https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
3
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI
O’RGATISHDA O’YIN METODLARNING O’RNI
Matqosimova Mohira Erkinbek qizi
ADCHTI, Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi
Mohiragina@gmail.com
Kamolov Baxtiyor Baxromjon o’g’li
ADCHTI, Ingliz filologiyasi, o’qitish Metodikasi va tarjimashunoslik
fakulteti talabasi
baxtiyorkamolov471@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini
o’rgatishda o’yin metodlarining o’rni haqida so’z yuritiladi, xususan o’yinlardan
foydalanishning afzalliklari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Chet tili, ilk qadam, maktabgacha ta’lim tashkilotlari,dars
mashg’ulotlari, qiziqish,o’yin, o’yin turlari, vaziyat.
So’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni
sezirali darajada oshib bormoqda. Bunga bo’lgan e’tibor mamlakat siyosati
darajasiga chiqqanini davlatimizda olib borilyotgan islohotlar misolida ko’rishimiz
mumkin. Bunga yaqqol misol tariqasida 2017-yilda maktabgacha ta’lim
vazirligiga asos solinishidir va “Ilk qadam” nomli davlat dasturi ishlab chiqildi.
Buning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning vaqtini mazmunli
o’tkazish.
Hozirgi kunda til o`rganishga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Zamon
talabidan kelib chiqib til o`rganishda o`quvchining yoshi ahamiyatga ega emas.
“Dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza paxtaga» o’xshatadi.
Uning fikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
4
mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam
bo’lib yetishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola
hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy
tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir’’, deb ta’kidlaydi Angaliyalik olim Djon
Lokk
Maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tiliga o‘rgatishning asosiy maqsadi
sifatida chet tilini o‘rganish orqali kelajakda o‘z maqsadlariga erishish va hayotiy
aloqa - munosabatlarda o‘z fikr va hissiyotlarni ifoda etish uchun chet tilidan
foydalanish qobiliyatini shakllantirishni misol qilib olsak bo‘ladi.
Avvalo, o’yin tushunchasiga ega bo’lib olsak, o’yin maktabgacha yoshdagi
bolalar yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. N. М. Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin
o‘z-o‘zidan vujudga kdmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim:
a) taasurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko‘rinishdagi o'yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining
miihayyoligi;
d) bolalaming kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda
kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘satish uslubi hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Bu faoliyat turining ustuvorligi shundaki, u bolani o’z bilan bir qatorda
atrofidagi dunyoni o’rganishga undaydi. Qolaversa, chet tilini bolaga o’rgatishda
ham foydali usul sifatida ko’riladi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga chet
tilini o‘qitishda shunga o’xshash òyinlardan foydalanish mumkin.
A.Rolli o‘yinlar B.Raqobatlashish o‘yinlar. D. Musiqaviy o‘yinlar. E. Ijodiy
o‘yinlar.
Masalan: «Show me» o’yinini o’ynashda suratlar kerak bo’ladi. Suratlarni
xona devorlari bo’ylab joylashtramiz (suratlar ko’zga ko’rinarli katta darajada
bo’lishiga e’tibor qarating). Bolalarga biror rasmdagi narsaning inglizcha nomini
aytiladi, bolalar yugurib borib shu suratni ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Kim birinchi
bo’lib ko’rsatganini ballar orqali belgilab boriladi va o’yin oxirida esa eng ko’p bal
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
5
to’plagan ishtirokchi g’olib deb topiladi. Bu turdagi o’yini raqobatlashish o’yinlari
turiga qo’shsak bo’ladi.
Musiqaviy o‘yin odatiy o’yinlardan farq qiladi. Til bolalar ruhiyatida botish
uchun bu o‘yin turi yorda beradi.Musiqaviy o‘yin turida-bolalarga ritmik musiqalar
qo‘yib berilishi ham mumkin. Bu bolalarga musiqa so’zlarini ritmga xos tarzda
oson yod olishga yo’l ochib beradi. Masalan, «Broken phone». Bu o’yinni o’ynash
uchun bolalar yumaloq stol atrofiga o’tirib olishadi va o’qituvchi bir bola qulog’iga
bir ingizcha so’zni aytadi, o’quvchilar eshitgan so’zlarini bir-birining qulog’iga
galma-gal aytishadi. So’ng eng so’ngi ishtirokchidan boshlab eshitgan so’zini
birma bir aytishadi. Kimdan xatolik boshlangan bo’lsa, shu o’yinchi o’yinni tark
etadi. Oxirida qolgan ishtirokchi g’olib deb aniqlanadi.
Ro’lli o’yinlar ham maktabgacha yoshdagi boalarga chet tilini o’qitishda
juda samarali usul hisoblanadi. Unda bolalar turli xil multik qahramonlarini
o’zlarida gavdalantiradi. Bu usul bolalarda erkin gapirish ko’nikmasini
rivojlantiradi. Misol tariqasida «Magic Kingdom» olishimiz mumkin va bunda
bolalar malika, qirol, ajdarho,soqchilar ro’llarini ijro etishadi. jodiy o’yillar
bolaning badiiy ijod chegarasida joylashgan o’yin faoliyat turi hisoblanadi. Bu
turdagi o’yillar orqali bolalarning ichki dunyosining o’rganishimiz mumkin. Ijodiy
o’yinlar bolalarning tasavvur dunyosini kengaytirib ham beradi.
Albatta bu o’yinlarni bolalarning yoshiga, darsning mavzu va maqsadidan
kelib chiqib tanlab olish zarurdir. O’yinni har safar darsning turli xil qismlarida
tashkillashtirishimiz mumkin. Darsning boshida, o’rtasida yoki so’ngida. Agar
darsning boshlanish qismida o’yin o’ynash bolalarni til muhitiga olib kirsa,
darsning o’rtasida o’ynash esa dars jarayoniga o’zgacha ruhiyat taqdim etadi,
bundan tashqari darsning so’ngi daqiqalarida o’ynash o’rganilgan bilimlarni
mustahkamlashning samarali yo’lidir. Darhaqiqat, o’yin oxiridas bolalarni
taqdirlashni esdan chiqarmaslik kerak. Shunda bolalar yanada ishtiyoq bilan faol
ishtirok etadilar. Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tillarini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
6
o’qitishda o‘yin faoliyatlaridan foydalanish bolalarning dars mashg’ulotlarini
muvoffaqiyatli o‘zlashtirishga ko’mak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Iskandarova, N, SamDChTI, Sobirjonova, X, SamDChTI. Maktabgacha
ta’lim jarayonida xorijiy tillarni o’qitish metodikasi.
2.
Z. Nishanova, G. Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi.
0‘quv qo‘llanma. -Т.: 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi
nashriyoti, 2006. 37- b.
3.
Tog‘ayeva Charos Rasulovna ilmiy rahbar, Iskandarova Nilufar Toxirovna
(2023). Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o’rganishda o’yin faoliyati.
4.
Jalolov J. Chet til o’qitish metodikasi, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti,
1996.