Jek London obrazlari (xususan, “Martin Iden”) da avtobiografik ruhiyat
Jahon adabiyotida o‘ziga xos ijod maktabiga asos solgan, durdona asarlari qo‘ldan qo‘ymay o‘qiladigan amerikalik buyuk publitist, yozuvchi Jek London obraz yaratishda, xususan, Martin Iden obrazida, o‘z timsoli, hayot yo‘lini asos qilib olganki, asarni o‘qish davomida Martin qiyofasi orqali Jek Londonni taniymiz, o‘rganamiz, hamsuhbat bo‘lamiz, asarni o‘qib bo‘lgach esa yozuvchi eng yaqin qadrdonimizga aylanadi. Ushbu maqolada aynan shu avtobiografik omillar tahlil ostiga olindi va misollar bilan dalillab o‘rganildi.