Понятие божества в поэзии Зебуннисобегим

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
16-23
30
11
Поделиться
Каримова, С. (2021). Понятие божества в поэзии Зебуннисобегим. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (80), 16–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1760
Сафия Каримова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

к.ф.н., Великий учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье описываются поэтические произведения поэтессы Зебуннисобегим, которая прославляла человеческую красоту и любовь, продвигая исламскую веру и мораль, терпении и доброту. Всѐ это интерпретируется в поэзии и искусстве воображения в поэзии Зебуннисобегим. Еѐ лирикаоснована на высокой духовности и морали

Похожие статьи


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

16

ZEBUNNISOBEGIM SHE‟RIYATIDA ILOH VA MAJOZ TUSHUNCHASI

Karimova Safiya Rasulovna,

SamDCHTI katta o„qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi

Kalit so„zlar:

irfon, diniy-ijtimoiy, islom e‟tiqodi yoki tavhid, vatanparvarlik,

insonparvarlik, axloqiy, ilm-ma‟rifat, tasavvufiy-orifona, tariqat ta‟limi, lirika, munojot hamd va
na‟t, majoz, ishq, qissa, ishorat, an‟ana, devon, ma‟naviy va lafziy, mazhab, ibodat, taqvo, din,
ibodat, hijron, kibr, hikmat, e‟tiqod.


Zebunnisobegim

xalqning

yuksak

ehtiromiga sazovor bo‗lgan, irfoni va buning
ilhomida yaratilgan asarlari esa juda ko‗plab
muxlis orttirgan. ―Inson go‗zalligi va ishq-
muhabbatni ulug‗lash, islomiy iymon-e‘tiqod
va pokdomonlikni targ‗ib etish, toat-ibodat va
odob-axloqqa,

sabr-qanoat

va

mehr-

muhabbatga

da‘vat

Zebunnisobegim

asarlarida yetakchi mavzu sifatida badiiy
yuksak ifodasini topdi. Shoira inson qadr-
qimmatini sharafli deb biladi, unga abadiy
baxt-saodat tilaydi:

- Bu jahonga kim kelibdur –

bo„lmasun baxti qaro!..

Shoiraning she‘riyati xuddi shu

fazilatlari bilan keng omma diliga yo‗l
topgan‖ - deya, haqli ta‘kidlagan edi marhum
adabiyotshunos,

professor

Abdurashid

Abdug‗afurov.

Zebunnisobegim

ijodiyoti

ko‗p sonli hammaslaklaridan nimasi bilan
farq qiladi? U ham orifona mazmunda va
pand-axloq mavzusida o‗lmas qadriyatlarni
tarannum etgan, abadiy go‗zallik namunasi -
insonni alqagan, oshiq sifatida yor sitamu
hijronidan

kuyingan...

lekin

ushbularni

qanday ifodalagan, bu mavzular uning
qalamida qay darajada aks etgan, qanday
yo‗sinda

shoir

menligini

ko‗rsatgan?..

Mumtoz

adabiyot

namoyandalarining

ijodlaridagi mavzular o‗xshashligi ular bir xil
asarlar yozganligidan emas, bir xil mavzuda
turlicha mazmun va badiiyatga ega asarlar
bitganligidan dalolat. Qolgan gap, buni ilmu
tafakkur vositasi ila ilg‗ay bilishdadir. Shunga
binoan

shoira

asarlarining

g‗oyaviy

tematikasini

mazmunan

quyidagicha

tasniflash mumkin:

I. Diniy-ijtimoiy: islom e‘tiqodi yoki

tavhid; vatanparvarlik; insonparvarlik va
axloqiy; ilm-ma‘rifat.

II. Tasavvufiy-orifona: tariqat ta‘limi;

ishqiy.

III.Lirika.
Shoiraning

qator

asarlari

sharq

mumtoz adabiyotining fikr mag‗zi – haqiqiy
yor

(Alloh

taolo)

vasfini

kuylash

konsepsiyasidan ayri emas. ―Ki, tavhid jomi
islomdin no‗sh etduk‖ – deya e‘tirof etgan
turkum she‘rlarida, jumladan, ―Gunohim avf
etib...‖, ―Xudoga bandalik shuldur...‖, ―Yo,
Rab‖, ―Muhammad Mustafo sha‘niga...‖,
―Qilmag‗il‖, ―Judo‖, ―Eshit‖, ―Ikki olamda
erursiz...‖

kabi

g‗azal,

murabba‘,

muxammaslarida

e‘tiqod

va

tavhid,

Rasulullohga muhabbat g‗oyasi munojot
hamd va na‘t tarzida keladi. Zebunnisobegim
orif shoira sifatida xalqni turli dahshatlar
bilan

qo‗rqitib

emas,

Allohning

lutfu

karamiga umid qilib, uni sevishga da‘vat
etadi; Haq taolo hukmlarini muhabbat bilan
ado

etishga

chaqiradi.

Inchunin,

payg‗ambarimiz

(s.a.v.)

bir

hadisi

shariflarida: ―Din ahkomlarini xalqqa oson
qilib ko‗rsatinglar, qiyin qilib ko‗rsatmanglar.
Ularga Allohning va‘dalarini gapirib bashorat
beringlar, azoblaridan ko‗p gapirib, bezitib
qo‗ymanglar!‖

7

- deya marhamat qiladilar.

Shoira ham xolis Alloh uchun ibodat
qilishlikni, yaxshi amallar bilan umr daftarini
bezashlikni va shu bilan ikki dunyo saodatiga
erishib, mahshar kuni yorug‗ yuzli bo‗lish
mumkinligini uqtiradi. Hazrati payg‗ambarga
cheksiz hurmat bilan ―Umidim shul
qiyomatda-shafoat

osiy ummatga‖ deya

ilinjda bo‗ladi. Yoki, ―Muhammad ummatiga
rahmati Haqdin bashorat bor...― deya

7

У.Уватов. Муслим ибн ал-Ҳажжож. –Тошкент:

1995. 61-бет.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

17

mujdalar

beradi.

Tadqiqotlar

shuni

ko‗rsatadiki, Zebunnisobegim ancha dardli
she‘rlar yozgan‖:

Man

az

dahani

mor

shakkar

metalabam,

Az xonai ankabut par metalabam.
Az sinai narrasher shir metalabam,
Az mardi barahnapoy zar metalabam.
(Ma‟nosi: Men ilon og„zidan shakkar
talabman,
O„rgumchak

inidan

men

par

talabman.

Erkak sher ko„ksidan sut talab qilsam,
Oyoqyalanglardan

siym

zar

talabman).

kabi misralarida mehru shafqat, o‗zaro oqibat
tushunchalarini targ‗ib etib, ―Shod etgil har
kishini

bu

tiriklikda

mudom,

tashla

dilozorlikni‖ - deya, ―sangdillar‖ ga tanbeh
beradi. ―G‗alat‖, "Qayu jonlik...‖, ―Qadrini‖
kabi g‗azal va taxmislarida mutafakkir
sifatida bu dunyo bebaholigidan shikoyat,
inson umrining g‗animatligi va shu umrni
faqat

ezgulik,

yaqinlarga

muhabbat,

miskinlarga muruvvat, ilmu amal birligida
toatu taqvo bilan o‗tkazish kerakligini falsafiy
mushohada qilsa; ―Bir nechalarning fikru yodi
mol yig‗moqdur‖, ―Har kimni etma g‗iybatin‖
kabi

misralarida

esa

mol-dunyoga

mukkasidan ketgan johil, fosiq, g‗iybatchi,
himmatsiz,

takabbur,

ilmga

e‘tiborsiz

kimsalarni qattiq qoralaydi. ―Fisqu isyon
etgali, ey banda, Allohdin uyol!‖ - deya o‗git
berib, ―Ey yaxshilar, tarki jaholat aylasanglar-
chi!‖ - debon xitob qiladi. Va u Alloh taolo
mukarram qilib insonni yaratganiga shukrona
keltiradi:

Shukri behad o„zga qilmay, bizni inson

ayladi...

Avvalo, shoiraning o‗zi – amali solih,

xushxulq kishi sifatida o‗zgalarga o‗rnak
bo‗lganligini

hayotiga

daxldor

ayrim

lavhalardan

ko‗rish

mumkin.

Umuman

olganda, Zebunnisobegim ma‘rifat hosil etgan
orif zot sifatida ko‗plab she‘rlarida Qur‘oni
Karim va Hadisi Sharifga murojaat qiladi,
ishoratlar beradi. Shu bilan birga:

Hayf bar ammomai zohid ba chandin

pechutob,

Rishtai tasbeh gashtu tori zunnore

nashud

deb, o‗gitlaydi. Ammo, ko‗pgina bilimlarga
ega bo‗lgach, ibodatiga ishonib kibrlanguvchi
kishilarni

tanqid

etadi.

Chunki,

ilmli

bo‗laturib

amal

qilmaslik

va

ilmiga

kibrlanish, toatu ibodat qilaturib yomon
fe‘llarni tark etmaslik va o‗zgalarga ozor
berish mo‗minlarga xos emas. Olimligiga
havolanib, toatlarga bino qo‗yib kibrlangan
azroil marhamatdan sivo (ayri) bo‗ldi; ya‘ni
iblis alayhillanaga aylanib, shayton bo‗ldi.

Shoira Zebunnisobegim:
Har matoero xaridorest dar bozorho,
Pir shud Zebunniso, o„ro xaridore

nashud.

deydi-da, ―Shoh qizi bo‗lsam-da, qildim faqir
yo‗lini ixtiyor‖ misrasi bilan zamin kabi
vazminlikka va sabrga chorlaydi. Chunki,
odam

aslanu

naslan

tuproqqa

oiddir:

tuproqdan yaralgan va tuproqqa qaytadi!

Shoira bu taxlit asarlarida ―ibodat‖,

―toat‖, ―taqvo‖ so‗zlarini ko‗p takrorlagani
ham kishi diqqatini tortadi. Misol uchun,
ibodat

8

kalimasini qo‗llashda, ilmi irfon

sohibi

Zebunnisobegim

faqat

rukniy

amallarnigina nazarda tutgan emas. Balki,
uning ma‘rifiy mohiyatiga urg‗u bergan.
Chunonchi, Muhammad (s.a.i.) ning ―Ilm –
ibodatdan afzal va u taqvo dinning ustunidir‖,
deyilgan hadislari bor

9

va bu xususda

hujjatul-islom Imom G‗azzoliy (r.a.): ―Ey
farzand, ilm olishdan murod – toat-ibodat
mohiyatiga erishmoqdir. Bilgilki, toat-ibodat
yaxshi va yomon, go‗zal va xunuk, halol va
xarom ishlarda, so‗z va amalda shariatga
ergashmoqdan iborat‖,

10

– deya ta‘kidlaydi.

Shunga ko‗ra shoira qalb sofligi, dil

pokligini tilaydi: Ibodat nuri birlan qalbimiz
mir‘ot qil, yo Rab!

Ya‘ni, qalb go‗zal amallar natijasida

hosil bo‗lgan nur tufayli, Haq tajalliysini aks
ettiradigan oyna bo‗lsin. Chindan ham pokiza
niyat!

Yoki, bir necha asarlarida takrorlangan

―Hijrat‖

mavzusini

olaylik.

Ijodkor

―ko‗chish‖ ma‘nosida keluvchi bu kalimani

8

Ибодат – 1) бўйсуниш, итоат этиш; 2) Аллоҳга

сиғиниш; 3) диний расм-русум, удумлар. Арабча-
ўзбекча бошланғич луғат, 383-бет; Арабско-
русский словарь. Том 2, С.ЗЗ.

9

Ҳадислар. –Тошкент : 1991. 95-бет.

10

Охиратнома. –Тошкент : 1994. 12-бет.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

18

ham ko‗p holda istiloh sifatidagi mohiyatiga
ishora etgan. Negaki, yana bir hadisda:
―...Hijratning ikki xil ma‘nosi bor: 1.Vatanni
tark etish; 2. Haromdan halolga ko‗chish‖

11

deyiladi.

Fikrimizcha,

irfon

sohibasi

Zebunnisobegim bu asarlarida ko‗proq ana
shu ikkinchi ma‘noni ko‗zda tutgan. Bu va
boshqa

yuksak

insoniy

fazilatlarni

ulug‗lovchi, komillik sari undovchi g‗oya
shoira ijodining mag‗zi-mag‗ziga singib
ketgan. Zeroki, Zebunnisobegim ijodida
muhim

o‗rin tutgan, tasavvufiy-orifona

mavzudagi asarlarning maqsad va g‗oyasi
inson kamoloti ekanligi ayon.

Zebunnisobegim she‘riyatidagi etakchi

mavzulardan yana biri ishqdir. Uning bu
mavzu va g‗oya aks etgan asarlari lirik
xarakterdagi va ishqi ilohiy tasvirlangan
she‘rlaridir. Majoziy ishq tarannumi esa
shoirning ko‗pgina asarlarida o‗ziga xos
tarzda bayon etilgan. Aytish lozimki, uning
ayrim she‘rlarida iloh va majoz tushunchasi
uyg‗unlashib ketgan. O‗z davri adabiyotida
Zebunnisobegimning majoziy ishqni vasf
qiluvchi asarlari originallik kasb etgan.
―Bo‗lmoq shunchalar‖, ―Laziz‖, ―Qildi‖,
―Koshki‖, ―Olamda monanding saning‖,
―Yo‗q‖, ―Kel‖, ―Oxtarur‖ radifli g‗azallari
ana shular jumlasidan.

Shoira

ISHQ

istaydi.

Muhabbat

sharbatini esa ―Xudovando, nasib etgin
saqqohimning sharobidin‖ – deya, o‗tinadi.
Ishq yo‗lidagi riyozatu malomatlarga tayyor,
shu bilan birga:

No„sh etar ushbu jahonda kim

muhabbat sharbatin,

Xalq aro xomush bo„lub, ahli fanoni

oxtarur -

fikrida, ―ahli fano‖ ni, ya‘ni o‗zidek ―daryoi
muhabbatga cho‗mgan‖larni izlaydi. fano –
yo‗qliqdir;

tasavvufda ―o‗z borlig‗idan

kechmoqlik‖

12

ma‘nosida keladi. ―Fano ahli‖

esa, ishq yo‗li (tariqat)dagi oshiqlar. Ular Haq
nuri-tajalliysidan bebahra emas. Bu foniy
dunyoda shu nurni bir-birlarida ko‗radilar va
ma‘shuqqa ―u‖, ya‘ni ―majoz‖ orqali shaydo
bo‗ladilar. Majoz – insonga bo‗lgan pok

11

Хадислар. 69-бет.

12

Яна, фанофиллоҳ – қулнинг зот ва сифати

Ҳақнинг зот ва сифатида йўқ бўлмоғи.

muhabbat nihoyasida HAQ ishqiga vosil
bo‗lmoqlikdir. Bu turli ramzlar, ishoralar,
voqea va rivoyatlar orqali sharq mumtoz
adabiyotida izohlangan. ―Majoziy obrazlar
ustunlik qilgan she‘rlarda, hatto, shoirning
o‗zi ko‗zlagan yoki o‗ylaganidan ham ancha
ko‗p va keng mazmun aks topadi‖

13

. Umuman

olganda, turli she‘riy san‘atlar, ayniqsa,
talmeh orqali timsollar bilan fikrni to‗laqonli
asoslash mumtoz adabiyotimiz ijodkorlari
uchun

xos.

Masalan,

bu

xususiyat

Navoiyning:

Ishq

agar

komildurur

mashuqni

mahkum etar,

Bo„lmayin Mahmud, bo„lmoq istama

yoring Ayoz.

Gar

Navoiy

yig„lasa,

ishqing

majoziydur dema

Kim, nazar pok aylagach, ayni

haqiqatdur majoz –

14

misralarida Mahmud G‗aznaviy va Ayoz
qissasiga ishora orqali berilgan. Bu qissa
majoziy ishqni talqin etuvchi eng mashhur
qissalar sirasidan hisoblanadi

15

. Mazmun va

mohiyatan o‗zaro yaqin bu kabi she‘rlarda
―ishqi ilohiy‖ga etishishdan avval ―ishqi
majoz‖ni o‗tamoq lozimligi va buning o‗zi
―ayni haqiqatga‖ yaqinligi nazarda tutiladi.
Bunday qissa-afsonalarga murojaat ko‗plab
mumtoz shoirlar ijodida uchraydi. Lekin,
aynan

―Mirzo

Hamdam

qissasi‖ga

munosabat-ishoratni, o‗sha davr adabiyotida
faqat,

Zebunnisobegim

she‘riyatidagina

ko‗ramiz.

Necha donolarni nodon ayladi ishqi

majoz,

Yorning ko„yida sarson ayladi ishqi

majoz –

deya boshlanuvchi g‗azali ana shunday asarlar
jumlasidandir.

To‗qqiz baytli mazkur g‗azalning

deyarli har bir baytida biror bir afsona,
rivoyat, doston, tarixiy voqeaga ishoralar bor.
Talmeh san‘ati vositasida Layli va Majnun,
Farhod va Shirin, Vomiq va Uzro, Tohir va

13

И.Ҳаққул. Ирфон ва идрок. –Тошкент: 1998. 26-

бет.

14

Алишер Навоий. МАТ. 4-жилд. Наводир уш-

шабоб. 147-бет.

15

Алишер Навоий. МАТ. 12-жилд. Лисон ут-тайр.

290-291-бетлар.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

19

Zuhro, Shayx San‘on, Ya‘qub (a.s.) hamda
uning o‗g‗li Yusuf (a.s.) va Zulayho
qissalariga murojaat qilingan. G‗azalning
maqtaida esa Mirzo Hamdam qissasi yodga
olinadi:

Ey Zebunniso, Mavlaviy Jomiy bila

Hamdamni ko„r,

Ul Husayn Mirzoni tug„yon ayladi

ishqi majoz.

Qissa

o‗tmishda ―Qissai Mirzo

Hamdam va Mavlono Jomiy‖, ―Qissai Mirzo
Hamdam va latofati Jomiy‖ va ―Qissai Mirzo
Hamdam‖ nomlari ostida mashhur bo‗lgan.

Mazkur qissada Abdurahmon Jomiy,

Husayn

Boyqaro

va

Mirzo

Hamdam

ishtirokidagi ajib tarovatli nafis majlis-
she‘rxonliklar, insonning insonga (va u orqali
yagona Allohga) bo‗lgan chin va samimiy
muhabbati

aks

etgan.

Uning

ba‘zi

variantlarida, hatto, Alisher Navoiy timsoli
(obrazi) ham uchraydi.

Shoira

haqiqiy

pok

muhabbatni

tarannum

etib,

ma‘rifatga

erishmoq

istaganlarni ishq yo‗liga da‘vat etadi:

Ishq yo„li birla kim tariq etsa,

haqiqatga etar,

Ma‟rifat hosil etolmasdur, muhabbat

bo„lmasa .

―Shoira kalomidagi ishq va uning

manbalari qaerdan? – degan haqli savol
tug‗iladi. Imom G‗azzoliy (r.a.) ishqqa
shunday ta‘rif beradi: ―Sevgi – inson
tabiatining zavq olgan bir narsasiga mayl
qo‗yishidir. Buning quvvatli shakli – ISHQ
deyiladi‖. Muhyiddin ibn al-Arabiy (r.a.) ham
sevgi maqomining to‗rt ismini keltiradi va
shulardan biri ishqni shunday ta‘rif etadi:
―ISHQ – muhabbatning ifroti, ya‘ni sevgining
oshirilishi. Yoki ortiq bir darajaga yetishgani
sevgidir‖. Haqqa bo‗lgan muhabbat esa ishqi
lohutiydir. Ishqi Ilohiy, Ishqi Haqiqiy, Ishqi
Ma‘naviy kabi ta‘birlar ham janobi Vojibul
vujudga doir shiddatli muhabbat va sevgini
ifodalaydi. Shunga ko‗ra, asl ishq – Allohdan
va Allohgadir!

Zebunnisobegim g‗azalidagi majozga

kelsak, kalima o‗laroq [arabcha (o‗tmoq)
fe‘lidan yasalib] (majoz) – ―o‗tadigan yer‖,
―yo‗l‖ ma‘nosidadir. Boshqacha izohlash,

obrazli ifoda, metafora ma‘nosiga ham ega

16

(―g‗ayri haqiqat‖, ―ziddi haqiqat‖ mazmunida
ham kelishi mumkin)

17

. Adabiyotshunoslikda

esa, haqiqiy ma‘nosi bilan emas, unga
o‗xshash boshqa bir mazmun yoki istalganini
eslatadigan biror kalima bilan atamoq,
istalganiga o‗xshash bir ma‘no ifodasidir.
Naql etishdagi munosabatga ―aloqa‖ –
deyilib, aloqasi tashbeh bo‗lgan majozlar
istiora (ko‗chma ma‘no), boshqa bir turli
aloqasi bo‗lganlar esa majozi mursaldir.
(Majozi mursalning ham bir necha turi
mavjud). Shoira she‘ridagi majozdan murod
esa – istioradir. Anglashilganidek, ma‘shuqqa
bo‗lgan muhabbat aslida shu ma‘shuqani
yaratguvchisiga bo‗lgan majoziy ishq ekan.

―Inson hissiyot olami vositasi bilan

ma‘no olamini idrok qiladi, boshqacha qilib
aytganda, nisbiy haqiqat mutlaq haqiqatni
bilishga olib boradi‖

18

. Badiiy tarzda bu

mavzu haqida hazrat Navoiy aniq qilib
shunday yozadilar:

Majozdin manga maqsud erur haqiqiy

ishq,

Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat

erur.

Majozdin chu haqiqatqa yo„l topar

oshiq,

Qilur majozni nafy ulki, bahaqiqat

erur –

19

Ushbuni eng go‗zal tarzda ifodalovchi hazrat
Bahouddin Naqshband (q.s.) va boshqa
naqshbandiy shayxlaridan naql etilgan: ―Al-
majozu

qantarat

ul-haqiqat‖

(majoz

haqiqatning ko‗prigidur) hadisi

20

mashhur.

Muhammad Sayid Amir Umarxon (1787-
1822) o‗z devoni debochasida nazokat va
shoirona ta‘b bilan majozga shunday izoh
beradi: sarmashq esa Parvardigor qudrati

16

Арабско-русский словарь. Том 1. С.138; Арабча-

ўзбекча бошланғич луғат, 192-бет.

17

Фарҳанги забони тожики. Жилди 1. С.680.

18

А.Рустамов. Алишер Навоий. Ҳикматли сўзлар. –

Тошкент : 1985. 131-бет.

19

Алишер Навоий. МАТ. 6-жилд. Фавойид ул-

кибар. 512-бет.

20

Мақомоти Муҳаммад Баҳоуддин Нақшбанд. -

Истанбул, 1328. 144-саҳ.; Баҳоуддин Балогардон. -
Тошкент, 1993. 28-бет; Ё.Исҳоқов. Нақшбандия
таълимоти ва ўзбек адабиѐти, 21-бет; Алишср
Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4-жилд,
250-бет.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

20

bilan yaratilgan aziz va mukarram inson
hamda unga bo‗lgan muhabbat tasviri – ishqi
majoz nomi ostida mumtoz adabiyotimizda
kuylandi. Shoira Zebunnisobegim ijodi ham
shu an‘ana asosida rivojlandi. Shoiraning o‗z
davri uchun xos bo‗lgan yo‗sindagi, xalq tili
va diliga yaqin she‘rlari badiiy obrazliligi
hamda tarovati bilan o‗quvchi ko‗z o‗ngida
namoyon bo‗ldi. Zebunnisobegim ustoz
Navoiy kabi, asarlarida majoziy ishqsiz
haqiqiy ishqqa yetib bo‗lmasligi haqidagi
g‗oyani olg‗a suradi. Shoira:

Ishq ahli ta‟nai zohidlara parvosi

yo„q,

Majnun emasdur, o„shal oshiqni ham

Laylosi yo„q –

deya boshlanuvchi g‗azalida yana o‗sha
qissani esga tushiradi va majoz vositasidagi
ishq har kimga ham nasib etavermasligini
ta‘kidlaydi:

Har nechuk olimni ko„rsangiz, ani

Jomiy demang,

Mirzo Hamdamdek ajab ma‟shuq ham

barnosi yo„q.

Qissada

keltirilishicha,

Mavlaviy

Jomiy (Hirotdagi) madrasada talabalarga dars
berardi. Bir kuni Samarqanddan kelgan
qalandar

mazkur

shahardagi

Husayn

Boyqaroning ma‘shuqi Mirzo Hamdam va u
haqidagi sho‗rishu g‗avg‗olar to‗g‗risida
xabar beradi. Jomiyda Mirzoga nisbatan
g‗oyibona muhabbat hosil bo‗lib, Samarqand
sari yo‗l oladi va Mirzoning ―jamoli‖ hamda
―suhbatiga‖

musharraf

bo‗ladi

21

.

Zebunnisobegim

aytmoqchi,

qissada

ta‘riflangan Jomiyda ishqu amal bor edi.
Faqat Mirzo Hamdam (visoli)ga yetishgach,
bu ishq takomilga erishdi:

Kim majozi o„tig„a kuymaydi – ul

oshiq emas,

To, Zebunniso, har kishida yorning

savdosi yo„q.

21

Бу қиссанинг XVIII-XIX асрлар ўзбек ва форс

адабиѐтида кенг тарқалиши ва ―Жомийнинг
Самарқанддаги ҳаѐти заминида юзага келган
ривоятлардан фойдаланилиш‖лигини Р.Орзибеков
ва Қ.Тоҳиров ҳам таъкидлайди (Жомий ва XIX аср
ўзбек адабиѐти // Абдураҳмон Жомий. Тўплам: -
Тошкент, 1989. 112-бет).

―Demak, majoziy ishq ilohiy ishqni
kuchaytiruvchi, tezlashtiruvchi vosita‖

22

ekanligi

shoir

misralaridan

ayon.

Zebunnisobegimning ishqi majozni ta‘rif
etishda bot-bot, zikr etilgan qissaga murojaat
etganligining sababi nimada?

Fikrimizcha, bu qissada majozga

nisbatan muhabbat va u orqali Ilohga bo‗lgan
ishqning

sodda

va

xalqona

tasviri

mujassamligidir. Xalq kitoblaridan yaxshi
xabardor bo‗lgan shoira bunga bee‘tibor
qolmagan, albatta. Qissadagi Jomiy timsoli
ham bunga yetakchi omil bo‗lgan, deyish
mumkin.

Zebunnisobegim

majoz

ishqiga

munosabatini

ta‘kidlangan

misralarda

izohlagan bo‗lsa-da, bu mavzudagi aniq
fikrini, aytish mumkinki, o‗z konsepsiyasini
mashhur Shayx San‘onga ishoratlar bilan
ifodalaydi:

Zebunniso, Vomiqu Farhod birlan

o„zni teng tutmay,

Taqib zunnori ishq, o„shal Shayx
San‟onimni yod ettim –

U o‗z ishq savdosiga ishoratlar qiladi:

Tushub boshimg„a savdo, kimsaga

izhor etolmasman,

Bu sirni maxfiy aylab yurmoqqa qolu

balo bois.

Satrlardan shu ma‘lum bo‗ladiki,

majoziy

ishqqa

sabab,

―parivash‖,

―qamartal‘at‖ yuzning olamga oshkor bo‗lishi
va yurakdagi ishqning jo‗sh urmog‗i, ammo,
bularning hammasi sir chunki bu azalda, ya‘ni
―qolu balo‖da taqdiriga yozilgan. ―Qolu balo‖
(aslida ―bala‖, bu o‗rinda vazn talabiga ko‗ra
shunday o‗qiladi) Qur‘oni Karim ―A‘rof‖
surasining

172-oyatiga

ishoradir:

«Parvardigoringiz

Odam

bolalarining

bellaridan (ya‘ni pushti kamarlaridan to
qiyomat

kunigacha

dunyoga

keladigan

barcha)

zurriyotlarini

olib:

«Men

Parvardigoringiz emasmanmi?» deb, o‗zlariga
qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqiqatdan sen
Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz»,
deganlar! Sizlardan bunday guvohlik – ahd-
paymon olishimiz qiyomat kunida: «Bizlar

22

Н Комилов. Тасаввуф. I -китоб. –Тошкент: 1996.

56-бет.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

21

bundan

bexabar edik» demasliklaringiz

uchundir»

23

.

Ya‘ni ruhlar yaratilganda, Allohning

ularga qarata: (Men Rabbingiz emasmanmi?)
deya buyurganida, ruhlar: (Ha, dedilar)
tarzida javob berganliklarini xotirlatmoq
uchun qo‗llaniladigan birikma. Mazkurga
nisbatan ―Bazmi alast‖, ―ro‗zi alast‖ ta‘biri
ham ishlatiladi. Zebunnisobegim bir she‘rida
―ro‗zi alast‖ deya ifoda etgan:

Azalda mubtalolarga sitamni
Qalam yozganmukin ro„zi alastda.

Buning boshqa bir badiiy go‗zal shaklini
shoira ―Moni‖ radifli g‗azalida ham aks
ettirgan. U yana majoz orqali haqiqiy sevgisi
mavjudligini asoslashga harakat qiladi. Bu esa
qissa qahramonlari va o‗z ―suygani‖ga ishora
bo‗lib misralarga tizilgan:

Ul

Mavlaviy

Jomiy

dedi:

“Hamdamim”,

Mirzo

Husayn

der

erdilar:

“Mahramim”,

Zebunnisoman,

Ibrohimdur

suyganim...

―Ibrohim – Ibrohimxon‖ ismi uning

ayrim g‗azal va murabba‘larida ham keladi.
Lekin, ―Xudodan suhbatini ato qilishni‖
so‗rab: Ey, dilbari olam aro yagona, Holo
o‗zing bir Yusufi Farg‗ona – deya ta‘rif
etilgan bu Ibrohimxon kim? – degan savolga
javob berish albatta mushkul. Fikrimiz-cha,
―O‗xshamas‖da ―xushtakallum, porsovash,
xo‗bsuvrat, falotuntab‖ – deya sifatlanadi.
Shayx va shoira bilan Ibrohimxon ismli kishi
orasidagi muomalot, Navoiy ta‘biri bilan
aytganda ―pok yuzga pok nazar bilan
muhabbat‖ tarzidagi xushsuhbatlardan iborat
bo‗lgan

deyishga

asos

bor.

(Masalan,

Mavlono Jaloliddin Rumiy va Shams Tabriziy
orasida bo‗lib o‗tgan xos suhbatlarni eslash
kifoya).

Shu tariqa aniq-real shaxsga bo‗lgan

samimiy munosabat, shoira ijodida majoziy
ishq tarzida berilib, oxir-oqibat, albatta, HAQ
muhabbatiga yetkazuvchi vosita sifatida
namoyon bo‗lgan. Majoz va unga bo‗lgan
ishqning takomili ilohiy muhabbat – mumtoz

23

Қуръони Карим.(Ўзбекча изоҳли таржима

муаллифи:

Алоуддин

Мансур.)

–Тошкент:

1992.113-бет.

adabiyotimizning ulkan namoyandalari qatori
Zebunnisobegim ijodida ham mazmun, ham
tasvir va mohiyatiga ega bo‗lib kelgan. U bir
she‘rida:

Ishq darsini o„qurg„a bir muallim

topmadim,

Kimga aytsam, aytadur: “Ko„fada

No„„moning kerak” –

deydi. No‗mon – ―Imomi A‘zam‖ (buyuk
imom) nomi bilan mashhur Abu Hanifa
No‗mon ibn Sobit (hij. 80-150). Ul zot
Ko‗fada tug‗ilib, Bag‗dodda vafot etgan
islom olamining ulug‗ mujtahid olimi,
hanafiya mazhabining asoschisi. Dunyo
musulmonlarining ko‗p qismi, jumladan,
Movarounnahr

musulmonlari

ham

shu

mazhabda qoim va u to‗g‗ri e‘tiqod sifatida
tan olingan. Hanafiya mazhabining ko‗p ulug‗
olimlari ayni damda, tasavvuf arboblari ham
bo‗lishgan.

Xususan,

Alisher

Navoiy

―Nasoyim ul-muhabbat‖ asarida Imomi
A‘zamning o‗zini ham valiyullohlar qatorida
zikr etgan

24

. Zebunnisobegim bu o‗rinda

Imomi A‘zamga ishora bilan, e‘tiqodda (ahli
sunna val jamoa)da bardavom ekanligini
ta‘kidlamoqdaki, u ishq bobida ham, g‗ayri
ta‘limotlarga emas, haq mazhab ulug‗lariga
iqtido qilganligi anglashiladi.

Shoiraning

tasavvuf

ruhidagi

asarlarida sof so‗fiyona ma‘no va mazmun
tarannum

etilsa,

axloqiy

mavzulardagi

bitiklarida poklik, odamiylik, saxovatpeshalik
kabi yuksak insoniy fazilatlar ulug‗lanadi.
Diniy va ijtimoiy mavzudagi she‘rlarida esa
islomiy tushunchalar yordamida jamiyatda
sodir bo‗layotgan siyosiy-ijtimoiy, ma‘rifiy-
madaniy masalalar haqida fikr bildiriladi.

Zebunnisobegim she‘riyatini, mumtoz

badiiyat me‘yorlari asnosida tadqiq etar
ekanmiz, u nafaqat orif ijodkor, balki yor
go‗zalligini ta‘rif etuvchi va uning muhabbati
sitamlaridan kuyinuvchi she‘rlarida o‗z
mahoratini namoyish eta bilgan lirik shoira
sifatida ham ko‗z oldimizda bor bo‗y-basti
bilan gavdalanadi. U lirikada ham aniq she‘riy
maromga amal qiladi. Uning asarlarini o‗qir
ekanmiz, fikr aniqligi va misralarning
ravonligidan zo‗r qoniqish hosil qilasiz, ibratli

24

Алишер Навоий. МАТ. 17- жилд. –Тошкент: 2001.

31-32-бетлар.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

22

hikoyalarga ishoralardan, benihoya go‗zal yor
ta‘rifining jozibasidan zavqlanasiz. Shoira
ma‘shuqa obrazini yaratishda va unga
murojaatda

an‘anaviy

badiiy

tasvir

vositalarini mohirona qo‗llash barobarida
o‗ziga xoslik ham namoyon qila bilgan.
Aytish mumkinki, u ko‗p o‗rinlarda o‗ziga
xos kashf darajasidagi badiiyatga erisha
olgan.

Zebunnisobegim lirik qahramonini

maroq bilan serjoziba tasvirlaydi:

Jamoling safhasidin sabz o„lub bir

mushki rayhoning,

Tamoshoyi Chaman yo bog„ aro

gulzora o„xshattim .

Mazmunan bir-biriga yaqin bo‗lgan

"chaman, bog‗, gulzor‖ tanosub hosil qilib,
chiroyli dalillovchi husni ta‘lil san‘atiga asos
bo‗lmoqda. Yoki, yana nihoyatda ta‘sirli va
original ifodalangan baytlardan biri:

Vujudim

shahrining

Iskandarisan,

bandadur aqlim,
Ra‟iyyat - hushu idrokim, xayolim -
posi bedoring.

Avvalo,

bunda

badiiy

tasvir

vositalaridan istiora, tamsil va tashbeh g‗oyat
go‗zal shaklda qo‗llangan. ―Vujud Shahri‖ -
istioraviy ifoda bo‗lib, shoir qalbini zabt etgan
―qamartal‘at‖ni mantiqan unga podshoh
hisoblaydi. Iskandarning shohligiga ishora
tarzida, uni misol keltirib, asosli tamsil topadi.
Endi, albatta, mamlakatda shoh bo‗lgach,
uning tobesi xalq va posbonlari ham mavjud.
Oshiqning aqli - iskandarmisol ma‘shuqaga
banda, hushu idroki - raiyat, xayoli doimo
birga bo‗lguvchi - posbon. Bu esa shoira
hissiyotlari mohirona o‗xshatilgan tashbeh

san‘atidir. Mumtoz she‘riyat namunalari,
xususan, g‗azal matnining tahlil hamda talqini
uning g‗oyasini izohlaydi. Undagi badiiyat
orqali ijodkorning ruhiy olamiga kirib
boriladi, asar mohiyati yechiladi. Bu esa
keyinchalik asarning yaratilishi haqidagi turli
taxminlarga yo‗l ochmaydi.

Xullas,

shoira

she‘riyatida

yuqoridagiday lirik-hissiy jonlanish ko‗p
uchraydi. Mumtoz adabiyotimizdagi go‗zal
an‘analardan biri ham ana shu kabi
jonlanishlarni badiiy tarzda tasvir etuvchi
san‘at asari yaratmoqlikdir. Badiiy san‘atlar
esa ko‗p holda ana shuning vositasidir. Ya‘ni
oddiy badiiyatgina emas, badiiyatdan badiiy
san‘atga tomon ilgarilanadi. Fikrni badiiy
ifodalashda ko‗plab san‘atlar qo‗llaniladi.
Zebunnisobegim she‘riyatda ma‘naviy va
lafziy san‘at turlaridan unumli foydalangan.
Misol uchun, tazmin san‘atining namunasi.
―Yovvoyi chorgoh‖ kuyida aytiluvchi qo‗shiq
tarzida mashhur bo‗lgan: Tiyra dilimning
ravshanisiz,

ro‗shno

keling

deya

boshlanuvchi

muxammas

shu

san‘at

vositasida bitilgan. Shuningdek, ko‗plab
asarlarida Kalomi Sharifning o‗ndan ortiq
suralariga murojaat etgan bo‗lib, bu iqtibos
badiiy san‘atidir. Uning vositasida Qur‘oni
Karimning oyatlariga ochiq yoki yarim ochiq
ishoralar,

ularning

ma‘nolarini

she‘riy

kontekstda ochib berish namunalariga diqqat
etilsa, ijodkordagi yuksak ma‘naviy va
ma‘rifiy saviya, hamda baland tab seziladi.
Zebunnisobegim salohiyatli ijodkor bo‗lish
bilan birga, ilmi irfon sohibi – valiy zot
ekaniga uning asarlarini chuqur va atroflicha
o‗rganish jarayonida amin bo‗lish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati

1.

У.Уватов. Муслим ибн ал-Ҳажжож. –Тошкент: 1995. 61-бет.

2.

Ҳадислар. –Тошкент : 1991. 95-бет.

3.

И.Ҳаққул. Ирфон ва идрок. –Тошкент: 1998. 26-бет.

4.

Алишер Навоий. МАТ. 4-жилд. Наводир уш-шабоб. 147-бет.

5.

Алишер Навоий. МАТ. 12-жилд. Лисон ут-тайр. 290-291-бетлар.

6.

Арабско-русский словарь. Том 1. С.138; Арабча-ўзбекча бошланғич луғат, 192-бет.

7.

Фарҳанги забони тожики. Жилди 1. С.680.

8.

А.Рустамов. Алишер Навоий. Ҳикматли сўзлар. –Тошкент : 1985. 131-бет.

9.

Алишер Навоий. МАТ. 6-жилд. Фавойид ул-кибар. 512-бет.

10.

Мақомоти Муҳаммад Баҳоуддин Нақшбанд. -Истанбул, 1328. 144-саҳ.; Баҳоуддин

Балогардон. -Тошкент, 1993. 28-бет.


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

23

11.

11.Ё.Исҳоқов. Нақшбандия таълимоти ва ўзбек адабиѐти, 21-бет; Алишср Навоий

асарлари тилининг изоҳли луғати. 4-жилд, 250-бет.

12.

Н Комилов. Тасаввуф. I китоб. –Тошкент: 1996. 56-бет.

13.

Қуръони Карим.(Ўзбекча изоҳли таржима муаллифи: Алоуддин Мансур.) –

Тошкент: 1992.113-бет.

Karimova S. The concept of deity in poetry of Zebunnisobegim.

The article describes the

poetic works of the poetess Zebunnisobegim, who glorified human beauty and love, promoting the
Islamic faith and morality, patience and kindness. All this is interpreted in poetry and the art of
imagination in the poetry of Zebunisobegim. Her lyrics are based on high spirituality and morality.

Каримова С. Понятие божества в поэзии Зебуннисобегим.

В статье описываются

поэтические произведения поэтессы Зебуннисобегим, которая прославляла человеческую
красоту и любовь, продвигая исламскую веру и мораль, терпении и доброту. Всѐ это
интерпретируется в поэзии и искусстве воображения в поэзии Зебуннисобегим. Еѐ лирика
основана на высокой духовности и морали.

































Библиографические ссылки

У.Уватов. Муслим ибн ал-Хажжож. -Тошкент: 1995. 61-бет.

Хадислар. -Тошкент : 1991.95-бет.

И.Хаккул. Ирфон ва идрок. -Тошкент: 1998. 26-бет.

Алишер Навоий. МАТ. 4-жилд. Наводир уш-шабоб. 147-бет.

Алишер Навоий. МАТ. 12-жилд. Лисон ут-тайр. 290-291-бетлар.

Арабско-русский словарь. Том 1. С. 138; Арабча-узбекча бошлангич лутат, 192-бет.

Фарханги забони тожики. Жилди 1. С.680.

А.Рустамов. Алишер Навоий. Хикматли сузлар. -Тошкент : 1985. 131-бет.

Алишер Навоий. МАТ. 6-жилд. Фавойид ул-кибар. 512-бет.

Макомоти Мухаммад Бахоуддин Накшбанд. -Истанбул, 1328. 144-сах.; Бахоуддин Балогардон. -Тошкент, 1993. 28-бет.

I I.E.Hcxokob. Накшбандия таълимоти ва узбек адабиёти, 21-бет; Алишер Навоий асарлари тилининг изохли лутати. 4-жилд, 250-бет.

Н Комилов. Таеаввуф. I китоб. -Тошкент: 1996. 56-бст.

Куръони Карим.(Узбскча изохли таржима муаллифи: Алоуддин Мансур.) -Тошкент: 1992.113-бет.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов