Авторы

  • Durdona Abdujalilova
    TDYU ARM Bibliograf
  • Muxabbat Xalikova
    TDYU ARM yetakchi mutaxassis
  • Shamsiya Sharipova
    TDYU АRM yetakchi mutaxassis

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.101115

Ключевые слова:

Bibliografik ko‘rsatkich kutubxona axborot xizmati mavzuli ko‘rsatkich shaxsiy ko‘rsatkich hududiy ko‘rsatkich tavsiyaviy ko‘rsatkich bibliografiya kutubxonachilik foydalanuvchi ma’lumot izlash axborot manbasi bibliografik yozuv.

Аннотация

Mazkur materialda bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari, ularning mazmuni, ahamiyati hamda tuzilish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bibliografik ko‘rsatkichlar – zamonaviy kutubxonachilikning muhim vositasi bo‘lib, foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotni tizimli tarzda topishda yordam beradi. Maqolada mavzuli, shaxsiy, hududiy va tavsiyaviy ko‘rsatkichlar hamda ularning kutubxona faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Bu ma’lumotlar kutubxona xodimlari va foydalanuvchilarga bibliografik axborot bilan ishlashda amaliy yordam beradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

KUTUBXONADA BIBLIOGRAFIK KO‘RSATKICHLAR

Abdujalilova Durdona Alisher qizi

TDYU ARM Bibliograf

Xalikova Muxabbat Akbar qizi

TDYU ARM yetakchi mutaxassis

Sharipova Shamsiya Jahongir qizi

TDYU АRM yetakchi mutaxassis

https://doi.org/10.5281/zenodo.15584017

Annotatsiya:

Mazkur materialda bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari,

ularning mazmuni, ahamiyati hamda tuzilish bosqichlari haqida batafsil
ma’lumot berilgan. Bibliografik ko‘rsatkichlar – zamonaviy kutubxonachilikning
muhim vositasi bo‘lib, foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotni tizimli tarzda
topishda yordam beradi. Maqolada mavzuli, shaxsiy, hududiy va tavsiyaviy
ko‘rsatkichlar hamda ularning kutubxona faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Bu
ma’lumotlar kutubxona xodimlari va foydalanuvchilarga bibliografik axborot
bilan ishlashda amaliy yordam beradi.

Annotation:

This material provides detailed information about the types,

structure, and importance of bibliographic indexes. Bibliographic indexes are
essential tools in modern librarianship, helping users efficiently locate the
information they need. The article highlights thematic, personal, regional, and
recommended indexes, as well as their role in library services. This resource
serves as a practical guide for both library staff and users in working with
bibliographic information.

Kalit so‘zlar:

Bibliografik ko‘rsatkich, kutubxona, axborot xizmati, mavzuli

ko‘rsatkich, shaxsiy ko‘rsatkich, hududiy ko‘rsatkich, tavsiyaviy ko‘rsatkich,
bibliografiya, kutubxonachilik, foydalanuvchi, ma’lumot izlash, axborot manbasi,
bibliografik yozuv.

Keywords:

Bibliographic index, library, information service, subject index,

personal index, regional index, recommended index, bibliography, librarianship,
user, information search, information source, bibliographic entry.

Kutubxonalar – jamiyatning bilim va madaniyat markazi bo‘lib,

foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol
o‘ynaydi. Zamonaviy kutubxona faoliyatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bu
– axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishdir. Mazkur xizmat doirasida
foydalanuvchilarga turli mavzular, mualliflar yoki hujjatlar bo‘yicha kerakli
ma'lumotlarni topishda yaqindan yordam beriladi. Bu jarayon bibliografik
manbalar, ayniqsa, bibliografik ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

Bibliografik ko‘rsatkichlar – bu muayyan mavzular yoki shaxslar bo‘yicha

adabiyotlar ro‘yxatini tizimli tarzda jamlagan axborot manbai hisoblanadi. Ular
foydalanuvchilarga kerakli hujjatni izlab topish, tanlash va undan foydalanishda
aniq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi
o‘quvchilar, talabalar, izlanuvchilar uchun bibliografik ko‘rsatkichlar – qimmatli
yordamchi vosita hisoblanadi.

Shuningdek, kutubxonada xizmat ko‘rsatish sifati, axborotga tezkor kirish

imkoniyatlari, zamonaviy bibliografik texnologiyalardan foydalanish kabi
jihatlar ham aynan bibliografik ko‘rsatkichlar orqali yuqori darajada
ta’minlanadi. Shu boisdan, ularni yaratish va doimiy yangilab borish har qanday
kutubxonaning ustuvor vazifalaridan biridir.

Bibliografik ko‘rsatkichlarning turlari.

Bibliografik ko‘rsatkichlar bir necha turlarga bo‘linadi va har biri ma’lum

bir maqsadga xizmat qiladi.

Mavzuli ko‘rsatkichlar

muayyan mavzuga oid

adabiyotlarni qamrab oladi.

Shaxsiy (biobibliografik) ko‘rsatkichlar

mashhur

shaxslarning hayoti va ijodi haqidagi manbalarni jamlaydi.

Hududiy

ko‘rsatkichlar

ma’lum bir hudud yoki mintaqaga oid adabiyotlarni o‘z ichiga

oladi.

Tavsiyaviy ko‘rsatkichlar

esa o‘quvchilarga tavsiya etiladigan

adabiyotlar ro‘yxatini beradi. Bundan tashqari, umumiy, tanlovli va tematik
ko‘rsatkichlar ham mavjud. Har bir turdagi ko‘rsatkich foydalanuvchining
axborot izlash ehtiyojiga mos ravishda tuziladi. Quyida Bibliografik
ko‘rsatkichlar turlarini kengroq yoritib o’tamiz.

Mavzuli bibliografik ko‘rsatkichlar

– bu muayyan mavzu bo‘yicha

to‘plangan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan bibliografik manbadir. Ular
foydalanuvchilarga kerakli mavzudagi ilmiy, o‘quv yoki ommabop adabiyotlarni
izlashda yengillik yaratadi. Mavzuli ko‘rsatkichlar asosan tarix, adabiyot, fan,
texnika, iqtisodiyot kabi sohalarga oid bo‘lishi mumkin. Ular mavzular bo‘yicha
alfavit yoki tizimli tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar kitobxonlarga aniq bir
yo‘nalishda chuqur o‘rganish, tadqiqot olib borish yoki mutolaa qilish imkonini
beradi. Bu turdagi ko‘rsatkichlar ilmiy izlanishlar uchun juda foydalidir.

Shaxsiy (biobibliografik) ko‘rsatkichlar

— bu mashhur shaxslar, asosan

olimlar, yozuvchilar, san’atkorlar, davlat arboblari hayoti va ijodiga oid
adabiyotlarni o‘z ichiga olgan bibliografik manbadir. Ushbu ko‘rsatkichlarda
shaxsning tarjimai holi, uning asarlari, u haqida yozilgan maqolalar, tanqidiy
fikrlar, intervyular va boshqa materiallar tartiblangan holda beriladi.
Biobibliografik ko‘rsatkichlar muayyan shaxs faoliyatini chuqur o‘rganish, ilmiy-


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

tadqiqot ishlari olib borish va ma’lumot to‘plash uchun muhim vosita sanaladi.
Ular yodga olish tadbirlari, yubileylar munosabati bilan ham nashr etiladi.

Hududiy (regional) bibliografik ko‘rsatkichlar

– bu muayyan geografik

hududga oid adabiyotlar, maqolalar, risolalar va boshqa manbalarni jamlagan
bibliografik ko‘rsatkichlardir. Ular viloyat, shahar, tuman yoki qishloq haqida
yaratilgan asarlar, shu hududda yashagan mashhur shaxslar, tarixiy voqealar
yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
Hududiy ko‘rsatkichlar orqali mahalliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
o‘lkashunoslikni rivojlantirish va tarixiy-madaniy merosni o‘rganish
osonlashadi. Bu turdagi ko‘rsatkichlar kutubxonalarning axborot bazasini
boyitadi va foydalanuvchilar uchun qimmatli manba hisoblanadi.

Tavsiyaviy bibliografik ko‘rsatkichlar

– bu o‘quvchilar, talabalar,

kitobxonlar yoki keng jamoatchilik uchun ma’lum mavzu yoki yo‘nalish bo‘yicha
tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat ko‘rsatkichlardir. Ular odatda yosh
toifasi, kasb yoki qiziqishlarga mos ravishda tuziladi. Tavsiyaviy ko‘rsatkichlar
mutolaa madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani rivojlantirish
va mustaqil ta’lim olishda muhim vosita hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarda
adabiyotlar qisqacha tavsif bilan birga beriladi, bu esa foydalanuvchiga tanlov
qilishda yordam beradi. Ular o‘quv yurtlari, kutubxonalar va o‘quv dasturlari
uchun ayni muddaodir.

Ushbu sanab o’tilgan, barcha turdagi bibliografik ko‘rsatkichlar Axborot-

resurs markazi xodimlari tomonidan talabalar va boshqa foydalanuvchilar
uchun tayyorlanadi. Har bir ko‘rsatkich aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib,
ilmiy izlanishlar, mustaqil ta’lim va mutolaa jarayonida foydali manba sifatida
xizmat qiladi. Foydalanuvchilar ko‘rsatkichlarni Axborot-resurs markazining
fondidan olib, foydalanishlari mumkin. Ularni bosma yoki elektron shaklda
markazdan so‘rab olishingiz, shuningdek, kutubxonachilar yordamida kerakli
ma’lumotlarni tez va oson topishingiz mumkin.

Bibliografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bosqichlari.

Bibliografik ko‘rsatkichlarni sifatli va foydalanuvchiga qulay tarzda tuzish

uchun ma'lum tartib va bosqichlarga amal qilish zarur. Har bir bosqich muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, yakuniy mahsulotning mazmuni va samaradorligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Quyida bibliografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishning
asosiy bosqichlari yoritiladi:

1.

Mavzuni aniqlash va chegaralash:

Eng avvalo, ko‘rsatkichning

mavzusi va maqsadi belgilanadi. Bu bosqichda ko‘rsatkich kim uchun, qanday


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

maqsadda va qanday mavzuda tuzilayotgani aniqlashtiriladi. Mavzuni aniq
belgilash keyingi jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi.

2.

Manbalarni tanlash va tahlil qilish:

Mavzuga oid adabiyotlar va

boshqa axborot manbalari kutubxona fondi, elektron bazalar yoki boshqa
resurslardan tanlanadi. Tanlangan manbalar tahlil qilinib, ularning ahamiyati va
dolzarbligi baholanadi.

3.

Bibliografik yozuvlar tuzish:

Har bir tanlangan hujjat uchun

bibliografik tavsif tuziladi. Bu tavsif muallif, sarlavha, nashr joyi, yili, sahifalar
soni va boshqa zarur elementlarni o‘z ichiga oladi. Bibliografik yozuvlar davlat
standarti asosida tuziladi.

4.

Yozuvlarni tizimlashtirish va tartibga solish:

Bibliografik

yozuvlar mavzuli, alfavit, xronologik yoki boshqa tartibda joylashtiriladi. Bu
tartib foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni tez va oson topishga yordam beradi.

5.

Muharrirlik va tahrir bosqichi:

Matn va bibliografik yozuvlar

tahrir qilinadi, xatoliklar tuzatiladi, uslub bir xilligi ta’minlanadi. Zarur bo‘lsa,
kirish so‘zi, izohlar yoki ko‘rsatmalar qo‘shiladi.

6.

Ko‘rsatkichni nashrga tayyorlash:

Yakuniy ko‘rsatkich bosma yoki

elektron shaklda tayyorlanadi. Foydalanuvchilar uchun qulay formatda taqdim
etiladi.

Ushbu bosqichlarning har biri bibliografik ko‘rsatkich sifatini belgilovchi

muhim omillardandir.

Bibliografik ko‘rsatkichlarning ahamiyati.

Bibliografik ko‘rsatkichlar – bu axborot izlash, tanlash va undan

foydalanishda muhim vosita hisoblanadi. Ular foydalanuvchining ilmiy, o‘quv va
ma’rifiy ehtiyojlarini tezkor va aniq qondirishga xizmat qiladi. Mazkur
ko‘rsatkichlar yordamida foydalanuvchi o‘zini qiziqtirgan mavzu, muallif yoki
sohaga oid adabiyotlarni osonlik bilan topishi mumkin. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqot
bilan shug‘ullanuvchi talaba, o‘qituvchi yoki olimlar uchun bibliografik
ko‘rsatkichlar katta axamiyat kasb etadi.

Ko‘rsatkichlar zamonaviy kutubxona faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib,

ularning yordamida kutubxona fondi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish,
ma’lumotlar bazasini tahlil qilish va uni samarali ishlatish imkoniyati yuzaga
keladi. Shuningdek, ularni yaratish va tarqatish orqali kutubxonalar
foydalanuvchilarga aniq, tizimli va yo‘naltirilgan axborot xizmatini taklif etadi.

Bibliografik ko‘rsatkichlar kitobxonlar uchun vaqtni tejaydi, axborotni

izlash jarayonini soddalashtiradi va kerakli manbaga tez yetaklaydi. Ular o‘quv


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

26

dasturlarini to‘ldirish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash hamda mutolaa
madaniyatini shakllantirishda muhim vosita sanaladi.

Xulosa.

Bibliografik ko‘rsatkichlar – bu zamonaviy kutubxonachilikning ajralmas

qismi bo‘lib, ular foydalanuvchilarga bilim olamiga yo‘l ko‘rsatuvchi muhim
vosita sanaladi. Ularni to‘g‘ri tuzish, muntazam yangilab borish va
foydalanuvchilarga qulay shaklda taqdim etish – kutubxona faoliyatining sifat
ko‘rsatkichidir. Har bir ko‘rsatkich foydalanuvchining axborot izlashdagi
ehtiyojini oson va tez qondirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ilmiy izlanishlar olib
borayotganlar, talabalar, tadqiqotchilar uchun bibliografik ko‘rsatkichlar bilimga
eltuvchi yo‘lboshchi vazifasini bajaradi. Ularning samarali tuzilishi
kutubxonaning xizmat darajasini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Жадько Н.В. Проектное развитие библиотек. М.: Елена, 2000. – 96с.

2. Жижимов О.Л., Мазов Н.А., Болванов А.Ю. Опыт построения
распределенной информационной системы на базе протокола Z39.50 //
Библиотеки и ассоциации в меняющемся мире: новые технологии и новые
формы сотрудничества: Материалы 6-й Международной конференции
"Крым-99" (Судак, Автономная Республика Крым, Украина, 6-14 июня 1999
г.). - Симферополь: Издательство "Таврида", 1999. - C. 249-253.
3. Ершова Т.В., Хохлов Ю.Е. Межведомственная программа "Российские
электронные библиотеки": подходы и перспективы // Информационное
общество. - 1999. - N. 3. - С. 21-27.
4. M. Rakhmatullaev. Advanced Information Library Infrastructure: As an
Important Social Tool for the Prevention of Crisis Situations in Central Asia В
журнале Library Hi Tech News. Vol. 19. N 9 , 2002. MCB University Press.
England. 12-14 p.p. http://www.mcb.co.uk./liblink/nethome.htm
5.

Н.Андреева,

М.Рахматуллаев.

«Библиотечное

образование

и

современные информационные технологии. В Профессиональном журнале
«Библиография». М.: Российская книжная палата, Бук Чемберлен
Интернэшнл, N4, 2000 г.,129-131 стр.
6. “Central Asia-99”: Results and Perspectives В журнале Library Hi Tech News.
N4,2000.

MCB

University

Press.

England.

6-10

p.p.

http://www.mcb.co.uk./liblink/nethome.htm.

Библиографические ссылки

Жадько Н.В. Проектное развитие библиотек. М.: Елена, 2000. – 96с.

Жижимов О.Л., Мазов Н.А., Болванов А.Ю. Опыт построения распределенной информационной системы на базе протокола Z39.50 // Библиотеки и ассоциации в меняющемся мире: новые технологии и новые формы сотрудничества: Материалы 6-й Международной конференции "Крым-99" (Судак, Автономная Республика Крым, Украина, 6-14 июня 1999 г.). - Симферополь: Издательство "Таврида", 1999. - C. 249-253.

Ершова Т.В., Хохлов Ю.Е. Межведомственная программа "Российские электронные библиотеки": подходы и перспективы // Информационное общество. - 1999. - N. 3. - С. 21-27.

M. Rakhmatullaev. Advanced Information Library Infrastructure: As an Important Social Tool for the Prevention of Crisis Situations in Central Asia В журнале Library Hi Tech News. Vol. 19. N 9 , 2002. MCB University Press. England. 12-14 p.p. http://www.mcb.co.uk./liblink/nethome.htm

Н.Андреева, М.Рахматуллаев. «Библиотечное образование и современные информационные технологии. В Профессиональном журнале «Библиография». М.: Российская книжная палата, Бук Чемберлен Интернэшнл, N4, 2000 г.,129-131 стр.

“Central Asia-99”: Results and Perspectives В журнале Library Hi Tech News. N4,2000. MCB University Press. England. 6-10 p.p. http://www.mcb.co.uk./liblink/nethome.htm.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)