Fevral, 2025-Yil
398
JADIDCHILARNING MA‘RIFATPARVARLIK HARAKATLARI VA ULARNING
XALQ MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI O’RNI.
Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi
Rahimova Nigina Nabi qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14894906
Annotatsiya
. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O’rta
Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma’rifiy tiklanish –
jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy
xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy
muxtoriyatga erishish g’oyasini ilgari suradilar.
Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish
yo’llarini izlaganlar. Ushbu maqolada yuqorida muallif tomonidan qayd etilgan fikrlar xaqida
so’z boradi
Kalit so’zlar:
M.Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Junaidxon, Turon, Qor yog’di
mahallasi.
Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini
isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g’oyasini ilgari suradilar.
Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish
yo’llarini izlaganlar.
Jadidlarkurashniningaslg’oyasiyagonazamingaegaTurkistondaozodvafarovonjamiyatquri
sh edi. Jadidlar asosan ilk bosma xonalani yangi maktablar, darsliklar yaratadi va nashr ettiradi,
qiz bolalarni o’qishi uchun sharoit yaratadi va shu orqali Toshkent, Farg’ona, Samarqand,
Buxoro, Xivada xur fikrli taraqqiyparvar kishilarning madaniy – marifiy uyushmalari shakllanadi.
Jadidlar mafkurasiga ko‘ra islom dini shaxsning ma’naviy kamoloti va jamiyat rivojida
muhim o‘rin tutgan. Ular ushbu vazifani hal etmay turib, boshqa muammolarni bartaraf qilishning
iloji yo‘qligini anglab yetgan. Ana shu maqsadda 1909-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy, 1910-yilda
Abdulla Avloniy, 1915-yilda Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat tomonidan islom tarixiga oid
asarlar yaratildi. Ushbu asarlarda ular islomning paydo bo‘lishi va tarqalishining eng muhim
bosqichlarini yoritib berishdi, shuningdek, islom aqidalarining noto‘g‘ri talqin qilinishiga qarshi
chiqishdi. Turkiston taraqqiyparvarlari tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilgan chora-
tadbirlar qatorida islom dini me’yorlarini, Qur’on oyatlari va hadislarni, shariat hukmlarini to‘g‘ri
talqin etish, ta’lim tizimini isloh qilish, uni zamon talablariga moslashtirish kabilar bor edi.
Fevral, 2025-Yil
399
Milliy taraqqiyparvarlar musulmon ruhoniylarining fanga nisbatan salbiy munosabatda
bo‘lgan vakillarini qoraladi. Taraqqiyparvarlar islom dini har bir musulmon erkak va ayollarning
bilimga ega bo‘lishini ularning zimmasiga burch qilib qo‘yganligini keng targ‘ib qilishadi. Jadidlar
ilm-fanni taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo‘naltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi
kurashning birdan bir vositasi deb hisoblashdi.
Ularning fikriga ko‘ra chin musulmon bo‘lish uchun diniy bilimlar bilan birga dunyoviy
bilimlarni, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarni bilishlari zarur
deb hisoblangan. Buni muqaddas Qur’on oyatlari va hadislar asosida tasdiqladilar. Jadidlarning
islomga oid g‘oyalari ularni islomning asosiy ta’limotini o‘zgartirishga intilganlar, degan xulosaga
olib kelmasligi kerak. Sababi ular o‘z faoliyatlarida Qur’onni ham, umuman, butun islom
ta’limotini ham to‘g‘ri izohlab berganlar. Ularning barchasi islom diniga va musulmon
an’analariga sodiq edi. Ular islomga putur yetkazadigan urf-odatlarga, jamiyat rivojiga va
taraqqiyotiga xalal beradigan salbiy ko‘rinishdagi holatlarga qarshi chiqdi. Jadidlar johillikni
tugatishga, omma orasida taraqqiyparvar g‘oyalar uyg‘otishga intilishdi. Yodda tuting! Jadidlar
islomga putur yetkazadigan an’ana va odatlarga qarshi chiqdilar, jamiyat rivojiga xalal bergan
barcha salbiy ko‘rinishlarga norozilik bildirdilar. Taraqqiyparvarlarning Turkiston ijtimoiy-
iqtisodiy sohasidagi faoliyati.
Jadidlar o‘lkani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ham o‘ziga xos qarashlarga ega
edi. Taraqqiyparvarlar o‘z faoliyatlari davomida o‘lka xalqlarining ijtimoiy hayoti, turmush tarzi,
kasb-kori, shart-sharoitlaridan xabardor bo‘lishgan. Xalqning ahvoli yildan yilga og‘irlashib
borayotganini angladi. Ularning fikricha, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlamay
turib, siyosiy va huquqiy erkinlikka erishish mumkin emasdi. Buning uchun birinchi navbatda
yerni, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi deb e’lon qilish,
barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash, zavod va fabrikalar qurib,
mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb bilishdi. Jadidlar ko‘plab yoshlarni
rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib
kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan
mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun
mablag‘lar yig‘ildi. O‘lkada va xorijda savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojining qiyosiy
tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri,
Toshkentning ʻʻQor yog‘diʼʼ mahallasidan bo‘lgan Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja
Rossiyada huquqshunoslik sohasi bo‘yicha ta’lim olib, birinchi oliy ma’lumotli o‘zbek advokati
bo‘ldi. U buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan.
Fevral, 2025-Yil
400
Yangi usul maktabi o‘quvchilari (markazda Abduqodir Shakuriy. Taraqqiyparvarlar barcha
sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash, zavod va fabrikalar qurib,
mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb bildilar. Jadidlarning xalq ma’rifati
uchun kurash dasturi uch asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lgan:
1. Yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish.
2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish.
3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga
qaratilgan gazetalarni chop etish.
Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat,
Munavvarqori
Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Abdulla Avloniy,
Abdulxamid Cho‘lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko‘rsatishdi. Yangicha o‘qitish musulmon
bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga
ko‘ra maktablarda o‘qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo‘lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism
deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo‘lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda
10 yil o‘qigandan ko‘ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan
shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so‘zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.
1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Faol kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu
faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro‘znomalarning
ko‘plab vujudga kelishida ham ko‘rindi. Jumladan, 1906 yilda Ismoil Obidovning muharrirligida
«Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muharrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla
Avloniy muharrirligida «Shuxrat», Axmadjon Bektemirov muharrirligida «Osiyo» ro‘znomalari
chop etildi. Ma’rifatchilikning yangi to‘lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi
Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «Buxoroi sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog‘i»,
«Kengash», «Xurriyat», «Ulug‘ Turkiston» gazetalari, «Oyina» jurnali kabi ommaviy axborot
vositalari ham paydo bo‘ldi.
Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy
harakatga aylandi. Agar Birinchi Jahon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun
kurashgan bo‘lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «taraqqiyparvarlar» oqimini
tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi.
Ular qatoriga mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish tomon o‘lkani boshqarish yuzasidan
asosli islohotlar o‘tkazish, o‘lkaga Davlat Dumasidan aholi soniga qarab o‘rin berish, asosiy
demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, chorizmni konstitutsion
Fevral, 2025-Yil
401
tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi. Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi
davlat tuzumi o‘rnatilgandan so‘ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog‘lagan
jadidlarni ruhlantirib yubordi. Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan,
jadidlar tomonidan «Sho‘roi Islomiya», «Ittifoqi muslimin», «Turon» kabi bir qator tashkilotlar
tuzildi. Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli aholi ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o‘z
ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustahkamlash, jipslashtirish
hissini uyg‘otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat hukumat va
uning Turkiston Qo‘mitasi ham o‘lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish
yo‘lini tutmoqda. Jumladan, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol
namoyon bo‘ldi. Shu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo hayot, yo mamot
muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular hukumatning mustamlakachilik
siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi
tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat olish uchun astoydil harakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning
dasturiy hujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-hududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini amalga
oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga taalluqli bo‘lgan
masalalar bo‘yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli
o‘lka hokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o‘z davlat
tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab
olindi. Demokratik huquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jihatdan kafolatlanishi lozim
bo‘lgan demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi.
Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo‘ravonlik bilan hokimiyatni
egallashi ularga o‘z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. Shunga
qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi bolsheviklar xokimiyatining «Rossiya
xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr), «Rossiya va sharqning barcha musulmon
mexnatkashlariga» Murojaatnoma (1917 yil 20 noyabr), hujjatlarda ko‘rsatilgan millatlarning o‘z
taqdirini o‘zi belgilashi to‘g‘risidagi huquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini
e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta’qibga
uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvohlik berishicha, «Ittixodi taraqqiy» (1917-
1920), «Milliy ittixod» (1920-1925), «Milliy istiqlol» (1925-1929) va «Turkiston Milliy Birligi»
(1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy) maxfiy tashkilotlari o‘lkada hokimiyatni qo‘lga olish
maqsadida faoliyat yuritgan. Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida
faoliyat ko‘rsatdilar va o‘z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni
taraqqiy ettirishga harakat qildilar.
Fevral, 2025-Yil
402
Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumning siyosatiga ko‘nikmay xorijga o‘tib ketdilar,
muayyan qismi esa istiqlolchilar harakatiga qo‘shilib ketdilar. Istiqlolchilik harakatiga g‘oyaviy
rahnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib
qilishdagi sa’y-harakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy
qirg‘in qilinishiga olib keldi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi
kabi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida shakllangan bo‘lsa ham bu hududlardagi tarixiy sharoit
undagi jadidchilik harakatiga ham o‘ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari
dastlab amir va xon hukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida islohotlar o‘tkazib, jamiyat
taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsalar, keyinchalik
xon va amir yakka hukmronligi har qanday taraqqiyotga to‘siq ekanligini tushunib yetdilar.
Chunki 1917 yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan
iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh
xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o‘zi qabul qilgan islohotlar
o‘tkazish haqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg‘inga
uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar hukumat
organlarida rahbar lavozimlarida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab
qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari
mavjudligiga chek quygan bo‘lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan mavh qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston xalqlarining milliy
ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so‘ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi
kurashda muhim o‘rin tutadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak mamlakatimiz xududida jadidchilik oqimining yuzaga
kelishi va uning ma’rifatparvarlik soxasidagi faoliyatiga to’xtaldik. Jadidchilik harakatining
ijtimoiy siyosiy qarashlari, milliy mustaqillik va davlatchilik g’oyalari (Munavvarqori, Behbudiy,
Abdulla Qodiriy, Cholpon, Fitratning dasturlari), bu boradagi amaliy harakatlari va kurashlari
aloxida katta mavzudir. Xulosa qiladigan bo’lsak, jadid bobolarimiz moddiy qiyinchiliklar,
g’oyaviysiyosiy tazyiqlarga qaramay millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar
yaratishga harakat qildilar.Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrida millatning ongini
yuksaltirish, milliy iftixor tuyg’usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab
yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o’z zimmalariga oldilar. Prezidentimiz
Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomalarida aytganidek, biz jadidchilik harakati,
ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o’rganishimiz kerak.
Fevral, 2025-Yil
403
Bu ma’naviy xazinani qancha ko’p o’rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga
solayotgan juda ko’p savollarga to’g’ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ’ib
etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini o’uncha ko’p
anglab yetadi.
REFERENCES
1.
Avloniy ATarjimai xol. Tanlangan asarlar.2-jild.T., “Ma’naviyat”, 1998 yil 288- bet”.
2.
Munavvarqori A. “Qizil O’zbekiston” 1927 yil, 7iyun. Ziyo uz. Com
3.
Qosimov B. “Milliy uyg’onish”, T ”Sharq”,2004 yil,53-bet.
4.
Toshqulov J. Yosh xivaliklar: siyosiy qarashlarining tadrijiy rivojlanishi// Xalq va
demokratiya, 1992,3-4-son.
5.
Behbudiy B. “Behbudiy kutubxonasi”, “Oyina” jurnali 26 aprel, №27. Tanlangan asarlar.
Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 14-bet.
6.
Ярашова, М. (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
7.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
8.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
9.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456
10.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 160–168. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
11.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 600–607. Retrieved from
Fevral, 2025-Yil
404
12.
Yarashova M. & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(1),
352–358.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
13.
Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 177-186.
14.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING
DIDAKTIK QARASHLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 985-993.
15.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-1003.
16.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR
BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
17.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
18.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
19.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных научных
исследований
,
2
(5), 453-462.
20.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
21.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 353-361.
22.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
23.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
24.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.
SPAST
Reports
,
1
(7).
25.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.
European Journal Of Innovation In
Nonformal Education
,
4
(3), 432-437.
Fevral, 2025-Yil
405
26.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.
Innovations in Technology and
Science Education
,
2
(8), 1214-1222.
27.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.
Modern
Science and Research
,
3
(2), 87-93.
28.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.
Modern Science and
Research
,
3
(2), 1004-1011.
29.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.
Modern Science and Research
,
3
(2), 500-507.
30.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.
Modern Science and Research
,
3
(1),
504-510.
31.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life.
American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769)
,
1
(10), 655-659.
32.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev.
International Journal Of History And Political
Sciences
,
3
(12), 42-47.
33.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career.
Modern Science and
Research
,
2
(12), 801-807.
34.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony.
International Journal
Of History And Political Sciences
,
3
(11), 17-23.
35.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE
WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI".
Modern Science and Research
,
2
(9),
404-409.
36.
Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV.
Modern Science and Research
,
2
(10), 291-299.
37.
Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS
OF AFGHANISTAN.
Modern Science and Research
,
2
(9), 84-89.
38.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”.
International Journal of Intellectual
Cultural Heritage
,
3
(1), 12-16.
39.
Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili.
Scholar
,
1
(28), 395-401.
Fevral, 2025-Yil
406
40.
Toshpo’latova, S., & Hoshimova, M. (2025). BERUNIY VA UNING DIDAKTIK
QARASHLARI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 344-351.
41.
Toshpo’latova, S. (2024). ILK UYG’ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING
DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA
QIZIQTIRISH METODIKASI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 643-651.
42.
Muyiddinov, B., Toshpo‘latova, S., & Gadayeva, M. (2025). TEMURIYLAR DAVRIDA
KUTUBXONACHILIK,
HUJJATCHILIK
VA
ISH
YURITISHNING O’ZIGA
XOSLIGI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 97-105.
43.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Muyiddinov, B. (2025). BO’LAJAK
O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI TARKIB
TOPTIRISH MODELI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 106-116.
44.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Muyiddinov, B. (2025). TARIX DARSLARINI
OQITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI.
Modern Science and
Research
,
4
(2), 87-96.
45.
Yuldosheva, F. . (2024). MIRZO ULUG’BEK KUTUBXONASI VA BUGUNGI
TAQDIRI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12),
741–749.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/
46.
47.
Yuldosheva , F. . (2024). BOLA TUG’ILISHI BILAN BOG’LIQ MAROSIMLAR O’ZBEK
XALQI HAYOTINING AJRALMAS QISMI SIFATIDA.
Modern Science and
Research
,
3
(11),
788–791.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
48.
Yuldosheva , F. Y. qizi. (2023). LEV NIKOLAYEVICH GUMILYOVNING “QADIMGI
TURKLAR” ASARIDA KOʻKTURKLAR YODGORLIKLARI XUSUSIDA.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(16), 338–342. Retrieved from
https://researchedu.org/index.php/
49.
50.
Yuldosheva F. (2025). MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – MILLATNING O‘Z TAQDIRINI
ANGLASHIDA YORQIN YULDUZ VA MILLIY UYG‘ONISH DAVRINING
RAMZI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
420–427.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60832
51.
Yuldosheva, F. & Abdihamidova F. . (2025). BEHBUDIYNI KIM O’LDIRGAN?.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 359–366. Retrieved from
Fevral, 2025-Yil
407
52.
Юсупович, К. С. (2024). КРАТКИЙ ОБЗОР НА ВЗАИМООТНОШЕНИЯ
УЗБЕКИСТАНА И ДВИЖЕНИЯ “ТАЛИБАН”, НА ФОНЕ ЗАХВАТА ТАЛИБАМИ
ВЛАСТИ В АФГАНИСТАНЕ В 2021 ГОДУ.
TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
4
(11),
227–229.
Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/12432
53.
Yusupovich, K. S. (2024). Abu Hafs Kabir and the Spread of the Hanafi Madhhab in
Transoxiana.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(9),
204–207.
Retrieved
from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4079
54.
Каримов Сухроб Юсупович. (2024). ОРДЕН НАКШБАНДИЯ: ИСТОРИЯ, УЧЕНИЕ
И ВЛИЯНИЕ.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14509878
55.
С. Ю. Каримов. (2025). РОЛЬ ФАЙЗУЛЛЫ ХОДЖАЕВА В ИСТОРИИ
https://doi.org/10.5281/zenodo.14741491
56.
Нийозова Гулчехра Шерматовна, & Каримов Сухроб Юсупович. (2025). КУСАМ ИБН
АББАС
И
ИСЛАМИЗАЦИЯ
СРЕДНЕЙ
https://doi.org/10.5281/zenodo.14736948
57.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
58.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
59.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY ART AND ARMY STRUCTURE OF KHOREZMSHAHS . ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58. Retrieved from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
60.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
61.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
Fevral, 2025-Yil
408
62.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
63.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
64.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander The
Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА,
https://doi.org/10.5281/zenodo.11222912
65.
Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6), 222–
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
