Тадкикот объекти: 1,4 классдаги трактори кабинасининг ҳимояловчи синчи.
Ишнинг мақсади: трактор кабинаси синчини мустаҳамликка синаш методикасини ишлаб чикиш ва 1,4 классдаги трактор кабинаси синчи мустаҳкамлик параметрларини илмий асослаш.
Тадкикот методлари: ағдарилган трактор кабинасининг юк кўтарувчи элементлари эгилишлари, вактга боғлиқ бўлмаган ҳолда (квазистатик ечим), математик ва экснериментал моделлаштириш усулларини билан тадкик этилди.
Олинган натижалар ва уларнинг янгилиги:
- трактор кабинаси синчини мутаҳкамликка ҳисоблаш бўйича математик модел ишлаб чикилди;
- транспортнинг ҳимояловчи кабинаси синчини мустаҳкамликка ҳисоблаш методикаси синч конструкцияси элементларининг кўндаланг кесими баландлиги ва узунлиги бўйича пластик деформация зонасининг таркалиш жараёнини ҳисобга олади;
- синч конструкцияси стержен элементларининг мустаҳкамлик тавсифларининг букувчи моментга ва эгрилик радиусига боғликлик қонуниятлари.
Амалий ахамияти: кабинани мустаҳкамликка ҳисоблаш методикаси консгрукцияни лойиҳалаш ва меъёрига етказиш босқичида талаб этилган мустаҳкамлик тавсифларини катта аниқлик билан хисоблаб тониш имконини беради (ЭҲМ дастури учун патент № DGU 01583). ТТЗ 80.20 трактори кабинаси конструкцияси кўпвариантли тахдил килинди ва янги синч конструкцияси таклиф этилди (фойдали модел учун патент № FAP 00563).
Татбик этиш даражаси ва иктисодий самарадорлигии: ишнинг натижалари, тракторлар кабинаси янги синчларини ишлаб чикиш ва модернизация қилиш бўйича синов- конструкторлик ишларини бажаришда амалий қўллаш мақсадида, “Трактор” махсус конструкторлик бюросига тақдим этил ди.
Қўлланиш сохаси: автомобилсозлик ва тракторсозлик.
Ushbu maqolada biz klimakterik sindromni davolashda ayollarda lipid profilining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks yondashuv zarurligini asoslaymiz. Ushbu patologik holatning davomiyligi bir yarim yildan 10 yilgacha bo'lishi mumkin. O'rtacha alomatlar taxminan 2- 5 yil davomida kuzatiladi. Bunday alomatlar ayolning umumiy sog'lig'iga va uning tanasining individual xususiyatlariga bog'liq. Menopoz, ya'ni hayz ko'rishning to'xtashi, istisnosiz, barcha ayollarda uchraydi, biroq ayni paytda klimakterik sindrom hammada ham o'zini namoyon qila olmaydi.
Tajribada keng tarqalgan peritonit bilan 0,05% konsentratsiyali fotosensitizator metilenli ko'k yordamida qorin bo'shlig'ini fotodinamik sanitariyasini qo'llash natijalari keltirilgan. 640 ± 20 nm to'lqin uzunlikdagi "FDU 1" moslamasidan LED nurlanish manbai sifatida foydalanilganda quyidagi parametrlar talab etilishi aniqlandi: har bir nurlanish maydoni uchun ta'sir qilish vaqti 3-5 minut, uzluksiz chiqadigan nurlanish quvvati rejim 100 mVt / sm2, energiya zichligi 25 dan 35 J / sm2 gacha. Eksperimental hayvonlarda qorin bo'shlig'ini ishlab chiqilgan sanitariya usulidan foydalanish operatsiyadan keyingi o'limni 25% dan 7,5% gacha kamaytirishga imkon berdi.
Ushbu maqolada yoshlarning o‘z kasbining yetuk mutaxassisi sifatida yetishishida madaniyatlararo muloqot qilish muhim ahamiyati o‘rganilgan. Bu til o‘rganishni kommunikativ yondashuvni talab qiladi. Tadqiqotimizning maqsadini ingliz badiiy adabiyotini mutolaa qilish jarayonida talabalarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish qanday ahamiyat kasb etishini o‘rganish va baholash edi. Tadqiqotning vazifalarini quyidagi mavzular tashkil etadi: 1) ingliz badiiy adabiyotining talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasini rivojlantirishdagi ahamiyatini nazariy tekshirish; 2) ijtimoiy-madaniy nutq tahlilining vazifasi va ahamiyatini asoslash; 3) ingliz badiiy adabiyotini ijtimoiy- madaniy kompetentsiya rivojlanishida qo‘llash samaradorligini tahlil qilish.; 4) ingliz badiiy adabiyotini mutolaa qilish orqali talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyasini rivojlantirishga yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Клиническое обоснование временных фрезерованных пластмассовых протезов в дентальной имплантологии
Klinik va mikrobiologik monitoring asosida bolalarda erta bolalik kariesining oldini olish samaradorligini baholash
Экспериментальное и морфологическое обоснование эффективности нового локального способа лечения рецидивирующего афтозного стоматита.