Miya minimal disfunksiyasining bolalar orasida tarqalganligi va aniqlash mezonlari

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
159-164
141
7
Поделиться
Сариева, Х. (2022). Miya minimal disfunksiyasining bolalar orasida tarqalganligi va aniqlash mezonlari. Журнал вестник врача, 1(4), 159–164. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/10853
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oxirgi yillarda butun dunyoda maktab dasturlarini egallay olmayotgan- lar hamda xulq buzilishlari bo’lgan bolalar soni yil sayin ortib bormoqda. Bunday bolalar klinik tashhisi bo’lmagan, ya’ni me’yor va patologiya orasida chegara holatini egallaydigan bolalardir. Bu guruh bolalarning rivqjlanishi me’yor darajas- ining eng quyi chegarasida bo’lib. vaqt o’tishi bilan ularning aqliy yoki nutqiy rivojlanishida patologik o’zgarishlar yuzaga chiqishi mumkin

Похожие статьи


background image

Вестниқврача, Самарканд

2012, № 4

■Doctor аҳрогототаи, Samarqana'

159

Sarieva XX.

MIYA MINIMAL DISFUNKSIYASINING BOLALAR ORASIDA TARQALGANLIGI VA
ANIQLASH MEZONLARI

Samarqand davlat tibbiyot instituti (rector - prof. Shamsiev A.M.)

Mavzuning dolzarbligi.

Oxirgi yillarda butun dunyoda

maktab dasturlarini egallay olmayotgan- lar hamda xulq
buzilishlari bo’lgan bolalar soni yil sayin ortib bormoqda.
Bunday bolalar klinik tashhisi bo’lmagan, ya’ni me’yor va
patologiya orasida chegara holatini egallaydigan bolalardir.
Bu guruh bolalarning rivqjlanishi me’yor darajas- ining eng
quyi chegarasida bo’lib. vaqt o’tishi bilan ularning aqliy yoki
nutqiy rivojlanishida patologik o’zgarishlar yuzaga chiqishi
mumkin
[1]

.

Rossiya

Federasiyasi

ta’lim

vazirligining

ma’lumotlariga ko’ra bog’cha va maktab tarbiya-
lanuvchilarining 85 foizi tibbiy-psixologik yoki korreksion-
pedagogik yordamga muhtoj ekanlar
[2]

. Bizning Respublikada ham (2000) 6-7 yashar bolalami

maktabga tayyorlik darajasi va oliy nerv faoliyati holatini
tekshirish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida ularning
35,9 foizi maktabda ta’lim olishga tibbiy-pedagogik jihatdan
loyiq emasligi aniqlandi [1].

Bolalarda maktab malakalarini egallay olmas- lik

serharakatlilik, diqqat buzilishlari, impulsivlik (shavqi tez),
his-hayajonning noturg'unligi, tengdoshlari va kattalar bilan
muloqotning qiyin- ligi, nutq, rivojlanishining orqada qolishi,
qo’rquv, bog’cha yoki maktabga borishdan bosh tortish kabi
simptomlar bilan uyg’unlashib keladi. Yuqoridagi barcha
simptomlar negizida miya minimal disfunksiyasi (MMD)
yotadi. MMD si bo’lgan bolalarda markaziy asab sisteinasi
tomonidan qo’pol organik o’zgarishlar kuzatil- maganligi
sabab shifokorlar bu kabi chetlanish- larni jiddiy ntiqson deb
hisoblamaydilar. Shuning uchun bu patologiyali bolalar
pediatr va nevrolo- glarning diqqat doirasidan tashqarida
bo’lib qolmoqdalar.

Mavzuning dolzarbligi MMDning bolalar orasida keng

tarqalganligi va uning zaminida kelib chiquvchi ijtimoiy
dezadaptasiyaning yuqori da- rajada ekanligi bilan
ifodalanadi.

MMD ning bolalar orasida tarqalganlik dara- jasiga

kelsak, bu ko’rsatkichlar turli mualliflar ma’lumotlariga ko’ra
turli darajadadir. Xususan, umumiy o’rta ta’lim maktab
boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida Yekaterenburg
shahrida 72,5%, Pyatigorsk shaxrida 40% MMD ning turli
klinik ko’rinishlari qayd etilgan. MMD ning eng ko’p
uchraydigan shakllaridan bo’lgan diqqat yet- ishmovchiligi
va giperaktivlik sindromi Moskvada boshlang’ich sinf
o’quvchilari orasida 7-18% ni, Kiyevda 19.8%>, AKSh va
Chexoslavakiyada 4- 20% ni, Shvesiyada 2,2%, Londonda 1-
3% ni, Xitoyda 1-13% ni, Avstraliyada 7-10% ni tashkil qilar
ekan [3].

Shu borada bolalar orasida aqliy va nutqiy rivojlanishda

orqada qolayotganlar sonining ortib borayotganini alohida
ta’kidlab o’tish zarurdir [4]. Jumladan, oxirgi 20 yil ichida
maktab dasturini idrok etishga qiynalayotgan hamda
ta’limning boshlang’ich malakalarini qiyinchilik bilan egal-
layotgan bolalar soni 2,5 barobarga oshganligi. ularning 40-
65% ida esa aqliy rivojlanishi orqada qolayotganlik hoi lari

aniqlangan [5].

Yuqorida aytilgan mulohazalarni hamda kichik

yoshdagi bolalarda miyaning kompensator imkoniyatlarini
yuqori bo’lishini inobatga olib. bolalar maktab ostonasiga
qadam qo’ymaslaridan avval, ya’ni bog’cha yoshidan erta
reabilitasiya qilish dolzarb va muhim masaladir. MMD ga o’z
vaqtida, adekvat baho berish, rivojlanishda orqada
qolayotgan bolalar guruhini ajratib olish, ularga o’z vaqtida
mutanosib davo muolajalarini takomillashtirish yo’li bilan
shu muammolarni jadal ravishda yechilishini talab etadi.
Bog’cha yoshdagi bolalarda MMD hollarini erta tash- hislash
va davo samaradorligini oldindan aniqlash masalasining
yechimi ilmiy izlanishimizning ham nazariy, ham amaliy
jihatdan ustuvor va muhim yo’nalishlaridan hisoblanadi.

2011-2012 yillar mobaynida stasionar hamda ambulator

sharcitda 60 nafar 3-5 yoshli miya minimal disfunksiyasi
bo’lgan bolalar kompleks ravishda tekshirildi. Tekshiruvlar
SamMI klinikasi- ning bolalar asab kasalliklari bo’limida olib
borildi. MMD tashhisi nevrologik, neyrop- sixoiogik,
neyrofiziologik tekshiruvlarga asoslangan holda XKT-X va
DSM-1V mezon- lariga asosan qo’yildi [6].

Tekshiruvdan chetlashtiruvchi mezonlar: aniq o’choqli

simptomatikasi yoki miya ichi giperten- ziyasi belgilarining
mavjudligi; ko’rish va eshitish faoliyatining sustligi;
anamnezida og’ir neyroin- feksiyalar va epileptik
tutqanoqlarning bo’lishi; surunkali somatik kasalliklar,
anemiya, endokrin kasalliklar simptomlarining mavjudligi;
aqliy zaif- lik, autizm, psixopatiya va shizofreniyaga bog’lik
ruhiy buzilishlar;

Barcha bolalar umumiy qabul qilingan usul bo’yicha

klinik-nevrologik jihatdan qunt bilan tekshirildi. Tekshirilgan
bolalar klinikasida yaqqol namoyon bo’lgan simptomlariga
ko’ra 2 guruhga bo’lindi. Diqqat yetishmovchiligi va
giperaktivlik simptomlari bo’lgan bolalar 1-guruhga, hamda
nutqiy rivojlanishda orqada qolayotgan yoki nutqida dislaliya
singari nuqsonlari bo’lgan bo- laiar 2-guruhga ajratildi.
Mutaxassislar DEG sin- dromining o'g'il bolalar orasida
ko'proq uchrashini nasliy faktorlarga, hamda shu jinsdagi-
larning pre- va perinatal nojo’ya ta’sirlariga nis- batan o'ta
zaif bo'lishlari bilan bog'liq deb ta’kidlaydilar. Bosh miya
tizimlarining zararlan- ishlarida o’gil bolalarga nisbatan
qizlarning kompensator imkoniyatlari yuqori bo’lishini qayd
etadilar [1].

Ikkala

guruhdagi

bolalaming

yoshiga

nisbatan

taqsimlanishi quyidagicha bo’ldi: 1-guruhda 5 yoshli, 2-
guruhda 4 yoshli bolalar ko’pchilikni (50%dan) tashkil qildi.
1-guruhda 4 yoshli bolalar 36%, 2-guruhda 5 yoshli bolalar

37,9%ni tashkil etdi. 3 yoshlilar esa ikkala guruhda hain
deyarli bir xil (14% va 12.1%) miqdorda bo’lib, oz- chilikni
tashkil etdi. Ko’rsatkichlarning shunday tarzda bo’lishi
nutqiy o’zgarish, shuningdek diqqat yetishmovchiligi va
giperaktivlik belgilar aynan shu yoshdagi bolalarga xos degan
mulo- hazalarga mos keiadi. Binobarin, bizning tek-

shiruvimizda nutqiy buzilishlar aksariyat 4 yosh- lilarda,


background image

Ъгстниқврача, Самарканд

2012, % 4

■Doctor<v(6orotTiomasi, Samarqand

160

diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik belgilari esa
aksariyat 5 yoshli bolalarda ko’prok kuzatildi.

MMDsi bo’lgan bolalaming tekshiruv na- tijalarini

solishtirish maqsadida xar tomonlama sog’lom bolalardan
tuzilgan nazorat guruhi tashkil etish lozim edi. Tekshiruvlar

quyidagi bos- qichlarda o’tkazildi:

-

mavjud xujjatlarni o’rganish va tahlil qilish (tibbiy

varaqa,

psixologik-pedagogik

tasniflar,

mashg’ulot

mahsulotlari, ya’ni bolalar qo’Ii bilan chizilgan rasm,
applikasiya va x.k.) hamda tarbiyachi va lining yordamchisi
bilan suxbatlar o’tkazish orqali bolaning shaxsiy xususiyatlari
bilan dastlabki tanishuv;

-

klinik-nevrologik tekshiruv (oliy asab faoli- yatini

tahlil qilish usulini qo’llab);

-

maxsus neyropsixologik tekshiruv;

-

neyrofiziologik tekshiruv usullaridan EEG ni qo’llash.

Sog’lom bolalar guruhiga biz quyidagi me’zonlarga

javob beruvchi bolalarni kiritdik:

1.

Oxirgi 3 oy ichida hech qanday hastalik bilan

og’rimagan;

2.

Perinatal davri asoratlanmagan;

3.

Somatik va nevrologik statusida o’zgarishlari

bo’lmagan;

4.

MMD belgilari bo’lmagan:

5.

Nutqi yoshiga mos rivojlangan;

6.

EEG ko’rsatkichlari yoshiga mos me’yorida

bo’lgan bolalar.

MMD

tashxisi

nevrologik-neyropsixologik

neyrofiziologik tekshiruvlarga asoslangan holda MKB 10 va
DSM-IV me’zonlariga asosan qo’yildi.

Neyropsixologik tekshiruvlar «ishlash qobili- yatini

tekshirish» kodlash - korrektura sinamasi yordamida amalga
oshirildi. Bu test yoshiga mos ravishda tanlandi.

NEYROPSIXOLOGIK TEKSHIRUV USUL- LARI
1.

Bolaning umumiy xarakteristikasi

2.

Diqqat-e’tiborni tekshirish

3.

Tafakkurni aniklash.

H.

L.Belapolskayaning

"Yetishmayotgan

jismlar"

metodikasi

N.L.Belapolskayaning

«Obrazli fikrlash

metodikasi»

4.

Harakat faoliyatini tekshirish

5.

Gnozisni tekshirish

6.

Xotiraga baho berish

7.

Nutqiy faoliyatga baho berish.

PARAKLIN IK TEKSHIRUV USULLAR1
I.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni neyrofiziologik

tekshiruv usullari

2.

Neyroradiologik tekshirish - MRT uslubi

Miya minimal disfunksiyasi bo’lgan bolalaming
klinik-anamnestik kovrsatkichlarini baholash

Bolalarda MMD ga olib keluvchi xavfli omil- larni

aniqlash maqsadida tekshiruvimizdagi xar bir guruh, bolalar
ota-onalaridan perinatal, nasliy va ijtimoiy ananmez puxta
so’rab surishtirildi. Bunda quyidagi omillar: bemorning
nechanchi xomiladorlikdan va tug’ruqdan ekanligi, xomila-

dorlik va tug’ruqning kechishi, onaning xomila- dorlik
vaqtidagi yoshi xamda mavjud xastaliklari (somatik.
surunkali), bolaning tug’ilgandagi vaz- ni. o’tkazgan
xastaliklari. avlodida MMD belgilari bor-yo’kligi o’rganildi.

Ijtimoiy omillardan onaning ma’lumoti. bola o’sayotgan

oilaviy sharoit, moddiy jihatdan ta’minlanish darajasi,
bolaning kimning qo’Iida tarbiya olayotgani, bola
tarbiyasining harakteri (erkalash, kattiqqo’llik), maktabgacha
ta’lim muassasasida tahsil olishi aniqlandi. Xar bir bola uchun
ishlab chiqilgan anketaga olingan ma’lumotlar qayd qilindi.

Xomiladorlik toksikozlarini qayd etish lozim. Bu omil

ham aftidan bolaga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi, chunki
kattagina foizni tashkil etdi (1-guruhda - 57%, 2-guruhda -
60%).

Tug’ruqdagi jarohat, kindikka o’ralish, tug’ruqning tez

kechishi, onaning surunkali kasal- liklar bilan kasallanishi,
kesarevo, stress omillar ham 1- va 2-guruhlarda uchradi,
biroq 2- guruhda salmog’i ko’prok bo’ldi. Asfiksiya holati 2-
guruhda 10% ni tashkil etib, 1-guruhda


background image

Вестншўврача, Самарқано

2012, № 4

■Dofyor a^borotnomasi. Samarqand

161

uchramadi.

Shunday qilib, perinatal davrda bolalarga ta’sir qiluvchi

nojo’ya omillar taqsimlanishini qiyosiy taqqoslash
ko’rsatkichlari ushbu omil- larning ta’sir etishi MMD si
bo’lgan bolalarda yuqori darajada ekanligini ko’rsatdi.
Ayniqsa nutq- rivojlanishi buzilishlari bo’lgan bolalarda
deyarli 1,5 barobar ko’p qayd etilgan tug’ruqdagi jarohat.
xomila tushish xavfi va gipoksiya omillari xamda faqatgina
shu bolalarda kuzatilgan asfiksiya omili alohida ahamiyat
kasb etishi ma’Ium bo’ldi. Ayni paytda xomilada
rivojlanayotgan bosh miyaning gipoksiyaga ayniqsa
sezgirligini aytib ketish lo- zim.

Biz natijalar tahlilini nafaqat har bir omilning uchrashi

bo’yicha, balki ularning har bir bolaga to’gri kelayotgan soni
bo’yicha ham o’tkazdik.

Natijalar

nazorat 3-guruhidagi bolalar perinatal

anamnezidagi bu nojo’ya omillar alohida - yakka holda
uchrashi, qolgan guruhlarda jam- lanib, uyg’unlashib kelish
hususiyatiga ega bo’lganini ko’rsatdi. 2 va 3- guruhdagilarda
2, 3 va 4 ta omillarning uyg’unlashib kelishi mos rav- ishda
20,6%, 26,9%, 20,6% ni ko'rsatdi. 4 tadan yuqori omillarning
uyg’unlashib birga kelish hol- lari ozchilikni tashkil etdi (mos
ravishda 13,9%, 1,6%, 1,6%).

Bizning fikrimizcha, perinatal anamnezida xomiladorlik

va tug’ruq jarayoniga ta’sir ko’rsatuvchi nojo’ya omillar
sonining ko’payib borishi, bolada turg’un qo’pol-organik
nevrologik simptomatikani shakllanishiga xavf tug’diradi.
Tabiiyki, bunday bolalar bizning tekshiruv guruhlarimizga
kirmagan.

Olingan ma’lumotlarni tahlil va xulosa qilib shuni aytish

mumkinki, akusherlik anamnezida bir yo’la 2, 3, 4 ta nojo’ya
omillar ta’siriga uchragan hamda tug’ruk vaqtida bosh miyasi
jarohat olgan bolalar MMD rivojlanishi mumkin bo’lgan xavf
guruhiga ajratib olinishlari lozim.

Mualliflarning fikricha bolalarda MMD bel- gilarining

shakllanishida ijtimoiy omillarning tut- gan o’rni kattadir.
Bularga ota-onaning ma’lumoti, bolaning moddiy jihatdan
qiynalgan yoki to’liqsiz oilada (otasiz) katta bo’lishi, bola
tarbiyasining noto’g’riligini kiritish mumkin [131].
Nazoratimizdagi barcha bolalarning anam- nezini yig’ish
jarayonida biz shu omillarga ham ahamiyatimizni qaratdik.

Ko’pgina mualliflar bolada MMD rivojlan- ishiga

oilaning moddiy jihati ham o’z ta’sirini o’tkazadi deb
ta’kidlaydilar [131]. Bizning tek- shiriluvchi bolalar orasida
bunday holatlar uchala guruhda ham uchradi, biroq juda
kamchilikni tashkil etdi, ya’ni 1 guruhda 4,5% nafar bola, 2
guruhda 1,5% nafar hamda 3-guruhda 4,0% nafar bola
moddiy jihatdan qiynalgan oilada o’sgan. Bu ko’rsatkichlar
xaqqoniy bo’lib chiqmadi.

Anamnez

yig’ish

jarayonida,

chuqur

so’rab-

surishtirishlardan keyin 1-guruhdagi 27,3% nafar, 2-guruhda
6,1% nafar bolalarning qarindoshlarida ham MMD belgilari
kuzatilgani ma’Ium bo’ldi. Diqqat yetishmovchiligi.
giperaktivlik, quloqsizlik. o’quv malakalarni egallashdagi
qiyin- chiliklar bolalarning ota-onalari yoki yaqin qarin-
doshlarida (opa-singil, aka- uka, amaki, amma) kuzatilgani
ayon bo’ldi. Ba’zi belgilar ularda xo- zirgi paytda ham
saqlanib qolgan. Bu ayniqsa 1- guruhda nisbatan ko’pchilikni

tashkil etdi (27,27%). Nasliy omil sifatida tabiiyki ota-ona-
laming qarindosh yoki begonaligi masalasi qiziqtirdi. 1-
guruhdagi

bolalar

ota-onasi

bir-biriga

begona,

2-

guruhdagilaming atigi 4 nafari qarindosh edi.

Olingan natijalar shartli xarakterga egadir, chunki u ota-

onalarning sub’yektiv ma’lumotlariga asoslangan. Shunday .
bo’Isada, adabiyotlarda MMD patogenezida nasliy omil-
larning ham ahamiyati bor degan ma’lumotlariga mos keladi
(4).

Nasliy

omillar

kuzatilgan

bolalarni

jinsini

aniqlaganimizda ikkala guruhda ham ular 100% o’g’il bolalar
ekanligi ma’Ium bo’ldi. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki,
MMD shakllanishida turli omillarning jamlanib kelish xollari
kuzatildi (perinatal + nasliy omil). Bu esa xorij va Rossiya
mualliflarining MMD eti- ologiyasi kombinirlangan
harakterga ega degan fikrlariga mos keladi [5].

Shunday qilib, olingan natijalar perinatal omillar, nasliy

omillar yoki ularning jamlanmasi ta’sirida DEG sindromining
kelib chiqishi, ammo nutq rivojlanishining buzilishlari asab
tizimida organik o’zgarishlar keltirib chiqaruvchi perinatal
omillar, ayniqsa bolaning tug’ilayotganda qiynalib tug’ilishi,
bosh miyasi zararlanishlari hamda xomila ichi gipoksiya va
asfiksiya natijasida kelib chiqishidan dalolat beradi.

Shifokorga murojaat qilganda ota-onalar bo- lalaridagi

xulq va emotsional o’zgarishlar, asabiy- lik, jizzakilik, bosh
og’riklar, diqqatsizlik, quloqsizlik, sabrsizlik, kechasi
uyqusining notinchligi, xotirasi yomonligi, shuningdek ke-
chasi siyib qo’yishi, ko’p gapirishlik, nutqidagi nuqsonlarga
shikoyat qildilar.

Bolalarda aniqlangan o’zgarishlar ichida o’z- o’zidan

ravshanki 1 guruhdagi bolalarda giperaktivlik va diqqat
yetishmovchilik simptomlari (100%), 2-guruhdagi bolalar
orasida nuiq rivojlan- ish orqada qolish va dislaliya belgilari
ko’p uchradi (100%). Biroq diqqat buzilishlari 2-guruh
bolalarga ham xos bo'lib, 67% ni tashkil etdi. Bu guruhdagi
bolalaming 81% ida kam harakatlilik belgilari va 19% yengil
giperaktivlik aniqlandi. Nutqiy o’zgarishlardan, xususan,
dislaliya 1- guruhda 30% hollarda qayd etildi. Keyingi
navbatda 1-guruhda uchrash salmog’i bo’yicha emosional
o’zgarishlar (70%), tajanglik (52%), bezovtalik (52%) turadi.
Bu simptomlar 2-guruh bolalarida ham kuzatilib, mos
ravishda 50%, 25%, 19% ni tashkil etdi.

Uyqu buzilishlari (41%) va uyquda qo’rqish (19%) ham

l-guruhga xos simtomlardir. Uyqu buzilishlari DEG
sindromli bolalarda ayniqsa uxlab olishning qiyinligi,
uyquning yuzaki bo’lishi, cho’chib uyg’onib ketish, uyqusida
gapirish, bezovtalanib uxlash holida namoyon bo’ldi.
Aftidan, bolaning o’ta qo’zg’aluvchan va serharakatligi
bolaning tinch uxlashiga ham halaqit bersa kerak va o’z
navbatida kechasi yaxshi uxlay olmaslik oqibatida xulq va
diqqat yetishmovchiliklariga olib kelsa kerak. 2-guruhda ham
uyqu buzilishlari kam bo’lsada (13%) kuza- tildi, ammo u
kechasi qattik uxlab qolish, uyg’otishning qiyinligi,
uyg’onganda uyquga to’yinmaslik, ba’zida kechasi uyg’onib,
besabab yig’lash, qo’rqish (7%) kabilarda namoyon bo’ldi.
Bosh og’rishi 1-guruhda 40%, 2-guruhda 28% holda
aniqlandi. 1-guruhdagi bolalarda yana had- dan tashqari ko’p
gapirish (39%), o’zgalarning gapiga aralashib, gapini bo’lish


background image

(Вестник&рача, Самарканд

2012, % 4

<Dofyor axforotnomasi, Samarkand

162

kabi hollari ko’p bo’lishi aniqlandi. Adabiyotlarda xulq
uzgarishlari asosan maktab yoshda va o’smirlikda namoyon
bo’lishi aytib o’tilgan. Lekin bizning tekshiru- vlarimizda
agressivlik, negativizm belgilari mak- tabgacha yoshdagi
bolalarda ham uchrashi 3.3- rasmdan ko’rinib turibdi. Bu
ko’rsatkich 1- guruhda 30%, 2-guruhda esa 17% ni tashkil
qildi. Mazkur o’zgarishlar aksariyat maktabgacha ta’lim
muaSsasalariga qatnovchi bolalarda kuzatilgan. Biz bu
simptomning yuzaga kelishi bolalarning kollektivga
moslashishlari mushkulligi yoki bola va tarbiyachi o’rtasidagi
munosabatlar orasidagi kelishmovchiliklarga bog’lik degan
fikrga keldik.

MMD si bo’igan bolalarda beixtiyor hara- katlar asosan

ko’zlarda giperkinez, burunni tor- tish, peshonani tirishtirish
kabilarda namoyon bo’lib, 2-guruhga nisbatan 1-guruh
bolalar orasida ko’p kuzatildi (18%). Undan tashqari 1-va 2-
guruhlarda enurez va febril talvasa holatlari ham qayd etildi.
Bu holatlar po’stloq osti tugunlar faoliyati disfunksiyasidan
dalolat beradi.

Shunday qilib, aniqlangan o’zgarishlar ichida enurez va

gipoaktivlik garchi 2-guruhda ustunlik qilgan bo’lsada,
deyarli qolgan barcha o’zgarishlar 1-guruhda ko’pchilikni
tashkil etdi. Ayniqsa beixtiyoriy harakatlar (tik) bu guruxda 9
barobar. uyqu buzilishlari 5,8 barobar. ko’p gapirish - 4.
uyquda qo’rqish va uyqu buzilishlari 2,7. tajanglik - 2,
qolganlari tahminan 1.5 barobar ko’p qayd etildi.
Natijalarning bu tarzda bo’lishi asab tizimiga perinatal davrda
ta’sir etuvchi no- jo’ya omillar harakteriga va miya
tuzilmalaridagi

dizregulyasiyaning

harakteri

va

ifodalanganlik darajasiga bog’lik deyish mumkin.

Demak, MMD si bo’igan bolalarda oliy asab faoliyati

buzilishlaridan tashqari ularda yuqorida aytib o’tilgan
kattagina o’zgarishlarning aniqlani- shi MMD si bo’igan
bolalarning maktab ta’limiga kirishgunlariga qadar puxta
tibbiy va psixologik tekshiruvlardan o’tkazilishlarini taqazo
etadi.

Undan

tashqari,

bolalaming

ambulator

karta

ma’lumotlariga ko’ra MMD si bo’igan bolalarning deyarli
yarmi 1 yoshgacha davrda "perinatal ensefalopatiya" (PEP)
tashhisi bilan nevropatolog dispanser hisobida turganligi
ayon bo’ldi (R<0,001). Xususan, 1-guruhdagi bolalarda aso-
san neyroreflektor qo’zg’aluvchanlik. giperten- zion,
vegetovisseral disfunksiya sindromlari qayd etilgan bo’lsa. 2-
guruhda harakat buzilishlari, ruhiy-motor rivojlanish orqada
qolish

sindromlari

aniqlangan.

Ammo

anamnez

ma’lumotlariga ko’ra nevropatolog dispanser kuzatuvida
bo’lmagan bolalarning ham hayotining birinchi oylaridayoq
bezovtalik, uyqu buzilishlari (uxlatishning qiyinligi, tez-tez
uyg’onib ketish, erta uyg’onish, kam uxlash. uyquda
cho’chish), sababsiz yig’lash, boshini orqaga tashlash, qusish,
ovqat xazm bo’lishining buzilishlari, shuningdek boshini tut-
ish, o’tirish, emaklash, yurish, gapirish kabi faoli- yatlarning
yoshiga nisbatan kechikishi kabi turli nevrologik uzgarishlar
kuzatilgan, birok bu uz- garishlar qo’poi xarakterda
bo’lmaganligi sababli shifokorlar diqqatini jalb etmagan.

Yuqoridagi ma’lumotlar yana bir bor MMD ning kelib

chiqishida perinatal omillarning ahamiyati borligidan. hamda
bu omillarning MAT strukturalarini zararlashi nisbatan yengil

bo’lib,

qo’poi

organik

o’zgarishlarni

keltirib

chiqarinasligidan dalolat beradi. Ammo go'dak bolaiardagi
perinatal gipoksik-gemodinamik (ishemik) ensefalopatiya
(GIE) holati striatumni zararlanishi hamda kortiko-strio-
taiamo-kortikal bog’lanishlarning izdan chiqishiga yetarlicha
asos bo’la oladi [ 1 ].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, MMD si bo’igan

bolalar organizmi immun reaktiv holati hamda kompensator
mexanizmlarning sustligi hisobiga boshqa bolalarga nisbatan
tez-tez O’RVl bilan hastalanar ekanlar (R<0,001). Olingan
na-

tijalar

ilk

davrda

PEP

ning

neyroreflektor

qo’zg’aluvchanlik, gipertenzion, vegeto-visseral sindromlari
bo’igan bolalarni keyinchalik diqqat


background image

Вестниқврача, Самарк&но

2012, № 4

Doctor axporotnomasi, Samarqand

163

yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi shakllanishi
mumkin bo’lgan guruhga, shuningdek, ruhiy-motor
rivojlanishda orqada qolish, ya’ni o’rtacha darajada
ifodalangan hara- kat buzilishlari bo’lgan bolalami nutq
rivojlanishda orqada qolish yoki nutq buzilishlari sindromi
shakllanishi mumkin bo’lgan guruhga ajrat- ib olinishlari
zarurligini ko’rsatmoqda.

Tekshiriluvchi barcha bolalarni puxta nevrologik

tekshiruvdan o’tkazdik. Natijalar quyidagicha bo’ldi: 1-
guruhdagi

bolalarda

bosh

miya

nervlar

faoliyati

tekshirilganda 7,6% - yengil strabizm, 1,5% - konvergensiya
sustligi, 27,3% - nistagm, 63,6% yuzda yengil assimetriya
belgilari (VII juft nerv markaziy parezi), 7,6% - IX juft nerv
markaziy parezi va 1,5% - tilning tremori aniqlandi.

2-guruhdagi

bolalarda

kuzatilgan

o’zgarishlar

quyidagicha taqsimlandi: 12,1%

11 juft nerv

patologiyasi, 9,1% - yengil strabizm, 21,2% - nistagm, 74,2%
- VII juft nerv yengil markaziy parezi, 12,1% - IX juft nerv
markaziy parezi, 12,1% tilning giperkinezi hamda 4,5% -
tilning yengil deviasiyasi. 1- hamda 2-guruh bolalarning
BMN tomonidan qayd etilgan bu o’zgarishlar orasida VII juft
nerv markaziy parezi ustuvorlik qilganini 3.4-rasmdan
ko’rish mumkin. 3-guruh, bolalarda BMN patologiyasi qayd
etilmadi. MMD si bo’lgan ikkala guruhda BMN tomonidan
topilgan o’zgarishlar asosan po’stlok proyeksion sohalarining
zararlanishi bilan bog’lik.

Harakat sohasida 1-guruh bolalarining 33% gipotoniya

va 20% ida distoniya aniqlandi. Pay reflekslari assimetriyasi
20% aniqlandi, 2- guruh bolalarda ham shunga o’xshash
manzara kuzatildi, ya’ni

46% gipotoniya

va 11% da distoniya aniqlandi. Pay reflekslarin- ing
assimetriyasi 18% bolada qayd etildi. 3-guruh bolalarda
harakat sohasida o’zgarishlar topilmadi.

MMD si bo’lgan bolalarda koordinator buzilishlar

tekshirilganda ularning deyarli yarmisida o’zgarishlar
uchradi. Bu asosan mu- vozanatni ushlash, mayda-nozik
harakatlar (tug- macha qadash, qalam bilan ishlashni
bilmaslik) kabilarda namoyon bo’ldi.

Mayda motorikani biz bolalarning yoshiga mos qilib

tanlangan vazifalami bajarishlariga qarab baholadik. Bular
qatoriga resiproq mu- vofiqlashuv, barmoqlar praksis holati,
dinamik praksis, rasm namunasiga qarab nusxa ko’chirish
sinovlari kiradi.

Bunda biz bolaning vazifalarni aniq bajarishi, qo’I va

barmoqlar harakatlarining ravon, mu- vofiqlashgan holda
harakatlanishi,

sinkineziyalar

mavjudligi,

qo’I

bilan

bajariladigan manipulyativ harakatlar, qalam, ruchkani
ushlashi, vazifani ba- jarish tezligi, mustaqil bajara olishiga
ahamiyatni qaratdik va ball tizimida baholadik. 1- va 2-guruh
bolalarning mayda motorikasi tekshirilganda uning so’lom
guruhga

nisbatan

yetarli

darajada

rivojlanmaganligi

aniqlandi.

Buni

3.1-jadvaldan

ko’rishimiz mumkin

(R<0,001).

1-jadval

1-guruh 2-guruh

3-guruh

Resiproq muvofiqlashuv l,905±0,087*** 2,013±0,024*** O,O5O±O,O5O

Barmoqdar praksisi
Dinamik praksis
Rasmdan nusxa ko’chirish
l,595±0,108*** 2,016±0,062*** 0,100±0,069

Izoh: * -

sog’lom guruh ma’lumotlariga nisbatan qiyoslaganda ishonarli (***-R<0,001)

Qo’llarning ravon va bannoqlarning nozik manipulyativ

harakatlari ayniqsa 2-guruhdagi- larda ancha sustligi
aniqlandi. Ularning chizgan rasmlari ham qolgan bolalar
rasmlaridan

tubdan

farq

qildi.

Olingan

natijalar

adabiyotlardagi ko’pgina mualliflar ma’lumotlariga mos
keladi. Jumladan, P.Nichols (1987) 30000 nafar 7 yoshli
DEGS li bolalarning 1,1%, S.Gillberg va boshqalar (1983,
1998) Geteborg va Karlstadda 50% MMD li bolalarda
koordinator disfunksiya- larni aniqlaganlar. DEG sindromli
bolalarning 84% ida lokomotor yetishmovchilik hamda
100% ida mayda motorikaning yetishmovchiliklari bel-
gilarini qayd etgan [53]. Bunday o’zgarishlar aso- sida
yotuvchi mexanizmlar yoki psixologik ja- rayonlarni izlash
bo’yicha harakatlar qoniqarli bir xulosalarga olib kelmadi.
Ammo aksariyat bu kabi o’zgarishlar, ayniqsa nozik
harakatlami ba- jarishdagi qiyinchiliklar po’stlok osti
hosilalar yetishmovchiliklari sindromida kuzatiladi. Ehtimol
barmoqlaming mayda harakatlari sustligi bolalarning
jismoniy rivojlanishining zaifligi bilan ham bog’liqdir.
Garchi MMD si bo’lgan bolalarning motor doirasidagi
o’zgarishlar qo’pol harakterga ega bo’lmasada, baxtga qarshi
ularning o’quv faoliyatlarida, ayniqsa yozish, chizish, qo’I

mexnati malakalarini egallashda o’z salbiy ta’sirini
o’tkazmasdan qolmaydi [2].

Sezgi sohasida deyarli

o’zgarishlar

aniqlanmadi. Ba’zi bolalarda yengil umumiy gi- peresteziya
belgilari namoyon bo’ldi. Lekin aksariyat hollarda
bolalarning tekshiruvda noad-

Mayda xarakatlarni tekshirish natijalari

l,595±0,108*** 2,129±0,109*** 0,050±0,050
l,079±0,099*** l,429±0,l 14*** 0,105±0,082

Test-sinovlar


background image

'Вестниқврача, Самарканд

2012, % 4

(Doctor axfiorotnomasi, Samarqand

164

ekvatligi tufayli aniq natijalar olinmadi.

Vegetativ asab tizimi tomonidan termoreg- ulyator

o’zgarishlar. qo’l va oyoq kaftlarining ter- lashi hamda sovuq
qotishi, terining marmarsimon tus olishi, ishtahaning
yomonligi, meteorizm, bosh og’rishi aniqlandi. Sog’lom
bolalarda bu kabi ov-

zgarishlar kuzatilmadi. 3.2-jadvalda uchchala guruhning

nevrologik tekshiruv

natijasida

markaziy

asab tizimining turli

sohalarida

aniqlangan

o’zgarishlar darajasi

qiyoslanib

ko’rsatilgan.

2-jadval

Tekshirilayotgan bolalarda nevrologik o’zgarishlar klinikasi

Patologiya aniqlangan soha

1-guruh

2-guruh 3-guruh

BMN

62,1+6,0*

54,5+6,1* 0

Harakat

68,2+5,7*

62,1+6,0* 0

Statiko-lokomotor

42,4+6,1*

A

16,7+4,6* 4,0+3,9

Mayda motorika

42,4+6.1*

л

95,5+2.6* 8,0+5,4

Vegetativ

24,2+5,3*

л

10,6-3,8* 0

* - 3-guruh bolalar ma’lumotlariga ko’ra ishonarli (R<0,05),

л

- 2 guruh bolalar ma’lumotlariga ko’ra ishonarli (R<0.05)

MMD si bulgan ikkala guruh bolalar nev- rostatusida

BMN va harakat sohalardagi o’zgarishlar deyarli bir xil
darajada qayd etildi. Muvozanat va bir chiziq bo’ylab yurish
singari yirik motorika va vegetativ soxa o’zgarishlari 1-
guruhda 2-guruhdagilarga nisbatan 2,5 barobar ko’p qayd
etilgan bo’lsa, mayda motorikadagi o’zgarishlar 2-guruhda 1
- guruhdagilarga nisbatan 2 marta ko’p kuzatildi.

Demak, MMD si bo’lgan bolalarning klinik

ko’rinishlariga, nevrologik tekshiruvlar na- tijalariga ko’ra
miya po’stlogining turli sohalar faoliyati buzilishlarining
aniqlanishi, ya’ni tarqoq nevrologik mikrosimptomatikaga
ega bo’Iishi markaziy asab sistemasining zararlanishi
tarqoq- diffuz harakterga ega ekanligi, frontal po’stlok, bazal
tugunlar hamda miyacha orasidagi bog’lanishlarning izdan
chiqqanligidan dalolat beradi. Shunga ko’ra, bolalarda
funksional o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi markaziy asab
tizimida aniqlangan ushbu patologik holatlarni perinatal
davrda ta’sir etgan, qo’pol bulmagan diffuz zararlanish
oqibati deb talqin etish mumkin.

Oxirgi 10 yillik adabiyotlardan bolalar va o’smirlar

orasida asab-ruhiy buzilish chegara ho- latlari, xulq buzilish
xollari ko'payib borayotgani barchaga ma’lum [1]. Xozirgi
kunda pediatr va bolalar nevrologlariga maktab yoshdagi
bolalar ota-onalari tomonidan turli shikoyatlar bilan
murojaatlar ko’payib boryapti. Bu shikoyatlar: maktab
malakalarini o’zlashtirish muammolari, xotira va dikkat
buzilishlari,

kuloksizlik,

tez

chal-

guvchanlik,

serxarakatlilik, xulq buzilishlari, agressivlik, negativizm,
emotsional o’zgaruvchanlik, nevrotik holatlar va xakazolar.
Bu o’zgarishlarga asosiy sabab faqat pedagogik qoloqlik
emas. balki keng qamrovli biologik faktorlar ham bo’Iishi
mumkin [8]. Yuqoridagi shikoyatlar zaminida minimal miya
disfunksiya- lari sindromi yotadi. Bolalarda maktabda ta’lim
olish davrida psixopatologik holatlar deyarli 4 barobarga
oshadi, bular qatorida MMD va aksari- yat diqqat
yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (DEGS) sahnoqli
o’rinni egallaydi [4, 9]. Bu ko’rsatkichlar afsuski yil sayin
ortib bormoqda [1,9,].

Adabiyotlar

1). Абдуфаттаева А.А. Медико-социальные аспекты стойкой утраты трудоспособности населения Республики
Узбекистан: Автореф. дисс. ... д-ра. мед. наук. - Ташкент, 2004. - 30 с. 2). Азимова Х.М. Роль перинатальных факторов в
нарушениях нервно-психического развития детей раннего возраста // Неврология. - Ташкент, 2006.- №1(29).-С. 20-23. 3).
Мирсаидова Н.А. Богча ёшидаги болаларнинг саломатлик холатини хамда улар орасида минимал мия
дисфункцияларининг таркалганлик даражасини аниклаш // Педиатрия. - 2007. - №1-2. -С. 62-64. 4). Магзумова Ш.Ш.
Медико-социальные аспекты совершенствования психиатрической помощи в Республике Узбекистан: Автореф. дисс. ...
д-ра мед. наук. - Ташкент, 2003..- 36 с. 5). Штрыголь Д.В. Личностные особенности младших школьников с легкой
интеллектуальной недостаточностью //Соц. и клин. псих. 2002. №2. с. 54-57. 6). Tannock R., Brown Т.Е. Attention-deficit
hyperactivity disorders and comorbidites in children, adolescents and aduls / T.E.Brown (Ed). -Washington: Amer. Psychiatr.
Press, 2000. - P. 231 -296.

Библиографические ссылки

. Абдуфатгаева А.А. Медико-социальные аспекты стойкой утраты трудоспособности населения Республики Узбекистан: Автореф. дисс. ... д-ра. мед. наук. - Ташкент, 2004. - 30 с.

. Азимова Х.М. Роль перинатальных факторов в нарушениях нервно-психического развития детей раннего возраста // Неврология. - Ташкент, 2006.- №1(29).-С. 20-23.

. Мирсаидова Н.А. Богча ёшидаги болаларнинг саломатлик холатини хамда улар орасида минимал мия дисфункцияларининг таркалганлик даражасини аниклаш // Педиатрия. - 2007. - №1-2. -С. 62-64.

. Магзумова Ш.Ш. Медико-социальные аспекты совершенствования психиатрической помощи в Республике Узбекистан: Автореф. дисс.... д-ра мед. наук. - Ташкент, 2003..- 36 с.

. Штрыголь Д.В. Личностные особенности младших школьников с легкой интеллектуальной недостаточностью //Соц. и клин. псих. 2002. №2. с. 54-57.

. Tannock R., Brown Т.Е. Attention-deficit hyperactivity disorders and comorbidites in children, adolescents and aduls / T.E.Brown (Ed). -Washington: Amer. Psychiatr. Press, 2000.-P. 231 -296.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов