THE AMOUNT OF NUTRIENTS IN THE SOIL AND THE INFLUENCE OF ORGANIC FERTILIZERS ON PLANTS

HAC
Google Scholar
To share
Xayrullayev, S., Hayitov, S., & Umarov, A. (2023). THE AMOUNT OF NUTRIENTS IN THE SOIL AND THE INFLUENCE OF ORGANIC FERTILIZERS ON PLANTS. Modern Science and Research, 2(10), 680–684. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24662
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, organic fertilizers have a complex effect on the soil and have a positive effect on the growth, development and productivity of crops, including cotton. However, in order to increase their efficiency, organic fertilizers, including half-rotted cattle manure, should be studied individually in each soil-climate condition and agricultural crop. The main role in this is played by the state of soil fertility. The main substance determining soil fertility is humus. The higher the quantity and quality of humus, the higher the productivity. However, according to most scientists, the amount of humus in the soil has been significantly decreasing over the last 30-50 years. One of the main reasons for this process is the lack of organic fertilizers in agriculture.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

680

UDK: 635.

ORGANIK O’G’ITLARNING TUPROQDAGI OZIQ MODDALAR MIQDORI

VA O’SIMLIKLARGA TA’SIRI

Xayrullayev Sardor Shamsiddin o'g'li

Toshkent davlat agrar universiteti doktaranti

Hayitov Sirojiddin Akbar oʻgʻli

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

hayitovsirojiddin123@gmail.com

Asilbek Umarov Alisher oʻgʻli

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

asilbekumarov153@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10031769

Annotatsiya.

Bugungi kunda Organik o’g’itlar tuproqqa kompleks ta’sir ko’rsatib ekinlar,

jumladan g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin ularni
samaradoligini oshirish uchun organik o’g’itlar jumladan yarim chirigan qoramol go’ngi har bir
tuproq –iqlim sharoitida va qishoq xo’jalik ekinida alohida har tomonlama o’rganilishi kerak.
Bunda asosiy rolni tuproq unumdorligining holati o’ynaydi. Tuproq unumdorligini belgilovchi
asosiy modda gumus hisoblanadi. Gumus miqdori va sifati qancha yuqori bo’lsa unumdorlik ham
baland bo’ladi. Lekin, ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, oxirgi 30-50 yil ichida tuproqda
gumus miqdori sezilarli kamayib bomoqda. Bu jarayonning asosiy sabablaridan biri qishloq
xo’jaligida organik o’g’itlarning yetishmasligi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Organik o’g’itlarning gung,chala chirigan, tula chirigan tuproqdagi oziq

miqdori miqdori va o’simliklar o’sishiga samarasi.

THE AMOUNT OF NUTRIENTS IN THE SOIL AND THE INFLUENCE OF

ORGANIC FERTILIZERS ON PLANTS

Abstract.

Today, organic fertilizers have a complex effect on the soil and have a positive

effect on the growth, development and productivity of crops, including cotton. However, in order
to increase their efficiency, organic fertilizers, including half-rotted cattle manure, should be
studied individually in each soil-climate condition and agricultural crop. The main role in this is
played by the state of soil fertility. The main substance determining soil fertility is humus. The
higher the quantity and quality of humus, the higher the productivity. However, according to most
scientists, the amount of humus in the soil has been significantly decreasing over the last 30-50
years. One of the main reasons for this process is the lack of organic fertilizers in agriculture.

Key words:

Effect of organic fertilizers on nutrient content and plant growth in humus, pre-

rotted and well-rotted soil.

КОЛИЧЕСТВО ПИТАТЕЛЬНЫХ ВЕЩЕСТВ В ПОЧВЕ И ВЛИЯНИЕ

ОРГАНИЧЕСКИХ УДОБРЕНИЙ НА РАСТЕНИЯ

Аннотация.

Сегодня органические удобрения комплексно воздействуют на почву и

положительно влияют на рост, развитие и продуктивность сельскохозяйственных
культур, в том числе хлопка. Но для повышения их эффективности органические
удобрения, в том числе полуперепревший навоз крупного рогатого скота, следует изучать
индивидуально для каждого почвенно-климатического условия и сельскохозяйственной


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

681

культуры. Главную роль в этом играет состояние плодородия почвы. Основным
веществом, определяющим плодородие почвы, является гумус. Чем выше количество и
качество гумуса, тем выше урожайность. Однако, по мнению большинства ученых,
количество гумуса в почве за последние 30-50 лет значительно уменьшилось. Одной из
основных причин этого процесса является недостаток органических удобрений в сельском
хозяйстве.

Ключевые слова:

Влияние органических удобрений на содержание питательных

веществ и рост растений в перегнойной, предварительно перепревшей и хорошо
перепревшей почве.

Kirish.

Organik o’g’itlar tuproq unumdorligiga keskin ta’sir ko’rsatadi va bunda

tuproqning asosiy moddasi bo’lgan gumus miqdori sezilarli ortadi. Uzoq vaqt davomida (125 yil)
har yil mineral o’g’itlarni qo’llash (N 48 P 48 K 48) gumus miqdorini boshlang’ich darajasida
ushlab turadi. Birinchi 20 yilda organik o’g’itlarni qo’llash gumus miqdorini 1,2 % dan 2 % gacha
oshirdi, lekin keyingi 100 yilda organik o’g’itlarni qo’llamaslik gumus miqdorini 2,0 % dan 1,6 %
ga kamaytirib yubordi. Organik o’g’itlarni muntazam 125 yil davomida qo’llash tuproqdagi
gumus miqdorini 3 barobar oshirdi. (A. Johnston, 1982). Organik o’g’it sifatida go’ng, parranda
qiyi xazon, uglegumin o’g’iti, bentonet, daladan chiqarib tashlangan va chiritilgan begona o’tlarni
qo’shish mumkin. Organik o’g’itlar tuproq unumdorligiga va ekinlar hosildorligiga beqiyos katta
ahamiyatga ega. Organik o’g’itlarning tuproqning biologik aktivligini oshiradi.

Go’ngni kompostlaganda nafaqat begona o’t urug’lari yo’qoladi. Turli xil kasalliklarni

kamayishiga va hosildorlikni oshishiga xizmat qiladi. Yaxshi chirigan go’ng va kompostlarni
ko’zgi shudgor ostiga qo’llashdan tashqari bahorda chizillash oldidan berish ham muhim
ahamiyatga ega. Bu tuproq mikrobiologik faolligini yaxshilaydi, tuproq naligi va yumshoqligini
ham oshiradi, qaqaloqni salbiy ta’sirini pasaytiradi hamda chigitni tez unib chiqishini va nihollar
yaxshi jadal rivojlanishiga yordam beradi. Organik o’g’itlar me’yori 20 t/ga dan 40 t/ga
miqdorgacha oshirilganda ularning azot miqdoriga ijobiy ta’siri yanada ortdi. Yarim chirigan
qoramol go’ngiga nisbatan turli xil chiqindilardan tayyorlangan tayyorlangan kompostlar
ammoniy va nitrat shaklidagi azotga kuchliroq ta’sir ko’rsatdi.

Bu kompost tarkibida nisbatan azot miqdorining yuqoriligi famda fosfogips mavjudligi

bilan tushuntiriladi. Chunki fosfogips magniy karbonatli shurlangan o’tloq tuproqlarning tuproq
singdirish kompleksini kalsiy kationi bilan boyitib ularning meliorativ holatini yaxshilaydi bu esa
o’z navbatida tuproqning tabiiy agrokimyoviy xossalarini sezilarli yaxshilaydi. O’zbekiston
Respublikasi har xil tuproq tiplarida o’tkazilgan tadqiqodlarni mineral va organik o’g’itlarni
muntazam qo’llash gumus miqdorini oshiradi. Defisetsiz gumus balansiga erishish uchun har bir
gektar yerga 18 t go’ng qo’llash kerak (D.S.Sattorov, A.E.Ergashov, 1989).

O’tloq-bo’z tuproqlarda almashlab ekishda 32 yil moboynida go’ngsh va mineral

o’g’itlarni qo’llash natijasida gumus va yalpi azot miqdori ortishi kuzatildi (D.A.Akimaliyev,
V.M.Zoloyev, 1995). Har yili organik o’g’itlar qo’llanilgan tuproqlarda harakatchan shakldagi
og’ir metallar miqdorining kamayishi ularni adsorbsiyalanishi va singdirilgan holatda ushlanib
turilishi bilan bog’liq. Bundan tashqari organik o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi gumus miqdorini
oshiradi. Organik o’g’itlar mustaqil ravishda ham og’ir metallarni singdirilgan holatda ushlab


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

682

turishi va ularning harakatchanligini kamaytirishi mumkin. Organik o’g’itlarni gektariga 30 t/ga
dozada solish va xuddi shu dozada go’ngni NPK bilan birga qo’llash og’ir metallar miqdorini
keskin kamaytiradi. (I.N.Bobobekov, 2017).

Aniqlanishicha organik o’g’itlarni torf asosida qo’llash somonli go’nga nisbatan gumus

miqdorini 15-20 % ga oshiradi (A.I.Jukov, P.D.Popov, 1988). Chim podzol tuproqlarda go’ngni
100, 200 t-ga dozada qo’llash gumus miqdorini oshiradi. 50 t/ga dozadagi go’ng stabil holdagi
defisitsiz gumus balansini ta’minlay olmadi (S.S.Sdobnikov, O.V.Yabangen, 1990).

ORGANIK O’G’ITLAR G’O’ZA O’SIMLIGIGA ASOSIY POYASI

BALANDLIGI VA BARG SONIGA TA’SIRI

T

t/r

Variant
lar

G’o’zao’simligida asosiy

poyasining balandligi, sm

Barg soni, dona

15.05

1.06

1.07

1.08

1.09

15.05

1.06

1.07

1

O’g’itsiz
(nazorat)

3,3

11,8

37,7

50,04

68,6

1,4

3,8

9,8

2

30

t/ga

tovuq
gungi

8,3

19,7

44,8

78,6

91,5

2,0

7,1

16,5

3

30 t/ga
go’ng

7,0

13,1

41,3

70,5

81,5

2,0

4,3

12,5

G’o’za o’simligining o’sishi bilan birga bitta o’simlikdagi barglar soni ham muhim

ko’rsatkich hisoblanadi. Chunki fotosintez jarayoni, ya’ni organik va quruq modda hosil bo’lishi
barglar soni va yuzasiga bog’liq bo’ladi. Organik o’g’itlar qo’llanilmaganda g’o’za tabiiy oziq
moddalar bilan oziqlanib o’sganda barglar soni ancha kam bo’lishi aniqlandi. Shunday bulsada
iyul oyida barglar soni sekin shakllandi. O’g’it berilmagan nazorat variantida bitta o’simlikdagi
barg soni dinamikasi sekin o’zgardi. Tovuq gungi g’o’za o’simligida barglar soni dastlabki
rivojlanish fazalarida jadal ko’paygan bo’lsada, lekin yarim chirigan qoramol go’ngi qo’llanilgan
variantlarda keyingi rivojlanish fazalarida mineral o’g’itlarga nisbatan barg soni biroz kuchliroq
ortdi. Organik o’g’itlar jumladan 30 t/ga me’yorda yarim chirigan go’ng qo’llanilganda bitta
g’o’za o’simligidagi barg soni sezilarli ortdi. Demak, organik o’g’itlar qo’llanilganda tuproqda
oziq moddalar miqdorini ortishi g’o’za o’simligida barg hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Tadqiqot uslubiyati.

Organik o’g’itlarning sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar

agrokimyoviy xossalariga hamda g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va mahsulot
sifatiga ta’sirini o’rganishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish
kerak bo’ladi.

-

Organik o’g’itlarning sug’oriladigan tipik-bo’z tuproqlar agrofizik xossa siga ta’sirini

aniqlash.

-

Organik o’g’itlarning tuproq kimyoviy va agrokimyoviy xossalariga ta’sirini o’rganish.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

683

-

Organik o’g’itlarning g’o’zaning oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil

sifatiga ta’sirini o’rganish.

-

O’g’itlardagi oziq moddalarning o’zlashtirilish darajasi va ularni tuproqdan olib chiqib

ketilishini tadqiqot qilish.

- Organik o’g’itoarni qo’llashning paxta yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

Tadqiqot natijalar va ularning tahlili.

Tuproqda harakatchan oziq moddalarning bo’lishi

o’simliklarning yaxshi o’sib rivojlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuproqqa organik
o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi nitratli va ammoniyli azot (miqdorini butun g’o’za o’suv davrida
ishonarli oshiradi. Umuman olganda, tajriba dalasi tuprog’ida ammoniy shakldagi azot miqdoriga
nisbatan nitrat shakldagi azot miqdori sezilarli yuqori bo’lishi aniqlandi. Bu esa tuproqda
ammonifikasiyaga nisbatan nitrifikasiya jarayoni kuchli borishini ko’rsatadi. Chunki tuproqda
ammoniyning miqdori juda katta konsentrasiyaga yetsa, u tirik organizmlar, jumladan
miroorganizmlar uchun xavfli hisoblanadi.

Organik o’g’itlarni qo’llash natijasida tuproqda mineral azot miqdori ham ammoniy, ham

nitrat hisobiga sezilarli ravishda ortdi. Erta bahorda va o’suv davri boshlarida tuproqdagi mineral
azot miqdoriga organik o’g’itlar, azotli o’g’itlar qo’llanilishi bilan o’suv davri oxirida yana
organik o’g’itlar kuchli ta’sir ko’rsatdi. Mineral o’g’itlarning ta’siri qisqa vaqt davom etgan bo’lsa,
organik o’g’itlar mineral azot miqdoriga uzoq muddatli ta’sirga ega bo’ldi. Bu holat ham
ammoniyli azot, ham nitratli azot hisobiga birday amalga oshdi.

Demak, organik o’g’itlarni jumladan yarim chirigan qoramol go’ngi hamda tovuq go’ngini

qo’llash tuproqdagi mineral azot miqdorini sezilarli oshiradi. Umuman olganda, tovuq go’ngi va
yarim chirigan qoramol go’ngi tuproqning azot rejimiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni
kuchaytiradi. Bunda qoramol go’ngiga nisbatan tovuq go’ngi kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Tuproqdagi yana muhim oziq moddalardan biri harakatchan fosfor hisoblanadi.

Tuproqning fosfor rejimi tuproqning unumdorligini belgilashda ham muhim rol uo’naydi.
Tuproqda fosfatlarning harakatchan holga o’tishi juda sekin kechadi. Fosfatlar tuproqda azotga
nisbatan kam harakatchan bo’ladi. Organik o’g’itlar qo’llanilgandan keyin tuproq oziq rejimining
muqobillashishi, g’o’za oziqlanishini kuchayishi natijasida g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi
jadallashdi. Demak go’ng qo’llash natijasida tuproq unumdorligi, jumladan harakatchan oziq
moddalar miqdori ortishi g’o’za o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’g’it berilmagan
nazorat variantida ko’saklar soni dinamikasi sekin o’zgardi.

Ushbu variantda g’o’zaning o’sish jadalligi, ko’saklarni hosil bo’lishi ham kuchsiz

namoyon bo’ldi. Organik o’g’itlarni qo’llash natijasida g’o’zaning o’sishi sezilarli darajada
kuchaydi. Bu ayniqsa tovuq go’ngi tarkibida azotning ko’pligi bilan tushuntiriladi. Tovuq go’ngini
yarim chirigan qoramol go’ngiga nisbatan g’o’zada ko’sak hosil bo’lishiga ta’siri kuchli bo’ldi.
Masalan, o’g’itsiz nazoratda bitta o’simlikdagi ko’saklar soni 1-avgust sanasida 6,5 ta, 1-sentyabr
sanada 11,4 ta bo’lgan bo’lsa, 30 t/ga tovuq go’ngi qo’llanilgan variantda yuqoridagiga mos
ravishda 10,1; 17,2 ta, 30 t/ga yarim chirigan qoramol go’ngi qo’llanilgan variantda tegishlicha
7,8; 14,0 ta bulishi kuzatildi

Xulosalar.

Organik o’g’it sifatida qo’llanilgan tovuq go’ngi va yarim chirigan qoramol go’ngi

tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini-ammoniy shaklidagi azot, nitrat shaklidagi azot,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

684

mineral azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kalliy miqdorini butun o’suv davri davomida
nazoratga nisbatan barqaror oshirib boradi. Bu holat har ikala organik o’g’it qo’llanilganida ham
kuzatiladi.

Organik o’g’itlarni 30 t/ga me’yorida qo’llash g’o’zaning o’sishi rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko’rsatadi. Bunda nazoratga nisbatan g’o’za o’simligining bo’yi, barg soni, simpodial shoxlar soni,
shona soni, gul soni va ko’saklar sonini sezilarli oshiradi.

REFERENCES

1.

Satarov D.S. Paxta tolasi hosilining nav-tuproq-o’g’it sistemasiga bog’liqligi // J.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 1980, №

2.

Sattarov D.S., Xoliqulov Sh., Toshmatov N.E. – Ftor v otxodax, ispolzuyemыx v selskom
xozyaystve v kachestve udobreniy. // Tezisы dokl. soveщ. «Zagryazneniye pochv i puti yego
predotvraщyeniya». Tashkent., 1992. s.51.

3.

Tashko’ziyev M.M., Sherbekov A.N. Rezultatы issledovaniy, naprovlenыye na razrabotku
agrotexnologiy obogaщyeniya pochvы organicheskim veshestvom. // Yer resurslaridan
samarali foydalanish muammolari. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari. 2007 y., 11-12
sentyabr. Toshkent, 2007. 66-70 b.

References

Satarov D.S. Paxta tolasi hosilining nav-tuproq-o’g’it sistemasiga bog’liqligi // J. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. 1980, №

Sattarov D.S., Xoliqulov Sh., Toshmatov N.E. – Ftor v otxodax, ispolzuyemыx v selskom xozyaystve v kachestve udobreniy. // Tezisы dokl. soveщ. «Zagryazneniye pochv i puti yego predotvraщyeniya». Tashkent. 1992. s.51.

Tashko’ziyev M.M., Sherbekov A.N. Rezultatы issledovaniy, naprovlenыye na razrabotku agrotexnologiy obogaщyeniya pochvы organicheskim veshestvom. // Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari. 2007 y., 11-12 sentyabr. Toshkent, 2007. 66-70 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов