ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1166
O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODIDA ALLA MOTIVI
Norkulova Shaxnoza Tulkinovnа
TerDU katta o’qituvchisi
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11077982
Annotatsiya.
Maqoladа oʻzbek xalq og’zaki ijodida keng tarqalgan an’anaviy sheʼriy janr
– alla qo’shiqlarining shakllanishi va rivojlanishi, ayollar allalari va erkaklar allalarining o’ziga
xos xususiyatlari, badiiyati bilan bog’liq mavzu atroflicha yoritilgan. Alla – jahon onalarining
mehrga yo’g’irilgan muqaddas qo’shig’i ekanligi, “Haq qo’shiqlari”ning ijrolari xususida fikr
yuritilgan.
Tayanch so’z va iboralar:
alla, qo’shiq, surud, Alisher Navoiy, “Navogu”, “Uyqu”,
Uyqumomo, “Huyalar”.
“ALLA” RADIATES MATERNAL KINDNESS, LYRICAL AND SOOTHING
MELODIES.
Abstract.
This article studies the formation and development of “Alla” songs, a traditional
poetic genre widespread in Uzbek folklore, and examines the features and artistry of women’s and
men’s lullabies.
Key words and phrases:
Alla, lullaby, Alisher Navoi, “Navogu”, “Uyku”, Uykumomo,
“Khuyalar”.
“АЛЛА” ИЗЛУЧАЕТ МАТЕРИНСКУЮ ДОБРОТУ, ЛИРИЧЕСКИЕ И
УМИРОТВОРЯЮЩИЕ МЕЛОДИИ.
Аннотация.
В данной статье изучается становление и развитие песен “Алла” –
традиционного поэтического жанра, широко распространенного в узбекском фольклоре,
рассматриваются особенности и художественность женских и мужских колыбельных
песен.
Ключевые слова и выражения:
алла, колыбельная песня, Алишер Навои, «Навогу»,
«Уйку», Уйкумомо, «Хуялар».
Xalqimizning milliy koloritini belgilovchi xalqona qo‘shiqlar uzoq tarixga ega. U xalq
og‘zaki ijodining lirik turiga kiruvchi eng ommaviy, xalqchil, sodda, keng tarqalgan, navobaxsh,
faol turi hisoblanadi. Turkiy xalqlarning og‘zaki ijodida insoniyat yaralgandan buyon qo‘shiq
janriga mansub asarlar borligi tarixiy manbalardan ma’lum. U XI qomusiy olimi
M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida ham o‘z ifodasini topgan. M.Qoshg‘ariyning
“Devonu log‘otut turk” ida “koshug’”, Yusuf Xos Hojibda “qoshuq”, Haydar Xorazmiyda
“qo’sh”, Mahmud Umar Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” asarida “qo’shiq”, Alisher
Navoiy asarlarida “qo’shiq”, ”surud”, “ayolg’u”, “lahn”, “turku”, Zahiriddin Muhammad
Boburning “Boburnoma”sida “qo’shiq” shaklida kelganini ko’ramiz
1
. Alisher Navoiy ham Bobur
ham xalq qo’shiqlarini nazarda tutganda “qo’shiq” terminini ishlatadi.Qolgan paytlarda “surud”
1
Qarang:Маҳмуд Қошғарий .Девони луғотит турк. Тошкент. “Фан.”1967. – Б 376; Юсуф Хос Ҳожиб.”Қутадғу
билиг.Нашрга тайёрловчи Қаюм Каримов. – Тошкент : Фан 1971. – Б.58; Алишер Навоий.Мезон ул авзон. –
Тошкент: Бадиий адабиёт,1967. –Б.180; Заҳириддин Муҳаммад Бобур.Бобурнома
. Нашрга тайёрловчи:
П.Шамсиев. –Тошкент: Юлдузча, 1989. –368 б.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1167
yoxud boshqa bir atamani keltiradi
2
. Turk folklorshunoslari ham O’rta Osiyo xalqlaridagi
“qo’shiq” Turkiyadagi “qoshma” va “turku”lar bilan o’xshash ekanligini ta’kidlaydilar
3
.
Qo‘shiqning muhim va mushtarak ezgu xususiyatlari asosan, beshik qo’shiqlari - mumtoz
allalarda nomoyon bo‘ladi. Inson bolasi dunyoga kelib, ilk bora eshitgan orombaxsh navo alla
bo‘lganligidan xalq og‘zaki ijodi haqida gap ketganida, dastavval, shuurimizda onalarimiz aytgan
allalar jonlanadi.
Beshikdagi bolajonni tinchlantirib, uyquga cho‘mdiradigan bu qo‘shiq katta-yu kichikning
ruhiyatiga sokinlik, taskin va orom bag‘ishlash xususiyati bilan ham sevimli xalqona ommaviy
janr hisoblanadi.
Alla mumtoz nazariyotchilar talqinida turli shaklda kelgan. Xususan, so’z mulkining
sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy “Alla” ni “Navogu” deb ataydi va shunday yozadi:
Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu
Anga uyqu keltirmakka
navogu
.
Darhaqiqat, alla hamisha o‘zining navosi bilan yaraladi. “Alla” so‘zining asli lug‘aviy
ma’nosi ham allalash, ovutib, avaylab uxlatish ma’nolaridan kelib chiqqan bo‘lib, “uxla” so‘zi
bilan ma’no ohang jihatlaridan hamisha yonma-yondir.
Allalab uxlatish tabiiyki, kuylash jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuylashdan maqsad,
avvalo, bolani uxlatish, uxlatish esa alla matnida jo bo‘lgan emotsional ta’sirchanligidan kelib
chiquvchi xususiyati bo‘lib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan tinishtirish, ohanglar vositasida
hayot ma’nosini anglashiga yo‘l ochish, shu zaylda ma’naviyatini shakllantirish maqsadiga
qaratilgan. Albatta allalarni kuylashdan maqsad qilib qòyilgan bu ikkala muhim vazifani bajarish
uchun avvalo, alla matnidagi obrazlar olami muhim ahamiyat kasb etadi.Ona allasida to’rt asosiy
obraz bòlib, bular: ona, bola, beshik va uyqu obrazlaridir. Bu obrazlar qay yòsinda namoyon
bo’lmasin, maqsadi bir bolani tezroq ovutish, allalab uxlatishdan iborat.
Alla bolam, alla-yo,
Uxlaydigan palla-yo,
Orom olsin erkatoy
Uxlab qolsin Qimmatoy.
Orom olib erkatoy
Kuchga to’lsin erkatoy.
Demak, orom beruvchi alla faqat uxlaydigan pallada aytiladi va unda onaning bolasiga
atalgan ezgu tilaklari-yu, qalb qo‘ridagi erkalashlari kuyga solib hirgoyi qilinadi; “uxlab qolsin” ,
“orom olsin”, “kuchga to’lsin”, “qora kòzim”, “shirin so’zim”, “shirmoy yuzim”, “erka qizim”.
Aksariyat allalarda alla sozi tòģridan tòģri uyqu ma’nosida kelganligi kuzatiladi.
Men senga alla qilay
Alla qilib ovutay,
Men seni alla qilay
2
Qarang:”Яна “қўшиқ”дурким,ярғуштак усулида шойиъдур ва баъзи адвор қутубида ул усул зикр
бўлубтур”.Мезон ул авзон. – Тошкент: Бадиий адабиёт,1967. –Б.68;
3
Qarang: Fuad Ko’prulu. Эdebiyat arastirmalari. – Istanbul: Otuken, 1989. – 114 b. Bundan tashqari Fuad Ko’prulu
“Devonu lug’otut turk” ka suyanib qoshiqdagi kuy qadimda “kok” deyilganini va “kok” so’zining mavi, sema, dikis,
ve sada ma’nolarda kelishini ta’kidlaydi. Qarang: Fuad Ko’prulu. Edebiyat arastirmalari. – Istanbul: Otuken, 1989. –
113 b
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1168
Kòtarib katta qilay
.
Matndagi “alla qilay” ifodasi “uxlatay” ma’nosida keladi. Bola uxlagach, ovunib, orom
olishi nazarda tutilyapti.
Alla, allasi kelar,
Yotsa uyqusi kelar,
Orom olib uxlasa,
Amma-toģasi kelar,
Alla-yo, alla,
Uxla-yo, alla.
Anglashiladiki, matndagi “allasi kelar” tushunchasi “uyqusi kelar” degan ma’noda kelgan.
“Uyqu”- tòģridan-tòģri “alla” leksemasi bilan qayta nomlangan.
Ba’zi allalarda uyqu ramziy ma’noda ham jonlantiriladi. Unda Uyqumomo obraziga
murojaat etiladi.Bu xalqimizning qadim-qadimlardan mavjud mifologik qarashlariga borib
taqaladi.Unga kora, odamlar uyquni Uyqumomo ulashadi deb oylashgan va undan minnatdor
bòlishgan
Alla, allasi kelsin, alla-yo alla
Yotsa uyqusi kelsin, alla-yo alla
Yohud:
Romlar etsin oziga, alla-yo alla
Uyqu bersin kòziga, alla-yo alla
Bunda, “allasi kelsin”, “uyqu bersin”, “orom olsin”, “rom etsin”, deb afsonaviy
Uyqumomo nazarda tutilgan. Hatto xalq qoshiqlarida Uyqumomoning jonli tasviri ham yaratilgan:
Huyya, huyyasi kelsin-o, alla,
Tovdan tuyasi kelsin-o, alla,
Tuyasiga mingashib-o, alla,
Uyqumomosi kelsin-o, alla
Demak, momolarimiz Uyqumomoning toģlardan osha, qònģiroqli tuyada yetib keladi deb
tasavvur qilishgan. Har bir obrazda ramziy ma’no yashiringan masalan, nega endi Uyqumomo
oddiy hachirda yoki kopchilik xalq qahramonlari minadigan asov ayģirda emas, aynan tuyada
kelgan? Negaki, tuya uzoq yòl bosishga bardoshli, juda sekin harakat qiladigan mudroq hayvon
hisoblanib, uyqu obraziga mos. Tuyaning òrkachlari beshikning ikki chetidagi tutqich bezakka,
ohista qadam tashlashi esa beshik tebranishiga mengzalgan. Qolaversa, onalar chaqaloqni
beshikdan olayotganda:
Uyqusi beshikda qolsin,
Dushmani eshikda qolsin
deb aytar ekan, albatta, beshikning ustini yopib qòyishni unutmaganlar. Aks holda,
bolaning uyqusi beshikdan chiqib ketadi yoki yovuz niyatli ins-jinslar òģirlab qochadi. Shunday
bòlgach, bola uxlay olmay yiģlaydi, xarxasha qiladi deb òylashgan. Aftidan shu mantiq taqozosiga
kòra, beshik ustini aslo ochiq qoldirmaslik odat tusiga kirgan. Momolarimiz hech bòlmaganda
beshik ustida biror mato bòlagi tashlab qòyishadi. Bu bilan bolani bezovta qiladigan oyinqaroq
jinlar beshikka kirmasin, bolaning uyqusi qochmasin, beshikka yotganda tiniqib orom olsin degan
e’tiqodlarga amal qilishadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1169
Ozbek xonadonlarida ròzģor yumushlari, bola tarbiyasi odatda kelinlar-onalar vazifasi
hisoblangan. Shu sababli alla aytish mas’uliyati onalar va momolarning zimmasiga tushgan.
Uyquni Uyqumomo qiyofasida tasavvur qilish ham shundan kelib chiqqan bòlsa, ehtimol. Aytish
lozimki, chaqaloqni beshikka solish marosimini ham nuroniy buvajonlar bajarishgan.O’zlari
gòyoki buni bilmaydigan qilib kòrsatishgan va beshik tòyga yiģilgan bolajonlardan “sòrab
òrganishgan”. Bu bilan bolajonlar chaqaloq ukalariga yanada mehribonroq bòlishgan. Òzlarining
sevimli beshiklarini mitti ukajonlariga “berishgan”.
O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalarida kattalar tomonidan bolalarga atab aytiladigan uyqu
– ovutmachoq qo‘shiqlarining bobolar tomonidan aytiladigan ko‘rinishlari ham mavjud bo’lib,
ular “Huyalar” deb ataladi. “Huya” bu O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida otalarning bolalarni
erkalatish uchun aytgan qo‘shiqlaridir
4
. Allalardan farqli tomoni uni faqat erkaklar ijro etadilar.
Boshqacha qilib aytganda Huya –otalar allasi yoki bobolar allasi deyish mumkin. Huya aytish
an’anasi o‘zbek xalq og‘zaki ijodida qadimdan mavjud bo‘lib bugungi kungacha yaxshi saqlanib
kelyapti.
Bu haqida dastlab G‘ozi Olim Yunusov 1926-yilda «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jurnalining
4-sonida bosilgan «Allalar haqida so‘z» maqolasida keltirib o’tgan edi. Hodi Zarif esa,
G‘.O.Yunusovning o‘sha davrlardayoq huyalarning bir necha yaxshi namunalarini yozib
olganligi
haqida guvohlik
bersa-da, bu matnlar taqdiri hanuzgacha noma’lumligicha qolib kelayotir.
Oqibatda bugunga qadar huyalarning allalardan farqli xususiyatlarini muayyanlashtirish
e’tibordan chetda qolayotir. Buning yana boshqa bir sababi shundaki, allalar Xorazmda «hey»,
qoraqalpoqlarda «heyya-heyya» va turkmanlarda «huvdi» tarzida atalganidan istilohlar
o‘xshashligi yuzaga kelganligi tufayli folklorshunoslikda o‘zbeklardagi allalarga iqrorlik va
huyalarga ishtiboh bilan qarash oyinga aylangan. Holbuki, allalar ham huyalar ham o’zbeklar
orasida qadimdan kuylanib keladi. Huyalarni, asosan, otalar va bobolar kuylaydilar. Ular
chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbeklar orasida keng tarqalgan. Buni ularning mazmuni ham
tasdiqlaydi:
Huya, bolam, huyang qani?
Buvang bergan tuyang qani,
Buvang bergan tuyang bo‘lsa,
Boqib yurganlaring qani?
Boqib yurgan tuyang bo‘lsa,
Adiring-cho‘llaring qani?
Huya, bolam, huya!
Huya, bolam, huya yo
!
Chindan-da, ayollar uy-ro‘zg‘or
band bo‘lgan paytda chaqaloqni ovutish,
uxlatish erkaklar zimmasiga tushgan. Shunday kezlarda ular bolani tizzalariga olib, tebratish
marosimiga
mos ohangda huya (huyya) kuylab, bolaga uyqu chorlaganlar.
5
Alla ham huyya ham
bolani ovutish, joiz bo’lsa uxlatish maqsadida aytilgan.
4
O’zbek folklori.[Matn]: darslik/ T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo’rayev, J.Eshonqulov, A.Tilovov. – Toshkent:
“MALIK PRINT CO” 2022. – 164 b.
5
O’zbek folklori.[Matn]: darslik/ T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo’rayev, J.Eshonqulov, A.Tilovov. – Toshkent:
“MALIK PRINT CO” 2022. – 187 b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1170
Xullas, chaqaloqni beshikka solishdan boshlab, uni mudroq bosishi-yu, miriqib uxlab
turishi, aytim aytib beshikdan olinishigacha bòlgan jarayonlarda uyqu obrazi allaning asosiy
mohiyatini tashkil qiladi. Allalar odatda, bolaning beshikka solinishidan boshlab to uch - to’rt
yoshlariga qadar aytiladi, to’rt – besh yoshlaridan esa ertak aytib uxlatiladi. Allalarning yosh bilan
bog’liq xususiyatlari qat’iy bo’lib, bu o’ziga xoslik faqat beshik qo’shiqlarigagina xoslik kasb
etgan. Ehtimol shu sababli ham onalar allasini ona suti bilan bog’lashgandir. Ha, allada ona
sutining tiniqligi, pokizaligi bor. Bunga chaqaloqning mas’umligi, pokligi, begunohligi,
bezavolligi, musaffoligi va norasitaligi qo’shilib, allalar yana bir qadar muqaddaslashtirilgan.
Natijada allalar bora-bora “Haq qo’shiqlari” sifatida ilohiylashtirilgan.
Allaning oti Haqdir
Haqdan tilaklar ko’pdir.
Yetkazsa tilagimga,
O’lsam armonim yo’qdir
.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “Haq qo’shiqlari” – allalar onalarning, momolarning ezgu
orzu –umidlarini, xohish – istaklarini, armonlarini, ko’ngil kechinmalarini o’zida mujassam etgan,
mehrga yo’g’irilgan muqaddas qo’shig’i ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.’
REFERENCES
1.
Mahmud Qoshg’ariy “Devoni lug’otit turk”.T. “Fan.”1967. – B 376;
2.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” Nashrga tayyorlovchi Qayum Karimov. – T.: Fan
1971. – B.58;
3.
Alisher Navoiy “Mezon ul avzon”. – T.: Badiiy adabiyot,1967. –B.180;
4.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” Nashrga tayyorlovchi: P.Shamsiev. –T.:
Yulduzcha, 1989. –368 b.
5.
Fuad Ko’prulu. Edebiyat arastirmalari. – Istanbul: Otuken, 1989. – 114 b.
