“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
660
BA’ZI SIDERAT O‘SIMLIKLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Mutalibov Abduraxmon To‘lqinjon o‘g‘li magistrant
abdurahmon9803@gmail.com
Tuxtaboyeva Feruza Muratovna professor
feruzatoxtaboyeva1971@gmail.com
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li o‘qituvchisi
ibroximismoilov05@gmail.com
Andijon davlat universiteti Genetika va biotexnologiya kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15588591
Annotatsiya:
Ushbu maqola orqali siderat o‘simliklarning ahamiyati va tuproq unumdorligiga
hissasi, tuproqning tuzulishini va xossalariga ta’sirini, yil davomida siderat o‘simliklar ekish
natijasida olinadigan foyda haqida ma’lumot berilgan. Ekin ekiladigan dalalarda yil davomida yem-
xashak va don ekinlarini doimiy ekish tuproqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi – foydali minerallar zaxiralari
tugaydi va yer unumdorligi yo‘qoladi. Sideratlar ekish bu mikroelementlar bilan tuproqni boyitish,
natijada tuproqni tabiiy ravishda yuqori unumdorligini ta’minlashga, asosiy ekiladigan ekinlarning
kurtaklarini zararkunandalardan himoya qilishga, shuningdek, tuproqni yumshatishga va uni zararli
mikroorganizmlardan himoya qilishga va tozalashga yordam beradigan o‘simlikning ma’lum turlari
haqida batafsil bayon etiladi.
Kalit so‘zlar:
Universal siderat, o‘sish, agrofon.
Аннотация
:
В
статье
представлена
информация
о
важности
сидеральных
культур
и
их
вкладе
в
плодородие
почвы
,
их
влиянии
на
структуру
и
свойства
почвы
,
а
также
о
преимуществах
выращивания
сидеральных
культур
в
течение
всего
года
.
Непрерывный
посев
кормовых
и
зерновых
культур
на
пахотных
полях
в
течение
всего
года
оказывает
негативное
воздействие
на
почву
—
истощает
запасы
полезных
минералов
и
снижает
плодородие
почвы
.
Посадка
сидератов
–
это
подробное
описание
отдельных
видов
растений
,
которые
обогащают
почву
микроэлементами
,
тем
самым
обеспечивая
естественное
высокое
плодородие
почвы
,
защищая
всходы
основных
культур
от
вредителей
,
а
также
способствуя
разрыхлению
почвы
и
ее
защите
и
очищению
от
вредных
микроорганизмов
.
Ключевые
слова
:
Универсальный
сидерат
,
рост
,
агрономия
.
Abstract:
The article provides information on the importance of green manure crops and their
contribution to soil fertility, their impact on soil structure and properties, and the benefits of growing
green manure crops throughout the year. Continuous sowing of forage and grain crops on arable fields
throughout the year has a negative impact on the soil - it depletes the reserves of useful minerals and
reduces soil fertility. Planting green manure is a detailed description of individual plant species that
enrich the soil with microelements, thereby ensuring natural high soil fertility, protecting seedlings
of the main crops from pests, and also contributing to the loosening of the soil and its protection and
purification from harmful microorganisms.
Key words:
Universal green manure, growth, agronomy.
Bugungi kunga kelib nafaqat qishloq xo‘jaligida balki asosan shahar xo‘jaligida keng miqyosda
almashilib ekish orqali foydalanib kelishmoqda. Bunga sabab sideratlar tabiiy va shahar muhiti ya’ni
agroolami uchun juda zarur bo‘lgan yangi o‘simlik moddasiga aylanib ulgurgan. Siderat urug‘larining
katta afzalliklarga ega – ular bahor yoki kuzda ekilgan bo‘lishi mumkun, ular sovuqqa yaxshi toqat
qiladigan va har qanday sharoitda yaxshi unib chiqadilar. Ulardan foydalanish qisqa vaqt ichida ozuqa
moddalarining muvozanatini tiklashi va keyingi ekinlar uchun yetarli miqdorda organik birikmalar
bilan ta’minlashi mumkin. Sideratlar tuproq unumdorligini ta’minlovchi tabiiy o‘g‘itlar hisoblanadi.
Tuproq unumdorligini oshirish nuqtai nazaridan sideratlar yetishtirish bu yanada samarali usul
hisoblanadi. Sideratlar tuproq xususiyatiga va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ko‘p qirrali
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sideratlar birinchi navbatda tuproqni azot va organik moddalar bilan boyitadi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
661
Ko‘pincha har gektar ekin maydonlariga 150-200 kg azot bo‘lgan 35-45 tonna organik moddalar
haydaladi. Tuproqqa siderat qo‘shilsa, nafaqat azot, balki boshqa oziq moddalar ham to‘planadi.
Sideratlar tuproqda chirindiga boy masalan; somon yoki yog‘och qoldiqlari va boshqa organik
o‘g‘itlarga qaraganda tezroq parchalanadi. Ular tuproqning kislotaliligini biroz pasaytiradi, alyuminiy
harakatchanligini pasaytiradi, buferlash va assimilyatsiya qobilyatini oshiradi. O‘simliklarning yashil
massasini haydashda tuproq tuzulishi yaxshilanadi, haydaladigan qatlamning massa zichligi va
tuproq zichligi pasayadi. Bu juda muhum, chunki bu holatda haydaladigan tuproq qatlamini og‘ir
qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan siqishning salbiy oqibatlari bartaraf etiladi [1, 2].
Sideratlarda shudgorlash natijasida tuproqning suv o‘tkazuvchanligi va namlik sig‘imi sezilarli
darajada oshadi, buning natijasida yog‘ingarchilik vaqtida suvning yer ustida oqimi kamayib,
tuproqqa singish natijasida namlik keskin ortadi. Tuproqda esa foydali mikroorganizmlarning hayotiy
faoliyati keskin yaxshilanadi. Sideratlarning o‘sishi va rivojlanish davrida tuproqdagi mikrobiologik
jarayonlar sezilarli darajada kuchayadi va sideratlar bilan yer haydalgandan keyin tuproq mikroflorasi
uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratiladi. Buning sababi shundaki, ular tuproqni chirindi, azot, fosfor
va mikrofloraning rivojlanishi va o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan boshqa makro – va
mikroelementlar bilan boyitadi. Barcha sideratlar boshqa organik o‘g‘itlarni qo‘llash samaradorligini
oshiradi.
Sideratlar ichida Dukkaklilar tuproqni azot bilan boyitadi, chunki ular atmosfera azotini
o‘zlashtirish qobilyatiga ega. Sideratlar – o‘z iqlim sharoiti va qaysi tuproqqa moslashuvchan
ekanligiga ko‘ra ularni ekin maydoniga ekadilar.
1. Yengil tuproqlarda – serradella, yem-hashak, sariq lupin va oq xantal ekiladi.
2. O‘rta zichlikka ega tuproqlarda – kungaboqar, no‘xat, dala loviya va ko‘k lupin ekiladi.
3. Yopishqoq tuproqli dalalarda – kungaboqar, loviya va vetch ekish tavsiya etiladi.
4. Oq xantal va faseliya har qanday turdagi tuproqqa sepilishi mumkun bo‘lgan universal siderat
hisoblanadi.
Sideratlar xavfsiz yashil o‘g‘itlardir. Dalani muzlashdan himoya qilish uchun ularni kesish va
sirtda qoldirish yoki ko‘mib, ozuqa moddalari bilan boyitish mumkin. Natijada o‘simlikning qolib
ketgan ildizlarini chiritib ular tuproqning tuzulishini yaxshilaydi.
Bundan tashqari Sideratlarning foydasi bo‘lganidek, kamchiliklari xam mavjud: Ba’zi
sideratlar parazitlarni tashuvchisi. (xantal –burga qo‘ng‘izlar, kolza – nematodalar, javdar – simli
qurtlar): Zich (bir-biriga yaqin) ekilganda, sideratlar juda ko‘p azot chiqaradi, bu asosiy ekinlarning
gullashi va meva berishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi: Sideratlardan keyin bir xil oilaga tegishli asosiy
ekinlarni ekmaslik kerak ular bir xil kasallik va zararkunandalarga ega: Sideratlar ekishda birinchi
yilda asosiy ekinlarda hosildorlik kam bo‘lishi kuzatilishi mumkun - yani bunda tuproqqa sideratlar
ekilgandan keyin bir muncha vaqt kerak bo‘ladi ya‘ni bu tabiiy holatdir. Natijada hosilning biroz
pasayishi va begona o‘tlar ko‘payish jarayonlari kuzatilib turadi.
Ba’zi Siderat ekin turlari haqida va ularning mavsumga va tuproq turiga moslashishi:
Dukkaklilar – ular tuproqni sabzovot va o‘tlarni yetishtirish uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdorda azot
bilan to‘ydiradi va begona o‘tlarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Donli ekinlar – bu turdagi
o‘simliklarda ko‘p miqdorda ozuqa moddalar, oqsillar va kaliy mavjud. Donlar tuproqni yumshatadi
va siqilishini oldini oladi. Ular tez o‘sadi va juda ko‘p organik moddalar ishlab chiqaradi [3, 4].
Javdar - qo‘ziqorin patagenlarini yo‘q qiladi va begona o‘tlarni nazorat qilishga yordam beradi.
Yulaf – kaliyga boy bo‘lib, ular pomidor, qalampir va baqlajon uchun ajoyib kashshof qiladi.U
begona o‘tlar va ildiz chirishi patagenlarini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Arpa – tezda yashil massaga ega bo‘lib, tuproqni yaxshi holatga keltiradi.O‘simlik
qurg‘oqchilikka chidamli, shuning uchun uni namlik yetarli bo‘lmagan hududlarda ekish ko‘proq
foyda beradi.
Grechka (Karabugday) kabi sideratni bahor yoki kuzda, birinchi sovuqdan bir yarim oy oldin
ekish kerak. U har qanday tuproqda o‘sadi, tuproqni yaxshi yumshatadi va kislotaliligini pasaytiradi.
Karabugday juda ko‘p organik moddalarni hosil qiladi va tuproqni fosfor va kaliy bilan boyitadi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
662
Amarant tuproqning foydali mikroorgnizmlari bilan to‘ydiradi. O‘simlik sovuqqa kasallikga va
zararkunandalar chidamli. Amarant qurg‘oqchilikka bardoshli o‘simlik bo‘lib, hatto sho‘r
botqoqlarda ham o‘sadi. Ildizlari 2 m chuqurlikka kirib, ularni yaxshi yumshatadi va strukturasini
yaxshilaydi. Tuproqni sho‘rlanishdan himoya qiladi.
Xulosa:
Siderat o‘simliklari – bu yer unumdorligini tiklash va uni uzoq muddat saqlab
qolishning ekologik toza, iqtisodiy jihatdan samarali usulidir. Ular tuproqni azot, organik moddalar
va boshqa foydali elementlar bilan boyitadi, tuzilishini yaxshilaydi, mikroflorasini sog‘lomlashtiradi
hamda zararkunanda va kasalliklar xavfini kamaytiradi. Sideratlarning to‘g‘ri tanlanishi va ekish
texnologiyasiga rioya qilinishi kelgusida asosiy ekinlar uchun mustahkam agrofon yaratadi. Garchi
ularning ayrim kamchiliklari mavjud bo‘lsada, ular agrosanoatda tuproqni barqaror unumdorligini
ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1. Kashtanov A.N, Zaslavskiy M.N. - Tuproq va suvni saqlash qishloq xo‘jaligi (1984
)
2.
Сидератные
растения
–
виды
использования
. //
Газон
.
Масква
// 2025
3.
Ярослав
С
.
Растение
сидерати
что
ето
какие
видя
бявают
кагда
и
как
сает
.
Р
o
ссия
2025
4. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy sayti. O‘simliklar haqida
ma‘lumotlardan foydalanilgan. // 2025-yil
5. www.agro.uz
6. www.kp.ru
7. www.wikiwand.com
