DESCRIPTION OF THE PROBLEM OF WAR AND PEACE IN INSCRIPTIONS DESCRIBING THE AFGHAN WAR... (In the example of the novel "Smell of Blood" by Abdurashid Nurmurodov)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sherbutayeva, M. (2023). DESCRIPTION OF THE PROBLEM OF WAR AND PEACE IN INSCRIPTIONS DESCRIBING THE AFGHAN WAR. (In the example of the novel "Smell of Blood" by Abdurashid Nurmurodov). Modern Science and Research, 2(5), 1193–1199. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20619
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

There are many works on the subject of war in Uzbek literature. Among them, the writings about the Afghan war are especially important. In this article, the problem of war and peace, and the artistic and philosophical approach to them are highlighted in the works about the Afghan war.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1193

AFG’ON URUSHI TASVIRLANGAN BITIKLARDA URUSH VA TINCHLIK

MUAMMOSINING TASVIRLANISHI

(Abdurashid Nurmurodovning “Qon hidi” romani misolida)

Sherbutayeva Maxsuda

TerDu o’zbek adabiyotshunosligi 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7978438

Annotatsiya.

O’zbek adabiyotida urush mavzusida yaratilgan asarlar talaygina. Ular

orasida afg’on urushi haqidagi bitiklar esa ayniqsa ahamiyatli. Ushbu maqolada afg’on urushi
haqidagi asarlarda urush va tinchlik muammosining qo’yilishi, ularga badiiy va falsafiy
yondashuv masalasi yoritilgan bo’lib, bu jihatlarni Abdurashid Nurmurodovning “Qon hidi”
romani misolida tahlil qilamiz.

Kalit so’zlar:

urush, tinchlik, fojia ko’lami, absurd adabiyot, pafos, “begonalashgan

avlod” atamasi, xarakter, ruhiyat, tasvir uslubi.

DESCRIPTION OF THE PROBLEM OF WAR AND PEACE IN INSCRIPTIONS

DESCRIBING THE AFGHAN WAR...

(In the example of the novel "Smell of Blood" by Abdurashid Nurmurodov)

Abstract.

There are many works on the subject of war in Uzbek literature. Among them,

the writings about the Afghan war are especially important. In this article, the problem of war and
peace, and the artistic and philosophical approach to them are highlighted in the works about the
Afghan war.

Key words:

war, peace, scale of tragedy, absurd literature, pathos, the term "alienated

generation", character, mentality, image style.

ОПИСАНИЕ ПРОБЛЕМЫ ВОЙНЫ И МИРА В НАДПИСЯХ

ОПИСЫВАЮЩИХ АФГАНСКУЮ ВОЙНУ...

(На примере романа «Запах крови» Абдурашида Нурмуродова)

Аннотация.

В узбекской литературе много произведений на тему войны. Среди них

особенно важны сочинения об афганской войне. В данной статье освещаются проблемы
войны и мира, художественно-философский подход к ним в произведениях об Афганской
войне.

Ключевые слова:

война, мир, масштаб трагедии, литература абсурда, пафос,

термин «отчужденное поколение», характер, менталитет, стиль изображения.


Urush… bu so`zni eshitishning o’ziyoq kishini sergaklantirib, vujudini titratadi. Shu

nomning o’ziyoq kitobxon ruhiyatida asarga nisbatan qandaydir tushunib bo’lmas his-tuyg’uni
uyg’otadi. Zero, bu mavzuda yaratilgan asarni shunchaki o’qib bo’lmaydi. Urushning alamli
iztiroblarini so’z ko’magi ila tuygan kitobxon ruhiyatida bo’lishi muqarrar evrilishlar asarning
qiymatini ham qaysidir ma’noda belgilab bera oladi desak maqsadga muvofiq bo’ladi,
nazarimizda.

Urush mavzusida bitilgan asarlar orasida Afg’on urushining dahshatlari, insonlar boshiga

solgan turfa ko’rguliklari haqida bitilgan asarlar alohida ahamiyatga ega. Shunday asarlardan biri
Abdurashid Nurmurodovning “Qon hidi” romani bo’lib, u qahramonlar xarakteri va o’z tasvirlash
uslubi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1194

Barchamizga ma’lumki, 1979-yilda boshlanib o’n yil davomida Afg’oniston hududida

kishilarning turmushini vayron qilgan, bolalarni yetim qilib, odamlar boshiga og’ir kulfatlarni
solgan afg’on urushi 1989-yilga kelibgina nihoyasiga yetadi. Shu o’n yil mobaynida qanchadan-
qancha qurbonlar berildi, o’nglab bo’lmas vayronagarchiliklar ichida yaqinlaridan judo bo’lgan
insonlar faryodi-yu, ne bo’lganini anglab yetolmay qaltirab turgan murg’ak go’daklarning nolasini
esa tavsif etish uchun so’z ham ojiz… Mana shu achchiq qismat egalarining taqdirlari, boshidan
kechirgan sinovli daqiqalari, alam iztiroblari aks etgan ushbu roman orqali chin ma’noda afg’on
urushi haqidagi haqiqatlar bo’y ko’rsatadi.

“Urush aks ettirilgan asarlarda ko’proq qaysidir tepalikni olish uchun kimlarningdir qurbon

bo’lishi, kimningdir ko’ksini o’qqa tutishi, kimningdir qo’rqmasligi-yu, kimningdir qo’rqoqligi
ko’rsatilardi. Bunday asarlarda qilichlar jarangi, o’qlar ovozi, pulemyotlar sayrashi, bombalar
portlashi, nayzalar sanchilishi tasvirlanardi-yu, urushning, urush odamining ichki qiyofasi yetarli
ko’rsatilmasdi. Afg’on urushiga bag’ishlangan yangi romanda urush ulkan fojia ekanligi, urushda
g’olib bo’lmasligi, eng yomoni, jangchi uchun urush hech qachon tugamasligi nihoyatda ta’sirli
va go’zal tasvirlangan. ”

1

Abdurashid Nurmurodovning “Qon hidi” romani afg’on urushining butun dahshatlari,

azob-uqubatlari, turfa ko’rguliklarini yorqin ko’rsatib bera olgan asarlardan biri hisoblanadi. Bu
asar urush mavzusida yaratilgan boshqa asarlardan tubdan farq qiladi. Asarda absurd adabiyot
belgilari seziladi. Absurd tushunchasi haqida Albert Eynshteyn : “Gʻoya avval absurd boʻlib
tuyulmasa, demak undan umid yoʻq.”

2

degan bo’lsa, professor Yo’ldosh Solijonov unga

quyidagicha yondashadi: “Absurd ta’limoti maʼnisizlik targʻibotchisi emas, aksincha, hayotni
maʼno va mazmun bilan boyitish insonning oʻziga bogʻliq ekanligini, buning uchun u umid bilan
yashashi, fikr qilishi lozimligini bilib olamiz. Absurd qahramon maʼnisiz hayotni mazmun bilan
boyitish uchun qatʼiy iroda va yuksak aql-farosat bilan ish tutishi lozim.”

3

Bu fikrlardan kelib

chiqadiki, absurd ta’limotining asosida ma’nisizlikdan ham mazmun topa olish uchun harakat
yotadi.

“Romanda absurdlik asosida yuzaga kelgan Afg’on urushining butun dahshatlari,

murakkabligi turfa ko’rinishlari o’z ifodasini topgan. Bu ham bo’lsa, mustaqillik sharofatidir. Agar
bunga erishmaganimizda, aslo urushning absurdlik mohiyatini ochib berish, sho’ro askarlarining
shafqatsizligi, ahloqsizligi, shuningdek, zobitlarning askarlar qismatiga achinish, yo’qotishdan
ko’yinish o’rniga, ulardan daromad yo’lida foydalanish, ya’ni temir tobutda jasad o’rnida boylik
va narkotik jo’natishlar xususida sira ham yozib bo’lmasdi, yozgan odamning o’zi baloga qolar
edi. Romanda esa bu narsa erkin o’z ifodasini topgan.”

4

Romanda voqealar syujeti ketma-ketlikda berilmagan, ya’ni asar bosh qahramoni

Vohidning urush bilan bog’liq hayoti, o’y-kechinmalari go’yoki vaqt mezoniga amal qilmasdan
sodir bo’ladi. Bunda qahramon goho yoshlik davridagi voqealar asnosida yashasa, goho urush
sahnalarida ko’rsatiladi, yoki urushdan keyingi hayotida urush asoratlari ila azoblanadi. Bu bilan
yozuvchi kitobxonga voqealarni shunchaki chigal holda tasvirlab berishni istamaydi, balki

1

Қозоқбой Йўлдош. Ёниқ сўз. – Т.:”Янги аср авлоди”, 2006. – 117-б.

2

https://uz.wikipedia.org/wiki/Absurd

3

Yo’ldosh Solijonov. Sizif va absurd. “Jahon adabiyoti” jurnali, 2010 yil, 1-son.

4

Каримов Ҳ. Ўзбек романларининг тараққиёт тамойиллари.- “А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий

кутубчонаси”, 2008. -


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1195

Vohidning urush odamiga aylanganidan so’nggi ruhiy o’zgarishlari, yovuzlik changaliga tushib
qolishi-yu qon hidiga tashnalik alomatlarini o’quvchi ongiga asta-sekinlik bilan singdirish,
qahramonning ruhiy olamini his qilish tuyg’usini shakllantirishni maqsad qiladi, bizningcha.

Urushda qatnashish, dahshatli o’limlarga guvoh bo’lish, unga ko’nikib yashash inson

uchun bir fojia bo’lsa, urushdan tirik qaytish, uning xotiralari bilan yashash esa undan ham ulkan
fojiadir. Urushdan tirik qaytganlarni ko’rib ko’pchilik havas qiladi, ya’ni shunday qirg’inlardan
omon chiqishning o’zi buyuk baxtday tuyuladi. Aslida-chi? Aslida urush ko’rganlar, uning azobini
his qilgan kishilar endi avvalgiday tinch, osuda yashay oladimi? Aslo!!! Endi urush odamlarini
o’sha mash’um xotiralar tinch qo’ymaydi, har lahza urushning qonli nafasi ularning qismatini
ta’qib qilaveradi, o’ldirilgan insonlar o’ng-u tushlariga kirib, o’lim talab qilishadi. Bu ahvolda
yashash o’limdan ham battar qiynoqqa soladi kishini. Bunday azoblar ichida yashayotgan insonni
tirik deyish mumkinmi? Roman mana shunday azoblar bilan kurashib yashayotgan urush odamlari,
ularning turfa fojiali taqdirlari haqida hikoya qiladi.

Asarning nomiyoq kitobxonni mushohadaga chorlaydi. Asarni o’qiy boshlaganingizda

dastlab qo’rquv his qilasiz. Minalar portlashi natijasida sochilib ketgan inson a’zolari,
chavaqlangan odamlar-u, tanib bo’lmas darajaga kelib qolgan jasadlar… Tasavvur
qilganingizdayoq dahshatga tushasiz. Lekin asarni o’qish barobarida urush muhitiga ko’nikib
borasiz, o’sha yerlarda siz ham yurganday bo’lasiz, pistirmada turib dushmanni kuzatasiz,
nigohingiz urush dahshatlariga moslashib boradi, go’yo. Qahramonimiz uchun esa dushmanlarni
o’ldirish ularni xo’rlash oddiy holga aylanib qolgan. O’ldirmasang, seni o’ldirishadi. Umrining
atigi sanoqli yillarini jangda o’tkazganiga, qaramay uning keyingi hayoti ham urushdan ayro holda
bo’lmaydi. Balki, urushning achchiq azoblari bilan hamnafas holda yashashga majbur bo’ladi, u
keyingi osuda hayotini endi sira ortiga qaytara olmaydi. Hatto tushlarida ham takror urush
janggohlarida qon kechadi. Shuning uchun ham yozuvchi asarga shu nomni berishni joiz
hisoblagandir.

Asar bosh qahramoni Vohid birdan yovuz insonga aylanib qolmaydi. U urushga borishga

majbur bo’lish barobarida qo’liga qurol oladi va yakunida odam o’ldirish darajasigacha boradi.
Bularning hech birini u o’z ixtiyori bilan qilmaydi. Balki u shunday qilishga majbur bo’ladi,
chunki agar u o’ldirmasa, uni o’ldirishlari muqarrar edi. Bu urushning azaliy o’zgarmas qonuni
edi. Vohid birinchi marta urush dahshatini his qilgan voqea bu mina portlashi oqibatida do’sti
Sergeyning parcha bo’lib ketgan tanasi haqida eshitgan xabari bo’ldi-yu, ammo hatto tovuq
so’yganda ham yuragi titrab turgan Vohid bu xabarni sovuqqonlik bilan eshitadi va buning uchun
o’zini tushuna olmay qiynaladi:

“Shunda…shunda o’zimning borligimni his qilish uchun

sochimdan changallab tortdim. Og’riq bor edi, o’zim tirik edim, ammo bag’rimni to’ldirib turgan
nimadir meni tashlab ketganday…”

Uning bag’rini to’ldirgan narsa nima edi? Balki bu mehr-muhabbat, shafqat, rahm kabi

tuyg’ulardir. Har ne bo’lganda ham ko’nglida rahm-shafqat bor bo’lgan inson uchun yaqin
do’stidan ayrilish, oddiy o’lim emas parcha bo’lib ketgan do’stining topilmay qolgan qo’li
haqidagi mash’um xabarni shunchaki tinglash aslo mumkin emas edi. Shuning o’zi aslida ulkan
fojianing bir ko’rinishi emasmi?!

Romanda muallif urush odamlarining ruhiyati va faqat o’zigagina tegishli bo’lgan olamini

o’zgacha tarzda ifoda etadi. Asardagi har bir qahramonning afsus-nadomatlari, armonlari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1196

tasvirlangan kechinmalari esa romanning haqiqiy pafos darajasini belgilab beradi. Natijada
kitobxonni bu qismatlar bayoni o’ylashga, iztirob chekishga undaydi.

Vohid keyingi hayoti davomida ham qonli o’tmishidan bir lahza ham ayro tarzda yashay

olmaydi va o’sha urush iztiroblarini qayta-qayta tuyib, azoblanadi. Qahramon endi bu yovuzlik
changalidan qutula olmaydi, qon hidiga tashna tuyg’ular yana uni talvasaga soladi, yomonlik
qilishga undaydi. Pirovardida, u yana odam o’ldirishni, uning uchun yoqimli o’sha “qon hidi”ni
tuyishni xohlaydi. Bu tasvirlar orqali muallifning badiiy maqsadi sifatida ezgulikdan ezgulik
yaralishi va aksincha yovuzlik yovuzlikni vujudga keltirishini ko’rsatish deb hisoblash mumkin.

Jahon adabiyotining urush mavzusidagi asarlarida “Yo’qolgan avlod” tushunchasi

tasvirlangan. Buni tasdig’i sifatida Xeminguey va Remark asarlariga murojaat qilishimiz mumkin.
A.Nurmurodov esa bulardan farqli ravishda dahshatli qismat egalarining ruhiyatidagi hissiy
evrilish, qilgan gunohlari iskanjasidagi savol-u javoblarning cheksizligi, umuman o’zgalar
taqdiriga o’xshamaydigan, faqat o’zlarigina yashaydigan “individual olami” kabilar e’tirofi bilan
adabiyot uchun yangi “begonalashgan avlod”, “taqdir mahbuslari” kabi atamalarni yuzaga
keltirdi. Bu esa o’zbek adabiyoti uchun yangicha tushunchalar bo’lib, faqat urush odamlarigagina
tegishli bo’lgan, ayniqsa, urushdan keyingi achchiq qismat egalarining umumlashgan nomi sifatida
tushunilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Asardagi Vohidning qora o’tmish iskanjasidagi va zulmat
qoplagan kelajak arosatida kechayotgan hayoti u bilan boshqa insonlar o’rtasiga ko’rinmas devor
bunyod qilib, ulardan uzoqlashtiradi. Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, ko’nglida zarra
yomonlik bo’lmagan inson yuragidagi bu ezgulik umidi uni batamom tark etmaydi. Jumladan,
Vohidning yarim tunda yoqimsiz tushdan cho’chib uyg’onganda xayoliga kelgan mudhish xohish
uni yana yovuzlik qilishga undaydi va qo’shni kampirni burda-burda qilib tashlash istagi uni
vasvasaga soladi.

“Kampir ixlos bilan, xuddi yosh qizaloqday to’lqinlanib gapirar, ko’kish sochi

esa quloqlari ustida sakrab-sakrab, uning gaplarini tasdiqlayotganday edi. Men esa miyam
g’uvillaganidan hech narsani eshitmasdim. Keyin-keyin tuman qoplagan vujudimdan hovur
ko’tarilganday fikrlarim tiniqlasha boshladi. Xayollarim o’tgan kunlarim so’qmoqlaridan boshlab
ketdi… “

Tasvirning aniqligini qarangki, o’zgalar suhbatiga ilhaq sodda kampirning xatti-

harakatlari, samimiyati Vohidning vahshiyona istagiga putur yetkazadi va aksincha o’tmish
chog’larini yana bir bor xayoldan o’tkazishga undaydi. Shu o’rinda ezgulikdan ezgulik tug’ilishi
haqidagi haqiqat yana bir bor o’z tasdig’ini topadi.

Asarda fojialar ko’lami keng tasvirlangan, o’lim sahnalari biroz ko’payib ketganday,

nazarimizda. Ammo biror o’rinda bir-biriga o’xshagan qismatlarni, o’limlarni ko’rmaymiz.
Chunonchi, hech bir sog’ joyi qolmagani holda yashashni istagan Kolya, urushdagi sevgilisini
yodga olgani uchun eridan kaltak yeb o’lgan Shirinoy, Surxondaryodan Toshkentga kelib o’qishga
kira olmay uyiga bir qop un olib borish umidida arava tortishga majbur bo’lib, maqsadiga yeta
olmay halok bo’lgan Tohir, o’qituvchilikdan oila tebrata olmay biznes qilmoqchi bo’lgan Shakar
va uning oilasi fojiasi… Bularning har biri tasvirida kitobxonda hissiy emotsionallik yuzaga
keladi, bu esa romanning badiiy qiymatini oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, yovuzlik qanchalik kuchli bo’lmasin ezgulik oldida mag’lub bo’ladi. Muallif

shuning uchun ham ezgulik va yovuzlik kabi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan tushunchalarni
parallel holda tasvirlaydi. Bu orqali yovuzlik ezgulik oldida ko`pincha ojiz bo’lishi yana bir bor
dalillanadi. Vohid o’z burchi sabab urushga kirishga va qon to’kishga majbur bo’ladi. Qayta-qayta


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1197

qon to’kishlar dastlab uni qo’rquvga solgan, vijdon azobida qiynalishiga sabab bo’lgan bo’lsa,
pirovardida u yirtqich hayvon singari vahshiylashib, unda qon hidiga tashnalik hissi uyg’onadi.

“Qon, qip-qizil qon ohangraboday o’ziga sehrlab qo’ygandi. Uning qip-qizil boshidan hech bir
ma’no sezmagandek g’ashim kelib, yuzidagi latta-puttani yulib-yulib tashlab, basharasini ko’rgim
keldi. Barmoqlarim qon istaganday kaftlarim qichishardi”

Ezgulik, rahm-shafqat tuyg’usi bilan ulg’aygan, hech bir yomonlik qilishga vijdoni yo’l

qo’ymaydigan bunday insonning qon hidiga o’rganib qolishi, ijobiy xislatlar o’rnini zolimlik,
beshafqatlik, vahshiylik kabilarning egallashi bu ulkan fojia hisoblanadi. Bunday holatni uning
o’zi ham allaqachon his qilgan, ruhiyatida bo’layotgan bunday evrilishlarga ko’nikib ulgurgan edi.
Ayniqsa, quyidagi parchada Vohidning bu achchiq qismatga ko’nikishga majburlik iqrori, sof
tuyg’ular kishisidan endi zolim insonga aylanib borayotgani yaqqol tasvirlangan:

“Shu yillar

ichida, momolarimni ko’rgan bolaligim mendan uzoqlashib boraberdi. Yo’q-yo’q, ular
uzoqlashmadi. Men ulardan qochib yurdim. Oppoq libos kiygan yoshligim, yuragi oppoq
bolaligim qarshisida turishga sabr-bardoshim yetmaydi. Qilgam gunohlarim ikkimiznong
oramizga qora parda bo’lib tortildi. Qay bir kun kelib uning qarshisida hisob berishim kerak. Ha-
ha, hisob berishim…”

Ona degan buyuk zot borki, ayniqsa urushga farzandlarini kuzatib, bardoshi sinalayotgan

onalar minazi asarda juda ta’sirli tasvir etilgan. Jumladan, o’g’lini urushda yo’qotgan, na o’lik, na
tirikligidan bexabar Salomat aya obrazi asarda o’z muhim o’rniga ega. U urush janggohlarida jon
olib, jon berayotgan, kechani kecha, kunduzni kunduz demay urush qiynoqlarini his etib yashashga
majbur bo’lgan farzand dog’ini ko’rayotgan onalarning timsoli sifatida tasvirlanadi. U o’glini izlab
charchamaydi. Zero, o’g’lining vafotiga ishongisi kelmas, bunga toqat qilish mushkul edi. Uning
nutqidan keltirilgan quyidagi parcha esa yuragi qon onaning alam, iztiroblarini kitobxon ruhiyatiga
singdirishga asos bo’la oladi:

“Telebizorda meni bolam haqida gapirganingda bilsang, bolajonim,

bo’g’zimga yoshmas, bo’g’zimga armonmas, bo’g’zimga sog’inch tiqildi. Qani endi, nafas
ololsam. Yutinaman deyman, yutina olmayman. Yutinishdan qo’rqaman. Sog’inchni yutib
bo’lmaydi. Shunday sog’inch bilan o’lsam deyman. Qani endi o’lolsam. O’lolmayman.
Jo’rajonimni ko’rmay qanday ham o’laman…”

Afg’on urushida minglab o’g’lonlar halok bo`lishdi, 37 mimgga yaqini majruh bo’lib

qolishdi, uch yuzga yaqin askar bedarak yo’qoldi. Tasavvur qiling, o’sha farzandlar dog’ida
qanchalab onalar azob chekishgan, hatto farzand jasadini ham ko’rmay aza ochishga majbur
bo’lishgan, goho bu qismatga taslim bo’lmay umrining so’nggi daqiqasigacha farzandlari yo’liga
umid bilan ko’z tikishgan. Bu baxtiqaro onalarning umumlashgan siymosi birgina Salomat aya
obrazi orqali ochib berilgan.

Romanda muallif voqelar bayoniga hamohang tarzda mushohadaga chorlovchi teran

fikrlarni ham ifoda etadiki, bu o’quvchini har gal o’ylashga, fikr yuritishga chorlaydi. Chunonchi,
Vohid onasining qabri yoniga kelganda idan quyilib kelayotgan ko’z yoshlarini tiya olmaydi va
aftoda ahvolda quyidagi to`xtamga keladi:

“Odamning xayolidan kechgan o’ylariga so’z topolmay

qolishi – poklanishdir! Odamning muvozanatsizlikni boshidan kechirgan pallalari – qilgan
gunohlariga tavba—tazarrudir! Odamning nigohini oppoq marjonlar pardasi qoplashi –
yurakning yig’lashidir! Yurakning kuyishi – sog’inchning, armonning qayta tug’ilishidir.”

Bularni o’qigan kitobxon beixtiyor fikrlashga, mushohada qilishga kirishadi. Har bir

mushohada zamirida ulkan ma’no-mazmun, teran fikrlar zanjiri borki, bunday mantiqiy jumlalarni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1198

yozish uchun kishiga faqat iste’dodning o’zi kamlik qiladi. Buning uchun u falsafadan ham
xabardor bo’lishi, shu bilan birga ulkan hayotiy tajribaga ham ega bo’lishi lozim. Zero, falsafiy
fikrlar ko’proq hayot tajribasining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Asarning tabiiyligining sababi
ham muallifning o’sha vaziyatlarni boshidan kechirgani, o’sha mash’um kunlarda u ham
yashagani deb hisoblash mumkin. Chunki haqiqiy asar muallifning qalb tug’yonlaridan yaraladi,
dunyoga keladi.

A.Nurmurodov ham Afg’on tuprog’ida qon kechib, haqiqiy urush muhitini his qilgan.

“Yozuvchi hayotning nogahoniy zarbalarini o’zida, oilasida sinab ko’rgan. Afg’on tuprog’idan
nogiron qaytgan yuzlab oilalarning tasavvurga sig’mas dardlarini tinglagan, jangchi onalarning
serajin yuzlari, bezovta nigohlariga termulgan. O’sha kunlarni xotirlarkan :”Hammasi onam,
hammasi ukam edi” – deydi adib.”

5

Asar qahramonlari taqdirida uning hayotiy kechinmalari qayta

bo’y ko’rsatgan. Shu sabablidir balki roman Afg’on urushi haqiqatlarini chin ma’noda ko’rsatib
bera olganligi bilan ahamiyatli.

“Qon hidi” romanida nafaqat urush qatnashchilarining kechmishlari, ruhiy holatlari, balki

janglardan yiroq bo’lsa-da, uning azoblari bilan yashayotgan, urush jabrini tortayotgan
kishilarning his-tuyg’ulari ham ta’sirli ifodalangan. Yagona o’g’li Jo’raning o’limiga
ishonolmagan, tushunarsiz nayranglar qilayotgan zobitlarning o’glining jasadi o’rniga qutini
tutqazgan holatda onaning ruhiyatidagi o’ta ta’sirlanish tufayli o’zi sezmagan holda bir qudratli
kuch bilan temir tobutni tishlab tortishi holatini mubolag’a asosida shunday tasvirlaydi: “

Sovuq

temir qutining bir chetidan jin holatda tishlab tortdim. Temir yumshoq edi, yumshoq. Uzib oldim,
deganimda temirda qizil dog’ qoldi. Lablarim tirnaldi degan o’yda qonni tuflab tashladim. Tobut
ustiga tishlarim to’kildi.

” Muallifning bunday tasviri orqali onaning ruhiy azoblanishi oldida

temirdan yasalgan tobutning ham yumshoq bo’lib tuyulishi o’zgacha holatni yuzaga keltiradi va
kitobxonda onaning trans holatini tushunish uchun ko’nikma hosil qiladi.

Asar bosh qahramoni Vohidning Mamarajab bilan bo’lgan suhbati kishini o’yga toldiradi.

Urushdan tirik qayta turib, o’zini baxtsiz deya hisoblagan insonning ko’nglidan chiqqan gaplariga
esa beixtiyor ko’zingizga yosh keladi: “

Urushdan qaytgandan so’ng biroz yashadim. Lekin

qanday, kim bilan yashadim, bilmayman. Ammo bilganlarim nimadir uzluksiz, to’xtovsiz
yuragimga sanchilib turishi edi. Sog’man, soppa-sog’man, sog’ odamga o’xshayman. Aslida
kasalmand, tuzalmas dardga chalinganman. Buning davosini uzoq yillar axtardim. Topolmadim.
Hamon izlayman. Qani endi, bir nur yiltirab ko’rinsa. Hamma tomonni zulmat qoplaganday. Ana
shu zulmat ichida sarson-sargardon yurgan baxtiqaroman.

Sen, senga o’xshagan odamlar menga havas qilishi mumkin. Lekin men havas qilgulik

odammasman. Meni bu dunyoda faqat suratim bor. Ichim to’kilib, yuragim g’ijimlanib, g’ururim
toptalib tamom bo’lgan. Ha, tamom bo’lgan!”

Mana shu alam iztiroblar bilan tunlarni tonglarga ulagan qahramon qismati ko’ngilga

og’riq beradi. Urushdan qaytgan qanchadan-qancha shunday qismat egalari taqdiri haqida hikoya
qiluvchi ushbu asar Afg’on urushining haqiqiy dahshatlarini kitobxon ruhiyatiga singdira oladigan
asar desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Asar yakunida muallif tomonidan berilgan quyidagi fikrlar
esa chin ma’noda urush odamining qalbdan chiqqan alamli iqrori, bo’gzini kuydirgan haqiqat
alangasidir: “

So’nggi paytlarda “Hayotning mazmunsiz yo’lida “yashash” nomli kasallik bilan

5

Islomjon Yoqubov. Badiiy-estetik so’z sehri. Toshkent, 2011, 172-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1199

umrguzaronlik qilishdan ne foyda,” degan o’y bot-bot xayolimga keladi. Lekin yashayapman!
Ammo bir kun kelib ular bilan uchrashishim tayinligini eslab, ko’ngilda yorug’ umidlar paydo
bo’ladi. O’sha “qayg’usiz kun” da uchrashguncha, mendan oldin ketgan do’stlarim!..

Xulosa qilib aytganda, A.Nurmurodovning “Qon hidi” romani Afg’on urushi haqiqatlarini

ochib beruvchi, urush odamining alam-iztiroblari, ruhiyatidagi evrilishlarni yorqin ifoda eta olishi
bilan harbiy nasrimiz rivojiga ulkan hissa qo’sha ladigan asarlardan biri hisoblanadi.






References

REFERENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов