Saad ash-Shaffoniy, grammatikani Abu

Bakr Abdulloh ibn Talha ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Yabariy al-Andalusiy, shayxu-l-islom

Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, fiqh ilmini shayx al-Xayyatiy, ad-Damg'oniy, Shariy ibn ash-

Shajariydan o'rgangan edi.

Zamaxshariy ilm olish yo‘lida juda ko’p izlanishlar olib borganligi sababli umrining ko’p

yillarini xorijiy ellarda, sayohatlarda o’tkazgan. Zamaxshariyning eng mashhur va eng muhim

sayohatlaridan biri — Makkaga qilgan safaridir. “U u yerda bir necha yil yashagan va shu

sababli unga “Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) laqabi berilgan.”

1

Makkada yashagan yillarida u

Qur’on tafsiri ustida ishlagan va mashhur “Al-Kashshof” asarini yozgan. Uning ilm izlashdagi

qat’iyati shunchalik kuchli ediki, jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramay (bir oyog‘i

cho‘loq bo‘lgan), uzoq masofalarga safar qilishdan toymagan. Har bir yangi shahar —

Zamaxshariy uchun yangi ustozlar, yangi bilimlar va yangi ilmiy manbalarni anglatgan. U o‘z

bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag‘dod, Nishopur, Marv, Xuroson, Shom, Iroq,

Hijoz kabi shaharlarga sayohat qilgan.

Mahmud Zamaxshariyning asarlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, yuqorida

keltirganimizdek u 50 dan ortiq asarlar yozganligi ma’lum. Bulardan “Al-Mufassal”,

“Muqaddimatu-l-adab”, “Kitob al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh”, “Asos al-balog‘at”, “Rabiy’ al-

abror va nusus al-axyor”, “Maqomat” va “Al-Kashshof” asarlarini misol qilish mumkin.

“Al-Kashshof” asari Qur’oni karimga bag‘ishlangan mashhur tafsirdir. Bu tafsir

Zamaxshariy Makkada turgan paytida uch yil davomida (1132-1134) yozilgan.

Zamaxshariy bu tafsirini yozishdan oldin Qur’oni karimga bag'ishlab yaratilgan ko‘plab

tafsirlarni qunt bilan o‘rgangan va ulardan unumli, samarali foydalangan. Garchand bu tafsir

muayyan darajada mu'taziliya oqimi nuqtai nazaridan yozilgan bo‘lsa-da, lekin ilohiy Kitobga

bag'ishlangan tafsirlar o'rtasida o'z o'rniga ega bo'lib, ayniqsa, unda Qur’oni karimning filologik

nuqtai nazardan tahliliga katta e'tibor berilgan. Qimmatli manba sifatida “Al-Kashshof”ning

ko‘plab qo‘lyozma nusxalari dunyoning turli shaharlarida mavjudligi, asarga yozilgan sharh va

hoshiyalarning ko‘pligi bilan ham belgilanadi. Mazkur asar olimning o'ziga ham manzur

bo‘lganligi haqida shunday yozadi: Chindan ham dunyoda tafsirlar behad ko'pdir. Biroq ular

orasida "Al-Kashshof" (“Ayon etuvchi”) kabisi yo‘qdir!

“Zamaxshariy yozgan tafsirning o'ziga xos tomoni shundaki, u filologik tahlilga katta

e’tibor bergan”, - deb yozadi arabshunos, professor Ubaydulla Uvatov.

1

U.Uvatov. “Xorazmlik buyuk alloma”. “Yangi asr avlodi” T. 2006


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1480

“Al-Kashshof” asari bir necha mamlakatlarda nashr qilingan. Toshkentda Movaroun-nahr

musulmonlari diniy boshqarmasining kutubxonasida, O'zbekiston Fanlar akademiyasining Abu

Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida asarning turli davrlarda ko‘chirilgan nodir

nusxalari saqlanmoqda.

“Al-Mufassal” (“Grammatika bo'yicha mufassal kitob”) asari. Arab tili grammatikasiga

bag‘ishlanib yozilgan bu asar qisqacha "Al-Mufassal" deb atalib, Zamaxshariy Makkada

yashagan paytida (513-515-h.) 1119-1121-yillar ichida yozilib, tugallandi. “Al-Mufassal” arab

tili grammatikasi va morfologiyasini o'rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan Sharqda ham,

G‘arbda ham dong‘i ketgan asarlardan hisoblanadi. Ko‘pchilik munaqqidlar Zamaxshariyning bu

asarini o‘z ilmiy qimmati jihatidan taniqli arab tilshunosi Sibavayhning arab tili grammatikasiga

oid mashhur "Kitob Sibavayh"idan keyin ikkinchi o'rinda turishini ta'kidlaganlar.

“O‘sha davrning o‘zidayoq bu asar barcha xalqlar, hatto arablar orasida ham katta e'tibor

qozonadi va arab tilini o'rganishda asosiy qo'llanmalardan biri sifatida omma orasida keng

targaladi. Hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Zamaxshariyning ushbu

asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarpo sovg‘a qilishga va’da bergan. Bir

qancha kishilar Zamaxshariyning bu asarini yod olib, mukofotga ham sazovor bo‘lganligi

manbalarda keltirilgan”

2

. Bu misol Zamaxshariy asarining o‘sha davrda ham qanchalik yuqori

baholanganligini ko‘rsatadi. “Al-Mufassal” ning bir qo‘lyozma nusxasi Toshkentda Abu Rayhon

Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. Asarning nemis

tiliga tarjimasi 1873-yilda nashr qilingan.

“Al-Mufassal fi san’at al-I’rab” nomi bilan atalgan ushbu kitobim to‘rt qismdan iborat”—

deb ta’kidlaydi Zamaxshariy kitobiga yozgan muqaddimasida. Buyuk alloma Mahmud

Zamaxshariy 538 (milodiy 1144) yili arafa kechasi Jurjoniya (hozirgi Ko'hna Urganch)da vafot

etadi.

Mahmud Zamaxshariy tomonidan yaratilgan ilmiy meros bugungi kunda ham o‘z

dolzarbligini yo‘qotmagan. Uning asarlari nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki zamonaviy ilm-

fan, xususan, arab tilshunosligi, tasfirshunoslik va hadissunoshlik sohalarida tadqiqotchilar

uchun muhim manba hisoblanadi. Zamaxshariyning ilmga bo‘lgan sadoqati, mustaqil fikrlash

uslubi va izlanishlari hozirgi yoshlar uchun ham ibratli namuna bo‘la oladi.

2

O.Jo’rayev. A.Muhiddinov. “Mahmud Zamaxshariy”. “Movarounnahr”, “Tafakkur”, T. 2011 y.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1481

Shuningdek, Zamaxshariy — o‘zbek xalqi uchun faxr manbaidir. Uning asarlari

O‘zbekiston ilmiy muassasalari tomonidan o‘rganilmoqda, tarjima qilinmoqda va targ‘ib

etilmoqda. Shu orqali u nafaqat islom olamida, balki jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan

alloma sifatida e’tirof etiladi.

REFERENCES

1.

U. Uvatov. “Mahmud Zamaxshariy”. “A. Qodiriy nomidagi xalq merosi” nashriyoti. T.

1995 y.

2.

"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" “Davlat ilmiy” nashriyoti. 2002 y.

3.

O. Jo’rayev. A. Muhiddinov. “Mahmud Zamaxshariy”. “Movarounnahr”, “Tafakkur”

nashriyoti, T. 2011 y.

4.

U. Uvatov. “Xorazmlik buyuk alloma”. “Yangi asr avlodi” nashriyoti T. 2006 y.

5.

https://www.savol-javob.com/mahmud-zamaxshariy-haqida/

Most read articles by the same author(s)

Xurshida Karshiyeva, Shaxnoza Norkulova, “MABDAI NUR”DA TA’LIMIY-AXLOQIY MASALALAR TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Farangiz Xurramova, Shaxnoza Norkulova, FITRATNING ILMIY ADABIY QARASHLARI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Marjona Bozorova, Shaxnoza Norkulova, O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SULAYMON BOQIRG’ONIYNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Shaxnoza Norkulova, “ALLA” RADIATES MATERNAL KINDNESS, LYRICAL AND SOOTHING MELODIES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI TALQINLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Munisa Jabborova, KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ POYDEVORI ERTANGI KUNIMIZ UCHUN ISHONCH , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Shaxnoza Norkulova , THE INTERPRETATION OF A DIVINE DREAM IN MAHTUMQULI'S POETRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Asilabonu Alisherova , Shaxnoza Norkulova, AHMAD YASSAVIYNING TURKISTON MADANIY HAYOTIDAGI O‘RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Munisa Jabborova, O‘ZBEK ADABIYOTIDA PSIXOLOGIZMNING BADIIY TALQINI (“DAXSHAT” HIKOYASI MISOLIDA) , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Asilabonu Alisherova, Shaxnoza Norkulova , “HUMOYUNNOMA” ORQALI BOBUR SIYMOSI VA TEMURIYLAR DAVRI MANZARALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research