История индийско-персидской литературы

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
25-30
49
32
Поделиться
Каримова, С. (2021). История индийско-персидской литературы. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (79), 25–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1692
Сафия Каримова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

к.ф.н.,старший преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В настоящей статье исследуется процесс формирования и развития персидской литературы в Индии. Автор выделяет несколько этапов становления индийско-персидской литературы и приводит образцы художественных произведений этого периода

Похожие статьи


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

25

HINDISTON FORSIY ADABIYOTI TARIXI

Karimova Safiya Rasulovna,

SamDCHTI katta o„qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi

Kalit so„zlar:

forsiy badiiyat, kulliyot, oriylar, eroniylar, fors klassik namunalari,

muqaddima, ilmiy-tadqiqiy talqinlar, hind forsiy so„z san‟ati, izlanish, tadqiqot, tafakkur,
qo„lyozma nusxa, adabiy aloqalar, meros, madaniy hamkorlik, mushtaraklik, noyob topilmalar.


Fors-tojik adabiyotining Hind yarim

oroli sarhadiga yetgunicha bosib o‗tgan
davriy yo‗llari ilm-fanda ko‗p va xo‗b
o‗rganilgan. Bu xususdagi tadqiqotlarda
nazariy jihatdan hatto shunday xulosa
bildirgan olimlar ham borki, ular forsiyzabon
badiiyatning o‗zga o‗lkalarga kirib kelishi va
o‗zlashuvi voqeligini go‗yo «ushbu so‗z
san‘ati vatanining ortidagi bir qismi» sifatida
ta‘riflaydilar. Ammo, bunday munosabatning
istisnolari ham bo‗lgan, basharti hindistonlik
shoirlar asarlarining saviyasi fors klassik
namunalari sathiga ko‗tarilish nasib etgan
bo‗lsa, masalan, xuddi Amir Xusrav
Dehlaviy, Mirzo Bedil yoki Mas‘ud Salmon
kabi.

Lekin

afsuski,

hind

forsiyzabon

adabiyotiga nisbatan bildirilgan «provinsial»
ruhiyatidagi baholar qarshisida, bu voqelikka
undan-da nisbiyroq nazarda qarashlar ham
bo‗lgan.

Ya‘ni

«Hindistondagi

ulkan

forsiyzabon adabiyot nafaqat maxsus tadqiqot
uchun nomunosib mavzu sanalgan, balki
uning original emasligidan tashqari, estetik
qiymati yo‗qligi ham ta‘kidlangan. Balki
shuning uchun yaqin-yaqinlargacha fors-tojik
adabiyoti

tarixining

qamrovli

jild-jild

kulliyotlarida hind forsiyzabon badiiyatiga
joy ajratilmagan bo‗lsa kerak»

1

. «Yangi

forsiyzabon adabiyot» tadqiqotiga nisbatan
muqaddam

ilmiy

munosabat

qandayin

bo‗lmasin, mazkur badiiyatning asl g‗oyaviy
va estetik qiymatini uning ibtidosidayoq
qadriga yetuvchi muxlislari bo‗lgan va ular
o‗z izlanishlari bilan Hindiston forsiyzabon
adabiyoti

tadqiqotini

dolzarb

mavzu

darajasiga

olib

chiqishda

fidoyilik

ko‗rsatganlar. Fanda fors tilining Hindistonga
kirib kelishi tarixi oriylar migratsiyasidan

1

Алиев Г.Ю. Персоязъичная литература Индии. М.:

Наука, 1968. – 96 с.

keyingi davrlar bilan bog‗liqlikda taxmin
qilinadi.

Tadqiqotchilarning

aksariyati

oriylarning asl vatanini Qora dengizdan
shimolga tomon cho‗zilgan cho‗llik yerlar,
deb hisoblaydilar. Hind-yevropa jamiyati
miloddan avvalgi uchinchi mingyillikda
tanazzulga uchrab, o‗sha paytlardan boshlab
hind-evropa qabilalari Bolqon, Kichik va
O‗rta Osiyoga tarqalib, shundan keyin Hind
yarim oroliga yurish qilganlar. Chunki
«Xarappa va Mohenjodaro ustki qatlamlari
hamda

janubiy

Belujistonning

qadimgi

qal‘alaridan topilgan qoldiqlar ham shimoli-
g‗arbiy Hindistonga ajnabiy qabilalarning
g‗arbdan kelganligini ko‗rsatadi»

2

. Shunga

ko‗ra, «Hind-yevropa tillarida so‗zlovchi
oriylar bu o‗lkada miloddan avvalgi ikkinchi
mingyillikda qaror topganlar. Bu davrda
yerlik qabilalar yarim orolning markaziy va
shimoli-g‗arbiy xududlariga tarqalgan bo‗lib,
tibet-birman qabilalari esa, shimoli sharqda
yashagan. Hindistonda ham xuddi hamma
yerlarda bo‗lganidek, qadim vaqtlardan irqlar
va xalqlarning o‗zaro assimilyatsiya jarayoni
bo‗lib o‗tgan». Demak, hind va eroniylardan
tashkil topgan «hind-eroniy etnik jamoasi»
ham shu davrga taalluqli bo‗lishi kerak. Buni
ular tillarining o‗zaro yaqinligi, quyosh va
ahd muqaddasligi ramzi Mitra xudosi yoxud
xos marosimlarda sarmast etuvchi «soma-
xaoma» ichimligining iste‘mol qilinishi ham
dalillaydi.

Hind-eroniylar

orasida

keng

tarqalgan «oriy» atamasi, o‗sha davr qabilalari
ittifoqida rahbarlik lavozimini egallagan oliy
nasabli kishilarga taalluqli bo‗lganligiga
ishora qiladi. Mantiqan, bu «tabaqalanish»
dan shunday ma‘no chiqadiki, oriy atamasi
jamiyatda dastlab irqiy emas, balki etnik va

2

Низомиддинов Н. Бобурийлар даври Ҳиндистон

туркий тили ва адабиѐти. Тошкент, 2010. 651-б.


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

26

ijtimoiy ma‘no kasb etgan»

3

. Ayrim

zamonaviy

tadqiqotlarda

oriylar

va

eroniylarning muayyan davrlarda bir xil
ilohlarga sig‗inganligi, diniy manbalari va
marosimlarining

ham

o‗zaro

o‗xshash

bo‗lganligi ko‗rsatilgan. Va bunday omilga
asos sifatida Rigvedaning Avesto matniga
yaqin ekanligi ta‘kidlangan. Hattoki, til va
e‘tiqoddagi mushtaraklikdan kelib chiqib,
ba‘zi nashrlarda qachonlardir har ikki xalq
qabilalarining bir yerda yashaganliklariga
ishora qilingan. Ha, vedizm va eronliklar
diniy e‘tiqodida o‗xshash tasavvur va unsurlar
bo‗lgan, masalan, jannat, do‗zax, olov kulti va
qurbonliklar jarayonining mohiyati borasida.
Shuningdek, yana diniy duolar atamalari
hamda ilohlar va mifologik personajlar
nomida ham.

Diyorimizda istiqlol yillari tariximiz

va milliy qadriyatlarimizni tiklash bilan bir
qatorda, shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi
ilmiy-ijodiy merosimizni izlash va to‗plash
bo‗yicha ham talay xayrli ishlar amalga
oshirildi. Shuning uchun, endilikda ilm va
ijod ahli oldidagi dolzarb vazifa – bu qo‗lga
kiritilgan

madaniy-ma‘rifiy

boyligimizni

yaqin o‗tmish, ya‘ni sho‗rolar ma‘naviyati
talab-taqozolaridan farqli o‗laroq, uning o‗z
asl mag‗z-mantig‗i asosida tadqiq va targ‗ib
qilishdan

iborat.

Bunday

mavzu

«muqaddima»sining ikkinchi bir muhim
tomoni shundaki, uzoq muddatli safarlarda
kuzatilgan Dehli, Kalkutta, Haydarobod va
boshqa o‗nlab qo‗lyozma fondlaridagi forsiy
manbalar adadi shu darajada salmoqliki, ular
kelgusi avlodlar ilmiy izlanishlari uchun ham
shubhasiz bir xazina!

«Hindiston forsiy adabiyoti» tadqiqi

tarixi bilan tanishishda uning g‗oyaviy
jihatdan O‗rta asr Hindistoni «Bhaqtiy va
tasavvuf poeziyasi» bilan mushtarak jihatlari
hamda o‗ziga xos ishqiy lirikasi haqida so‗z
yuritish mumkin. Sir emaski, har bir tarixiy
davrda neki ijtimoiy-siyosiy tuzum bo‗lmasin,
unda hamisha ilg‗or adabiy-g‗oyaviy yoki
ilmiy-tadqiqiy talqinlar tamoyili va mahsuliga
ters keluvchi to‗siqlar bo‗lganidek, ularning
asl mazmuni va maqsadining qadriga yetuvchi

3

Қудратуллаев Ҳ. Бобурнинг давлатчилик сиѐсати

ва дипломатияси. Т.: Шарқ, 2011. – Б. 349-350.

zoti shariflar ham topilgan. Shu bois buyuk
ajdodlarimiz qadimdan bashariyatning diniy-
falsafiy, adabiy-tarixiy va boshqa sohalarga
doir manbalarni o‗rganib, ular haqidagi o‗z
fikr-mulohazalarini

kelgusi

zurriyotlarga

yetkazishga harakat qilganlar. Masalan, bu
xususda Beruniy va Boburning nainki faqat
o‗z xalqi, balki shuningdek, hindistonliklarga
ham

qoldirgan

bebaho

asarlari

shular

jumlasidandir. Aynan shu an‘anaga ko‗ra,
sobiq

sho‗rolar

davrida

ham

milliy

ma‘naviyat ruhi yo‗g‗rilgan manbalarga
nisbatan jiddiy bir munosabat mavjud bo‗lgan
sharoitda, ularni saqlab qolish borasida izchil
faoliyat ko‗rsatgan ilm-fan fidoyilari bo‗lgan.
Aytaylik, shulardan biri – marhum prof.
H.Sulaymonov dunyodagi turli qo‗lyozma
fondlaridan o‗nlab o‗zbek shoir va nosirlari
asarlari borligini aniqlab, ulardan nusxalar
ko‗chirib, nodir qo‗lyozma zaxiralarimizni
yangi badiiyat namunalari bilan boyitish kabi
ishga ulkan hissa qo‗shgan.

Biz

so‗zni

dastlab

moziydan

boshlashni ma‘qul ko‗rdik. Sababi, faqat hind
adabiy jarayonining real tarixi va diniy-
falsafiy dunyoqarashlari bilan imkon darajada
tanishib,

muayyan

ma‘lumotga

ega

bo‗lgandan so‗nggina fors tili badiiyatining
azim

Himolay

tog‗i

ortida

qanday

o‗zlashganligi haqida to‗g‗ri xulosaga kelish
mumkin. Aks holda, hindistonlik forsiygo‗y
shoirlarning ijodi, ularning g‗oyalari va
she‘riy san‘atdagi mahorati to‗g‗risida
gapirish, nazarimizda, majozan, bamisoli
yuragi sug‗urib olingan odam anatomiyasi
xususida fikr yuritish bilan barobardek!
Shuning uchun, muqaddimani qadim hind
diniy-falsafiy

tafakkurini

musulmon

dunyosida birinchi bo‗lib sanskrit tilidagi asl
manbalardan o‗qib o‗rgangan va ularni o‗z
tarjimasi bilan dunyoga tanitgan buyuk
Beruniyning Hindistondagi hayoti va ilmiy
faoliyatining muxtasar bayonidan boshlaymiz.
Faqat shundagina ajdodlarimizning Hindiston
xalqlari ilm-fani, madaniyati va xususan,
adabiyotiga qo‗shgan hissalari haqida aniq
ma‘lumotga ega bo‗lamiz. Uning hind fani va
madaniyati yuzasidan uzoq yillar olib borgan
izlanishlarining mahsuli bo‗lgan mashhur
«Hindiston»

asari

hind

aql-zakovati

durdonalarini dunyoga targ‗ib qilishda


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

27

beqiyos manba sifatida tan olinganligi,
shubhasiz,

haqiqat.

Ya‘ni

hind

jamoatchiligining taniqli vakili Hamid Rizo
e‘tirof etganidek: «O‗rta asr va yangi zamon
tadqiqotchilaridan

birortasi

ham

hind

madaniyatining chigal masalalarini chuqur
ilmiy ruhda tushunishda Beruniyning erishgan
yutuqlarini qo‗lga kirita olmagan. Muallifning
«Hindiston»i shu yo‗nalishdagi tadqiqotlar
tarixida klassik namuna bo‗lib qolishi bilan
birga, ijodkor tomonidan hind fani va
madaniyatiga qilingan katta tortiq hamdir».
Fikrimizcha, asrlar osha hamon o‗z ilmiy
ahamiyatini yo‗qotmay kelayotgan mazkur
tarixiy manbaga berilgan bu muxtasar, lekin,
mazmunan yuksak bahoning ikki jihati
alohida ko‗zga tashlanadi: biri - bu
Beruniyning «hind madaniyatiga doir chigal
masalalar» muammosini idrok etishdagi
daholigi bo‗lsa, ikkinchisi, uning «hind fani
va madaniyatiga qilgan tortig‗i» orqali
xalqlarimizning fan va madaniyat sohasiga
bo‗lgan mushtarak munosabatlarini ilmiy
ravishda

yuzaga

chiqarganligi.

Demak,

Hindiston

forsiyzabon

adabiyotini

o‗rganishda ham hind va forsiy adabiyotning
barobar manfaatdor ekanligini nazarda tutib,
mavzuni

forsiy

va

hind

xalqlarining

umumadabiy merosi nuqtayi nazaridan tadqiq
etmoq lozim. Va qolaversa, hatto ma‘lum
darajada xalqaro ahamiyatga ega bo‗lgan
bunday baynalminal ruhdagi badiiy merosni
o‗rganish,

mustaqillik

davri

adabiyotshunosligi uchun ham qarz, ham farz.
Pirovardida vatandosh ijod ahlining taqdir
taqozosi bilan turli ajnabiy yurtlarda yashab
ilm-fan, adabiyot va san‘at sohasida yaratgan
asarlariga nisbatan xalqimiz e‘tiborining ortib
borayotganligi, ularni targ‗ibu tashviq qilish
ko‗lamini ham kun sayin kengaytirishni
taqozo qilmoqda. Ana shu jihatdan Hindiston
forsiygo‗y shoirlari asarlarining tasavvuf
tafakkuriga yaqin bo‗lgan «bhaqtiy» diniy-
falsafiy ta‘limoti adabiyoti bilan qiyosiy
o‗rganilishi ham, nafaqat forsiy va hind
she‘riyati sarhadlarini kengaytiradi, balki
shuningdek,

ulardagi

mavjud g‗oyaviy,

ijtimoiy hamda badiiy mushtarak tomonlarni
ochib berishda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Hind adabiyoti, mo‗tabar manbalarda zikr
etilishicha, azaldan o‗zining mahalliy va

xorijiy

muxlislari

qatori

dunyo

adabiyotshunos olimlarining ham diqqat-
e‘tiborini jalb qilib kelgan. Lekin, mazkur
adabiyot bosib o‗tgan uzoq adabiy-tarixiy
jarayonning yana shunday bosqichlari ham
borki, ular ayrim obyektiv va subyektiv
sabablarga ko‗ra o‗tgan asrning so‗nggi
choragiga qadar fanda alohida tadqiqot
doirasini tashkil etgan emasdi. Bu hol –
avvalo, o‗rta asr hind badiiyatida markaziy
mavzu hisoblangan bhaqtiy ta‘limoti muhitida
vujudga

kelgan

Hindiston

forsiyzabon

adabiyotiga taalluqlidir.

Salkam o‗n asr (X-XIX) mobaynida

o‗z bag‗rida Amir Xusrav Dehlaviy,
Najmiddin

Muhammad

Kohiy,

Fayziy,

Bayramxon va Abdurahim xoni xononlar,
Urfiy Sheroziy, Naziriy, Tolib Amuliy, Mirzo
Abdulqodir Bedil va Zebunnisobegim kabi
yuzlab betakror ijod ahlini mahorat mezoniga
etkazgan hind turkiy va forsiy so‗z san‘ati,
ma‘lum darajada, forsiy she‘riyatning
mahalliy adabiy muhitga kirib kelishiga ham
sharoit yaratdi, deyish mumkin. Chunki,
turkiygo‗y shoirlarning aksariyati o‗z tillari
qatori ayni vaqtda forsiyda ham qalam
surganlar. shu sababdan ham «ikki tilli
ijodkorlarning nomi» bizgacha tazkiralar
orqali yetib kelgan. Demak, forsiy va
turkiyzabon adabiyotlar tarixidagi bunday
an‘anaviy uzviylik Hindistonda ham o‗z
ibtidoiy tabiatiga sodiq qolgan. Shuningdek,
mazkur har ikki badiiyatning xorijdagi
taqdirida tarix yoki tasodif bois yana shunday
bir «o‗zaro bog‗liqlik» borki, bu quyidagi
omillarga

asoslangan:

a)

yuqorida

aytganimizdek,

avvaliga

G‗arb

adabiyotshunoslari

fikricha,

«hind

forsiyzabon she‘riyati o‗z asliga nisbatan
original emas»ligi uchun (Xusrav Dehlaviy
ijodidan mustasno!) maxsus tadqiq etishga
loyiq topilmagan»

4

; b) keyinchalik – davr

o‗tishi bilan o‗z navbatida turkiy nazm ham,
«ba‘zi mutaxassislar» tomonidan forsiyzabon
adabiyotga qiyosan ayni shu qismatga
«mahkum» etilgan

5

. Muqaddam qayd qilingan

Hindiston forsiyzabon adabiyotining tadqiqoti

4

Алиев Г.Ю. Персоязъичная литература Индии. М.:

Наука, 1968. – 96 с.

5

Афанасий Никитин. Хождения затри моря. М-Л.:

Наука, 1986. – 72 с.


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

28

bilan bog‗liq masalalar, nihoyat, o‗tgan
asrning 70-80- yillarining oxiriga kelib fanda
aktuallik xususiyatini kasb eta boshladi. Bu
jihatdan 1966-yili S.Azimjonovaning kirish
so‗zi bilan «Boburning hind devoni»
matnining

e‘lon

qilinishi,

so‗ngra

H.Sulaymonovning

tashabbusi

bilan

Hindistonga

uyushtirilgan

ekspeditsiya

materiallari yuzasidan chop etilgan risola va
maqolalar bu dolzarb mavzuning yaxlit
tadqiqoti uchun debocha bo‗ldi desak,
mutlaqo

yanglishmaymiz.

Yaqin

o‗tmishgacha fan olamiga noma‘lum ayrim
shoirlarning ijodi, bordi-yu

«Boburiylar

davrida Hindistonga borgan allomalar bilan
birga

keltirilgan

qo‗lyozma

kitoblar»

jumlasiga kirgan taqdirda ham, ularning nima
sababdan hind diyorida besh asrdan ziyod
bezavol umr ko‗rib kelayotganligi haqidagi
haqqoniy

savolga

ertami-kechmi

adabiyotshunosligimizdan

javob

izlanishi

tabiiy edi. Binobarin, hindistonlik forsiy
qalam sohiblari ijodiy merosining mustaqil
mavzu maqomida yuzaga chiqarilishidan
maqsad, xalqimizning xorijiy mamlakatlar
bilan asrlar osha o‗rnatgan va mustahkamlab
kelayotgan

adabiy

aloqalari

amaliy

natijalarining navbatdagi namunasi sifatida
targ‗ib qilishdir.

Biz bu masala yuzasidan tadqiqot olib

borishda asosiy e‘tiborni mantiqiy tayanch
sifatida Hindiston omiliga qaratdik. Chunki
forsiy nazmning hind adabiyoti sirasiga
kirishi masalasini o‗sha davr mahalliy diniy-
falsafiy

ta‘limotlari

asosidagi

adabiy

jarayondan ayri holda tadqiq etilishi, «yangi
forsiy badiiyat»ga o‗zlashib ulgurgan ijodiy
muhit va g‗oyaviy mushtaraklikka soya
solishga intilish bo‗lar edi. Shuning uchun
forsiy she‘riyatning hind adabiyoti dargohiga
tashrifi borasidagi tahlilimizda turli falsafiy
ta‘limotlardan tortib, to ijtimoiy-madaniy
hayot masalalari tahliliga qadar keng o‗rin
berildi. Va fikrimizcha, mana shunday
mantiqqa

yetarli

ahamiyat

berilgan

taqdirdagina, ushbu tadqiqning mavjud ilmiy
nashrlarga nisbatan qamrovi va o‗ziga xos
xususiyati nimada ekanligini his qilish
mumkin. Yana, XV-XIX asr Hindiston
forsiyzabon

adabiyoti

xususidagi

izlanishlarda, adabiy aloqalarimiz tarixi va

uning natijalarini aniqlash hamda tiklash
asnosida «hind-musulmon madaniyati» dagi
an‘anaviy hind, fors va arab kabi turkiy
unsurlar masalasini maxsus o‗rganishga ham
alohida e‘tibor berilsa, maqsadga muvofiq
bo‗ladi. Bundan maqsad, o‗z davri nuqtayi
nazarida baynalminal xarakterdagi – Maxatma
Gandi ta‘riflagan «Ikki din – bir millat »
madaniy merosining

boburiylar sulolasi

davrida qanday bashariy ma‘no kasb
etganligini ilmiy asosda teran anglab yetish.
Aslida,

jamlangan

ma‘noda, forsiy til

qadimdan nihoyatda keng tarqalgan bo‗lib,
uning tarixida turli siyosiy voqea yoxud
iqtisodiy va madaniy aloqalar sababli o‗z
hududi sarhadlaridan o‗tib boshqa o‗lka va
hatto mintaqalarda o‗zlashib qolgan hollari
ko‗p uchraydi.

So‗nggi ming yillik mobaynida hind

adabiy muhitiga kirib kelgan xorijiy fors tili
hamda adabiyoti o‗z davri shart-sharoitiga
ko‗ra, aytish mumkinki, mahalliy muhitda
undi, o‗sdi va unga o‗zlashdi.

Forsiy adabiyot bir xil davr, bir xil

ijtimoiy-siyosiy tuzum, bir xil madaniyatga
mansub bo‗lsa-da, ularning hind tuprog‗ida
qaror topishi forsiy adabiyot vatani bo‗lgan
mamlakatlarning Hindiston bilan muayyan
davrlarda olib borgan savdo-iqtisodiy va
madaniy

aloqalarining

nasib

etgan

taqdiridagina yuz beradigan mantiqiy davomi
– natijasi edi. Holbuki, tarixan u yoki bu ikki
mamlakat

o‗rtasidagi

o‗tmish

munosabatlarining

mevasi

doim

ham

mushtarak fan, san‘at va adabiyot ko‗rinishida
namoyon bo‗lavermagan.

Ma‘lumki, har bir adabiyotning o‗z

ijod ahli bo‗lgani kabi, uning taqdirida
azaldan berilgan o‗z umri va qismati ham
bo‗ladi. Balki bir qarashda, bunday dunyoviy
- ilmiy tahlil masalasiga go‗yo «taqdiri
ilohiy»ning dahli yo‗qdek ko‗rinishi mumkin,
biroq, odatda xuddi ana shu omilni inobatga
olmaslik kishini ko‗pincha haqiqatdan
uzoqlashtiruvchi savollar xurujiga duchor
qiladi. Shuning uchun bu kabi voqelik
asoslarini o‗rganishda, e‘tiborni dastavval
sharqona adabiy tafakkurning an‘anaviy
jihatlariga

qaratilgani

yaxshi.

Sirasini

aytganda, mustaqillik davrigacha masalaning
bu tarafiga noiloj e‘tibor bermaslik oqibatida


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

29

«turfa adabiy tafakkurdagi yagona go‗zallik»,
«yagona adabiy tafakkur qobig‗idagi turfa
go‗zallik»ka aylanib qolgan edi.

Hind xalqining g‗ururiga aylangan

Amir Xusrav Dehlaviy, Fayziy va Bedildek
buyuk shoirlarni yetishtirgan forsiyzabon
adabiyoti rolini o‗ziga olganligida, deb biladi.
Kim bilsin, balki ushbu mutaxassis ko‗zi bilan
qaraganda,

forsiyzabon

va

ingliz

adabiyotining Hindistondagi «taqdiri» -
tutgan o‗rni va mohiyatida shunday
o‗xshashlik bordir? Yoki muallifning o‗z
asarida ta‘riflaganidek, «Hindistonda yangi
adabiyotning paydo bo‗lishi mamlakatni zabt
etganlarning zabt etilganlarga o‗tkazgan
madaniyatining ta‘siri oqibati»dir? Ammo
shunisi ham borki, tadqiqotchi, mavzu
tahliliga kirishishdan ilgari, Amir Xusrav
Dehlaviydek siymoning qaysi davrga taalluqli
ekanligi hamda Movarounnahr, Eron va
Hindiston xalqlarining o‗ziga xos sharqona
tafakkuri va tarixiy-adabiy aloqalari kabi
e‘tiborga olinishi zarur bo‗lgan muhim
omillarni nazardan qochirgan ko‗rinadi.
Demak, adabiy aloqalar va ular tufayli
vujudga kelgan yangi adabiyotning u yoki bu
mamlakat madaniyatida tutgan o‗rniga baho
berilganda, diqqatni faqatgina uning jug‗rofiy
ahamiyati yoki ijtimoiy-siyosiy mohiyatiga
emas, balki avval e‘tiborni bu jihatning tarixiy
asosiga qaratish zarur, aks holda, voqelik
zanjirining birorta xalqasi uzilishi bilan
tarixiy uzviylikka putur yetib, masala o‗z
ma‘nosini yo‗qotadi. Endi «o‗zga til
muhitidagi muhojir adabiyot qaysi xalqqa
mansub deb sanalishi va qanday o‗lchovlar
bilan belgilanishi kerak?» yoki, «muhojir
adabiyot qay darajada milliy va qay darajada
mahalliy

hisoblanadi?»

kabi

tug‗ilishi

mumkin bo‗lgan savollarga kelsak, bizning
tushunchamizda,

ularga

munosib

javob

sifatida sharq xalqlari adabiyoti tarixida
tajribadan

o‗tgan

bir-ikki

misolni

keltirishning o‗zi kifoya. Masalan, deyarli bir
umr Bag‗dodda yashab ijod etgan buyuk
Ozarbayjon shoiri Fuzuliy yoki aytaylik,
Hirot muzofotida tavallud topib, asosan
Xuroson hududida hayot kechirgan – o‗zbek
adabiy tili va mumtoz adabiyotining asoschisi
Alisher Navoiyning asarlariga «mahalliy yoki
muhojir» ma‘nosida munosabatda bo‗lish, bu

siymolarning insoniy ezgulikni ilohiy e‘tiqod
me‘rojiga ko‗targan ruhi pokiga mutlaqo zid!
Binobarin, tadqiqotda zikr etilgan forsiygo‗y
shoirlar orasidagi ayrim tarjimai holi aniq
bo‗lmagan ijodkorlar merosi ham, ta‘bir joiz
bo‗lsa, asrlar osha hamon hind qo‗lyozma
kitoblari javonidan o‗z o‗rnini yo‗qotmagan
―muhojir

adabiyot‖ning

mahalliy

manbalaridir!

Xullas,

forsiyda

bitilgan

devonlar, bayozlar, turkiy-forsiy lug‗atlar
ham o‗zining g‗oyaviy-badiiy va ijtimoiy
qiymati bilan, xuddi hindistonlik me‘mor
Ahmad Lohuriy, samarqandlik chizmakash
Muhammad Sharif, buxorolik usta Ota
Muhammadlarning

bevosita

ishtirokida

bunyod

etilgan

Toj-mahal

yoki

Movarounnahr, Eron va Xuroson qilqalam
san‘ati sohiblarining hamkorliklari evaziga
shuhrati dunyoga tanilgan «Hind miniatyura
maktabi» kabi turli millat va diniy e‘tiqodga
mansub ijodkorlar yaratgan «hind-musulmon
madaniyati»

majmuiga

kiradi.

Akad.

A.Mirzoyev

«Sharqshunoslarning

XXVI

xalqaro konferensiyasi»da qilgan ma‘ruzasida
«tarix va adabiyot tarixi»ga doir ilmiy
ishlarida

Movarounnahr

va

Hindiston

o‗rtasidagi adabiy aloqalarga umuman
ahamiyat berilmayotir» deya, o‗tgan asrning
60-yillari sobiq ittifoqda adabiy aloqalarni
o‗rganish masalasi qanday ahvolda ekanligini
ko‗rsatib bergan edi. Ammo anjumandan
so‗ng, nisbatan qisqa muddat ichida
S.Azimjonova tomonidan «Boburning «Hind
devoni»ning mufassal tavsifi bilan chop
etilishi «Hindiston va Movarounnahrning
adabiy aloqalar tarixi» mavzuida chindan ham
katta voqea bo‗ldi. Olima Boburning ilmiy,
siyosiy, ijtimoiy faoliyatiga bag‗ishlangan o‗z
izlanishlarida,

markazlashgan

boburiylar

davlatining barpo bo‗lishi O‗rta Osiyo va
Hindiston xalqlari madaniyatining o‗zaro
yaqinlashuviga olib kelganligini haqqoniy
ravishda

isbotlab

berdi.

Yoki

Alisher

Navoiyning «Mezon ul-avzon» asaridan so‗ng
o‗zbek aruzi haqida yozilgan ikkinchi yirik
ilmiy risola «Muxtasar» faksimilining 1971-
yil nashr qilinishi keyinchalik Boburning
«Aruz risolasi» asarining yozilishiga sabab
bo‗ldi;

Abu

Rayhon

Beruniy

nomli

O‗zbekiston FA sharqshunoslik instituti ilmiy
xodimlari nashrga tayyorlagan «O‗rta Osiyo


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

30

va Hindiston xalqlari madaniy aloqalari
tarixidan» to‗plamida Hindistonda yashagan
forsiy hamda turkiygo‗y shoirlar hayoti va
ijodi haqida talay ma‘lumotlar keltirildi. Prof.
I.Nizomiddinovning «Madaniy hamkorligimiz
sahifalaridan» nomli risolasi o‗quvchilarni
ellikdan ortiq Hindistonda ijod etgan o‗rta
osiyolik xattot, musavvir va shoirlarning
faoliyati bilan tanishtirdi. Muarrix o‗zining
«XVI asrdan XX asr boshlarigacha bo‗lgan
davrda O‗rta Osiyo va Hindiston o‗rtasidagi
madaniy aloqalar» asarida «Nafois al-maosir»
hamda «Tizkirai majma al-havvas» singari
qo‗lyozma manbalar asosida hindistonlik
forsiygo‗y qalam sohiblari ijodiga aloqador
ba‘zi

qimmatli

faktlarni

keltirgan.

R.Inomxojayevning «XVI asr Hindiston
adabiy hayotida turkiy-forsiy ikki tillilik»
monografiyasida

o‗n

beshdan

ziyod

hindistonlik forsiygo‗y shoirlarning adabiy

faoliyati

XVI-XVII

asrlarning

birinchi

choragigacha bo‗lgan deyarli bir asrlik
muddatni

qamraganligi

bayon

qilingan.

Muallifning

ta‘kidlashicha,

bu

davrga

taalluqli Manzariy Samarqandiy, Mir
Mahmud Mahviy, Ulfatiy, Yazdiy, Tazarviy
Abhariy,

Forig‗iy,

Sheroziy,

Fahmiy

Qazviniy, Navidiy, Siyakiy kabi shoirlar
ijodiy

kamoloti,

muayyan

darajada

Bayramxonning rag‗bati va xomiyligi bilan
bog‗liq bo‗lgan.

Hindistondan topilgan qo‗lyozmalar

ro‗yxati

qo‗limizdagi

manbalar

bilan

cheklanmaydi.

Ya‘ni,

marhum

prof.

A.Abdug‗afurovning Buyuk Britaniyadagi
«Indian Offis» fondi qo‗lyozma nusxalari
tahliliga bag‗ishlangan maqolalari forsiy
manbalar xazinasini yanada chuqur va izchil
o‗rganishga da‘vat qiladi.

Adabiyotlar:

1.Алиев Г.Ю. Персоязьичная литература Индии.- М.: Наука, 1968. – 96 с.
2.Афанасий Никитин. Хождения затри моря. -М-Л.: Наука, 1986. – 72 с.
3.Низомиддинов Н. Бобурийлар даври Ҳиндистон туркий тили ва адабиѐти. -Тошкент,

2010. 651-б.

4.Қудратуллаев Ҳ. Бобурнинг давлатчилик сиѐсати ва дипломатияси. -Т.: Шарқ, 2011. –

Б. 349-350.

Каримова С. История индийско-персидской литературы.

В настоящей статье

исследуется процесс формирования и развития персидской литературы в Индии. Автор
выделяет несколько этапов становления индийско-персидской литературы и приводит
образцы художественных произведений этого периода.

Karimova S. The history of Indian-Persian literature.

The present article is devoted to

investigation of the process of formation and development of the Persian literature in India. The
author defines several stages of the development of Indian-Persian literature and gives examples of
the literary works of that period.













Библиографические ссылки

Алиев Г.Ю. Персоязьичная литература Индии,- М.: Наука, 1968. - 96 с.

Афанасий Никитин. Хождения затри моря. -М-Л.: Наука, 1986. - 72 с.

Низомиддинов Н. Бобурийлар даври индистон туркий тили ва адабиёти. -Тошкент, 2010.651-6.

Кудратуллаев X- Бобурнинг давлатчилик сиёсати ва дипломатияси. -Т.: Шарк, 2011.— Б. 349-350.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов