IQTISODIY BILIMLARNING INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Аннотация

Inson kapitali jamiyatning iqtisodiy rivojlanish va turmush tarzini yaxshilashdagi eng muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu tezis inson kapitalini boshqarishda intellektual bilim va ko’nikmalar hamda iqtisodiy bilimlarning roli va ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda, o’zbek va xorij adabiyotlarining sharxlaridan foydalangan holda, bir necha xorij va O‘zbekiston olimlarining inson kapitali, intellektual salohiyat va iqtisodiy bilimlarga doir nazariyalari o‘rganilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI . Современная наука и исследования, 4(3), 207–212. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72670
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Inson kapitali jamiyatning iqtisodiy rivojlanish va turmush tarzini yaxshilashdagi eng muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu tezis inson kapitalini boshqarishda intellektual bilim va ko’nikmalar hamda iqtisodiy bilimlarning roli va ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda, o’zbek va xorij adabiyotlarining sharxlaridan foydalangan holda, bir necha xorij va O‘zbekiston olimlarining inson kapitali, intellektual salohiyat va iqtisodiy bilimlarga doir nazariyalari o‘rganilgan.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

207

IQTISODIY BILIMLARNING INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA

BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Raxmonqulova Nafisa Olimjonovna

Ilmiy rahbar: Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi.

Muxammedov Tolibjon Tohir o’g’li

Osiyo Xalqaro Universiteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15044942

Annotatsiya. Inson kapitali jamiyatning iqtisodiy rivojlanish va turmush tarzini

yaxshilashdagi eng muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu tezis inson kapitalini boshqarishda

intellektual bilim va ko’nikmalar hamda iqtisodiy bilimlarning roli va ahamiyatini tahlil qiladi.

Tadqiqotda, o’zbek va xorij adabiyotlarining sharxlaridan foydalangan holda, bir necha

xorij va O‘zbekiston olimlarining inson kapitali, intellektual salohiyat va iqtisodiy bilimlarga doir

nazariyalari o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: Inson kapitali, intellektual salohiyat, iqtisodiy rivojlanish, iqtsodiy bilim,

boshqaruv, ko’nikma.

Abstract. Human capital is considered one of the most important factors in the economic

development and improvement of the lifestyle of a society. This thesis analyzes the role and

significance of intellectual knowledge and skills, as well as economic knowledge, in the

management of human capital. The study, using reviews of Uzbek and foreign literature, studies

the theories of several foreign and Uzbek scientists on human capital, intellectual potential and

economic knowledge.

Keywords: Human capital, intellectual potential, economic development, economic

knowledge, management, skills.

Аннотация. Человеческий капитал является одним из важнейших факторов

экономического развития и улучшения образа жизни общества. В этой диссертации

анализируется роль и важность интеллектуальных знаний и навыков, а также

экономических знаний в управлении человеческим капиталом. В исследовании с

использованием обзоров узбекской и зарубежной литературы были изучены теории ряда

зарубежных и узбекских ученых о человеческом капитале, интеллектуальном потенциале

и экономических знаниях.

Ключевые слова: Человеческий капитал, интеллектуальный потенциал,

экономическое развитие, экономические знания, менеджмент, навыки.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

208

Iqtisodiy bilimlar inson kapitalini rivojlantirish va boshqarishda muhim ahamiyat kasb

etadi. Iqtisodiy bilimlar jamiyat a’zolariga cheklangan resurslardan foydalanib maksimal darajada

cheksiz ehtiyojlarini qondirish, muammolarni sintez va analiz tahlil qilish va oqilona qarorlar

qabul qilish imkonini beradi. Bu bilimlar orqali shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan

shug’ullanuvchilar o‘z faoliyatlarini uzoq muddatli strategiyalar asosida rejalashtiradi va

boshqaradi. Shuningdek, iqtisodiy bilimlar moliyaviy savodxonlikni oshiradi.

Shaxslar moliyaviy rejalar tuzish, investitsiyalarni boshqarish, budjet va jamg’armalar

tashkil etish, hamda moliyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishda iqtisodiy bilimlardan

foydalanadilar. Iqtisodiy bilimlar insonlarning mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga yordam

beradi. Ish beruvchilar malakali va iqtisodiy bilimlarga ega kadrlarni izlashadi, chunki bunday

kadrlar samarali ishlash va korxonaning raqobatbardoshligini oshirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar,

bundan tashqari innovatsiyalar va yangi texnologiyalarning rivojlanishiga motivatsiya beradi.

Innovatsion g‘oyalar iqtisodiy tushunchalar va tamoyillar asosida amalga oshiriladi, bu esa

iqtisodiy jonlanishni va rivojlanishni jadallashtiradi.Yana bir muhim jihati davlat siyosatidagi

iqtisodiy bilimlar bo‘lib, ular davlat siyosatini ishlab chiqishda dolzarb ahamiyatga ega. Chunki

iqtisodiy siyosat, soliq va pul-kredit siyosatlar orqali davlatlar iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy

farovonlikka erishadi. Iqtisodiyot bo‘yicha tadqiqotlar jamiyatning iqtisodiy muammolarini

aniqlash va ularga yechim topishda yordam beradi.

Insonlar o‘z moliyaviy savodxonligini oshirish, investitsiyalar qilish va iqtisodiy

imkoniyatlarni aniqlash orqali shaxsiy va kasbiy yuksalishga erishadilar. Iqtisodiy bilimlar global

iqtisodiy jarayonlarni tushunish, tahlil qilish va ularda faol ishtirok etish bilan birga yangi

imkoniyatlar uchun zamin yaratadi. Bu bilimlar orqali shaxslar va tashkilotlar o‘z faoliyatlarini

samarali va uzoq muddatli strategiyalar asosida rejalashtiradi, boshqaradi va iqtisodiy

muvaffaqiyatga erishadi.

Inson kapitali va inteleuktual salohiyatda iqtisodiy bilimlarga bog‘liqligini o‘rganishdan

oldin ularni alohida tahlil qilamiz. S.Becker tomonidan taʼriflanganidek, inson kapitali – bu

insonlarning taʼlim, o‘qitish va tajriba orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish natijasida

orttirilgan qobiliyatlar yig‘indisidir. Bu qobiliyatlar esa iqtisodiy o‘sish va rivojlanishda muhim

rol o‘ynaydi. Hamda T.W.Schultz "Inson kapitali" tushunchasini fanga kiritib, uning taʼlim va

sog‘liqni saqlash kabi sohalarda amalga oshirilgan investitsiyalar orqali shakllanishini taʼkidlagan.

Uning fikricha, bu investitsiyalar insonlarning ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradi.

Ijtimoiy nuqtai nazardan esa inson kapitali insonning shaxsiy fazilatlari, taʼlim darajasi,

malaka va tajribasi, shuningdek, sog‘liq holati va innovatsion qobiliyatlarining yig‘indisidir.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

209

Bu komponentlar birgalikda insonning jamiyatdagi muvaffaqiyatini va farovonligini

belgilaydi. Inson kapitali – bu mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol

o‘ynaydigan resursdir.

Intellektual salohiyat – bu shaxsning bilim, aql-idrok, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, ijodiy

tafakkur, yangilik kiritish qobiliyati va o‘rganish qobiliyatlari yig‘indisidir. Quyida intellektual

salohiyatning asosiy jihatlari keltirilgan:

INTELEKTUAL

SALOHIYAT

Bilim

Mantiqiy

fikrlash

qobiliyatlari

Ijodiy

tafakkur

O‘rganish

qobiliyati

Analitik

qobiliyat

Yangilik

kiritish

qobiliyati

1-rasm.

Intellektual salohiyat asosiy jihatlari.

Bilim

- shaxsning umumiy bilim darajasi, yaʼni u turli sohalar haqida qancha va qanday

bilimga ega ekanligi. Bu nafaqat akademik bilimlarni, balki kundalik hayotga oid bilimlarni ham

o‘z ichiga oladi.

Mantiqiy fikrlash qobiliyatlari

- muammolarni aniqlash va ularni hal qilishda mantiqiy

va tizimli yondashuv. Bu qobiliyat shaxsning analitik fikrlashi va qaror qabul qilishda muhim rol

o‘ynaydi.

Ijodiy tafakkur

‒ yangi va innovatsion g‘oyalarni yaratish, muammolarga yangi usulda

yondashish qobili yati. Ijodiy tafakkur kashfiyotlar va innovatsiyalar uchun asos bo‘ladi.

O‘rganish qobiliyatlari

- yangi bilim va ko‘nikmalarni tez va samarali o‘zlashtirish

qobiliyati. Bu qobiliyat shaxsning yangi vaziyatlarga moslashishi va doimiy ravishda rivojlanishi

uchun zarur.

Analitik qobiliyatlar

- murakkab maʼlumotlarni tahlil qilish, ulardan foydali xulosalar

chiqarish va ularga asos langan qarorlar qabul qilish qobiliyati.

Yangilik kiritish qobiliyati

- shaxsning mavjud bilim va tajribalardan foydalanib, yangi

mahsulotlar, xizmatlar yoki jarayonlar yaratish qobiliyati.

Bu qobiliyat innovatsion rivojlanish va iqtisodiy o‘sish uchun muhim ahamiyatga ega.

Intellektual salohiyat shaxsning muvaffaqiyati va jamiyatning rivojlanishi uchun muhim

resursdir.

Inson kapitalini boshqarish

– bu tashkilot va muasssasalar, hamda davlatlar uchun inson

resurslarini rivojlantirish va samarali foydalanish jarayonlarini rejalashtirish va amalga oshirishdir.

Inson kapitalini boshqarish quyidagi asosiy tizimlardan iborat:


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

210

Ta’lim va malaka

oshirish:

•Ta’lim tizimi

•Malaka oshirish

Sog‘liqni saqlash:

•Sog‘liqni saqlash dasturlari

•Sog‘lom turmush tarzi

Innovatsiya va

texnologiyalar:

•Innovatsion faoliyat

•Texnologik taraqqiyot

Ish bilan bandlik:

•Ish o‘rinlari yaratish

•Mehnat bozori talablari

Ijtimoiyhimoya:

•Ijtimoiy dasturlar

•Pensiya va sug‘urta tizimlari

Motivatsiya va

rivojlanish:

•Motivatsiya

•Rivojlanish

Qo‘shimcha chora-

tadbirlar:

•Kadrlar rivojlantirish strategiyasi

•Tadqiqot va innovatsiya

2-rasm

. Inson kapitalini boshqarishning asosiy elementlari.

Inson kapitalini boshqarish orqali davlatlar va tashkilotlar o‘z resurslaridan samarali

foydalanish, iqtisodiy o‘sishni taʼminlash va jamiyatning farovonligini oshirish imkoniyatiga ega

bo‘ladilar. Bu jarayonning samarador ligi taʼlim, sog‘liqni saqlash, innovatsiya va ijtimoiy himoya

kabi sohalarda olib boriladigan tizimli va kompleks chora-tadbirlar bilan bog‘liqdir.

Xulosa qilib aytganda, inson kapitalining rivojlanishi, yuqori sifatli taʼlim tizimi orqali

amalga oshiriladi. Zamonaviy taʼlim dasturlari, uzluksiz taʼlim va qayta tayyorlash kurslari,

insonlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh qiladi.

Innovatsion muhit yaratish va yangi texnologiyalarni joriy etish, inson kapitalining

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Innovatsiyalar iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning

asosidir. Ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish, ijtimoiy adolat va barqarorlikni taʼminlashga

yordam beradi.

Bu tizimlar aholining farovonligini oshiradi va xavfsizlik tarmoqlarini mustahkamlaydi.

Ish o‘rinlari yaratish va mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlash, iqtisodiy

o‘sishni taʼminlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning huquqlarini himoya qilish va

ularning samaradorligini oshirish uchun muhimdir. Xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash

tizimlarini rivojlantirish, ularning mehnat samaradorligini oshiradi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

211

Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari va kadrlar rivoji bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqish,

inson kapitalining rivojlanishini taʼminlaydi. Inson kapitalini boshqarishning samaradorligi,

iqtisodiy bilimlar va intellektual salohiyatni rivojlantirish orqali oshiriladi.

Bu jarayonning muvaffaqiyati taʼlim, sog‘liqni saqlash, innovatsiya va ijtimoiy himoya

kabi sohalarda tizimli va kompleks yondashuvni talab qiladi. Natijada, davlatlar va tashkilotlar o‘z

resurslaridan samarali foydalanib, iqtisodiy o‘sishni taʼminlaydi va jamiyatning farovonligini

oshiradi.

REFERENCES

1.

Qodirov K. (2010). Inson kapitali va iqtisodiy o‘sish. Toshkent: O‘zbekiston.

2.

Norqulova, G. (2015). Innovatsion rivojlanish: intellektual salohiyat va iqtisodiy taraqqiyot.

Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.

3.

Becker, G. S. (1964). Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special

Reference to Education. University of Chicago Press.

4.

Schultz, T. W. (1961). Investment in Human Capital. American Economic Review, 51(1),

1-17.

5.

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI

RIVOJLANISHINI BAHOLASH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil,1(2), 5–14.

6.

Aghion P., Meghir C. (2004). Growth, distance to frontier and consumption of human

capital. The Institure for Fiscal Studies, WP04/31, 1—50.

7.

Becker, Gary. (1962) Investment In Human Capital. A. Theoretical Analysis // Journal of

Political Economy, Vol. 70 (5, Part 2, Supplyment). Pp.9-49

8.

Blaug M. (1976) The empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/

Journel of ecomic literature, September 1, 14(3): pp.827-55

9.

Bowen, H.r. (1977) Investment Learning San Francisco . Jossey- Bass. p.507; Blaug M. The

empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel of ecomic

literature 1976, September 1, 14(3): pp.827-55.

10.

Акрамова Ш.Г. Ўзбекистонда инновацион иқтисодиёт шаклланиши шароитида инсон

капиталини ривожлантириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)

диссертацияси автореферати. – Тошкент.

11.

Нуриев Р.А. (2000) Теории развития, новые модели экономического роста (вклад

человеческого капитала. //Вопросы экономики.-.-№9.-С.137.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

212

12.

Akbarovna, N. N. (2025). PROBLEMS OF INCREASING INVESTMENT ACTIVITY IN

THE CONTEXT OF GLOBALIZATION.

SHOKH LIBRARY

.

13.

Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI–MA’MURIY HUQUQ

OBYEKTI SIFATIDA.

Gospodarka i Innowacje

,

47

, 371-377.

14.

Supiyevna, B. M. (2025).

G’AZNACHILIK-DAVLAT MOLIYASINING ENG MUHIM

BO’LAGI.

THEORY OF SCIENTIFIC RESEARCHES OF WHOLE WORLDT

,

1

(5), 117-123.

15.

Supiyevna, B. M. (2025). BUDGETING IN THE PUBLIC SECTOR.

ANALYSIS OF

MODERN SCIENCE AND INNOVATION

,

1

(6), 90-95.

16.

Supiyevna, B. M. (2025). PRINCIPLES OF TAXATION.

MODERN PROBLEMS IN

17.

Bostonovna, D. Z. (2023). CONCEPTUAL BASIS OF IMPROVEMENT OF BANK

AUDIT IN COMMERCIAL BANKS.

IMRAS

,

6

(6), 118-124.

18.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND

PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN.

(No Title)

.

19.

Bobojonova, M. J., & Toshev, M. H. (2025). YASHIL IQTISODIYOTI RIVOJLANISH

TARIXI

VA

SHAKLLANISHI.

ANALYSIS

OF

MODERN

SCIENCE

AND

INNOVATION

,

1

(5), 154-159.

20.

Жумаева, З. К. (2024). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ ИНДУСТРИЙ КАК ФАКТОР

РОСТА НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ: ОБЗОР ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА И

ПЕРСПЕКТИВЫ ДЛЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН.

21.

Ibragimov, A. (2025). PROSPECTIVE WAYS OF ATTRACTING FOREIGN

INVESTMENT TO THE NATIONAL ECONOMY.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 137-143.

22.

To’rayevich, I. A., & AD, S. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYA

TIZIMI VA UNING IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI.

MODERN PROBLEMS IN

EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(5), 64-75.

Библиографические ссылки

Qodirov K. (2010). Inson kapitali va iqtisodiy o‘sish. Toshkent: O‘zbekiston.

Norqulova, G. (2015). Innovatsion rivojlanish: intellektual salohiyat va iqtisodiy taraqqiyot. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.

Becker, G. S. (1964). Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special Reference to Education. University of Chicago Press.

Schultz, T. W. (1961). Investment in Human Capital. American Economic Review, 51(1), 1-17.

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil,1(2), 5–14.

Aghion P., Meghir C. (2004). Growth, distance to frontier and consumption of human capital. The Institure for Fiscal Studies, WP04/31, 1—50.

Becker, Gary. (1962) Investment In Human Capital. A. Theoretical Analysis // Journal of Political Economy, Vol. 70 (5, Part 2, Supplyment). Pp.9-49

Blaug M. (1976) The empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel of ecomic literature, September 1, 14(3): pp.827-55

Bowen, H.r. (1977) Investment Learning San Francisco . Jossey- Bass. p.507; Blaug M. The empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel of ecomic literature 1976, September 1, 14(3): pp.827-55.

Акрамова Ш.Г. Ўзбекистонда инновацион иқтисодиёт шаклланиши шароитида инсон капиталини ривожлантириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. – Тошкент.

Нуриев Р.А. (2000) Теории развития, новые модели экономического роста (вклад человеческого капитала. //Вопросы экономики.-.-№9.-С.137.

Akbarovna, N. N. (2025). PROBLEMS OF INCREASING INVESTMENT ACTIVITY IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION. SHOKH LIBRARY.

Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI–MA’MURIY HUQUQ OBYEKTI SIFATIDA. Gospodarka i Innowacje, 47, 371-377.

Supiyevna, B. M. (2025). G’AZNACHILIK-DAVLAT MOLIYASINING ENG MUHIM BO’LAGI. THEORY OF SCIENTIFIC RESEARCHES OF WHOLE WORLDT, 1(5), 117-123.

Supiyevna, B. M. (2025). BUDGETING IN THE PUBLIC SECTOR. ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION, 1(6), 90-95.

Supiyevna, B. M. (2025). PRINCIPLES OF TAXATION. MODERN PROBLEMS IN

Bostonovna, D. Z. (2023). CONCEPTUAL BASIS OF IMPROVEMENT OF BANK AUDIT IN COMMERCIAL BANKS. IMRAS, 6(6), 118-124.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. (No Title).

Bobojonova, M. J., & Toshev, M. H. (2025). YASHIL IQTISODIYOTI RIVOJLANISH TARIXI VA SHAKLLANISHI. ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION, 1(5), 154-159.

Жумаева, З. К. (2024). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ ИНДУСТРИЙ КАК ФАКТОР РОСТА НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ: ОБЗОР ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА И ПЕРСПЕКТИВЫ ДЛЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН.

Ibragimov, A. (2025). PROSPECTIVE WAYS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENT TO THE NATIONAL ECONOMY. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 137-143.

To’rayevich, I. A., & AD, S. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYA TIZIMI VA UNING IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(5), 64-75.