Мақолада тижорат банкларининг овердрафт кредитлаш амалиётини такомиллаштириш билан боғлиқ бўлган муаммолар аниқланган ва уларни ҳал қилишга қаратилган илмий таклифлар ишлаб чиқилган.
Jinoyat-protsessual faoliyatning bir turi o’laroq, apellyatsiya tartibida ish yuritish tegishli vazifalarni bajarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga erishishga da’vat etilgan . Apellyatsiya tartibida ish yuritishning vazifasi ko’p rejali bo’lib, moddiy va protsessual qonunchilikka rioya qilish, uni ijro etish va qo’llashga doir quyi turuvchi sudlar amaliyotining shakllanishiga ta’sir ko’rsatish uchun birinchi instansiya sudida yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatishdan iborat bo’lib, shaxsning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir.
The role of critical thinking is usually underrated in the EFL classroom due to several factors. Yet implementing higher-order activities can facilitate students' language acquisition and enhance the learning of the course content. This article analyzes the notion of critical thinking and its importance in studying the English language and investigates the factors that impede the development of students’ critical thinking abilities.
Zarafshon vohasi qadimda insonlar tomonidan o’zlashtirish uchun qulay geografik hudud bo’lgan. Buni biz olib borilgan tadqiqotlar natijasidan bilishimiz mumkin. Aynan Zarafshon daryosining o’rta va quyi oqimlarida tosh davrining so’ngi bosqichlariga oid olib borilgan arxeologik ishlarni uch turkum yodgorliklar kompleksi asosida tadqiq etilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi 2021-yil holatiga koʻra 34558,9 ming kishini, shundan Toshkent shahri aholisi 2669,4 ming kishini, Toshkent viloyati aholisi esa – 2975,8 ming kishini tashkil etadi. Aholining turli yosh guruhlarida birlamchi va umumiy kasallanish dinamikasi har xil bo‘lib, katta yoshdagi aholi orasida birlamchi va umumiy kasallanish o‘rganilgan yillar davomida ko‘rsatkich 1,3 va 1,1 martaga oshgan bo‘lsa, bolalarda (0-14 yosh) va o‘smirlar (15-18 yosh)da ikkala ko‘rsatkich ham 1,2 baravarga kamaydi. 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarning bunday pasayishi O‘zbekistonda 1998-yildan buyon ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli dastur bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlarda 1-turdagi qandli diabetning epidemiologik ma’lumotlari 2000-yildan e’tiboran o‘tkazib kelinadigan Milliy registr asosida tahlil qilinadi. 2020-yilda bolalar va o‘smirlar orasida 1-turdagi qandli diabet bilan kasallanish va kasallik tarqalish darajasining ko‘payishi qayd etilgan. Yevropa ma’lumotlariga nisbatan O‘zbekistonda kasallanishning barqaror quyi raqamlari qayd etiladi, ya’ni O‘zbekiston kasallanishning eng kichik xavfiga ega mamlakat hisoblanadi.