THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY

HAC
Google Scholar

Abstract

Revealing the place of the neighborhood in the social life of society, its role in solving social problems, showing its educational function - forms the basis of the content of the article, information about the new system of solving social problems in modern neighborhoods today is given in the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

755

MAHALLANING JAMIYAT IJTIMOIY TARAQQIYOTIDAGI O’RNI.

Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li

Osiyo xalqaro universiteti,

Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi.

sadullayevumidjonshokirugli@oxu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.10040016

Annotatsiya.

Mahallaning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o’rnini, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi

rolini ochib berish, uning tarbiyalovchi funksiyasini ko’rsatish - maqola mazmunining asosini tashkil
etadi, Bugungi kundagi zamonaviy mahallalardagi ijtimoiy muammolarni hal etishning yangi tizimi haqida
maqolada ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

mahalla, tarbiya, ijtimoiy muammolar, ”Ayollar daftari”, ”Yoshlar daftari”, ”Temir

daftar”.

THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF

SOCIETY.

Abstract.

Revealing the place of the neighborhood in the social life of society, its role in solving

social problems, showing its educational function - forms the basis of the content of the article, information
about the new system of solving social problems in modern neighborhoods today is given in the article.

Keywords:

neighborhood, upbringing, social problems, ”women's notebook”, ”youth notebook”,

”Iron notebook”.

РОЛЬ СОСЕДСТВА В СОЦИАЛЬНОМ РАЗВИТИИ ОБЩЕСТВА.

Аннотация.

Раскрытие места махалли в общественной жизни общества, ее роли в

решении социальных проблем, указание на ее воспитательную функцию - основа содержания
статьи, в статье будет представлена информация о новой системе решения социальных проблем
в современных махаллях.

Ключевые слова:

соседство, воспитание, социальные проблемы, ”женская тетрадь”,

”Молодежная тетрадь”, ”железная тетрадь”.


Hozirgi globallashuv jarayonida, mahalla jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy institut

sifatida yanada rivojlanib bormoqda. Qadimdan mahalla mahalliy hokimiyatning ajralmas bo’g’ini
hisoblangan. Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. O’lkamiz tarixi haqida ma’lumot beruvchi
eng qadimgi manba hisoblanmish “Avesto” da ham oilalarning ma’lum hududda uyushib yashaganligi
haqida ma’lumotlar bor. IX asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Buxoroda
ko’plab mahallalar, guzarlar, mavjud bo’lganligi haqida yozadi

2

. Yurtimizning turli joylaridagi mahallalar

hududiy o’ziga xosliklarga ega. Buxoro shahri mahallalari vujudga kelishi va tarixiga bag’ishlangan
O.A.Suxarevaning asarlari nan’anaviy o’zbek mahallalari tarixiga bag’ishlanganligi bilan diqqatga
sazovordir.

3

Qadimdan o’zbek mahallalari jamiyat ijtimoiy hayotining tayanchi bo’lgan, xususan, istiqlol

yillarida o’z-o’zini boshqarish organlari tizimini isloh qilish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash
borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Mahalla tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi.

2

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an- Narshaxiy.Buxoro tarixi.-Toshkent,1993

3

Сухарева О.А Квартальная обшина позднефеодального города Бухары.-Москва:Наука,1978.-С.22


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

756

Yangi O’zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mahalla-taraqqiyot
poydevori bo’lib xizmat qilyapti. Bugungi kundagi zamonaviy mahallada hokim yordamchisi, yoshlar
yetakchisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy qilindi. Ular bevosita prezidentning joylardagi vakili
sifatida mahalla aholisining o’ziga tegishli qatlamlari bilan faoliyat olib boradilar. Bevosita mahalla
hayotidagi ijtimoiy muammolarni yechishda joylarda jonbozlik ko’rsatadilar. Yuqoridagi lavozimlarning
faoliyatini tartibga solish maqsadida huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan, “Mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha davlat siyosatining
ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi prezident farmoni

1

, ”Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident qarori

2

, Oila va xotin-qizlar bilan ishlash,

mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
prezident farmoni

3

.

Mahalla yoshlarini ilm-fanga va kasb-hunarga yo’naltirishda, ishsizlarni ish bilan ta’minlash va

bandlikka ko’maklashish masalalarida muhim ijtimoiy obyekt hisoblanadi. Aholi muammolarini hal etish,
tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, oila va xotin-qizlar
masalalari –bugungi kundagi zamonaviy mahallalarning muhim ijtimoiy muammolari hisoblanadi.
Yuqoridagi masalalar bilan ishlashning samarali tizimini yaratish maqsadida har bir mahallada “Temir
daftar”, ”Ayollar daftari”, ”Yoshlar daftari”shakllantirildi.

“Temir daftar –ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti o’g’ir hamda sektor rahbarlari tomonidan

alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib
borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi.

“Ayollar daftari – ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb

o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz xotin- qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va
nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi. Ushbu daftarga kiritish bo’yicha xotin-qizlar faoli
amaliy ishlar olib boradi, ma’lumotlar bazasini yaratadi va nazoratini olib boradi.

“Yoshlar-daftari” - ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb

o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va
nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi. Yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlar bazalari
mahallalardagi ijtimoiy muammolarni hal etish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi. Mahalla tarixan
yosh avlod uchun ezgulik beshigi, tarbiya o’chog’i, urf-odat an’analar shakllangan maskan bo’lib kelgan,
insonlarning o’zaro mehr-oqibati, muruvvatli, saxovatli bo’lishida va o’ziga xos jamoani shakllantirishda
mahalla muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston jamiyatida mahallalarning tarbiyalovchi vazifasi shu qadar
sezilarliki, ko’pincha “mahalla” va “tarbiya” tushunchalari yonma–yon ishlatiladi.

Xususan, tushunchasining haqiqiy ma’nosi bu insonning o’zi va o’z xulqi haqidagi tasavvurining

to’g’ri va xolis bo’lishini ta’minlovchi murakkab jarayon bo’lib u bevosita uni o’rab turgan insonlardan,
oila a’zolari, mahalladoshlari, yor-do’stlariidan ayri tushunilmaydi. Ya’ni mahalla hamisha fuqarolarning
xulq-atvorini, oilalarning yashash tarzidan xabardor bo’ladi, kerak bo’lsa ularning xulqiga yaxshigina ta’sir
ko’rsata oladi

1

.Mahalla yosh avlodni tarbiyalashdagi, ularni urf-odat va an’analarga hurmat ruhida

1

Prezident farmoni.2021-yil 3-dekabr 29-son

2

Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son

3

Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son

1

Alimova G.,Yo’lchiyeva G.,Mirahmedova M.Fuqarolar yig’inlari huzuridagi “Ota-onalar universitetlari”ishini

tashkil etish.-Toshkent:2014.-B.4-7


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

757

tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham “Bir bolaga yeti qo’shni ota-ona”, ”Bir bola
tarbiyasiga yeti mahalla ota-ona” naqllari bejizga aytilmagan. Har bir mahalla fuqarosi barkamol avlodni
tarbiyalab voyaga yetkazishda o’zini javobgar deb bilishi kerak

Xulosa qilib aytganda jamiyat hayotidagi muammolar bo’lgan kambag’allikni qisqartirish, aholi

bandligini ta’minlash, ishsizlik masalalarida mahallaning hal qiluvchi roli oshib bormoqda. Mahalla
tizimida ishlaydigan munosib nomzodlar tanlanib o’z o’rniga qo’yilishi yuqoridagi muammolarni bir qadar
osonlashtiradi. Muammolar o’z vaqtida yechim topadi. Bu esa mamlakat ijtimoiy hayotining
barqarorlashuviga sabab bo’ladi.

REFERENCES

1.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an- Narshaxiy.Buxoro tarixi.-Toshkent,1993

2.

Сухарева О.А Квартальная обшинa позднефеодального города Бухары.-
Москва:Наука,1978.-С.22

3.

Sadullayev, U. . (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT
IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132–135.

4.

Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new
century innovations, 35(1), 79-80.

5.

Prezident farmoni.2021-yil 3-dekabr 29-son

6.

Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son

7.

Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son

8.

Sadullayev, U. . (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT
IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132–135. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24060

9.

Alimova G.,Yo’lchiyeva G.,Mirahmedova M.Fuqarolar yig’inlari huzuridagi “Ota-onalar
universitetlari”ishini tashkil etish.-Toshkent:2014.-B.4-7

10.

Orifjonovich, O. A. (2023). METAFORANING KO'P TARMOQLI VA FANLARARO
O'RGANILISHI.

11.

Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the
Family of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 43-44).

12.

Ollomurodov, A. (2023). MULTIDISCIPLINARY AND INTERDISCIPLINARY STUDY
OF METAPHOR.

Modern Science and Research

,

2

(9), 136-139.

13.

Sulaymonovna, Q. N., & Orifjonovich, O. A. (2022). KONSEPTUAL
METAFORALARNING LINGVOMADANIY HAMDA KOGNITIV XUSUSIYATLARI
VA TIL TARAQQIYOTIDA TUTGAN ORNI. Scientific Impulse, 1 (3), 594-600.

14.

Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the
Family of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 43-44).




References

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an- Narshaxiy.Buxoro tarixi.-Toshkent,1993

Сухарева О.А Квартальная обшинa позднефеодального города Бухары.-Москва:Наука,1978.-С.22

Sadullayev, U. . (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132–135.

Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new century innovations, 35(1), 79-80.

Prezident farmoni.2021-yil 3-dekabr 29-son

Prezident farmoni.2022-yil 19-yanvar 92-son

Prezident farmoni.2022-yil 1-mart 81-son

Sadullayev, U. . (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132–135. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24060

Alimova G.,Yo’lchiyeva G.,Mirahmedova M.Fuqarolar yig’inlari huzuridagi “Ota-onalar universitetlari”ishini tashkil etish.-Toshkent:2014.-B.4-7

Orifjonovich, O. A. (2023). METAFORANING KO'P TARMOQLI VA FANLARARO O'RGANILISHI.

Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the Family of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 43-44).

Ollomurodov, A. (2023). MULTIDISCIPLINARY AND INTERDISCIPLINARY STUDY OF METAPHOR. Modern Science and Research, 2(9), 136-139.

Sulaymonovna, Q. N., & Orifjonovich, O. A. (2022). KONSEPTUAL METAFORALARNING LINGVOMADANIY HAMDA KOGNITIV XUSUSIYATLARI VA TIL TARAQQIYOTIDA TUTGAN ORNI. Scientific Impulse, 1 (3), 594-600.

Bozorova, R. (2021, September). Methods and Means of Cultivating Kindness iIn the Family of the Uzbek People. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 43-44).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов