Fizika Kursini Muammoli O‘qitish Metodologiyasi

HAC
Google Scholar
To share
Rasulova , M., & Mirtadjiyev, F. (2024). Fizika Kursini Muammoli O‘qitish Metodologiyasi. Modern Science and Research, 3(1), 1–2. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27954
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada muammoli o‘qitish nazariyasining asosiy tushunchalari, muammoli o‘qitishni tashkil etishning didaktik va psixologik asoslari ko‘rsatib o‘tilgan.

Similar Articles


background image

Fizika Kursini Muammoli O‘qitish Metodologiyasi


Rasulova Muharram, Mirtadjiyev Farruh

Toshkent amaliy fanlar universiteti, O‘zbekiston, Toshkent 100149, Gavhar ko‘chasi, 1

https://doi.org/10.5281/zenodo.10442755

Kalit so‘zlar:

Dialektika, muammoli holat tizimi, intensifikatsiyasi prinsiplari, innovatsion texnologiyalar.

Annotatsiya:

Maqolada muammoli o‘qitish nazariyasining asosiy tushunchalari, muammoli o‘qitishni tashkil
etishning didaktik va psixologik asoslari ko‘rsatib o‘tilgan.





Amaliyotda muammoli o‘qitishni tashkillashtirishda
birinchi yechilishi kerak bo‘lgan masala-muammoli
holatlarni qanday qilib yaratish masalasidir. Uni
yechishda pedagog muammoli holatlarda vazifani
bajarish zaruriyati va mavjud bilimlar yordamida buni
amalga oshirish orasidagi dialektik qarama-qarshilik
qanchalik yorqin namoyon bo‘lsa u shunchalik keskin
muammoli bo‘lishini esda tutish kerak. Aytilganlardan
muammoli holatlarni yaratish uchun subyektning real
qarama-qarshilikni

ko‘rishga yordam beruvchi

anglash obyekti bilan o‘zaro ta’sirini maqsadga
muvofiq tarzda tashkillashtirish kerak. Buni o‘quv
anglashda turli usullar bilan amalga oshirish mumkin.
Masalan,

ilmiy

bilishda

o‘rinli

bo‘lgan

kelishmovchilik holatlarini qo‘llash. Bunday holatlar
fanning rivojlanish tarixida har gal yangi dallillar
o‘rgatilgan tasavvurlar bilan qarama-qarshi bo‘lganida
yuzaga kelgan: Galiley eksperimentlarning natijalarini
Aristotelning harakat harakteri haqidagi tasdiqlari
bilan; issiqlikning kinetik tabiati haqidagi bilimlarni
issiqlik sig‘imi gipotezasi tarafdorlarining fikrlari
bilan; yaqindan ta’sir va masofadan ta’sir nazariyasi
tarafdorlari muhokamasi, tabiatda uzluksizlik va
diskretliligi konsepsiyasi kurashi; yorug‘lik tabiati
haqidagi to‘lqin va korpuskulyar tasavvurlar.
Ko‘rilayotgan masalani muhokama qilishning ma’lum
o‘rganilayotgan nuqtai nazarini yuzaga keltirib,
pedagog muammoli holatni hosil qilishi va ularni
izlash faoliyatini tashkillashtirish mumkin. Bunday
muammoli holatlarni yechishda mustaqillik darajasi
o‘rganilayotgan material harakteriga va dastlabki
bilimlarning mavjudligiga bog‘liq.
Xuddi shunday, yorug‘lik taiatiga qarashlarning
rivojlanish tarixini ko‘rib chiqishda muammoli
holatlar tizimini qo‘yish va yechishda asosiy ta’sir
etuvchi shaxs pedagog bo‘lishi mumkin. Bilim
olayotganlarni ilmiy isbotlovchi izlab fikrlash
atmosferasiga kiritib, u yorug‘lik tabiati haqidagi
tasavvurlar evolyutsiyasini ochadi, turli xil tarixiy
dalillarni

yagona

mantiqiy

tuzilmaga

birlashtiradi.Ushbu usulning maqsadi, bir tomondan,
anglash qiziqishini uyg‘otish, ikkinchi tomondan esa
fan tarixida o‘ringa ega bo‘lgan ilmiy muammolarni
yechish namunalarini namoyish etishdir.

Hayot tajribasining ilmiy bilimlar bilan to‘qnashish
intensivi aqliy faoliyatni yuzaga keltiradi. Xuddi
shunday, hayot tajribasi asosida talabalar suyuqlikning
natijaviy hajmi dastlabki hajmlar yig‘indisiga teng
bo‘lishini yaxshi bilib oldilar. Ushbu bilimlarni,
modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumotlarga
bag‘ishlangan dars boshida, faollashtirib, o‘qituvchi
suv va spirtning aralashishida hajmning kamayishini
ma’lum tajriba bilan namoyish etadi. Dastlabki
hajmlar yig‘indisining aralashma hajmi bilan mos
kelmasligi talabalarni hayratga soladi, ularning hayot
tasavvurlari va tajriba natijasi orasidagi qarama-
qarshilik yuzaga keladi, muammoli holat hosil bo‘ladi.
Muammoli holatning yuzaga kelishi sababi oldin
olingan

bilimlar

va

yangi

dalillar

orasidagi

nomunosiblik

bo‘lishi

mumkin.

O‘tkazgich

qarshiligining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish boshida
talabalarga

cho‘g‘lanma

lampa

volt-amper

harakteristikasini olish taklif etiladi. Avval olingan
bilimlarga asosan (Zanjirning bir qismi uchun Om
qonuni) ular tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishga
to‘g‘ri proporsional bog‘liq bo‘lishni kutadilar.
Tajriba buni tasdiqlamaydi. Olingan bilimlar va yangi
faktlar orasidagi qarshilik mavjudligi ko‘rinib turibdi,
buni tushuntirish uchun esa yangi bilimlar zarur.
Muammoli holatlar yana harakatning ma’lum va talab
etilgan usullari mos kelmaganida ham yuzaga keladi.
Pedagoglar bunday holatlarni bilim oluvchilar
o‘zlarining

bilimlari

yetarli

emasligi

bilan

to‘qnashishlari uchun tashkil etadilar. Bunday
dalillarni

anglash

yangi

bilimlarni

bilishga

qiziqishlarini yuzaga keltirib, yangi bilimlar izlashga
undaydi. Masalan, talabalar dinamometr yordamida
ponacha

sirpanish

ishqalanish

koeffitsiyentini

aniqlashni o‘rganganlaridan keyin ularga gorizontal
stolda

ponachaning

sirpanish

ishqalanish

koeffitsiyentini faqat chizg‘ichga tayanib aniqlashni
taklif etish foydalidir. Gipotezalarni ilgari surishda
talabalarning tashabbuslarini bog‘lab, o‘qituvchi
ularning har birini quyidagi rejada to‘xtaguniga qadar
faol muhokama qiladi:
Ponachaning vertikal qirrasida momenti aylanish
o‘qiga

nisbatan

ponachaning

og‘irlik

kuchi

momentiga teng bo‘lgan sirpanish ishqalanish kuchiga
teng kuch qo‘yiladigan nuqtani toppish kerak.


background image

Muammoli holatlarni yaratish uchun talabalarning xos
xatoliklarini qo‘llash mumkin. Ko‘pgina talabalar jism
suvga tushirilganida uning og‘irligi kamayadi deb
hisoblaydilar. Shuni hisobga olgan holda Arximed
kuchini o‘rganishda birinchi qarashda shu fikrni
tasdiqlayotgandek bo‘lgan tajribaga yuzlanadi.
Dinamometr ilmog‘i uchiga ilingan jism suyuqlikka
tushirilganida dinamometrning ko‘rsatkichi yuk stol
sirtiga tekkanida ham namoyishi ko‘rsatiladi. Holat
talabalarni hayratga soladi. [1]
Mustaqil masala tuzish talabalar bilish faoliyatlarini
oshirish vositasi kabidir.
Talabalar o‘quv faoliyatlari atrof dunyo haqidagi
yangi bilimlarga ega bo‘lish bilangina harakterlanib
qolmay, fizikani o‘qitish jarayonida bilim beruvchi
masalalarni yechish usuli bo‘la oladigan yangi
mantiqiy va fikrlash operatsiyalarini bilish bilan ham
harakterlanadi.
Biroq o‘quv- tarbiya jarayonini har tomonlama analiz
qilish talabalarni fizika bo‘yicha mavjud bilimlarga
muvzaffaqiyatli ega bo‘lishlari bilan bir vaqtda
fikrlashni rivojlantirishning yangi yondashuvlari va
usullarini egallashda ancha orqada qolmoqdalar.Shu
munosabat bilan psixolog-pedagogik fanlarda va
amaliyotda

talabalarning

bilish

imkoniyatlarini

rivojlantirish,

ularning

mustaqil

izlanish-ijodiy

faoliyatlari psixologik mexanizmini namoyon etish va
o‘rganishga,

o‘qitishning

intensifikatsiyasi

prinsiplarida tuzilgan yangi texnologiyalarini yaratish
yo‘nalishda o‘rta fizik ta’limni qayta qurishga bo‘lgan
talablarga mos holda, usullari, vositalari va shakllarini
keltirish, masalalariga kata e’tibor qaratilmoqda.
Fizikada rivojlanayotgan bilim berishi g‘oyalarini
amalga oshirishda muammoli ma’ruza darslar,
seminar disputlar va konferensiyalar kata darajada
javob beradi.
Fizika bo‘yicha muammoli tuzilgan ma’ruza – bu
shunchaki, gipotezani izlash borasida o‘qituvchi
tomonidan, bir yoki bir necha o‘rganilayotgan fizik
muammolarni, bilimdonlik bilan qo‘llash, ilmiy
haqiqatga harajat usullari, vositalari nostatsionar
yondashuvlar, turli nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqish va
muhokama qilish asosida, ko‘rib chiqishdir. Ma’ruza
darsida muammoli izlanishni o‘qituvchi olib boradi,
bunda u muammoli o‘qitish usullaridan birini-
muhokama qiluvchi yoki isbotlab bayon etuvchi
usulni qo‘llaydi, darsni ochiq olib boradi, bunda u sinf
oldiga o‘ralgan javoblarni ovoz chiqarib berishni talab
etmaydigan, biroq talabalarda muhokama qilinayotgan
muammo ustida fikr yuritishga talab etuvchi evristik
masalalarni qo‘ygan tarzda sinfga yuzlanadi.
O‘qituvchi tomonidan yaratilgan muammoli holatlar
sharoitida bayon etish mantiqini kuzata borib fandagi
qarama-qarshiliklarni aniqlash yo‘li yoki bilish
jarayoni bilan talabalar fizikada ilmiy bilishning
asosiy bosqichlarini o‘rganadilar , o‘qituvchi bayon
etganlarini tushunishga harakat qiladilar. Bunda
ularda xususiy savollari yuzaga keladi. Ularning
talabalar tomonidan ta’riflanishi o‘qituvchiga bilim
olayotganlarning tushunish va o‘quv materialini bilib
olishlari darajalari haqida xulosa qilish imkonini
beradi. [3]

Biroq biz olib borgan izlanishlarimiz fizika
o‘qituvchilarining katta qismi fan va bilish
jarayonining

qarama-qarshiligini

aniqlovchi,

talabalarda

mustaqil

muammoli

aniqlovchi,

talabalarda mustaqil muammoli masalalarni tuzishga
qiziqish va zaruriyatlarini yuzaga keltirishga imkon
beradigan qilib ma’ruza materiallari tuzilmasini qayta
tuzishda qiynalyotganliklari haqida dalolat beradi.
Muammoli holatlarni psixologlar o‘quv izlanuvchan-
ijodiy masalalarni yechish borasida yuzaga keluvchi
ma’lum psixik holat kabi qaraydilar, talabalarni uni
yechishga

qaratish

mexanizmi

esa

bilish

zaruriyatining yuzaga kelishidan iborat bo‘lib, uning
asosida ijodiy faollik uni qoniqtirish vositasi kabi
shakllanib, bilishga qiziqish esa faollik motivi kabi
shakllanadi.
Shunday qilib, o‘qitishning muammoli usullari va
yondashuvlarini qo‘llagan holda ma’ruzali bayon etish
jarayonida talabalarni samarali va natijaviy
faoliyatlarini ta’minlovchi muhim pedagogic shart, bu
ularning

bilish

qiiziqishlari

va

talablarini

rivojlantirishi bo‘lib, bu talabalarni muammoli
masalalarini qo‘yishda ishtiroklariga olib keladi.
Talabaning savoli – uning faoliyatga bilish faolligi,
uning aniq muammoga chorlashi.
Masalaning shakllanish sifati to‘liq javobni
konstruksiyalash uchun bajariishi zarur bo‘lgan
fikrlash operatsiyalari harakteri bilan aniqlanadi. Shu
nuqtai nazardan bu quyidagicha tur masalalarni
ajratamiz:
tushuncha

mazmunini

hodisaning

harakterli

belgilarini ko‘rsatuvchi;
hodisa sabablari tufayli bog‘lanishlar o‘rnatilishi
ko‘rsatkichlariga ega;
fizika kursining turli mavzularida (bo‘limlarida)
o‘rganiladigan hodisalar orasidagi sababni – natijaviy
bog‘lanishlarga e’tiborni qaratuvchi;
fikriy eksperimentlar o‘tkazishni talab etuvchi;
ma’lum masalalar, xulosalar, formulalarni yechish
uchun yangi yo‘llarni izlashni faollashtiruvchi
fanlararo bog‘liqlikni ifoda etuvchi;
noto‘g‘ri va xato savollar.
Ta’limda innavatsion texnologiyalarni guruhning
o‘rtacha bilimlarini, qiziqishlarini hisobga olgan holda
qo‘llash lozim. Bunday jarayonda talabalarning
qobiliyati rivojlanadi, fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi,
bahslashish madaniyati shakllanadi, xotiralarining
rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Бабанский,

Ю.К.

Проблемы

повышения

эффективности

педагогических

исследований.

Дидактический аспект/ Ю.К. Бабанский. – М.:
Педагогика,1982. – 192 с.

2.

Минин М.Г., Беломестнова Э.Н., Бенсон Г.Ф.,

Паканова

В.С.

Педагогическая

подготовка

преподавателя инженерного вуза // Высшее образование
в России. – 2014. – № 4. – С. 20-27.

3.

Полат Е.С., Бухаркина М.Ю. Современные

педагогические и информационные технологии в
системе образования: учеб. пособие для студентов
высш. учеб. заведений М.: Издательский центр
«Академия», 2007. 386 с.

References

Бабанский, Ю.К. Проблемы повышения эффективности педагогических исследований. Дидактический аспект/ Ю.К. Бабанский. – М.: Педагогика,1982. – 192 с.

Минин М.Г., Беломестнова Э.Н., Бенсон Г.Ф., Паканова В.С. Педагогическая подготовка преподавателя инженерного вуза // Высшее образование в России. – 2014. – № 4. – С. 20-27.

Полат Е.С., Бухаркина М.Ю. Современные педагогические и информационные технологии в системе образования: учеб. пособие для студентов высш. учеб. заведений М.: Издательский центр «Академия», 2007. 386 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов