Harbiy sarkarda an lu-shan (ruxshon) jasoratininG TARBIYAVIY AHAMIYATI

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
389-391
7
1
Поделиться
Эрматов, М., & Турсунов, Ф. (2023). Harbiy sarkarda an lu-shan (ruxshon) jasoratininG TARBIYAVIY AHAMIYATI. История и культура центральной Азии, 1(1), 389–391. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17184
М Эрматов, Государственный институт искусства и культуры Узбекистана

Заместитель декана по работе с молодежью

Ф Турсунов, Государственный институт искусства и культуры Узбекистана

Заместитель декана по работе с молодежью

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ayrim tarixiy shaxslar nomi va qilgan ishlaridan yosh avlod xabardor emas. Bunday vatandoshlarimiz tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni darsliklarga kiritishimiz, ularning hayoti va ibratli ishlari aks etgan film ishlashimiz kerak. Shunday vatandoshlarimizdan biri asl kelib chiqishi sug‘diy bо‘lgan An Lu Shan (ya’ni Ruxshon) edi. Bu tarixiy shaxsning ismi sharifi xitoy manbalarida An Lu Shan deb atalgan bо‘lib, sug‘diylar va turkiy xalqlar uning ismini Ruxshon deb atashgan

Похожие статьи


background image

389

HARBIY SARKARDA AN LU-SHAN (RUXSHON) JASORATINING

TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ermatov M.

Prof., v.b.,

Tursunov F.Gʻ.

Yoshlar masalasi bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Oʻzbekiston Davlat san’at va madaniyat insituti

Ayrim tarixiy shaxslar nomi va qilgan ishlaridan yosh avlod xabardor emas.

Bunday vatandoshlarimiz tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni darsliklarga kiritishimiz,
ularning hayoti va ibratli ishlari aks etgan film ishlashimiz kerak. Shunday
vatandoshlarimizdan biri asl kelib chiqishi sug‘diy bо‘lgan An Lu Shan (ya’ni
Ruxshon) edi. Bu tarixiy shaxsning ismi-sharifi xitoy manbalarida An Lu Shan deb
atalgan bо‘lib, sug‘diylar va turkiy xalqlar uning ismini Ruxshon deb atashgan.

1-2 rasm. An Lu Shan (Ruxshon) (milodiy 703-757 yillarda yashagan)

Tarixiy manbalarda An Lu Shan (Ruxshon)ning kelib chiqishini sug‘diylar

yoki Sug‘diyona bilan bog‘lashadi. Qadimgi Sо‘g‘diyona, о‘tmishda Zarafshon va
Qashqadaryo vohalarida joylashgan davlat bо‘lib, janubiy-sharqda Baqtriya,
shimoli-g‘arbda Xorazm bilan chegaradosh bо‘lgan. Sо‘g‘diyona haqida «Avesto»,
ahmoniylar davri, mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlar
beradilar. Qashqadaryodagi bir qator turar-joylar va uy-qо‘rg‘onlar qoldiqlari mil.
avv. IX-VIII asrlarga oiddir. Sо‘g‘diyonada Afrosiyob, Yerqо‘rg‘on, Uzunqir kabi
yirik shahar markazlari hamda qо‘shni viloyatlar va davlatlar bilan о‘zaro iqtisodiy
va madaniy aloqalar rivojlanadi.

О‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi davlatlar haqida zardо‘shtiylarning

muqaddas diniy kitobi «Avesto», ahmoniylarning mixxat yozuvlari (Bexistun,
Naqshi Rustam, Suza, Persepol) yunon-rim tarixchilarining (Gerodot, Gekatey,
Kursiy Ruf, Arrian, Strabon va boshqalar) ma’lumotlar beradi. Sо‘nggi yillarda
qadimgi Baqtriya, Sо‘g‘diyona va Xorazm hududlarida olib borilgan izlanishlar va
arxeologik tadqiqotlar aksariyat hollarda yozma manbalarda keltirilgan
ma’lumotlarini tasdiqlaydi. Sug‘diylar bir necha asrlar davomida Buyuk ipak yо‘li


background image

390

integratsiyasi va xalqlar о‘rtasidagi etnomadaniy aloqalar rivojida muhim о‘rin
tutgan.

Xitoy manbalarida mavjud bо‘lgan ma’lumotlarga kо‘ra, Tan sulolasi davrida

Xitoyning poytaxti Chan’an xalqaro savdo markaziga aylanganligi sababli, bu
yerda turkistonliklar nihoyatda kо‘p tо‘plangan edi. Ular, asosan, shaharning
g‘arbiy darvozasiga yaqin yerdagi “sishi” (“G‘arbiy bozor”) atrofiga joylashgan
edi. Ana shu Bozorda va bozorga olib keladigan asosiy yо‘llarda son-sanoqsiz
katta-kichik oshxona, novvoyxonalar ochilgan. Chan’anda bir turkistonlik boy
kishining oshxonasi “Xuji jyusi” (“G‘uz malikasi restorani”) deb nomlangan.
Restoranlarga nom qо‘yishda kо‘pincha ayollar ismidan foydalanilgan.

Ruxshonning familiyasi

An

bо‘lib, ismi xitoyliklar tomonidan

Lu Shan

deb

о‘zgartirilgan. Tarixiy manbalarda An Lu Shan harbiy sarkarda, boy sug‘diy
amaldorning farzandi yoki tarixdagi eng katta Tan imperiyasiga qarshi kо‘tarilgan
qо‘zg‘alon rahbari sifatida keltiriladi. Biroq о‘sha darvrga nazar tashlash kerak.
Nega An Lu Shan Tan imperiyasiga qarshi qо‘zg‘alon kо‘tardi. Fikrimizcha bu
faqat Tan imperiyasidagi vaziyat bilan bog‘liq emas. Lev Gumilev keltirgan
ma’lumotga kо‘ra, “Sug‘diyona jon bermoqda edi: g‘olib arablar ularning
takrorlanmas madaniyatidan urvoq ham qolmasligi uchun jahd kо‘rsatdilar, ...”.
Aslida An Lu Shan boshqa sug‘diylar kabi bir nechta tilni jumladan, turkiylar tilini
ham bilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, u ona yurti Movarounnahrni
arablardan qaytarib olishni maqsad qilgan. “700-701 yillarda arablardan Sug‘udni
himoya qilgan turklar Tan imperiyasi tobelari bо‘lmish g‘arbiy turkutlardir” degan
ma’lumot ham fikrimizni tо‘ldiradi.

Tarixiy manbalarda va ular asosida tasvirga olingan Xitoyning tarixiy

filmlarida An Lu Shanni imperatorga va saroy amaldirlariga sovg‘alar ulashganli
yoritiladi. Imperator tomonidan vazir Yan Go-Chjunning salbiy fikrlariga qaramay,
An Lu Shanning fikrlari qо‘llab quvvatlanadi.

Tan imperiyasini larzaga solgan va uning tanazzuliga sabab bо‘lgan An Lu

Shan qо‘zg‘aloni tо‘g‘risida turli fikrlar yozib qoldirilgan. Ba’zi olimlar, jumladan
yapon olimi Matsui Hitoshi Inchjou kidanlar bilan chegara ekanligini inobatga
olib, An Lu – shanni kelib chiqishini sо‘g‘diylardan emas, balki, Kidan qabilasiga
taalluqli deb hisoblaydi. Yapon olimi qarashlarini taniqli fransuz olimi Rene
Grusse ham qо‘llab – quvvatlaydi. Ammo, ushbu fikrni qaysi manbadan
olganligini har ikki olim ham keltirib о‘tmaydi. Biz bu fikrga qо‘shilmaymiz,
chunki An Lu Shanning sug‘diy ekanligi tarixiy manbalarda yoritilgan. Qolaversa
uning Imperator xonadoni va saroy ayonlariga sovg‘alar ulashgani boy sо‘g‘d
savdogarining о‘g‘li ekanligidan darak beradi. Shu bilan birga An Lu Shan
boshqalar eplay olmagan vazifani bajargan, ya’ni kidanlarni jangda mag‘lub etgan.
U vatandoshlariga qarshi kurashmagan bо‘lar edi.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, kelib chiqishi sug‘diy bо‘lgan An Lu

Shan 6 ta tilni bilgan va tarjimonlikdan harbiy sarkarda darajasiga kо‘tarilgan.
Vazir Yan Go-chjun uni о‘ziga raqib deb hisoblab, ig‘vo qilganligiga qaramay
imperator xonadoni An Lu Shanga hurmat bilan qaragan.


background image

391

Tan imperiyasi uchun chet ellik sarkardalar faqatgina bо‘ysundirilgan

xalqlarni itoatda tutib turish, ularga qarshi kurashlarda foydalanish uchungina zarur
edi. Har qanday о‘zga el vakili bо‘lgan sarkardaning xitoylik amaldorga
hurmatsizligi uning imperiya oldidagi xizmati qanchalik bо‘lmasin shafqatsizlik
bilan jazolangan. An Lu-shan Tan imperiyasi uchun tibetliklar, Kidan va Si
qabilalari xavfini bartaraf etish uchun zarur bо‘lib, keyinchalik uni siyosat
maydonidan chetlashtirishga bо‘lgan urinishlar ushbu qо‘zg‘alonni keltirib
chiqardi.

3-rasm. Xitoy kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan multifilm.

Xulosa sifatida qayd etish о‘rinliki, An Lu-Shanning jasorati aks etgan

multifilm va filmning suratga olinishi yoshlar uchun muhim tarbiyaviy ahamiyatga
ega bо‘ladi deb hisoblaymiz. Zero sug‘diylar boshqa xalqlarning shakllanishi va
madaniyatining rivojida muhim о‘rin tutgan.

Adabiyotlar:

1. Xu Elina-Qian. Historical development of the pre-dynastic Khitan.

Helsinki: MultiprintOy, 2005. – P. 248.

2. Гумилёв Л.Н. Қадимги турклар. – Т.: Фан; 2007. – Б. 412.
3. Хўжаев А. Буюк ипак йўли: муносабатлар ва тақдирлар. – Т.:

“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007.

4. Орзиев М.З., Латипов Ж.Л. СУҒДИЙ АНЬ ЛУ-ШАНЬ ХИТОЙДАГИ

ҲАРБИЙ САРКАРДА. – Бухоро.: Дурдона; 2015. 76 б.

Библиографические ссылки

Xu Elina-Qian. Historical development of the pre-dynastic Khitan. Helsinki: MultiprintOy, 2005. – P. 248.

Гумилёв Л.Н. Қадимги турклар. – Т.: Фан; 2007. – Б. 412.

Хўжаев А. Буюк ипак йўли: муносабатлар ва тақдирлар. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007.

Орзиев М.З., Латипов Ж.Л. СУҒДИЙ АНЬ ЛУ-ШАНЬ ХИТОЙДАГИ ҲАРБИЙ САРКАРДА. – Бухоро.: Дурдона; 2015. 76 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов