Bobur ruboiylarida vazn va qofiya uyg‘unligi

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
285-288
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хамроева, О. (2023). Bobur ruboiylarida vazn va qofiya uyg‘unligi. in Library, 3(3), 285–288. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/48347
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Poetika ilmining bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy va ilmiy merosi tadqiqi adabiyotshunoslik uchun muhim vazifalardan biridir. Bobur poetika ilmiga oid risola yaratish barobarida uning amaliy natijasini asarlarida ko'rsatib berdi. Xususan, Bobur ruboiylarida vazn va qofiya nazariyasining amaliy tatbig'i, badiiy ifodasi yaqqol ko’zga tashlanadi. Qofiyaning vazn bilan bog'liq besh turi va turkiy adabiyotda qo'llanishi an’anaga aylangan uch maxsus turning Bobur ijodida ko'p uchrashi davr adabiy muhitini ko'rsatuvchi muhim omil sifatida e’tiborga molik. Shu jihatdan shoirlar asarlarining tahlil va tadqiqi muhim ahamiyatga ega. Maqolada shoirning ruboiylari tahlilga tortiladi, ularning vazniy va qofiya imkoniyatlari tadqiq etiladi.


background image

285

BOBUR RUBOIYLARIDA VAZN VA QOFIYA UYG‘UNLIGI

Hamroyeva Orzigul Jalolovna

Annotatsiya

Poetika ilmining bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy va ilmiy merosi

tadqiqi adabiyotshunoslik uchun muhim vazifalardan biridir. Bobur poetika ilmiga oid
risola yaratish barobarida uning amaliy natijasini asarlarida ko‘rsatib berdi. Xususan,
Bobur ruboiylarida vazn va qofiya nazariyasining amaliy tatbig‘i, badiiy ifodasi yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Qofiyaning vazn bilan bog‘liq besh turi va turkiy adabiyotda
qo‘llanishi an’anaga aylangan uch maxsus turning Bobur ijodida ko‘p uchrashi davr
adabiy muhitini ko‘rsatuvchi muhim omil sifatida e’tiborga molik. Shu jihatdan
shoirlar asarlarining tahlil va tadqiqi muhim ahamiyatga ega. Maqolada shoirning
ruboiylari tahlilga tortiladi, ularning vazniy va qofiya imkoniyatlari tadqiq etiladi.

Kalit so‘zlar:

aruz, qofiya, hijo, rukn, qofiya turlari, qofiya harakatlari, bahr.

HARMONY OF ARUZ AND RHYME IN BABUR’S RUBAIYATS

Annotation

The study of the creative and scientific heritage of Zahir ad-Din Muhammad

Babur, is a connoisseur of poetics, and one of the important tasks for literary studies.
While creating a treatise on the science of poetics, Babur showed its practical results
in his works. In particular, the practical application and artistic expression of the
theory of aruz and rhyme are clearly visible in Babur's rubais. Five types of rhyme
related to weight and three special types, which are traditionally used in Turkish
literature are significant in Babur’s work as an important factor indicating the literary
environment of the time. In this respect, the analysis and research of poets’ works are
important. In this article, the rubai of the poet is analyzed, their aruz and rhyme
possibilities are studied.

Key words:

aruz, rhyme, hijo, column, types of rhyme, rhyme movements, bakhr.


Mumtoz lirik janrlar poetikasining tahlili shoirlarning mazmun va shaklni bir

butun holda taqdim etganliklarini va bu qoidaga qat’iy rioya qilganliklarini ko‘rsatadi.
Xususan, poetika ilmining bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasida ayni
xususiyat: vazn, qofiya va badiiyatning yaxlit holda berilishi bilan bog‘liq amaliy
jarayon mukammallikka ega. Ruboiy garchi kichik lirik janr bo‘lsa-da, uning yaratilishi
boshqa janrlarga nisbatan murakkab. Buning asosiy sabablaridan biri esa ma’lum
qofiya va vaznga qat’iy rioya qilinishidir.

Ma’lumki, ruboiy hazaj bahrining ikki: axrab va axram shajarasining 24 vaznida

yoziladi. Bobur ruboiylari orasida axrab shajarasida yozilgan ruboiylar soni axram
shajarasida yozilgan ruboiylarga nisbatan ko‘p. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
Bobur ruboiylari vaznga mutanosib ravishda qofiya tizimiga to‘liq va mukammal rioya
qilingan lirik janr sifatida adabiyotshunoslikda alohida e’tirof etiladi.
Adabiyotshunoslikda Boburning yetuk ruboiynavis sifatida e’tirof etilishi ruboiylar
sonining ko‘pligi bilan emas, poetik: vazn, qofiya, badiiyat jihatidan mukammalligiga

Filologiya fanlari doktori, dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti,

arguvon87@mail.ru


background image

286

qarab belgilangan. Shoir ruboiylari vazn imkoniyatlarini o‘zida to‘la aks etira olgan.
Shu bilan birgalikda vaznga mos ravishda mukammal – asl qofiya shakl va mazumn
butunligini ta’minlab turibdi.

Ma’lumki, qofiya misra oxiridagi ohangdosh so‘z bo‘lib, shoir maqsad va uslubini

o‘zida aks ettiruvchi asosiy shakliy birlikdir. Qofiyashunoslar qofiyaning tuzilishiga
ko‘r uch: asliy, shoygon va g‘ayri ma’muliy qofiya turini farqlaydilar. Unga ko‘ra asliy
qofiya qofiya harf va harakatlarining to‘la mosligi, istisno holat va qofiya ayblarining
mavjud emasligi, ohangdoshlik asoslar o‘rtasida yuzaga kelishiga asoslanadi. Bobur
ruboiylarida ayni qonuniyat asosidagi asliy qofiyalar ishtiroki bosh mezon qilib
olingan.

Yo qahr-u g‘azab birla meni

tufroq

qil,

Yo bahri inoyatingda

mustag‘roq

qil.

Yo rab, sengadur yuzum qaro, xoh

oq

qil,

Har nav’i sening rizong erur

andoq

qil.

Ruboiy

tufroq – mustag‘roq – oq – andoq

qofiyadosh so‘zlari asosida

shaklllantirilgan bo‘lib, “qof” raviy sifatida asoslar ohangdoshligini ta’minlab turibdi.
Qofiyadosh so‘zlar tarkibidagi ridfning takrori ohangni kuchaytirish vazifasini va
qofiya harflarining ishtirokiga ko‘ra murdaf qofiya turini yuzaga keltirgan. E’tibor
qilinsa, qofiyadosh so‘zlardagi raviy sokin holatda, demakki, bunday qofiyadosh
so‘zlar raviyning ishtirokiga ko‘ra muqayyad qofiya turini shakllantirgan. Qofiya
harflarining va qofiya qismlarining ishtirokiga ko‘ra turlari bir-birini taqozo qiladigan
tur sifatida vaznga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Tufroq – mustag‘roq – oq – andoq

qofiyadosh so‘zlari ridf (“

alif

” –

o

harfi) ishtirok etgani uchun murdaf, juzvlarning

ishtiroki (qofiya qismlarining ishtiroki)ga ko‘ra mutarodif qofiya turini shaklantirgan.
Bu qofiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qofiya qismlari mutaharrik harfdan so‘ng
ikki sokin harfning kelishiga asoslanadi. Ahmad Taroziy “Funun ul-balog‘a” asarida
mutarodif qofiya turi sababi mutavassit (

~

)ning ishtiroki asosida shakllanishini

ta’kidlaydi.

Tuf -roq - -

~

Mus tag‘ -roq - - -

~

Oq -

~

Andoq - -

~

Tabiiyki, qofiyadosh so‘zning o‘ta cho‘ziq hijo bilan tugallanishi vaznga ham o‘z

ta’sirini ko‘rsatadi.

Yo qahr-u g‘azab birla meni tuf

roq

qil, -

a

-

- V / V - - V /

V - - -

/ -

Yo bahri inoyatingda mustag‘

roq

qil. -

a

- - V / V - - V /

V - - -

/ -

Yo rab, sengadur yuzum qaro, xoh

oq

qil, -

a

-

- V / V - V - /

V - - -

/ -

Har nav’i sening rizong erur an

doq

qil. -

a

-

- V / V - V - /

V - - -

/ -

Ruboiyning birinchi va ikkinchi misralari hazaji musammani axrabi makfufi

solimi abtar, uchinchi va to‘rtinchi misralari hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi
abtar vaznida yozilgan. Ruboiyda “

qil

” so‘zi radif sifatida ishlatilgani bois qofiyaning

mutarodif shakli misraning uchinchi rukniga ta’sir ko‘rsatgan. Ya’ni uchinchi rukn
so‘nggining cho‘ziq hijo shaklida kelishi axrab va axram shajarasidagi vaznlarning


background image

287

(uchinchi rukn)solim va axram vaznida kelishini talab qiladi. Ruboiy qofiyadosh so‘z
bilan tugasa-da, raviydan keyingi qofiya harflarning ishtiroki ham uchinchi ruknga
ta’sir ko‘rsatishini kuzatish mumkin. Bunday holatda ham qofiyadosh so‘zlardagi
ohangdoshlikni ta’minlab turgan asosdagi so‘nggi hijo o‘ta cho‘ziq (sababi mutavassit)
hijo bo‘lgani sababidan uchinchi rukn axrab va axram shajarasining solim va axram
vaznini talab qiladi.

Eykim, manga mujda berding ul jo

non

din, -

a

-

- V / V - V - /

V - - -

/ -

Qilding meni ozod g‘ami hij

ron

din. -

a

-

- V / V - - V /

V - - -

/ -

Bu mujdani ne nav’ sifat qilg‘aymen, -

b

-

- V / V - - V / V - - - / -

Go‘yoki xabar berding o‘lukka

jon

din. -

a

-

- V / V - - V /

V - - -

/ -

Jonondin – hijrondin – jondin

so‘zlari qofiyadosh so‘z sifatida yuqorida tahlilga

tortilgan ruboiy bilan ayni xarakterga ega. Ya’ni bu qofiyadosh so‘zlar mutarodifi
murdaf qofiya turini hosil qilgan. Biroq bu qofiya turi raviy mutaharrik bo‘lgani bois
ham raviyning ishtirokiga ko‘ra mutlaq qofiya turini shakllantirgan.

Yuz hamd angakim, hamdin aning ahli

maqol,

-

- V / V - - V / V - - V /

V

~

Yuz yil desalar, tugatmagi amri

mahol.

-

- V / V - V - / V - - V /

V

~

Vasfida xirad ojiz erur, noti

qa lol.

-

- V / V - - V / V - - V /

V

~

Ne nav’ sifat qilay oni jalla

jalol.

-

- V / V - V - / V - - V /

V

~

Ruboiyning birinchi va uchinchi misrasi hazaji musammani axrabi makfufi

axtam, ikkinchi va to‘rtinchi misrasi hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi axtam
vaznida yozilgan bo‘lib, taqti e’tiboriga ko‘ra mutavoziy qofiya turi qo‘llanilgan.
Ruboiy vaznlari orasida azall va axtam ruknlarining so‘nggi o‘ta cho‘ziq hijodan tashkil
topadi. Demakki, qofiyaning taqti’ e’tiboriga ko‘ra turlari orasidan mutarodif (

~

),

mutavoziy (V

~

), mutarojih (V V

~

), mutazoyid (VVV~) turlari ruboiyning azall va

axtam vaznini talab qiladi.

Qofiyaning uch:

mutavoziy (V

~

), mutarojih (V V

~

),

mutazoyid (VVV~) turlari turkiy adabiyotda keng qo‘llangan. Ahmad Taroziy bu uch
qofiya turini forsning ixtirosi sifatida keltiradi.

Bobur ruboiylari orasida mutarodif qofiya asosidagi axrab va axram

shajarasining azall vaznida yozilgan ruboiylar nisbatan ko‘p.

Keldim sanga yuz umid bila, ey

moh

, - a

-

- V / V - V -/ V - - - /

~

Lekin yozdim yuzingni ko‘rmay yuz

oh

, - a

-

- - / - V - / V - - - /

~

Hamsuhbat-u hamrohni netay bu yo‘lda,

- b

-

- V / V - - V /

V - - -

/ -

Darding manga hamsuhbat-u ishqing ham

roh

. - a

-

- V / V - - V /

V - - -

/

~

Ruboiy uch xil vaznda yozilgan bo‘lsa-da, qofiyadosh so‘zlarning ishtirokiga

ko‘ra barcha misralarning so‘ngi azall ruknida ekanligini kuzatish mumkin.


background image

288

Bobur ruboiylari orasida muraddaf - radifli ruboiylar juda katta salmoqga ega.

Radif mohiyatni, ijodkor maqsadini anglatuvchi asosiy vosita bo‘lgani bois Bobur
radifning yig‘iq va yoyiq shaklidan unumli foydalangan. Natijada ohangdoshlik
mazmun bilan mutanosib holatda yaxlitlikni yuzaga keltirgan.

Ishqingda ko‘nglum

xarobdur,

men ne qilay?

Hajringda ko‘zum

purobdur

,

men ne qilay?

Jismim aro pech-u

tobdur

,

men ne qilay?

Jonimda ko‘p

iztirobdur,

men ne qilay?

Yoki

Ey yor, sening vaslingga ye

tmak

mushkil,

Farxunda hadisingni

eshitmak

mushkil.

Ishqingni dog‘i bartaraf

etmak

mushkil.

Boshni olibon har sari

ketmak

mushkil.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Bobur ijodida qofiyaning mutakovis, mutarokib,

mutavotir kabi turlari kam uchraydi. Ruboiy vaznlari orasida abtar va ajabb vaznidagi
ruboiylar salmoqli hajmga ega bo‘lsa-da, ularning ko‘pi radif va qofiyadan keyingi
harflarning ishtirokiga qarab belgilangan. Ruboiylar orasida qofiyaning muqayyad
shaklida tugagani miqdoran kam.

Ey bodi sabo, ayla Xurosong‘a

guzar,

-

a

-

- V / V - - V / V - - V / V -

Mendin degil ul yori parishong‘a

xabar.

a

-

- V / V - - V / V - - V / V -

Necha safar o‘z ko‘nglung uchun qilg‘aysen, -

b

-

- V / V - - V / V - - - / -

Emdi bizing uchun ayla bu yong‘a

safar.

a

-

- V / V - - - / V - - V / V -

Uch xil vaznda yozilgan ushbu ruboiydagi qofiyadosh so‘zlar

guzar, xabar, safar

so‘zlari qofiyaning taqti’ e’tiboriga ko‘ra mutadorik turini hosil qilish barobarida axrab
va axram shajarasining ajabb vaznini talab qilgan.

Bobur ruboiylari orasida Navoiy ta’kidlaganidek, “qofiyasida aybg‘inasi bor”

ruboiylar ham uchrab turadi. Qofiyaning mukammalligi raviyning ishtiroki va shu
bilan birgalikda uning asos tarkibida kelishi va bir xil harfdan iborat bo‘lishini talab
qiladi.

Qayg‘ungni cheka-cheka

qaribdur

Bobur,

Rahm aylaki, o‘zidin

boribdur

Bobur.

Noranj yubordi sangakim, bilgaysen,
Ya’niki bu nav’

sarg‘aribdur

Bobur.

Ruboiyda

qaribdur – boribdur – sarg‘aribdur

so‘zlari qofiyadosh so‘zlar sifatida

ohangdoshlikni ta’minlab bergan.

Qaribdur

so‘zining asosi

qarimoq

,

boribdur

so‘zining

asosi esa b

ormoq

,

sarg‘aribdur

so‘zining asosi esa

sarg‘armoq

bo‘lib,

qari – bor – sarg‘ar

so‘zlari o‘zaro qofiyadosh bo‘la olmaydi. Shu sabab bilan raviy sifatida

“bo” - b

undoshi

ohangdoshlikni ta’minlab turibdi. Demakki, raviy asos tarkibida emas, qo‘shimcha
tarkibida kelgan. Bu esa qofiyadagi nuqson sifatida baholanadi.

Ey yor, jafo rasmi

chiqormoq

ne edi?

Yo mehr giyohini

qo‘pormoq

ne edi.

Bir mehr yana lutf, yana javr nedur,

Bir bording-u kelding, yana

bormoq

ne edi?