Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
41-49
0
0
Поделиться
Ашурова, Г. (2024). Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi . Узбекистан: язык и культура, 1(2), 41–49. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp41-49
Гульбахор Ашурова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Филология - доктор наук, доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O'zbekiston mustaqillikka erishgach o'zbek adabiyotida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy siymosini badiiy talqin etish yangi bosqichga ko'tarildi. Chunki bu davrda milliy o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tikiash bosh masalaga aylandi. Alisher Navoiy adabiyotda ma'naviy-axloqiy kamolotning timsoli sifatida haqli e’tirof etildi. lining ibratli hayoti, shaxsiyati namuna o'laroq tasvirlandi. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida buyuk mutafakkirga bag'ishlab yaratilgan asarlar ayol shoiralar ijodida o'ziga xos, alohida sahifalarni tashkil etadi. Ushbu maqolada Alisher Navoiy obrazining Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva va Farida Afro'z she'rlarida badiiy talqini masalasi yoritildi.


background image

41

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)
ISSN 2181-922X 41

49

Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi

Gulbahor Ashurova

1

Annotatsiya

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘zbek adabiyotida buyuk

mutafakkir Alisher Navoiy siymosini badiiy talqin etish yangi bosqichga

ko‘tarildi. Chunki bu davrda milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni

tiklash bosh masalaga aylandi. Alisher Navoiy adabiyotda ma’naviy-

axloqiy kamolotning timsoli sifatida haqli e’tirof etildi. Uning ibratli

hayoti, shaxsiyati namuna o‘laroq tasvirlandi. Mustaqillik davri o‘zbek

adabiyotida buyuk mutafakkirga bag‘ishlab yaratilgan asarlar ayol shoira-

lar ijodida o‘ziga xos, alohida sahifalarni tashkil etadi. Ushbu maqolada

Alisher Navoiy obrazining Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva va

Farida Afro'z she'rlarida badiiy talqini masalasi yoritildi.

Kalit so'zlar:

Alisher Navoiy obrazi, Navoiy shaxsi tasviri va talqini,

mustaqillik davri, non obrazi, Vatan timsoli, she’r, shoir siymosi, buyuk

ijodkor, milliy qadriyat, badiiy talqin, hayot haqiqati, tarixiy obraz, to‘qima

obraz, tafakkur, ruhiy olam, tarixiy shaxs, haqqoniylik, yangicha tasvir va

talqin.

Kirish

Alisher Navoiyning har bir asari, har bir bandi, har bir bayti,

hatto har bir misrasida hayot hodisalari shu darajada takrorlanmas

tasvirlarga egaki, ular sal kam olti yuz yildan buyon muxlislar

qalbidan munosib joy olib keladi. Bugina emas, shoir shaxsiyatining

o‘zi ham xalqimiz, millatimiz orasida haqli e’tirof tuyg‘ulari bilan

burkangan. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir asarlarining barcha

zamonlarda ijod ahli hamda butun xalqimiz uchun o‘ziga xos

adabiy-estetik va ma’naviy-axloqiy mezon bo‘lib kelayotgani bejiz

emas.

Asrlar davomida Navoiyning badiiy siymosini yaratishga

intilisharning ham muntazam jarayon ekanligi yaxshi ma’lum.

Mustaqillik davridagi ijtimoiy-ma’naviy hayot bu jarayonga yanada

katta kuch va yangicha ma’nolar qo‘shayotgani ham bor gap.

Alohida ijodkorlarning ayrim mavzu va muammolarga

1

Ashurova Gulbahor Nurullayevna

– filologiya fanlari doktori, dotsent, Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

gulbahora777@gmail.com

ORCID ID:

0000-0001-6079-7814

Iqtibos uchun:

Ashurova, G. 2024. “Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

2 (2): 41–49.


background image

42

Gulbahor ASHUROVA

boshqalariga qaraganda ko‘proq moyil bo‘lib qolishi yangi gap

emas. Shunga qaramasdan Alsher Navoiy siymosini tasvirlashga

kelganda, bu boradagi holatning boshqacharoq ekanligini tan

olishga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, Navoiy dahosi oldida bosh

egmagan, adib asarlari mutolasidan chuqur huzur tuymagan,

bularning qonuniy natijasi o‘laroq adib haqida hech bo‘lmaganda

bitta asar yozshni ko‘ngliga tugmagan qalam ahlining o‘zi yo‘q.

Asar mavzusi va shoirona iqtidorning namoyon bo‘lish

shakllariga oid maxsus ilmiy tadqiqotlar yaratilmagan bo‘lsa-

da, bu borada anchagina kuzatishlarning o‘ziga xos tizimi yuzaga

kelganligini ham inkor etmaslik kerak. Bevosita Alisher Navoiyning

badiiy siymosini yaratish jarayonida shu muammoga duch kelinadi.

O‘zbek adabiyotida sha’ni ulug‘langan mutafakkir, buyuk

siymolarning birortasiga Alisher Navoiyga bag‘ishlangan miqdor

va darajadagi asarlar, jumladan, she’rlar yozilgan emas. O‘zbek

shoirlarining deyarli barchasida Alisher Navoiyga bag‘ishlangan

she’rlari mavjud. Ularning ayrimlari bu borada o‘zinig adabiy

mulohaza va e’tiroflarini, Alisher Navoiyga bo‘lgan e’tiqod va

hurmatlarini ifodasi sifatida bir nazm durdonasi yoki nasriy

hikoyasini yozgan bo‘lsa, boshqa birlari bir-ikki kichik hajmli

asar doirasida bunday ulkan va mo‘tabar niyatni to‘la ifoda etish

imkonining yo‘qligini chuqur anglagani holda mavzu doirasida

ko‘plab asarlarini, o‘rni-o‘rni bilan esa she’riy turkumlarini

yaratishgan.

Yana bir qiziqarli hodisani qayd etish mumkin. Alisher

Navoiyga bag‘ishlangan asar mualliflari ijodini kuzatish shu

xulosaga olib kelmoqdaki, ular bu buyuk mutafakkir adib hayoti va

ijodini tasvirlash uchun o‘zlarida juda katta mas’uliyat yukini his

etishgan. Ularning birortasi ham mazkur mavzudagi asarni yozishga

birdaniga kirishgan emas. Oybek domla tajribasida bo‘lganidek,

avval kichikroq va mo‘jazroq asarlar, keyingina yirik hajmdagi epik

polotnolarga murojaat etilgan.

Yana bir fakt shundan iboratki, hatto tarixiy mavzuda

qalam tebratgan yozuvchilarning aksariyati ham birdaniga bu

mavzuga kirishmasdan, avval boshqa mavzu va muammolar ustida

o‘z qalamlarini o‘tkirlab olishgan: bu borada tegishli ko‘nikma va

malakalar, tajriba va ishonchga ega bo‘lganlaridan keyingina Alisher

Navoiy siymosining kengroq tasviriga bel bog‘lashgan.

Navoiyga qaytish – uzluksiz va ilhombaxsh jarayon. Uning

davomiyligini o‘rganish ham ibratli xulosalarga kelish imkonini

beradi. Shuning uchun Navoiy yashagan davrdan boshlab bugunga


background image

Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi

43

qadar buyuk shoir siymosi badiiy talqin etilgan. Zero, mutafakkir

shoir tajribalariga tayanib did, saviya va mahoratni yuksaltirish

har bir iste’dod uchun ijodiy muvaffaqiyat garovidir. Chunki Navoiy

yashagan davr va bu buyuk shaxs ibratli hayotining jozibasi ham

buyuk. Ayni jozibaning mubtalolaridan biri Halima Xudoyberdiyeva

bir she’rida shunday yozadi:

Navoiy – non. To‘sma. Unga borar yo‘ldan qoch,

G‘ashlik qilma, to‘rt yonni ham yoritarkan toj.

Navoiyga o‘zin ursa, urma kofirni,

Axir nonga musulmon-u kofir birday och.

[Xudoyberdiyeva 2001, 97].

Alisher Navoiy lirikada kimlarga, nimalarga o‘xshatilmagan.

Uni yulduzga, oyga, quyoshga, mash’alga, nurga tashbeh etishgan.

Ammo bungacha hech kim uni nonga qiyoslagan emas. Har qanday

haqiqiy she’riyatning milliy ong va tafakkur mevasi ekanligi aniq.

Ammo ayni mana shu haqiqiylik uning umuminsoniy ruhini ham

ta’min etadi. Non o‘zbekning moddiy qadriyatlaridan biri. Biroq

u shunday moddiylikki, unda millatning ma’naviyati ham yaxlit

holda tajassum topgan. Non haqida xalqimizda ko‘plab maqol va

matallarning, aytim va udumlarning paydo bo‘gani bejiz emas. Shoira

mana shu nuqtayi nazarga tayanadi. Shuning uchun ham uning

“kofir” so‘ziga berayotgan urg‘usi milliy va diniy ajratishlarni emas,

balki insoniy bag‘rikenglikning o‘ziga xos ifodasi sifatida namoyon

bo‘ladi.

Shoiraning o‘ziga xos topildiqlaridan biri xalqimiz tilidagi

mashhur iboradan unumli foydalanishda ham namoyon bo‘ladi.

“O‘zini urmoq” ifodasi shiddat bilan harakatlanish, hech nimaga,

hech qanday qarshilik va g‘ovlarga qaramasdan olg‘a intilishning

kuchli darajasini anglatadi. Uning ikki ma’noda qo‘llanishi keng

tarqalgan: ijobiy va salbiy ma’noda. Halima Hudoyberdiyeva uning

ijobiy ma’nosini yangi bir ma’naviy sharoit taqozosiga ko‘ra qo‘llaydi –

“Navoiyga o‘zini urmoq”. Bu ayni paytda shoiraning poetik kashfiyoti

ham bo‘lib ko‘rinadi.

Shoira ijodida “non” detali tasodifiy emas. Bu detalni shoira

rang-barang qirralari bilan talqin etgan (“Kiyiklar”, “Kemalar

tikkaga yo‘l olsin” kabi she’rlarida). Non poetik detal sifatida

Halima Xudoyberdiyevaning ko‘pgina she’rlarida faol tasvirlangan.

Shunga qaramay, uning Navoiy shaxsiyatiga daxldorligi butunlay

o‘zgacha. Shoira Navoiy siymosida muhtojlar ehtiyojini to‘la

qondira oladigan manba, ma’naviy buloq, balki ma’naviy xazinani

ko‘radi. Navoiyga yaqinlik umidida harakat qilayotgan har qanday


background image

44

Gulbahor ASHUROVA

muhtoj kishiga yo‘l ko‘rsatish, Navoiyga yaqinlik yo‘llarini topishga

yordamlashish darkor. Navoiy milliygina emas, umuminsoniy

g‘oyalarning ham betakror kuychisi. Shuning uchun ham she’rda

“musulmon” va “kofir” tushunchalarining qo‘llanilishi tasodifiy

emas. Ular birgalikda “hamma” tushunchasini anglatadi. “Och” so‘zi

ham o‘z-o‘zidan qo‘llangan emas. U qofiya tizimidagi munosib so‘z

(qoch; toj; och) bo‘lishi bilan birgalikda ma’rifat bilan aloqalanib,

teran mazmun ifodasiga xizmat qilgan. Yuksak vatanparvarlik va

millatparvarlik ruhiga ega Navoiyning ijodiy an’analari keyingi

avlod shoirlari asarlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Navoiy

siymosi tasviri qator she’rlarda u yaratgan ma’naviy merosdan

faxrlanish tuyg‘usini ifoda etadi. Turli avlodga mansub atoqli so‘z

san’atkorlari G‘afur G‘ulom, Oybek, Mirtemir, Erkin Vohidov, Abdulla

Oripov, Usmon Azim kabi ijodkorlar Navoiy siymosini iftixor hissi

bilan poetik tasvirlagan bo‘lsalar, bugungi kun shoirlari Navoiy

obrazini yaratishda “nido”, “savol-javob”, “bag‘ishlov” kabi xilma-

xil shakllardan foydalanayotganini kuzatamiz. Bunday she’rlarda

Navoiy tilidan avlodlarga ulug‘ mutafakkir, nuroniy zotning o‘gitlari,

falsafiy mushohadalari bayon etilsa, gohida ulug‘ shoir bugungi

avlod yoshlarini komillikka chorlovchi, xalqimiz nomi va shonini

alqab turuvchi, ruhan madad beruvchi zot qiyofasida gavdalanadi.

Xususan, Navoiy haqidagi she’rlar Oydin Hojiyeva ijodini

ham boyitib turadi. Shoira vatan va uning qadrini anglash masalasini

Navoiy nomi bilan bog‘laydi:

Ey Vatan, qadringni men

Hazrat Navoiydan so‘ray.

“Ming bir kecha”lar elchisi

Qirq mingta roviydan so‘ray

[Hojiyeva 2007, 11].

Shoira talqinida “ozodlik” ham Navoiy nomi bilan uyqash.

“Alisher Navoiy nidosi” nomli she’rida ham falsafiy o‘ychanlik,

murojaat ruhining ustunligi namoyon bo‘ladi. She’rda Navoiy

nomidan “muhabbatsiz g‘arib qalblar” to‘g‘risida so‘z boradi. “Suv

so‘rayotgan to‘rang‘illar”, qurib borayotgan Amu, “suvsirayotgan

suluv ohular”, “dardga giriftor to‘rg‘aylar”, “yetim orzular”,

“kaftdagi yonib turgan dunyo” kabi tasviriy ifodalar ortida qanday

ma’nolar yashirin? Navoiyning armon-u iztiroblari qatiga qanday

dard singdirilgan? Navoiydan meros bo‘lib qolgan mehr qayga

yashiringan? Nega “Turk Budunni omon saqlagan, o‘q tonglarning

ko‘ksida tugun” yashiringan? Navoiy orzu qilgan avlod qalbi ishqqa,

mehr-muhabbatga to‘liq bo‘lsa, gunohlar yemas, savoblar ortsa,

har ko‘ngilda ishq yorug‘ qo‘shiq misol aks sadolar bersa, mehr-u


background image

Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi

45

muhabbat, ezgulik qalb da’vatiga aylansa, Navoiy kabi ulug‘lar ruhi

taskin topadi. Bu she’r ushbu holatning yorqin tasviridir.

Mustaqillik davri she’riyatida Navoiy lirikasidan kuchli

ta’sirlanish, undagi mazmunni bugungi kitobxon uchun

tushunarli tarzda qayta badiiy yaratish jarayoni kuzatiladi. Biz

mulohazalarimizni taniqli shoira Farida Bo‘tayeva – Farida Afro‘z

she’ri misolida ko‘rsatishga harakat qilamiz. U “Yuragingga qil ham

sig‘masa” misrasi bilan boshlanadi. Ushbu namunada mustaqillik

davri she’riyatidagi Alisher Navoiy obrazining asosiy qirralari

jamlangan deyish mumkin.

Shoiraning talqinidagi Navoiy ijodi insoniyatning eng yaqin

hamdardi, darddoshi, malhami bo‘la oladi:

Yuragingga qil ham sig‘masa,

Mehrsizlik diling tig‘lasa,

Bu holingdan joning talvasa

Qilsa agar Navoiyga ayt,

O‘qi kitob, Hazratingga qayt!

U insoniylik, insoniy fazilatlar targ‘ibi va tarbiyasi, har

qanday bezovta va dardli ko‘ngilga orom va huzur berishning

uddasidan chiqadi:

Sotib ketsa eng yaqin do‘sting,

Bitmas bo‘lsa hech kamu ko‘sting,

Daraxtmisan, qay taraf o‘sding,

Bilmoq bo‘lsang Navoiydan so‘r,

Do‘st topmassan Hazratdan-da zo‘r!

Boshi berk ko‘chalarning yengib bo‘lmas muammolarning

yechimi, fojealarning eng dahshatli damlarini ham damini kesadigan

taskin va tasalli adib she’riyatida mujassam:

Yo‘liqqaning bo‘lsa xiyonat,

Uchib ketsa qo‘lingdan omad,

Osmon tushib, bo‘lsa qiyomat,

Navoiydan topasan panoh,

Hazrat erur holingdan ogoh!

Alisher Navoiy she’riyati alohida kuchli bir saltanat, butun

insoniyat suyanishi mumkin bo‘lgan qo‘rg‘on ham shu she’riyatdir.

Qolaversa, o‘zbekka fikrni tushuntirishda savob va gunohning o‘rni

va ahamiyati naqadar buyukligini adiba yaxshi biladi:

Bu saltanat metin qo‘rg‘ondir,

Unda yashar har kim omondir,


background image

46

Gulbahor ASHUROVA

U jannatdir, Eram bo‘stondir,

Navoiyni aylaylik tavof,

Hazrat erur eng oliy savob!

Inson muhtoj bo‘lgan narslarning barcha-barchasi ham

ayni mana shu she’riy qo‘rg‘onlarda jamlangan:

Magar senga ilm kerakdir,

Duo kerak, tilak kerakdir,

Ishq kerakdir, ko‘ngil kerakdir,

Navoiydan toparsan o‘zni,

Hazrat aytar ul xolis so‘zni!

Navoiy va millat yaxlitligi g‘oyasi ham, aniqrog‘i millatning

Navoiy g‘oyalari bilan birgalashib ketishiga umid va ishonch ham

ushbu she’rdagi asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘la oladi.

O, yurakka malham Navoiy,

Har g‘aribga hamdam Navoiy,

Zarrangizman men ham, Navoiy,

Yagonamsiz, sizgadir ta’zim,

O sultonim, xonim, hazratim!

XULOSA

Ko‘rinib turganiday, ushbu she’r mustaqillik davridagi o‘zbek

navoiynomasining o‘ziga xos namunlaridan biri bo‘lgan. U shu

yo‘nalishdagi ko‘plab she’rlardagi umumiy jihatlarni ancha yorqin,

aniq hamda ta’sirchan ifodalab bera olgani bilan boshqalardan

ajralib ham turadi.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, shoirada tasavvurva

ijro o‘rtasida juda katta uyg‘unlik majud. Bu uyg‘unlik shoiraning

ideal va uning ifodasi yo‘nalishida ham o‘ziga xos tarzda namoyoni

bo‘lgan. Bu narsa ijodkor idealining naqadar tiniq va aniq tasavvuri

bilan uning ifodasi o‘rtasida bevosita aloqadorlik borligining yana

biri isboti bo‘lib xizmat qiladi.

Muallif mahzun bir kayfiyat ifodasi bilan boshlangan

she’rining samimiy va bir qadar ko‘tarinki holat bilan yakunigacha

bo‘lgan oraliqda badiiy-estetik mantiqning ipini har doim tarang

turishiga erisha olgan. Dastlabki bandlardagi shart ergash gapli

qo‘shma gaplarning faol ishtiroki, turfa ma’nolarning o‘zaro yaqin

shakllardagi ifodasi ta’did san’ati vositasida yuzaga chiqqan bo‘lsa,

navbatdagi bandda asr san’ati kitobxon (she’rxon)ga da’vat va tasalli

sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Yakundagi nido ham shaxsiy hayrat, ham

bevosita Navoiy shaxsiga murojaat, bularning yonida esa ko‘zda


background image

Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi

47

tutilgan idealning lafziy ifodalaridaan iborat bo‘lgan ta’didlarning

ta’kididan yuzaga kelgan hosiladir.

Bularning barchasi Amir Alisher Navoiy siymosining

she’rxon ko‘zi o‘ngida hazrat siymosiga sayqal beradi, uni bizga

yanada yaqilashtirganday bo‘ladi. Bizni Navoiy asarlarini o‘qishga

chorlaydi!

Alisher Navoiy nafaqat ijodi, balki shaxsiyati va amali bilan

ham zamonaviy she’riyat vakillari, o‘zbek shoiralari tomonidan

namuna sifatida qabul qilindi.Ular ijodida Navoiyning axloqiy

fazilatlari, xayrli ishlari, ijod va amal birligiga qat’iy rioya qilgani

barkamollik timsoli o‘laroq badiiy e’tirof etildi, yangicha ohanglarda

yoritildi. Navoiy haqida yaratilgan she’rlarlarda Navoiy shaxsi yoki

ijodidan tuyulgan hayrat, buyuk shoir haqidagi bir yorqin tasavvur

yoki haqiqatning lirik ifodasi ustuvorlik qiladi.

Adabiyotlar:

Сирожиддинов Ш. 2011. Алишер Навоий. Манбаларнинг қиёсий-

типологик, текстологик таҳлили. Тошкент, Akademnashr.

– Б. 342.

Сирожиддинов Ш. 2022. Амир Алишер. Тошкент, Adabiyot. – Б. 196.

Ҳаққул И. 2007. Навоийга қайтиш. Тошкент, Фан. – Б. 242.

Jabborov, N. (2021). Maoniy ahlining sohibqironi. Monografiya.

Toshkent.:“Adabiyot.

Жабборов, Н. (2015). Замон, мезон, шеърият. Тошкент: Ғафур Ғулом

номидаги НМИУ.

Худойбердиева Ҳалима. 2001. Шеърлар. Тошкент, Шарқ. – Б. 97.

Ҳожиева Ойдин. 2007. Назокат: шеърлар, достон, қасида, бадиалар,

ўйлар. Тошкент, Шарқ. – Б. 11.

Farida Afro‘z. https://t.me/Farida_Afroz

Sirojiddinov, S., Yusupova, D., & Davlatov, O. (2018). Navoiyshunoslik.

Tashkent. Civilization-2018.

Юсупова, Д. (2011). Алишер Навоий “Хамса” сида мазмун ва ритмнинг

бадиий уйғунлиги. Тошкент: Мумтоз сўз, 144.

Юсупова, Д. (2013). Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи. (Алишер Навоий

даври). Т.: Akademnashr, 11-13.


background image

48

Gulbahor ASHUROVA

The combination of Navoi’s image and

poetic image

Gulbahor Ashurova

1

Abstract

After the independence of Uzbekistan, the artistic interpretation

of the great thinker Alisher Navoi in Uzbek literature rose to a new level.

Because in this period, the realization of national identity and restoration

of national values became the main issue. Alisher Navoi was rightfully rec-

ognized as a symbol of spiritual and moral perfection in literature. His ex-

emplary life and personality were depicted as an example. In the Uzbek

literature of the period of independence, the works dedicated to the great

thinker form their own, separate pages in the works of female poets. In this

article, the image of Alisher Navoi in the poems of Halima Khudoyberdiye-

va, Aydin Hajiyeva and Farida Afro’z, one of the women poets in the Uzbek

literature of the period of independence, was discussed.

Key words:

the image of Alisher Navoi, the image and interpreta-

tion of Navoi’s personality, the period of independence, the image of bread,

the symbol of the Motherland, poetry, the figure of a poet, a great creator,

national value, artistic interpretation, the truth of life, a historical image, a

textile image, thinking, spiritual world, historical person, authenticity, new

image and interpretation.

References

Sirojiddinov Sh. 2011. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik,

tekstologik tahlili. Toshkent, Akademnashr. – B. 342.

Sirojiddinov Sh. 2022. Amir Alisher. Toshkent, Adabiyot. – B. 196.

Haqqul I. 2007. Navoiyga qaytish. Toshkent, Fan. – B. 242.

Jabborov, N. (2021). Maoniy ahlining sohibqironi. Monografiya.

Toshkent.:“Adabiyot.

Жабборов, Н. (2015). Замон, мезон, шеърият. Тошкент: Ғафур Ғулом

номидаги НМИУ.

Xudoyberdieva Halima. 2001. She’rlar. Toshkent, Sharq. – B. 97.

Hojieva Oydin. 2007. Nazokat: she’rlar, doston, qasida, badialar, o‘ylar.

Toshkent, Sharq. – B. 11.

Farida Afro‘z. https://t.me/Farida_Afroz

Sirojiddinov, S., Yusupova, D., & Davlatov, O. (2018). Navoiyshunoslik.

1

Ashurova Gulbahor Nurullayevna

– doctor of philology, associate professor.

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher

Navo'i.

E-mail:

gulbahora777@gmail.com

ORCID ID:

0000-0001-6079-7814

For citation:

Ashurova, G. 2024. “The combination of Navoi’s image and poetic

image”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2 (2):

41-49.


background image

Navoiy obrazi va poetik tasvir uyg‘unligi

49

Tashkent. Civilization-2018

.

Юсупова, Д. (2011). Алишер Навоий “Хамса” сида мазмун ва ритмнинг

бадиий уйғунлиги.

Тошкент: Мумтоз сўз

,

144

.

Юсупова, Д. (2013). Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи.(Алишер Навоий

даври).

Т.: Akademnashr

, 11-13.

Библиографические ссылки

Сирожиддинов Ш. 2011. Алишер Навоий. Манбаларнинг қиёсий-типологик, текстологик таҳлили. Тошкент, Akademnashr. - Б. 342.

Сирожиддинов Ш. 2022. Амир Алишер. Тошкент, Adabiyot. - Б. 196.

Ҳаққул И. 2007. Навоийга қайтиш. Тошкент, Фан. - Б. 242.

Jabborov, N. (2021). Maoniy ahlining sohibqironi. Monografiya. Toshkent.:"Adabiyot.

Жабборов, H. (2015). Замон, мезон, шеърият. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ.

Худойбердиева Ҳалима. 2001. Шеърлар. Тошкент, Шарқ. - Б. 97.

Ҳожиева Ойдин. 2007. Назокат: шеърлар, достон, қасида, бадиалар, ўйлар. Тошкент, Шарқ. - Б. 11.

Farida Afro'z. https://t.me/Farida_Afroz

Sirojiddinov, S., Yusupova, D., & Davlatov, 0. (2018). Navoiyshunoslik. Tashkent. Civilization-2018.

Юсупова, Д. (2011). Алишер Навоий "Хамса” сида мазмун ва ритмнинг бадиий уйғунлиги. Тошкент: Мумтоз сўз, 144.

Юсупова, Д. (2013). Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи. (Алишер Навоий даври). Т.: Akademnashr, 11-13.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов