ORGANIZING MATHEMATICS TEXTBOOKS FOR PRIMARY CLASS STUDENTS

HAC
Google Scholar
To share
Matsapayeva , N., & Narmetova , M. (2023). ORGANIZING MATHEMATICS TEXTBOOKS FOR PRIMARY CLASS STUDENTS. Modern Science and Research, 2(12), 1162–1165. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27443
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on the problems of elementary school mathematics textbooks.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1162

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKA DARSLIKLARINI

TASHKIL ETISH

Matsapayeva Nafisa Boltabayevna

Narmetova Manzura O‘razmetovna

Xorazm viloyati Gurlan tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar

https://doi.org/10.5281/zenodo.10429424

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darsliklari muammolari

borasida ma’lumotlar beriladi.

Kalit so‘zlar: Didaktik jarayon, ilm-fan yutuqlari, ilg'or texnologiyalardan foydalanish,

matematika didaktikasi.

ORGANIZING MATHEMATICS TEXTBOOKS FOR PRIMARY CLASS

STUDENTS

Abstract. This article provides information on the problems of elementary school

mathematics textbooks.

Key words: Didactic process, scientific achievements, use of advanced technologies,

mathematics didactics.

ОРГАНИЗАЦИЯ УЧЕБНИКОВ МАТЕМАТИКИ ДЛЯ УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье представлена информация о проблемах учебников

математики для начальной школы.

Ключевые слова: Дидактический процесс, научные достижения, использование

передовых технологий, дидактика математики.

Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali

boshqarish va qo’yilgan o’quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi.
Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifat samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv –vaqt
taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni
ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan
tizimdir

Matematika fanidan egallagan kompetensiyalari darajalariga qo‘yiladigan talablar ta’lim

mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
bo‘yicha uzviy bo‘lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta’lim mazmuni va
matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter
(TIMSS)) baholash standartlariga o‘zaro bog‘liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli
shaklda berildi.

Egallangan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib,

deskriptorlar: – har bir darajani to‘liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha
bosqichlarida o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga
olinishi, – O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’limning barcha bosqichlari
bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda
tutiladi. Davlat standartlarining aniq o‘quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1163

ishlab chiqilishi o‘quv fanlarini varianti tanlash asosida o‘quv-metodik majmualar (dastur, o‘quv
rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o‘quv fanlararo
bog‘lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarinig ichki bog‘liqligi va
o‘quv fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik-
matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o‘qitish
metodikasi bo‘yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy
bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan
boshlang‘ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o‘qitish orqali
tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi. Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‘ich sinflar
o‘qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan
holda qaralishi mumkin emas.

Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitish birinchi bosqichdir, ya’ni

bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki
matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang‘ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti)
(boshlang‘ich ta’limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o‘zining
munosib aksini topishi lozim. Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa
sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich
bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va
fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas’ul

davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni
keyinchalik to‘ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining, xususan,
matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o‘qitishning
yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o‘qitishning bolalarning
aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.

Matematikadan boshlang‘ich ta’lim – tarbiyaviy vazifalari nazariy bilimlar tizimi

asosidagina hal etishi mumkin. Bu o‘zicha ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika,
matematikani va matematika fani xususiyatini o‘z ichiga metodologik o‘qitish nazariyasini
(matematika didaktikasi) oldi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o‘zi, har qanday boshqa
faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning
aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli
usullarini tiklash va qo‘llanishini bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga
keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. Ayni shu boshlang‘ich sinflarda
bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun
o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish, ayniqsa
muhimdir.

Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o‘quvchilar mustaqil ish natijasida

xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematikani o‘qitish metodikasida
bajariladigan ishlar orqali egallanadi. Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda
va mashg‘ulotlarning o‘zida o‘qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-
tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu
bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1164

masalaning mazkur o‘quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining o‘qituvchi tez topa olishi uchun
bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi bu xususiyatni hisobga olmaydi. O‘yinda o‘qitish vositasi

sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o‘yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtai
nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqacha
yo‘l bilan o‘rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi. Bolalarni 6-7
yoshdan o‘qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o‘rganish,
qo‘shish va ko‘paytirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (yigirma ichida) boshlang‘ich ta’limning
markaziy vazifasi bo‘lib kelgan va shundoq bo‘lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo‘lib
qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama
tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi va ushbu ikkita asosiy yo‘l bilan belgilanadi:
pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo‘llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va
matematika yo‘li. ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo natural son
va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash.

Bolalarni matematikani o‘rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha

yechimni taqozo etadi. Matematikani “jiddiy” o‘rganish uchun bolalarni partaga o‘tqazishdan
oldin, balki, ular bilan “matematik o‘yin” o‘tkazish lozimdir. Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning o‘zi nimadan
iborat bo‘lishi kerak? Bola 1-4- sinflarda qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? Bolalarimizga
qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf -
odatlarimizni o‘rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?» degan savollar boshlang‘ich ta’lim
oldida asosiy masala bo‘lib kelmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘rta maktabda
matematika o‘qitish, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan
nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning
mustaqilligi, maktablar to‘g‘risidagi Qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir.

Hozirgi ijtimoiy

– iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor

munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun talablari matematikani turmush bilan bog‘lash va uni mustahkamlashga o‘z ta’sirini
o‘tkazmasdan qo‘ymaydi, balki muhim o‘zgarishlar talab etib, har bir boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo‘yadi. Matematika so‘zi qadimgi grekcha so‘zidan olingan
bo‘lib, uning ma’nosi ― “fanlarni bilish” demakdir.

Matematika fanining o‘rganadigan narsasi (ob’yekti) fazoviy formalar va ular orasidagi

miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o‘quvchilarga
ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini
shakllantirishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar sistemasi ma’lum usullar (metodika) orqali
o‘quvchilarga yetkaziladi. “Metodika” grekcha so‘z bo‘lib, “metod” degani “yo‘l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i
bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq, matematikani o‘qitish
qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi.

Maktab oldiga hozirgi zamon talabalari va ta’lim maqsadlarning qo‘yilishi matematika

o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1165

matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun o‘qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun o‘qitish
metodlarini mukammal egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.


REFERENCES

1.

Mavlyanov A., va b.q. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida dars mashg'ulotlarini
olib borish texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Toshkent, 2010 .

2.

Tolipov O. Umumiy pedagogika Toshkent: 2007-y.

3.

Alixonov S. Matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2011.

4.

Buxarkina M., Mosiyeva V. Ta’lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari.
– M., 2000.

References

Mavlyanov A., va b.q. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida dars mashg'ulotlarini olib borish texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Toshkent, 2010 .

Tolipov O. Umumiy pedagogika Toshkent: 2007-y.

Alixonov S. Matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2011.

Buxarkina M., Mosiyeva V. Ta’lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. – M., 2000.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов