Использование информационных и коммуникационных технологий в устных курсах

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
149-152
36
13
Поделиться
Исмаилов, А., & Файзуллаева, М. (2020). Использование информационных и коммуникационных технологий в устных курсах. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74), 149–152. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1338
Анвар Исмаилов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

к.ф.н., доцент

Мунаввар Файзуллаева, Самаркандский государственный институт иностранных языков

магистрант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье подчеркивается важность свободного владения иностранных языком, в особенности английским, а также роль и важность информационных и коммуникационных технологий как мотивационного инструмента для изучающих язык

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

149 

THE YOUTH’S TRIBUNE                                    ЁШЛАР МИНБАРИ 

 

INFORMATSIYA VA KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING OG’ZAKI 

NUTQ KURSLARIDA ISHLATILISHI 

 

Ismailov Anvar Rustamovich, 

SamDCHTI, f.f.n., dotsent  

Fayzullayeva Munavvar Bahodirovna, 

SamDCHTI magistranti 

 

Kalit so’zlar:

 axborot va kommunikatsiya texnologiyasi (AKT), Ingliz tili xorijiy til sifatida, 

Ingliz  tili  ikkinchi  til  sifatida,  taqlidiy  nutq,  intensiv  nutq,  idrok  nutqi,  interaktiv  nutq,  ekstensiv 
nutq, CD-ROM va DVD, ineraktiv doska, proyektor. 
 

Bugungi  kunda  Ingliz  tili  dunyo  tili 

deb tan olingan bir paytda o’quvchilarni turli 
interaktiv 

metodlar 

va 

albatta 

AK 

texnologiyalari  yordamida  qiziqtirib,  ularga 
dars davomida chet tilini mukammal ravishda 
o’rgatish va yetarli ko’nikmalar hosil qilishda 
Ingliz  tili  o’qituvchilaridan  ham  pedagogi  k 
mahorat va albatta AKT vositalaridan bemalol 
foydalana olishlari talab etilmoqda. Zero, XXI 
asr bu Informatsiya va Kommunikatsiya davri 
hisoblanadi. 

Bugungi 

yoshlar 

AK 

texnologiyalaridan 

barcha 

sohalarda 

va 

kundalik 

yumushlarida 

bemalol 

va 

mukammal 

darajada 

foydalanmoqdalar. 

Frydrochov,  Klimova  va  Poulova    P.  larning 
ta’kidlashlaricha:  „AKT  bu  hozigi  davrda 
yoshlar 

uchun 

nafas 

olishdek 

muhim 

sanaladigan  vositaga  aylanib  qoldi“  [4,18]. 
Shu  sababli  til  o’rgatuvchi  o’qituvchilar 
bularni  hisobga  olgan  holda  texnologiyalar 
vositasida  o’quvchilarda  til  o’rganishga 
bo’lgan  qiziqish  va  havaslarini  uyg’otish  va 
rivojlantirishlari muhim sanaldi.  

„Motivatsiya  har  bir  narsaning  va 

albatta,  o’qish  va  o’rganishning  kalitidir“ 
[2,34].  Shu  sababli  nafaqat  chet  tilini 
o’rgatishda  balki  boshqa  fanlarga  bo’lgan 
qiziqishlarni 

oshirishda 

barcha 

ta’lim 

muassasalarida 

AKT 

vositalaridan 

foydalanish va ular asosida interaktiv o’yinlar 
va  darslar  tashkil  etish  doimo  samara  beradi 
va kutilgan natijalarga olib keladi.  

Bugungi  til  o’rganuvchi  talabalar  chet 

tilida 

ravon, 

mukammal 

va 

bexato 

so’zlashishni  va  xohlagan  tilida  bemalol 
fikrini  bayon  etishni  xohlashadi.  Ko’pchilik 
talabalar  chet  tilini  o’rganishda  eng  qiziqarli 

va  bir  vaqtning  o’zida  qiyin  hisoblanadigan 
o’gzaki nutqni rivojlanish mahoratiga ko’proq 
va  jiddiyroq  yondashmoqdalar.  Zero,  chet 
tilini  mukkamal  bilish  ushbu  tilda  bemalol 
gapira  olishi,  fikrini  bayon  eta  olishi  bilan 
belgilanadi.  

“Ingliz tilida juda yaxshi gapirar ekan” 

yoki  “Ingliz  tilini  bilmas  ekan”  degan 
fikrlarni  tez-tez  eshitib  turamiz.  Shuni 
esimizdan  chiqarmasligimiz  lozimki,  Ingliz 
tilida  bemalol,  ravon  va  aniq  so’zlashishni 
o’rganish oson jarayon emas. Til o’rganuvchi 
o’quvchilar  o’rganayotgan  xorijiy  tilida, 
masalan  ingliz  tilida  yaxshi  yozishi  mumkin, 
yozma nutqda bemalol fikrini bayon etishi va 
ushbu 

tilda 

barcha 

turdagi 

matnlarni, 

paragriflarni  qiynalmasdan  ifodali  o’qish 
mahoratlariga ega bo’lishlari mumkin, va chet 
eldan 

tashrif 

buyurgan 

mehmonlarning 

nutqini  aniq  va  ravon  tinglab  tushunishlari 
ham  mumkin,  lekin  ko’pchilik  talabalarda 
amaliyot  yetishmovchiligidan,  yoki  o’ziga 
ishonmasligidan,  hatto  gapirishdan  cho’chib, 
chet tilida amalga oshirilayotgan og’zaki nutq 
kurslarida  bemalol  turib  o’z  fikrlarini  bayon 
eta  olishmaydi.  Ba’zan  biz  shunday  til 
o’rganayotgan 

o’quvchilar 

bilan 

uchrashamizki 

biz 

ular 

bilan 

so’zlashayotganimizda  xuddiki  badiiy  asar, 
kitob  o’qiyotganday  bo’lamiz.  Chunki  ular 
so’zlashayotganda  kitobiy,  kitobdan  matn 
o’qib  berayotgandek  va  yoki  xuddi  kitobni 
mexanik 

ravishda 

yodlab 

olgandek 

gapirishadi. 

Chet 

tillarni 

o’rganuvchi 

ko’pchilik  talabalar  o’rganayotgan  tillarida 
ravon  gapirishni  va  chet  elliklar  bilan 
so’zlashishni,  muloqot  qilishni  yoqtirishadi. 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

150 

Ammo ba’zi birlarining nutqlarida grammatik 
va  leksik  xatolar  uchrab  turadi.  Bu  albatta 
ajablanarli  holat  emas,  chunki  Ingliz  tili 
xorijiy  til,  bizning  ona  tilimiz  emas.  Ingliz 
tilida  ravon  gapirishni  o’rganish  jarayonida 
yuzaga  keladigan  to’siq  va  kamchiliklarni 
kamaytirish  maqsadida,  bir  qancha  sinxron, 
ya’ni  kognitiv,  jismoniy,  sotsial-madaniy 
jarayonlarni 

darslar 

mobaynida 

AKT 

vositalari  yordamida  jalb  qilishni  taqozo 
etadi.  

Ingliz  olimi  Bygatening  fikricha, 

“og’zaki nutq barcha odamlar tomonidan bir-
birlari 

bilan 

aloqa 

qilish 

maqsadida 

foydalanadigan  mahorat  turi  bo’lib,  shuning 
uchun  so’zlashish  eng  muhim  jarayondir, 
o’quvchilarning  bu  mahorati  sinf  darslarida 
bemalol,  ravon  so’zlashish  imkoniga  ega 
bo’lishlari  uchun  kerak”  [1,4].  Bu  albatta 
ko’pchilikka  ma’lumki,  til  o’raganuvchi 
o’quvchilar  o’zlarining  tenqurlari  va  chet 
eldan  kelgan  mehmonlar  bilan  bemalol  aloqa 
o’rnatishni 

xohlashadi. 

Ma’lumotlar 

almashishda insonlar verbal, ya’ni til orqali va 
noverbal, ya’ni imo-ishoralar, tana harakatlari 
yordamida 

fikrlarini 

ifodalashadi. 

Shu 

sababdan,  fikr  va  g’oyalarni  bemalol 
ifodalashda  eng  samarali  va  maqbul  yo’l  bu 
tildan foydalanishdir. 

Mashhur 

ingliz 

olimi 

Brown 

ta’kidlashicha,  so’zlovchilar  maqsadiga  ko’ra 
umuman  nutqning  beshta  turi  mavjuddir. 
Ular: taqlidiy nutq, intensiv nutq, idrok nutqi, 
interaktiv  nutq  va  ekstensiv  nutq  [2,18]. 
Quyida  biz  nutqning  besh  turi  va  AKT 
vositalarining bu besh turidagi muhim bo’lgan 
jihatlari haqida to’xtalmoqchimiz. 

Taqlidiy  nutq. 

Bu  nutq  ko’rinishida 

so’zlovchi  nutqidagi  so’zlar  va  iboralarning 
bir  necha  bor  taqlid  qilib  qaytarilishini 
ko’rishimiz  mumkin.  Bu  qaytarish  turi  o’z 
ichiga quyidagi til xususiyatlarini oladi, ya’ni 
grammatik,leksik  va  katta  e’tibor  so’z 
talaffuziga  beriladi.  Agar  biz  bu  so’zlashuv 
turida  AK  texnologiyalarining  qanchalik 
muhimligi  haqida  to’xtalmoqchi  bo’lsak, 
avvalambor,  zamonaviy  texnologiyalarning 
bu  nutq  turida  ulkan  ahamiyatga  ega 
ekanligini  aytib  o’tish  joiz  deb  bildik.  
Bugungi  kunda  AKT  vositalari  Ingliz  tili 
darslarida  bemalol  o’qituvchilar  bajarayotgan 

vazifalarini  ortig’i  bilan  bajaryapti,  ya’ni 
yangi  so’zlar  yodlashda  va  so’zlarning 
talaffuzini  o’rganishda,  qo’shiq  va  she’rlar 
eshitib  yodlashda  “qaytarish  va  eshittirish 
vositalari”  vazifalarini  o’tab  kelmoqda. 
Bunday  usuldan  foydalanish  ham  o’qituvchi 
va  til  o’rganuvchi  o’quvchilarga  ham  foydali 
va 

qiziqarli 

jarayon 

ekanligi 

amalda 

isobotlangan.  

Intensiv  nutq

da  so’zlovchi  tilning 

semantik  xususiyatlari  haqida  yetarlicha 
ma’lumotga  ega  bo’lishi  talab  etiladi,  ya’ni 
qisqa cho’zish, intonatsiya, ya’ni nutq ohangi, 
urg’u va ritm haqida bilishi lozim. Bu turdagi 
nutq quyidagi baholash vazifalarini, ya’ni gap 
va  dialog  to’ldirish,  baland  ovozda  ifodali 
o’qish  mashg’ulotlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu 
jarayonda 

kompyuter 

vositalari, 

ya’ni 

proyektor,  interaktiv  elektron  doskalar  ushbu 
nutq  turini  rivojlantirish  uchun  muhim 
bo’lgan AKT uskunalaridir. Dialog, monolog 
va  matnlardagi  gaplarni  to’ldirish  uchun 
an’anaviy  doskadan  emas,  balki  ineraktiv 
elektron 

doskalardan 

foydalanish 

til 

o’rganuvchi 

o’quvchilarning 

ham 

qiziqishlarini  orttiradi,  hamda  til  o’rganishga 
bo’lgan  motivatsiyasini  ham  uyg’otadi. 
Chunki bugungi yoshlar zamon talabi bo’lgan 
metodlar  va  zamonaviy  uskunalar  bilan 
o’qitilsagina, 

ertangi 

rivojlanayotgan 

dunyoning  barcha  sohalarida  o’z  o’rinlarini 
topishlari mumkin bo’ladi.  

 

Idrok  nutqi

  deb  atalgan  bu  turdagi 

nutq jarayoni o’z ichiga dialog va suhbat kabi 
qisqa va lo’nda munosabat jarayonlarini olib, 
oddiy  savollar  va  kichik  vazifalar  ham  bu 
turdagi  nutq  tarkibiga  kiruvchi  elementlar 
hisoblanadi. Masalan: 

A: Kechirasiz, soatingiz bormi? 
B: O’ndan o’n beshta o’tdi.  
Bunda  A  so’zlovchining  savoliga  B 

so’zlovchi birdan vaqtni aytib, A so’zlovchiga 
yana  bir  “soat  nechi  bo’ldi?”  degan  savolni 
so’rashga o’rin qoldirmadi, ya’ni B so’zlovchi 
A  so’zlovchining  nima  demoqchi  ekanligini 
idrok qilib birdan vaqtni aytdi. Shu sababli bu 
nutq  turi  idrok  nutqi  deb  ataladi  va  bunda 
kompyuter vositalari til o’rganuvchilarning bu 
turdagi  nutq  jarayonini  rivojlantirish  uchun 
muhim  sanaladi.  Ya’ni  dars  jarayonlarida 
dialoglar  va  suhbatlar  video  roliklar  shaklida 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

151 

proyektorda,  yoki  kompyuterlarda  ko’rsatilsa 
kutilgan natijaga erishish mumkin. Inglizlarda 
shunday  gap  bor  “seeing  is  half  learning”, 
ya’ni  ko’rish  orqali  o’rganayotgan  narsaning 
ko’p  qismini  o’zlashtirish  mumkin.  Chunki 
ko’pchilik 

o’quvchilar 

ko’rish 

orqali 

ma’lumotlarni tez va oson qabul qila oladilar. 
Shu  sababli  AK  texnologiyalari  eng  foydali 
vositalar hisoblanadi.  

Interaktiv  nutq

  idrok  nutqidan  farqli 

jihati shundaki, bu nutq turida matnlar, dialog 
va  monologlarning  murakkab  va  keng 
ekanligidadir.  Bu  nutqda  tilning  ikki  shakli 
mavjud, 

ya’ni, 

“transactional” 

va 

“interpersonal”  tillar.  Birinchi  turdagi  til 
formasining asosiy maqsadi faqatgina maxsus 
axborotlarni  almashtirish  hisoblanadi  va  shu 
xususiyati  bilan  rasmiy  uslubga  yaqin 
sanaladi.  Ikkinchi  turi  esa  har  xil  jargonlar, 
ellipsislar  ko’p  bo’lib,  og’zaki  so’zlashuv 
uslubiga  xosdir.  Intervyular,  rol  o’ynash  va 
muhokama 

mashqlari 

ikkinchi 

turga 

mansubdir. AKT  vositalarining ushbu  turdagi 
ahamiyatli  tomoni  shundaki,  ushbu  uskunalar 
orqali  mavzuga  oid  biror-bir  video  rolik 
ko’rsatilib, 

undan 

so’ng 

muhokama 

mashg’ulotlari  olib  borsa  bo’ladi  yoki  ushbu 
videoda 

ko’rsatilgan 

qahramonlarning 

rollarini bo’lib olib o’ynash mumkin.   

Oxirgi  nutq  turi  bu  – 

ekstensiv

  deb 

nomlanib, u barcha turdagi nutq jarayonlarini, 
og’zaki  namoyishlarni  va  hatto,  hikoya  va 
ertak  aytishni  ham  o’z  ichiga  qamrab  oladi. 
Bu  nutq  samarali  va  ta’sirchan  bo’lishida 
AKT  uskunalari  asosiy  vositachi  hisoblanadi. 
Agarda  og’zaki  namoyish  yoki  loyiha 

namoyishida 

kompyuter 

vositalaridan 

foydalanilsa  bu  ham  so’zlovchiga  qulaylik 
tug’diradi va tomoshabin yoki eshituvchilarga 
qiziqarli bo’lishi tabiiy.  

Eng  asosiy  AKT  vositalari  sifatida  va 

hamda  og’zaki  nutqni  rivojlantirish  uchun 
foydali  sanaladigan  zamonaviy  uskunalar 
sifatida  CD-ROM  va  DVD,  proyektor, 
interaktiv 

doska 

kabilarni 

keltirishimiz 

mumkin. Mashhur olimlar Dundey va Hockly 
ta’riflashicha,  “CD-ROMdan  foydalanish 
darslarda  talabalar  ishtirokiga  ijobiy  ta’sir 
etadi, 

chunki 

ularda 

haqiqiy 

til 

o’rganuvchilarga  kerakli  materiallar  mavjud 
va ular ta’sirida talabalar mustaqil ravishda til 
ko’nikmalarini  shakllantirishlari  mumkin” 
[3,115].  DVD  disklaridan  foydalanish  til 
o’rganuvchilarga 

qo’l 

keladi, 

chunki 

ko’rayotgan  video  yoki  filmlarining  pastgi 
qismida  subtitri  keltirilishi  mumkin  va  til 
o’rganuvchi  talabalar  subtitr  yordamida  oson 
va 

bemalol 

film 

mazmunini 

anglab 

yetishishlari mumkin bo’ladi.   

Keltirilgan 

misollardan 

ko’rinib 

turibdiki,  nutq  jarayonini  rivojlantirish  uchun 
AKT vositalarining o’rni beqiyos.  

Ma’lumki,  til  o’rganishdagi  asosiy 

to’rt  mahoratlardan  so’zlashish  va  yozish 
ko’nikmalari 

“prodaktiv” 

va 

“aktiv” 

jarayonlar  hisoblaniladi,  bunda  ma’lumotlar 
ishlab  chiqiladi,  lekin  eshitish  va  o’qish  esa, 
“reseptiv” jarayondir,  ya’ni faqatgina bularda 
ma’lumotlar 

qabul 

qilinadi. 

Shunday 

bo’lsada,  til  o’rganishdan  asosiy  maqsad 
to’rtta 

ko’nikmalarning 

birdek 

rivojlantirishdir.  

 

Adabiyotlar: 

1.

 

Bygate, M. “Speaking”. Oxford, Oxford University Press. 1987. –P 125. 

2.

 

Brown.  H.  D.  “Language  Assessment  Principles  and  Classroom Practices”. Pearson 

Education: Longman. 2004. –P 324 - 400. 

3.

 

Dudney  Gavin  &  Hockly  Nicky. “How  to  Teach  English  with  Technology”. England 

Pearson Educational Limited.  2007. –P 194-200. 

4.

 

Frydrochov Klimova, B., Poulova, P. “ICT as a motivational tool in the learning of foreign 

languages”. From national commitment and initiatives to implementation in the classroom. 2014. –
P 156. 

 

Ismailov  A.,  Fayzullayeva  M.  The  Use  of  ICT  in  Oral  Production  Courses. 

The  article  is 

devoted to the significance of  fluent and  competent  speaking  skill  and the role and importance of 
ICTs  for  improving  oral  speech  in  English,  and  about  ICTs  are  as  main  motivational  tools  in 
learning and teaching English.

 


background image

Хорижий филология  

№1, 2020 йил 

 

 

152 

Исмаилов 

A., 

Файзуллаева 

M. 

Использование 

информационных 

и 

коммуникационных  технологий  в  устных  курсах. 

В  этой  статье  подчеркивается 

важность  свободного  владения  иностранных  языком,  в  особенности  английским,  а  также 
роль  и  важность  информационных  и  коммуникационных  технологий    как  мотивационного 
инструмента для изучающих язык.  

 

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Bygate, M. “Speaking”. Oxford, Oxford University Press. 1987.-P 125.

Brown. H. D. “Language Assessment Principles and Classroom Practices”. Pearson Education: Longman. 2004. -P 324 - 400.

Dudney Gavin & Hockly Nicky. “How to Teach English with Technology”. England Pearson Educational Limited. 2007. -P 194-200.

Frydrochov Klimova, B., Poulova, P. “ICT as a motivational tool in the learning of foreign languages”. From national commitment and initiatives to implementation in the classroom. 2014. -P 156.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов