ANALYSIS OF PHYSICAL PERFORMANCE IN 18-19-YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS

HAC
Google Scholar
To share
Pulatov, S. (2023). ANALYSIS OF PHYSICAL PERFORMANCE IN 18-19-YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS. Modern Science and Research, 2(10), 169–173. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24644
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article presents an analysis of training loads for training 18-19-year-old players. The value and orientation of loads used during the preparation and competition periods for the Uzbekistan Championship were studied. The received information allows coaches and specialists to plan training loads aimed at developing and improving special endurance in 18-19-year-old football players.

Similar Articles


background image



169

18-19 YOSHLI FUTBOLCHILARDA JISMONIY ISHCHANLIK QOBILIYATINI

TAHLIL QILISH

S.N.Pulatov

Katta o‘qituvchi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Chirchiq shahri, O‘zbekiston

Muallif bilan bog'lanish:

Sirojiddinpulatov90@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10030486

Annotatsiya.

Maqolada 18-19 yoshli futbolchilarni tayyorlashdagi mashg'ulotlar

yuklamalarning tahlili keltirilgan. O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik va musobaqa

davrlarida qo‘llaniladigan yuklamalarning qiymati va yo‘nalishi o‘rganildi. Olingan ma'lumotlar

murabbiy va mutaxassislarga 18-19 yoshli futbolchilarda maxsus chidamlilikni rivojlantirish va

yaxshilashga qaratilgan mashg'ulot yuklamalarini to'g'ri rejalashtirish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

Mashg’ulot jarayoni, 18-19 yoshli futbolchilar, tayyorgarlik va

musobaqalashuv davri, yuklamalarning qiymati va yo'nalishini nazorat qilish.

ANALYSIS OF PHYSICAL PERFORMANCE IN 18-19-YEAR-OLD FOOTBALL

PLAYERS

Abstract.

The article presents an analysis of training loads for training 18-19-year-old

players. The value and orientation of loads used during the preparation and competition periods

for the Uzbekistan Championship were studied. The received information allows coaches and

specialists to plan training loads aimed at developing and improving special endurance in 18-19-

year-old football players.

Key words:

training process, 18-19-year-old players, preparation and competition period,

control of the value and direction of loads.

АНАЛИЗ ФИЗИЧЕСКОЙ РАБОТОСПОСОБНОСТИ ФУТБОЛИСТОВ 18-19

ЛЕТ.

Аннотация.

В статье представлен анализ тренировочных нагрузок при подготовке

игроков 18-19 лет. Изучены величина и направленность нагрузок, применяемых в период

подготовки и соревнований к чемпионату Узбекистана. Полученная информация

позволяет тренерам и специалистам планировать тренировочные нагрузки, направленные

на развитие и совершенствование специальной выносливости у футболистов 18-19 лет.


background image



170

Ключевые слова:

тренировочный процесс, игроки 18-19 лет, период подготовки и

соревнований, контроль величины и направления нагрузок.

Dolzarbligi.

Futbolning zamonaviy rivojlanish darajasi maxsus chidamlilikni yuqori

darajada rivojlantirishni talab qiladi. Maxsus chidamlilik yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ijobiy sport

natijasini ko'rsatish mumkin emas, bu esa, o'z navbatida, hujum harakatlarining tezligiga bevosita

bog'liq, chunki musobaqalashuv mashqlarining tezligi sport natijasiga erishishda hal qiluvchi omil

hisoblanadi [1].

Futbolchilarning yurak-qon tomir, vegetativ va nafas olish tizimlari funksional holati

darajasini baholash uchun kompleks tekshiruv o‘tkazildi. Tadqiqotlar davomida jismoniy

rivojlanish (tana uzunligi va massasi), umumiy jismoniy ishchanlik qobiliyati va aerob ish

unumdorligi ko‘rsatkichlari aniqlandi. Aerob ish unumdorligi KMO‘ ko‘rsatkichlari bo‘yicha

baholandi.

KMO‘ - bu inson 1 daqiqa ichida o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan, millimetrlarda ifodalangan

kislorodning eng ko‘p miqdoridir. Sport bilan shug‘illanmaydigan sog‘lom kishi uchun KMO‘

3200-3500 ml/daq.ni tashkil etadi, mashqlarga shaxslarda KMO‘ 6000 ml/daq.gacha yetadi (58).

4 - jadvalda O‘zbekiston Super ligasi yoshlar jamoalarining 18-19 yoshli

280 nafar futbolchilarning funksional tekshiruvlari natijalari berilgan.

KMO‘ va KMO‘/vazn ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, 18-19 yoshli

futbolchilarda aerob ish unumdorligi ko‘rsatkichlari adabiyotda keltirilgan ma’lumotlarga mos

kelmaydi.

18-19 yoshli futbolchilar guruhida umumiy jismoniy ishchanlik qobiliyati va aerob ish

unumdorligi ko‘rsatkichlari yarim himoyachilarda birmuncha yuqoriroq. PWC

170

ning past

o‘lchami xujumchilarda qayd etildi, ularning ko‘rsatkichi yarim ximoyachilar ko‘rsatkichlaridan

ishonchli farq qiladi. Darvozabonlarda KMO‘ o‘lchami 39,5+2,2 ml/daq./kg, himoyachilarda

41,5±1,9 ml/daq./kg, yarim ximoyachilarda 43,7±1,6 ml/ daq./kg va xujumchilarda 40,2±3,7

ml/daq./kg ni tashkil etdi.

O‘tkazilgan tekshiruvlari davomida 18-19 yoshli futbolchilarda o‘yinchilarning

morfologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniq taqsimlanish ko‘zga tashlanadi. Darvozabonlarning tana

uzunligi bo‘yicha ustunligi qayd etildi-180,6±3,9 (p<0,05). Tana massasi bo‘yicha yanada aniq

farqlar kuzatiladi. Katta vazn darvozabonlarda qayd etildi - 75,8±4,9 kg (p<0,05). Boshqa o‘yinchi

lar bilan solishtirganda xujumchilarning tana massasi ancha past ko‘rsatkichga ega-62,9±3,9


background image



171

m(p<0,05). Ximoyachilar va darvozabonlar bir- biridan ishonchli farq qilmagan holda yarim

ximoyachilar va xujumchilardan ancha farq qilishda (p<0,05).

1-jadval

Superliga jamoalarining 18-19 yoshli futbolchilari jismoniy tayyorgarligi

ko‘rsatkichlari (K±M) (n=280)

Ko‘rsatkichlar

Amplua

Darvozabon

lar

(n =28)

Himoyachi

lar

(n =84)

Yarim

himoyachilar

(n = 112)

Hujumchilar

(n = 56)

Tana uzunligi, sm 180,6±3,9

179,4±4,6

177,6±8,8

173,7±6,6

Tana vazni, kg

75,8±4,9

71,3±4,8

65,4±3,6

62,9±3,9

PWC170,

kgm/daq.

1018±117

1117±107

1235±96

1022±134

PWC170/vazin,

kgm/daq./kg

13,8±1,4

16,7±1,2

19,1±1,0

16,2±1,7

KMO‘, l/daq.

2,07±0,20

2,33±0,18

2,07±0,20

2,18±0,23

KMO‘\vazni,

ml/daq./kg

39,5±2,2

41,5±1,9

43,7±1,6

40,2±3,7

AAB

(kmo‘ga nisbatan

%)

69,5

71,3

78,4

69,7

Jismoniy ishchanlik qobiliyatining nisbiy kattaligi (PWC

170

/vazn) boshqa chiziq

o‘yinchilariga nisbatan yarim himoyachilarda (10,1±1,0 kgm/daq/ kg) ishonchli yuqori (p<0,05).

Organizm aerob ish unumdorligining mutloq ko‘rsatkichlari (KMO‘) yarim himoyachilar

(2,07±0,20l/daq) va himoyachilarda (2,38±0,18l/daq) statistik kamroq.

18-19 yoshli futbolchilarda ularning ampulalarini inobatga olgan holda aniqlangan

parametrlar darajasidagi kam sonli farqlar, asosan, ularning jismoniy rivojlanish darajasiga

bog‘liq. Hujumchilarda umumiy jismoniy ishchanlik qobiliyatining past darajasi tana vazni va

uzunligining eng kam o‘lchamlari bilan bog‘liq. Ayni paytda, agar PWC 170 nisbiy katoliklarini

qarab chiqsak xujumchilarda bu kattalik (1022±134 kgm/daq) darvozabonlarning

(1018±117kgm/daq) shunday ko‘rsatkichlariga deyarli teng. Xuddi shuni aerob ish unumdorligi


background image



172

to‘g‘risida ham aytish mumkin: KMO‘ning mutlaq kattaliklari xar-hil ampuladagi 18-19 yoshli

futbolchilarda ishonchli farq qilmaydi, faqat xujimchilar bundan mustasno, ayni paytda

darvozabonlarning KMO‘ nisbiy ko‘rsatkichlari (ular ishonchli katta vaznga ega) barcha o‘yindagi

barcha ixtisosliklar orasida eng past bo‘lib chiqdi.

Kislorodni maksimal o‘zlashtirish (KMO‘) ishlayotgan muskulatura massasiga va kislorod

tashish tizimi holatiga bog‘liq hamda umumiy jismoniy ishchanlik qobiliyatini aks ettiradi

(insonning jismoniy tayyorgarligi darajasi o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liq) (58).

Tadqiqotlar natijalari shunday xulosaga kelishiga imkon beradiki, o‘yin ixtisosligi

tayyorgarlikning oxirgi bosqichlarida; 15 yoshdan boshlab, o‘yin ampulasi ochiq-oydin

aniqlangan paytda futbolchilarning funksional tayyorgarligi tuzilmasiga jiddiy ta’sir qiladi.

Ma’lumki, energiya ta’minoti aerob tizimining ekstrimal moslashuvchanligiga ish shiddati

anaerob almashinuv ostonasidan yuqoriroq bo‘lganda erishiladi. Shuning uchun yuklamaning

kislorod ta’minotining futbol uchun eng muhim ta’sirlaridan biri AAB hisoblanadi (105).

Tahlilining ko‘rsatishicha, AAB kattaligi o‘rtacha 72,2% ni tashkil etdi, yuqori malakali

futbolchilarda u YQS maks. 90%ga teng. Aniqlanishicha, 76% futbolchilar past darajaga ega va

24% futbolchida o‘rtacha AAB.

Yurak hajmini oshirish uchun maksimal zarb hajmiga mos tomir urishida olib boriladigan

uzoq muddatli mashg‘ulotlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich individual, odatda, zarb hajmi

tomirurishi 100 da keskin oshishni boshlaydi, 120 da kuchli ortadi, ayrim futbolchilarda tomir

urishi 150 gacha o‘sadi. Maksimo zarb hajmiga uzoq muddatli mashg‘ulot bu - shartli aytganda,

yurak uchun “egiluvchanlik” mashqidir. Mushaklar qon xaydaydi va yurak shu qon oqimi bilan

cho‘zilishni boshlaydi. Bunday cho‘zilishning izlari qoladi va yurak asta-sekin hajmiga kengaya

boshlaydi. Uni 2 barobar kattalashtirish mumkin, 35-40%ga kattalashtirish kafolatlangan, chunki

yurak - bu “osilib turuvchi” organ (skelet mushaklaridan farqli ravishda) va oson cho‘ziladi

(122,125).

Shunday qilib, funksional tekshiruv natijalari tahlili shuni aniqlab berdiki, Superliga

jamoalarining 18-19 yoshli ko‘pchilik futbolchilarida maxsus chidamlilik darajasi zamonaviy

talablarga javob bermaydi.

REFERENCES

1.

Антипов А.В., Кулишенко И.В. Развитие специальной выносливости у

высококвалифицированных футболистов в соревновательном периоде годичного


background image



173

тренировочного цикла //Теория и практика физической культуры. - 2017. - № 7. с. 71-

73.

2.

Зациорский В.М. Физические качества спортсмена. Основы теории и методики

воспитания. - М.: Спорт, 2019. – 201 с.

3.

Селуянов В.Н. Физическая подготовка футболистов. Уч.-методич. пособие / В.Н.

Селуянов, С.К. Сарсания, К.С. Сарсания. -2-е изд. – М.: ТВТ Дивизион, 2006. – 192с.

References

Антипов А.В., Кулишенко И.В. Развитие специальной выносливости у высококвалифицированных футболистов в соревновательном периоде годичного тренировочного цикла //Теория и практика физической культуры. - 2017. - № 7. с. 71-73.

Зациорский В.М. Физические качества спортсмена. Основы теории и методики воспитания. - М.: Спорт, 2019. – 201 с.

Селуянов В.Н. Физическая подготовка футболистов. Уч.-методич. пособие / В.Н. Селуянов, С.К. Сарсания, К.С. Сарсания. -2-е изд. – М.: ТВТ Дивизион, 2006. – 192с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов