THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN.

HAC
Google Scholar

Abstract

The role of women in the neighborhood of the lowest management system in Uzbekistan, their participation in the management of the neighborhood is analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

132

O’ZBEKISTONDA MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLARNING O’RNI.

Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li

Buxoro davlat universiteti, Tarix va yuridik fakulteti

2-bosqich magistranti, Vobkent tuman 28-umumiy o’rta ta’lim maktabi.

1-toifali tarix fani o’qituvchisi.

sadullayevumidjon2701@gmail.com.Telefon

+998905107034

https://doi.org/10.5281/zenodo.8346752

Annotatsiya.

O’zbekistonda eng quyi boshqaruv tizimi mahallada xotin-qizlarning roli,

ularning mahalla boshqaruvidagi ishtiroki tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

mahalla boshqaruvi, xotin-qizlar faoli, gender tenglik, taraqqqiyot

strategiyasi, xotin qizlar huquqi.

THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN

UZBEKISTAN.

Abstract.

The role of women in the neighborhood of the lowest management system in

Uzbekistan, their participation in the management of the neighborhood is analyzed.

Key words:

neighborhood management, women activists, gender equality, development

strategy, women's rights.

РОЛЬ ЖЕНЩИН В УПРАВЛЕНИИ РАЙОНАМИ В УЗБЕКИСТАНЕ.

Аннотация.

Анализируется роль женщин в микрорайоне низшей системы

управления Узбекистана, их участие в управлении микрорайоном.

Ключевые слова:

управление микрорайоном, женщины-активистки, гендерное

равенство, стратегия развития, права женщин.


Bugungi kunda globallashuv jarayonida xotin-qizlarning davlat organlarida va mahalliy

boshqaruv tizimida ishtiroki ortib bormoqda. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvida faolligi
huquqiy, demokratik davlatning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda gender tenglik,
xotin-qizlarni davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ilm-fan sohasiga xotin qizlarni jalb qilish,
xotin-qizlar huquqlari dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu borada xalqaro tashkilotlar va
dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston
ham shu mamlakatlar qatoridan joy olmoqda.

Xususan, ”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2019-yil 3-sentabrda e’lon qilindi. Qonunning
maqsadi 1-moddada quyidagicha ifodalangan: Ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat, -deb ko’rsatib qo’yilgan [1].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022 — 2026-yillarga

mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida xotin qizlarni qo’llab-quvvatlash masalasiga alohida
e’tibor berilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022 — 2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
Farmonining oltmish to’qqizinchi maqsadi xotin-qizlarning huquq va erkinliklari va ularni
ta'minlashga qaratilgan.

-Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

- Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish,

xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

-Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy

faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish.

-Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har

tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni
aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish.

-Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar

sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini
oshirish.

-Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini

yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash.

-Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam

ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash.

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning

muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.[2]

Davlat dasturida belgilangan maqsadlar ijrosi va mas’uliyati xotin-qizlar faoli zimmasida

bo’ladi.Chunki bu lavozim egalari bevosita joylarda xotin-qizlar bilan bevosita ishlaydi.

2022-yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida “O’zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi

ayollarning roli’’mavzusida ikkinchi forum bo’lib o’tdi. Bu forumda xotin-qizlarning O’zbekiston
davlat boshqaruvidagi ishtiroki tahlil etilgan. Bunga ko’ra: Parlamentlararo ittifoqning
“Siyosatdagi ayollar” xalqaro reytingida O’zbekiston xorijiy mamlakatlar orasida 45-o’rinni
egallab, top-50talikdan o’rin egallagan. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foiz,
siyosiy partiyalarda esa 44 foizga yetdi [3]. Yuqoridagilardan ham ko’rinib turibdiki
O’zbekistonda xotin-qizlarning boshqaruv tizimida faolligi ortgan. O’zbekistondagi mahallalar
boshqaruvida ham xotin-qizlar faol ishtirok etishmoqda.

2022 yilning 9-iyun kuni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab- quvvat vazirligi tomonidan Oliy

Majlis Senati bilan hamkorlikda “Mahalla —islohotlar markazi yoki aholini rozi qilish, hududlarni
rivojlantirishda mahalla raisining oʻrni” mavzusida anjuman tashkil etildi. 2019-yilgi saylovlarda
8,9 foiz ayol raislar saylangan boʻlsa, 2022 yilgi saylovlarda 11,8 foiz - 1 104 nafar ayollar mahalla
raisi boʻldi. Bu koʻrsatkich, Toshkent viloyatida 133, Toshkent shahrida 130, Andijonda 123,
Namanganda 113, Fargʻonada 105 nafarni tashkil etadi.[4] Bu raqamlarni Buxoro shahri misolida
tahlil etadigan bo’lsak, 2022-yilgi saylovlarda hududdagi 65 ta mahallada saylangan mahalla
raislarining 26 tasini xotin-qizlar tashkil etadi. Saylangan mahalla raislarining 46%ini xotin-qizlar
tashkil etishi mahalla boshqaruv tizimida ayollar nufusining ortib borishidan dalolat beradi. Yangi
O’zbekistonda mahalla tizimiga e’tibor kuchaymoqda. Mahalla aholisining har bir qatlami bilan
ishlaydigan alohida mas’ul shaxslar tayinlandi. Mahallada “beshlik”aniq maqsad yo’lida birlashib,
mahalla rivoji uchun xizmat qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga

bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqida quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: ”Xabaringiz bor,
respublika xotin-qizlar tashkiloti hozirgi vaqtda Oila va xotin-qizlar qo’mitasi sifatida yangicha
mazmunda faoliyat ko’rsatmoqda. Qo’mitaning vakolat va faoliyat doirasi kengaytirilib, uning
tarkibida bilimdon va yuqori malakali yangi kadrlar jalb etildi. Jumladan, birinchi marta quyi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

134

bo’g’inda, 9 ming 400 dan ziyod mahallada ayollar muammolarini hal etishga ko’maklashadigan
xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy etildi [5]. Shu o’rinda yangi joriy etilgan “xotin-qizlar
faoli”lavozimi haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.03.2022 yildagi PF-81-son “Oila va

xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”prezident farmoniga ko’ra har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi
joriy etildi. Bu haqida qonunda quyidagicha bayon qilingan: ”Har bir shaharcha, qishloq, ovulda,
shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi har bir mahallada mahalla raisining
oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari hamda oila va xotin-qizlar
masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga xotin-qizlar faoli lavozimi mahalliy byudjet
mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlangan holda bir nafardan joriy etilsin”.

Prezident farmonida quyidagilar mahalladagi xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari etib

belgilangan:

-xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-

quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini
va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga
oshirish;

-xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya

va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo‘yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi
bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokim
yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;

-“Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-

qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda
ularga ko‘maklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga
oshirish;

-xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan

xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam
ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.[6]

Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalaridan yana biri ayollar daftari ma’lumotlar bazasini

yuritish hisoblanadi. “Ayollar daftari – ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-
quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz xotin- qizlarning
muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi.
Ushbu daftarga kiritish bo’yicha xotin-qizlar faoli amaliy ishlar olib boradi, ma’lumotlar bazasini
yaratadi va nazoratini olib boradi. So’nggi yillarda” Ayollar daftari” doirasida ham katta tadbirlar
amalga oshirilmoqda.Qisqa muddatda salkam 642 ming nafar opa-singillarimizga amaliy yordam
ko’rsatilgani bu boradagi ishlarimiz ko’lamidan dalolat beradi.[7]

Vobkent tuman Nayman mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati ham maxsus tadqiqot

shaklida o’rganildi. Nayman mahallasida 5 ta qishloq bo’lib, aholisi 3335 tani tashkil etadi,
shundan 1685tasi ayollar hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu mahallada 701 ta xonadon, 904ta oila
mavjud. Mahalla hududidagi ayollarni har taraflama qo’llab-quvvatlash bo’yicha quyidagi ishlar
amalga oshirilgan. Yoshlarni ijtimoy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

135

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, namunaviy oilani shakllantirish sohasida xotin-qizlar faoli
“Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borilgan. Yoshlarni turmushga
tayyorlash bo’yicha davra suhbatlari tashkil etilgan, 3 ta yosh oila “oilaga tayyorlov” kurslarida
o’qitilgan. Xotin qizlarning tadbirkorlik g’oyalarini amalga oshirish, subsidiya va boshqa yordam
choralarini jalb qilish bo’yicha mahallaning ishsiz ayollarining 2tasiga tikuv mashinkasi, 1tasiga
averlo tikuv mashinkasi, 1 ayolga issiqxona, 4tasiga mini dugali issiqxona, 3ta ayolga inkubator
apparatlari subsidiya asosida berilgan.

Bundan tashqari 10 ta ayolga tikuv mashinkasi, 1ta ayolga inkubator apparat olish uchun

hujjatlar tayyorlab berilgan. Ayollarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasida 115 ta ayol ijtimoiy
himoya yagona reestriga kiritilgan bo’lib, ular turli moddiy yordam mablag’larini olmoqdalar.
”Ayollar daftari” ma’lumotlar bazasini tahlil qiladigan bo’lsak, mahallada ishsiz ayollar soni-64ta,
tadbirkor ayollar soni-9ta, boquvchisini yo’qotgan bevalar soni -19ta, nogiron frazandi bor ayollar
soni-5 tani tashkil etadi. Mahallada uy-joyga muhtoj xotin qizlar yo’q. Bitta ayolning uy-joylari
hokimiyat yordami bilan ta’mirdan chiqarib berilgan. 2023-yilda “ayollar daftariga”116 ta ayol
ro’yxatga olingan bo’lib, ular bilan manzillli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu lavozimning joriy
etilganiga qisqa muddat bo’lishiga qaramasdan bir qancha diqqatga sazovor ishlar amlaga
oshirilgan. [8]

Xulosa qilib aytaganda, bugungi kunda Yangi O’zbekistonda mahalla boshqaruvida

ayollarning o’rni ortib bormoqda. Mahalla tizimida xotin-qizlar bilan ishlashning o’ziga xos tizimi
yaratilmoqda.


REFERENCES

1.

”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida’’gi
O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2019-yil 3-sentabr//lex.uz

2.

,,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
Farmoni.//lex.uz

3.

2022-yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida “O’zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi
ayollarning roli’’mavzusida ikkinchi forumi.gazeta.uz sayti

4.

2022 yilning 9-iyun kuni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab- quvvat vazirligi tomonidan Oliy
Majlis Senati bilan hamkorlikda “Mahalla — islohotlar markazi yoki aholini rozi qilish,
xududlarni rivojlantirishda mahalla raisining oʻrni” mavzusida anjuman tashkil etildi. yuz.uz
sayti

5.

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga
bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi-Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib
sharoit yaratib berish-doimo e’tiborimiz markazida. //”Milliy tiklanish” 2023-yil 8-mart

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.03.2022 yildagi PF-81-son “Oila va
xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”prezident farmoni.//lex.uz

7.

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga
bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi-Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib
sharoit yaratib berish-doimo e’tiborimiz markazida.//”Milliy tiklanish” 2023-yil 8-mart

8.

Dala ma’lumotlari.Vobkent tuman.Nayman mahalla.2023-yil

References

”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2019-yil 3-sentabr//lex.uz

,,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.//lex.uz

2022-yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida “O’zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli’’mavzusida ikkinchi forumi.gazeta.uz sayti

2022 yilning 9-iyun kuni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab- quvvat vazirligi tomonidan Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda “Mahalla — islohotlar markazi yoki aholini rozi qilish, xududlarni rivojlantirishda mahalla raisining oʻrni” mavzusida anjuman tashkil etildi. yuz.uz sayti

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi-Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish-doimo e’tiborimiz markazida. //”Milliy tiklanish” 2023-yil 8-mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.03.2022 yildagi PF-81-son “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”prezident farmoni.//lex.uz

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi-Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish-doimo e’tiborimiz markazida.//”Milliy tiklanish” 2023-yil 8-mart

Dala ma’lumotlari.Vobkent tuman.Nayman mahalla.2023-yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов