Sanoat tarmөqlariga jalb qilingan investisiyalarning samaradorligini baholash

HAC
Google Scholar
To share
Jumanov, E., & Fattoyev, E. (2024). Sanoat tarmөqlariga jalb qilingan investisiyalarning samaradorligini baholash. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28094
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Investitsiya loyihalari va ularning samaradorligini baholash, muhim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. Bunday loyihalar diskontlashtirilgan pul oqimlari va xarajatlarni hisobga olgan, qoplash muddatini va rentabellik darajasini aniqlashga yordam beradigan metodlar orqali baholanadi. Ushbu usullar orasida "Net Present Value" (NPV) usuli keng tarqalgan bo'lib, investitsiya loyihalarini chuqur tahlil qilishda o'z vazifasini bajaradi. Matningiz, bu jarayonni tushunish uchun foydali ma'lumotlar taqdim etadi.

Similar Articles


background image

Sanoat tarmөqlariga jalb qilingan investisiyalarning

samaradorligini baholash

Jumanov E.T, Fattoyev E.A

Toshkent amaliy fanlar unversiteti iqtisodiyot fakulteti umumiqtisodiy fanlar kafedrasi

elbekjonfea@gmail.com, abdullohgunesh1997@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467717

Annatatsiya

Investitsiya loyihalari va ularning samaradorligini baholash, muhim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda

yordam beradi. Bunday loyihalar diskontlashtirilgan pul oqimlari va xarajatlarni hisobga olgan, qoplash muddatini va
rentabellik darajasini aniqlashga yordam beradigan metodlar orqali baholanadi. Ushbu usullar orasida "Net Present
Value" (NPV) usuli keng tarqalgan bo'lib, investitsiya loyihalarini chuqur tahlil qilishda o'z vazifasini bajaradi.
Matningiz, bu jarayonni tushunish uchun foydali ma'lumotlar taqdim etadi.

Kalit so’zlar:

Investitsiya, diskontlash, investisiyalash, rentabellik.

Kirish

Bugungi kunda Investisiya loyihalarining

samaradorligini baholashda qo’llaniladigan qoplash
muddati va rentabellik darajasi usullari tushunarliligi
uning maxsus iqtisodiy bilimga, ko’nikmaga,
malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo’lmagan
xodimlar o’rtasida ham keng qo’llanilishiga sabab
bo’ldi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit
muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investision
resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda,
odatda, avvaldan ma’lum bo’lib, ular milliy va chet el
amaliyotida pul tushumlarining diskontlanishiga
asoslangan usullarning keng qo’llanilishiga qadar
asosiy ko’rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu
usullarning soddaligi va ushbu ikkita usuldan, ya’ni
qoplash

muddati

va

rentabellik

darajasi

ko’rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.

Har qanday investitsiya loyihasi tahlili

mazmuni, yuqorida ta’kidlanganidek juda sodda
savolga, ya’ni kelgusida keladigan pul tushumlari
hozirgi qilingan joriy harakatlarni qoplaydimi yoki
yo’qmi degan savolga javob topadi. Investisiyalarning
qoplash

muddatini

hisoblash

usuli

(PP).Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash
usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan
usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal
miqdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni
aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul
investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan
daromadlar hisobiga qilingan investisiya sarflarini
qoplash davrini aniqlashga asoslangan. qoplash
muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani
yakunlash davridagi yoki umuman, undan olingan

daromad investisiyalar summasiga teng bo’lgandagi
davrga tengdir.

Uni hisoblash formulasi quyidagicha:

0

I

PP

CF

+

bu yerda, lo - boshlang’ich investisiyalar: CF

-investisiya loyihasini amalga oshirishdan olingan
yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik
daromad

(D)

va

xarajat

(X)

o’rtasidagi

(amortizasiyasiz A) larni ifodalaydi. Investisiya
loyihalarining samaradorligini diskontlashning sof
joriy qiymat usuli asosida baholash (NPV) Jahon
amaliyotida investisiya loyihalarini baholashning
diskontlashga asoslangan usullaridan foydalanish
oxirgi yillardan boshlab keng qo’llanilgan va o’zining
ijobiy natijalarini bergan. Ushbu usullardan, asosan,
bank ekspertlari keng foydalanishgan. Masalan,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bu
usullar yordamida loyihalarni baholashning o’z
versiyalarini ishlab chiqqan. Shuningdek, Jahon banki,
Xalqaro valyuta fondi (XVF) va boshqa ko’plab
nufuzli tashkilotlar tomonidan ham o’z yo’nalishi va
xususiyatiga ega bo’lgan baholash uslubiyoti ishlab
chiqilgan. Hozirda O’zbekiston Respublikasida ham
ushbu

usullardan,

asosan,

tijorat

banklarida

foydalanish keng yo’lga qo’yilgan va qo’yilmoqda,
amaliy mahoratlar egallanmoqda, xorijiy tajribalar
o’zlashtirilmoqda hamda ular o’z samarasini
bermoqda.Masalan, Milliy bank, Asaka bank,
Agrobank, Ipak yo’li banklarida investisiya
loyihalarini

baholashda

ulardan

samarali

foydalanilmoqqa.

Bunda,

ayniqsa,

diskontlash


background image

usullarini

YuNIDO

dasturi

asosida

tuzilgan

kompyuter versiyalari orqali qo’llash bilan aniq va
to’gri qarorlar qabul qilishga erishilmoqda. Odatda,
mahalliy

banklar

tomonidan

150

investisiya

loyihalarini baholashda diskontlashga asoslangan
usullar ichida eng ko’p qo’llaniladigan usul -- bu sof
joriy qiymat usulidir. Pul mablag’larini (investisiya
loyihalari bo’yicha pul oqimlarini) diskontlashga
asoslangan

baholash

usullaridan

biri

investisiyalarning sof joriy qiymatini aniqlash usuli
hisoblanadi (NPV). Ayrim zamonaviy iqtisodiy
adabiyotlarda bu usul sof keltirilgan qiymat, sof
diskontlangan daromad yoki sof zamonaviy qiymat
deb ham ataladi.Sof joriy qiymat - investisiyalash
obyektidan foydalanish davrida oldindan qat’iy
belgilangan va o’zgarmas foiz stavkasi (me’yori)da
olinadigan daromadlar va qilinadigan xarajatlarning
alohida muayyan davrdagi

barcha kirim va

chiqimlarining diskontlashtirilishi yo’li bilan olingan
va ular o’rtasidagi farqli ifodalovchi qiymat. Uning
mohiyati shundaki, yillik sof pul oqimi miqdori har bir
davr uchun loyihani amalga oshirishning boshlang’ich
yiliga keltiriladi va u oqibatda o’zini pul miqdorida sof
joriy qiymat yoki sof diskonlashtirilgan daromad
(diskontlashtirilgan daromad va xarajatlar o’rtasidagi
farq) sifatida namoyon etadi. Shuning uchun ham sof
joriy qiymat muayyan vaqt oralig’i bo’yicha xarajatlar
va daromadlarning farqlanishi bilan izohdanadi.
Shundan kelib chiqib, investisiyalarning muqobil
variantlarini tug’ri baholash uchun pulning o’z
vaqtidagi qiymati hisobga olinishi qat’iy talab etiladi.
Bunda har bir investisiya qiluvchi, shuni nazarda
tutishi kerakki, pul mablag’larining tushumi vaqt
bo’yicha taqsimlangan bo’ladi, shuning uchun pul
mablag’lari k - koeffisiyent yordamida diskontlanadi,
ana shu koeffisiyent (stavka) investor tomonidan
qilingan xarajat uchun to’lanadigan summa (foiz)
hisoblanadi.Sof joriy qiymatni hisoblash firmaning
investision qarorlar qabul qilish jarayonining asosi
hisoblanadi. Umuman olganda, sof joriy qiymat usuli
boshlang’ich investisiya miqdorining, ya’ni investor
boyligining qanchalik o’sishini miqdoriy jihatdangina
ko’rsata oladi, xolos. Lekin investitsiyalashning
naqadar

samaradorligini

aniqlashda

miqdoriy

o’zgarishlar

va

natijalarning

o’zi

yetarli

hisoblanmaydi. Buning uchun investisiyalarning
qanday nisbiy o’sishga egaligini va uning darajasini
aniqlash

uchun

boshqa

baholash

usullaridan

foydalanishga to’g’ri keladi.

Adabiyotlar ro’yxati

1. Abdukarimov I.T. Métodos de Lectura y

Análisis de Informes Financieros. Editorial
"Economía y Derecho Mundial", 1998.

2. Bakanov M.I., Sheremet A.D. Teoría del

Análisis Económico. - Moscú: Finanzas y Estadísticas,
1995.

3. Beganov V.S., Shaulov D.I., Kan U.T.

Características de la Contabilidad en Sociedades

Anónimas. - Taskent: Editorial "Mundo de la
Economía y el Derecho", 1998.

4. Volojin I.O., Ergashboyev V.V. Análisis

Financiero. - Taskent: Editorial "Economía y Derecho
Mundial", 1998.

5. Kovalev V.V. Análisis Financiero. -

Moscú: Finanzas y Estadísticas, 1996.

6. Pardayev M.K. Metodología del Análisis

Financiero. - Samarcanda: SamKI, 1997.

7. Pardayev M.K. Métodos Tradicionales

Utilizados en el Análisis Económico. - Samarcanda:
SamKI, 1997.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов