Authors

  • Mohigul Gadayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.89388

Keywords:

Bilim malaka ko`nikma tarixiy bilim qo`llanma tafakkur psixologiya pedagogika faoliyat.

Abstract

Ushbu maqolada tarix darslarida o`quvchilarning bilim, malaka, ko`nikmalarini hosil qoliush hamda baholash haqida so`z boradi.

background image

792

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNING BILIM, MALAKA VA

KO`NIKMALARINI HOSIL QILISH VA BAHOLASH

Gadayeva Mohigul Muxamedovna

Osiyo xalqaro universiteti

Tarix va filologiya kafedrasi o`qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15449058

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarix darslarida o`quvchilarning bilim, malaka,

ko`nikmalarini hosil qoliush hamda baholash haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar: Bilim, malaka, ko`nikma, tarixiy bilim, qo`llanma, tafakkur, psixologiya,

pedagogika, faoliyat.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы формирования и оценки знаний,

умений и навыков учащихся на уроках истории.

Ключевые слова: Знания, умения, навыки, исторические знания, применение,

мышление, психология, педагогика, деятельность.


O’quvchilarning tafakkurini tizimli suratda o’stira borish, ularning malakalari va

ko’nikmalarini shakllantira borish tarix o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan biri
hamda tarixiy bilimlarni o’zlashtirib olishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi.

Тarixiy bilimlarni egallab borish jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, malaka va

ko’nikmalarini o’stira borish masalalari ko’pgina psixologlar, metodistlar hamda amaliyotchi
o’qituvchilar e’tiborini o’ziga tortadi. Metodistlarning qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixiga doir
umumlashtiruvchi muammoli – mavzuli qo’llanmalarida, shuningdek, har qaysi darsni qanday
o’tish to’g`risidagi qo’llanmalarida, ilmiy – metodik tadqiqotlarda va boshqa mualliflarning
asarlarida VI – VII sinflarda tarix o’qitish jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, nutqi, ijodiy
qobiliyatlari, malakalari hamda ko’nikmalarini ma’lum bir maqsadga qaratgan holda, tizimli
suratda o’stira borish masalalari ko’rib chiqilib, amaliy jihatdan hal etilgandir. Qadimgi dunyo va
o’rta asrlar tarixi darsliklarida o’quvchilarning tafakkuri, nutqi hamda malakalarini o’stira borish
vazifalari hisobga olingan. Ulardagi materialning bayon qilinish va umumlashtirilish xususiyati,
tanlangan rasmlar va hujjatlarning matnlari, savol va toshpiriqlar tizimi o’quvchilarning zehnini
o’stira borish uchun yordam berishga xizmat qiladi.

Тarix o’qituvchilari o’z tajribalari, kuzatishlari asosida o’quvchilar uchun mo’ljallangan,

ularda tarixiy bilimlar beruvchi turli manbalar bilan ishlash malakalarini hosil qila borishga va
umuman o’quvchilar saviyasini o’stirishga qaratilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqdilar. Bir xil
nuqtai nazar namoyandalari ko’nikmalarni mashq qilish usulini avtomatlashtirilgan darajada
egallab olish deb, biror ishni bajara olish uchun mashq natijasida puxta bilib olingan malaka deb
va ayni bir vaqtda o’quvchilarda bilganlarini tatbiq eta bilish malakalarining o’sa borishidagi eng
yuqori bosqich deb hisoblaydilar. Malaka, o’z navbatida, to’liq nihoyasiga yetmagan ko’nikma,
hosil qilishdagi muhim bir bosqich deb ta’riflanadi.

Ikkinchi xil nuqtai nazar namoyandalari malakani o’z bilganlarini tatbiq etish jarayonida

yuzaga keladigan vazifalarni hal etish usullarini o’rganib olishdagi eng yuqori bosqich deb
tushunadilar. Shu nuqtai nazarga ko’ra, malaka turli sharoitlarda tushunib, anglab va aniq
bajariladigan harakatlarga tayyorlik deb ta’riflanadi; malaka bilim asosida va mashq qilish
natijasida hosil qilinadi.


background image

793

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Masalan, o’quvchilarning taqqoslash malakasi, taqqoslash paytida solishtirib ko’riladigan

muhim tomonlarni ular mustaqil suratda belgilay oladilar va bu ishni o’zlari o’rganayotgan
tarixiy hodisalar hamda tarixiy jarayonlarga nisbatan tatbiq etgan holda bajara oladilar, degan
ma’noni bildiradi.

Bu nuqtai nazar namoyandalari ko’nikmani nihoyat darajada avtomatlashib ketgan eng

oddiy malaka (masalan, sanalarni yozib borish ko’nikmasi, xaritadan tarixiy – geografyk
ob’ektlarni to’g`ri ko’rsatish ko’nikmasi) deb qaraydilar. Malakalar ko’nikmalarga qaraganda
ko’proq onglilik darajasi bilan farq qiladi.

«Faoliyat maqsadi bilan shu maqsadni bajarish sharoitlari hamda usullari o’rtasidagi

o’zaro munosabatlarni tushunish — ularning (ya’ni malakalarning) psixologik asosidir».

Psixologiya va pedagogika fanlarida tobora mustahkam qaror topayotgan ana shu nuqtai

nazar tarix o’qitish davomida o’quvchilarda hosil qilina-digan malaka va ko’nikmalarga nisbatan
bizning nazarimizda to’g`ri ko’rinadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ham «malaka» va
«ko’nikma» tushunchalarini shunday ma’noda qo’llashga harakat qildik. Ko’pgina psixologlar
hamda pedagoglarning fikriga ko’ra biz ham shu fikrga qo’shilamiz, fikrlash faoliyatining
usullarini o’rganib olish — ana shu usullarni o’quvchilarning intellektual fikrlashga asoslangan
malakalariga aylantirish jarayonidan iboratdir. Тarix o’qituvchisi o’quvchilarni milliy istiqlol
g’oyasi nuqtai nazardan har bir ijtimoiy hodisani uning vujudga kelishi va rivojlana borishida,
boshqa hodisalar bilan bog`lanishi hamda munosabatlarida olib qarashga, hodisalarning sinfiy
mohiyatiga kira bilishga, tarixiy jarayonning umumiy ob’ektiv qonuniyatlarini tushunishga
o’rgatadi. Mustaqil O’zbekistonimiz umumiy o’rta maktablari o’quvchilarida tarixiy tafakkurni
o’stirish, ularni ilmiy asosda tarixni tushunishga o’rgatish bilan bog`langandir.

Bu vazifalar VI – VII sinflarda ―Jahon tarixi‖ kursini o’qitishda ham o’quvchilar uchun

og`irlik qilmaydigan darajada qo’yiladi. O’quvchilarning bilimlari tobora chuqurlasha borishi va
ko’paya borishi bilan, ularning tafakkurini o’stira borishga qaratilgan vazifalar ham
murakkablasha boradi. Тarix kursini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka va
ko’nikmalarini hosil qila borish vazifalari — bu, tarixiy bilimlarni mustaqil suratda topib,
tizimga solib, ularni amalda tatbiq eta bilishga o’rgatish, pirovardida esa, o’quvchilarni
o’tmishdagi hamda hozirgi zamondagi ijtimoiy hodisalarga nisbatan ilmiy nuqtai nazardai
yondoshishga o’rgatish demakdir. Nutqni o’stira borish ham o’quvchilarning tafakkurini o’stira
borish va ularda aqliy mehnat malakalari hamda ko’nikmalarini hosil qila borish bilan
bog`langandir. Nutq — odamlarning bir – birlarini tushunish vositasigina bo’lib qolmay, balki
fikrni yuzaga chiqarish va o’stirish vositasi hamdir.

Тarix kursini o’qitishda nutq bilimlar orttirishning eng asosiy vositalaridan biri sifatida

maydonga chiqadi. O’quvchilar tarixiy dalillarni, ular o’rtasidagi bog`lanish va munosabatlarni,
ularning umumiy va bir – biridan farq qiluvchi xususpyatlarini, tarixiy hodisalar va tarixiy
shaxslarning xususiyatlarini ko’rsatmali o’quv qurollari bilan birgalikda so’z orqali bilib oladilar.

O’qituvchining nutqi, darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy – ommabop va badiiy – tarixiy

adabiyot asarlari o’quvchilarga bilim beradigan, so’z bilan ifodalangan eng muhim manbalar
bo’lish bilan birga, ularning nutqini o’stirish vositalari ham hisoblanadi. Biz maktabda
o’qitiladigan tarix fanining o’ziga xos xusiyatlarini hisobga olgan holda, tarix kursini o’qitish
davomida hosil qilina boradigan malakalar guruhlarini shartli ravishda ajratib ko’rsatamiz:

1. Tarixiy bilim beruvchi manbalarni tahlil qilish, tarixiy voqealar hamda hodisalardagi

eng asosiy va muhim narsani, ularning muhim belgilari va bog`lanishlarini ajratib chiqish, tarixiy
tushunchalarga ta’riflar berish malakalari;


background image

794

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

2. Tarixiy bilim beruvchi manba mazmunini mantiqiy jihatdan bir necha qismga ajratish;

umumiy mantiqiy jadvalni bir turdagi tarixiy hodisalar hamda voqealarni tahlil qilishga. deduktiv
suratda tatbiq etish (masalan, qo’zg`olonlar haqidagi materialni o’rganishga doir umumiy reja —
mantiqiy jadvalni aniq dehqon qo’zg`olonlarini tahlil qilishga tatbiq etish) malakalari;

3. Tarixiy dalillar va jarayonlarni o’z doirasida qarab chiqish hamda vaqt jihatidan ular

o’rtasidagi nisbatni aniqlash, xronologik va sinxronistik jadvallar tuzish malakalari;

4. Tarixiy hodisalarning joyini aniqlash, tarixiy xaritani «tilga kirgizish», undagi izohlar

va shartli belinlardan xatosiz foydalanish, kontur xaritani tarixiy mazmunda to’ldirish va shu
kabi malakalar;

5. Tarixiy voqealar, hodisalarni taqqoslash, ularning umumiy va alohida xususiyatlarini

topish malakalari;

6. Tarixiy dalillarni tahlil qilish va taqqoslash asosida, induktiv hamda deduktiv xulosalar

chiqarish usulidan foydalangan holda yakunlar (shu jumladan, baho berishga doir yakunlar ham)
yasash; yakunlarni, berilgan baholarni asoslab berish, tarixiy dalillar va umumiy xulosalarga
tayangan holda to’g`ri isbotlay olish malakalari;

7. Tarixiy materialni og`zaki yoki yozma tarzda bayon eta bilish (izchil tartibda, obrazli

qilib, eng asosiy va muhim narsani ajratib ko’rsatgan holda va hokazo). Bayon etishning hamma
turlaridan (tasvirlash, hikoya qilish, tavsif berish, sharhlash va boshqa usullardan) foydalana
olish, savollarga qisqa va atroflicha javob berish hamda o’z o’rtoqlariga savollar berish, ularning
javoblariga tanqidiy nuqtai nazardan baho berish (og`zaki, yozma holda) malakalari;

8. Axborotlar, dokladlar, referatlar, siyosiy yangiliklar tayyorlash hamda ularni o’tkazish;

kichikroq hajmdagi ilmiy – ommabop va badiiy – tarixiy adabiy asarlarni retsenziya qilish
malakalari;

9. Tarixiy matn mazmunining yoki o’qituvchi hikoyasining rejalarini, tarixiy voqea yoki

hodisani tahlil qilish rejasini, taqqoslash rejasini, xulosalar chiqarish rejasini, o’z javobining,
qiladigan dokladining va shu kabilarning rejasini tuzish; reja – ishlanma, dars ishlanmasi, tezislar
tuzish, o’qituvch tushuntirib bergan asosiy qoidalarni qisqacha yozib borish, kitoblardan ayrim
joylarni yozib olish, ma’lumot beruvchi tarixiy adabiyotdan foydalana bilish malakalari.

«Dunyoqarashning vujudga kela borishi bilan chambarchas bog`langan ana shu

malakalarni takomillashtira borishning eng muhim natijalari o’laroq, o’tmish va hozirgi
zamonning ijtimoiy hayotini muhokama qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondoshish asoslari,
jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushunish, bilimlarni mustaqil O’zbekistonning rivoji
tajribasida tatbiq eta bilish qobiliyati shakllana boradi».

Maktabning VI – VII sinf'larida shu ko’rsatib o’tilgan ko’pchilik malakalarning faqat

dastlabki negizinigina hosil qila olish mumkin, bu malakalar tarixni bundan keyingi o’qitish
jarayonida hamda amaliy faoliyat davomida takomillashib boraveradi. Ba’zi bir metodistlar tarix
kursini o’qitish davomida amaliy malakalar deb atalgan malakalarni (masalan, oddiy reja tuzish,
materialni xatosiz bayon qilish, darslikning ma’lumot beruvchi qismidan foydalana bilish va
boshqalarni) maxsus ajratib ko’rsatadilar. Bizning nuktai nazarimizga ko’ra, bunday amaliy
malakalar intellektual malakalarning ayrim bir ko’rinishidir. Masalan, tarixiy voqealarni
xronologik tartibda yoki sinxronik tarzda jadval shaklida joylashtirishdan iborat amaliy malaka
tarixiy voqealarning bir – biri bilan izchil suratda bog`lanishini va vaqt jihatidan ular o’rtasidagi
nisbatni aniqlashdan iborat ancha umumiyroq malakaning ifodasi hisoblanadi. Shu sababdan biz
amaliy malakalarni mustaqil guruh qilib ajratib ko’rsatmaymiz.


background image

795

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

O’quvchilar tafakkuri va nutqining o’sa brishi, malaka va ko’nikmalarining hosil bo’la

borshii bilimlarni egallash va ularni tatbiq etish, ular bilan ish olib borish jarayonida yuz beradi.

Bu — bitta o’qitish jarayonining ikki tomonidir. Bilimlar bilan malakalar o’rtasida o’zaro

bog`lanish va bir – biriga bog`liqlik bor. Kishi aqliy faoliyatining onglilik xususiyati unda hosil
bo’lgan bilimlar tizimi bilan belgilanadi. Bilim hamma vaqt tegishli malaka va ko’nikmalar
tizimiga tayanadi va o’z navbatida, yangi malaka hamda ko’nikmalar vujudga kelishi uchun
zamin hisoblanadi. O’qitish jarayonining har qaysi bosqichidagi bilimlar, malaka va ko’nikmalar
o’rtasidagi o’zaro nisbat o’quvchining aqliy jihatdan yetuklik darajasini ham belgilaydi.

Vazifaning o’zini ham, shuningdek, o’rganilayotgan materialning mazmunini ham

tushunmay turib, bilib olish vazifasini hal qilmoq uchun malakalardan foydalanish mumkin
emas. Malakalarni tatbiq etish, ma’lum darajada, tarix va boshqa o’quv fanlarini o’qitish
jarayonida avval o’zlashtirilgan bilimlar bilan ish olib borishdan iboratdir. Malakalar, o’z
navbatida, o’quvchilarning mustaqil ravishda, avvalgi bilimlariga tayangan holda, turli
manbalardan o’zlari uchun yangi bilimlarni topib olishlariga yordam beradi. O’quvchilarning
malaka va ko’nikmalarini hosil qila borishga qaratilgan ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko’pgina
shart – sharoitlarga bog`liq. Тarix o’qituvchisi, birinchi navbatda, u yoki bu sinfda bundan ilgari
hosil qilingan bilim va malakalarning qanday doirasiga tayana olishi mumkinligini, ayrim
o’quvchilarda qanday malakalar yaxshi hosil bo’lmaganligi yoki yo’qligini aniqlab olishi. lozim.

Ana shu asosda o’quvchilarning turli guruhlariga hamda ayrim o’quvchilarga nisbatan

bundan keyin differensial yo’sinda yondoshishga o’tiladi. O’qituvchi o’quvchilarning tafakkurini
o’stiradigan mashqlarni rejalashtirar ekan, o’rganiladigan tarixiy materialning mazmuniga hamda
uning eng yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradigan mantiqiy operatsiyalarni amalga
oshirish imkoniyatiga asoslanadi. Chunonchi, hodisalarning shu turdagi boshqa hodisalar bilan
o’xshash va farq qiluvchi xususiyatlarini aniqlash jarayonida o’quvchilar bu hodisalarni
(masalan, turli mamlakatlarning tabiiy sharoitlari, jamiyatdagi turli guruhlarning ahvoli va
boshqalarni) yaxshiroq tushunib oladilar. O’qituvchi ish jarayonida o’quvchilarning bilim va
malakalar hosil qilishda qanday darajaga erishganliklarini doim tekshirib va hisobga olib boradi.

U bolalarga bu yo’lda nimalarga erishganliklarini va bundan keyin ular nimalar ustida

ishlashlari kerakligini bildirib boradi, ish jarayonining har qaysi bosqichida ular oldiga aniq
vazifalar qo’yib boradi. Shuni esda tutish zarurki, bir xil yoshdagi va bir xil sinfdagi
o’quvchilarda malakalarning o’sa borish darajasi turlicha bo’ladi. Bu narsa o’quvchilarning aqliy
jihatdan umuman qanchalik o’sganligiga, shuningdek, ularning muayyan yo’nalishda oldindan
qanday tayyorgarlik ko’rganligi va uni mashq qilib olganligiga bog`liq. Sakkiz yillik maktabda
boshqa o’quv fanlarining o’qituvchilari tomonidan ayni bir vaqtda olib boriladigan ishni ham
hisobga olnsh lozim. Hosil qilingan malaka — o’quvchilarning o’zlariga tanish turdagi vazifani
yangi sharoitlarda, yangi o’quv materiali asosida mustaqil suratda bajara olish, ya’ni o’quv
vazifasini bajarishda tashabbus ko’rsatib, yangi sharoitlarda malakani tatbiq eta olish, vazifalarni
hal etishning yangi usullarini topa bilish qobiliyati demakdir. Aqliy faoliyatning muayyan
usullarini egallab olish malakalar hosil qilishning asosini tashkil etadi. O’quvchilarda birorta
malakani, masalan, tarixiy hodisalarni taqqoslash, isbotlab berish malakasini hosil qilmoq uchun,
o’qituvchi o’sha mantiqiy operatsiyaning maqsadi va mohiyatini hamda uni bajarnsh usullarini
tushuntirib, ularni aniq tarixiy materialga tatbiq etgan holda ko’rsatib beradi. Ko’rsatib berish
paytida, mazmuni uncha murakkab bo’lmagan material: taqqoslash uchun — moddiy
madaniyatga doir ikki narsa, xulosa chiqarish uchun — darslikning bir necha abzatsidan iborat
matni va shu singarilar tanlangani ma’qul.


background image

796

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Shundan keyin o’quvchilar qanday ishlash usullari ko’rsatib berilgan materialga o’xshash

tarixiy material bilan mantiqiy operatsiya olib borishni o’qituvchi rahbarligida endi o’zlari
bajaradilar. O’quvchilar bu usullarni qadam-baqadam o’zlari bajaradigan bo’ladilar. Dastlab bu
ishni yaxshi o’quvchiga topshirish yoki ana shu operatsiyani izchil suratda, pog`onama –
pog`ona bajarishga butun sinfni jalb etib, uni evristik usulda o’tkazish mumkin. Keyinchalik
o’qituvchi o’quvchilarni bunday usullarni shunga o’xshash materialga tatbiq etgan holda, ularni
mustaqil suratda bajaradigan bo’libgina qolmay, balki turli xildagi tarixiy mazmunga tatbiq etgan
holda, ularni yangi sharoitlarda qo’llay olishga ham o’rgatadi. Usullarni yangi sharoitlarda
qo’llash o’quvchilar tomonidan avvaliga o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib ishlash jarayonida,
masalan, evristik usuldagi suhbat davomida amalga oshiriladi.

O’quvchilar usullarni egallay borgan sari, ular mantiqiy operatsiyani tobora mustaqil va

aniq bajara boradilar. Ular o’qituvchining harakatlarini endi shunchaki takrorlamaydilar, balki
mantiqiy operatsiyaning maqsadi va ularning oldiga qo’yilgan o’quv vazifasining shartlariga
qarab, o’zlashtirilgan usullarga tayangan holda ish olib boradilar. Foydalaniladigan usullar soni
asta – sekin ko’paya boradi, o’quvchilarning malakalari tatbiq etiladigan ob’ektlar
murakkablasha boradi, shu bilan birga, tobora ko’proq to’planib borgan bilimlardan
foydalaniladi. Malakani egallab olish darajasi aqliy faoliyat usullarini boshqa sharoitlarga tatbiq
etishda qanchalik mustaqil ish tutilishi hamda shu usullar tatbiq etiladigan hodisalar doirasining
qanchalik kengligi bilan belgilanadi.

REFERENCES

1.

Tarix o`qitish metodikasi. A.Sagdiyeva. G.Fuzailova.M.Hasanova.T-2021

2.

Tarix o`qitish metodikasi. S.Toshtemirova. SH.Ilmurodova, M.Sadullayeva.T-2023

3.

Gadayeva, M. (2025). TARIXIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONI VA
TARIX DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI.

Modern

Science and Research

,

4

(4), 1423-1431.

4.

Gadayeva, M. (2025). SOMONIYLAR DAVRIDAGI DEVONLAR VA BUGUNGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLIKLARINING TAQQOSIY TAHLILI.

Modern

Science and Research

,

4

(4), 381-388.

5.

Gadayeva, M. (2025). CHOLPONNING SHERLARIDA ERK, OZODLIK VA OZLIK
MASALALARI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 549-563.

6.

Gadayeva,

M.

(2025).

ABDULHAMID

CHOLPONNING

JADIDCHILIK

HARAKATIDAGI ORNI.

Modern Science and Research

,

4

(2), 1013-1019.

7.

Gadayeva, M. (2025). TURKISTONLIK GENERAL AYOL, MILLAT ONASI-
QURBONJON

DODXOHNING

MARD,

JASUR

VA

VATANPARVARLIGI

HAQIDA.

Modern Science and Research

,

4

(1), 344-352.

8.

Gadayeva, M. (2024). MARKAZIY OSIYODA JADID AYOLLARI TARIXI.

Modern

Science and Research

,

3

(12), 652-658.

9.

Muxamedovna, G. M. (2024). Millatimiz Faxri-Buxoro Ma’rifatparvari.

Miasto

Przyszłości

,

52

, 557-562.

10.

Muxamedovna, G. M. (2024). TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O ‘RNI.

TA'LIM VA RIVOJLANISH

TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

4

(5), 97-102.

11.

Mukhamedovna, G. M. (2024). The Sad Fate Of The Women Of Turkistan: About The
“Hujum” Movement And Its Impacts On Agriculture.

SPAST Reports

,

1

(7).


background image

797

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

12.

Muxamedovna, G. M. (2023). MAKTABLARDA TARIX FANINI O'QITISH
AHAMIYATI.

Научный Фокус

,

1

(5), 178-180.

13.

Muxamedovna, G. M. (2023). TARIX FANINI O'QITISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.

Научный Фокус

,

1

(5),

175-177.

14.

Gadayeva, M. (2024). ABOUT THE HISTORY OF THE VEIL OR MEDIEVAL
WOMEN'S DRESS.

Modern Science and Research

,

3

(2), 1097-1103.

15.

Gadayeva, M. (2023). THE UNIQUE SIGNIFICANCE OF MASTERING SOCIAL
SCIENCES DURING THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN.

Modern

Science and Research

,

2

(10), 459-464.

16.

Universiteti, G. M. M. O. X. (2023). Uchinchi Renesans Davrida Ajdodlarimiz Merosini
Organish Orqali Integratsion Ta’Limni Yanada Takomillashtirish Tamoyillari: Часть 1 Том
1 Июль 2023 Год.

Лучшие интеллектуальные исследования

,

1

(1), 11-16.

17.

Gadayeva, M. (2024). Attack Action.

Modern Science and Research

,

3

(1), 1028-1033.

18.

Gadayeva, M. (2024). Effective Ways To Use The" Thoughtstorm" Method On The Theme
Of The" Eastern Renaissance" Era.

Modern Science and Research

,

3

(1), 1024-1027.

19.

Muxamedovna, G. M. (2023). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA DIDAKTIK
MATERIALLAR

YARATISH

MEXANIZMLARI.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

21

(3), 12-14.

20.

Muxamedovna, G. M. (2023). Uchinchi renesans davrida ajdodlarimiz merosini organish
orqali integratsion ta’limni yanada takomillashtirish tamoyillari.

Образование наука и

инновационные идеи в мире

,

22

(1), 35-38.

21.

Muxamedovna, G. M. (2023). History Of Patriotic Women.

International Journal Of

History And Political Sciences

,

3

(12), 69-75.

22.

Muxamedovna, G. M. (2023). Innovatsion TaLim-Buyuk Kelajak Poydevori.

World

scientific research journal

,

17

(1), 74-76.

23.

Gadayeva, M. (2024). Effective Ways To Use The" Thoughtstorm" Method On The Theme
Of The" Eastern Renaissance" Era.

Modern Science and Research

,

3

(1), 1024-1027.

24.

Gadayeva, M., & Ismoilova, Z. (2024). The Importance Of Studying The Science Of
Youth Psychology In Improving People'S Lives.

Modern Science and Research

,

3

(2), 676-

683.

25.

Gadayeva, M., & Hamroqulova, N. (2024). The Basis Of The Use Of Development-
Pedagogical Skills In Pedagogical Activity.

Modern Science and Research

,

3

(2), 684-689.

26.

Gadayeva, M., & Sabriddinova, G. (2025). JADIDLAR FAOLIYATIDA XOTIN-
QIZLARNING ORNI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 648-655.

27.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Muyiddinov, B. (2025). TARIX DARSLARINI
OQITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI.

Modern Science and

Research

,

4

(2), 87-96.

28.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR
BESHIGI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 1228-1238.

29.

Muxamedovna, G. M., Shuhratovna, T. S., & Shokir ogli, S. U. TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.

30.

Toshpo‘latova,

S.,

Gadayeva,

M.,

&

Sadullayev,

U.

(2024).

SHARQ

ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI.

Modern Science and Research

,

3

(12),

985-993.


background image

798

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

31.

Gadayeva, M., & Sabriddinova, G. (2025). BOBURNOMADA DIPLOMATIK
MUNOSABATLAR TALQINI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 409-416.

32.

Toshpo’latova, S. (2025). BO’LAJAK TARIX O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK

TAYYORGARLIGINING

UMUMIY

KONTSEPTSIYASI

VA

AHAMIYATI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 481-484.

33.

Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and
Research, 4(1), 177-186.

34.

Toshpo’latova, S., & Tursunova, S. (2025). TURKISTONDAGI–BIRINCHI
DRAMMA.

Modern Science and Research

,

4

(3), 468-480.

35.

Toshpo‘latova,

S.,

Gadayeva,

M.,

&

Sadullayev,

U.

(2024).

SHARQ

ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 3(12),
985-993.

36.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-1003.

37.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR
BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.

38.

Toshpo'latova

Shaxnoza

Shuhratovna.

(2024).

ILK

UYG'ONISH

DAVRI

NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996

39.

Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR.
Modern Science and Research, 3(11), 774-782.

40.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных
научных исследований, 2(5), 453-462.

41.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research,
3(5), 522-529.

42.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.

43.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District.
Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

44.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

45.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).

46.

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In
Nonformal Education, 4(3), 432-437.

47.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and
Science Education, 2(8), 1214-1222.

48.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern
Science and Research, 3(2), 87-93.

49.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science
and Research, 3(2), 1004-1011.

50.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.


background image

799

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

51.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1),
504-510.

52.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.

53.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political
Sciences, 3(12), 42-47.

54.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research,
2(12), 801-807.

55.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal
Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.

56.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE
WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9),
404-409.

57.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-
299.

58.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS
OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.

59.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual
Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

60.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.

61.

Toshpo’latova, S., & Hoshimova, M. (2025). BERUNIY VA UNING DIDAKTIK
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 344-351.

62.

Toshpo’latova, S. (2024). ILK UYG’ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING
DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA
QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 3(12), 643-651.

63.

Toshpo‘latova, S. (2025). O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI

TARKIB

TOPTIRISH

MODELINING

MAZMUNI

VA

AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 581-590.

64.

Toshpo‘latova, S. (2025). BO’LAJAK TARIX O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 235-245.

65.

Toshpo’latova, S., & Tursunova, S. (2025). MAHMUDXO’JA BEHBUDIY-O’ZBEK
JADIDCHILIGINING ASOSCHISI.

Modern Science and Research

,

4

(2), 770-781.

66.

Sayfutdinov, F. . (2025). MANG‘ITLAR DAVRI SAROYLAR ARXITEKTURASI:
TARIXIY KONTEKST VA BADIIY XUSUSIYATLARNING O’RGANILISH
TARIXI.

Modern

Science

and

Research

,

4

(4),

439–448.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/82182

67.

Sayfutdinov, F. (2025). BUKHARA ARCHITECTURE: HISTORICAL HERITAGE AND
ITS SIGNIFICANCE.

Modern Science and Research

,

4

(3), 485–492. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/74121


background image

800

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

68.

Sayfutdinov, F. (2025). BUXORO ME’MORCHILIGI: TARIXIY MEROS VA UNING
AHAMIYATI.

Modern

Science

and

Research

,

4

(3),

572–579.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72130

69.

Sayfutdinov, F. (2025). 1918-1920 YILLAR XALQARO MUNOSABATLAR TARIXIDA
VERSAL – VASHINGTON KANFRENSIYALARINING AHAMIYATI.

Modern Science

and Research

,

4

(2), 1066–1073. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/68491

70.

Sayfutdinov F., & Sharipov D. (2025). CENTRAL ASIAN INTEGRATION:
HISTORICAL DEVELOPMENT AND PROSPECTS.

Journal of Universal Science

Research

,

3

(1(Special

issue),

300–304.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/65623

71.

Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.

72.

Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.

73.

Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.

EUROPEAN

JOURNAL

OF

INNOVATION

IN

NONFORMAL

EDUCATION

,

4

(3), 149-155.

74.

Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY VA
ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 852-

858.

75.

Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON

VOHASIDA

ETNOSLARARO

MUNOSABATLAR.

TA’LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

3

(9), 1–5. Retrieved from

https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941

76.

Sayfutdinov F. (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF THE
KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH.

Journal of Universal Science Research

,

2

(5),

441–452.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-

research/article/view/34891

77.

Sayfutdinov F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI
ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI.

Modern Science and Research

,

3

(10), 620–629.

Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335




References

Tarix o`qitish metodikasi. A.Sagdiyeva. G.Fuzailova.M.Hasanova.T-2021

Tarix o`qitish metodikasi. S.Toshtemirova. SH.Ilmurodova, M.Sadullayeva.T-2023

Gadayeva, M. (2025). TARIXIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONI VA TARIX DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI. Modern Science and Research, 4(4), 1423-1431.

Gadayeva, M. (2025). SOMONIYLAR DAVRIDAGI DEVONLAR VA BUGUNGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLIKLARINING TAQQOSIY TAHLILI. Modern Science and Research, 4(4), 381-388.

Gadayeva, M. (2025). CHOLPONNING SHERLARIDA ERK, OZODLIK VA OZLIK MASALALARI. Modern Science and Research, 4(3), 549-563.

Gadayeva, M. (2025). ABDULHAMID CHOLPONNING JADIDCHILIK HARAKATIDAGI ORNI. Modern Science and Research, 4(2), 1013-1019.

Gadayeva, M. (2025). TURKISTONLIK GENERAL AYOL, MILLAT ONASI-QURBONJON DODXOHNING MARD, JASUR VA VATANPARVARLIGI HAQIDA. Modern Science and Research, 4(1), 344-352.

Gadayeva, M. (2024). MARKAZIY OSIYODA JADID AYOLLARI TARIXI. Modern Science and Research, 3(12), 652-658.

Muxamedovna, G. M. (2024). Millatimiz Faxri-Buxoro Ma’rifatparvari. Miasto Przyszłości, 52, 557-562.

Muxamedovna, G. M. (2024). TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O ‘RNI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(5), 97-102.

Mukhamedovna, G. M. (2024). The Sad Fate Of The Women Of Turkistan: About The “Hujum” Movement And Its Impacts On Agriculture. SPAST Reports, 1(7).

Muxamedovna, G. M. (2023). MAKTABLARDA TARIX FANINI O'QITISH AHAMIYATI. Научный Фокус, 1(5), 178-180.

Muxamedovna, G. M. (2023). TARIX FANINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Научный Фокус, 1(5), 175-177.

Gadayeva, M. (2024). ABOUT THE HISTORY OF THE VEIL OR MEDIEVAL WOMEN'S DRESS. Modern Science and Research, 3(2), 1097-1103.

Gadayeva, M. (2023). THE UNIQUE SIGNIFICANCE OF MASTERING SOCIAL SCIENCES DURING THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(10), 459-464.

Universiteti, G. M. M. O. X. (2023). Uchinchi Renesans Davrida Ajdodlarimiz Merosini Organish Orqali Integratsion Ta’Limni Yanada Takomillashtirish Tamoyillari: Часть 1 Том 1 Июль 2023 Год. Лучшие интеллектуальные исследования, 1(1), 11-16.

Gadayeva, M. (2024). Attack Action. Modern Science and Research, 3(1), 1028-1033.

Gadayeva, M. (2024). Effective Ways To Use The" Thoughtstorm" Method On The Theme Of The" Eastern Renaissance" Era. Modern Science and Research, 3(1), 1024-1027.

Muxamedovna, G. M. (2023). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA DIDAKTIK MATERIALLAR YARATISH MEXANIZMLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 21(3), 12-14.

Muxamedovna, G. M. (2023). Uchinchi renesans davrida ajdodlarimiz merosini organish orqali integratsion ta’limni yanada takomillashtirish tamoyillari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 22(1), 35-38.

Muxamedovna, G. M. (2023). History Of Patriotic Women. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 69-75.

Muxamedovna, G. M. (2023). Innovatsion TaLim-Buyuk Kelajak Poydevori. World scientific research journal, 17(1), 74-76.

Gadayeva, M. (2024). Effective Ways To Use The" Thoughtstorm" Method On The Theme Of The" Eastern Renaissance" Era. Modern Science and Research, 3(1), 1024-1027.

Gadayeva, M., & Ismoilova, Z. (2024). The Importance Of Studying The Science Of Youth Psychology In Improving People'S Lives. Modern Science and Research, 3(2), 676-683.

Gadayeva, M., & Hamroqulova, N. (2024). The Basis Of The Use Of Development-Pedagogical Skills In Pedagogical Activity. Modern Science and Research, 3(2), 684-689.

Gadayeva, M., & Sabriddinova, G. (2025). JADIDLAR FAOLIYATIDA XOTIN-QIZLARNING ORNI. Modern Science and Research, 4(3), 648-655.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Muyiddinov, B. (2025). TARIX DARSLARINI OQITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 87-96.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.

Muxamedovna, G. M., Shuhratovna, T. S., & Shokir ogli, S. U. TARIX FANLARINI OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.

Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 3(12), 985-993.

Gadayeva, M., & Sabriddinova, G. (2025). BOBURNOMADA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR TALQINI. Modern Science and Research, 4(3), 409-416.

Toshpo’latova, S. (2025). BO’LAJAK TARIX O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINING UMUMIY KONTSEPTSIYASI VA AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(3), 481-484.

Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 4(1), 177-186.

Toshpo’latova, S., & Tursunova, S. (2025). TURKISTONDAGI–BIRINCHI DRAMMA. Modern Science and Research, 4(3), 468-480.

Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 3(12), 985-993.

Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-1003.

Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.

Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna. (2024). ILK UYG'ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI. https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996

Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR. Modern Science and Research, 3(11), 774-782.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 453-462.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports, 1(7).

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 432-437.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214-1222.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern Science and Research, 3(2), 87-93.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science and Research, 3(2), 1004-1011.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1), 504-510.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 42-47.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research, 2(12), 801-807.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404-409.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-299.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak” Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.

Toshpo’latova, S., & Hoshimova, M. (2025). BERUNIY VA UNING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 344-351.

Toshpo’latova, S. (2024). ILK UYG’ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 3(12), 643-651.

Toshpo‘latova, S. (2025). O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI TARKIB TOPTIRISH MODELINING MAZMUNI VA AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 581-590.

Toshpo‘latova, S. (2025). BO’LAJAK TARIX O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI. Modern Science and Research, 4(3), 235-245.

Toshpo’latova, S., & Tursunova, S. (2025). MAHMUDXO’JA BEHBUDIY-O’ZBEK JADIDCHILIGINING ASOSCHISI. Modern Science and Research, 4(2), 770-781.

Sayfutdinov, F. . (2025). MANG‘ITLAR DAVRI SAROYLAR ARXITEKTURASI: TARIXIY KONTEKST VA BADIIY XUSUSIYATLARNING O’RGANILISH TARIXI. Modern Science and Research, 4(4), 439–448. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/82182

Sayfutdinov, F. (2025). BUKHARA ARCHITECTURE: HISTORICAL HERITAGE AND ITS SIGNIFICANCE. Modern Science and Research, 4(3), 485–492. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/74121

Sayfutdinov, F. (2025). BUXORO ME’MORCHILIGI: TARIXIY MEROS VA UNING AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(3), 572–579. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72130

Sayfutdinov, F. (2025). 1918-1920 YILLAR XALQARO MUNOSABATLAR TARIXIDA VERSAL – VASHINGTON KANFRENSIYALARINING AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 1066–1073. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68491

Sayfutdinov F., & Sharipov D. (2025). CENTRAL ASIAN INTEGRATION: HISTORICAL DEVELOPMENT AND PROSPECTS. Journal of Universal Science Research, 3(1(Special issue), 300–304. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/65623

Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI O'QITISHDAGI AHAMIYATI.

Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ XALQINING YORITILISHI.

Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of Karakalpak. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 149-155.

Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI. Modern Science and Research, 3(12), 852-858.

Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(9), 1–5. Retrieved from https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941

Sayfutdinov F. (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF THE KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH. Journal of Universal Science Research, 2(5), 441–452. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/34891

Sayfutdinov F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI. Modern Science and Research, 3(10), 620–629. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335

Most read articles by the same author(s)

Mohigul Gadayeva, Shaxnoza Toshpo`latova , Bekali Muyiddinov, TARIX DARSLARINI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Shaxnoza Toshpo‘latova , Mohigul Gadayeva, Umidjon Sadullayev, SHARQ ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Umidjon Sadullayev, Mohigul Gadayeva, Shaxnoza Toshpo‘latova , MAHALLA – QADRIYATLAR BESHIGI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, TARIXIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONI VA TARIX DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Shaxnoza Toshpo‘latova , Mohigul Gadayeva , Bekali Muyiddinov, BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI TARKIB TOPTIRISH MODELI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, Shaxnoza Toshpo`latova , Umidjon Sadullayev, TARIX FANLARINI O`QITISHDA MUZEYLARNING O`RNI. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, ABDULHAMID CHO`LPONNING JADIDCHILIK HARAKATIDAGI O`RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, Zarina Ismoilova, THE IMPORTANCE OF STUDYING THE SCIENCE OF YOUTH PSYCHOLOGY IN IMPROVING PEOPLE'S LIVES , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 2 (2024): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, ATTACK ACTION , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, MARKAZIY OSIYODA JADID AYOLLARI TARIXI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>