CHIG’ATOY ULUSINING SO’NGGI HUKMDORLARI DAVRINING MANBALAR ASOSIDA TARIXIY REKONSTRUKSIYASI

HAC
Google Scholar
To share
Ulashova, S. (2024). CHIG’ATOY ULUSINING SO’NGGI HUKMDORLARI DAVRINING MANBALAR ASOSIDA TARIXIY REKONSTRUKSIYASI. Modern Science and Research, 3(1), 1–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28129
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Chingizxon asos solgan mo’g’ullar tarixi jahon tarixshunosligida ham muhim ahamiyatga ega. Ulug’ qoon o’limidan keyingi uluslar orasida Chig’atoy ulusi tarixi kam o’rganilgan davlat hisoblanadi. Chig’atoy ulusi tarixini shartli ravishda to’rt davrga bo’lib o’rganish mumkin. Bular: 1. Chig’atoy ulusining tashkil topishi va qaramlik davri (1224-1260 yy); 2. Istiqlol uchun dastlabki kurashlar va mustaqillik davri (1261-1326); 3. So’nggi Chig’atoylar va ulusning parchalanish davri (1326-1345); 4. Soxta xonlar va sharqiy Chig’atoy ulusi davri (1345-1678). Mazkur maqolada uchunchi davrni manbalar va tadqiqotlar asosida tahlil qilib tarixiy rekonstruksiyasini amalga oshirmoqchimiz.

Similar Articles


background image

CHIG’ATOY ULUSINING SO’NGGI HUKMDORLARI

DAVRINING MANBALAR ASOSIDA TARIXIY

REKONSTRUKSIYASI

Sevinch Ulash qizi Ulashova

Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti, PhD

sevinch.ulashova@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466946

Abstrakt

Chingizxon asos solgan mo’g’ullar tarixi jahon tarixshunosligida ham muhim ahamiyatga ega. Ulug’ qoon o’limidan

keyingi uluslar orasida Chig’atoy ulusi tarixi kam o’rganilgan davlat hisoblanadi. Chig’atoy ulusi tarixini shartli ravishda to’rt
davrga bo’lib o’rganish mumkin. Bular: 1. Chig’atoy ulusining tashkil topishi va qaramlik davri (1224-1260 yy); 2. Istiqlol
uchun dastlabki kurashlar va mustaqillik davri (1261-1326); 3. So’nggi Chig’atoylar va ulusning parchalanish davri (1326-
1345); 4. Soxta xonlar va sharqiy Chig’atoy ulusi davri (1345-1678). Mazkur maqolada uchunchi davrni manbalar va
tadqiqotlar asosida tahlil qilib tarixiy rekonstruksiyasini amalga oshirmoqchimiz.

Kalit so’zlar

: manbalar, Chi’gatoy ulusi, Tarmashirinxon, Qozonxon, parchalanish, Ibn Batuta, Elchigidayxon.

KIRISH

Chig’atoy ulusi davri “O’zbekiston tarixi”

aks etgan boshqa sulolalar tarixiga qaraganda
xalqaro tadqiqotlarda ham eng kam o’rganilgan
davlat hisoblanadi. Bunga sabab qilib Chi’g’atoylar
tarixi aks etgan tarixiy manbalarning kamligi hamda
mavjud manbalardagi qaydlar ulus tarixi to’g’risida
uzuq-yuluq ma’lumot berishi bilan ham izohlanadi.
Shuningdek, ulus tarixi qisman aks etgan forsiy,
arabiy va xitoy manbalari ulus hududlaridan ancha
uzoqda yaratilgani holda keltirilgan ma’lumotlar
ko’p o’rinlarda bir-birini rad etadi. Bugungi kunda
jahon tarixshunosligida Chingizxon boshliq mo’g’ul
davlatlari tarixini o’rganish bo’yicha ko’plab ilmiy-
tadqiqot markazlari faoliyat olib borayotgan bo’lib,
bularda ham asosan Eronda tashkil topgan
Elxoniylar yoki Xulaguylar davlati nomi bilan
yuritiluvchi davlat tarixi, shuningdek, Dashti
Qipchoq va Rus yerlarini o’z ichiga olgan Oltin
O’rda tarixini o’rganishga katta e’tibor qaratilmoqda
[10, 11, 12, 13, 14, 15, 16]. Chig’atoy ulusi
geostrategik jihatdan Mo’g’ul imperiyasi tarixida
muhim o’rin tutgan davlat bo’lishiga qaramasdan,
xalqaro loyiha va tadqiqotlarda boshqa uluslarga
qaraganda kam tadqiq etilgan. Shu jihatdan bu davr
tarixini manbalar asosida o’rganish va tarixiy
rekonstruksiyasini yaratish dolzarb masalalardan
hisoblanadi.

Ma’lumki, 1224 yilda Chingizxon qo’l

ostidagi

hududlarni

o’g’illari

o’rtasida

taqsimlaganda

ikkinchi

o’g’li

Chig’atoyga

Movarounnahr va Turkiston hududlari tegadi. Bu
davlatning chegaralari sharqdan – Beshbaliq
mintaqasidan boshlanib, g’arbda Amudaryogacha
cho’zilgan. Chig’atoyga mansub xonadon vakillari
Ili hududini makon tutishib, qish faslida qishlov
Yettisuv havzasidagi Qayaliq shahri yaqinida
bo’lgan. Bundan mazkur hududlar ham Chig’atoy
mulki bo’lganini anglash mumkin. Shuningdek, bu
hudud ulusning markazi ham hisoblanadi. Ulus
hayotida muhim sanalgan masalalar bir yilda bir

marotaba yoz faslida mazkur hududda Chig’atoy
shahzodalari, malikalar, kuyovlar va bu xonadonga
aloqador sarkardalar, qabila boshliqlari, noiblar
ishtirokida o’tkazilgan toy yoki to’y deb ataluvchi
majlisda muhokama qilingan [6. B. 70]. Dastlabki
Chig’atoy xonlari mamlakatni Ili vodiysidan turib
boshqargan bo’lsa, keyinchalik markazda avj olgan
toj’u taxt kurashlaridan uzoqlashish maqsadida ulus
markazi Movarounnahr ichkarisiga – Qashqa
vohasiga ko’chirilgan. Chig’atoydan boshlab Eson
Bukaxongacha bo’lgan davrdagi xonlar uchun Ili
vodiysi ulus markazi edi. Chig’atoylardan birinchi
bo’lib Kebekxon davlat markazini Qashqa vohasiga
o’zi qurdirgan Qarshi deb nomlangan saroyga
ko’chiradi. Uning vafotidan keyin Ili vodiysida avj
olgan taxt uchun kurashlar davlatni kuchsizlantirib,
qisqa muddatda parchalanishiga olib keladi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Maqolada arab, fors va boshqa tillarda

yozilgan manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga
asoslanib, tadqiqot olib borildi. Xususan, arab
manbalaridan Ibn Batutaning “Sayohatnoma”si,
forsiy tilda yozilgan Nizomiddin Shomiyning
“Zafarnoma”,

Sharafiddin

Ali

Yazdiyning

“Zafarnoma”, Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus
tarixi”, Muiniddin Natanziyning “Muntaxab ut-
tavorixi Muiniy”, Fasih Ahmad Havofiyning
“Mujmali Fasihiy”, Mirzo Muhammad Haydarning
“Tarixi Rashidiy” kabi asarlar shular jumlasidandir.
Mazkur tarixiy manbalar asosida so’nggi Chig’atoy
hukmdorlari tarixi o’rganilib, bu davrning tarixiy
rekonstruksiyasini yaratish bo’yicha tavsiyalar
ishlab chiqiladi.

Maqolada so’nggi Chig’atoylar davri

to’g’risidagi ma’lumotlar xolislik tamoyili bilan
tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy
tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.


background image

NATIJALAR VA ULARNING

TAHLİLİ

Chig’atoy ulusi tarixida davlatni parchalanib,

ikkiga bo’linishiga olib kelgan tarixiy davr
to’g’risida manbalarda ham ma’lumotlar juda kam.
XIV asrning 20-40- yillari aks etgan va ayni shu
davrda yaratilgan tarixiy asrlar yuq. Mavjud
manbalar deyarli bir asr keyin asosan XV asrning
birinchi yarmida Temuriylar hukmronligi davrida
yaratilgan.

Manbalarda

Chig’atoy

ulusini

boshqargan hukmdorlar soni, ismi, shajarasi,
hukmronlik

yillari,

faoliyati

to’g’risidagi

ma’lumotlarda ham katta tafovutlar mavjud.
Shuning

uchun

manbalardagi

ma’lumotlar

arxeologik, jumladan, numizmatik ma’lumotlar
asosida qiyoslanib, tahlil etildi.

Bu davr aks etgan forsiy manbalarning

dastlabkisi Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”
asari bo’lib, unda Chig’atoy ulusi parchalanguniga
qadar yigirma ikkita xon hokimiyatga kelgani
haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bular: Chig’atoyxon,
Yesun Munka, Qora Xulagu, Argina (Organa –
U.S.), Aliqu (Olg’u – U.S.), Muborakshoh, Baroq,
Nekipay, Tog’ay Temurxon, Davo Chechan,
Kunchakxon, Toliqu, Eson Bug’a, Kepakxon
(Kebekxon – U.S), Elchikdoyxon, Durra Temurxon,
Tarmashirinxon, Jingshi, Yesun Temurxon, Ali
Sulton, Muhammad, Qazon sulton [6. B. 26].
Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida bu son
Nizomiddin Shomiyniki bilan bir xil bo’lsa ham,
xonlarning nomi, shajaraviy mansubligi ya’ni
otasining ismi, hukmronlik

yillari

xususida

tafovutlar mavjud. Jumladan, so’nggi xon
Qozonxon

Nizomiddin

Shomiy,

Muiniddin

Natanziy va Mirzo Ulug’bek asarlarida Yasavur
o’g’lon o’g’li, Sharafiddin Ali Yazdiyda Yesun
Temurxon o’g’li sifatida qayd etilgan [7. B. 26; 5. B.
321; 4. B. 44; 8. B. 305]. Shuningdek,
Qozonxonning hukmronlikka kelishi masalasi
Sharafiddin Ali Yazdiy va Mirzo Ulug’bek
asarlarida 1332-1333 yillar sifatida ko’rsatilgan.
Nizomiddin Shomiy va Muiniddin Natanziy
asarlarida Qozonxonning hukmronlik davri aks
etmagan. Ammo numizmatik ma’lumotlarga ko’ra,
Qozonxon 1342-1345-yillarda ulusni boshqarib, o’z
nomidan tangalar zarb qildirgan [9. B. 559-560.].
Bundan ko’rish mumkinki, manbalar va tangalarda
qayd etilgan sanalar o’rtasida o’n yillik tafovut
mavjud. Shuning uchun quyida so’nggi Chig’atoy
hukmdorlari

hukmronlik

yillari

to’g’risidagi

manbalarda

aks

etgan

qaydlar

numizmatik

ma’lumotlar bilan qiyoslanib tahlil qilindi.

1224 yilda tashkil etilgan Chig’atoy ulusi

Duvaxon hukmronligining so’nggi yillariga qadar
to’la mustaqil davlat bo’lmagan (1261-1266 yillarda
Olg’uxon davrida mustaqillik qo’lga kiritilgan
bo’lsa ham, bu uning avlodlari tomonidan saqlab
qolinmadi.). Ulus tashkil etilgan yilidanoq dastlab

Qoraqurumga, keyinchalik Qaydu davlatiga tobe’
holatda mavjud bo’ldi.

Chig’atoy ulusi istiqlolni qo’lga kiritgach,

davlat Duvaxon, Kunjakxon, Taliguxon, Eson
Bukaxon, Kebekxon kabi sulola vakillari tomonidan
boshqarildi. Kebekxon vafotidan keyin Chig’atoy
ulusida tushkunlik davri boshlanadi. Natijada 1326-
1345 yillada birin-ketin o’nga yaqin hukmdorlar
davlat boshqaruviga keladi. 1326-yilning o’zida
uchta xon almashgani ham buni isbotlaydi.

Tushkunlik

davridagi

dastlabki

xon

Elchigidayxon (1326-1326) edi. U o’zidan avval
hokimiyatga kelgan akalari Kunjakxon, Eson
Bukaxon va Kebekxonlaridan keyingi hukmdor va
Duvaxonning toʻrtinchi o’g’li edi. Ulus taxtida juda
qisqa muddat qolgan bu xon haqida manbalarda
deyarli

ma’lumot

uchramaydi.

Faqatgina

Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarining
muqaddimasida

(“Muqaddimayi

Zafarnoma”)

hamda Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi”
asarida uzuq-yuluq ma’lumotlar keltirilgan. Shunga
ko’ra, manbalarda Elchigidayxon harbiy jihatdan
kuchli, davlat ishlarini munosib boshqaruvchi
hukmdor

sifatida

eslatiladi.

Bu

to’g’rida

“Muqaddimayi Zafarnoma”da shunday qaydlar bor:
“U jahondorlik xil’ati kelishgan qomatiga mos,
shavkatli,

yurt

ulug’larini

siylovchi

va

dushmanlarning dodini beruvchi bir xon edi” [8. B.
302.]. Mirzo Ulug’bek bu haqda shunday deydi:
“Elchigadoyxon ibn Duvo Chechanxon shunday
podshoh ediki, jahondorlik xil’ati qomatiga munosib
tushib, yarashib turgan, iqtidori din avliyosi
shavkatini, davlatu mamlakat (ishlari) adosini
tanuvchi va kuydiruvchi qilib qo’ygan” [5. B. 316].

Markov tadqiqotlarida Elchigidayxon davri

to’g’risida numizmatik ma’lumotlar keltiriladi.
Uning nomiga zarb qilingan pullarga Ordu-Bozor
726/1325-yil 8-dekabr – 1326-yil 26-noyabr sanasi
aniqlangan. Undan avvalgi hukmdor Kebekxon
1325-1326-yillar oralig‘ida qishda vafot etgan
bo’lib, keyingi xon saylovi uchun qurultoy hijriy
726-yil

yoz

boshida

o'tkazilishiga

qadar

Elchigidayxoning nomiga tanga zarb qilingan.
Shuningdek, keyinchalik hokimiyatga kelgan
Tarmashirinxonning dastlabki tangalari ham hijriy
726-yilga oid. Bundan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, Elchigidayxonning xonlik davri qishdan
yozgacha ma’lum oylarda sodir bo’lgan bo’lishi
mumkin.

1326 yil yozida xon saylash uchun

o’tkazilgan qurultoyda Duvaxonning yana bir o’g’li
Tarmashirinxon Chig’atoy ulusi xoni sifatida
saylanishidan avval, yuqoridagi manbalarga ko’ra,
yana bir xon bu mansabga o’tirgan. Barcha
tadqiqotlarda Elchigidayxondan keyingi hukmdor
Tarmashinxon bo’lgani ta’kidlansada Nizomiddin
Shomiy va Mirzo Ulug’bek asarlarida oraliqdagi
navbatda o’n yettinchi xon Duvaxonning yana bir
o’g’li Durar Temurxon bo’lgani aytiladi [7. B. 26; 5.
B. 316]. Ammo “Muqaddimayi Zafarnoma”da bu


background image

xonning ismi O’qroxon Duva Temurxon o’g’li
deyilgan [8. B. 302]. “To’rt ulus tarixi”da keltirilgan
Durar Temurxon ko’plab harbiy yurishlarda ishtirok
qilib, qal’alar zabt etgan, hayir-saxovatli hukmdor
sifatida eslatilgan bo’lsa, Yazdiyda ham ma’no
jihatidan teng nazm keltiriladi [8. B. 302].
Bizningcha, yuqoridagi ikki hukmdor Kebekxon
vafotidan keyin 1226-yil yozida chaqirilgan
qurultoygacha uch-to’rt oy mobaynida taxt bo’sh
qolmasligi uchun bu vazifani bajargan Chig’atoy
hukmdorlari bo’lishgan. Elchigidayxon mazkur
oylar oralig’ida tanga zarb qilishga ham ulgurgan
bo’lsa, undan keyingi hukmdorning davri yanada
qisqa bo’lgani uchun bunga ulgurmagan. Bu ikki
hukmdor ham bizga noma’lum sabablar bilan vafot
etgani tufayli ularning xonlik faoliyati qurultoydan
keyin davom etmagan.

1326-yil yozdagi qurultoyda Tarmashirinxon

(1326-1335) Chig’atoy ulusi xoni etib saylanadi. U
Muborakshoh va Baroqxondan keyin Chigʻatoylar
sulolasining uchinchi musulmon hukmdori sifatida
manbalarda tilga olinadi. Tarmashirinxon davrida
islom dini butun Chig’atoy ulusida yoyildi. Undan
keyin xon bo‘lganlar orasida islom diniga qarshilik
qilganlar bo‘lsa-da, bu so‘nggi umidsizlikdan
boshqa narsa emas edi. Tarmashirinxon islomni
qabul qilgach, o’ziga Alouddin nomini qo’shib oldi.
U xonlik qudratini yanada oshirib, 1329-yildagi
harbiy safarlar natijasida ulus chegarasini Dehli
sultonligi chegaralariga yetkazdi [2. B. 201]. Uning
Hindistonga qo’shin tortgani va Dehli hokimi sulh
tuzishni taklif qilib, sovg’a-salomlar tortiq qilgani
haqidagi ma’lumotlar “Muqaddimayi Zafarnoma”da
ham keltirilgan [8. B. 303]. Sulh tuzib, ortga
qaytishda Tarmashirinxon qo’shini Gujoratni talon-
taroj qilib, katta o’ljalar bilan ulusga kirib keladi.

Bu davrning mashxur sayyohi Ibn Batuta

ham Tarmashirinxonni buyuk hukmdorlar qatorida
tilga oladi. Unga ko’ra, “Tarmashirinxon taqvodor
va turkiyzabon hukmdor bo‘lib, doimo bomdod va
xufton namozlarini masjidda jamoat bilan o‘qigan
[6. B. 69]. Qish bo'lsa ham, u saroyi yaqinidagi
chodirida yashagan. U xonligining so‘nggi to‘rt yili
mobaynida Olmaliq hududiga bormasligi natijasida
har yili bir marta o’tkaziladigan qurultoyda ishtirok
etmaydi. İli vodiysidagi Chig’atoy shahzodalari uni
qurultoyda qatnashmay, o’troq shaharda qo’nim
topganlikda bu bilan Chingiz qonuni – Yasaga amal
qilmaganlikda ayblashadi. 1335 yil yoz boshida
Olmaliq yaqinida boʻlib oʻtgan qurultoyda
Chigʻatoy ulusining boshqa masalalari qatorida
Tarmashirinxonning “Yasa”ga rioya qilmaganligi
ham muhokama qilinib, u xonlikdan chetlatilishiga
qaror qabul qilinadi.

Tarmashirinxonning islom dinini qabul

qilishi Chagʻatoy ulusi bilan islom mamlakatlari
oʻrtasida aloqa oʻrnatilishini taʼminlaydi. Shu
munosabat bilan bu davrda savdo jonlanadi. Ammo
biz yuqorida aytib oʻtgan masala tufayli xonlikning
markazi joylashgan Movarounnahr bilan Ili

havzasidagi Olmaliq hududi oʻrtasida ikkilik (qo’sh
hokimiyatchilik) vujudga keladi. Tarmashirinxon
“Yasa” tarafdorlarini qoʻrqitish maqsadida oʻgʻli
Jaloliddin Sanjarni Samarqand viloyatiga noib etib
tayinlaydi. U Samarqandda otasi nomidan hijriy
731, 732, 733 yillarda tangalar zabt etadi [9. B. 558].
Shunday qilib, Tarmashirinxon Ili mintaqasini
yanada yaqinroqdan nazorat qilish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Biroq, bu chora yetarli emas edi. Ibn
Battutaning yozishicha, 1335 yilning yozida
Olmaliq yaqinida boʻlgan qurultoyda Buzan Oʻgʻul
boshchiligidagi muxolif guruh tufayli u xonlikdan
chetlatilib,

keyinchalik

o’ldiriladi.

Tarmashirinxonning so‘nggi tangasida hijriy 735
yil/ 1334-yil 1-sentabr – 1335-yil 20-avgust sanasi
yozilganiga qarab ham uning hukmronligining oxiri
yozgacha bo’lganini ko’rish mumkin.

Forsiy manbalardan farqli ravishda Ibn

Batuta Tarmashirinxonning o’ldirilishiga doir
boshqa ma’lumotni keltiradi. Unga ko’ra,
Tarmashirinxon hokimiyatda turgan vaqtdayoq Ili
vodiysidagi muxoliflar Buzanni xon sifatida
ko’tarib, unga qasam ichadilar. Ulusning asosiy
qo’shini

Ili

vodiysida

bo’lgani

uchun

Tarmashirinxon o’z-o’zini muhofazalash maqsadida
Movarounnahrni tark etib, Balxga qochadi. Balxda
uni akasi Kebekxonning o’g’li Yanqi ko’rib tanib
qoladi va Buzanxonga keltiradi. Buzanxon bu
vaqtda Movarounnahr ichkarisiga – Samarqandga
kirib kelgan edi. Tarmashirin Nasafga keltilib qatl
etiladi va shu yerda dafn etiladi (Yazdiy
Tarmashinxon

Samarqand

yaqinidagi

jangda

o’ldiriladi va shu yerdagi bir qishloqda dafn etiladi,
deydi.) [8. B. 304]. Ibn Batuta keyinchalik
Tarmashirinxonning tirikligi haqida eshitganini, u
Hindiston hududiga qochganini yozadi. Bundan
avval Tarmashirinxonning o’g’il va qizlari ham
Hindistonga borib, panoh topgan edi, deyiladi
manbada. Tarmashirinxonning tirikligini uning
tabibi va o’g’li ham ko’rib tasdiqlagandan keyin,
Hind podshosiga vaziri Xoja Jahon Ahmad ibn
Ayyos va bosh amir Qutluxon Tarmashirinxonni
Hindistonda qoldirish davlat havfsizligi uchun
salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlaydilar.
Negaki,

ayni

shu

vaqtda

manbaga

ko’ra,

Hindistonda Tarmashinxonga aloqador qirq ming
fuqaro, o’g’li va kuyovi yashayotgan edi. Ular
birlashib, saltanatga havf solishi uqtirilgach, podsho
Tarmashirinxonga sovuq munosabatda bo’lib, Hind
va Sind mulklaridan quvib yuboriladi. Shundan
keyin Tarmashirinxon dastlab Koja va Makron
viloyatiga, undan Sherozga ketadi. Sheroz sultoni
Abu Ishoq unga ehtirom ko’rsatib, yashashi uchun
barcha zarur narsalar bilan ta’minlaydi. Ibn Batuta
Hindistondan qaytayotib Sherozga kelganimda
Tarmashirinxon hozir ham shu yerda yashayotgan
ekan, deydi. Ammo u bilan ko’rishish uchun sulton
Abu Ishoqning ijozatini olish kerak edi. Men (Ibn
Batuta) Tarmashirinxon bilan ko’rishsam, biror kor-
hol bo’lmasin, deb u bilan ko’rishmadim, ammo


background image

keyinchalik bundan qattiq afsuslandim, deydi [6. B.
73]. Shuni ta’kidlash kerakki, Ibn Batutaning
ma’lumotlari haqiqatga o’xshaydi, ammo boshqa
biron bir manbada Tarmashirinxonning tirik
qolgani, Hindiston va Sheroz bilan bog’liq voqealar
keltirilmagan.

Manbalar

va

tadqiqotlarda

Tarmashirinxonning hukmronlik yillari to’g’risida
turlicha sanalar ko’rsatiladi. Sharafiddin Ali Yazdiy
va Mirzo Ulug’bek asarlarida ham buni ko’rish
mumkin. “Muqaddimayi Zafarnoma”da uning
taxtdan tushirilishi hijriy 728/1327-1328 yil Jetadan
(Mo’guliston) amakivachchasi Bo’ron ibn Duva-
Temur ibn Duvaxonning qo’shin tortib kelishi bilan
izohlansa, “To’rt ulus tarixi”da bu sana hijriy
718/1317-1318 yil sifatida qayd etilgan. Ammo,
yuqorida

keltirilganidek,

Markov

tomonidan

o’rganilgan

tangalarda

Tarmashirinxonning

boshqaruv davri 726/1326-735/1334-1335 yillar
sifatida ko’rsatilgan.

Tarmashirinxonning

hokimiyatdan

chetlashtirilishi Chig’atoy ulusida boshlangan
parchalanish jarayonini yanada tezlashtirib yubordi.
Undan keyingi hukmdorlar to’g’risida ham
manbalarda qisqa, ba’zan bir-birini rad etuvchi
ma’lumotlar kuzatiladi.

Tarmashirinxondan keyin

amalda davlat va qo’shin boshqaruvi turkiy amirlar
qo’liga o’tadi.

Nizomiddin Shomiy Tarmashirinxondan

keyingi hukmdor Ebukin o’g’li Jingshi bo’lganini
aytadi [7. B. 26]. Ammo, “Muqaddimayi
Zafarnoma”da Tarmashirinxondan keyingi hukmdor
Bo’ron ibn Uljoytu Sulton Muhammad Xudobanda
deb ko’rsatiladi (Manbani tarjima qilgan O. Boriyev
bu yerda xatolik ketganini aytib, aslida hokimiyatga
kelgan xon Bo’zanxon bo’lganini yozadi. U Duva
Temurxonning o’g’li bo’lib, 1334-1336 yillarda
xonlik qilgan.) [8. B. 304]. Uning davrida
hokimiyatiga qarshi kuchlar, jumladan Durchi
Ikjildoyxon o’g’li va uning otabegi Jovdu hamda
muxoliflar qatl etilgan [8. B. 304]. Mirzo Ulug’bek
o’n to’qqizinchi xon Chig’atoy naslidan emas, Tuli
naslidan bo’lganini yozadi: “O’n to’qqizinchi xon
Dorujg’om ibn O’ljoytu sulton ibn Tulixon ibn
Chingizxon naslidan edi” [5. B. 317-318].
Sharafiddin Ali Yazdiy va Mirzo Ulug’bek
Tarmashirinxondan keyingi hukmdorni O’ljoytuxon
naslidan ekani aytilsa-da, ismlarda biroz tafovut bor.
Ammo Ibn Batuta asarida va tadqiqotlarda
Tarmashirinxondan keyingi hukmdor Buzanxon ibn
Duva Temurxon ekani ta’kidlanadi [6. B. 73]. Mirzo
Ulug’bek asarida bu haqda biroz chalkashliklar bor.
Jumladan, manbada o’n to’qqizinchi xon sifatida
ikkita xon nomi keltirilgan: birinchisi – Dorujg’om
ibn O’ljoytu sulton ibn Tulixon ibn Chingizxon;
ikkinchisi Turonxon (boshqa o’rinda Puron) ibn
Duvo Temurxon. Bizningcha, bu Ibn Batuta
ta’kidlagan Bo’zonxon bo’lgan. Shuningdek,
manbalarda keltirilishicha, u muxoliflarini yo’q
qilish yo’lidan borib, ko’plab qatllarni amalga

oshirgan. U islom diniga e’tiqod qiluvchi
musulmonlarga yomon munosabatda bo’lib,
nasroniylar va yahudiylarga o’z ibodatxonalarini
qurishlariga ruxsat beradi.

Bu davrdagi numizmatik ma’lumotlar

orasida Bo’zonxon nomi keltirilgan tangalar
hozirgacha aniqlanmagan. Bunga sabab uning qisqa
hukmronligi bo’lishi ham mumkin.

Ibn Batuta boshqa manbalardan farqli

ravishda

Bo’zonxondan

keyingi

hukmdorni

Chig’atoy naslidan Xalil bo’lganini ko’rasatadi.
Musulmonlar

Bo’zonxondan

yuz

o’girib,

musulmonlarga nisbatan iliq munosabatda bo’lgan
Xalilni qo’llab-quvvatlaydi. Xalil Hirot shohi Sulton
Husayndan harbiy ko’mak olib, jangda Bo’zonxonni
yengadi va bo’g’ib o’ldiradi. Ammo, Xalilning ham
hokimiyati uzoqqa bormaydi. U homiysi Hirot
hukmdoridan xutbada o’z nomini o’qishni talab
qilganidan so’ng, Sulton Husayn amakivachchasi
Malik Vorun boshchiligida Xalilga qarshi qo’shin
yuboradi. Xalil mag’lub bo’lib, asir olinadi va
Sulton Husaynga topshiriladi. Sulton Husayn uni
o’ldirmay, o’z saroyidan joy berib, uni nafaqa bilan
ta’minlaydi. Ibn Batutaning yozishicha, hijriy
747/1346-1347 yillarda ham Xalil Hirotda bo’lgan
[6. B. 74].

Bo’zonxondan keyingi hukmdor Yazdiyda

Jingsho’xon (Chenkshixon, Chingsuxon) Abukan
o’g’li bo’lib, u manbada adolatli hukmdor sifatida
gavdalanadi

(Muiniddin

Natanziyga

ko'ra,

Tarmashirinxondan

keyin

xonlikka

kelgan

Chenkshixon islomga qarshi munosabatda bo'lgan.
“Tarmashirinning

ukasi

Abukanning

oʻgʻli

Chenkshixon oʻzining eski diniga qaytishga intilib,
ikki yilga sultonlikdan voz kechgan.) [3. B. 112].
Mirzo Ulug’bek bu yigirmanchi hukmdorni Jangitu
ibn Iyumkan ibn Duva Chechan edi deydi. Aslida
harflardai tafovutni inobatga olmasak, ikki manbada
bu xon nomi bir xil ko’rsatilgan. Uning hukmronligi
bir necha oy davom etib, keyingi hukmdor
Jingsho’xonning

birodari

Yisun

Temurxon

tomonidan o’ldirilgan [5. B. 318].

A.K.Markovning numizmatik ma’lumotlarni

tahlil qilishiga ko’ra, Jinksho’xon nomi qayd etilgan
tangalar hijriy 736-737/1336-1337 yillarga oid [9. B.
558-559]. Bundan uning hukmronlik yillarini ham
bilish mumkin. Olim bu davr Chig’atoy ulusi
hukmdorlari tarixiga oid tangalar hijriy 736-737-
yillardan keyin 739-740-yillargacha o’rtaliqdagi
davrga oid tangalar topilmaganini yozadi. Hijriy
739-740-yillarga

oid

tangalarda

Yisun

Temurxonning nomi keltirilgan [9. B. 559].

“Muqaddimayi

Zafarnoma”da

Yisun

Temurxon keyingi hukmdorlar orasida biroz
uzoqroq

davlat

boshqargani

ta’kidlanib,

adolatsizliklar bilan ko’plab qatllar uyushtirgani
aytiladi [8. B. 305]. Uning hukmronligi davrida
O’qtoyxon naslidan Ali Sulton Chig’atoy ulusiga
bostirib kelib, ma’lum muddat nohaqlik va
zo’ravonlik bilan yigirma ikkinchi xon sifatida


background image

xonlik taxtiga o’tirgani ta’kidalanadi [5. B. 319].
Mirzo Ulug’bek va Sharafiddin Ali Yazdiy Ali
Sulton bir zamonlar Amir Temur va Chingizxon
ajdodlari o’rtasida tuzilgan ahdnomani yo’q
qilganini ta’kidlashadi. Ammo, Amir Temur va
Temuriylar davridan avval yaratilgan manbalarda
(Juvayniy,

Rashididdin,

Jamol

Qarshiy

va

boshqalarning asarlarida) bunday ahdnomaning
bo’lganligi to’g’risida hech qanday ma’lumotlar
keltirilmagan.

Ali

Sultonning

hokimiyati

uzoqqa

cho’zilmay, bir necha oy davom etgan bo’lishi
mumkin. Negaki, 1342 yilning o’zida keyingi xon
Muhammad ibn Po’lod ibn Kunjakxon ibn Duvaxon
hokimiyatga keladi. Uning davrida “zulm eshigi
butunlay berk va adolat eshigi doim ochiq” bo’lgani
aytiladi [8. B. 305]. Ammo uning hukmronligi ham
uzoqqa bormay, shu yilning o’zida hokimiyat
Qozonxon qo’liga o’tadi.

Qozonxonning shajarasi manbalarda turlicha

keltiriladi. “Muqaddimayi Zafarnoma”da Qozon
Sulton ibn Yisun Temurxon, “To’rt ulus tarixi”da
Qazon Sulton ibn Yasavul ibn Urktemurxon ibn
To’qtemurxon ibn Qudag’ay ibn Komkor ibn
Chig’atoyxon ibn Chingizxon, “Muntaxab ut-
tavorixi Muiniy” asari izohlarida Qozonxon ibn
Yasavur shaklida berilgan [8. B. 305; 5. B. 320; 4.
B. 44].

Qozonxon o’zidan avvalgi xonlardan farqli

ravishda Kebekxon va Tarmashirinxon kabi ulus
markazini Movarounnahr ichkarisiga – Qarshidan
ikki manzil masofadagi Zanjir-Saroyga ko’chirgan
edi. Bu usul aslida Ili vodiysida yuzaga kelgan toju
taxt kurashidan biroz uzoqlashish uchun qilingan
siyosiy to’lg’ama bo’lib, shu orqali Qozonxon bir
necha yil bo’lsa ham mamlakatni boshqa nomzodlar
aralashuvisiz boshqaradi.

Qozonxon

davri

barcha

manbalarda

adolatsizlik hukmron bo’lgan va qonxo’rlik haddan
oshgan, katta amirlar qatli amalga oshirilgan davr
sifatida eslatiladi. Natijada qoraunos qavmidan
Munk (qadimgi Xuttalon, hozirgi Baljuvon) va
Solisaroy (Xuttalondagi viloyat) shaharlari hokimi
amir Qazag’on no’yon unga qarshi isyon ko’tarib,
ikki marta jang qiladi. İkkinchi jangda Qozonxonni
o’ldirib (1346-yil), mamlakat boshqaruvini qo’lga
oladi [4. B. 44]. Bu voqea “To’rt ulus tarixi”da ham
batafsil yoritilib, jangda Qozonxonning bir ko’ziga
o’q tegib yaralashi, xon qo’shinining Qarshiga
chekinishi, qish qattiq kelganidan omon qolgan
qo’shinning otlari nobud bo’lgani, Qazag’on yana
qo’shin tortgani va Qozonxonni qatl etgani
tasvirlangan [5. B. 321].

Qozonxon zo’ravon, tinch aholiga nisbatan

ham qatliomlar uyushtirhan hukmdor bo’lishiga
qaramasdan, u o’zini dindor davlat boshlig’i sifatida
ham ko’rardi. Shuning uchun ham u zarb ettirgan
tangalarda Qozon-Temur Xalilxon, ayrimlarida esa
Xalilulloh nomlari keltirilgan. Qozonxonga tegishli
tangalarda asosan hijriy 743, 744, 745-yillar

ko’rsatilgan [9. B. 559-560]. Shunga ko’ra,
Qozonxonning 745/1345-yida qatl etilib, hokimiyat
amir Qazag’on qo’liga o’tganini numizmatik
ma’lumotlar ham qayd etadi.

Qozonxon

qatl

etilgach,

1345-yilning

yozidan amir Qozag’on hukumati davri boshlanadi.
Ayni shu davrda Chi’gatoy ulusi amalda ikkiga
bo’linib, sharqiy qismida Chig’atoy naslidan
Tug’luq Temur hokimiyatni egalladi. U va avlodlari
boshqargan Chig’atoy ulusining sharqiy qismi
manbalarda “Mo’g’uliston” yoki “Jete” nomlari
bilan tilga olinishi natijasida keyingi davrlarda ham
va hatto bizning davrda ham bu davlat Chig’atoy
ulusining bir qanoti ekani ayrim tarixshilar
tomonidan e’tirof etilmaydi. Aslida bu davlat
sharqiy Chig’atoy ulusi bo’lib, 1678-yilga qadar
mavjud edi [1. B. 137].

Chig’atoy

ulusining

g’arbiy

qismida

hokimiyat amir Qazag’on (1345-1358), uning o‘g‘li
amir Abdulla (1358-1359) va Qozog‘onning
nabirasi amir Husayn (1359-1370) hukmronligi
yillarida bir nechta “soxta xon”lar hokimiyatga
ko’tarilib, ularning nomidan davlat idora qilindi.
Keyinchalik bu an’ana Amir Temur davrida ham
davom ettirilib, 1469-yil Abu Said Mirzo vafotiga
qadar aksariyat Temuriy hukmdorlar “soxta xon”lar
tizimini saqlab qolishdi.

Manbalarda

Qozonxondan

keyingi

hukmdorlar to’g’risidagi ma’lumotlarda ham
yakdillik

kuzatiladi.

Nizomiddin

Shomiy,

Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirzo Ulug’bek, Muiniddin
Natanziy

kabi

muarrixlarning

asarlarida

Qozonxondan keyingi xon O’qtoy naslidan
Donishmandcha bo’lgani aytiladi. U ikki yil
“qo’g’rchoq xon” sifatida hokimiyatda bo’lib, keyin
amir Qazag’on farmoni bilan qatl etiladi [5. B. 322].
Undan

keyingi

xonni

Nizomiddin

Shomiy

Bayonquli Surg’atu o’g’li, Sharafiddin Ali Yazdiy
Bayonqulixon ibn So’g’do-o’g’lon ibn Duvaxon,
Mirzo Ulug’bek esa Bayonqulixon ibn Sarg’ad
o’g’ul shaklida keltiradi. Bayonqulixonning
shajarasi ayrim harflar o’zgarishi e’tiborga olinmasa
barcha manbalarda bir xil aks etgan [7. B. 26; 5. B.
327; 8. B. 306]. Bayonqulixon amir Qazag’on
vafotidan keyin hokimiyatni qo’lga olgan uning
o’g’li Abdulloh tomonidan qatl etiladi. Mirzo
Ulug’bek uning qatl etilishiga sabab Abdulloh
Bayonqulixonning xotiniga oshiq bo’lib qolgani
uchun uni o’ldirib, xotiniga uylandi, deydi [5. B.
322].

Bayonqulixondan keyingi “soxta xon”

yuqoridagi barcha forsiy manbalarda Temurshoh ibn
Yesun-Temurxin ibn Abukan ibn Duvaxon bo’lgani
ta’kidlanadi. Ammo manbalarda nomi qayd etilgan
soxta xonlarning hukmronlik davri to’g’risida hech
qanday ma’lumot aks etmagan. Biz ularning
hukmronlik

yillari

to’grisidagi

qaydlarni

numizmatik ma’lumotlardan oldik. Shunga ko’ra,
Donishmandcha 1346-1348-yillarda, Bayonqulixon
1348-1358-yillarda Chig’atoy ulusining soxta


background image

xonlari sifatida faoliyat yuritishgan [9. B. 559-563].
Ammo keyingi “soxta xon” Temurshoh hukmronligi
davri aks etgan aniq numizmatik ma’lumotlar
hozirgacha topilmagan. Bu holat Movarounnahr
hududiga sharqiy Chig’atoy ulusidan Tug’luq
Temurxonning kirib kelishi bilan bog’liq bo’lishi
mumkin. Negaki, Bayonqulixon qatl etilgandan
so’ng, mamlakatda qabila boshliqlari va noiblar
orasida Abdulloh humronligiga qarshi ochiq
xarakatlar amalga oshirila boshlaydi. Abdulloh yon-
atrofdagi bek va amirlarni tinchlantirish Chi’g’atoy
naslidan yana bir Temurshohni “soxta xon”ni xon
qilib ko’taradi. Ammo, uning nomidan tanga pullar
zarb qilinmagan ko’rinadi. Temurshohni xon qilib
ko’tarish ham mavjud vaziyatni yumshatmagach,
Abdulloh hokimiyatni tashlab qochishga majbur
bo’ladi. Natijada, Movarounnahr hududida siyosiy
tarqoqlik avj olib, o’nlarcha bek va amirlar o’zlarini
hokimi mutloq sanay boshlaydi. Movarounnahrdagi
siyosiy vaziyatni Sharqiy Chig’atoy ulusidan –
Mo’g’ulistondan kuzatib turgan Tug’luq Temur
fursatdan foydalanib g’arbiy Chig’atoy ulusiga –
Movarounnahrga qo’shin tortadi.

Tug’luq

Temur

va

uning

o’g’li

Ilyosxo’janing qisqa hukmronligidan keyin ham
Movarounnahr hokimiyatiga “soxta xon”lar
o’tqazilgan.

Jumladan,

Abdullohdan

keyin

Movarounnahrda hokimiyatni qo’lga olgan amir
Qazag’onning

nabirasi

amir

Husayn

Movarounnahrda unga muxolifatda bo’lgan siyosiy
kuchlarga qarshi g’oyaviy asos sifatida keyingi
“soxta xonlar”ni taxtga chiqaradi. Shunga ko’ra,
avval yigirma sakkizinchi xon – Kobulshoh ibn Ruji
ibn Iykjildoy ibn Duvaxon, yigirma to’qqizinchi xon
– Odil sulton ibn Muhammad ibn Po’lod o’g’i ibn
Ko’njakxon ibn Duvaxon [8. B. 306-307] birin ketin
hokimiyatga keladi.

Amir Temur ham bu an’anani davom ettirib,

1370 yil aprelda amir Husayn ustidan g’alaba
qozongach, ulug’ amir sifatida hokimiyatga
kelishidan bir oy avval bo’lajak hokimiyatini
qonuniy asoslash maqsadida Chig’atoy naslidan
yana bir “soxta xon” Suyurg’atmishxonni xonlikka
ko’taradi.

U

“Muqaddimayi

Zafarnoma”da

o’ttizinchi Chig’atoy xoni sifatida zikr etiladi.
Undan keyingi xon uning o’g’li Sulton Mahmud edi.
Amir Temur bu ikki xon nomidan tangalar zarb
qildirgan [8. B. 306-307]. Shuningdek, rasmiy
hujjatlarda ham ularning nomlari xon sifatida qayd
etilgan. Chi’g’atoy xonadoniga mansub “soxta
xon”larning taxtga ko’tarish an’anasi Abu Said
Mirzo hokimiyati yakunlangunga qadar davom
etgan.

XULOSA

Chig’atoy ulusining parchalanish davrida

hukmronlik qilgan xonlar to’g’risidagi arabiy, forsiy
va boshqa tillardagi manbalarda ma’lumotlar to’liq
aks etmagan. Mavjud manbalardagi ma’lumotlar

ko’p hollarda bir-birini rad etadi yoki bahsli
masalalarni taqdim etadi. Ayniqsa, xonlarning
hukmronlik

davri

manbalarda

numizmatik

ma’lumotlar bilan solishtirganda katta tafovutlarni
yuzaga keltiradi. Shuningdek, ayrim xonlarning
nomi va shajarasi masalasida ham manbalarda
yakdillik kam kuzatiladi. Mazkur davrda XIV
asrning

20-40-yillarida

hukmronlik

qilgan

Chig’atoy xonlari tarixi aks etgan tarixiy manbalar
mavjud emas. Biz yuqorida tahlil qilgan forsiy
manbalar (Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali
Yazdiy, Muiniddin Natanziy, Mirzo Ulug’bek va
boshqalarning asarlari) tarixiy jarayondan deyarli
bir asr keyin yaratilgani uchun ham ularda
keltirilgan sanalar, shajara va boshqa masalalarda
aniqlik yetishmaydi yoki aksariyat hollarda bir-
biriga qarama-qarshi ma’lumotlar aks etgan. Arab
manbalaridan

faqatgina

Ibn

Batutaning

“Sayohatnomasi” tarixiy voqea yuz bergan ayni
davrda yaratilgan manba bo’lsa ham, unda XIV
asrning 20-40-yillari to’liq aks etmagan. Ibn Batuta
sayohati davrida Chig’atoy ulusida Tarmashirinxon
hokimiyati o’rnatilgan edi va shuning uchun ham
asarda faqatgina shu yillarda kechgan tarixiy
jarayonlar yoritilgan.

Shunga ko’ra, maqola mavzusini tadqiq etish

orqali quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

birinchidan, Chig’atoy ulusining har bir

tarixiy davri bo’yicha turli tillardagi asosiy va
qo’shimcha manbalar va adabiyotlar yig’ilib,
ulardagi tarqoq ma’lumotlar jamlanishi kerak;

ikkinchidan, jamlangan ma’lumotlar bazasi

AQSH, Mo’g’uliston, Hindiston, Isroil, Turkiya
davlatlarida

mavjud

onlayn

ilmiy

tadqiqot

platformalari kabi O’zbekistonda bu davning
tarixini aks ettiruvchi platforma yaratilib, unda
tarixchi-sharqshunoslar

hamda

komyuter

texnologiyalari mutaxassislari bilan hamkorlikda bu
davrning ilmiy-tarixiy rekonstruksiyasi yaratilishi
lozim.

TASHAKKUR

(ACKNOWLEDGMENTS)


Ushbu maqolani “Tarix – Muarrix

kutubxonasi” va “Markaziy Osiyo” elektron
kutubxonasidagi XIV-XV asrlarga oid arabiy va
forsiy manbalar, shuningdek, Hebrew University of
Jerusalem (http://www.eacenter. huji.ac.il, http://
mongol.huji.ac.il)

ning

elektron

bazasidagi

manbalar va tadqiqotlardan foydalanilgan holda
yaratildi.

Maqolani

yozishda

maslahatlari

bilan

yordam bergan ustozim akademik D.Yusupova,
t.f.d.

N.

Egamberdiyeva

va

t.f.n.

O.

Rahmatullayevaga

o’z

minnatdorchiligimni

bildiraman.

ADABIYOTLAR


background image

1.

Biran M. Mobility, Empire and Cross-
Cultural Contacts in Mongol Eurasia
(Mongol) // Medieval worlds. №8. 2018. –
Р. 137.

2.

Kadi Ahmad Gaffâr-ı Qazvînî. Târîh-i
Cahân-ârâ. /M.Minovi nashri. – Tehron,
1343. – P. 201.

3.

Mu’in-al-din Natanzî. Muntakhab-al-
Tavârikh-i Mu'inî. /Publies par Jean
Aubin. – Teheran, 1957. – P. 112.

4.

Muniddin Natanziy. Muntaxab ut-tavorixi
Muiniy. / Fors tilidan G’. Karomov tarj. –
Toshkent, 2011. – B. 44.

5.

Mirzo Ulug’bek. To’rt Ulus tarixi. –
Toshkent, 1994.

6.

Ne’matullo Ibrohimov. Ibn Batuta va
uning O’rta Osiyoga sayohati. – Toshkent,
1993. – B. 70.

7.

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. /Fors
tilidan Yu. Hakimjonov tarjimasi. –
Toshkent, 1996. – B. 26.

8.

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.
Muqaddima. (keyingi o’rinlarda
“Muqaddimayi Zafarnoma” shaklida
qo’lladik.) 1-kitob. // Fors tilidan O.
Bo’riyev tarjimasi. – Toshkent, 2020. – B.
305.

9.

Марков А.К. Инвентарный каталог
Мусульманских монет Эрмитажа. – Ст-
Петербург. – 1892. – P. 559-560.

10.

American Center for Mongolian Studies –
ACMS. https://www.mongoliacenter.org,
info@mongoliacenter.org;

11.

The Australian National University,
Mongolia Institute – ANU, -

http://mongoliainstitute.anu.edu.au

;

12.

Center for Global Education –

https://asiasociety.org/education/mongol-
dynasty

;

13.

Columbia University –http://afe.easia.
columbia.edu/mongols;

14.

Indiana University Department of Central
Eurasian Studies (CEUS) –

https://iaunrc.indiana.edu

;

15.

Mongolian Development Research Center
– MDRC –

https://www.mdrc.mn

;

16.

Hebrew University of Jerusalem -
http://www.eacenter. huji.ac.il, http://
mongol.huji.ac.il

References

Biran M. Mobility, Empire and Cross-Cultural Contacts in Mongol Eurasia (Mongol) // Medieval worlds. №8. 2018. – Р. 137.

Kadi Ahmad Gaffâr-ı Qazvînî. Târîh-i Cahân-ârâ. /M.Minovi nashri. – Tehron, 1343. – P. 201.

Mu’in-al-din Natanzî. Muntakhab-al-Tavârikh-i Mu'inî. /Publies par Jean Aubin. – Teheran, 1957. – P. 112.

Muniddin Natanziy. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy. / Fors tilidan G’. Karomov tarj. – Toshkent, 2011. – B. 44.

Mirzo Ulug’bek. To’rt Ulus tarixi. – Toshkent, 1994.

Ne’matullo Ibrohimov. Ibn Batuta va uning O’rta Osiyoga sayohati. – Toshkent, 1993. – B. 70.

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. /Fors tilidan Yu. Hakimjonov tarjimasi. – Toshkent, 1996. – B. 26.

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Muqaddima. (keyingi o’rinlarda “Muqaddimayi Zafarnoma” shaklida qo’lladik.) 1-kitob. // Fors tilidan O. Bo’riyev tarjimasi. – Toshkent, 2020. – B. 305.

Марков А.К. Инвентарный каталог Мусульманских монет Эрмитажа. – Ст-Петербург. – 1892. – P. 559-560.

American Center for Mongolian Studies – ACMS. https://www.mongoliacenter.org, info@mongoliacenter.org;

The Australian National University, Mongolia Institute – ANU, -http://mongoliainstitute.anu.edu.au;

Center for Global Education – https://asiasociety.org/education/mongol-dynasty;

Columbia University –http://afe.easia. columbia.edu/mongols;

Indiana University Department of Central Eurasian Studies (CEUS) – https://iaunrc.indiana.edu;

Mongolian Development Research Center – MDRC – https://www.mdrc.mn;

Hebrew University of Jerusalem - http://www.eacenter. huji.ac.il, http:// mongol.huji.ac.il

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов