https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
417
MAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI
O’RGATISHDA O’YIN METODLARINING O’RNI
Matqosimova Mohira Erkinbek qizi
ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi
Mirzag’ulomova Rayxona Ravshanjon qizi
ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti
talabasi
rayhonamirzagulomova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini
o‘rganishda o‘yîn metodlarining ahamiyatini va samaradorligini tahlil qiladi.
O‘yinlar bolalarning qiziqishini oshirish, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va
o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli qilish orqali eng ilmiy o‘qitish metodlaridan
biri sifatida qaraladi. Bu maqolada o‘yin orqali til o‘rganishning asosiy
afzalliklari, turli o‘yin turlari va ulardan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta'lim, chet tili, o‘yîn metodlari, bolalar, til
o‘rganish, kommunikativ ko‘nikmalar, o‘quv jarayoni
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun chet tilini o‘rganish jarayoni bog‘lanish,
tinglash va muloqot qilishni ta'minlaydigan qiziqarli va erkin muhitda o‘tishi zarur.
O‘yîn metodlari bu jarayonga muvaffaqiyatli ravishda yordam beradi. O‘yinlar
yosh bolalar uchun tabiiy, qiziqarli va boshqariladigan muhitlarda o‘rganishga
yordam beradi. O‘yin metodlari — bu bolalarning o‘rganish jarayonida faol
ishtirok etishlariga, yangi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlariga yordam
beruvchi faoliyatlar to‘plamidir. O‘yinlar ko‘pincha o‘quv jarayonining
mahsulotidir va bola uchun qiziqarli, interaktiv va qiziqarli shakllarda amalga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
418
oshiriladi. Ular eng yaxshi qiziqish va motivatsiya manbai hisoblanadi. 1. Qiziqish
va Motivatsiyani Oshirish: O‘yinlar bolalarning diqqatini jalb qiladi, o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ushbu jarayonga ijobiy munosabatni shakllantiradi.
2. Tillarni O‘zlashtirishni Yengillashtirish: O‘yinlar orqali takrorlash va amaliy
tajribalar yordamida yangi so‘zlar va iboralarning yodlanishi osonlashadi.3.
Kommutativ Ko‘nikmalarni Rivojlantirish: O‘yin jarayonida bolalar o‘rtasida
muloqot va hamkorlikni rivojlantiradi, bu esa ularning til ko‘nikmalarini
oshiradi.4. Kognitiv Rivojlanish: O‘yinlar bolalarning fikrlash, mulohaza qilish va
muammolarni hal etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘yīn Turlari va Ularning
Qo‘llanilishi1. Rol O'yinlari: Bolalar muayyan vaziyatlarda turli rollarni
o‘zlashtirishadi, bu esa ularga qiziqarli holatlarda chet tilida muloqot qilish
imkoniyatini beradi. Masalan, “do'konda” o‘ynash orqali yangi so‘zlar va
iboralarni amaliy o‘rganish.
2. Buoy O'yinlari: Bolalar ma'lum bir topshiriqni bajarish uchun bir-birlari
bilan raqobat qiladi. Bu o'yinlar e'tiborni jalb qilishda va so'zlarni bir-biriga
solishtirishda yordam beradi. 3. Kreativ O‘yinlar: Bolalar tasavvur kuchini qo‘llab-
quvvatlaydigan o‘yinlarda ishtirok etishlari mumkin. Masalan, rasm chizish,
hikoya yozish va bu jarayonda chet tilidagi so‘zlarni ishlatish.4. Didaktik O‘yinlar:
Ushbu o'yinlar bolalarga ma'lum bir ko‘nikma yoki haqiqiy vaziyatlarni
simulatsiya qilish orqali til o‘rganishga yordam beradi. Misol uchun, rasmli
kartalar yordamida so‘zlarni o‘rganish. O‘qituvchilar va Ota-onalar uchun
Tavsiyalar Samimiy Muhit Yarating: O‘qituvchilar bolalarda xavfsizlik hissini
oshirish uchun do‘stona va samimiy muhit yaratishi lozim.Mo‘ljalni Tanlang:
O‘yinlarni tanlashda bolalar yoshini va rivojlanish darajasini hisobga olish
muhimdir. Rag'batlantirish: Bolalarni muvaffaqiyatlari uchun rag'batlantirish va
o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishi zarur. Til o’rganish kishilik jamiyatida
bag’oyat muhim sohalardan hisolanadi.Muloqot vositasi bo’lmish tilni tabiiy
muhitda oilada,jamiyatda,jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda darsda amaliy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
419
o’rganish,egallash mumkin.Bugungi globallashuv davrida chet tilini erta yoshdan
o’rganish nihoyatda muhim bo’lib bormoqda.Ayniqsa,maktabgacha yoshdagi
bolalarda til o’rganishga qiziqish kuchli bo’ladi va ular yangi tilni o’ranishda tabiiy
qobilyatiga ega bo’ldilar.Asrlar osha minglab pedagoglar taklif etgan qoidalar va
qarashlar didaktik ta’limiy prinsiplar maqomida umumlashtirildi va ilmiy
asoslandi.O’qitish tajribasidan kelib chiqadigan va turli davrlar sinovidan
muaffaqiyatli o’tgan didaktik prinsiplar tizmasi yaratildi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda chet tiliga nisbatan ijobiy psixologik munosabatni yaratish kerak va
bunday ijobiy mativatsiyani yaratish usuli o‘yin hisoblanadi . Chet tili
mashg‘ulotlarini o’tkazishning o’yin shakli til ko’nikmalarini va nutq
qobiliyatlarini o’zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi .O’yin faoliyatidagi
bolalarning o‘z imkoniyatlariga ishonch ortadi va chet tilida nutq uchun turtki
bo‘ladi.Chet tilini o‘qitish o’yin faoliyati ta’lim faoliyati bilan chambarchas
bog’liqdir.Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga chet tilini o‘qilishda quyidagi
òyinlarni tavsiya qilishimiz mumkin.
1.Rolli o‘yinlar 2. Raqobatlashib o‘yinlar.
3. Musiqaviy o‘yinlar. 4. Ijodiy o‘yinlar.
Rolli oyin-bog’cha yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyatidir.Rolli o’yin
mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib,ular bunday o’yinda
go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita
bajaradilar.Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlardan
ijtimoiy muhitvoqealari,oilaviy turmush hodisalari,shaxslararo munosabatlarni
umumlashtirilgan holda aks ettirishga harakat qiladilar.Bolalar kattalarning
turmush tarzi,his-tuyg’u,o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini,o’ziga
va o’zgalarga,atrof-muhitga munosabatlarini yaqqol voqealik tarzida ijro etishi
uchun turli o’yinchoqlardan,shuningdek,ularning vasifasini o’tovchi narsalardan
ham foydalaniladi.Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki,ijtimoiy va maishiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
420
voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdanidan
emas,balki turmush tajribasining orttishi,tasavvur obrazlarining kengayishi
natijasida vujudga keladi,mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga
qarab takomillashib boradi.Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur
omillardan biri bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar bilan solishtirish,undan nusxa
olish,aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir.Xuddi shu sababli kattalar
va ularning xatti-harakatlari bolaning ham tashki,ham ichki ibrat namunasi bo’ladi
va kattalar uning xulq-atvori,yurish-turishining ham ob’ekti,ham sub’ekti
hisoblanadi Bolaning ongida uni qurshab turgan voqealik to’g’risidagi xilma-xil
o’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharotlar tadqiq qilgan N.M Aksarning
ta’kidlashicha,o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi,buning uchun kamida uchta
sharoit bo’lishi lozim:
A)tassurotlar tarkib topishi
B)Har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining
muhayyoyiligi;
V) Bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.Bunda
kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
D.B. Elkonin o ‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning
mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha o’yinda bola kattalar
faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil
qiladi.A.Р.
Usovaning
tadqiqotlarida
ta’kidlanishicha,
rolli
o‘yin
ishtirokchilarining safi yosh ulg‘ayishiga qarab, jinsiy tofovutlaiga binoan
kengayib boradi:
a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o‘ynay
oladilar;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
421
b) 4-5 yoshlilar guruhi 2-3 tadan ishtirokchidan iborat bo‘lib,ulaming
hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o‘yin davomida qatnashchilar
soni ham ortib boradi:
v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jamoa bo‘lib birga o‘ynash
istagi vujudga keladi, natijada awal rollar taqsimlanadi, o‘yinning qoidalari va
shartlari tushuntiriladi (o‘yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq
nazorat qiladilar).Eng sodda psbcik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha
hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta ro‘l o‘ynaydi.
Bog‘cha yosh davrida harakatning o‘sishida o ‘yinning ta’siri haqida gap borganda,
awalo, shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur
yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-
sharoitlar yaratadi.Ikkinchidan, o‘yin bola harakatiga ta’sir etishining sababi va
xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin payti
emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan,o‘yinning
keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlami
vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyatiwww.ziyouz.com kutubxonasi xatti-
harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil
maqsadga aylanadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq
so‘zlami eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy
xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig‘ilgan
ma’lumotlami tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:
a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va ijro etish jarayoni bir talay
axborotlami eslab qolishni talab qiladi;
b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti harakatini
takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga
oshadi. o‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning
xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda o ‘z xulqini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
422
boshqarish ko’nikmalarini tarkib toptirish bilan bog‘liq psixologik muammoni
o’rgangan Z.V. Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan
mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘nikmalarini oldinroq va osonroq egallash
mumkin. Ayniqsa, bu omil bog‘cha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining
yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshidagi bolalaida o‘z xulqini o‘zi
boshqarish konikmasi o ‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb
baravarlashadi. Ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida oldindagiga
qaiaganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi
mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z hulqini
boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deyish
mumkin.Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish
kerakki, narsalami yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib
chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy
narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan
jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarining moddiy
shaklidan birdaniga ulaming xayoliy ko‘rinishiga o‘tishida uning uchun tayanch
nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi
narsalaming u aksariyatidan o‘yinda bevosita ob’ekt sifatida foydalanadi. o ‘yin
faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlami aks ettiruvchi sifatida emas, balki
ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek
tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘Uq o‘yin harakatlarining
takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilami qisqartirish va
umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. o ‘yin harakatlarining qisqarishi va
umumlashuvi ko‘rinishidagi mantiqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini
tashkil qiladi. Psixolog J. Piaje o ‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy
e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi,
degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri
yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
423
bolada tarakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir.
Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o ‘yin harakatlarining xususiyatini
o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. darhaqiqat, o ‘yin
faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati
namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida
bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy
kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb
etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida
maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlaming yaqqol
shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon
uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini
shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni
bajarish bolaning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘liq holda
namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila
boradi, bular boshqa narsalaming tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli
hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi.
Lug‘at o‘yinlari: Ingliz tilida yangi so‘zlarni o‘rgatish uchun lug‘at o‘yinlari
samarali hisoblanadi. Ushbu o‘yinlar orqali bolalar yangi so‘zlarni osongina
o‘rganadi va eslab qoladi.Memory Game” yoki “Matching Pairs”. Bu o‘yinlarda
o‘quvchilar turli kartochkalardagi so‘zlar va ularning tasvirlarini yoki tarjimalarini
moslashtiradilar. Masalan, “dog” so‘zini uning rasmi bilan yoki tarjimasi bilan
moslash orqali yodlaydilar. Natijalar: Lug‘at o‘yinlari orqali bolalar yangi so‘zlarni
osongina eslab qoladilar va ularni tez-tez qayta ishlatishga undaydi. Natijada
o‘quvchilar lug‘at boyligini kengaytiradilar va yangi so‘zlarni faol ravishda
qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interaktiv o‘yinlar: Masalan, "Simon Says"
yoki "Memory Game" kabi o‘yinlar bolalarning e'tiborini va eslab qolish
qobiliyatini rivojlantiradi. Simon Says” o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi bolalarga
“Simon says: Touch your nose” kabi ko‘rsatmalar beradi va bolalar harakatlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
424
orqali so‘zlarni anglashadi va yodlaydilar. Natijalar: Interaktiv o‘yinlar orqali
bolalar tinglash va harakat qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni rivojlantiradilar. “Simon
Says” o‘yini orqali ular o‘zlari eshitgan so‘zlarni tanib olishni va tezkor reaksiya
qilishni o‘rganadilar. Bu o‘yin e’tiborni jamlash va tushunganini amaliyotda
qo‘llashni kuchaytiradi .3. O‘yinlarning til qobiliyatlariga ta’siri: Tinglash:
Tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun hikoya aytish o‘yinlari foydali. Bu
o‘yinlar bolalarning diqqatini jamlashga yordam beradi va ularda tinglab tushunish
ko`nikmasini oshirishda asosiy vazifani bajaradi. Gapirish: Dialog va munozaraga
asoslangan o‘yinlar o‘quvchilarga o‘z fikrlarini ochiq ifodalashga yordam beradi
va ularda tanqidiy fikrlash ko`nikmasini oshirishga yordam beradi. Chet til
metodikasi ilmida o‘quvchining ichki kechinmalari (emotsiyasi) va ichki turtkisi
(motivatsiyasi)ni ro‘yobga chiqarish muhim ekanligi nazariy asoslab berilgan.
Oqibatda chet til o‘rganish motivatsiyasi oshadi, o ‘quv jarayoni tolaqonli mazmuni
kasb etadi. Shularning barchasi chet til dasturida rivojlantiruvchi maqsadning o ‘rin
egallashiga sabab bo‘ldi.o‘quv dasturining uqtirish xaqida, chet til o ‘qitishning
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari tilni amaliy egallash chog‘ida
uyg‘unlashgan holda yuzaga chiqadi, deb bejiz ta’kidlanmagan.O ‘quvchilaming o
‘quv faoliyatida ko'nikm a va malakalarning hosil bo‘lish darajasiga ko‘ra
shaxsning ijtimoiy faolligi aniqlanadi. Ta’limshunoslik ilmida o‘quv ko‘nikma va
malakalarining to‘rtta toifasi tasnif etiladi. Ular tashkiliy, aqliy, axborot va muloqot
o ‘quv ko‘nikma va malakalari deb atalishi mumkin. Multfilmlar. Bolalar til
o'rganish
mobaynida
multfilmdagi
gaplarni
tushunmasada,
multfilm
qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga
intiladi. Musiqaviy o‘yin an'anaviy o’yinlardan farq qiladi. Masalan sheriklar
tanlovi bilan raqsga tushadigan o‘yinlar bo‘lib, bu muloqot qobiliyatlarini
o’zlashtirishga emas balki fonetik jihatlarini yaxshilayabti.Til bolalar ruhiyatida
botish uchun bu o‘yin turi yordam beradi.Musiqaviy o‘yin turida-bolalarga ritmik
musiqalar qo‘yib berilishi ham mumkin. Bu bolalarga musiqa so’zlarini ritmga xos
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
425
tarzda oson yod olishga yordam beradi. Albatta bu o’yinlarni bolalarning yoshiga,
darsning mavzu va maqsadidan kelib chiqib tanlab olamiz. O’yinni har safar
darsning boshqa qismlarida tashkillashtirishimiz mumkin. Darsning boshida,
o’rtasida yoki so’ngida. Masalan, darsning boshlanishida o’yin o’ynash bolalarni
til muhitiga olib kirsa, darsning o’rtasida o’ynalgan o’yin dars jarayoniga yanada
jo’shqinlik beradi, bundan tashqari darsning so’ngi daqiqalarida o’ynab olingan
bilimlarni mustahkamlashning samarali usulidir. Albatta o’yin yakunida bolalarni
rag’batlantirishni unitmaslik kerak.Shunda bolalar yanada qiziqish bilan faol
ishtirok etadilar
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Hoshimov O’, Yaqubov I. Ingliz tili o’qitish metodikasi, Toshkent, “Sharq”
nashriyoti, 2003.
PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS 2024 Australia, Melbourne
46
2.Jalolov J. Chet til o’qitish metodikasi, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti,
1996.
3.Pinter A. Teaching Young language Learners. Oxford university Press,
2015.
4. Agzamova D.B. English teaching methodology. Tashkent.: Barkamol fayz
mediya, 2016.