Авторы

  • Matqosimova Mohira Erkinbek qizi
  • Haydaraliyeva Gulsevar Husanboy qizi

Биографии авторов

  • Matqosimova Mohira Erkinbek qizi

    ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi

  • Haydaraliyeva Gulsevar Husanboy qizi

    ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish  metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.87997

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: faol tinglash chet tili eshitish ko‘nikmalari bog‘cha yoshidagi bolalar til o‘rganish pedagogik usullar interaktiv metodlar.

Аннотация

  Annotatsiya: Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishda “faol tinglash” texnikasining ah amiyatini va bog‘cha yoshidagi bolalarda eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganadi. Faol tinglash metodikasi bolalarning eshituv malakalarini, so‘z boyligini va umumiy til qobiliyatini oshirishda qanday foydali ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada o‘qitish jarayonida faol tinglashning samarali qo‘llanilishini ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

409

CHET TILIDA ”FAOL TINGLASH” TEXNIKASI:BOG’CHA

YOSHIDAGI BOLALARNING ESHITISH KO’NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH.

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi

ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi

Mohiragina@gmail.com

Haydaraliyeva Gulsevar Husanboy qizi

ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti

talabasi

gulsevarhaydaraliva@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishda “faol tinglash”

texnikasining ah amiyatini va bog‘cha yoshidagi bolalarda eshitish ko‘nikmalarini

rivojlantirish usullarini o‘rganadi. Faol tinglash metodikasi bolalarning eshituv

malakalarini, so‘z boyligini va umumiy til qobiliyatini oshirishda qanday foydali

ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada o‘qitish jarayonida faol tinglashning samarali

qo‘llanilishini ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.

Kalit so‘zlar: faol tinglash, chet tili, eshitish ko‘nikmalari, bog‘cha

yoshidagi bolalar, til o‘rganish, pedagogik usullar, interaktiv metodlar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun chet tilini o‘rganish jarayoni qiziqarli va

samarali bo‘lishi zarur. Bu davrda bolalar o‘z atrofidagi olamni anglash, yangi

axborotlarni qabul qilish va o‘z fikrlarini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

"Faol tinglash" texnikasi esa bolalarni eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirishda

muhim rol o‘ynaydi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, o‘z fikrini og‘zaki bayon etish

(gapirish) ko‘pchilik yoqtiradigan nutq faoliyatining turidir. 0 ‘zga shaxsni tinglab

tushunish orqali turli axborot olinadi. Nutqiy muloqotda bo‘lish odam uchun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

410

zaruriy ehtiyoj sanaladi. Tinglash jarayonida so‘zlovchining ifoda etmish

mulohazalarini qisman yoki to‘la-to‘kis tushunib yetmaslik hollari bo‘lib turadi.

Buning asosiy sababi tinglab tushunishni o‘rgatishga yetarli e’tibor

berilmasligidadir. Nutqni tinglab tushunish deganda, ovozli nutq (gapirish)

chog‘ida quloq solish, idrok etish va fahmlash anglanadi. Umuman ,,nutq“ deganda

gapirish, tinglab tushunish, o‘qib tushunish va yozuv tushuniladi. Aslida

„gapirishni tinglab tushunish" degan ma’qulroq. Chet til o‘qitish metodikasi

tarixiga nazar tashlasak o‘tgan asming 60-yillariga kelib, tinglash nutq

faoliyatining turi sifatida atroflicha tadqiq etila boshlandi Avvallari unga

gapirishning uzviy qismi deb qarab kelingan edi. Chet til darsida tinglab

tushunishga atayin mashqlar berilmas edi.M a’lum bo‘lishicha, gapirishni

o‘rganishdan ko‘ra tinglab tushunishga erishish qiyinroq kechadi. Ushbu sohaga

oid bir- biriga yaqin ikki terminni farqlash talab qilinadi: ,,tinglash“ — quloq solish

(Oz so‘zla — ko‘p tingla) va ,,eshitish“ — eshitish sezgisi (quloq) yordamida

tovushni qabul qilish Tinglovchi tushunishga intiladi, eshituvchi tinglaganini

tushunmasligi ham mumkin. Eshitish qobiliyatiga molik shaxs muayyan axborotni

tushunish maqsadida so‘zlovchiga quloq soladi, ya’ni tinglash,aniqrog‘i tinglab

tushunish sodir bo‘ladi. Eshitdingmi, deyilganda, tinglab tushunganlikni

aniqlamoqchi bo‘linadi. Xullas,„tinglab tushunish" birikmasi o‘zgalar nutqini

(jonli tarzda yoki mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab

yetish ma’nosini ifodalaydi. Tinglash va tushunish (fahmlash) vaqt e’tibori bilan

bir paytda (psixologiya tilida simultan) sodir bo‘ladi, bu ikki nutqiy hodisa faqat

ilmiy tahlil uchungina ajratiladi, xolos. Inson ma’naviy kamolotga, odatda,

eshitish, ko‘rish (kuzatish) va, qolaversa, o‘qish tufayli erishadi. Axborot

to‘planishida uchala faoliyat orasida tinglab tushunish eng muhimidir. Qizig‘i

shundaki, falon tilda tinglab tushunasizmi, savoli berilmaydi, gapira olasizmi,

deyiladi. Idrok aqlning o‘lchovidir. Gapirish va tinglab tushunish og‘zaki nutq

demakdir. Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaxlit ravishda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

411

idrok qilinadi, chet tilda ifoda vositasi (til materiali) va ifodalanmish mazmun

(matn) uyg‘unlashishi qiyinchilik bilan kechadi. Mazmunni ilg‘ash (payqash)

uchun leksik-grammatik hodisalarni yaxshi o‘zlashtirgan, boshqacha nytganda,

tinglab tushunishning leksik va grammatik ko‘nikmalari puxta shakllangan bo‘lishi

kerak. Shuningdek, chet til tovush tomonini (tovush, tovush birikmalari va

ohangni) farqlay olish ko‘nikmasi hosil qilinmog‘i lozim. Demak, tinglab

tushunishning leksik, grammatik va talaffuz ko‘nikmalari shakllanishi oqibatida

mazkur nutq faoliyati turi bo‘yicha malaka hosil qilinadi. Og‘zaki matn

(audiomatn)ni idrok etib tushunishda leksikani bilish umumiy mazmunni

payqashda,grammatikani egallash mazmunni aniq tafsilotlari bilan fahmlashda

alohida-alohida ahamiyat kasb etadi.Tinglovchi (auditor) va so‘zlovchi (notiq)

qo‘llaydigan til birliklari muvofiq tushsa, tushunish osonlashadi. Bu, o‘z navbatida,

til tajribasi bilan bog‘liq masaladir.Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo‘lib,

umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), so‘zlarning tovush tomonini

(fonematik) farqlash va mohiyatni anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi,

bilib olinadi va tushuniladi. Nutq faoliyatining turi va malaka hisoblanmish tinglab

tushunish ta’lim maqsadi va vositasi ekanligi (III bobdagi „Chet til o'qitishning

amaliy maqsadi" mavzusidan) ma’lum. Bu o‘rinda ikki toifadagi, ya’ni, bir

tomondan, so‘z orqali (tildagi nutqiy tajribaga suyangan holda) va, ikkinchidan,

narsa yordamida (hayotiy tajriba, nutq vaziyatini bilish tufayli) tushuna olishning

tegishli farqiga yetish kerak. Binobarin, chettil ta’limining dastlabki bosqichida

tavsiya qilinadigan nutq, mavzu va vaziyatlari o‘quvchilarga tanish, oldindan

ma’lum, til materiali esa ular uchun butunlay yangi, notanishdir.

Tinglash uchun matn (audiomatn)larni tanlashda yoki yaratishda gap ko‘p.

O’quvchilaming yoshiga mos, qiziqishini uyg‘otadigan, mantiqan aniq, nutqning

monolog va dialog shaklini o‘z ichiga olgan, axborotga boy audiomatn o‘z

tinglovchisiga yoqib tushadi.Eshitish sezgisi va analizatori orqali axborot olishning

asosiy manbalari sifatida muallim nutqi, auditiv texnikaviy qurollardan magnitofon


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

412

va grammofon yozuvi hamda radio eshittirish, audio vizual vositalardan ovozli

diafilm, kinofilm (yoki undan parcha) va televizion ko‘rsatuvlar xizmat qiladi.

Tinglab tushunishning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun quyidagi uch

omil nazarda tutiladi. Tinglovchining o‘ziga bog‘liqlik (eshitish malakasining

rivojlanganligi, xotirasi, diqqati xususiyatlari), tinglash shart-sharoiti (nutq tezligi,

tilmateriali hajmi va shakli hamda so‘zlanayotgan nutqning qan cha vaqt davom

etishi) va, nihoyat, qo‘llangan materialning lingvistik jihatlari (tinglovchi til

tajribasiga mos kelish-kelmasligi) hisobga olinadiMuhim masalalardan yana biri

tinglangan matnni tushunish qay sabablarga ko‘ra osonlik yoki qiyinchilik bilan

ro‘y berishini aniqlashdir. Qiyinchiliklar va ularning sabablarini bilish ham muhim

ahamiyat kasb etadi. Nutq faoliyati turlarining har biriga xos qiyinchiliklar mavjud.

Tinglab tushunishda sodir bo'ladigan qiyinchiliklar birtalay. Ularni bilish chet til

o‘rgatishda hal qiluvchi shartlardandir. Idrok etish, jumladan nutqni idrok etib

tushunish muammolari jahon ruhshunosligida ancha mufassal ishlab chiqilgan.

Chet til o‘qitish metodikasi fani mavjud nazariy mulohazalardan samarali

foydalanadi. Maktab sharoitida o‘quvchilaming tinglab tushunishi sohasidagi

qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:

1. Tilga oid shakliy qiyinch iliklar. Ma’nosi har xil,tovush shakli esa o‘xshash

so‘zlami (omofonlami) yoki chet til fe’lining majhul darajasini tinglash va

tushunish murakkablik kasb etadi. Omofon va majhul fe’l bir qarashda tanishga

o‘xshaydi, biroq audiomatnning mazmunini payqashda xiyla qiyinchilik tug‘diradi.

2. Mazmunga doir qiyinchiliklar. Olinayotgan axborot qamrovidagi nima,

qayerda, kim bilan, qachon bo‘lishi kabi dalillami idrok etish bobida yoki ular

orasidagi bog‘lanishni ilg‘ab olish, shuningdek, umumiy g‘oyaga taalluqli

qiyinchiliklar mavjuddir.

3. Nutqiy idrok qilishning shart-sharoitidagi qiyinchiliklar.Bulardan nutq

tezligi, ohangi va mexanik yozilgan audiomatnning murakkabligini eslatish kifoya.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

413

Shu bilan birga audio-matnni bir marta idrok etish, notanish odamni tinglash,

ovozdagi o‘ziga xoslik kabilar ham tushunishda g‘ov bo‘lishi tabiiy.

4. Nutq shakliga oid qiyinchiliklar. Dialog nutqda javob qaytarish, monologni

tinglashda esa uzun jumlalami eshitish xotirasida saqlash o‘quvchi uchun muayyan

qiyinchilik keltirib chiqaradi.

5. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan sodir bo’ladigan qiyinchiliklar. Ular lisoniy

— leksik, grammatik va fonetik qiyinchilik deb ataladi. Leksikada juft

tushunchalar ( dunyo tomonlarini ifodalovchi so‘zlar), ko‘p ma’nolilik

(pohsemiya), turg'un birikmalardagi so‘z ma’nosi, yordamchi so‘zlar, grammatik

jihatdan ona tilida yo‘q hodisalar yoki fonetik tarafdan so‘zning yozuvda va

talaffuzda keskin tafovuti, urg‘u va ohangning o‘xshamasligi tegishh

qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.

6. Audiomatn tuzilishiga oid qiyinchiliklar. Audiomatnning tuzilishi

(kompozitsion-mazmuniy strukturasi) ham qiyinchiliklarga olib kelishi

aniqlangan. Chunki bayon etilayotgan axborotni ilg‘ab olishga uning bevosita daxli

bor. Gapning yoki abzasning bir-biriga mantiqan ,,yopishishi“, kontekstning

yuzaki yoki chuqurligi, notanish leksik birliklar ishtiroki va qator o‘xshash

kompozitsion mazmuniy holatlar audiomatnning tushunilish darajasini belgilovchi

omillardir. o ‘quvchi tinglab tushunishda duch keladigan qiyinchiliklami e’tirof

etishdan maqsad ulaming oldini olish choralarini ko‘rishdir. Qiyinchiliklar mehnat

va

vaqt

talab

qiladi,

maxsus

mashqlami

bajarish

zaruriyatini

tug‘diradi.Qiyinchiliklami o‘z vaqtida bartaraf qilish (neytrallash) yo‘li bilan ta’lim

jarayonini jadallashtirish va o'qitishning eng maqbul (optimal) metodikasini ishlab

chiqishga muvaffaq bo‘linadi. O’quv dasturining og‘zaki nutq qismidan joy olgan

umumiy talablardan tashqari faqat tinglab tushunish uchungina mo‘ljallangan

jumlaiar ro'yxati ham keltiriladi. Bular o‘quvchilar faqat o‘qituvchini tinglaganda

bilib olishga beriladigan jumlaiar ekanligini eslatib o‘tish joizdir. Gapirish va

o‘qishda o‘zlashtiriladigan leksik va grammatik materialni tinglab tushunishga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

414

ham oidligi muallimlarga ayon.O ‘quvchilarga tinglash uchun namunaviy bo‘lmish

muallimnutqi katta ahamiyatga molik. Darsni chet tilda olib borishdek metodik

qoidaga rioya qilish zarurdir. Gapirish va o‘qish materialini tinglab tushunish

yordamida mustahkamlash hamda takrorlash ushbu nutq faoliyati turini ta’lim

vositasi maqo-miga kiritadi.Dars boshlanishidagi chet til sun’iy muhitini

yaratishga mo‘ljallangan mashqlarning ko‘p qismi tinglab tushunish bo‘yicha

bajariladi. Darsning asosiy qismi va yakunida ham tinglab tushunish mashqlari

yetakchilik qiladi.Boshqa nutq faoliyati turlaridan farq qilib, tinglab tushunish chet

til o‘rgatish davomida ta’lim maqsadi va vositasi tarzida o‘rganiladi. Maqsad

sifatida uning amaliy o‘rganilishi chet tilda axborot olishni bildiradi. Barcha

og‘zaki nutq va o‘qish mavzulari qamrovidagi mazmun tinglab tushunish orqali

o‘zlashtiriladi. Gapiriladigan va o‘qiladigan paytda o‘zlashtirilgan axborot tinglab

tushunish uchun ham taalluqli.Ta’lim vositasi tarzida qaralganda, tinglabni

o‘rganishda qo‘llash nazarda tutiladi. Yangi nutq birliklarining taqdimotini“ mashq

qilish, qo‘llanilish bosqichlarini tinglab tushunishsiz tasawur etib bo‘lmaydi. nutq

faoliyatining to‘rtala turidan birortasi ushbu darsda mashq qilinmasligi mumkin,

biroq bu qoida tinglab tushunishga tegishli emas. Xohlagan bir mashg‘ulotda

gapirish yoki o‘qish, yoki yozuv mashq qilinmasligi mumkin. Biroq dars bor ekan,

tinglab tushunish bo‘ladi. Chunki Muallim chet tilda gapirish bilan dars boshlaydi,

darsni o'tadi va uni yakunlaydi, demak, tinglovchi sifatida o‘quvchi gavdalanadi.

Nutqni tinglab tushunishni o‘rgatishda nimalarga ahamiyat beramiz. Birinchidan,

nimani o‘rgatish, ikkinchidan, qanday qilib o'rgatish va, nihoyat, tushunganlikni

qaysi yo‘l bilan aniqlashni bilish talab qilinadi. Bu uchala masala alohida-alohida

ko‘rib chiqiladi. O‘quvchiga tinglab tushunish jarayonida quyidagilar o‘rgatiladi:

so‘z va so ‘z birikmalarining shaklini va grammatik strukturalami g‘ayrishuuriy

ravishda farqlay oUsh; nutq namunasi (jumla)ni tinglab, oldindan fahmlay olish;

eshitish xotirasi hajmini o'stirish; o‘rganilgan til materialini turli birikmalarda

tushuna olish; texnikaviy vositalarga yozilgan nutqni tushunish; bir karra aytilgan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

415

fikmi fahmlash; mo‘tadil (o‘quv dasturida qabul qilingan) tezlikdagi nutqni

tushunish; audiomatnda notanish leksik birliklar boMishiga qaramay, uning

umumiy mazmun va mohiyatini ilg‘ab olish; turli yo‘nalishdagi (tasviriy,

ertaknamo, ko‘p planli) audiomatnni tushunish.Turli ta’lim bosqichlarida mazkur

ishlaming o‘mi va bajarilish xususiyati har xil tartibda bo‘ladi. Undan tashqari

erkakva ayol ovozini eshitish, muallim va boshqalarni tinglash,yosh va qarilar

nutqini tinglash, so‘zlovchini ko‘rib va ko‘rmasdan tinglash kabilami amalda

qo‘llash tavsiya etiladi.Tinglab tushunishni o‘rgatish bo‘yicha turli

yo‘nalishlaramaliyotda qo‘llanib kelinadi. Ulardan biri — avvalo til materialini,

keyin nutq faoliyatini o‘rgatishdir. Bu metodikg‘oyaga binoan so‘z, so‘z birikmasi,

gaplarni bilib olishni mashq qilib, so‘ngra o‘quvchilar diqqati o‘rganilgan

materialning mazmun tomoniga tortiladi. Ushbu yo‘l bilan tinglab tushunishni

o‘rgatish samarasi past bo‘ladi, unda ortiqcha vaqt sarflanadi, binobarin, u maqbul

metodik usul deb topilmaydi. Muallimlar qo‘llaydigan ikkinchi yo‘nalishga ko‘ra,

tinglab tushunish nutq malakalarini shakllantirish bilan bevosita bog'liq holda olib

boriladi. Gapirish, o‘qish va yozuvni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar tinglab

tushunish bilan shug‘ullanishadi, shu bilan bir paytda til materialini o‘rgatishga

ham e’tibor berib boriladi. Ushbu metodik usul samaraliroqdir. Ma’lumki, gapirish

va tinglab tushunish jarayoni og‘zaki nutqning ikki uzviy bog‘langan tomonlaridir.

Ularda ishlatiladigan leksik va grammatik hodisalar umumiydir. Shuning uchun

ham tinglab tushunishni o‘rgatishga kirishilar ekan,albatta gapirishni egallash

davrida tinglash bilan ham mashg‘ul bo‘lingani ma’quldir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Hoshimov O’, Yaqubov I. Ingliz tili o’qitish metodikasi, Toshkent, “Sharq”

nashriyoti, 2003.

2.Z.Nishonova; “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi”


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

416

3.Jalolov J. Chet til o’qitish metodikasi, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti,

1996.

4.Pinter A. Teaching Young language Learners. Oxford university Press, 2015.

5. Agzamova D.B. English teaching methodology. Tashkent.: Barkamol fayz

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Ortiqova Shahzoda Baxodirjon qizi, BOLA XOTIRASI VA CHET TILIDAGI SO’ZLARNI YODLASH O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Kamolov Baxtiyor Baxromjon o'g'li, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHDA O'YIN METODLARNING O'RNI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Adhamova Shukrona Azimjon qizi, VIZUAL VOSITALAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TIL O'RGANISHGA BO'LGAN QIZIQISHINI ORTTIRISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Mirzag’ulomova Rayxona Ravshanjon qizi, MAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHDA O’YIN METODLARINING O’RNI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Ibrohimjonova Mashhura Nurali qizi, ERTA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILIGA MOTIVASIYA YARATISH:PEDAGOGIK YONDASHUVLAR , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Shokirova Zulfizar G'anisher qizi, KONSTRUKTIV O'YINLAR (LEGO, BLOKLAR, MOZAIKA)ORQALI TIL O'RGANISHNI INTEGRATSIYALASH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Fozilova Muxlisa G'anisher qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHDA AUDIO-VIDEO MATERIALLARDAN FOYDALANISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Sarvinoz Hasanboyeva, ERTA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILIGA MOTIVATSIYA YARATISH: PEDAGOGIK YONDASHUVLAR , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Sultonaliyeva Mushtariy Ergashali qizi, aMAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHDA O’YIN METODLARINING O’RNI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)