ACTIVITY OF NON-GOVERNMENT AND PUBLIC ORGANIZATIONS AND MANAGEMENT OF CREATIVE TEAMS

Abstract

This article describes the meaning of the concepts of non-governmental and public organizations, the concept of non-governmental and public organizations operating in Uzbekistan, issues of cooperation of non-governmental and public organizations with cultural and art institutions.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Esbergenova, M., Reymova, G., & Tajimuratova, S. (2024). ACTIVITY OF NON-GOVERNMENT AND PUBLIC ORGANIZATIONS AND MANAGEMENT OF CREATIVE TEAMS. Modern Science and Research, 3(5), 742–746. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/32857
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the meaning of the concepts of non-governmental and public organizations, the concept of non-governmental and public organizations operating in Uzbekistan, issues of cooperation of non-governmental and public organizations with cultural and art institutions.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

742

NODAVLAT VA JAMOAT TASHKILOTLARI FAOLIYATI VA IJODIY

JAMOALARNI BOSHQARISH

Esbergenova Miyassar Iqlasbayevna

Reymova Genjexan Marat qızı

Tajimuratova Shaxnoza Saǵınbaevna

(Ilimiy rahbar)

Berdaq nomidagi Qaraqalpoq Davlat Universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11214991

Annotatsiya.

Bu maqolada nodavlat va jamoat tashkilotlari tushunchalarining mazmun-

mohiyati, Ózbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan nodavlat va jamoat tashkilotlari haqida
tushuncha, nodavlat va jamoat tashkilotlarning madaniyat va san’at muassasalari bilan
hamkorligi masalalari haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar:

Nodavlat notijorat, jamiyat, madaniyat, tashkilot, jamoat fondi.

ACTIVITY OF NON-GOVERNMENT AND PUBLIC ORGANIZATIONS AND

MANAGEMENT OF CREATIVE TEAMS

Abstract.

This article describes the meaning of the concepts of non-governmental and

public organizations, the concept of non-governmental and public organizations operating in
Uzbekistan, issues of cooperation of non-governmental and public organizations with cultural and
art institutions.

Key words:

Non-governmental non-profit, society, culture, organization, public fund.

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ НЕПРАВИТЕЛЬСТВЕННЫХ И ОБЩЕСТВЕННЫХ

ОРГАНИЗАЦИЙ И УПРАВЛЕНИЕ ТВОРЧЕСКИМ ГРУППАМИ

Аннотация.

В

данной

статье

рассмотрено

значение

понятий

неправительственные и общественные организации, понятие неправительственные и
общественные организации, действующие в Узбекистане, вопросы сотрудничества
неправительственных и общественных организаций с учреждениями культуры и
искусства.

Ключевые слова:

Негосударственная некоммерческая организация, общество,

культура, организация, общественный фонд.

Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarning konstitusiyaviy-

huquqiy asoslari yaratildi, ularning erkin shakllanish huquqiy kafolatlari va mustaqil
rivojlanishining turli tashkiliy – huquqiy shakllari mustahkamlandi. Shu bilan birga fuqarolarning
jamoat birlashmalariga erkin birlashishi, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi
kabi konstitusiyaviy huquqlarini ruyobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Jumladan,“О‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tо‘g‘risida” (1991),

“Nodavlat notijorat tashkilotlari tо‘g‘risida”(1999), “Jamoat fondlari tо‘g‘risida” (2003),
“Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari tо‘g‘risida” (2007), “Ekologik nazorat
tо‘g‘risida”gi (2013) kabi qator huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi.

2005 yilda 100dan ortiq NNTlar tashabbusi bilan tashkil etilgan О‘zbekiston nodavlat

notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ( (О‘zNNTMA) hozirgi davrda 500 dan ortiq jamoat
tashkilotlari salohiyatini ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirishda
birlashtirmoqda.

Mamlakatimizda “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” dasturi borasida olib

borilayotgan islohotlarda jamiyatdagi har bir insonning о‘rni, bilimi va tafakkur darajasi, huquqiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

743

madaniyati, inson manfaatlarining har doim birinchi о‘rinda ekanini hisobga olish, davlat va
nodavlat tashkilotlarning hamkorlik faoliyatlarida natijadorlikka erishish, hokimiyat vazifalariga
aholining taklif va istaklarini yetkazish, qarorlar qabul qilishda aholining takliflarining faol
qо‘llash nodavlat va jamoat tashkilotlarining bevosita vazifasiga aylandi.

Manbalardan ma’lumki, Amerika Qо‘shma Shtatlarida manfaatlar guruhlari fuqarolik

institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim о‘tkazish guruhlari deb
atalsa, G‘arbda nodavlat notijorat tashkilotlari xayriya tashkilotlari, jamg‘armalar deb yuritiladi.

nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.
О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Respublika xotin-qizlar qо‘mitasi,

О‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, О‘zbekiston Yozuvchilar Ushmasi, О‘zbekiston Jurnalistlar
Uyushmasi,”Ilhom” jamoat fondi shular jumlasidandir.

Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy

partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar kо‘rsatish huquqiga ega
emaslar. Ushbu tashkilotlar о‘z nomi bilan jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga
ijtimoiy guruhlarningehtiyojlarini yetkazish, о‘z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar
о‘tkazish bilan chegaralanadilar.

Mazkur tashkilotlarning yana bir xususiyati shundaki, nodavlat notijorat, jamoat

tashkilotlari takliflari va tavsiyalari bilan davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda
qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar tо‘plash va ularni yetkazib berishidadir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” qoidalari

asosida bir necha ming yillardan beri avloddan avlodga о‘tib kelayotgan milliy, sharqona davlat
va jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi
an’analarini о‘zida mujassamlashtirdi.

Shu о‘rinda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida yurtimizda shiddat bilan

kechayotgan islohotlarni yanada rivojlantirishda fuqarolar о‘z-о‘zini boshqarish organlari,
mahallalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari о‘rniga
alohida e’tibor qaratish haqidagi fikrlarini keltirish о‘rinlidir.Xalq bilan muloqotni tashkil etish va
xalqning dardini tinglash, shu asosda barcha rahbar organlarni xalqning birinchi yordamchisi
sifatida kо‘rish Prezidentning asosiy dasturilamali bо‘ldi. Keyingi ikki yil mobaynida ikki
milliondan ortiq yurtdoshlarimizning murojaatlari “Xalq qabulxonalari”da hal etilishi demokratik
tamoyillarga asoslanib, faoliyat olib borayotgan davlat tashkilotlarining yutug‘i hisoblanadi.

1992 yilda qabul qilingan Konstitusiyamizning 32-moddasida “Davlat hokimiyati va

boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik tо‘g‘risida”gi
qonunlar orqali jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini mustahkamlash Prezident amalga
oshirayotgan islohotlarning “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim
tamoyilni hayotga tadbiq etishda nodavlatva jamoat tashkilotlarining hissasi naqadar sezilarli
ekanining isbotidir.

Istiqlolning shukuhli qadami bilan tashkil topgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi,

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bо‘lmagan jamg‘arma, respublika “Ma’naviyat va
ma’rifat” jamoatchilik markazi, markaz qoshidagi “Ma’rifat targ‘ibotchilari” guruhi, Xotin- qizlar
qо‘mitasi, “Ekosan” xalqaro jamg‘armasi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Respublika kasaba
uyushmalari federatsiyasi,Xalqaro Imom Buxoriy jamg‘armasi, “Oltin meros” jamg‘armasi,
Yoshlar Ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, jamoatchilik fikrini о‘rganish “Ijtimoiy fikr” markazi,
“Tadbirkor ayol”, “Olima ayol” uyushmalari singari tashkilotlarning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy
taraqqiyotidagi xizmatlari beqiyos. Bu borada davlatning qо‘llab-quvvatlashi va xalqning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

744

yakdilligi ushbu nodavlat va notijorat tashkilotlarning nufuzi oshib borayotganining yaqqol
isbotidir.

О‘zbekistonda qator xorijiy tashkilotlar ham faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Ular sirasiga

“Britaniya kengashi”, Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bо‘yicha
vakolatxonasi, F.Ebert nomidagi jamg‘arma vakolatxonasi, ta’lim va tillar о‘rganish borasidagi
hamkorlik bо‘yicha Amerika Kengashi (AKSELS), YUNESKO vakolatxonasi, Germaniyaning
Gyote instituti, Fransiyaning «Alyans Franse» xalqaro tashkiloti va yana о‘nlab xorijiy
tashkilotlarni qо‘shish mumkin.

Mamlakat taraqqiyotiga katta hissa qо‘shayotgan ikki ulkan nodavlat tashkilot

hisoblanmish Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Yoshlar Ittifoqining faoliyatiga
nazar tashlasak, katta kuch va birlikning yurtimizda olib borilayotgan demokratik islohotlardagi
ishtirokini kо‘rishimiz mumkin.

О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XTM), Xalqaro

kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKUK), Umumevropa kasaba uyushmalari hududiy
kengashi (UEKUHK), Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xorijiy tashkilotlar bilan
amaliy ishlar olib borgani holda Harakatlar strategiyasi doirasida mutlaqo yangicha ijtimoiy
siyosatning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish borasida qator ibratli tadbirlarni olib
bormoqda.

Inson omili oliy qadriyat darajasiga kо‘tarilgan hozirgi davrda Prezidentimizning

“Odamlar ertaga emas, bugun baxtli bо‘lishni istaydi” degan tamoyilni ilgari surish va bu
tamoyilni siyosatning ustuvor yо‘nalishiga aylantirilishida ushbu tashkilotning katta xizmati bor.

Misollarga murojaat qilamiz, keyingi ikki yilda tashkilot tomonidan qariyb 5000 nafar

mehnat faxriylari uchun yurtimizning tarixiy shaharlariga ekskursiya tashkil etilishi,1000 dan ortiq
yolg‘iz keksa va nogironlarning kommunal tо‘lovlari qoplab berilgani, davlat bayramlari
munosabati bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilingani
va ushbu tadbirlarda 136,4 million sо‘mlik maishiy texnika, kiyim-kechaklar taqdim etilgani,2366
nafar urush va mehnat fronti faxriylari davlat byudjetlari hisobidan 41,9 milliard sо‘m miqdorida
moddiy qо‘llab-quvvatlangani, tashkilot xodimlarining barcha nodavlat va notijorat tashkilotlar
vakillari bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro,Jizzax, Navoiy,Samarqand, Sirdaryo
va Xorazm viloyatlari bо‘ylab 2 million 160 ming xonadonga tashrif buyurib, oddiy xalq hayotini
о‘rganish, ularni qiynayotgan 650 mingta muammo aniqlangani, 556,5 ming muammoni hal
etishda amaliy kо‘mak berilgani, birgina 2018 yilning о‘zida 3280 bolaning sunnat tо‘ylari,616
yosh oilaning nikoh tо‘ylari о‘tkazib berilgani ham ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda faol ishtirok
etayotgan bir nufuzli idoraning katta himmatidir.

Ushbu ibratli ishlar haqida Toshkentda о‘tkazilgan “Harakatlar strategiyasi va kuchli

ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va О‘zbekiston tajribasi” xalqaro anjumanida Xalqaro mehnat
tashkilotining Mehnatkashlar manfaatlari bо‘yicha byurosi (ACTRAV) direktori Mariya Xelena
Andre hamda Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh direktori Gay Rayder alohida e’tirof etgani
mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida kasaba uyushmalari fidoyilarning
samarali mehnati e’zozga loyiq ekanligining yaqqol isbotidir.

Umri bо‘yi odamlarga yaxshilik qilishni о‘zining hayot mezoniga aylantirgan “El yurt

hurmati ordeni“ sohibi Qudratilla Rafiqov rahbarligidagi kasaba uyushmalari Federatsiyasi
faoliyati inson manfaatlari , uning yashash, mehnat qilish borasidagi huquqlarini ta’minlashning
kо‘p qirrali jihatlarida bevosita ishtiroki, о‘z sо‘zi va о‘rniga ega fayzli tashkilot ekani xalqning
e’tiroflarida bilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

Hozirgi yaratilgan imkoniyatlardan katta madad olayotgan О‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi

ham respublikada yoshlar muammolarini о‘rganish, ushbu muammolarning о‘z vaqti va joyida
yechim topishi, davlatning yoshlar siyosati borasidagi katta islohotlariga bosh bо‘lgan yana bir
nodavlat tashkilotdir. “Mard о‘g‘lon” Davlat mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medallariga ega
bо‘lgan ibratli 42 nafar yigit qizning, “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoniga loyiq topilgan 41
nafar yoshlarning,О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Yoshlar muammolarini
о‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 500 ga yaqin tinglovchilar tahsil olgani,
respublika bо‘yicha 848 yosh oilaga yangi uylarning

kalitlari topshirilgani ushbu tashkilotning jamiyatimiz hayotida qanchalar ibratli ishlarni

amalga oshirganidan darak beradi.

Shu о‘rinda haqli savol tug‘iladi. Xо‘sh, respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan nodavlat va

jamoat tashkilotlarning madaniyat va san’at muassasalari bilan qanday uzviy aloqalari mavjud?

Yuqorida keltirilgan raqamlar har ikkala nodavlat tashkilotning yurtimizning olis, yaqin

hududlarida amalga oshirgan madaniy-ma’rifiy tadbirlari haqida ma’lumot beradi, bu tadbirlarning
asosiy tashabbuskorlari va ishtirokchilari ham bevosita havaskorlik, ijodiy, badiiy jamoalarning
faol xodimlaridir. Ma’rifat va ma’naviyat, madaniyat va san’atning vatani bо‘lgan yurtimizda olib
borilayotgan madaniy va san’at tadbirlari davlat va nodavlat tashkilotlarning hamjihatligida
olibborilar ekan, albatta xalqning ruhiyati hamda roziligi birinchi navbatdagi vazifa bо‘lib qoladi.

Bu vazifani ado etish- har bir oilaga, har bir mahallaga, har bir tuman yoki shaharga, har

bir viloyatga kitobning, musiqaning, teatrning, kinoning, tasviriy san’atning kirib borishida
madaniyat va san’at muassasalari mutasaddilarining alohida jonbozligi va izlanuvchanligi zarur.

Bu esa talabami, fermermi, iqtisodchi yoki о‘qituvchimi, shifokor yoki injenermi har bir

yosh mutaxassisning hayot mazmuniga aylanishi kerak.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-qarori. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ huquqiy
hujjatlar to‘plami. –T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008 y.

2.

Azizxo‘jayev A., Husanov O., Azizov X. Konstitutsiyaviy huquq. –T.: Akademiya,
2001

3.

Tajimuratova S. CONCEPT OF FURTHER DEVELOPMENT OF NATIONAL
CULTURE IN UZBEKISTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –
С. 251-254.

4.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

5.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

6.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish
Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

7.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

746

8.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.

9.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

10.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

11.

Tajimuratova S. BASQARIW DÁREJESIN ILIMIY DÁREJEDE RAWAJLANDIRIW
//NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 24-27.

12.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

13.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

14.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

15.

Shaxnoza

T.,

Rayxan

K.

JOYBARLARDIŃ

SHÓLKEMLESTIRIWSHI

STRUKTURALARI //NEW RENASSAINCE CONFERENCE. – 2024. – Т. 1. – №. 2. –
С. 124-128.




References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-qarori. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008 y.

Azizxo‘jayev A., Husanov O., Azizov X. Konstitutsiyaviy huquq. –T.: Akademiya, 2001

Tajimuratova S. CONCEPT OF FURTHER DEVELOPMENT OF NATIONAL CULTURE IN UZBEKISTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 251-254.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

Tajimuratova S. BASQARIW DÁREJESIN ILIMIY DÁREJEDE RAWAJLANDIRIW //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 24-27.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Shaxnoza T., Rayxan K. JOYBARLARDIŃ SHÓLKEMLESTIRIWSHI STRUKTURALARI //NEW RENASSAINCE CONFERENCE. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 124-128.