Авторы

  • Matqosimova Mohira Erkinbek qizi
  • Sarvinoz Hasanboyeva

Биографии авторов

  • Matqosimova Mohira Erkinbek qizi

    ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi

  • Sarvinoz Hasanboyeva

    Andijon davlat chet tillari institute IFO’MT fakulteti MBT 201-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88000

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: erta yoshdagi ta’lim chet tili o’rganish motvatsiya pedagogic yondashuvlar o’yinli metodlar maktabgacha ta’lim boshlang’ich ta lim o’qituvchi roli vizual va audio vositalar ota-ona ishtiroki Ключевые слова: дошкольное образование изучение иностранного языка мотивация педагогические подходы игровые методы дошкольное обучение начальное образование роль учителя визуальные и аудиоматериалы участие родителей. Key words: early childhood education foreign language learning motivation pedagogical approaches game-based methods preschool education primary education teacher's role visual and audio materials parental involvement.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada erta yoshdagi bolalarda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish va rivojlantirishning samarali pedagogik yondashuvlari yoritilgan. Til o‘rganish jarayonida bolalarning psixologik va emotsional xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘yin, musiqiy va vizual metodlar orqali qiziqish uyg‘otish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda motivatsiyaning dars samaradorligiga ta’siri, o‘qituvchining roli hamda ijtimoiy muhitning ahamiyati asoslab berilgan. Maqola maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida chet tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Аннотация:  В данной статье рассматриваются эффективные педагогические подходы к формированию и развитию мотивации у детей младшего возраста к изучению иностранного языка. Проанализированы игровые, музыкальные и визуальные методы, способствующие пробуждению интереса с учетом психологических и эмоциональных особенностей детей. В исследовании освещается влияние мотивации на эффективность занятий, роль педагога и значение социальной среды. Статья содержит практические рекомендации для воспитателей и учителей, работающих на уровне дошкольного и начального образования.

Annotation: This article explores effective pedagogical approaches to fostering and developing motivation in early childhood foreign language learning. It analyzes methods such as play-based, musical, and visual techniques that spark interest in children, taking into account their psychological and emotional characteristics. The study highlights the impact of motivation on lesson effectiveness, the teacher's role, and the importance of the social environment. The article provides practical recommendations for educators involved in teaching foreign languages at preschool and early primary school levels.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

396

ERTA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILIGA MOTIVATSIYA

YARATISH: PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi

ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi

Mohiragina@gmail.com

Sarvinoz Hasanboyeva

Andijon davlat chet tillari institute IFO’MT fakulteti MBT 201-guruh

talabasi

Sarvinozhasanboyeva12@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada erta yoshdagi bolalarda chet tilini

o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish va rivojlantirishning samarali

pedagogik yondashuvlari yoritilgan. Til o‘rganish jarayonida bolalarning

psixologik va emotsional xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘yin, musiqiy va

vizual metodlar orqali qiziqish uyg‘otish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda

motivatsiyaning dars samaradorligiga ta’siri, o‘qituvchining roli hamda ijtimoiy

muhitning ahamiyati asoslab berilgan. Maqola maktabgacha ta’lim va

boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida chet tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi

pedagoglar uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so’zlar: erta yoshdagi ta’lim, chet tili o’rganish, motvatsiya,pedagogic

yondashuvlar,o’yinli metodlar, maktabgacha ta’lim,boshlang’ich ta;lim,

o’qituvchi roli,vizual va audio vositalar, ota-ona ishtiroki

Аннотация: В данной статье рассматриваются эффективные

педагогические подходы к формированию и развитию мотивации у детей

младшего возраста к изучению иностранного языка. Проанализированы

игровые, музыкальные и визуальные методы, способствующие пробуждению

интереса с учетом психологических и эмоциональных особенностей детей.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

397

В исследовании освещается влияние мотивации на эффективность занятий,

роль педагога и значение социальной среды. Статья содержит

практические рекомендации для воспитателей и учителей, работающих на

уровне дошкольного и начального образования.

Ключевые слова: дошкольное образование, изучение иностранного

языка, мотивация, педагогические подходы, игровые методы, дошкольное

обучение, начальное образование, роль учителя, визуальные и

аудиоматериалы, участие родителей.

Annotation: This article explores effective pedagogical approaches to

fostering and developing motivation in early childhood foreign language learning.

It analyzes methods such as play-based, musical, and visual techniques that spark

interest in children, taking into account their psychological and emotional

characteristics. The study highlights the impact of motivation on lesson

effectiveness, the teacher's role, and the importance of the social environment. The

article provides practical recommendations for educators involved in teaching

foreign languages at preschool and early primary school levels.

Key words: early childhood education, foreign language learning, motivation,

pedagogical approaches, game-based methods, preschool education, primary

education, teacher's role, visual and audio materials, parental involvement.

Globalizatsiya davrida chet tillarini o‘rganish har bir inson hayotining

ajralmas qismiga aylanmoqda. Ayniqsa, bolalik davrida til o‘rganish inson miyasi

moslashuvchanligi yuqori bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, ko‘plab

davlatlarda maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab chet tilini o‘rgatish

amaliyoti keng yoyilgan. Ammo erta yoshdagi bolalarning darsga bo‘lgan

qiziqishi, psixologik holati va o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasi ularning til

o‘zlashtirish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, pedagogik


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

398

yondashuvlar to‘g‘ri tanlangan taqdirdagina, o‘quv jarayoni samarali bo‘lishi

mumkin.

Motivatsiya — bu o‘quvchini faoliyatga undovchi, maqsadga intilishiga

sabab bo‘ladigan ichki va tashqi omillar yig‘indisidir. Deci va Ryan tomonidan

ilgari surilgan Self-Determination Theory nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchilar o‘z

ixtiyori bilan, qiziqish asosida harakat qilgandagina ularning ichki motivatsiyasi

rivojlanadi. Erta yoshdagi bolalar esa o‘z tabiatiga ko‘ra emotsional, qiziquvchan

va qisqa diqqatga ega bo‘lishadi. Ular uchun motivatsiya manbai ko‘pincha o‘yin,

rag‘bat, qiziqarli materiallar va pedagog bilan ijobiy aloqa bo‘ladi.

O‘yinlar – bu bolalar uchun eng tabiiy o‘quv muhiti hisoblanadi. Ta’limiy

o‘yinlar, ayniqsa chet tili darslarida, bolalarning passiv emas, balki faol ishtirokini

ta’minlaydi. Masalan, so‘z topish o‘yinlari, "Simon says", "Flashcard guessing",

"Role-play" va boshqa topshiriqlar bolalarning yangi so‘zlarni yodlab qolishiga va

ularni to‘g‘ri qo‘llashiga yordam beradi.Vygotskiy nazariyasiga ko‘ra, bola rivoji

ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq. O‘yinlar esa aynan ijtimoiy muloqot,

hamkorlik va raqobat orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, o‘yinlar orqali til

strukturasi, talaffuz, grammatika va leksikani tabiiy muhitda mustahkamlash

imkoniyati yaratiladi.

Qo‘shiqlar, she’rlar va rasmli materiallar orqali til o‘rganish bolalar uchun

qiziqarli bo‘ladi. Musiqa bolalarning e’tiborini jalb qiladi, ritm orqali eslab qolish

darajasini oshiradi, talaffuzni to‘g‘rilashda yordam beradi. Masalan, ingliz tilida

“If you’re happy and you know it”, “Old MacDonald had a farm” kabi qo‘shiqlar

orqali yangi so‘zlar va gap tuzish o‘rganiladi.Rasmli kitoblar, multfilmlar va

animatsion materiallar esa bolalarning vizual idroki orqali tilga bo‘lgan qiziqishini

uyg‘otadi. Paivio t0monidan taklif etilgan Dual C0ding Theory ga ko‘ra, ma’lumot

vizual va verbal kanallar orqali taqdim etilganda, u miyada mustahkamroq

saqlanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

399

Motivatsiyani shakllantirishda o‘qituvchining roli beqiyosdir. U faqat bilim

beruvchi emas, balki mehribon, ijobiy, quvnoq va ishonchli murabbiy sifatida

harakat qilishi zarur. O‘qituvchining bolaning ishtirokini rag‘batlantirishi, kichik

yutuqlarini qadrlashi, individual yondashuvni qo‘llashi orqali ichki motivatsiya

mustahkamlanadi . Kommunikativ yondashuv, task-based learning (vazifaga

asoslangan ta’lim), total physical response kabi metodlar aynan bolalar bilan

ishlashda ijobiy natijalar beradi. Ushbu metodlar harakat, sensor sezgi va real

hayotiy vaziyatlarga asoslanadi. Til o‘rganish faqat maktab yoki bog‘chada emas,

balki oilaviy muhitda ham davom etishi zarur. Ota-onalarning ijobiy munosabati,

til o‘rganishga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashi bolaning motivatsiyasini kuchaytiradi.

Masalan, uyda inglizcha multfilmlar ko‘rish, birgalikda so‘z o‘rganish yoki oddiy

iboralarni kundalik hayotda qo‘llash – bu kichik harakatlar katta natijalarga olib

keladi.

Turli mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta

yoshdagi bolalarda chet tilini o‘rganishda motivatsiyani shakllantirishda o‘yin va

multimediadan foydalanish juda yuqori natija beradi. Masalan, Cambridge

universiteti tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda 4-6 yoshli bolalar ikki

guruhga bo‘linib o‘qitilgan: biri an’anaviy metodlar asosida, ikkinchisi esa o‘yinlar

va rasmli materiallar asosida ta’lim olgan. Natijada o‘yin asosidagi guruhdagi

bolalarning so‘z boyligi 30% ga tezroq oshgani aniqlangan.Shuningdek,

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ham olib borilgan ba’zi tajriba darslari

ko‘rsatadiki, bolalar musiqa va harakatli darslarga faolroq qatnashadi va darsga

bo‘lgan qiziqishlari ortadi. Bu esa ularning tilni o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Shu sababli, maktabgacha va boshlang‘ich bosqichlarda o‘qituvchilar

zamonaviy, interaktiv metodlardan foydalanishga intilishi kerak.

Erta yoshdagi bolalarda chet tilini o‘rganishga qiziqish ularning til

o‘zlashtirish jarayonida muhim omil hisoblanadi. Bolalar 3-7 yosh oralig‘ida til

o‘rganishga eng sezgir va qulay davrda bo‘ladilar. Bu yoshda ularning miyasi yangi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

400

so‘z va ifodalarni tez eslab qoladi, to‘g‘ri talaffuzni osonlik bilan o‘zlashtiradi va

tabiy ravishda tilni qabul qilishga tayyor bo‘ladi.Chet tiliga erta qiziqish uyg‘otish

bolalarning kelajakdagi ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bolalar

maktab va oliy o‘quv yurtlarida yuqori natijalarga erishishlari, global miqyosda

raqobatbardosh bo‘lishlari mumkin. Til bilish ularning ijtimoiy faolligini, o‘z

fikrini erkin ifoda eta olish qobiliyatini oshiradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni

kuchaytiradi.

Shuningdek, chet tilini o‘rganish orqali bolalar boshqa millat va madaniyatlar

bilan tanishadilar, bu esa ularning dunyoqarashini kengaytiradi, bag‘rikenglik,

hurmat va ochiq fikrlilikni rivojlantiradi. Chet tili o‘rganish nafaqat lingvistik,

balki aql-idrok jihatdan ham bolaga foyda keltiradi: ularning eslab qolish, mantiqiy

fikrlash, tafakkur qilish, diqqatni jamlash kabi ko‘nikmalari kuchayadi. Bu esa

boshqa fanlarni ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga zamin yaratadi.Erta yoshdagi

bolalarda chet tiliga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish uchun o‘yinlar, qo‘shiqlar,

interaktiv darslar, vizual va audio materiallardan foydalanish samarali hisoblanadi.

Darslar quvnoq va harakatlarga boy bo‘lsa, bolalar tilni o‘rganishni zavq bilan

qabul qiladilar. Shuningdek, ularni rag‘batlantirish, maqtov orqali motivatsiya

berish ham til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytiradi. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, 2-7 yosh oralig‘i bolaning til o‘rganish salohiyati eng yuqori bo‘lgan

davr hisoblanadi. Bu davrda bola miyasi “gubka” (sponge brain) kabi tashqi

muhitdagi til ma’lumotlarini o‘ziga tez singdiradi. Aynan shuning uchun ham bu

yoshda o‘rgatilgan chet tili bola tomonidan tabiiy va oson qabul qilinadi.Til

o‘rganish faqat lingvistik foyda bilan cheklanib qolmaydi. Ilmiy tadqiqotlar

ko‘rsatishicha, bir nechta tilni o‘rganayotgan bolalarda xotira, mantiqiy fikrlash,

e’tibor va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari yaxshiroq shakllanadi.

Shuningdek, ko‘p tilli bolalar ijtimoiy jihatdan faol, ochiqko‘ngil, o‘z fikrini

bemalol ifoda eta oladigan shaxs sifatida rivojlanadi. Chet tilini erta o‘rganish

nafaqat maktab davrida, balki kelajakda ishga joylashish, xorijiy tajribalarni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

401

o‘zlashtirishda ham katta ustunlik beradi.Qiziqarli faktlardan yana biri shundaki,

bolalar kattalarga qaraganda chet tilining talaffuzini va ohangini ancha mukammal

o‘zlashtiradi. Ular bu jarayonda grammatikani alohida o‘rganmaydi, balki tilni

tabiiy ravishda, eshitish va takrorlash orqali o‘zlashtiradi. Shuning uchun ham

o‘yinlar, qo‘shiqlar, multfilmlar kabi vositalar til o‘rganish jarayonini yanada

samaraliroq qiladi. Psixologlar fikriga ko‘ra, darslarda o‘yinlardan foydalanish

bolalarning e’tiborini 30-40 foizga ko‘proq jalb qiladi va ularda o‘rganishga

qiziqish ortadi.

Shuningdek, til o‘rganish miyani “mashq” qildiradi, bu esa qarish jarayonini

sekinlashtirishga ham yordam beradi. Masalan, ikki yoki undan ortiq tilni biladigan

insonlarda Altsgeymer kasalligi kechroq boshlanishi aniqlangan. Demak, bolalikda

boshlangan til o‘rganish, faqat hozirgi emas, balki kelajakdagi sog‘liq uchun ham

foydalidir.Xullas, erta yoshda chet tiliga qiziqish uyg‘otish – bu nafaqat til

o‘rgatish, balki bolaga kelajakdagi intellektual va ijtimoiy muvaffaqiyatlar uchun

mustahkam poydevor yaratishdir

Amaliy tavsiyalarga to’xtaldigan bo’lsak, har bir darsda motivatsion

faoliyatni o‘yin, qo‘shiq yoki rasm orqali boshlash, individual har bir bolaning

qiziqishi va darajasini hisobga olish, rag‘bat va kichik sovrinlar orqali ijobiy muhit

yaratish, mashg‘ulotlarni qisqa, ammo dinamik va rang-barang uslubda olib

boorish, ota-onalarni til o‘rganish jarayoniga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berish

lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, erta yoshdagi bolalarda chet tiliga bo‘lgan

motivatsiyani uyg‘otish – bu faqatgina ta’limiy emas, balki psixologik, emotsional

va ijtimoiy jarayonlarni o‘z ichiga olgan murakkab tizimdir. O‘yin, musiqa, vizual

metodlar, o‘qituvchining shaxsiyati va ijtimoiy muhit bu jarayonda muhim rol

o‘ynaydi. To‘g‘ri pedagogik yondashuvlar orqali bolalarning chet tiliga nisbatan

ijobiy munosabatini shakllantirish, ularning til o‘rganishda muvaffaqiyatli

bo‘lishini ta’minlaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

402

Foydalanilgan manbalar:

1.Deci, E. L., & Ryan, R. M. (2000). Intrinsic and Extrinsic Motivations:

Classic Definitions and New Directions. Contemporary Educational Psychology.

2. Bodrova, E., & Leong, D. J. (2007). Tools of the Mind: The Vygotskian

Approach to Early Childhood Education. Pearson Education.

3. Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson

Longman.

4. Paivio, A. (1986). Mental Representations: A Dual Coding Approach.

Oxford University Press.

5. Slavin, R. E. (2006). Educational Psychology: Theory and Practice.

Pearson.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Ortiqova Shahzoda Baxodirjon qizi, BOLA XOTIRASI VA CHET TILIDAGI SO’ZLARNI YODLASH O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Haydaraliyeva Gulsevar Husanboy qizi, CHET TILIDA ”FAOL TINGLASH” TEXNIKASI:BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALARNING ESHITISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH. , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Kamolov Baxtiyor Baxromjon o'g'li, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHDA O'YIN METODLARNING O'RNI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Adhamova Shukrona Azimjon qizi, VIZUAL VOSITALAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TIL O'RGANISHGA BO'LGAN QIZIQISHINI ORTTIRISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Mirzag’ulomova Rayxona Ravshanjon qizi, MAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHDA O’YIN METODLARINING O’RNI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Ibrohimjonova Mashhura Nurali qizi, ERTA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILIGA MOTIVASIYA YARATISH:PEDAGOGIK YONDASHUVLAR , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Shokirova Zulfizar G'anisher qizi, KONSTRUKTIV O'YINLAR (LEGO, BLOKLAR, MOZAIKA)ORQALI TIL O'RGANISHNI INTEGRATSIYALASH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Fozilova Muxlisa G'anisher qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHDA AUDIO-VIDEO MATERIALLARDAN FOYDALANISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Sultonaliyeva Mushtariy Ergashali qizi, aMAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHDA O’YIN METODLARINING O’RNI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)