225
REVIEWS
25. Anaesthesia 2021 Jun;76(6):818-831. doi: 10.1111/anae.15255. Epub 2020 Sep 27. / Conventional
landmark palpation vs. preprocedural ultrasound for neuraxial analgesia and anaesthesia in obstetrics - a sys-
tematic review and meta-analysis with trial sequential analyses \ B. Young, D. Onwochei, N. Desai / PMID:
32981051 / DOI: 10.1111/anae.15255
26. T Grau, R Conradi, E Martin, J Motsch / Ultrasound and local anaesthesia. Part III: ultrasound and
neuroaxial local anaesthesia / Meta-Analysis Anaesthesist. 2003 Jan;52(1):68-73. /Article in German.
27. Alvarado E, Leach J, Caré M, Mangano F, O Hara S. / Pediatric spinal ultrasound: neonatal and intra-
operative applications. Semin Ultrasound CT MR. 2017; 38:126–42.
28. Hari Kalagara, Harsha Nair, Sree Kolli, Gopal Thota & Vishal Uppal / Ultrasound Imaging of the Spine
for Central Neuraxial Blockade: a Technical Description and Evidence Update / Regional Anesthesia. 26 June
2021 pages326-339.
29. Elgueta MF, Duong S, Finlayson RJ, Tran DQ. / Ultrasonography for neuraxial blocks: a review of the
evidence. / Minerva Anestesiol. 2017; 83:512–23.
Ashurova G.Z.
1,2
, Satvaldiyeva E.A.
1,2
, Mamatqulov I.B.
1
, Tolipov M .G.
1
., Murtozayev S.B.
1
BOLALAR SEPSISIDA OQSIL-ENERGIYA YETISHMOVCHILIGINI NUTRITIV
DAVOLASH
1
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti;
2
Bolalar Milliy tibbiyot markazi
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bolalar
populyatsiyasida sepsis bilan kasallanish har yili
4,2 million bolani tashkil etadi, ulardan 3 milli-
oni yangi tug‘ilgan chaqaloqlardir. Neonatal sep-
sis sababli yuzaga kelgan o‘nta o‘limdan uchtasi
mikroblarga chidamli patogenlar sababli deb tax-
min qilinadi [1,2]. Sepsis kasalxonadan tashqari
va kasalxona ichi infeksiyalarining klinik ko‘rin-
ishi bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda nozokomial
sepsis patogenlarining etiologik tuzilishi ko‘pgina
yirik intensiv terapiya bo‘limlarda deyarli bir xil
bo‘lib qoldi. Ular patogenlar turining birinchi har-
flari bilan nomlanadilar: «no ESKAPE» (“chiqish
yo‘q”, escape – inglizcha. qochish) Enterococcus
faecium, Staphylococcus aures, Klebsiella pneu-
monia, Acinetobacter baumanni, Pseudomonas
aeruginosa, Enterobacter spp. Ushbu bakteri-
yalarning barchasi Pan-qarshilik fenomenin-
ing shakllanishi barobarida barcha qayd etilgan
antibiotiklarga qarshilikning kuchayishi bilan
tavsiflanadi, bu davolanishga klinik javobning
yetishmasligi va sepsis hamda septik shokning
tez rivojlanishiga olib keladigan yetakchi omil
hisoblanadi [3]. Yangi ta’rifga ko‘ra, sepsis-bu
organizmning infeksiyaga javobini boshqarish-
ning buzilishi natijasida yuzaga keladigan ichki
organlarning hayot uchun xavfli disfunksiyasi [4].
Bolalar populyatsiyasida sepsis yangi tug‘il-
gan chaqaloqlar, kasalxonaga yotqizilgan bemor-
lar va OIV / OITS hamda autoimmun kasalliklar-
ga chalinganlar kabi aholining zaif bo‘g‘inlarida
rivojlanishi ehtimoli ko‘proq [3]. Pediatrik рSO-
FA shkalasi (Pediatrik Sequential organ Failure
Assessment) bolalar infeksiyalarida organlarning
disfunksiyasi mezonlarini baholash uchun tobora
ko‘proq foydalanilmoqda. Ma’lumki, bakteremi-
ya sepsis tashxisi uchun majburiy ko‘rsatkich
emas va faqat 30-45% hollarda ijobiy bo’ladi [5].
Shu bilan birga, sepsisga shubha qilingan taqdirda
mikrobiologik monitoring diagnostik qidiruvning
ajralmas qismi hisoblanadi. SSC (Surviving Sep-
sis Campaign - 2012) ko‘rsatmalarida infeksion
bemorlar uchun empirik antibakterial terapiyani
(ABT) tayinlashda prokalsitonin (PCT) miqdorini
aniqlashni tavsiya qiladi. Shunday qilib, sepsisli
bolalarda PCT yordamida antibakterial davoni
guruhlarga ajratish bilan standart antibiotik tera-
piya (PCT<1,3 ng/ml), deeskalatsion ABT (PCT -
5,3 ng/ml) va PCT ≥10 ng / ml konsentratsiyasida
boyitilgan immunoglobulinlarni qo‘llash ABTni
optimallashtirishga imkon berdi [6-8].
Sepsis - bu individual o‘zgaruvchanlikka
ega bo‘lgan geterogen jarayon bo‘lib, uni tashx-
islash va davolashni murakkablashtiradi. Sepsis
ko‘p komponentli intensiv terapiya usullaridan
mikrobiologik monitoringga asoslangan ratsional
antibakterial terapiya, nafas olishni qo‘llab-quv-
vatlash (agar kerak bo‘lsa O‘SV), suv-elektrolit
va gemodinamik buzilishlar korreksiyasi, inotrop,
nutritiv, immun o‘rinbosar davo, ekstrakorporal
davolarni o‘z ichiga oladi. Bizning maqolam-
iz sepsis va xususan, bolalar sepsisida nutritiv
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sharhga bag‘ishlan-
gan.
226
ОБЗОРЫ
Gipermetabolizm-giperkatabolizm
sindromi
Sepsisda ko‘p organli disfunksiyan-
ing rivojlanishi gipermetabolizm-giperkatabo-
lizm sindromining namoyon bo‘lishi bilan birga
keladi. Ushbu sindromda energiya ehtiyojlarini
qoplash o‘z hujayralari va to‘qimalarining yo‘q
qilinishi (avtokannibalizm) tufayli yuzaga ke-
ladi, bu esa mavjud organ-tizimli disfunksiyani
kuchaytiradi. Metabolik jarayonlarning katabolik
turi kuchli oqsil-energetik yetishmovchiligining
rivojlanishi, ovqatlanishning buzilishi va orga-
nizmni zarur oziq moddalar bilan tabiiy ravishda
ta‘minlay olmaslik bilan birga keladi. Metabolik
buzilishlar kritik holatlarda poliorgan disfunksi-
yani rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi, buning
natijasida sun’iy terapevtik oziqlantirish intensiv
terapiyaning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda-
gi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichak yetish-
movchiligi sindromi kritik sharoitlarda poliorgan
yetishmovchilik sindromi patogenezining asosiy
bo‘g‘ini hisoblanadi [8,9]. Oshqozon-ichak trakti
motorikasining susayishi, og‘ir parez rivojlanishi,
hazm qilish buzilishi bilan ichak devoridagi qon
aylanishining o‘zgarishi, ichak to‘sig‘ining o‘tka-
zuvchanligini oshishi endotoksinlarning portal
yoki tizimli qon aylanish sistemasiga translo-
katsiyasiga yordam beradi [10,11]. Bakterial
translokatsiya sepsis va organ-tizimli disfunksiya
rivojlanishining muhim patogenetik bo‘g‘inidir.
Umuman olganda, ichak yetishmovchiligi sin-
dromi gipermetabolizm va poliorgan yetish-
movchilikni shakllanishi va saqlanishi uchun
yopiq xalqa hosil qiladi. Yuqori darajadagi me-
tabolik faollikka ega bo‘lgan ichakning o‘zi en-
dokrin, immun, metabolik va to‘siq funksiyalarini
saqlab qolishi uchun ozuqa moddalarini yetarli
darajada ta’minlashni talab qiladi [12-14].
Tanqidiy tibbiyot rivojlanishining ho-
zirgi bosqichida erta adekvat nutritiv qo‘llab-quv-
vatlash, oqsil-energiya almashinuvi buzilishlari
korreksiyasining eng samarali usullaridan biridir
[15]. Sepsisning kompleks intensiv terapiyasiga
enteral ovqatlanishni erta kiritish bakteriyalarning
ichakdan ko‘chirilishini, disbakteriozning rivojla-
nishini oldini oladi, shuningdek shilliq qavatning
himoya xususiyatlarini oshiradi, endotoksikoz
darajasini pasaytiradi. Og‘ir bemorlarda oqsil-en-
ergiya yetishmovchiligi to‘g‘risida turli xil ma‘lu-
motlar mavjud bo‘lsada, hozirgi vaqtda bolalar-
da gipermetabolizm-giperkatabolizm sindromini
erta tashxislash va adekvat korreksiyasi uchun
universal usullar ishlab chiqilmagan.
Adekvat tabiiy ovqatlanish imkoniyat-
idan mahrum bo‘lgan barcha sepsis bilan og‘rigan
bemorlarga, ularni tegishli substrat ta‘minoti bi-
lan taminlash siping, zond orqali yoki/va paren-
teral oziqlantirishni tayinlash mutlaq ko‘rsatkich
xisoblanadi. Bolalarda sepsis hamda septik shok-
ning diagnostik mezonlari o‘xshash [16], lekin
kattalar bilan bir xil emas va ular bolalar sepsisini
aniqlash bo‘yicha xalqaro konferensiyaning qa-
rorlariga asoslanadi, buni Surviving Sepsis Cam-
paign Gaydline[8] tasdiqlaydi.
SSC (Surviving Sepsis Campaign, 2012)
ning katta yoshdagi bemorlar uchun sepsis hamda
septik shokda nutritiv davolash bo‘yicha asosiy
tavsiyalari:
1. Sepsis yoki septik shok tashxisi
qo‘yilgandan keyin dastlabki 48 soat ichida
ochlik yoki tomir ichiga glyukozadan ko‘ra og‘iz
orqali yoki enteral oziqlantirishni (kerak bo‘lsa)
qo‘llash afzalroqdir (2C).
2. Past dozali oziqlantirishdan boshlash
kerak, faqat normal bardoshlik bilan hajmni ken-
gaytirish kerak (2B).
3. Sepsis/septik shok tashxisi qo’yil-
gandan keyingi birinchi haftada to‘liq parenter-
al oziqlantirish yoki aralash parenteral-enteral
oziqlanishdan ko‘ra enteral oziqlantirish (EO)
bilan birgalikda vena ichiga glyukozani qo‘llash
afzalroqdir (2B).
4. Immunomodulyatsion qo‘shimchalar-
siz terapevtik ovqatlanishdan foydalanish afzal-
roqdir.
Evropa nutritiologlarining (ESPEN) sepsisni
nutritiv qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalari
minimal va cheklangan:
1. Agar sepsis bilan og‘rigan bemorlarga
dastlabki uch kun davomida tabiiy ovqatlantirish
qiyin bo‘lsa, agar enteral oziqlantirishga(EO) qar-
shi ko‘rsatma bo‘lsa, ularga 24-48 soat davomida
parenteral oziqlantirish (PO) buyurilishi kerak.
2. Qo‘shimcha ikki kundan so‘ng, EO ni bel-
gilangandan kamroq qabul qiladigan bemorlarga
parenteral oziqlantirishni buyurish kerak.
POni erta qo‘shishdagi cheklovlar uning
“fiziologik bo‘lmaganligi”, yuqumli va trom-
boembolik asoratlarni rivojlanish xavfiga aso-
slanadi. Erta enteral ovqatlanishning asosiy ma-
qsadi – agressiv holatdan keyingi erta davrda
oshqozon-ichak traktining tarkibiy va funksional
buzilishlarini, birinchi navbatda o‘tkir ichak ye-
tishmovchiligi sindromini va shu bilan bog‘liq
bo‘lgan enterogen infeksion asoratlar va polior-
227
REVIEWS
gan disfunksiyani rivojlanish xavfini oldini olish-
dir.
Shunday qilib, enteral ovqatlanishning asosiy
vazifalari:
1. Oshqozon-ichak traktining motorikasini
saqlash, shilliq qavatning regenerativ jarayonla-
rini va ichakning baryer funksiyasini ta‘minlash.
2. Ingichka ichakning proksimal qismidan
shartli-patogen mikrofloraning yuqoriga ko‘taril-
ishini oldini olish.
3. Shartli-patogen ichak mikroflorasi va un-
ing toksinlarini qonga o‘tishining oldini olish va
minimallashtirish.
4. Ingichka ichakning gomeostatik funksiyasi
xavfsizligini ta‘minlash.
5. Ovqat hazm qilish jarayonlarini saqlash va
qo‘llab-quvvatlash.
Surviving Sepsis Campaign ko‘rsatmalari-
ga ko‘ra, samarali endogen oqsil sintezi uchun
umumiy azotning metabolik nisbatini saqlash
muhimdir.1 g azotdan 110-130 kkal. Uglevodlar-
ni kuniga 6g/kg dan ortiq dozada qo‘llash mum-
kin emas, chunki giperglikemiya rivojlanishi va
skelet mushaklarida katabolizm jarayonlarining
faollashishi xavfi mavjud. Yog‘ emulsiyalari-
ni parenteral 24 soat davomida yuborish tavsiya
etiladi. Og‘ir sepsis bilan og‘rigan bemorlarda
oksidlanishning yuqori tezligi bilan tavsiflangan
2-avlod yog‘ emulsiyalariga ustunlik berish ker-
ak (dalil C toifasi). Sepsisning murakkab infu-
sion terapiyasining muhim jihati glikemiyani va
insulin terapiyani doimiy monitoring qilish his-
oblanadi. Giperglikemiya va insulin terapiyasiga
bo‘lgan ehtiyoj sepsis bilan og‘rigan bemorlar-
da yomon oqibatlarga olib keladigan omillardir
(C toifasi dalillar). Glikemiya darajasini 4,5-6,1
mmol/l orasida saqlab qolishga harakat qilish
kerak. Glikemiya darajasi 6,1 mmol/l dan yuqori
bo‘lsa, normoglikemiyani (4,4-6,1 mmol / l) ush-
lab turish uchun insulin infuziyasi (0,5-1 Ed/soat)
o‘tkazilishi kerak. Glyukoza monitoringi har 1-4
soatda bajarilishi lozim. Ushbu algoritm bajaril-
ganda, omon qolishning statistik jihatdan sezilarli
o‘sishi qayd etiladi (dalil B toifasi).
Bolalar sepsisida nutritiv terapiya
.
Sepsis tashxisi qo‘yilgan bolalarda sun’iy
terapevtik ovqatlanish masalalari bo‘yicha ran-
domizatsiyalangan klinik tadqiqotlar mavjud
emas. Asosan, adabiyotlarda bolalarning turli xil
kritik holatlari uchun nutritiv yordami taqdim eti-
ladi. Shunday qilib, 12 ta pediatriya markazlari-
da o‘tkazilgan retrospektiv tekshiruvga (n=5015)
ko‘ra, erta EO olgan kritik holatdagi bolalarda uni
olmaganlarga qaraganda kamroq o‘lim ko‘rsat-
kichiga ega ekanligi aniqlandi [17].
Ushbu haqiqatni hisobga olgan holda, sepsis
bilan og’rigan bolalarga dastlabki 24-48 soat ichi-
da erta EO nutritiv qo‘llab-quvvatlashning eng
yaxshi usuli sifatida tavsiya etish mumkin. Mu-
alliflar intensiv terapiya va reanimatsiya bo‘lim-
larida davolanishning birinchi haftasi oxirigacha
zarur bo‘lgan kunlik energiya talabining kamida
uchdan ikki qismini ta’minlash uchun EO hajmi-
ni bosqichma-bosqich oshirishni taklif qiladilar,
tavsiya etilgan minimal oqsil 1,5 g / kg/ kuniga (
dalil toifasi C). Og‘ir kasal bolalarda erta EO ning
afzalliklari boshqa klinik tadqiqotlar bilan ham
tasdiqlanadi [18-22].
Tadqiqotlarga ko‘ra [23], EO da oqsilni ye-
tarli darajada iste’mol qilish o‘lim ko‘rsatkichi va
intensiv terapiya bo‘limida qolish muddatini sezi-
larli darajada kamaytirish bilan bog‘liq. Shu bilan
birga, turli xil tadqiqotlarda oqsil va kaloriyalarn-
ing bir xil maqsadli darajalari qayd etilgan va ular
1,5-1,9 g / kg / kun va 58-69 kkal / kg oralig‘ida
o’zgargan [23– 25]. Wong J.J. va boshqalarn-
ing so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra (2017), O‘RDS
bilan og‘rigan bolalar uchun erta yetarli daraja-
da nutritiv qo‘llab-quvvatlash klinik natijalarni
yaxshilaydi. Bundan tashqari, oqsil qo’shimchasi
umumiy kaloriya miqdoridan muhimroq bo‘lishi
mumkin (yaxshiroq natijalar ko‘rsatilgan).
terapiyasiga bo‘lgan ehtiyoj sepsis bilan og‘rigan bemorlarda yomon oqibatlarga olib keladigan om
illardir (C
toifasi dalillar). Glikemiya darajasini 4,5-6,1 mmol/l orasida saqlab qolishga harakat qilish kerak. Glikemiya
darajasi 6,1 mmol/l dan yuqori bo‘lsa, normoglikemiyani (4,4
-6,1 mmol / l) ushlab turish uchun insulin
infuziyasi (0,5-
1 Ed/soat) o‘t
kazilishi kerak. Glyukoza monitoringi har 1-4 soatda bajarilishi lozim. Ushbu
algoritm bajarilganda, omon qolishning statistik jihatdan sezilarli o‘sishi qayd etiladi (dalil B toifasi).
Bolalar sepsisida nutritiv terapiya
.
Sepsis tashxisi qo
‘
yilgan bolalarda sun
’
iy terapevtik ovqatlanish masalalari bo
‘
yicha
randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar mavjud emas. Asosan, adabiyotlarda bolalarning turli xil kritik
holatlari uchun nutritiv yordami taqdim etiladi. Shunday qilib, 12 ta pediatriya markazlarida o
‘
tkazilgan
retrospektiv tekshiruvga (n=5015) ko‘ra, erta EO olgan kritik holatdagi bolalarda uni olmaganlarga
qaraganda kamroq o‘lim ko‘rsatkichiga ega ekanligi aniqlandi [17].
Ushbu haqiqatni hisobga olgan holda, sepsis bilan og'rigan bolalarga dastlabki 24-48 soat ichida erta EO
nutritiv qo‘llab
-quvvatlashning eng yaxshi usuli sifatida tavsiya etish mumkin. Mualliflar intensiv terapiya
va reanimatsiya bo‘limlarida davolanishning birinchi haftasi oxirigacha zarur bo‘lgan kunlik energiya
talabining kamida uchdan ikki qismini ta'minlash uchun EO hajmini bosqichma-bosqich oshirishni taklif
qiladilar, tavsiya etilgan minimal oqsil 1,5 g / kg/ kuniga ( dalil toifasi C). Og
‘
ir kasal bolalarda erta EO ning
afzalliklari boshqa klinik tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi [18-22].
Tadqiqotlarga ko‘ra [23], EO da oqsilni yetarli darajada iste'mol qilish o‘lim ko‘rsatkichi va intensiv
terapiya bo‘limida qolish muddatini sezilarli darajada kamaytirish bilan bog‘liq. Shu bilan birga, turli xil
tadqiqotlarda oqsil va kaloriyalarning bir xil maqsadli darajalari qayd etilgan va ular 1,5-1,9 g / kg / kun va
58-
69 kkal / kg oralig‘ida o'zgargan [23–
25]. Wong J.J. va boshqalarning so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra
(2017), O‘RDS bilan og‘rigan bolalar uchun erta yetarli darajada nutritiv qo‘llab
-quvvatlash klinik natijalarni
yaxshilaydi. Bundan tashqari, oqsil qo'shimchasi umumiy kaloriya miqdoridan muhimroq bo‘lishi mumkin
(yaxshiroq natijalar ko‘rsatilgan).
1-jadval
Yetarli kaloriya iste
‘
moliga asoslangan O
‘
RDS bilan og
‘
rigan bemorlarning natijalari [24]
Klinik natija
Kaloriyalarning yetarli
emasligi n=81
Yetarli kaloriya n=26
O‘lim
49 (60.5%)
9 (34.6%)
Poliorgan disfunksiya
58 (72.5)
14 (53.8)
ECMO
6 (7.4)
1 (3.8)
Shunday qilib, bolalar sepsisida nutritiv davolashni qo‘llab
-quvvatlash bo'yicha asosiy fikrlar
Surviving Sepsis Campaign yo‘riqnomasiga ko‘ra katta yoshdagi bemorlarnikiga mos keladi: erta enteral
ovqatlanishga e’tibor, dastlabki 3 kun davomida past dozali nutritiv davolash, "Fiziologik bo‘lmagan" va
mumkin bo‘lgan trom
boembolik va yuqumli asoratlari tufayli parenteral ovqatlanishni cheklash.
Bolalarda nutritiv davolash (ND)ning asosiy qoidalari
1. Erta nutritive davoni qo‘llab
-quvvatlash - 24-48 soat ichida. Ustuvor enteral ovqatlanish (+ vena ichiga
glyukoza).
2. Oziql
anishning energiya qiymati, o‘rtacha, o‘tkir bosqichda 25
-35 kkal/kg/kuniga, 35-50 kkal/kg/kuniga -
barqaror gipermetabolizm bosqichida; oqsil - 1,5-2,0 g / kg / kun; glyukoza -
6,1 mmol / l dan past bo‘lgan
glikemiya darajasini saqlab turganda oqsil bo‘lm
agan kaloriyalarning 30-70%; lipidlar -
oqsil bo‘lmagan
kaloriyalarning 15-20%.
3. Oshqozon-ichak traktining saqlanib qolgan funksiyasida - farmakonutriyentli aralashmalar bilan enteral
oziqlantirish tavsiya etiladi. Masalan, glutamin -0,5 ml / daqiqa vena ichiga 2 soat davomida, 1,5-2 ml / kg /
kuniga - 5 kungacha (aminokislotalar eritmasida).
4. Giperkatabolizmda aralash parenteral-
enteral ovqatlanish ko‘rsatiladi.
5. Agar oshqozon-
ichak traktining funksiyalari buzilgan bo‘lsa
- umumiy parenteral oziqlantirish [22].
Bundan tashqari, vazoaktiv dorilarni qabul qiluvchi shok holatidagi bolalarda o‘tkazilgan bir qator
tadqiqotlar natijalari nojo‘ya ta‘sirlar yoki oshqozon
-ichak traktining asoratlari kuchaymasdan EO olib
borish
kerakligini ko‘rsatdi [26,27]. Umuman olganda, og‘ir bolalarda enteral ovqatlanishni oshirishga
bosqichma-
bosqich yondashuv tavsiya etiladi. Parenteral oziqlantirish EO imkoni bo‘lmagan yoki yetarli
bo‘lmaganda 2
-
3 kundan boshlab mumkin. Ushbu yo‘nalishda sepsisli bolalarda maqsadli tadqiqotlar yo‘q.
Mavjud ma‘lumotlarga asoslanib, ozuqa moddalarini yetkazib berish maqsadiga erishishda qo‘shimcha PO
ning ro‘li ham ma’lum emas. Qo‘shimcha PO ni boshlash chegarasi va vaqti individual bo‘lishi kerak [28].
1-jadval
Yetarli kaloriya iste
‘
moliga asoslangan O
‘
RDS bilan og
‘
rigan bemorlarning
natijalari [24]
228
ОБЗОРЫ
Shunday qilib, bolalar sepsisida nutritiv
davolashni qo‘llab-quvvatlash bo’yicha asosiy
fikrlar Surviving Sepsis Campaign yo‘riqnoma-
siga ko‘ra katta yoshdagi bemorlarnikiga mos
keladi: erta enteral ovqatlanishga e’tibor, dast-
labki 3 kun davomida past dozali nutritiv davo-
lash, “Fiziologik bo‘lmagan” va mumkin bo‘lgan
tromboembolik va yuqumli asoratlari tufayli par-
enteral ovqatlanishni cheklash.
Bolalarda nutritiv davolash (ND)ning asosiy
qoidalari
1. Erta nutritive davoni qo‘llab-quvvatlash -
24-48 soat ichida. Ustuvor enteral ovqatlanish (+
vena ichiga glyukoza).
2. Oziqlanishning energiya qiymati, o‘rta-
cha, o‘tkir bosqichda 25-35 kkal/kg/kuniga, 35-
50 kkal/kg/kuniga - barqaror gipermetabolizm
bosqichida; oqsil - 1,5-2,0 g / kg / kun; glyukoza -
6,1 mmol / l dan past bo‘lgan glikemiya darajasini
saqlab turganda oqsil bo‘lmagan kaloriyalarning
30-70%; lipidlar - oqsil bo‘lmagan kaloriyalarn-
ing 15-20%.
3. Oshqozon-ichak traktining saqlanib qol-
gan funksiyasida - farmakonutriyentli aralashma-
lar bilan enteral oziqlantirish tavsiya etiladi. Mas-
alan, glutamin -0,5 ml / daqiqa vena ichiga 2 soat
davomida, 1,5-2 ml / kg / kuniga - 5 kungacha
(aminokislotalar eritmasida).
4. Giperkatabolizmda aralash parenteral-en-
teral ovqatlanish ko‘rsatiladi.
5. Agar oshqozon-ichak traktining funk-
siyalari buzilgan bo‘lsa - umumiy parenteral
oziqlantirish [22].
Bundan tashqari, vazoaktiv dorilarni qabul
qiluvchi shok holatidagi bolalarda o‘tkazilgan bir
qator tadqiqotlar natijalari nojo‘ya ta‘sirlar yoki
oshqozon-ichak traktining asoratlari kuchaymas-
dan EO olib borish kerakligini ko‘rsatdi [26,27].
Umuman olganda, og‘ir bolalarda enteral ovqatla-
nishni oshirishga bosqichma-bosqich yondashuv
tavsiya etiladi. Parenteral oziqlantirish EO imkoni
bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmaganda 2-3 kundan
boshlab mumkin. Ushbu yo‘nalishda sepsisli bo-
lalarda maqsadli tadqiqotlar yo‘q. Mavjud ma‘lu-
motlarga asoslanib, ozuqa moddalarini yetkazib
berish maqsadiga erishishda qo‘shimcha PO ning
ro‘li ham ma’lum emas. Qo‘shimcha PO ni bosh-
lash chegarasi va vaqti individual bo‘lishi kerak
[28].
Mavjud adabiyotlarda sepsis tashxisi qo‘yil-
gan bolalarning nutritiv holati va sun’iy terape-
vtik ovqatlanishning yetarliligini baholash uchun
maqsadli klinik tadqiqotlar mavjud emas. Aso-
siy adabiyotlar kritik holatdagi bolalar (O‘RDS,
shok va boshqalar) nutritiv holatini o‘rganishga
va nutritiv qo‘llab-quvvatlash samaradorligini ba-
holashga bag‘ishlangan. Kritik holatlarda giper-
katabolizm-gipermetabolizm sindromining rivo-
jlanishi, shu jumladan sepsisning multifaktorial
patogenezini hisobga olgan holda, katta yoshdagi
bemorlar sepsisida nutritiv qo‘llab – quvvatlash
bo‘yicha tavsiyalar mavjudligi (gaydline SSC
-2012) ushbu tavsiyalarni optimallashtirib pedi-
atriyada foydalanish uchun asos yaratadi.
Boshqa tomondan, og‘ir bemorlarda sun’iy
terapevtik oziqlantirish uchun dori-darmonlarni
mantiqsiz ravishda buyurish ko‘pincha kasalxona
ichi infeksiyalari ko‘payishiga, o‘pkaning sun’iy
ventilyatsiyasi va intensiv terapiya bo‘limlarida
yotoq kunlarining uzayishi, dori-darmonlar va
sarf materiallarini haddan tashqari iste’mol qilish
bilan birga keladi. Va bu davolash narxining os-
hishiga va bemorda kasallik kechishining yomon
natijalariga olib keladi. Shu sababli, bugungi kun-
da sepsis va septik shok bilan og‘rigan bolalarda
oqsil-energiya yetishmovchiligini o‘rganish va
tuzatish bo‘yicha randomizatsiyalangan klinik
tadqiqotlar o‘tkazish zarurati juda dolzarbdir. Da-
lillarga asoslangan nutritiv yordamning sifati va
samaradorligini o‘rganish katta ilmiy va amaliy
qiziqish uyg‘otadi va pediatrik sepsis natijalarini
yaxshilashga yordam beradi.
Adabiyotlar
1. De Souza D.C., Machado F.R. Epidemiology of Pediatric Septic Shock. J Pediatr Intensive Care. 2019.
Vol. 8. No. 1. P. 3–10.
2. Fleischmann-Struzek C, Goldfarb DM, Schlattmann P, Schlapbach LJ, Reinhart K, Kissoon N. The
global burden of pediatric and neonatal sepsis: a systematic review. The Lancet Respiratory medicine 2018;
6(3): 223-30. PMID:
29508706.
3.
World Health Organization. WHO Report on the burden of endemic health care-associated infection
worldwide. 2017-11-21 15:11:22 2011. https://apps.who.int/iris/handle/10665/80135
4. Singer M., Deutschman C.S., Seymour C.W., et al. The third international consensus definitions for
sepsis and septic shock (Sepsis-3). JAMA. 2016. Vol. 315. No. 8. P. 801–810.
5. Kumar A., Roberts D., Wood K.E., et al. Duration of hypotension before initiation of effective antimi-
crobial therapy is the critical determinant of survival in human septic shock. Crit Care Med. 2006. Vol. 34. No.
6. P. 1589–1596.
229
REVIEWS
6. Gotts JE, Matthay MA. Sepsis: pathophysiology and clinical management. British Medical Journal
2016. PMID:
27217054.
7.
Schuetz P., Chiappa V., Briel M., Greenwald J.L. Procalcitonin algorithms for antibiotic therapy deci-
sions: a systematic review of randomized controlled trials and recommendations for clinical algorithms. Arch
Intern Med. 2011. Vol. 171. No. 15. P. 1322–1331.
8. Surviving Sepsis Campaign Guidelines Committee Including the Pediatric Subgroup. Surviving Sepsis
Campaign: international guidelines for management of severe sepsis and septic shock 2012/ Dellinger R.P.,
Levy M. M., Rhodes A. [et al.]. Crit. Care Med. 2013. – Vol.41(2).-p. 580-637.
9. Gabe S.M. Gut barrier function and bacterial translocation in humans. Clin. Nutr. 2001;20(3):107–111.
10. Savelyev, V. S., Gelfand, B. R. va boshq.sepsis: tasnifi, klinik diagnostika tushunchasi va davolash:
amaliy qo’llanma. M.: Mia, 2010.
11. Bengmark S. Nutrition of the critically III – a 21st century perspective. Nutrients. 2013. Vol. 5, N 1. P.
162–207.
12. Nespoli L., Coppola S., Gianotti L. The role of the enteral route and the composition of feeds in the
nutritional support of malnourished surgical patients. Nutrients. 2012;4:1230–1236.
13. Hur H., Kim S.G., Shim J.H. et al. Effect of early oral feeding after gastric cancer surgery: a result of
randomized clinical trial. Surgery. 2011;149:561–568.
14. Sartelli M., Catena F., Ansaloni L., Leppaniemi A. et al. Complicated intra-abdominal infections in
Europe: a comprehensive review of the CIAO study. World J. Emerg. Surg. 2012;7(1):36.
15. Doig G.S., Simpson F. et al. Early parenteral nutrition in critically ill patients with short-term relative
contraindications to early enteral nutrition: a randomized controlled trial. JAMA. 2013 May 22; 309 (20): 2130-
8.
16. Weiss S.L, Peters MJ, Alhazzani W. et al. Surviving Sepsis Campaign International Guidelines for the
Management of Septic Shock and Sepsis-Associated Organ Dysfunction in Children. Pediatr Crit Care Med.
2020; 21(2): e52–e106.
17. Mikhailov T.A, Kuhn EM, Manzi J, et al. Early enteral nutrition is associated with lower mortality in
critically ill children. JPEN J Parenter Enteral Nutr. 2014;38(4):459–466.
18. Prakash V, Parameswaran N, Biswal N. Early versus late enteral feeding in critically ill children: a
randomized controlled trial. Int Care Med. 2016; 42:481–482.
19. Manaf AZ, Kassim N, Hamzaid NH, Razali NH. Delivery of enteral nutrition for critically ill children.
Nutr Diet. 2013;70:120–125.
20. Mikhailov TA, Gertz SJ, Kuhn EM, et al. Early enteral nutrition is associated with signifcantly lower
hospital charges in critically ill children. JPEN J Parenter Enter Nutr. 2018;42:920–925.
21. Carpenito KR, Prusinski R, Kirchner K, et al. Results of a feeding protocol in patients undergoing the
hybrid procedure. Pediatr Cardiol. 2016;37:852–859.
22. Lekmanov A.U., Erpuleva JV. Kritik holatdagi bolalarda erta enteral ovqatlanish. Annals of Critical
Care. 2012;(3):53–55. (Rus tilida).
23. Mehta NM, Bechard LJ, Zurakowski D. et al. Adequate enteral protein intake is inversely associ-
ated with 60-d mortality in critically ill children: a multicenter, prospective, cohort study. Am J Clin Nutr.
2015;102(1):199–206.
24. Wong J.J., Han WM, Sultana R, Loh TF, Lee JG. Nutrition Delivery Affects in Pediatric ARDS. JPEN
J Parenter Enteral Nutr, 2017 Aug. 41(6):1007-1013.
25. Jotterand CC, Laure DJ, Longchamp D, et al. How much protein and energy are needed to equilibrate
nitrogen and energy balances in ventilated critically ill children? Clin Nutr. 2016;35(2):60–467.
26. Panchal AK, Manzi J, Connolly S, et al. Safety of enteral feedings in critically ill children receiving
vasoactive agents. JPEN J Parenter Enter Nutr. 2016;40 (2):236–241.
27. King W, Petrillo T, Pettignano R. Enteral nutrition and cardiovascular medications in the pediatric
intensive care unit. JPEN J Parenter Enteral Nutr. 2004;28(5):334–338.
28. Lekmanov A.U., Mironov P.I., Aleksandrovich Yu.S. BOLALARDA SEPSIS: FEDERAL KLINIK
TAVSIYALAR (loyiha). Rossiya bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatsiya byulleteni. 11-jild, 2-son,
2021-yil 241-292-betlar.