Mualliflar

  • Feruza Tuxtaboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • Ibroximjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Sevara Xakimova
    Andijon davlat universiteti
  • Xilola Xusanboyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58518

Kalit so‘zlar:

tanidlar lignin gallotaninlar kotanidlar

Annotasiya

Ushbu maqola oshlovchi moddalarining xususiyatlari, olinish usullari, qaysi o‘simliklarda oshlovchi moddalar borligi, o‘quv labaratoriyalarda oshlovchi moddalarga xos sifat reaksiyalarini tajriba asosida yoritib berilgan.          


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

3

Universaljurnal.uz

Tuxtaboyeva Feruza Muratovna.,

Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li.,

Xakimova Sevara Umarali qizi.,

Xusanboyeva Xilola Hamidullo qizi.

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan


LABORATORIYA O‘QUV MASHG‘ULOT DARSLARIDA OSHLOVCHI

MODDALARNI ANIQLASHGA OID

Abstract:

This article discusses the properties of tannins, methods of their extraction, which plants

contain tannins, and qualitative reactions to tannins in educational laboratories based on experiments.

Keywords:

tannins, lignin, gallotannins, cotanides.

Annotatsiya:

Ushbu maqola oshlovchi moddalarining xususiyatlari, olinish usullari, qaysi o‘simliklarda

oshlovchi moddalar borligi, o‘quv labaratoriyalarda oshlovchi moddalarga xos sifat reaksiyalarini tajriba asosida

yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

tanidlar, lignin, gallotaninlar, kotanidlar.

Аннотация:

В данной статье на основе опыта описаны свойства пищевых добавок, способы

производства, какие растения содержат пищевые добавки, качественные реакции, характерные для пищевых

добавок, в учебных лабораториях на основе опыта.

Ключевые слова:

таниды, лигнин, галлотаннины, котаниды.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 02.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

4

Language:

Uzbek

Citation:

Tukhtaboyeva , F., Ismoilov , I., Khakimova , S., & Khusanboyeva , K. ON THE

DETERMINATION OF SOLVENTS IN LABORATORY TRAINING CLASSES. Universal International

Scientific Journal, 1(9), 3–7. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1198

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14293364

Kirish

O‘simliklar tarkibidagi oshlovchi moddalar -

fenollarning hosilalari: Hayvonlarning xom

terisini oshlash xususiyatiga ega va ko‘p atomli

fenollar unumidan tashkil topgan hamda

o‘simliklardan olinadigan yuqori molekulali

zaharsiz

murakkab

organik

birikmalar

o‘simlikning oshlovchi moddalari tanidlar deb

ataladi. Tanidlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib,

ayniqsa ikki pallali o‘simliklar sinfiga kiruvchi

oilalarda, masalan, ra’noguldoshlar – Rosaceae,

dukkakdoshlar – Fabaceae, qoraqatdoshlar –

Saxifragaceae, torondoshlar Polygonaceae,

toldoshlar – Salicaceae, qoraqayindoshlar –

Fagaceae, pistadoshlar– Anacardiaceae va

boshqa oilalar vakillari tarkibida ko‘p uchraydi.

Tanidlar, ayniqsa g‘allalarda, o‘simliklarning

patologik o‘simtalarida ko‘p (ba’zan 70% dan

oshadi)

bo‘ladi.

Oshlovchi

moddalar

o‘simliklarning hamma organlarida to‘planishi

mumkin. Ular daraxt va butalar po‘stlog‘ida,

yog‘och qismida hamda ko‘p yillik o‘t

o‘simliklarning yer ostki organlarida ko‘p

bo‘ladi. Ba’zan tanidlar daraxt va butalar

bargida, mevasida, o‘t o‘simliklarning barcha

yer ustki qismida ham to‘planadi.

Oshlovchi moddalarning asosiy manbai bo‘lib

Rumex, Rheum, Polygonum kabi o‘simliklar

xizmat qiladi. Oshlovchi moddalar tuzilishiga

ko‘ra

xilma-xil

bo‘lib,

ikkita

katta

gidrolizlanuvchi hamda gidrolizlanmaydigan

guruhlarga bo‘linadi [1, 2, 3].

Ular tarkibidagi fenol halqalar tipiga va

ularning o‘zaro bog‘lanishiga qarab ikki

guruhga bo‘linadi.

1. Gidrolizlanadigan oshlovchi moddalar. Bular

kislota, ishqor va fermentlar ta’sirida oson

gidrolizlanib, uglevodlar glyukoza va gallat

kislota hosil qiladi.

2.

Gidrolizlanmaydigan

yoki

kondensirlanadigan oshlovchi moddalar. Bular

tarkibida oz miqdorda uglevodlar bo‘ladi,

mineral kislotalar ta’sirida erimaydigan amorf

birikmalar- flobafenlar hosil qiladi.

Lignin - o‘simliklar yog‘ochligining asosiy

tarkibiy qismi hisoblanadi. Ko‘p daraxtlar

yog‘ochlik qismining 22-35% lignindan iborat.

Yog‘ochlik

mineral

kislotalar

bilan

ishlanganda,

tarkibidagi

sellyuloza

bilan

gemitsellyuloza erib, ajralib chiqadi, lignin esa

o‘zgarmay qoladi. Lignin suvda, organik

erituvchilarda va kislotalarda erimaydi. Faqat


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

5

ishqorlar, bisulfit va sulfit kislotalar ta’sirida

qisman parchalanadi va eritmaga o‘tadi.

2-rasm.

Lignin moddasini kimyoviy tuzilishi.

Oshlovchi moddalarning biosintezi: Oshlovchi

moddalar asosan ikkita katta guruhdan –

gidrolizlanuvchi

va

kondensatsiyalanuvchi

tanidlardan tashkil topgan. Ular kimyoviy

tuzilishiga ko‘ra bir-biridan katta farq qiladi.

Shuning uchun oshlovchi moddalar bu ikkala

guruhining o‘simliklardagi biosintezi turli

yo‘llar bilan boradi. Gidrolizlanuvchi oshlovchi

moddalarning asosiy qismini oksibenzoat va

boshqa oksiaromatik karbon kislotalarning

qandlar, ko‘p atomli spirtlar va shunga o‘xshash

moddalar

bilan

hosil

qilgan

murakkab

birikmalari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda

o‘simliklar

to‘qimasidagi

aromatik

birikmalarning biosintezi shu jarayonning

oraliq moddasi bo‘lgan shikim kislota orqali

borishi to‘liq isbotlangan. Shuning uchun

gidrolizlanuvchi

oshlovchi

moddalar

biosintezidagi boshlang‘ich birikmalari bo‘lgan

oksibenzoat (n-oksibenzoat, protokatex va

gallat) kislotalar o‘simlik to‘qimasida shikim

kislota orqali uglevodlardan hosil bo‘lishi

mumkin.

Bu

murakkab

biosintezda

geksozalardan asosan glyukoza, fruktoza va

mannoza ishtirok etadi. Geksozalar avval

o‘zining enol shakllari orqali mezoinozitga

o‘tadi. Mezoinozit esa xin kislota orqali shikim

kislotaga aylanadi

O‘simlik to‘qimasidagi oshlovchi moddalar

biosintezi quyidagi uch davr o‘z ichiga oladi:

1. Oldin oshlovchi moddalarning tashkil

etuvchi eng oddiy komponentlari sifatida

polifenollar va polifenol karbon kislotalar hosil

bo‘ladi.

2. Keynichalik ular qandlar bilan birikadi

yoki kondensatsiya va boshqa o‘zgarishlar

orqali

tanidlarning

yuqori

molekulali

birikmalariga hamda murakkab mahsulotlarga

aylanadi.

3. Oxirida yana ham murakkab va suvda

erimaydigan oshlovchi moddalar hosil bo‘ladi.

Oshlovchi moddalarning fizik va kimyoviy

xossalari: O‘simliklardan ajratib olingan

oshlovchi moddalar tanidlarning bir qancha

formalari aralashmasidan iborat, shu sababli

ular amorf kukun (poroshok) holida bo‘ladi. Sof

holda ajratib olingan ba’zi komponentlar

(masalan, katexinlar) esa kristall holda bo‘ladi.

Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtda va

sirka kislotaning etil efirda yaxshi, boshqa

organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

6

erimaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi

eritmasi och qo‘ng‘ir rangli, hidsiz va

burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga

ega bo‘lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan

oshlovchi moddalarni oqsil modda, og‘ir

metallarning

tuzlari,

alkaloidlar

va

glikozidlarning

eritmalari

yordamida

cho‘ktirish mumkin. Tanidlar ko‘p atomli

fenollarning unumlari bo‘lib, boshqa fenollar

singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi

bilan rangli (qora-yashil va qora-ko‘k rangli)

cho‘kma hosil qiladi. Tanidlar havo kislorodi va

fermentlar ta’sirida oksidlanib, qo‘ng‘ir rangli

hamda sovuq suvda erimaydigan birikma –

flobafenlarga aylanadi.

Oshlovchi moddalarning kimyoviy tarkibi:

Turli

o‘simliklardan

olingan

oshlovchi

moddalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biridan

katta farq qiladi. Shunga qaramay, ularning

tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha

tanidlar molekulasida doimo bir nechta oksi

guruh (OH) saqlovchi benzol yadrosi bo‘ladi.

Boshqacha qilib aytganda, barcha oshlovchi

moddalar ko‘p atomli fenollar – polifenollar

unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruhlar

soni kamida ikkita, qator – o‘rta holatda

(pirokatexinga o‘xshash) yoki uchta bo‘lib,

qator vitsinal (pirogallolga o‘xshash) joylashadi

[4, 5].

Oshlovchi moddalarning sifat analizi: Analiz

uchun anorning 10 % li ajratmasi tayyorlanadi.

Buning uchun anor po‘stlog‘idan 2 gr olib,

chinni xovonchaga solinadi va etil spirtdan 10

ml quyib yaxshilab maydalanadi. Anor

po‘tlog‘i yanchilib suyuq holatga keltiriladi.

So‘ngra ajratma teng ikkita probirkaga teng

miqdorda quyiladi. Birinchi probirkadagi

ajratmaga alkaloid qo‘shilganda rangsiz

cho‘kma hosil bo‘ladi. Birinchi probirkadagi

ajratmaga

FeCl3

dan

bir

tomchi

qo‘shganimizda qora-yashil eritma hosil

bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Ikkinchi

probirkadagi ajratmaga esa jelatinni 0,1 gr ni

olib 9 ml suvda eritib olib qo‘shganimizda esa

rangsiz cho‘kma hosil bo‘ladi. Bu reaksiya

orqali anor tarkibida ham oshlovchi moddalar

borligini aniqlash mumkin.

2-rasm.

Anor tarkibida oshlovchi moddalar

borligini aniqlash

Xulosa qilib aytilganda, oshlovchi moddalar va

tarkibida tanidlar bo‘lgan mahsulotlardan

tayyorlangan dorivor preparatlar tibbiyotda

me’da-ichak (ich ketishi, kolit), og‘iz va tomoq

shilliq qavatlarining yallig‘lanish (stomatit,


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

7

gingivit) kasalliklarini, teri kuyishi, surunkali

ekzema

hamda

yaralarni

davolashda

burishtiruvchi va bakteritsid vosita sifatida

hamda ichakdan qon oqishini to‘xtatish uchun

ishlatiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Abdikulov Z.U, Ablakulov N.A O‘simliklarning fiziologik faol moddalari Guliston-2021.

2. Kodirov N.D, Xasanova G.R Tarkibida oshlovchi moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va
mahsulotlar Samarqand-2023.

3. H.X.Xolmatov, O‘.A.Ahmedov Farmakogneziya Toshkent 2008.

4. Po‘latova T.P, Xolmatov H.X Farmokognoziya amaliyoti Toshkent 2002.

5. I.A.Sobirov Farmokognoziya Andijon 2023.

Bibliografik manbalar

Abdikulov Z.U, Ablakulov N.A O‘simliklarning fiziologik faol moddalari Guliston-2021.

Kodirov N.D, Xasanova G.R Tarkibida oshlovchi moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar Samarqand-2023.

H.X.Xolmatov, O‘.A.Ahmedov Farmakogneziya Toshkent 2008.

Po‘latova T.P, Xolmatov H.X Farmokognoziya amaliyoti Toshkent 2002.

I.A.Sobirov Farmokognoziya Andijon 2023.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Maftuna Hoshimova , Azizaxon Axmadjonova , NA’MATAK O‘SIMLIGINING BA’ZI FOYDALI XUSUSIYATLARI VA ORGANIZIMGA TA’SIRI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Mashxura Mukumjonova , Ruxshona Xamdamova , Zulxumor Rahmonova , XAYVON XUJAYRALARI GEN MUXANDISLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Zilola Mahmudojonova , Baxridil Oqyo’lova , FERMENTLARNI IMMOBILLASH: MOHIYATI, USULLARI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Nodira Rayimjonova , MOYCHECHAK (ROMASHKA) DORIVORLIGI VA ISHLATILISHI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Muhtasar Odasheva , Xoldarxon Obloberdiyeva , O‘SIMLIKLARDA NAFAS OLISH JARAYONINING ICHKI VA TASHQI OMILLARGA BOGʻLIQLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Rayhona Latipova , Saboxat Latifjonova , ODDIY BANGIDEVONA (DATURA STRAMONIUM) O‘SIMLIGINING XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Maxsudbek Olimov , Ollohberdi Ismoilov , TERPENLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Ibroximjon Ismoilov, Ruxshona Xamdamova , Gulshoda Temirova , FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI VA HOSILDORLIK , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Namuna Tursunaliyeva, Irodaxon Muhtorova , Ibroximjon Ismoilov, QULUPNAY OʻSIMLIGINING AHAMIYATI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Ominaxon Tojidinova , EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

1 2 3 > >>