Abstract

The peace and tranquility that prevails in our country, the colorful beauty of nature, the rich and ancient history of our country, the tolerance and high qualities of our people, as well as their politeness and hospitality are of great importance in the development of tourism. It is no secret that tourists visiting all regions of our country from all over the world show great interest in the ancient monuments that tell the story of the distant past, the unique nature and national values of our people.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

199

QUYI ZARAFSHON VOHASI TURIZM IMKONIYATLARI

Srojeva Gulbahor Vahobovna

Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi

Osiyo Xalqaro Universiteti

Buxoro, O’zbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10084703

Annotatsiya.

Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, tabiatning rang-

barang go‘zalligi, yurtimizning boy va qadimiy tarixi, xaqimizning bag‘rikengligi, yuksak
fazilatlarga egaligi hamda ularning xushmuomila va mehmonnavozlik xislatlari turizmni
rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Butun dunyodan yurtimizning barcha viloyatlariga
tashrif buyurayotgan sayyohlar uzoq o‘tmishdan hikoya qiluvchi qadimiy yodgorliklarga,
xalqimizning betakror tabiati va milliy qadriyatlariga katta qiziqish bildirayotganligi sir emas.

Kalit so’zlar:

Qadimiy yozma manbalar, Buxoro, Samarqand, Xorazm muzey

qo’riqxonalar, Mir Sayyid Bahrom, Qosimshayx, Deggaron majmuasi.

LOWER ZARAFSHAN OASIS TOURISM OPPORTUNITIES

Abstract.

The peace and tranquility that prevails in our country, the colorful beauty of

nature, the rich and ancient history of our country, the tolerance and high qualities of our
people, as well as their politeness and hospitality are of great importance in the development of
tourism. It is no secret that tourists visiting all regions of our country from all over the world
show great interest in the ancient monuments that tell the story of the distant past, the unique
nature and national values of our people.

Key words:

Ancient written sources, Bukhara, Samarkand, Khorezm museum reserves,

Mir Sayyid Bahrom, Qasimshaikh, Deggaron complex.

НИЖНЕЗАРАФШАНСКИЙ ОАЗИС ТУРИСТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ

Аннотация.

Мир и спокойствие, царящие в нашей стране, красочная красота

природы, богатая и древняя история нашей страны, толерантность и высокие качества
нашего народа, а также его вежливость и гостеприимство имеют большое значение в
развитии туризма. . Не секрет, что туристы со всего мира, посещающие все регионы
нашей страны, с большим интересом относятся к древним памятникам, повествующим
об истории далекого прошлого, уникальной природе и национальных ценностях нашего
народа.

Ключевые слова:

Древние письменные источники, Бухара, Самарканд, Хорезмские

музеи-заповедники, Мир Сайид Бахром, Касимшейх, комплекс Деггарон.

KirishMustaqillik yillarida mamlakatimizda turizm sohasining bosqichma-bosqich

rivojlanib borishi natijasida yurtimiz dunyo sayyohlarining nigohida eng go‘zal maskanlardan
biriga aylandi. Bugungi kunda Respublikamizning qaysi hududida muzey qo‘riqxonalar tashkil
etilgan bo‘lsa, buning evaziga o‘sha joylarda xorijiy sayyohlik ishlari (Buxoro, Samarqand va
Xorazm muzey qo‘riqxonalari misolida) tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu sohani
tartibga soluvchi zarur huquqiy-me’yoriy asoslar yaratilganligi bois, uning infratuzilmasini
rivojlantirish yo‘lida milliy qadriyatlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, madaniy meros
ob’ektlarini tiklash yoki ta’mirlash, ularning atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha tizimli hamda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

200

keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun yurtimiz sayyohlik ko‘lami va
tarixiy qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyoda yetakchi 10 ta mamlakat safidan joy olganligi
ham kishini quvontiradi, albatta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston

respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5611-son, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmonlari, 2017- yil 24-maydagi
“Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2995-son Qarorida

1

belgilangan vazifalar ijrosini

ta’minlashda, shuningdek ushbu yo‘nalishga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan ishlarni amalga oshirishda ko‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, tabiatning rang-barang

go‘zalligi, yurtimizning boy va qadimiy tarixi, xaqimizning bag‘rikengligi, yuksak fazilatlarga
egaligi hamda ularning xushmuomila va mehmonnavozlik xislatlari turizmni rivojlantirishda
katta

ahamiyatga egadir. Butun dunyodan yurtimizning barcha viloyatlariga tashrif

buyurayotgan sayyohlar uzoq o‘tmishdan hikoya qiluvchi qadimiy yodgorliklarga, xalqimizning
betakror tabiati va milliy qadriyatlariga katta qiziqish bildirayotganligi sir emas.

Bugungi kunda quyi Zarafshon vohasi hududining ham boy tarixi, bugungacha

saqlanib kelinayotgan nodir madaniy-tarixiy merosi ochilmagan qo‘riqdek o‘z muxlislarini
kutmoqda. Xususan, birgina Navoiy viloyati hududida jami 232 ta madaniy meros ob’ektlari
ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan me’morchilik ob’ektlari 63 ta, arxeologiyaga oid 121 ta,
monumental yodgorliklar 48 tani tashkil etadi. Karmana tumanining o‘zida esa Respublika
miqiyosidagi to‘rtta, mahalliy hokimiyatlarga tegishli bo‘lgan o‘n beshta tarixiy yodgorliklar va
tepalar bor. Bundan tashqari o‘n beshta monumental san’at asarlari mavjud

2

. Ular arxeologik

yodgorliklar sanalmish madaniy me’ros ob’ektlari – tepaliklar, ziyoratgohlar va xushmanzara
hamda diqqatga sazovor joylardir. Bunga dunyoga mashhur bo‘lib borayotgan Sarmishsoy
qoyatosh suratlari misol bo‘la oladi.

Navoiy viloyatining Uchquduq shahrida Tosh o‘rmon, hozirgi Navbahor tumani

Uchtut, Ijand, Sangbursoy qishloqlarida o‘tkazilgan arxeologik izlanishlarning natijasida bu
yerlardan tosh asri ovchilarining mehnat qurollari va ibtidoiy qoyatosh suratlari topilgan hamda
YUNESKOning tarixiy yodgorliklar ro‘yhatiga kiritilgani bugungi kunda hech kimga sir
emas

3

. Shuningdek, Raboti Malik, Mir Sayid Bahrom, Qosim Shayx, Deggaron majmuasi,

Toshmachit, Shohimardon kabi me’moriy obidalar, Burquttepa, Oqsochtepa kabi arxeologik va
Oltinsoy, Nurota kabi dam olish maskanlari esa o‘zining go‘zal va xushmanzara tabiati bilan
tashrif buyuruvchilarda ajoyib taasurotlar qoldiradi. Xususan, Karmana tumani hududida
joylashgan me’moriy obidalardan

Mir Sayyid Bahrom

X-XI asrlarda yashagan yetuk alloma,

din arbobi, taqvodor, karomatlar sohibi, komillikka erishgan avliyo bo‘lib, silsilasi bo‘yicha

1

O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

https://www.lex.uz/

2

Navoiy viloyat hokimligining “Viloyat madaniy meros ob’ektlarini asrash markazi” ning statistik

ma’lumotlari

.

3

Qarang: S.Inoyatov, O.Hayitova. Karmana tarix ko‘zgusida. T.: Sharq, 2006. –B.21-22.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ga borib taqaladi

4

. Uning maqbarasi Karmana shahri markazida

joylashgan. U X-XI asrlarga xos bo‘lib, respublika hisobidagi obidalar qatoriga kiradi. Bino
somoniylar davrida bunyod etilgan bo‘lib, uning ichki qismi o‘rtasida Mir Sayyid Bahrom dafn
etilgan. Qabr yonida arabcha bitiklar yozilgan ikkita qabr toshi ham saqlanib qolgan.
Maqbaraning g‘arb tomonida tabiiy tepalik bo‘lgan. Atrofi mozor bo‘lib, uni Mir Sayyid
Bahrom mozori deb atashgan. Hozirgi kunda tepalik, mozor va machit buzilib ketgan. Mir Sayyid
Bahrom maqbarasi xususida o‘tgan asrning 50-yillarida rus sharqshunoslaridan V.A.Nilsen va
A.K.Pisarchiklar alohida tadqiqot olib borishgan. Ularning tadqiqotlarida asosan obidalarning
me’morchiligiga oid ma’lumotlar keltiriladi

5

.

XVI asr ma’naviy hayotida o‘chmas iz qoldirgan

Qosim Shayx Azizonning

butun

faoliyati ezgu va xayrli ishlarga qaratilgan. Buxoro hukmdori Abdullaxon II ning hazrat Qosim
Shayxga bo‘lgan ixlosi yuzasidan 1558 yilda Karmanada xonaqoh barpo etgan. Qosim Shayx
bu xonaqohda karmanaliklarga tasavvuf ilmidan saboq bergan. Buni xonaqohdagi talabalarning
dars qilishi va yotib-turishi uchun ko‘plab xujralarning mavjudligi tasdiqlab turibdi. Bu xonaqoh
tarixiga oid batafsil ma’lumotlar A.Pisarchik, A.Semyonov, Ye.Nekrasova, S.Inoyatov, H.To‘raev,
A.Hotamov, Sh.Xalilov, R.Qodirovlarning maqola va risolalarida uchraydi. Y.Nekrasova Qosim
Shayx me’moriy majmuasini o‘rganib, Abdulahadxon hazirasi va uning atrofida joylashgan
binolarning qurilgan davri, o‘lchami, vazifasi va me’moriy tuzilishiga alohida ahamiyat
beradi. Xonaqoh gumbazli masjid hamda o‘nta bir-biriga tutash bo‘lgan hujralar va ayvondan
iborat. Qosim Shayx masjidi va u kishining qabri atrofidagi hujralarda Karmana
madrasalarining talabalari o‘z ustozlaridan saboq olganlari ham manbalarda aytib o‘tiladi

6

.

Deggaron majmuasi

Karmana shahridan 30 km g‘arbdagi Hazora qishlog‘i yonida

joylashgan Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biri. Ma’lumotlarda keltirilishicha, masjid
Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasidan ham qadimiyroqdir. Adabiyotshunos N.Mallaev
Deggaron masjidini XI asr obidasi degan fikrni bildirib: “Qoraxoniylar va xorazmshoxlar
hukmronligi davrida qurilgan binolardan birmuncha ko‘proq yodgorliklar saqlanib qolgan.
Bulardan biri Hazora qishlog‘idagi XI asrda qurilgan masjiddir”

7

,-deb aytib o‘tadi.

Yodgorlik zardushtiylar davri me’morchiligi uslubida qurilgan. U tashqi ko‘rinishi

jihatidan unchalik mahobatli emas. To‘rt devorli imorat ustida to‘qqizta gumbaz joylashgan.
Qator ustunlarga tayanadigan tosh yoylar ichkari qismini kichik-kichik hujralarga ajratadi.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, bu yerda hunarmandlar, xususan, o‘tga chidamli qozon
tayorlovchilar yashagan.

Bu go‘zal maskanlar yurtimzning milliy iftihori sifatida dunyo sayyohlariga ko‘z tutib

turganday go‘yo. Mazkur hududlarni ilmiy o‘rganish orqali keng jamoatchilikka targ‘ib qilib
borish sayyohlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muzey xodimlari zimmasiga
ulkan vazifalar yuklaydi. Shu bilan bir qatorda shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki,

4

Qarang: Abu Tohirxoja. Samariya. Fors tilidan Sh.Vohidov, B.Aminov tarjimasi. T.: Yangi asr avlodi, 2009. –

B.161.

5

Kandaxarov A. Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlar faoliyati. Toshkent. Tafakkur, 2018. – B.72

6

Pisarchik A. Pamyatniki Karmine. Soobщeniya instituta istorii i teorii arxitekturы. Vыpusk 4. M.: 1945. –

str.30.

7

Kandaxarov A. Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlar faoliyati. Toshkent. Tafakkur, 2018. – B.76.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

Navoiy viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida hukumatimiz tomonidan
qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hududida bugungi kunda sayyohlarga xizmat
ko‘rsatuvchi 26 ta mehmonxona mavjud bo‘lib, ularning 10 tasi Navoiy shahrida, 8 tasi
Karmana tumanida, 3 tasi Nurota tumanida, 1 tadan Zarafshon va Uchquduq shaharlarida tashkil
etilgan. Xususan, ular orasidan 23 ta mehmonxonada xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish
huquqini beruvchi litsenziyalar mavjud. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda viloyatimizdagi
mavjud mehmonxonalar bir vaqtning o‘zida 1500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish quvvatiga
ega.

Xorijiy sayyohlarning tashriflarini ko‘paytirish va turizmni rivojlantirish uchun bu

borada o‘z yechimini kutib yotgan bir qator muammolar mavjud. Misol tariqasida, yuqorida
sanab o‘tilgan hududlar va tarixiy ob’ektlar bo‘yicha aniq ma’lumotlar beruvchi sayyohlik
yo‘nalishlari (marshrutlari) ishlab chiqilmaganligini hamda tarixiy ob’ektlarning bir- biri bilan
masofaning olisligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Buning oqibatida shahar hududlarida jahon
andozalariga mos keluvchi mehmonxonalarning yetarli bo‘lishiga qaramay mahalliy va xorijiy
sayyohlarning soni kutilganidek darajada emas. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, viloyat
hududidagi madaniy me’ros ob’ektlarini Respublikamiz turizm marshruti tarkibidagi alohida
yangi tashkil etilishi lozim deb topilgan “Navoiy tarixiy va tabiiy muzeylari va ob’ektlari”
marshrutiga kiritish lozim. Bu esa Respublikamizning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatiga o‘zining
quyidagicha ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi:

-Navoiy viloyatida tarixiy-tabiiy muzey qo‘riqxonalarining tashkil etilishi viloyatda

mahalliy va xorijiy sayyohlik tarmoqlarini va turizmni rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi;

-viloyatda joylashgan madaniy me’ros ob’ektlarining muntazam joriy va mukammal

ta’mirlashni yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi;

-tarixiy arxeologik yodgorliklar muhofaza hududlari qat’iy nazoratga olinadi, uning

atroflari yanada obodonlashtiriladi. Uning qarovsizligi va egasizligiga barham beriladi;

-tarixiy hududlar va ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratilishi

natijasida xalqaro va mahalliy turizm keskin rivojlanadi hamda xorijlik olimlar bilan
hamkorlikda viloyatimiz tarixini o‘rganishning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ladi;

-qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, iqtisodiy faol aholining bandligini oshirishga va

xalqimiz

farovonligini

yuksaltirishga,

hududlarning

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishiga

ko‘maklashadi.

Shuningdek ushbu sohaning rivojlanishi madaniy meroslarimizdan bahramand

bo‘layotgan yoshlarda yurtimizning boy tarixiga hurmat va ehtirom, badiiy estetik didning
shakllanishida ham ijobiy axamiyatga ega.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

https://www.lex.uz/

2.

Vahobovna, S. G. (2021). Khoja Abdulkhaliq Ghijduvani And Its Method.

European

Journal of Humanities and Educational Advancements

,

2

(10), 39-40.

3.

Navoiy viloyat hokimligining “Viloyat madaniy meros ob’ektlarini asrash markazi” ning
statistik ma’lumotlari.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

4.

S.Inoyatov, O.Hayitova. Karmana tarix ko‘zgusida. T.: Sharq, 2006.

5.

Abu Tohirxoja. Samariya. Fors tilidan Sh.Vohidov, B.Aminov tarjimasi. T.: Yangi asr
avlodi, 2009.

6.

Писарчик А. Памятники Кармине. Сообщения института истории и теории
архитектуры. Выпуск 4. М.: 1945.

7.

Kandaxarov A. Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlar faoliyati. Toshkent. Tafakkur,
2018.

8.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD
MANAGEMENT IN UZBEKISTAN.

Modern Science and Research

,

2

(9), 132-135.

9.

Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI.

Journal of new

century innovations

,

35

(1), 79-80.

10.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL
DEVELOPMENT OF SOCIETY.

Modern Science and Research

,

2

(10), 755-757.

11.

Shokir O’g’li, S. U. (2023). THE IMPORTANCE OF THE MAHALLA SYSTEM’S
REFORMATIONS IN NEW UZBEKISTAN.

International Journal Of History And

Political Sciences

,

3

(10), 25-30.

12.

Sadullayev, U. (2023). O’zbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor: mahalla
boshqaruvida xotin-qizlarning roli. In

Oriental Conferences

(Vol. 1, No. 1, pp. 551-556).

ООО «SupportScience».

13.

Shokir o’g’li, S. U. (2023). MAHALLANING JAMIYAT IJTIMOIY
TARAQQIYOTIDAGI O’RNI.

Научный Фокус

,

1

(6), 369-371.

14.

Муродов, Х. (2022). MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA

15.

O‘ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHI VA UNING
ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар

16.

Orifjonovich, O. A. (2023). COGNITIVE-DISCURSIVE APPROACH TO THE
ANALYSIS OF FILM DISCOURSE.

International Journal Of Literature And

Languages

,

3

(10), 25-31.

17.

Orifjonovich, O. A. (2023). KINODISKURS LINGVISTIK SISTEMANING BIR QISMI
SIFATIDA.

O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(23), 208-211.

18.

Sulaymonovna, Q. N., & Orifjonovich, O. A. (2023, May). XOLID HUSAYNIYNING
ASARLARI TARJIMALARIDA KONSEPTUAL METAFORALAR TALQINI VA
TAHLILI. In

Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional

Translation Studies and Language Teaching Processes

(pp. 147-150).

19.

Ollomurodov, A. (2023). MULTIDISCIPLINARY AND INTERDISCIPLINARY STUDY
OF METAPHOR.

Modern Science and Research

,

2

(9), 136-139.

20.

Orifjonovich, O. A. (2023). METAFORANING KO'P TARMOQLI VA FANLARARO
O'RGANILISHI.

21.

Sulaymonovna, Q. N., Tashpulatovna, K. M., & Orifjonovich, O. A. (2023). COGNITIVE
AND LINGUOCULTURAL CHARACTERISTICS OF METAPHORS.

Finland

International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities

,

11

(3), 849-

854.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

22.

фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных
наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 1(4), 13-13.

23.

Salimovich, M. H. (2022). Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its
Problems. International Journal on Integrated Education, 5(6), 298-302.

24.

Муродов, Х. (2022, April). СОСТОЯНИЕ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ
УЗБЕКИСТАНА НАКАНУНЕ НЕЗАВИСИМОСТИ. In International Conference on
Research Identity, Value and Ethics (pp. 140-143).

25.

Murodov, H. S. (2023). MARKAZIY OSIYODA RIVOJLANISHNING YANGI
TENDENTSIYALARI: QOZOG ‘ISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VA
HAMKORLIK MASALALARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 340-
345.

26.

Мурадов, Х. С. (2023). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТУРИЗМ СОҲАСИНИНГ
РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИ (ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА). Educational Research in
Universal Sciences, 2(8), 84-98.

27.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF M. S. ANDREYEV - "ARK BUKHARI". Modern Science and
Research, 2(9), 404– 409. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/24229

28.

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHASI QOYATOSH SURATLARINING
DAVRIY TASNIFI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ

,

29

(1), 142–146. Retrieved from

https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/8667

29.

Bobohusenov Akmal, & Naimov Ismat. (2023). BAQTRIYANING BRONZA DAVRI
ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARINING JOYLASHUVI VA MODDIY
MADANIYATI.

Innovations in Technology and Science Education

,

2

(8), 73–80.

Retrieved from

https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/557

30.

Bafoeva, R. (2023). INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING SHAKLLANISH VA
O’RGANILISH MASALALARI. Научный Фокус, 1(3), 29-31.

31.

Bafoeva, R. (2023). INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING KOGNITIV
TAHLILIIngliz vа ozbek mаqollаri tizimlаri hаqidа gаp ketgаndа ulаrning mohiyаti bir-
biridаn аjrаlib turishi аniq bo'lаdi, chunki ulаr turli xil tаrixiy, ijtimoiy va iqtisodiy
shаroitlаrdа rivojlаngаn, vа bu mаqoll. World of Science, 6(6), 207-211.

32.

Jabborova, A. (2023). THE CATEGORY OF PERSON IN ENGLISH GRAMMAR.
Modern Science and Research, 2(8), 367–375. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23467

33.

Jabborova, A. (2023). THE CATEGORY OF PERSON IN ENGLISH GRAMMAR, THE
ANALYSIS OF THEIR USE IN “LOVУ OF LIFE” WRITTEN BY JACK LONDON.
Modern Science and Research, 2(9), 97–108. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24087

34.

Jabborova, A. . (2023). PROBLEMS TO LEARN LANGUAGES. Modern Science and
Research, 2(10), 780–786. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/24706

References

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. https://www.lex.uz/

Vahobovna, S. G. (2021). Khoja Abdulkhaliq Ghijduvani And Its Method. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(10), 39-40.

Navoiy viloyat hokimligining “Viloyat madaniy meros ob’ektlarini asrash markazi” ning statistik ma’lumotlari.

S.Inoyatov, O.Hayitova. Karmana tarix ko‘zgusida. T.: Sharq, 2006.

Abu Tohirxoja. Samariya. Fors tilidan Sh.Vohidov, B.Aminov tarjimasi. T.: Yangi asr avlodi, 2009.

Писарчик А. Памятники Кармине. Сообщения института истории и теории архитектуры. Выпуск 4. М.: 1945.

Kandaxarov A. Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlar faoliyati. Toshkent. Tafakkur, 2018.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132-135.

Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new century innovations, 35(1), 79-80.

Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 755-757.

Shokir O’g’li, S. U. (2023). THE IMPORTANCE OF THE MAHALLA SYSTEM’S REFORMATIONS IN NEW UZBEKISTAN. International Journal Of History And Political Sciences, 3(10), 25-30.

Sadullayev, U. (2023). O’zbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor: mahalla boshqaruvida xotin-qizlarning roli. In Oriental Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 551-556). ООО «SupportScience».

Shokir o’g’li, S. U. (2023). MAHALLANING JAMIYAT IJTIMOIY TARAQQIYOTIDAGI O’RNI. Научный Фокус, 1(6), 369-371.

Муродов, Х. (2022). MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA

O‘ZBEKISTONDA XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHI VA UNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар

Orifjonovich, O. A. (2023). COGNITIVE-DISCURSIVE APPROACH TO THE ANALYSIS OF FILM DISCOURSE. International Journal Of Literature And Languages, 3(10), 25-31.

Orifjonovich, O. A. (2023). KINODISKURS LINGVISTIK SISTEMANING BIR QISMI SIFATIDA. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(23), 208-211.

Sulaymonovna, Q. N., & Orifjonovich, O. A. (2023, May). XOLID HUSAYNIYNING ASARLARI TARJIMALARIDA KONSEPTUAL METAFORALAR TALQINI VA TAHLILI. In Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (pp. 147-150).

Ollomurodov, A. (2023). MULTIDISCIPLINARY AND INTERDISCIPLINARY STUDY OF METAPHOR. Modern Science and Research, 2(9), 136-139.

Orifjonovich, O. A. (2023). METAFORANING KO'P TARMOQLI VA FANLARARO O'RGANILISHI.

Sulaymonovna, Q. N., Tashpulatovna, K. M., & Orifjonovich, O. A. (2023). COGNITIVE AND LINGUOCULTURAL CHARACTERISTICS OF METAPHORS. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(3), 849-854.

фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 1(4), 13-13.

Salimovich, M. H. (2022). Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its Problems. International Journal on Integrated Education, 5(6), 298-302.

Муродов, Х. (2022, April). СОСТОЯНИЕ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ УЗБЕКИСТАНА НАКАНУНЕ НЕЗАВИСИМОСТИ. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 140-143).

Murodov, H. S. (2023). MARKAZIY OSIYODA RIVOJLANISHNING YANGI TENDENTSIYALARI: QOZOG ‘ISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH VA HAMKORLIK MASALALARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 340-345.

Мурадов, Х. С. (2023). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТУРИЗМ СОҲАСИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИ (ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА). Educational Research in Universal Sciences, 2(8), 84-98.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF M. S. ANDREYEV - "ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404– 409. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24229

Bobohusenov Akmal. (2023). BUXORO VOHASI QOYATOSH SURATLARINING DAVRIY TASNIFI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 29(1), 142–146. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/8667

Bobohusenov Akmal, & Naimov Ismat. (2023). BAQTRIYANING BRONZA DAVRI ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARINING JOYLASHUVI VA MODDIY MADANIYATI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 73–80. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/557

Bafoeva, R. (2023). INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING SHAKLLANISH VA O’RGANILISH MASALALARI. Научный Фокус, 1(3), 29-31.

Bafoeva, R. (2023). INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARINING KOGNITIV TAHLILIIngliz vа ozbek mаqollаri tizimlаri hаqidа gаp ketgаndа ulаrning mohiyаti bir-biridаn аjrаlib turishi аniq bo'lаdi, chunki ulаr turli xil tаrixiy, ijtimoiy va iqtisodiy shаroitlаrdа rivojlаngаn, vа bu mаqoll. World of Science, 6(6), 207-211.

Jabborova, A. (2023). THE CATEGORY OF PERSON IN ENGLISH GRAMMAR. Modern Science and Research, 2(8), 367–375. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23467

Jabborova, A. (2023). THE CATEGORY OF PERSON IN ENGLISH GRAMMAR, THE ANALYSIS OF THEIR USE IN “LOVУ OF LIFE” WRITTEN BY JACK LONDON. Modern Science and Research, 2(9), 97–108. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24087

Jabborova, A. . (2023). PROBLEMS TO LEARN LANGUAGES. Modern Science and Research, 2(10), 780–786. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24706

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов