PAYMENT SYSTEM IN BANKS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nafasov, O. (2023). PAYMENT SYSTEM IN BANKS. Modern Science and Research, 2(8), 45–48. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22335
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article shows that when organizing payment systems in different forms, it is revealed with a sufficient approach to ensuring the transfer of funds to the population and economic entities, with information about the methods of the payment system, a number of requirements and the procedure for conducting calculations through the "Bank-client" system.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

45

BANKLARDA TO‘LOV TIZIMI

Nafasov O'ralbek Sobir o'g'li

Toshkent moliya institute Bank ishi fakulteti,

1- kurs BIA-70 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8210682

Annotatsiya.

Ushbu maqolada to’lov tizimlari turli shakllarda tashkil etishda, aholiga va

xo’jalik sub’ektlariga o’z pul mablag’larini o’tkazib berishni ta’minlash, to‘lov tizimining usullari,
oldiga qo’yilgan bir qator talablar va hisob-kitoblarni «Bank-Mijoz» tizimi orqali o’tkazish tartibi
haqida ma'lumot berilib yetarlicha yondashuv bilan ochib berilganligi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar:

To'lov tizimi, tannarx, «Bank-Mijoz» tizimi, deshifratsiya, rekvizitli nazorat.

PAYMENT SYSTEM IN BANKS

Abstract.

This article shows that when organizing payment systems in different forms, it is

revealed with a sufficient approach to ensuring the transfer of funds to the population and
economic entities, with information about the methods of the payment system, a number of
requirements and the procedure for conducting calculations through the "Bank-client" system.

Keywords:

payment system, cost, "Bank-client" system, deciphering, requisite control.

ПЛАТЕЖНАЯ СИСТЕМА В БАНКАХ

Аннотация.

В данной статье показано, что при организации платежных систем в

различных формах, обеспечении перечисления денежных средств населению и
хозяйствующим субъектам, о методах платежной системы, о ряде требований,
предъявляемых к ней, и о порядке перевода расчетов через систему «банк-клиент»
раскрывается достаточный подход.

Ключевые слова:

платежная система, себестоимость, система «Банк-клиент»,

дешифрование, реквизитный контроль.


KIRISH

Bugungi kunda Iqtisodiyot rivojlanishida, respublikamiz faoliyat yuritayotgan banklarning

roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hech biri bank xizmatini
chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi, o’zaro hisob-kitoblarini bank yordamisiz o’tkaza olmaydi.
Shu sababli bank tizimini mustaxkamlash, ularning erkinligini oshirish yo’lida isloxotlarga
xukumat miqyosida e’tibor berib kelmoqda. Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar
nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi. Hozirgi
kunda to‘lov tizimining turli usullaridan kelib chiqish orqali respublikada «Bank-Mijoz» tizimi
amaliyotga keng tadbiq etilmoqda. Bu tizimda bank mijozlari to’g’ridan-to’g’ri ofis yoki uyidan
turib to’lovlarni amalga oshirilishi ko’zlangan. Bank xizmatining bu yangi ko’rinishi pul
mablag’larining boshqarilishini faollashtirish bilan birga bank mijozlari sonining oshishiga, sifati
yaxshilanishiga, bank va mijoz o’rtasidagi moliyaviy faoliyatni yanada rivojlantirishga olib keladi.

ASOSIY QISM

Shu aytish kerakki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank

tizimini isloh qilish va erkinlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorining
qabul qilinishi respublikada faoliyat yuritayotgan banklarning rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.
Bundan ko'rinib turgan asosiy maqsad avvalambor, «Moliya-bank tizimini isloh qilish siyosatini
takomillashtirish, uning ko’proq aniq-oydinligini ta’minlash, iqtisodiyotda to’lovlar va xisob-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

46

kitoblar mexanizmini mustaxkamlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishi» lozimligi belgilab
berilgan edi. Shu o'rinda aytish mumkinki «To’lov tizimi bu - iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga
keladigan majburiyatlar bo’yicha sub’ektlar o’rtasida pul mablag’larining qonun-qoidalar va
usullar asosida harakatlanishini ta’minlovchi dastur yoki mexanizmdir».

Agar aholiga va xo’jalik sub’ektlariga o’z pul mablag’larini bir bankdagi hisobvaraqdan

boshqa bank hisob varag’iga tez o’tkazib berishni ta’minlash kerak bo'lsa ya'ni hisob-kitob
qilayotgan firmalar turli bank xizmatidan foydalansalar, u holda to’lovni bir bankdan ikkinchi
bankka o’tkazish uchun ma’lum bir to’lov tizimidai foydalanishga to’g’ri keladi. Bu to’lov tizimi
arzon, qulay shu bilan birga xavfsiz bo’lishi ham albatta asosiy ahamyatga kasb etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA TAHLIL

To’lov tizimining ishtirokchilari asosan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, hukumat,

banklar va boshqa moliyaviy institutlar bo’lishi mumkin. To’lov tizimidan banklar ham
foydalanadilar. Banklar to’lov tizimidan o’z faoliyatlari bilan bog’liq yo'nalishlar bo’yicha pul
o’tkazishda, shu bilan birga mijozlarga xizmat ko'rsatish bo’yicha pul o’tkazishda foydalanadilar.
Qanday usulda foydalanishdan qat’iy nazar to’lov tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi.

to’lovning boshlanishi, ya’ni to’lovchi o’z bankiga pulni o’tkazib berish to’g’risida

topshiriq beradi.

to’lov tizimining ishtirokchi banklari o’rtasida to’lov hujjatlarining almashishi, ko’pincha

bu operatsiya kliring deb yuritiladi.

bosqich - to’lov tizimining ishtirokchi banklari o’rtasida hisob-kitob o’tkazish, ya’ni

to’lovchi banki pul o’tkazib berishi lozim. Bundan tashqari, banklar uchinchi ishtirokchi orqali,
unda o’z hisobvaraqlarini ochish orqali hisob-kitob qilishlari mumkin. Bu holda ko’pincha
uchinchi tomon rolini Markaziy bank bajaradi.

bosqich – to’lovlarni qabul bilan bog’liq operatsiyalarni yakunlash.
Yuqoridagi talqindan shuni tkidlash mumkinki to’lov tizimi majburiyatlarni ushlab turish

imkoniyatini beradi.

To’lov tizimiga mexanizm sifatida qarab uning oldiga qo’yilgan bir qator talablarni

ko’rib chiqadigan bo'lsak:

Birinchidan,

to’lovchi va pul oluvchilarning huquqlari aniq belgilangan bo’lishi kerak;

Ikkinchidan,

pul mablag’larining o’tkazilishi huquqiy tomondan belgilangan bo’lishi

lozim, ya’ni qonun bilan mustahkamlangan tartiblar amaliyotga to’la tadbiq etilishi lozim;

Uchinchidan,

ko’pchilik tomonidan qabul qilingan bo’lishi kerak;

To’rtinchidan,

kam xarajatli bo’lishi, tannarx hisobga olinishi lozim;

Beshinchidan,

yo’qotishlar va qonunbuzarliklarning oldini olish imkoniyatiga ega bo’lishi

lozim.

Agar yuqoridagi sanab chiqilgan talablarga javob bersa, bunday to’lov tizimi

muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi mumkin.

O’zbekistonda bank tizimi rivojlanib borgan sari banklar tomonidan mijozlarga xizmat

ko’rsatish sifati yaxshilanmoqda, ularga yangi bank xizmatlari taklif etilmoqda. Shulardan biri
yangi texnologiya bo’lib hisoblangan «Bank-Mijoz» dasturi bo’yicha hisob-kitoblar tizimi keng
ko'lamda qo'llanilib kelinmoqda.

Bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz o’rtasida kommunikatsion

aloqa tarmog’i orqali faylda ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Mijozlar bilan ma’lumotlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

almashish uchun bankda mijozlar uchun pochta qutisi tashkil qilinadi, unga parol va identifikator
orqali kiriladi. Mijozlarning so’rovlarini qayta ishlash, ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish
avtomatlashgan holda amalga oshiriladi.

Bank mijoz dasturining asosiy vazifalari bilan yondashadigan bo'lsak quyidagi bir qancha

misollarni ko'rishimiz mumkin.

elektron pul hisob-kitob hujjatlarini tayyorlash;

so’rovnomlar va xabarnomalarni shakllantirish;

ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish;

kerakli ma’lumot va hisobot shakllarni qayta ishlash;

kerakli ma’lumot va hisobot shakllarini bosmadan chiqarish;

ma’lumotlarni arxivlash.
Yuqoridagi misollardan kelib chiqqan holda keling “Bank mijoz” dasturi orqali bankning

ish tartibini ko’rib chiqamiz. Bankda xar bitta mijozga alohida pochta qutisi tashkil etiladi .
Mijozlardan kelib tushgan barcha axborotlar dasturiy ravishda deshifratsiya qilinib, rekvizitli
nazoratdan o’tadi va bankning ma’lumotlar bazasiga “kiritilgan” maqomi ostida tushiriladi. Pul
hujjatlari o’rnatilgan tartibda tekshirilgach, ular tasdiqlanadi va bankning amaliyot kuniga qayta
ishlash uchun yuboriladi, keyin esa elektron to’lovlar tizimi bo’yicha oluvchiga jo’natiladi.
Mijozning hisobvarag’ida mablag’lar yo’q bo’lgan hollarda, pul hujjatlari bilan butun fayl qayta
ishlashdan chiqarib tashlanadi va mijozning pochta qutisiga qaytariladi. Elektron to’lovlar tizimi
orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan so’ng mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi.
Kun davomida mijozlardan olingan barcha ma’lumotlar arxivlanadi va o’rnatilgan tartibda
saqlanadi.

Quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘lov xizmatlari jumlasiga kiradi:

bank hisobvarag‘idan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish va amalga oshirish;

naqd pul mablag‘larini bank hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaxslarning

hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun qabul qilish;

to‘lovchi tomonidan bank hisobvarag‘ini ochmagan holda to‘lovni amalga oshirish uchun

naqd pul mablag‘larini qabul qilish;

elektron pullarni chiqarish va qoplash;

bank kartalarini chiqarish;

elektron pullarni va bank kartalarini realizatsiya qilish;

elektron pullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilish va bu

to‘lovlarga ishlov berish;

elektron shakldagi to‘lovlarga ishlov berish va to‘lovni amalga oshirish uchun zarur

axborotni bankka berish yoki mazkur to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish;

pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul mablag‘larini qabul qilish va amalga oshirish.

Quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘lov xizmatlari jumlasiga kirmaydi:

to‘lovchi qaysi shaxs oldida to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchining ishtirokisiz amalga

oshiriladigan majburiyatlarga ega bo‘lsa, o‘sha shaxsga to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs
tomonidan naqd pul mablag‘larini berish;

banknotlarni, tangalarni va qimmatliklarni inkassatsiya qilish;

bank hisobvarag‘ini ochmagan holda naqd chet el valyutasi bilan ayirboshlash

operatsiyalarini amalga oshirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

uchinchi shaxslar ishtirokisiz qabul qilingan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini to‘lov

xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan benefitsiar foydasiga o‘tkazishni amalga oshirish
chog‘ida yuridik shaxs bo‘lgan benefitsiar, yakka tartibdagi tadbirkor va to‘lov xizmatlarini
yetkazib beruvchi o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiyaga oid va texnologik hamkorlikni
ta’minlash.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Markaziy bank to`lov, hisob-kitob munosabatlarini tashkil

qilish funksiyasini bajara turib moliya va to`lov tizimini barqarorligini ta`minlash, to`lov tizimini
samarali bo`lishiga erishish, pul-kredit siyosatini o`tkazish kabi masalalarni hal qilishni o`z oldiga
qo`yadi.

Tijorat banklari uchun iqtisodiy me`yorlarning urnatilishi – bu avvalo Markaziy bank

tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat banklari faoliyatida vujudga
keladigan muammolarni oldindan aniqlash va barqaror bank tizimini yaratishda muhim vositadir.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni. (1995 y. 26
dekabr).

2.

O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi»gi Qonuni. (1996
y. 25 aprel).

3.

O'zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo tqg’risida»gi Qonuni. 2003 y. 11
dekabr.

4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish
va respublika hamda mahalliy byudjetlarga to’lovlarning o’z vaqtida kelib tushishini
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni. 1998 y. 4 fevral.

5.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh
qilish chora-tadbirlari tqg’risida»gi Qarori. 2005 y. 15 aprel.

6.

Elektron axborotlarni muxofaza qilish tqg’risidagi Nizom.

7.

Abdullaeva Sh. Z. Pul, kredit va banklar. - T., 2005 y.

8.

Abdullaeva Sh. Z. Bank ishi. - T., 2005 y.

9.

Afonina S. V. Elektronnie dengi: - SPb.: Piter, 2001..









References

O’zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni. (1995 y. 26 dekabr).

O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi»gi Qonuni. (1996 y. 25 aprel).

O'zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo tqg’risida»gi Qonuni. 2003 y. 11 dekabr.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va respublika hamda mahalliy byudjetlarga to’lovlarning o’z vaqtida kelib tushishini rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni. 1998 y. 4 fevral.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari tqg’risida»gi Qarori. 2005 y. 15 aprel.

Elektron axborotlarni muxofaza qilish tqg’risidagi Nizom.

Abdullaeva Sh. Z. Pul, kredit va banklar. - T., 2005 y.

Abdullaeva Sh. Z. Bank ishi. - T., 2005 y.

Afonina S. V. Elektronnie dengi: - SPb.: Piter, 2001.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов