Maqolada Qishloq xo’jaligi korxonalarida boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalaridan biri bo‘lgan “Lean Menejment” konsepsiyasining Sanost korxonalarida resurslarini samarali boshqarishdagi roli ochib berilgan hamda uni joriy etish bo‘yicha takliflar keltirilgan. “Lean Menejmentga”ga doir nazariy va qarashlar tahlil etilib, uning elementlari to‘liq yoritib berilgan.
Inson resurslarini boshqarish kitobining yangi ikkinchi nashri inson resurslarini boshqarishning qanday amalga oshirilishini tushuntirishga qaratilgan.
Siz qanday lavozim yoki martabaga intilishingizdan qatʼi nazar, inson resurslarini boshqarish amaliyotini tushunishingiz, faoliyat yuritayotgan tashkilotingiz va shaxsiy muvaffaqiyatingizni taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Inson resurslarini boshqarishda ish oʻrinlarini tahlil qilish va loyihalash, rejalashtirish, potensial xodimlarni jalb etish, munosiblarini oʻqitish va rivojlantirish, faoliyat natijalarini baholash, mehnatiga koʻra mukofotlash va nihoyat ijobiy mehnat muhitini shakllantirish kabi samarali boshqaruv va HR sohasiga asos soluvchi koʻnikmalar oʻzlashtiriladi.
Darslik korxona va tashkilotlar boshqaruvchilari va xodimlari, kadrlar xizmatida ish yurituvchi xodimlar, inson resurslarini boshqarish taʼlim yoʻnalishi mutaxassisligi professor-oʻqituvchilari va talabalari, umuman inson resurslarini boshqarishga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljallangan.
Ушбу мақолада пандемия шароитида олий таълим муассасаларида бошқарув тизимини шакллантиришнинг назарий асослари тадқиқ этилган. Шу билан бир қаторда, ОТМ бошқарув тизимини такомиллаштириш жараёнида эътиборга олиниши зарур бўлган хусусиятлар, асосий тенденциялар ва трендлар, соҳада кузатилаётган муаммолар таҳлили натижаларига таянган ҳолда бошқарув ҳамда бошқарув тизимларининг ташкилий-иқтисодий механизми тушунчаларининг муаллифлик ёндашуви баён этилган.
Мазкур мақолада ходимларни бошқаришнинг замонавий тизимини жорий этишда хорижий ва мамлакатмиз олимларининг фикрлари ўрганилган. Шунингдек, ходимларни бошқаришнинг эволюцион ёндашувлар босқичларининг мазмун-моҳияти, замонавий бошқарув тизимини жорий этиш вазифалари ва уларни ҳал қилиш йўллари ёритилган.