THE ROLE OF DUTOR IN UZBEK TRADITIONAL MUSIC PERFORMANCE.

HAC
Google Scholar
To share
Mirzaolimova, G. (2024). THE ROLE OF DUTOR IN UZBEK TRADITIONAL MUSIC PERFORMANCE. Modern Science and Research, 3(1), 293–298. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28040
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes the performance of Uzbek traditional music, the musical culture of the Uzbek people, classical folk music, dutor and its history, the process of creation, the ancient dutor, its strings, types of dutor, dutor created for men, created for women. dutors, important aspects of the dutor word, four main local styles, "Dutor" - the most favorite musical instrument of the peoples of Central Asia.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

293

O’ZBEK AN’ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGIDA DUTOR SOZINING O’RNI.

Mirzaolimova Gulshanoy

Andijon davlat pedagogika intituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10500943

Annotatsiya. Maqolada o’zbek an’anaviy musiqa ijrochiligi, o’zbek xalqining

musiqiy madaniyati, xalq mumtoz musiqasi, dutor va uning tarixi, yaratilish jarayoni,
qadimda paydo bo’lgan dutor, uning torlari, dutor turlari, erkaklar uchun yaratilgan
dutorlar, ayollar uchun yaratilgan dutorlar, dutor sozining muhim jihatlari, to’rt asosiy
lokal uslub, “Dutor”- O’rta Osiyo xalqlarining eng sevimli cholg’u sozi haqida so’z
yuritilgan.

Kalit so'zlar: mumtoz musiqa, an’anaviy, folklore, musiqiy meros, bastakorlik,

“ustoz-shogird”, ijrochilik, texnik, urf-odat, monumental, “individual”, ijro talqini, zarblar,
usul, ta’lim tizimi, mayin, xonaki, mumtoz va zamonaviy.

THE ROLE OF DUTOR IN UZBEK TRADITIONAL MUSIC

PERFORMANCE.

Abstract. The article describes the performance of Uzbek traditional music, the

musical culture of the Uzbek people, classical folk music, dutor and its history, the process
of creation, the ancient dutor, its strings, types of dutor, dutor created for men, created for
women. dutors, important aspects of the dutor word, four main local styles, "Dutor" - the
most favorite musical instrument of the peoples of Central Asia.

Key words: classical music, traditional, folklore, musical heritage, composition,

"master-disciple",

performance,

technique,

tradition,

monumental,

"individual",

performance interpretation, percussion, method, educational system, soft, homey, classic
and modern.

РОЛЬ ДУТОРА В УЗБЕКСКОМ ТРАДИЦИОННОМ МУЗЫКАЛЬНОМ

ИСПОЛНЕНИИ.

Аннотация. В статье исполнение узбекской традиционной музыки,

музыкальная культура узбекского народа, народная классическая музыка, дутатор и
его история, процесс создания, древний дутор, его струны, виды дутора, дутатор,
изготовленный для мужчин, созданы женщины-дуторы, обсуждаются важные
аспекты звучания дутора, четыре основных местных стиля, «Дутор» - самый
любимый музыкальный инструмент народов Средней Азии.

Ключевые слова: классическая музыка, традиционная, фольклор, музыкальное

наследие, композиция, «мастер-ученик», исполнение, техника, традиция,
монументальное, «индивидуальное», исполнительская интерпретация, ударные
инструменты, метод, образовательная система, мягкий, домашний, классический и
современный.

O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot

davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari,
shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

294

ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi
kunimizda ham ma’naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

An’anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehroqibatga,

odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda
mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida
asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi.

Har bir xalq o‘z hayoti, ma’naviyati va an’anasi asosida o‘z milliy qadriyatlariga mos

musiqiy cholg‘ular yaratgan. O‘zbek xalqining barcha udum va qadriyatlari, milliy
an’analarini aks ettiruvchi dutor xalqimizning sevimli cholg‘usidir. Amaliyotda, dutorning
behisob ijrochilik namunalari shakllanganligi har bir yoshdagilar, jamiyatning har bir
tabaqasida o‘ziga xos o‘rin topgan, xalq orasida eng go‘zal ijro namunalari yuzaga kelgan.

O'zbek musiqa merosini o'rganish va uni munosib darajada kelajak avlodga yetkazish

azal-azaldan ijrochilik an'analarining “ustozdan-shogirdga” qabilida amalga oshirib
kelinayotgan mezonidir. “Ustoz-shogird” an'anasi asosidagi an'anaviy musiqa sabog'ini
ta'lim tizimida qaror topishi zamonaviy ta'limning eng ahamiyatli bosqichlaridan
hisoblanadi. Buni uzluksiz ta’lim tizimi doirasida shakllantirish, hamda uni har bir bosqich
talablari asosida tartiblash, avvalo, bilimli mutaxassis tayyorlashning zamini, qolaversa
barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Odatda, ijrochilik masalalari uzoq muddat shug’ullanishni va shunga mos

munosabatni talab etadi. Albatta, cholg’u ijrochiligida uning texnik o’zlashtirish darajalarini
ta’limning boshlang’ich va o’rta bo’g’inlarida o’zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Muhimi,
ijrochi kasbni o’zlashtirish jarayonida asarni ham tarkiban ham ma’nan idrok etishi va
tushungan holda talqin etish ko’nikmalarini hosil qilishi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Shu bilan birga, ustoz-shogird an’anasini o’zlashtirish va fazilatlarini saboq

jarayonida shakllantirish sozandalar uchun juda ahamiyatlidir.

O’zbek mumtoz musiqa merosi ko’p ma’noli monumental asarlarni o’zida mujassam

etgan. Ularning munosib va go’zal talqinlari mumtoz va zamonaviy ustoz sozandalar
tomonidan ijro etilib kelinmoqda. Ustoz-shogird ta’lim uslubining muhim qirralaridan biri
ana shu ijrochilikda yuzaga kelgan “induvidual”, ya’ni shaxsiy ijro talqinini tinglab
o’zlashtirish ekanligini e’tirof etish joizdir. Lekin dutor ijrosida yangrayotgan asarni har bir
sozanda o'zgacha jilo bilan, o’ziga xos ijro etishi bilan ajralib turadi.

Ma’lumki, Oz’bekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Yuksak

ma’naviyat – yengilmas kush” asarida: - “...agar insonning qulog’i yengil-yelpi, tumataroq
ohanglarga o’rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi,
uning ma’naviy olamini sohta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas.

Oxir – oqibatda bunday odam Shashmaqom singari milliy merosimizning noyob

durdonalarini ham, Mosart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk
kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi

1

, - deb yozganlar. Bundan

xulosa shuki, mumtoz musiqamizning, maqomlarimiz tarixini, ijrosini o’z yurtimizda
o’rganmasak, rivojlantirmasak ularni boshqa joyda rivojlantirib bo’lmaydi.

1

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”, 2011. 143-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

295

Har bir kashfiyot ilmiy-ijodiy izlanishlardan boshlanib, uzoq muddatli yaratilish

jarayoni natijasida kelib chiqib kuzatiladi va so’ng tadqiq qilinadi. Bunday jarayonlar
yillarni, kerak bolsa, asrlarni qamrab oladi, Yuksak namuna amaliy foydalanishda an’anaga
aylanguncha davom etadi.

Ze’ro, kashfiyot an’anaga aylanmas ekan, keng miqyosda qabul qilinmas ekan u xalq

mulki, milliy iftixori darajasiga ko’tarilmaydi. Dutor – o’zbek xalqi ma’naviyatining
in’ikosidir. Shu bois uzoq o’tmishdan nola-yu sadolari bilan qalblarimizni to’lqinlantirib,
inson ruhiga madad berib keladi.

Tarixiy yozma manbalarda bayon etilishicha, dutor dastlab XV asrda ilk bor tilga

olinadi. O'z asrining musiqashunos allomasi Zaynullobiddin al-Husaynining “Qonuni ilmi
va amali musiqiy” risolasida dutor haqida ma’lumotlar zikr etilgan. Risolada tasvirlangan
cholg’u sozi zamonaviy dutordan unchalik farq qilmaydi. Mavjud farqlarni esa, asosan
dutorlarning shakillanishida ko’rish mumkin. Xususan, cholg’uni dasta qismi qisqaroq
bo’lib, kosasi zamonaviy dutorga nisbatan kattaroq (ud sozining kosasidan kichikroq)
bo’lganligi qayd etilgan.

Dutor va uning tarixi, yaratilishi jarayoni, ommalashish davrlari xususida ham bir

qator rivoyatlar mavjud. Sharqning buyuk allomasi Fisag’ursning ilk cholg’uni yaratishga
turtki bo’lgan rivoyatini musiqashunos olim I.Rajabov “Maqomlar masalasiga doir”
risolasida keltiridi.

«Bir kuni Fisag'ursning tushida bir mo'ysafid uning boshiga kelib shunday deydi:

«Sen ertaga barvaqt turib, kaddof (paxta tituvchi)lar bozoriga borgil. U yerda senga hikmat
sirlaridan biri namoyon bo'ladi». Fisag'urs ertalab kaddoflar rastasiga boribdi va u yerda
hech narsani tushunmay qaytib kelibdi. Mo'ysafid shu kuni kechasi tushiga yana kirib, kecha
aytgan gapini takrorlabdi.

Fisag'urs uyg'onib, ikkinchi marta bozorga borganida, paxta tituvchilar yoyining

ipidan chiqayotgan tovush uning diqqatini jalb etibdi. Fisag'ursning ko'ngliga bir fikr kelibdi
va u yerda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishlab, ikkinchi uchini qo'li bilan
tortib turib chertgan ekan, mayin va yoqimli bir ovoz eshitilibdi. Keyinchalik Fisag'urs qilni
ipak ipga almashtiribdi. So'ng, shu ipni taqib chalinadigan torli cholg'u asbobi yaratish ustida
mulohaza yurita boshlabdi.

Kunlarning birida Fisag'urs hakim tog' tomon yo'l olibdi. Tog'ning etagida kuchli

shamol esib, qandaydir hushtak ovozi eshitilibdi. U yoq bu yoqqa qarab, ichi kavak bo'lib,
bo'shab qolgan toshbaqa kosasiga ko'zi tushibdi. Uning bosh, qo'l, oyoq, dumi chiqib
turadigan teshiklaridan o'tayotgan shamol shunday tovush hosil qilayotganligini aniqlabdi.
«Bir narsaga yarab qolar», deb uni yerdan olibdi.

Keyinroq toshbaqa kosasidagi eng katta teshika (tosh baqaning boshi chiqib

turadigan yerga) dasta o'rnatibdi va unga ip taqib, chala boshlabdi. Bu tovush chiqaruvchi
asbob dastlab juda sodda va oddiy bo'lgan ekan. Insonlar uni o'zaro «barbat» deya atay
boshlashgan».

Fisag'ursdan keyingi davrlarda yashagan musiqachilar yoqimli ohang taratuvchi

mazkur cholg'u (barbat)ni takomillashtirdilar va uning asosida 2-3-4torli musiqa
cholg'ularini yaratdilar. Bundan tashqari, endilikda bizlar «dutor» deb biladigan cholg'uning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

296

mungli nolasini eshitib g'azabidan tushgan podshohlar haqida ko'plab rivoyatlar ham
mavjud. Bularning hammasini dutorning xalq orasida keng tarqalgani, hayot bilan hamnafas
bo'lganidan darak beradi, albatta.

XIX asrda tadqiqotchilar, o'lkashunos va etnograflar musiqa mahalliy aholining qon-

qoniga singib ketganligini qayd qilib o'tadilar. Deyarli har bir o'zbek xonadonida dutor sozini
ko'rish mumkinligi va u O'rta Osiyo xalqlarining eng sevimli cholg'u sozi ekanligini yozib,
o'z kundaliklarida hamda ilmiy risolalarida bayon etganlar.

Dutor Markaziy Osiyoning o'zbek, tojik, turkman va uyg'ur xalqlari orasida keng

tarqalgan cholg'ulardan biridir. O'lkamizning musiqa sozlari orasida dutor o'zining mayin,
xonaki tovushi bilan alohida ajralib turadi. Ayni paytda bizning Respublikamizda dutor
ijrochiligi to'rt asosiy lokal uslubga bo'linadi.

Bular: Xorazm, Samarqand-Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Farg'ona-

Toshkent uslublaridir. Bu uslublar ichida Xorazm va Farg'ona-Toshkent mahalliy yo'llari
alohida ajralib turadi. Nafaqat folklor va klassik san'atida, balki ijrochilikda shu vohalar
cholg'u sozining tuzilishi va ijro etilishida o'ziga xos xususiyatlar bilan bir-biridan farq
qiladi.

Vohalar ijro uslublarining takomillashib borishi natijasida dutor ijrochiligida turli

maktablar vujudga keldi. Bu ijro maktablari vohalarining o'ziga xos an'analari, shevalari va
urf-odatlari bilan uyg'unlashib ketgan. Bu, avvalo, cholg'u sozi ko'rinishida gavdalandi.

Dutor turlari haqida so'z yuritadigan bo'lsak, tarixiy rivojlanish jarayonida turkman,

tojik, uyg'ur, xorazm, o'zbek dutorlari shakllangan. Bular tuzilishi jihatidan unchalik
farqlanmasa-da, har holda ko'rinishi, torlari bilan bir-biridan biroz ajralib turadi. Masalan,
uyg'ur va tojik dutorlarining bir-biriga oxshashlik tomonlari shundaki, ularning kosasi
turkman va xorazm dutoriga nisbatan birmuncha kattaroq bo'ladi.

Odatda turkman dutoriga metalldan yasalgan sim taqiladi. Tojik dutorlarini ayrimlari

o'zbek dutoriga o'xshaydi. Ular kosasining o'rtacha hajmi bilan bir-biriga yaqin turadi. Shuni
alohida qayd etish lozimki, O'zbekistonning o'zida ham dutorlar azaldan ikki xil yasalgan,
ya'ni erkaklar dutori va ayollar uchun mo'ljallangan dutorlar. Erkaklar dutorining kosasi
kattaroq, dastasi esa uzunroq bo'ladi.

Ayollar dutorlari aksincha, kosasi kichikroq va dastasi ham nisbatan qisqa, ayollarga

yarashadigan va nozikroq qilib mohir soz ustalari tomonidan yasaladi. Vohalar va turli
xalqlarga xos dutorlarning ko'rinishi ijro an'analariga ham ta'sir etishi muqarrardir. Shu
nuqtayi nazardan biz o'zbek, turkman, xorazm dutor ijrochiligi maktablari shakillanishini
ko'rishimiz mumkin. Dutor hatto yirik asarlarning yaratilishiga ham asos bo'lganligini qayd
etish joizdir.

Qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri bo'lgan – O'rta Osiyoda yashagan xalqlar

jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo'shganlar. Ular musiqa madaniyati
sohasida ham juda boy qadimiy merosga egadirlar. O'zbekiston hududida keng tarqalgan
cholg'ular xususida to'xtaladigan bo'lsak, shulardan biri dutordir.

Uning juda qadimiyligidan darak beruvchi, Tuproq qal'a miloddan avvalgi IV-III

asrlardan topilgan ikki torli cholg'ularning keyinchalik dutor, dombra va qo'biz shaklida
takomillashganligini ko'rsatadi. Bu cholg'ular tut yoki o'rik yog'ochidan yasaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

297

Ular qovurg'ali o'yma dutor va o'yib ishlangan dutor bo'lgan. Qopqog'i esa tut

yog'ochidan yupqa qilib ishlangan. Dutorlar tori sozlanishi bo'yicha kichik oktava «re»
notasidan, katta oktava «so'l» yoki «lya», ba'zan esa qo'shtor qilib ham sozlanadi.

Bu cholg'u o'zbek an'anaviy musiqa ijrochiligida juda katta ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, u yakka tarzda, jo'rsozlikdaz jo'rnavozlikda va ansambllarda o'z o'rniga ega.

Og'ir kuylar yakka tarzda ijro qilinganda dutor shunday bir mungli va sehrli ovozga

egaki, insonning ruhini tinchlantiradi va ma'naviy oziqlantiradi. Agar, sho'xchan va tez
quvnoq kuylar ijro qilinsa, tinglovchining qalbini quvontiradi va zavq bag'ishlaydi.

Dutor cholg'usi boshqa cholg'ularimizga qaraganda zarblar jihatidan ham keng

imkoniyatlarga ega. Shuning uchun ham xalq kuylari, maqomlarning qashqarcha, soqinoma,
ufor kabi sho'xchan taronalari bu cholg'uda o'zgacha jarang topadi.

Jo'rnavozlikda «dutor» va «tanbur» cholg'ulari ijrosidagi kuylar bir biriga

hamohangdir. Xususan, bu cholg'ularda ijro qilinadigan kuylar yoki ashulalar misolida
ko'rishimiz mumkin. Bu cholg'ular bir birini shunday to'ldiradiki ulardan go'zal yangi bir
ohang paydo bo'ladi.

Dutor cholg'usining yana bir muhim jihati shundaki, bu sozda yakka ijro qilinganda

o'ng qo'ldagi zarblarning «usul beruvchi» vazifasini bajarishi aksariyat hollarda doirasiz
yakka ijro qilinishiga sabab bo'ladi.

O'zbek an'anaviy musiqa ijrochiligida keng tarqalgan ijro amaliyotida tanbur, rubob,

dutor, g'ijjak, chang, nay, surnay, qonun, doira kabi har tomonlama takomillashgan cholg'u
asboblari mavjud. Cholg'ularning takomillashuvi ularning ovoziga, ovoz diapazoniga,
shakllariga ta'sir ko'rsatgan.

Dutor cholg'usi manbalarda yozilishicha deyarli o'zgarmagan. Qadimda dutor

cholg'usi asosan ayollar tomonidan ijro qilingan va ijro amaliyotida keng ommalashgan. Shu
bois bo'lsa kerak, dutor sozining mayin va xonaki ovozga egaligi bizgacha o'zgarmastan
yetib kelgan.

Dutor ijrochiligida zabardast ustozlar ko‘p o‘tgan. Hammalari ham musiqa

madaniyatida benazir iz qoldirgan. Ular o`z ijrolari bilan el qalbidan joy olgan va kelajak
avlodga ijro xazinalaridan meros qoldirishgan. Faxriddin Sodiqov, Turg`un Alimatov,
Mahmud Yunusov, Zohidjon Obidov, Komiljon Jabborov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov,
Nurmuhammad Boltaev, Orif Qosimov, G`ulomjon Qo`chqorov, Abdurahim Hamidov
shular jumlasidandir.

Ulkan iste’dod egalari bo‘lgan bu ustoz bastakorlar o‘z ijodiy faoliyatlari bilan

Borbad, Forobiy, Ibn Sino , Hoja Abdulqodir Marog‘iy asos solgan o‘zbek an’anaviy musiqa
merosining nodir namunalarini targ‘ib qilishdi va davom ettirishdi. Sir emaski, milliy musiqa
merosi masalasiga yaqin-yaqinlargacha asosan g`arbiy musiqashunoslikda qabul qilingan
talablar bilan yondashildi.

Shuningdek kompozitorlik ijodi uchun birdan bir xos bo‘lgan sabablar umuman

zamonaviy musiqiy ijodkorlikning shartli mezonlariga aylandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

298

O’zbek milliy dutor cholg’usi.


REFERENCES

1.

Iqbol Toshpo’latov. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi” (dutor) Toshkent-2018.

2.

Ilyos Arabov. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi (Dutor)” Toshkent-2018.

3.

Malikaxon Ziyayeva. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi” (Dutor) Toshkent-2018.

References

Iqbol Toshpo’latov. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi” (dutor) Toshkent-2018.

Ilyos Arabov. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi (Dutor)” Toshkent-2018.

Malikaxon Ziyayeva. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi” (Dutor) Toshkent-2018.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов