https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
386
aMAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHDA
O’YIN METODLARINING O’RNI
Matqosimova Mohira Erkinbek qizi
ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti Kafedrasi o’qituvchisi
Sultonaliyeva Mushtariy Ergashali qizi
ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti
talabasi
Sultonaliyevamushtariybonu@gmail.com
Annotatsiya:Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini
o‘rgatishda o‘yin metodlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Turli xil o‘yin
turlari, ularning o‘quvchilarga ta’siri hamda o‘qituvchi roliga to‘xtalib o‘tilgan.
Tadqiqotda o‘yin metodlarining bolalarning psixologik va til o‘zlashtirish
xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan va amaliy tavsiyalar
berilgan.
Kalit so‘zlar;maktabgacha yosh, chet tili, o‘yin metodlari, leksik o‘yinlar,
harakatli o‘yinlar, rol o‘yinlari, motivatsiya, til o‘rganish, pedagogika, ta’lim
texnologiyalari
O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyatidir. O’yin bu
bolani o’zini va atrofidagi dunyoni o’rganishga undashning tabiiy usuli
hisoblanadi. Shunday ekan bolaga chet tili o’rgatishda ham bu usul samarali
hisoblanadi. Bolaga o’rgatgan har bir mavzuga oid o’yinlar bilan so’zlarni eslab
qolish va esga tushirishga, darsni qiziqarli tashkil etishga hamda bolani bolaligidan
ayirmagan holda o’z maqsadimizga erishish imkonini beradi. «Show me», «Give
me», «Last Man Standing», «Famous», «Broken phone» kabi o’yinlar orqali bola
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
387
atrofidagi predmedlarni qanday nomlanishini osongina eslab qoladi, o’zini til
muhitida xis qila boshlaydi va shu tilda fikrlab, qaror qabul qilishi osonlashib,
o’ziga bo’lgan ishonchi oshib boradi. Odatiy takrorlash usulidan farqli ravishda
o’yin usulida bola zerikib qolmaydi. Bolaga hozirgi zamon til o’rgatish talablariga
mutanosib ravishda so’zlarni tinglab tushunish, to’g’ri talaffuz qilis va gap
tuzilishini koidalarsiz soddagina ko’nikmalar hosil qilish yo’li bilan o’rgatishimiz
mumkin. Har bir o’yinning o’ziga xos xususiyatlari va o’yin qoidalari mavjud.
Masalan: «Show me» o’yinini o’ynashda bizga rasmlar kerak bo’ladi. Rasmlarni
xona devorlari bo’ylab joylashtramiz (rasmlar ko’zga ko’rinarli xajmda bo’lishiga
e’tibor bering). Bolalarga biror rasmdagi narsaning inglizcha nomini aytganimizda
bolalar yugurib borib shu rasmni ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Kim birinchi bo’lib
ko’rsatganini ballar bilan belgilab boramiz va o’yin oxirida esa eng ko’p bal
to’plagan ishtirokchi g’olb bo’ladi. «Give me» o’yinida esa o’yinchoqlardan
foydalanamiz. Bolalar ikki guruhga bo’linishadi va ulardan 10-15 qadam
uzoqlikdagi stolga o’yinchoqlarni teramiz. Har bir guruxdan bittadan ishtirokchi
o’yinchoqlardan birini nomini aytganimizda (Give me ball! Give me spoon! kabi)
stol oldiga kelib shu narsani bizga olib beradi. Qaysi ishtirokchi topshiriqni
birinchi bo’lib bajarsa, o’z joyiga bir bal bilan qaytadi. O’yin oxirida ballar
xisoblanib eng ko’p bal to’plagan jamoa g’olib bo’ladi. «Lats Man Standing»
(oxirgi qolgan odam): Bizga koptokcha kerak bo’ladi. Bolalar doira shaklida turib
olishlari kerak. Biror mavzu tanlab olinadi va bolalar shu mavzuga oid so’zlarni
eslay boshlaydi. Masalan «Food» mavzusini oladigan bo’lsak, biror o’quvchiga
to’pni uloqtirish orqali o’yin boshlanadi. O’sha o’quvchi mavzuga oid inglizcha
so’z aytadi va to’pni keyingi o’quvchiga uloqtiradi. To’pni qabul qilgan har bir
o’quvchi shu mavzuga oid so’z aytishi kerak bo’ladi. Agar ular aytilgan so’zni
qayta aytsa, yoki so’z topa olmasa, ular o’yindan chiqadi. Yuqoridagi o’yinlar
orqali bola xotirasi bilan ishlasak «Broken phone» orqali esa eshitish va to’g’ri
talaffuz qilish qobilyatlarini o’stirishimiz mumkin. Bu o’yinni o’ynash uchun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
388
bolalar yumaloq stol atrofiga o’tirib olishadi va o’qituvchi bir bola qulog’iga bir
ingizcha so’zni aytadi, o’quvchilar eshitgan so’zlarini bir-bshrining qulog’iga
galma-gal aytishadi.So'ng eng soʻnggi ishtirokchidan boshlab eshitgan so’zini
birma bir aytishadi. Kimdan xatolik boshlangan bo’lsa, shu ishtirokchi o’yinni tark
etadi. Oxirida qolgan ishtirokchi g’olib deb topiladi. «Famous» o’yini yordamida
esa grammatika va so’z qurilishini mustahkamlashimiz mumkin bo’ladi. Bu
o’yinni o’ynash uchun bizga mavzuga doir kartochkalar kerak bo’ladi. Bu
o’yinning maqsadi “Wh”-so’roq shaklini faollashtirish. Buning uchun bir o’yinchi
tanlanadi yoki xohishi bilin chiqadi. O’quvchi kartochkalardan birini tanlaydi va
unda yozilgan so’z “famous” ning nomi yoziladi (masalan doctor, teacher yoki
flower istalgan inglizcha so’z) Qolgan o’yinchilar esa “Wh”- so’roq shaklida
famous ning shaxsiyatiga tegishli har xil savol berishi kerak. Savol-javoblarga
asoslanib “famous” ning nomini topgan o’quvchi “famous” ni o’rnini egallaydi.
Bu o’yinlarning barchasi bolani fikrlashga, qaror qabul qilishga va chet tiliga
bo’lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Bolaga grammatikani o’rgatishda
tayyor gaplardan foydalanish o’z samarasini beradi. Bunda esa «Welcome»
o’yinidan foydalanishimiz mumkin. «Welcome» o’yinida ma’lum mavzuga oid
dialoglardan foydalanib o’quvchilarga rollarni bo’lib beramiz va sahna ko’rinishi
tashkil kilamiz. Bunda bilan bolalar “to be”, “can”, “may”, “how many”
mavzularini yaxshi o’zlashtirishlariga yordam bera olamiz.
Albatta bu o’yinlarni bolalarning yoshiga, darsning mavzu va maqsadidan
kelib chiqib tanlab olamiz. O’yinni har safar darsning boshqa qismlarida
tashkillashtirishimiz mumkin. Darsning boshida, o’rtasida yoki so’ngida. Masalan,
darsning boshlanishida o’yin o’ynash bolalarni til muhitiga olib kirsa, darsning
o’rtasida o’ynalgan o’yin dars jarayoniga yanada jo’shqinlik beradi, bundan
tashqari darsning so’ngi daqiqalarida o’ynab olingan bilimlarni
mustahkamlashning samarali usulidir. Albatta o’yin yakunida bolalarni
rag’batlantirishni unitmaslik kerak. Shunda bolalar yanada qiziqish bilan faol
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
389
ishtirok etadilar. . Chet tili mashg‘ulotlarini o’tkazishning o’yin shakli til
ko’nikmalarini va nutq qobiliyatlarini o’zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi
.O’yin faoliyatidagi bolalarning o‘z imkoniyatlariga ishonch ortadi va chet tilida
nutq uchun turtki bo‘ladi.Chet tilini o‘qitish o’yin faoliyati ta’lim faoliyati bilan
chambarchas bog’liqdir.Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga chet tilini
o‘qilishda quyidagi òyinlarni tavsiya qilishimiz mumkin.
1.Rolli o‘yinlar 2. Raqobatlashib o‘yinlar.
3. Musiqaviy o‘yinlar. 4. Ijodiy o‘yinlar.
Rolli oyin-bog’cha yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyatidir.Rolli o’yin
mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib,ular bunday o’yinda
go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita
bajaradilar.Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlardan
ijtimoiy muhitvoqealari,oilaviy turmush hodisalari,shaxslararo munosabatlarni
umumlashtirilgan holda aks ettirishga harakat qiladilar.Bolalar kattalarning
turmush tarzi,his-tuyg’u,o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini,o’ziga
va o’zgalarga,atrof-muhitga munosabatlarini yaqqol voqealik tarzida ijro etishi
uchun turli o’yinchoqlardan,shuningdek,ularning vasifasini o’tovchi narsalardan
ham foydalaniladi.Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki,ijtimoiy va maishiy
voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdanidan
emas,balki turmush tajribasining orttishi,tasavvur obrazlarining kengayishi
natijasida vujudga keladi,mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga
qarab takomillashib boradi.Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur
omillardan biri bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar bilan solishtirish,undan nusxa
olish,aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir.Xuddi shu sababli kattalar
va ularning xatti-harakatlari bolaning ham tashki,ham ichki ibrat namunasi bo’ladi
va kattalar uning xulq-atvori,yurish-turishining ham ob’ekti,ham sub’ekti
hisoblanadi Bolaning ongida uni qurshab turgan voqealik to’g’risidagi xilma-xil
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
390
o’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharotlar tadqiq qilgan N.M Aksarning
ta’kidlashicha,o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi,buning uchun kamida uchta
sharoit bo’lishi lozim:
A)tassurotlar tarkib topishi
B)Har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining
muhayyoyiligi;
V) Bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.Bunda
kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
D.B. Elkonin o ‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning
mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha o’yinda bola kattalar
faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil
qiladi.A.Р.
Usovaning
tadqiqotlarida
ta’kidlanishicha,
rolli
o‘yin
ishtirokchilarining safi yosh ulg‘ayishiga qarab, jinsiy tofovutlaiga binoan
kengayib boradi:
a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o‘ynay
oladilar;
b) 4-5 yoshlilar guruhi 2-3 tadan ishtirokchidan iborat bo‘lib,ulaming
hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o‘yin davomida qatnashchilar
soni ham ortib boradi:
v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jamoa bo‘lib birga o‘ynash
istagi vujudga keladi, natijada awal rollar taqsimlanadi, o‘yinning qoidalari va
shartlari tushuntiriladi (o‘yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq
nazorat qiladilar).Eng sodda psbcik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha
hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta ro‘l o‘ynaydi.
Bog‘cha yosh davrida harakatning o‘sishida o ‘yinning ta’siri haqida gap borganda,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
391
awalo, shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur
yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-
sharoitlar yaratadi.Ikkinchidan, o‘yin bola harakatiga ta’sir etishining sababi va
xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin payti
emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan,o‘yinning
keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlami
vujudga keltiradi. Shu boisdan o‘yin faoliyatiwww.ziyouz.com kutubxonasi xatti-
harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil
maqsadga aylanadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq
so‘zlami eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy
xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig‘ilgan
ma’lumotlami tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:
a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va ijro etish jarayoni bir talay
axborotlami eslab qolishni talab qiladi;
b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti harakatini
takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga
oshadi. o‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning
xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda o ‘z xulqini
boshqarish ko’nikmalarini tarkib toptirish bilan bog‘liq psixologik muammoni
o’rgangan Z.V. Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan
mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘nikmalarini oldinroq va osonroq egallash
mumkin. Ayniqsa, bu omil bog‘cha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining
yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshidagi bolalaida o‘z xulqini o‘zi
boshqarish konikmasi o ‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb
baravarlashadi. Ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida oldindagiga
qaiaganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi
mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z hulqini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
392
boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deyish
mumkin.Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish
kerakki, narsalami yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib
chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy
narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan
jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarining moddiy
shaklidan birdaniga ulaming xayoliy ko‘rinishiga o‘tishida uning uchun tayanch
nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi
narsalaming u aksariyatidan o‘yinda bevosita ob’ekt sifatida foydalanadi. o ‘yin
faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlami aks ettiruvchi sifatida emas, balki
ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek
tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘Uq o‘yin harakatlarining
takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilami qisqartirish va
umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. o ‘yin harakatlarining qisqarishi va
umumlashuvi ko‘rinishidagi mantiqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini
tashkil qiladi. Psixolog J. Piaje o ‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy
e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi,
degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri
yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan
bolada tarakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir.
Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o ‘yin harakatlarining xususiyatini
o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. darhaqiqat, o ‘yin
faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati
namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida
bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy
kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb
etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida
maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlaming yaqqol
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
393
shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon
uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini
shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni
bajarish bolaning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘liq holda
namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila
boradi, bular boshqa narsalaming tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli
hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi.
Lug‘at o‘yinlari: Ingliz tilida yangi so‘zlarni o‘rgatish uchun lug‘at o‘yinlari
samarali hisoblanadi. Ushbu o‘yinlar orqali bolalar yangi so‘zlarni osongina
o‘rganadi va eslab qoladi.Memory Game” yoki “Matching Pairs”. Bu o‘yinlarda
o‘quvchilar turli kartochkalardagi so‘zlar va ularning tasvirlarini yoki tarjimalarini
moslashtiradilar. Masalan, “dog” so‘zini uning rasmi bilan yoki tarjimasi bilan
moslash orqali yodlaydilar. Natijalar: Lug‘at o‘yinlari orqali bolalar yangi so‘zlarni
osongina eslab qoladilar va ularni tez-tez qayta ishlatishga undaydi. Natijada
o‘quvchilar lug‘at boyligini kengaytiradilar va yangi so‘zlarni faol ravishda
qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interaktiv o‘yinlar: Masalan, "Simon Says"
yoki "Memory Game" kabi o‘yinlar bolalarning e'tiborini va eslab qolish
qobiliyatini rivojlantiradi. Simon Says” o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi bolalarga
“Simon says: Touch your nose” kabi ko‘rsatmalar beradi va bolalar harakatlar
orqali so‘zlarni anglashadi va yodlaydilar. Natijalar: Interaktiv o‘yinlar orqali
bolalar tinglash va harakat qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni rivojlantiradilar. “Simon
Says” o‘yini orqali ular o‘zlari eshitgan so‘zlarni tanib olishni va tezkor reaksiya
qilishni o‘rganadilar. Bu o‘yin e’tiborni jamlash va tushunganini amaliyotda
qo‘llashni kuchaytiradi .3. O‘yinlarning til qobiliyatlariga ta’siri: Tinglash:
Tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun hikoya aytish o‘yinlari foydali. Bu
o‘yinlar bolalarning diqqatini jamlashga yordam beradi va ularda tinglab tushunish
ko`nikmasini oshirishda asosiy vazifani bajaradi. Gapirish: Dialog va munozaraga
asoslangan o‘yinlar o‘quvchilarga o‘z fikrlarini ochiq ifodalashga yordam beradi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
394
va ularda tanqidiy fikrlash ko`nikmasini oshirishga yordam beradi. Chet til
metodikasi ilmida o‘quvchining ichki kechinmalari (emotsiyasi) va ichki turtkisi
(motivatsiyasi)ni ro‘yobga chiqarish muhim ekanligi nazariy asoslab berilgan.
Oqibatda chet til o‘rganish motivatsiyasi oshadi, o ‘quv jarayoni tolaqonli mazmuni
kasb etadi. Shularning barchasi chet til dasturida rivojlantiruvchi maqsadning o ‘rin
egallashiga sabab bo‘ldi.o‘quv dasturining uqtirish xaqida, chet til o ‘qitishning
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari tilni amaliy egallash chog‘ida
uyg‘unlashgan holda yuzaga chiqadi, deb bejiz ta’kidlanmagan.O ‘quvchilaming o
‘quv faoliyatida ko'nikm a va malakalarning hosil bo‘lish darajasiga ko‘ra
shaxsning ijtimoiy faolligi aniqlanadi. Ta’limshunoslik ilmida o‘quv ko‘nikma va
malakalarining to‘rtta toifasi tasnif etiladi. Ular tashkiliy, aqliy, axborot va muloqot
o ‘quv ko‘nikma va malakalari deb atalishi mumkin. Multfilmlar. Bolalar til
o'rganish
mobaynida
multfilmdagi
gaplarni
tushunmasada,
multfilm
qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga
intiladi. Musiqaviy o‘yin an'anaviy o’yinlardan farq qiladi. Masalan sheriklar
tanlovi bilan raqsga tushadigan o‘yinlar bo‘lib, bu muloqot qobiliyatlarini
o’zlashtirishga emas balki fonetik jihatlarini yaxshilayabti.Til bolalar ruhiyatida
botish uchun bu o‘yin turi yordam beradi.Musiqaviy o‘yin turida-bolalarga ritmik
musiqalar qo‘yib berilishi ham mumkin. Bu bolalarga musiqa so’zlarini ritmga xos
tarzda oson yod olishga yordam beradi. Albatta bu o’yinlarni bolalarning yoshiga,
darsning mavzu va maqsadidan kelib chiqib tanlab olamiz. O’yinni har safar
darsning boshqa qismlarida tashkillashtirishimiz mumkin. Darsning boshida,
o’rtasida yoki so’ngida. Masalan, darsning boshlanishida o’yin o’ynash bolalarni
til muhitiga olib kirsa, darsning o’rtasida o’ynalgan o’yin dars jarayoniga yanada
jo’shqinlik beradi, bundan tashqari darsning so’ngi daqiqalarida o’ynab olingan
bilimlarni mustahkamlashning samarali usulidir. Albatta o’yin yakunida bolalarni
rag’batlantirishni unitmaslik kerak.Shunda bolalar yanada qiziqish bilan faol
ishtirok etadilar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
395
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Hoshimov O’, Yaqubov I. Ingliz tili o’qitish metodikasi, Toshkent, “Sharq”
nashriyoti, 2003.
PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS 2024 Australia, Melbourne
46
2.Jalolov J. Chet til o’qitish metodikasi, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti,
1996.
3.Pinter A. Teaching Young language Learners. Oxford university Press,
2015.
4. Agzamova D.B. English teaching methodology. Tashkent.: Barkamol fayz
mediya, 2016.
a