Соцально-личностьные взаимоотношения в произведении «Ночь и день» Абдулхамида Чулпана как обьект лингвистического анализа

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
88-94
63
186
Поделиться
Сайиткулова, З. (2021). Соцально-личностьные взаимоотношения в произведении «Ночь и день» Абдулхамида Чулпана как обьект лингвистического анализа. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (79), 88–94. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1721
Зилола Сайиткулова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье на основе лексики романа Чулпана «Ночь и день» («Кеча ва Кундуз») анализируются семейные, супружеские, дружеские и добрососедские социально-личностные отношения в узбекских домах начала двадцатого века. В нѐм также освещаются элементы узбекской национальной культуры и еѐ исчезающие традиции

Похожие статьи


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

88

ABDULHAMID CHO„LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI IJTIMOIY-

INSONIY MUNOSABATLAR LISONIY TAHLIL OBEKTI SIFATIDA

Sayitqulova Zilola Husniddin qizi,

SamDChTI mustaqil tadqiqotchisi

Kalit so„zlar:

ijtimoiy-oilaviy munosabatlar, qadriyatlar, milliy o„ziga xoslik, an‟ana,

kontekst, lisoniy ifoda, muhit.

Har qanday badiiy asar madaniy-

adabiy

an‘analar

zaminida

yaratiladi.

Yurtmizda ko‗p yillik tarixga ega va
muqaddas hisoblanmish oila munosabatlari
badiiy asarlarimizda, xususan, ilk o‗zbek
romanlarida ham ma‘lum darajada qiziqarli
tarzda

ochib

berilgan.

Jumladan,

Cho‗lponning ―Kecha va Kunduz‖ romanida
aks ettirilgan oilaviy munosabatlar va o‗z
davriga

xos

ijtimoiy-oilaviy

an‘analar

bugungi kun nuqtai nazaridan, ayniqsa lisoniy
aspektda e‗tiborni tortadi. Asardagi oilaviy
munosabatlarga xos xususiyatlar, ba‘zi
yo‗qolib borayotgan an‘analar, o‗zbek xalqiga
xos fazilatlar umum ijtimoiy kontekstda
yorqin namoyon bo‗ladi va o‗sha davr
muhitini, oila a‘zolari o‗rtasidagi insoniy
munosabatlarni ko‗rsatib berilishiga namuna
bo‗lib xizmat qiladi. Asarda bir qator o‗tmish
an‘analari, sharqona axloq, o‗zbek xalqiga
xos

fazilatlar

tasviri

jamlangan.

Adabiyotshunos

O.Sharafiddinov

ta‗kidlaganlaridek, ―Kecha va Kunduz‖
romanida

muallif

nigohi

―o‗zbek

xonadonining ichkarisi‖ga qaratilgan [6, 59-
60 b.]. Asar matnidan biz o‗zbek
xonadonlaridagi ―yaqin moziyga xos‖ oilaviy-
insoniy

munosabatlariga,

yuqorida

aytilganidek, qator misollar keltirishimiz
mumkin.

Romandan ilk sahifalaridan keltirilgan

quyidagi parchada XX asr boshlariga qadar
barcha o‗zbek erkaklariga xos jihatni, ya‘ni
andisha fazilatining kichik bir ko‗rinishini
ko‗zatamiz:

– O„zbekda ahir har bir erkak o„z

xotinini-o„z halol juftini qizi yo o„g„lining
nomi bilan atab chaqiradi. O„z xotinining
ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinining
ismi Maryam, qizining ismi Xadicha bo„lsa,
mo„min-musulmon: - sharmu hayo yuzasidan

bo„lsamikan? – xotinini “Xadicha” deb
chaqiradi. Aksar ona-bola baravar “labbay!”
deydi; shunday-da, oilaning haqiqiy egasi
bo„lgan

ota:

“Kattangni

aytaman,

kattangni!” deydi. Hatto shunda ham
“Maryamni” , demaydi...

Bizning so„fi mo„min-musulmonning

bu urfiga ham amal qilmaydi, u o„z halol jufti
Qurbonbibini hamma vaqt “Fitna” deb
chaqiradi: “Fitna, sallamni ber!”, “Fitna, qiz
o„lguring qani?”, “Fitna, puldan uzat!”.

[2,11b.]

Muallif

tilidan

aytilgan

ushbu

parchadan

anglashiladiki, erkaklar ham o‗z

ahli ayyollarining hurmatini joyiga qo‗yadilar,
ularning ismlarini aytib chaqirishni o‗zlariga
ep bilmaydilar. Bu jamiyatda erkakning o‗z
xotiniga bo‗lgan hurmatini namoyon etadi.
Badiiy matn konteksti asrlar mobaynida
shakllangan

mavjud

ijtimoiy-madaniy

an‘anani aks ettiradi. Shunigdek, matnda
qo‗llanilgan ―labbay‖ leksemasi ko‗p ma‘noli
so‗z bo‗lib, u arab tilidan kirib kelgan
―labayka‖

―mana,

oldingdaman,

huzuringdaman‖ ma‘nosini anglatadi. U
asosan birov chaqirganda beriladigan javob
―Ha‖ o‗rnida yoki ―Nima deysiz‖, ―Nima
dedingiz‖ ma‘nolaridagi so‗roqlarni ifodalash
uchun ishlatiladi [1, 480b.]. ‗Kattangni
aytaman, kattangni!‖ jumlasi erkakning o‗z
xotiniga bo‗lgan andishasini ular o‗rtasida
ko‗rinmas devor, ya‘ni masofa borligini
anglatadi va o‗ziga xos semantik maydon
hosil qiladi. Cho‗lpon bu fikrini kontekstual
antonimni qo‗llagan holda dalillaydi va uning
ta‘sirchanligini oshiradi. Buni ―... so‗fi
mo‗min-musulmonning bu urfiga ham amal
qilmaydi,

...‖

jumlalarida

ko‗rishimiz

mumkin. So‗fi o‗z nomidan ko‗rinib turibdiki,
taqvodor, dindor inson shunga qaramasdan u
musulmonlarning bu urfiga amal qilmaydi va


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

89

o‗z mansabi ga (so‗filigi) zid ish tutadi, o‗z
xotinini ―Fitna‖ deb chaqiradi. ―Fitna‖ so‗zi
arab tilidan kirib kelgan bo‗lib, maftun etish,
yo‗ldan ozdirish, isyon, g‗alayon ma‘nolarini
anglatuvchi salbiy ma‘noli so‗z, g‗arazli
maqsadga erishish yo‗lida birovni qoralash
uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat,
buzg‗unchilikdir [1, 349 b.]. Ushbu
jumlalarda ifodalangan muallif fikri yana bir
bor insoniy munosabatlarni aks ettirish bilan
birga

asarning

ta‘sirchanligi

va

ishonchliligini, matn pragmatikasi salmog‗ini
oshiradi uni yanada o‗qimishliroq bo‗lishiga
yordam beradi.

Ayollar esa o‗z erlariga bundanda

ortiq hurmat ko‗rsatadilar, hattoki o‗z
turmush o‗rtog‗ining yuziga, ko‗zlariga tik
qaramaydilar, turmush o‗rtog‗ining har bir
gapini so‗zsiz bajaradilar. Bu esa boshqa
millatlarda uchramaydigan, faqatgina o‗zbek
ayyollariga xos bo‗lgan xususiyatdir. Biz buni
roman matnidagi Akbarali mingboshi va Zebi
o‗rtasidagi

munosabatda

ko‗rishimiz

mumkin:

“ - Tur, hay! – dedi Zebiga.

Zebi yotgan joyidan turib, fonarni

balandlatdi.

- Dasturxonni yoz! Yegulik narsang

bormi?

- Ha kosada osh bor.

- Ber buyoqqa.

Zebi erining mast ekanligini bilsa-da,

uning ovozidagi bu g„ayritabiiy qo„rslik va
qattiqlikka hayron bo„ldi, boshini ko„tarib,
unga

tikildi,

“o„zimi,

boshqami?”

deganday...

- Nimaga menga qaraysan? Yo

mastmisan, sintaloq? – dedi mingboshi.

Zebi

indamasdan

dasturxonni

yoyib,oshni qo„ydi. ”

[2, 294-295 bb.]

Mana shu sodda undov, so‗roq va

qisqa darak gaplardan iborat dialogda o‗zbek
ayollariga xos bir qancha fazilatlar aks etgan.
Keltirilgan jumlalarda muallif Zebi timsolida
o‗zbek

ayollariga

xos

er-xotin

munosabatlarida

turmush

o‗rtog‗iga

itoatkorlikni, uning barcha gaplarini so‗zsiz
bajarishini ko‗rsatiladi. Zebi o‗rnidan turib
Akbarali mingboshining buyruqlarini bajara
boshlaydi va uning g‗ayritabiiy qo‗rsligidan
hayratlanib

unga

qaraydi.

Akbarali

mingboshining bu nigohdan jahli chiqadi.
Sababi, mavjud madaniy makonda erkak
kishining ko‗ziga qarash, tik boqish unga
nisbatan hurmatsizlik va betgachoparlikni
bildiradi. Biroq Zebi hurmatsizlik yuzasidan
emas, balki hayratdan unga tikilib qolgandi.
Mingboshi ― – Nimaga menga qaraysan? Yo
mastmisan, ...‖ deb uni nohaq koyishiga
qaramasdan,

Zebi

e‘tiroz

bildirmaydi,

indamaydi, aksincha, dasturxonni yozadi, o‗z
ishida davom etadi. Zebining e‘tiroz
bildirmagani, uning o‗zbek ayollariga xos
iboli,

hayoli

hamda

andishali

ekanini

ko‗rsatadi.

Cho‗lpon

lisoniy

unsurlar,

xususan, gap tuzilishi orqali bunga erishadi,
milliy o‗ziga xoslikni ko‗rsatadi.

O‗zbek ayollarining e‘tirofga loyiq

yana bir jihati shundaki, ular turmush
o‗rtog‗idan ruxsatsiz ish qilmaydilar. Asar
boshida

Zebining

dugonasi

Saltanat

Enaxonlarnikiga mehmonga Zebini olib
borish niyatida keladi. Ammo, Zebining onasi
Qurbonbibi otasi namozdan kelganidan so‗ng
izn so‗rab ko ‗rishini aytadi. Bu ham sharqona
odobning bir ko‗rinishi:

“Sukut uzoqqa cho„zilgandan keyin

Qurbonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra
bilan:

- Nimaga indamaysiz? Xo„p deng!

Katta odam, uyat bo„ladi. Bir yaxshi xotinlari,
bir otincha qizlari borki... O„zlarini bo„lsa,
o„zingiz bilasiz, - dedi.

So„fi negadir:
- Bilaman, Fitna, bilaman! – deb

qo„yib, yana jim bo„ldi.
Endi Qurbonbibi yana ham jiddiylashdi:

-

Bo„lmasa,

“yo„q”,

deng.

Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda
kelgan edi.
Shundan so„ng so„fining tili aylandi:

- Shoshma, Fitna, “yo„q”, dema,

mayli, bora qolsin...”.

[2, 21b.]

Qurbonbibi qizining qish bo‗yi siqilib

o‗tirganini ko‗rib, uning ko‗nglini yozib
kelishi

uchun,

uni

azbaroyi

yaxshi

ko‗rganidan mana shu yolg‗onni o‗ylab
topadi. Ammo, uni o‗zi uchun emas, qizi
uchun ishlatgan va bu kichik yolg‗oni katta
fojiyalarga

sabab

bo‗lishini

u

hatto

tasavvuriga ham keltirmagan edi.


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

90

Qurbonbibi Xalfa eshonning oilasiga

xos muhit va munosabatlarni juda jo‗n sodda
tilda, barchaga tushunarli so‗zlar bilan
ta‘riflaydi: ―Katta odam, uyat bo‗ladi. Bir
yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki...
O‗zlarini bo‗lsa, o‗zingiz bilasiz, ...‖. ―Katta
odam‖ so‗zi hurmatli, obro‗- e‘tiborli insonni
nazarda tutmoqda. ―Otin‖ so‗zi arxaik so‗z
hisoblanib,

eski

maktablarda

qizlar

o‗qituvchisi, din va shariat bilimdoni sifatida
tushunilgan. ―Otincha‖ so‗zi esa o‗sha otinlar
qo‗lida tahsil oladigan yosh qizlarga nisbatan
qo‗llanilgan

[1,155b.].

Qurbonbibining

so‗zlari juda sodda bo‗lsada, ―-Bo‗lmasa,
―yo‗q‖, deng. Saltanatxonga javob beray,
ketsin! Azonda kelgan edi‖, – degan so‗zlari
undagi o‗zbek ayollariga xos bo‗lgan
qa‘tiyatni ko‗rsatadi. Bundan tashqari ushbu
parchada

o‗zbek

onalariga

xos

farzandparvarlik tuyg‗usi ham anglashiladi.
Asarda Qurbonbibidan tashqari, onalik motivi
xos bo‗lgan yetakchi personajlar talaygina.
Ular sirasiga Saltining onasi – Umrinisabibi –
O‗lmasjonning onasi – Xadichaxon –
Sultonxonning onasi – Miryoqubning xotini
[5, 337 b.] kabilarni kiritish mumkin. Bu
qahramonlarning

asarda

turli

xarakteri,

badiiy-estetik pozitsiyasi va o‗z dunyosi bor.
Biroq ularning barchasi umr bo‗yi farzandi
uchun yashaydi, ularning xoxishlarini qo‗ldan
kelguncha bajarishga intiladi, ular uchun
qayg‗uradi, kuyunadi va kerak bo‗lsa
fidokorlik

ko‗rsatadi.

Bu

esa

ularni

farzandparvarlik tuyg‗usi atrofida birlashtirib
turadi.

Hech bir millatda uchramaydigan

faqatgina o‗zbek ayollariga xos bo‗lgan
xususiyatlardan

yana

biri

bu

ularning

kundoshlari bilan bir uyda ahil va bir-biriga
xushmuomala

bo‗lib

yashashidir.

Bu

maqomdagi

personajlar

munosabati

nasrimizda ilk marta A. Cho‗lpon tomonidan
tasvirlanadi.

Buni

biz

Xadichaxon

va

Poshshaxon o‗rtasidagi suhbatda kuzatamiz:

“- Ha, eringiz shaharda qolib ketdi.

Bilmadim, yana bitta-yarimtaga ko„ngli
tushdimikin?

- Nazarlari qursin u kishining! Hadeb

tusha berar ekan-da...

- Siz-biz “tushmasin” deganimiz bilan

tushmay qolarmidi? Xudo o„zi tushadigan
qilib yaratgan ekan-da.

- Xudovandi karim bu erkaklarni

muncha yaxshi ko„rar ekan, a...

-O„zimizdan

qiyos-da... Oramizda

erkakni yaxshi ko„rmaydigan kim bor?..
Nondan oling! Qiyomga qarab o„tirsangiz-
chi...”

[2, 50 b.].

―Kundosh‖ so‗zi eskirgan so‗zlardan

biri bo‗lib, bir er nikohidagi bir necha xotinga
nisbatan qo‗llaniladi [1, 431 b.]. Kundoshlik
munosabati islom diniga mansub davlatlar
uchun,

jumladan,

XX

asr

boshlarida

O‗zbekistonda ham, tabiiy hol hisoblangan.
Suhbatdan anglashiladiki, kundoshlar bir-
birlarini juda yaxshi tushunadilar. Garchi bir
birlarini yoqtirmasada, ko‗nglidan o‗tayotgan
kechinmalarni sir saqlab, bir-birlariga iliq
munosatda bo‗ladilar. Bir dasturxon atrofida
o‗tirib,

bir-biriga

mehmondo‗stlik

ko‗rsatadilar.

―Kecha va Kunduz‖ romanida xalq va

jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik
bo‗lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor
orzulari

ifodalangan.

Unda

mehnatkash

xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‗ir
kulfatu, mashaqqatlarga to‗liq hayoti jonli
voqealar, yorqin obrazlar vositasida ta‘sirli va
ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy
qahramonlardan biri bo‗lgan go‗zal va
xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli
fikrimizni dalillaydi [7, 170 b.]. Muallif Zebi
taqdirida, Razzoq so‗fi va Qurbonbibi
taqdirida butun bir xalqning davrga xos
fojeali hayotini yaqqol ko‗rsatib beradi [4,
411 b.]. A. Cho‗lpon asarning boshidan
oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni,
ochiqlikni

eng

muhim

belgi

sifatida

ko‗rsatadi. Zebida o‗zbek ayollariga xos
sifatlar jamlangan bo‗lib, u poklik, tozalik,
go‗zallik va navqironlik timsoli hisoblanadi.
Uning

ko‗nglida

atrofidagilarga,

dugonalariga,

bahorga,

hamma-hamma

narsaga muhabbat bor. U hali hayotning
achchiq-chuchugini

ko‗rmagan.

Uning

murg‗ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik,
yomonlik va yovuzlik borligini sig‗dira
olmaydi. Bunga biz asarda Zebi va uning
dugonasi Salti o‗rtasidagi munosabatlarda
guvoh bo‗lamiz:


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

91

“ ... Salti endi gap ochdi:

- Erta saharlab chopganim bekorga

emas...

- Men ham sezganman... Yuragim bir

qur seskanib ham oldi...

- Nimaga o„rtoqjon?

- O„zingiz bilgan sovchilar balosi-da...

Qish ichi keti uzilmadi.

-Menam bezganman, jonim qaqa...

shuning

uchun

bir

qishloqqa

chiqib

kelsammikan, deb edim...

-Nimasini aytasiz-a... Ariqdagi suv

ham muzning tagidan chiqadi-ku.”

[2, 5 b.]

Yuqorida keltirilgan dialog shaklidagi

parchadan qizlarning bir-birlariga bo‗lgan
samimiyati, hurmati seziladi. Ularning oxiriga
yetmay qolgan jumlalari qizlarning bir-
birlarini

so‗zsiz

tushunishini

bildiradi.

Ularning

bolalarcha

beg‗ubor,

sodda

ekanligini

ko‗rsatadi.

Parcha

so‗ngida

Zebining o‗z dardlarini ifodalash uchun
qo‗llagan ―Ariqdagi suv ham muzning tagidan
chiqadi-ku‖ o‗xshatishi uning erksiz tutqun
kabi ekanligini aytish barobarida, o‗zbek
ayollariga xos sirliligini, zehnliligini ham
namoyon etadi:

“ Zebi uni uzr aytib qarshi oldi:

- O„rtoqjon, - dedi, - otam avrodda

o„tirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor.
Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo„lmang-a?

[2, 8 b.]

Zebining otasi kelmayotgani uchun

uzr so‗rashi faqatgina otasi uchun emas, balki
o‗zi uchun ham, o‗zining mehmonni unutib
qo‗ygani uchun hamdir.Uning hijolatli
chehrasida o‗zbek qizlariga xos uyatchanlik
bilan birgalikda samimiyat ham namoyon
bo‗ladi. ―Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa
bo‗lmang-a? ‖ qisqa jumlalari samimiyat va
sharm-hayoga to‗la bo‗lib, ikki dugonaning
bir-birini yaxshi ko‗rishini, bir- biriga
yaqinligini, bir-birini ranjitib qo‗yishdan
qo‗rqishini ko‗rsatadi. Salti o‗zi qisqa vaqtga
kelgan

bo‗lsada

u

shoshilayotganini

o‗rtog‗iga bildirmaydi va uning yuzidan
o‗tolmaydi. Bunday munosabat faqatgina
yaqin dugonalar o‗rtasidagina bo‗ladi xolos.
Parchada ishlatilgan ―avrod‖ so‗zi diniy
xususiyatni ifodalovchi so‗z bo‗lib, duolar,
Bomdod, tong namozidan so‗ng o‗qiladigan
duo, oyat yohud ko‗p takrorlanadigan, o‗qib

yuriladigan

oyatlar,

duolar

ma‘nosini

anglatadi [1,33 b.].

O‗zbek xonadonlarida qarindoshchilik,

qo‗shnichilik munosabatlari hurmat-izzatga
asoslanadi. Asarda ham kattaga hurmat
kichikka izzat munosabatlari ulug‗lanadi.
Kattalarga hurmat munosabatlaridan birini
muallif Zebi va Sarvibibi o‗rtasidagi suhbatda
ko‗rsatadi:

Qizlar o„zlarini tappa-tappa aravadan

tashlab, eshikdan ichkariga kirarkan, Zebi
sekingina kampirni uyg„otdi:

- Enajon, turing kelib qoldik!
Enajondan javob bo„lmadi. Zebi o„sha

past ovoz bilan yana bir uyg„otdi, enajon hali
ham jim edi.

[2, 29 b.]

Safar boshidayoq Zebining tizzasiga

boshini qo‗yib, uyquga ketgan bu kampirni
bezovta qilishga jur‘ati yetmagan Zebi qizlar
aravadan tushayotganda uni past ovoz bilan
uyg‗otadi. Enajondan javob bo‗lmagach, uni
yana o‗sha past ovozda uyg‗otishi, Zebining
andishaliligini ko‗rsatish bilan bir qatorda
uning o‗zbek qizlariga xos kattalarga bo‗lgan
hurmatini ham ifoda etadi. Qahramonga xos
bu fazilatlar

past ovoz, enajon, pastgina

kabi

sifatli

birikma

va

ot

bilan

hamda

qarshilantirish usulidan foydalangan holda
tasvirlanadi.

Kichiklarga

izzatni

biz

Hamro

enayning chaqaloqqa bo‗lgan munosabatida
ko‗rishimiz mumkin:

Bolani yo„rgaklaganidan keyin hali u

qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga
tikilgan va mana bu so„zlar bilan
erkalatganmish:

“ - Aylanay, mehmon, kimdan xafa

bo„lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga?
Ayting! Qovog„ingizni ochsangiz-chi! Yorug„
dunyoga keldingiz! Shukr qiling! Sevining!
Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..”

[2, 9b.]

Hamro enayning chaqaloqni sizlab

gapirishi, unga sertakalluf so‗zlar bilan
murojat qilishi, ―Sevining! Mundoq bir
kuling!

Kulimsirang!

Iljaying!‖

kabi

iltimosnamo so‗zlari uning kichik mehmonga,
yani chaqaloqqa bo‗lgan izzat-ikromini
ko‗rsatadi.

O‗zbek xalqining tahsinga sazovor bu

xususiyatini biz shunigdek, Razzoq so‗fi va


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

92

uning akasi o‗rtasidagi suhbatda ham
ko‗rishimiz mumkin.

“ - Shaharni tashlang! Bu hovlini

soting! Shaharda hovli-joyni yaxshi pulga
oladi. Qishloqdan kichkina bir hovli olamiz –
muning yarim puliga yoki uchdan biriga.
Qolganiga asbob olamiz. O„z yerimiz yoni-
beridan bir parcha yana yer topamiz... Uni
ham olamiz. Hali bardamsiz, birgalashib
ishlaymiz. Durustmi?

So„fi

indamasdi;

oq

do„ppisini

boshidan olib, buklab o„ynardi...

- Qani bir narsa deng!
So„fi hech narsa demay, o„rnidan

turdi. Yana damini chiqarmasdan, ichkariga
tomon bir-ikki qadam bosdi. Keyin yana
orqasiga qayrilib, dedi:

- Men salla-to„nimni kiyib chiqay.

Jumani xonaqoda o„qiymiz. Kech qoldik... ”

[2,16 b.]

Ushbu

parchada

ham

kattalarga

hurmat, ham kichiklarga izzat munosabati
ifodasini birga uchratamiz. Akasining so‗figa,
ya‘ni o‗z ukasiga ―siz‖lab murojat qilishi,
masalani

har

tomonlana

mukammal

tushuntirishga urinishi hamda masalani takror
va takror bayon etishga yetgan sabr-toqati
uning

timsolida

o‗zbek

xalqiga

xos

kichiklarga izzat munosabatini ifodalasa,
so‗fining akasining taklifiga rad javobini
berolmay ―Yo‗q‖ so‗zini aytishga tili
aylanmasligi, buni xatti-harakatlar orqali
ko‗rsatishga

urinishi

va

katta

inson

gapirganda sukut saqlashi uning kattalarga
bo‗lgan hurmat munosabatini ifodalaydi.

Asarda

izzat-ikrom

va

hurmat

xislatlari

qo‗shnilar

o‗rtasidagi

munosabatlarda ham namoyon bo‗ladi:

“... Oshdan so„ng qishloq qizlaridan

o„ziga durustroq bir dehqonning qizi o„rnidan
turib:

- Ertaga mehmonlarni biz kutamiz, -

dedi.

Shundan keyin mingboshining kichik

xotini Sultonxon katta kundoshining qizi bilan
gapni bir joyga qo„yib, o„rnidan turdi va
Enaxonga tomon yuzlanib:

- Bo„lmasa, mehmonlaringiz indinga

biznikida bo„lishadi, - dedi, - tuzukmi? Endi
bizga ruxsat! ”

[2, 44-45 b.]

Barchamizga ma‘lumki, o‗zbek xalqi

qadimdan mehmondo‗st xalq hisoblanadi.
Hattoki, qo‗shnisining mehmoniga ham izzat-
ikrom

ko‗rsatadi.

Yuqorida

keltirilgan

parchada, hozirgi paytda yo‗qolib borayotgan
qo‗shnilar o‗rtasidagi chiroyli bir an‘anani
ko‗rishimiz mumkin. Bu an‘ana qo‗shnisining
uyiga kelgan mehmonni o‗z uyiga chaqirtirish
uni o‗z mehmonidek kutib olish va uni izzat-
ikrom bilan kuzatishdir. Bilamizki, o‗sha
vaqtlarda oddiy xalq anchagina qiyinchilik
bilan

hayot

kechirgan,

lekin

shunday

bo‗lsada, ular bu an‘anaga amal qilishgan.

Enaxonlarnikiga kelgan mehmonlarni

dastlab

shu

qishloqdagi

durustroq

bir

xonadonning qizi taklif qilgan bo‗lsa, undan
keyin ularning yaqin qo‗shnisi, kelin bo‗lib
kelganiga endigina besh oy bo‗lgan Sultonxon
taklif qiladi. Bunday taklifdan Enaxon va
uning oilasi juda sevinadi. Sababi, Enaxon
do‗stlari uchun to‗kin dasturxon yozishni
xoxlardi. Sultonxonning esa bunga qurbi yetar
edi. Ammo uning o‗zi ham mehmonlarni
qo‗lidan kelguncha yaxshi kutib olishga
urindi.

Biz

buni

quyidagi

parchadan

bilishimiz mumkin:

“Mehmonlarga qo„lidan kelguncha

yaxshi dasturxon solib, qo„ni-qo„shni qizlar
va kelinchaklarni chaqirtirib, allaqaylardan
tori uzilgan dutorlarni toptirib kelgan va
ularni xursand qilmoq uchun tirishib-
tirmashgan”

[2, 35 b.]

Cho‗lpon Enaxon timsolida o‗zbek

xalqiga xos mehmondo‗stlik fazilati bilan bir
qatorda

mehr-oqibat

tuyg‗usini

ham

ifodalagan. Enaxonning mehmonlar yoniga
qo‗ni-qo‗shni

qizlar

va

kelinchaklarni

chaqirishi o‗sha davrda insonlar o‗rtasidagi
mehr oqibatni hamda go‗zal xulqni namoyon
etadi.

Asarda shuningdek, o‗zbek qizlariga

xos odob-axloq, go‗zal xulq namunalari
Xadichaxon va uning qizi Fazilat, Zebi va
notanish kishi o‗rtasidagi suhbatlarda qiziqarli
ko‗rinish kasb etadi:

“Dasturxoni muncha yomon ekan, sen

chaqirmabsanda, mehmonlarni. Biz bu yerda
qiyomat qilib kuzatardik...

-Shuni ayting-a! – dedi Poshshaxon.

- Men sizdan so„roqsiz chaqirishga

botinolmadim. Ikkovimiz maslahat qilishdik,


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

93

ertagi kunga Sultonxon ayam chaqirib keldi.”

[2, 56 b.]

Fazilat va onasi o‗rtasidagi suhbatda

qizning go‗zal xulqi odob-ahloqi namoyon
bo‗ladi. Buni biz uning ―... sizdan so‗roqsiz
chaqirishga botinolmadim‖ degan so‗zlarida
aniq, ravshan ko‗rishimiz mumkin. U boy
xonadonning

yolg‗iz

qizi

bo‗lishiga

qaramasdan o‗z onasidan beruxsat ish
qilmasligi qizning go‗zal axloq sohibi ekanini
ko‗rsatadi.

Darhaqiqat, inson uchun odob, xulq

va yaxshi tarbiya har qancha boylikdan ham
ustundir.

Zero,

boylik

bilan

topib

bo‗lmaydigan narsalar xushxulqlik, chiroyli
muomala bilan topilishi mumkin. Chiroyli
odob va xulq atvor insonning ba‘zi ayb va
kamchiliklarini yopishi mumkin.

Go‗zal xulq bu insonning ichki

dunyosinigia go‗zallashtirib qolmay, balki
uning fe‘l atvorida ham namoyon bo‗ladigan
fazilatdir. Zebining go‗zal xulqi va shirali
ovozi uni dugonalari o‗rtasida hurmatga
sazovor etadi. Asarda Zebining go‗zal
axloqidan namunalarni ko‗plab uchratish
mumkin. Jumladan uning notanish kishi bilan
suhbatida yoki sud zalidagi holatida ham ana
shunday odob namunalarini ko‗rish mumkin:

“- Kimsiz? Nima deysiz? – deb

so„radi.

U yoqdan sodda va biroz dag„al, lekin

quvnoq bir erkak ovozi keldi:

- Ha, Razzoq so„fining ojizalarimisiz?

Qalaysizlar, omon-eson bormisizlar?

- Xudoga shukr – deb qo„ydi Zebi.
- Men otangizni aytgali kelib edim...
- Uxlab yotgan bo„lsa kerak. Uyg„otib

beraymi? Zarurmi?

-

Eshon

bobom

yo„qlatdilar.

Uyg„otmasangiz bo„lmaydi. “Tez, oldinga
solib kel!” dedilar...

- Xo„p bo„lmasa uyg„otib berayin.”

[2,

113 b.]

Ushbu holatda Zebining ro‗molini

pana qilib eshik oldiga kelishi va notanish

odam bilan eshikni ochmasdan uning qilgan
suhbati, o‗zbek ayollariga xos ibo-hayo va
go‗zal :odobini namoyon etadi. Uning ketma-
ket bergan qisqa so‗roqlari o‗zbek qizlariga
xos soddalikni ifodalaydi:

“Sud

raisi,

nihoyat,

tilmochga

yuzlandi:

- Aytingiz aybdor yuzini ochsin.
Tilmoch

bu

buyruqni

Zebiga

tushuntirib berdi.

-

Voy,

o„laqolay!

Shuncha

nomahramning oldida yuzimni ochamanmi?
Undan ko„ra o„lganim yaxshi emasmi?”

[2,

304 b.]

Ushbu parchada Zebining xarakteri va

ruhiyati nihoyatda tabiiy va jonli ochib
berilgan. U shu qadar sodda va beg‗uborki,
hattoki sud qamoq degan tushunchalar haqida
tasavvurga ham ega emas. Bu sodda
musulmon ayol sudda qora kursida o‗tirganda
ham hukm, jazo qanday bo‗lishini emas, balki
butunlay boshqa narsani – musulmonlik,
sha‘riat qoidalariga shak keltirmaslikni
o‗ylaydi. Parchada qo‗llangan ―nomahram‖
so‗zi diniy ma‘noni ifodalovchi so‗z bo‗lib,
yaqin qarindoshlik aloqasi bo‗lmaganligi
sababli bir-birini ko‗rish yoki bir-biriga
ko‗rinish man etilgan, lekin nikohlanishi
mumkin bo‗lgan erkak va ayol (bir-biriga
nisbatan) zid mahram ma‘nosini anglatadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,

asar tili boy, jozibador. Muallif tili ham,
qahramonlar tili ham ixcham va obrazli.
Romanning syujeti go‗zal va serjilo bo‗lish
bilan birgalikda qiziqarli va ta‘sirlidir. Uning
qamrovi juda ham keng. Biz faqat ―Kecha va
Kunduz‖ romani qahramonlari orasidagi
ijtimoiy-shaxsiy

munosabatari

tasviridan

foydalangan holda, XX asr boshlaridagi
o‗zbek xonadonlarini, undagi er-xotin,
dugonalar,

qo‗shnilar

va

qarindoshlar

munosabatlarini va o‗zbek xalqiga xos ayrim
jihatlarni va hozirgi kunga kelib yo‗qolib
borayotgan ba‘zi an‘analarni qisqacha talqin
qilishga urindik.

Adabiyotlar:

1. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент: ―Ўзбекистон

миллий энциклопедияси‖. Давлат илмий нашриѐти. www.ziyouz.com кутубхонаси.

2. Абдулҳамид Чўлпон

.

Кеча ва кундуз: Роман – Т.: "Янги аср авлоди", 2013 – 332 б.


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

94

3. Алишер Навоий. Назм ул-жавоҳир. МАТ. 1-жилд. – Тошкент: Фан, 1999 – 552 б.
4. Каримов Наим. Чўлпон: Маърифий роман. - Т.: "Шарқ", 2003 – 464 б.
5.Қуронов Дилмурод. Чўлпон насри поетикаси / Масъул муҳ. О.Шарафиддинов,

У.Норматов. – Т.: «Шарқ», 2004. – 288 б.

6. Шарафиддинов О. Чўлпон. – Т: Фан ва турмуш, 1991 – 153б.
7. Saydulla Mirzayev. "XX asr o'zbek adabiyoti" – Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2005 –

415b.

Сайиткулова З. Соцально-личностьные взаимоотношения в произведении «Ночь и

день» Абдулхамида Чулпана как обьект лингвистического анализа.

В этой статье на

основе лексики романа Чулпана «Ночь и день» («Кеча ва Кундуз») анализируются семейные,
супружеские, дружеские и добрососедские социально-личностные отношения в узбекских
домах начала двадцатого века. В нѐм также освещаются элементы узбекской национальной
культуры и еѐ исчезающие традиции.

Sayitkulova Z. The linguistic analysis of humans inter relations in the work "Kecha va

Kunduz".

Based on the plots of Chulpan's novel “Kecha va Kunduz”, the present article analyzes

family, marital, friendship and good neighborly relations in Uzbek homes in the twentieth century.
It also highlights elements of the Uzbek national culture and its disappearing traditions.



Библиографические ссылки

Узбекистан миллий энциклопедияси. - Тошкент: “Узбекистан миллий энциклопедияси”. Давлат илмий нашриёти. www.ziyouz.com кутубхонаси.

Абдулхамид Чулпон. Кеча ва кундуз: Роман - Т.: "Янги аср авлоди", 2013 - 332 б.

Алишер Навоий. Назм ул-жавохир. МАТ. 1-жилд. - Тошкент: Фан, 1999 - 552 б.

Каримов Наим. Чулпон: Маърифий роман. - Т.: "Шарк", 2003 - 464 б.

Куронов Дилмурод. Чулпон насри поетикаси / Масъул мух. О.Шарафиддинов, У.Норматов. - Т.: «Шарк», 2004. - 288 б.

Шарафиддинов О. Чулпон. - Т: Фан ва турмуш, 1991 - 1536.

Saydulla Mirzayev. "XX asr o'zbek adabiyoti" - Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2005 -415b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов