RAQAMLI ENERGETIKANI RIVOJLANTIRISH VA RАQOBАTBАRDOSH BOZOR MEXАNIZMLARIGA OʼTISH

HAC
Google Scholar
To share
Qilichev, S. (2024). RAQAMLI ENERGETIKANI RIVOJLANTIRISH VA RАQOBАTBАRDOSH BOZOR MEXАNIZMLARIGA OʼTISH . Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28206
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada, ulkan energetika infratuzilmasini ishchan holatda saqlab turish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va samarali taqsimlashda, bosqichma-bosqich elektr energiyasining raqobatbardosh ulgurji va chakana bozorlarini яратишни ta’minlash. Elektr energiyasi bozorida raqobatni qo’llab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklif mutanosibligini ta’minlash. Taqsimlash tarmog’ini raqamli transformatsiya qilish va barqarorligini oshirish masalalari yoritilgan.


background image

RAQAMLI ENERGETIKANI RIVOJLANTIRISH VA

RАQOBАTBАRDOSH BOZOR MEXАNIZMLARIGA OʼTISH

Qilichov Sobir Savriyevich.

Toshkent Amaliy fanlar universteti, Katta o’qituvchisi. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10470977

Kalit so’zlar:

raqamlashtirish, ERP (Enterprise Resource Planning) dasturi,

SCADA (Supervisory Control And Data

Acquisition) dasturini joriy qilish,

bozor kon’yunkturasi,

raqamli transformatsiya,

raqobatbardosh, talab va taklif


Annotatsiya

: Ushbu maqolada, ulkan energetika infratuzilmasini ishchan holatda saqlab turish, elektr energiyasi ishlab chiqarish

hajmlarini oshirish va samarali taqsimlashda, bosqichma-bosqich elektr energiyasining raqobatbardosh ulgurji
va chakana bozorlarini яратишни ta’minlash. Elektr energiyasi bozorida raqobatni qo’llab-quvvatlash,
bozorning jozibadorligini hamda talab va taklif mutanosibligini ta’minlash. Taqsimlash tarmog

ini raqamli

transformatsiya qilish va barqarorligini oshirish masalalari yoritilgan.

KIRISH

Bugungi

kunda

energetika

sanoati

korxonalarining barqaror rivojlanishi zamonaviy
raqamli iqtisodiyotning samarali tashkil etish asosi
boʼlib kelmoqda. Аholining turmush darajasi,
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari faoliyati va
mamlakatning jahondagi oʼrni koʼp jihatdan
energetika sohasidagi korxonalarning samarali
faoliyat yuritishiga bogʼliq boʼlmoqda. Energetika
sohasi

istalgan

mamlakat

taraqqiyotining

tagzaminidir. Iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining
qulay hayot kechirishi, taʼlim, tibbiy xizmat, ijtimoiy
taʼminot, kommunal xo’jalikning moʻtadil faoliyati
uchun imkoniyatlar aynan shu sohada yaratiladi.
Ammo bugun sohani bozor iqtisodiyoti yo’liga
o’tkazmay turib, ulkan energetika infratuzilmasini
ishchan holatda saqlab turish, boz ustiga, elektr
energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish
mushkul. Faqatgina elektr stansiyalar, elektr
tarmoqlari va energetika infratuzilmasining o’zga
muqobillarini qurish va ishlatish borasida eng
zamonaviy

yutuqlarni

qo’llabgina

qo’yilgan

maqsadlarga erishish mumkin.

Bozor

qonunlari

asosida

energetikani

rivojlantirish raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, bu
esa nafaqat vositalar, balki zamonaviy tajriba va
texnologiyalar sohibi bo’lmish eng malakali
muhandislarni loyihalarni amalga oshirishga jalb
etishga imkon beradi. Shu asnoda yana o’n yillarcha
dolzarb

ahamiyat

kasb

etuvchi

uskuna

va

uslubiyatlarni O’zbekiston energetikasiga olib kirish
mumkin.

METODOLOGIYA

Umuman

jahon

iqtisodiyotiga

ham,

mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham, shu jumladan
uning eng muhim tarmogʼi – elektr energetikasiga
taʼsir koʼrsatayogan iqtisodiy oʼzgarishlar va
siljishlar sharoitida koʼplab energetika sanoati
korxonalari moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini yuqori
raqobat muhitida olib bormoqdalar, tashqi va ichki
omillarga nisbatan tobora zaiflashib borishlarini ham
kuzatish mumkin. Bu ularning barqaror holati va
rivojlanishiga bevosita taʼsir qilmay qolmaydi. Shu
sababli, energetika sanoati korxonalarining barqaror

rivojlanishiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan omillarning
taʼsirini bartaraf etish yoki minimallashtirishga
qaratilgan mexanizmni ishlab chiqish dolzarb vazifa
hisoblanadi.

Mamlakatdagi yoqilgʼi-energetika majmuasi

tarkibida alohida oʼrin tutadigan elektr energetikasi
hozirgi paytda qayta rivojlanish jarayonini boshdan
kechirmoqda, buning asosiy sabablaridan biri
sanoatning bir qismi boʼlgan sanoat korxonalarining
tashqi va ichki muhitidagi oʼzgarishlarni tezkor
baholash jarayonining yetishmasligidir. Xususan,
ushbu oʼzgarishlar elektr energetikasi korxonalari
tomonidan taqdim etiladigan elektr energiyasini
ishlab chiqarishga, uzatishga va isteʼmolchilar
talabini oʼsishi bilan bogʼliq.

Yillar davomida energetika tizimidagi issiqlik

va gidroelektr stansiyalari asosan bitta joydan, ya'ni
Milliy dispetcherlik markazidan telefon aloqasi orqali
— mutaxassislarning o’zaro muloqoti yordamida
boshqarib kelinar edi. Endilikda energetika tizimida
zamonaviy, yuqori samardorlikka ega bo’lgan bug’-
gaz qurilmali uskunalar hamda shamol va quyosh
energiyasidan foydalanuvchi yirik quvvatli qayta
tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi
stansiyalarini

operativ

boshqarish

jarayonini

amaliyotga

tadbiq

etish

bosqichma-bosqich

takomillashtirib borilmoqda.

Shu o’rinda bir narsani alohida ta'kidlash

lozimki, SCADA/EMS tizimining tadbiq etilishi
Milliy dispetcherlik markazi operatorining ish
faoliyatini birmuncha yengillashtirish bilan birga
samaradorlik

ko’rsatkichini

keskin

oshiradi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiya axborot uzatish
sifatini oshiradi va yuqorida sanab o’tilgan stansiyalar,
energetika tizimiga kiritilishi mo’ljallangan raqamli
podstansiyalarni masofadan turib elektron dastur
orqali boshqarish imkonini beradi.

TARMOQNING

RAQAMLASH-

TIRISH JARAYONI TARIXI

O’zbekiston Respublikasining energetika

sohasida, xususan elektr energetika tarmog’ida
raqamlashtirish 1992-yilda birinchi
mikroprotsessorga asoslangan RHA qurilmalari
o’rnatilishi bilan boshlangan edi.


background image

Elektr energetika tarmog’iga raqamli ish

dasturiga

ega

elektr

uskunalari

kirib

kelish

bosqichining xronologiyasi quyidagicha:

1992-yili 500/220/10

kVli

«Toshkent»

podstansiyasiga

«EKRA»

rusumli

favqulodda

vaziyatlarni qayd etuvchi registratorlarga «FPM-1M»
tipidagi ShJAQ — shikastlangan joyni aniqlovchi
qurilmalar o’rnatilgan;

1995-yili 220/110/6 kVli «Sho’rtan» va

220/110/6 kVli «Ko’kdumaloq» podstansiyalarida
elektron dasturlarning dastlabki ko’rinishlariga ega
«Bresler» rusumli avariyaviy hodisalarni qayd etib
borish moslamalari ishga tushirildi;

2003-yili «PVZU-ye» va «UPASK AKA-16

«Kedr» rusumli mikroprotsessorli elektron signallarni
qabul qilish va uzatish xususiyatiga ega moslamalar
bosqichma-bosqich

o

rnatilishi

boshlandi.

Shuningdek, «Retom-21» va «Retom-VCh» rusumli
sinov moslamalari xarid qilinib, amaliyotda qo’llanila
boshladi. Misol uchun, o’sha yilda 500/220/10 kV
kuchlanishli «Qorako’l» podstansiyasida «Neva»
tipidagi mikroprotsessorli favqulodda hodisalarni
qayd etuvchi qurilmalar o’rnatilgan edi;

2009–2012-yillarda esa

500 kVli havo

liniyalari

va

500

kV

kuchlanishli

avtotransformatorlarga

avariya

va

nonormal

holatlardan himoya qiladigan «EKRA» tipidagi
mikroprotsessorli himoya shkaflari hamda «Neva» va
«Bresler» tipidagi favqulodda hodisalarni qayd etish
moslamalari

500/220/10

kVli

«O’zbekiston»,

500/220/10 kVli «Lochin», 500/220/10 kVli
«Qorako’l» va 500/220/10 kV «Sug’diyona»
podstansiyalarida keng foydalaniladigan bo’ldi. Shu
bilan birga, 110–220 kVli havo liniyalarida «ITS
Bresler» rusumli mikroprotsessorlar asosida himoya
terminallari 220/110/10 kVli «Ishtixon», 220/110 kV
«Samarqand» va 220/110/35 kVli «Kattaqo’rg’on»
podstansiyalarida samarali ishga tushirildi;

2020-yilda «O’zbekiston

MET»

AJ

tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil

29-martdagi

hamda

O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
iyundagi tegishli qarorlariga asosida «Toshkent
metallurgiya zavodining tashqi ob'ektlarini qurishda
elektr energiyasi bilan ta'minlash» loyihasi
muvaffaqiyatli yakunlanib, 220 kV li yangi yuqori
kuchlanishli «Sirg’ali» podstansiyasi foydalanishga
topshirildi. Mazkur podstansiyani biz shartli ravishda
“yarim raqamlashtirilgan podstansiya” deb atashimiz
mumkin.

2023-yilda O’zbekiston

Respublikasida

birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya
Jizzax viloyatida foydalanishga topshiriladi. 220 kV
kuchlanishli

“Zafarobod”

podstansiyasi

ish

faoliyatining texnologik jarayonlarni boshqarish
to

liq yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo

ladi.

Hozirgi vaqtda energetika inshootlarini qurish

va modernizatsiya qilish bo’yicha loyihalar tarkibiga
mikroprotsessorlar asosida himoya terminallari,
avariyaviy himoya tizimi, shu bilan birga, raqamli
axborot

almanishuviga

asoslangan

favqulodda

vaziyatlarni qayd etish moslamalari kiradi. Misol
uchun, ayni paytda «O’zbekiston MET» AJ «Retom-

21», «Retom-VCh», «Retom-61» va «Omicron-SMS-
356» rusumli mikroprotsessorli qurilmalarni xarid
qilinib, rele himoyasi va avtomatika tizimida samarali
foydalanmoqda.

Bu, avvalo, xavfsizlik choralari, sovngra

foydali ish unumdorligi va bugungi kun — zamon
talabi! Shuning uchun ham bugungi kunda Energetika
vazirligi tasarrufidagi Yoqilg’i-energetika kompleksi
korxonalari faoliyati ham to’liq raqamlashtirilish
bosqichida. Misol uchun, 2021-yilda mamlakatimiz
yoqilg’i-energetika

kompleksini

raqamli

transformatsiya qilish loyihasi muhokamasi yuzasidan
O’zbekiston Energetika vazirligi va Rossiyaning “IKS
Xolding” kompaniyasi rahbariyati o’rtasida uchrashuv
o’tkazilib, raqamlashtirish dasturlanini joriy etish
bo’yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Shu o’rinda bir narsani alohida ta'kidlash

lozimki, «O’zbekiston MET» AJ mutaxassis
xodimlari o’z malakalarini oshirgan holda elektr
ta'minotida muhim ahamiyat kasb etadigan rele
himoyasi

va

avtomatika

tizimini

raqamli

texnologiyalarning sovnggi avlodi bilan boyitib borish
ustida bir qancha yutuqlarga erishgan.

O’zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2020-yil

28-apreldagi

4699-sonli

qaroriga

asosan

«O’zbekiston

MET»

AJda

raqamlashtirish bo’yicha bir nechta loyihalar amalga
oshirilmoqda. Aniqrog’i, Aksiyadorlik jamiyatining
moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tizimi samaradorligini
oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish
maqsadida

ishlab

chiqarish

va

boshqarish

jarayonlarini

avtomatlashtirish

tizimi

ERP

(Enterprise Resource Planning) dasturi,

shu bilan

birga, dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni
yig’ish

dasturiy-apparat

kompleksi

SCADA

(Supervisory Control And Data Acquisition)
dasturini joriy qilish

ustida bosqichli ish jarayonlari

olib borilmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O

zbekistonga

energiya samaradorligi va elektr energiyasi xizmatlari
ishonchliligini oshirish uchun energiya taqsimlash
tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga
yordam beruvchi 200 million dollar miqdoridagi
qarzni ma’qulladi.

“Taqsimlash

tarmog

ini

raqamli

transformatsiya qilish va barqarorligini oshirish”
loyihasi doirasida respublika hududlaridagi 26
ta taqsimlovchi

podstansiyalar

raqamli

podstansiyalarga, jumladan, dispetcher nazorati
va ma’lumotlarni

yig

ish

(SCADA)

tizimiga

modernizatsiya qilinadi. Raqamli himoya relesi va
iqlimga chidamli loyiha podstansiyalarning tabiiy
ofatlar va ekstremal ob-havo hodisalari paytida ishlash
ishonchliligi va chidamliligini oshiradi, shuningdek,
mintaqaviy elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini
oladi.

O

zbekistonning taqsimlash tizimi 7,6 million

maishiy va sanoat iste’molchilariga xizmat ko

rsatadi.

Xonadonlarni 100 foiz elektrlashtirishga erishilganiga
qaramay, mamlakat asosan 1960-yillarda qurilgan
eskirayotgan

va

haddan

tashqari

yuklangan

infratuzilma tufayli ishonchsiz elektr ta’minotidan
aziyat chekmoqda. Elektr ta’minotidagi uzilishlar


background image

hozir ham davom etmoqda va ular ayniqsa qishda, past
haroratlarda isitish uchun elektr energiyasiga bo

lgan

ehtiyoj yuqori bo

lgan vaqtda yuqori darajada bo

ladi,

bu esa o

z navbatida maktab va poliklinikalar kabi

muhim ijtimoiy xizmatlarining faoliyat yuritishi
murakkablashtirishiga olib kelmoqda.

MUHOKAMA

O

zbekistonda energetika bozorini tartibga

soluvchi

organ —

Vazirlar

Mahkamasiga

bo

ysunadigan Energetika bozorini rivojlantirish

va tartibga solish

agentligi tashkil etilmoqda.

Bu prezidentning 2023 yil 28-sentabrdagi “Energetika
sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga
oshirish chora-tadbirlari to

g

risida”gi qarorida ko

zda

tutilgan.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan

iborat:

1.

Bosqichma-bosqich elektr energiyasining
raqobatbardosh

ulgurji

va chakana

bozorlarini яратишни ta’minlash;

2.

Elektr

energiyasi

bozorida

raqobatni

qo’llab-quvvatlash,

bozorning

jozibadorligini

hamda

talab

va taklif

mutanosibligini ta’minlash;

3.

Elektr energiyasining ulgurji va chakana
savdo

bozorlari

faoliyatining

barcha

ishtirokchilari uchun teng huquqliligini
hamda

raqobatbardoshligini

ta’minlovchi qonun

hujjatlariga

rioya

etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshirish;

4.

Elektr energiyasining ulgurji va chakana
savdo

bozorlarida qatnashchilarning

raqobat asosidagi faoliyatini litsenziyalash,
shuningdek ularning litsenziya shartlariga
rioya etishini nazorat qilish;

5.

2026-yildan elektr energiyasini yetkazib
berish va taqsimlash tariflari va to’lovlarini
tasdiqlash;

6.

Elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda
magistral

va taqsimlovchi

elektr

tarmoqlarida elektr energiyasining yo’l
qo’yiladigan texnologik

yo’qotishlari

me’yorlarini tasdiqlash;

7.

Bozor

kon’yunkturasi

va energiya

resurslariga bo’lgan ehtiyojdan kelib
chiqqan holda, ishlab chiqarish hajmlarini
ko’paytirishni
rejalashtirish va infratuzilmani yaratishga
qaratilgan uzoq muddatli investitsiya
siyosatini shakllantirish hamda amalga
oshirishda ishtirok etish;

8.

Energetika sohasida qurilish-ta’mirlash
ishlarini

amalga

oshirishda mahalliy

tovarlar va xizmatlarni xarid qilishni
rag

batlantirish mexanizmlarini

ishlab

chiqish.

Agentlik tomonidan o

z vakolatlari doirasida

qabul

qilingan

qarorlar

vazirliklar,

idoralar,

hokimliklar

va boshqa

tashkilotlar,

shuningdek

mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiydir.

Agentlik faoliyati to

g’risidagi nizomni 2024-

yil 1-yanvargacha ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo

tarif komissiyasiga agentlik bilan birgalikda 2024-yil
1-fevralga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik
ko

magida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda

elektr energiyasi tariflarini belgilashning yangi
metodologiyasini ishlab chiqish va hukumatga
tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

Prezident

qarori

bilan 2023−2030-yillarga

mo

ljallangan elektr energiyasi ulgurji va chakana

bozorlari mexanizmlariga bosqichma-bosqich o

tish

konsepsiyasi ham tasdiqlandi.

Ulgurji bozor
O’zbekiston 2025-yilga borib uch bosqichda

raqobatbardosh

elektr

energiyasi

bozoriga

o’tishi rejalashtirilgan edi.

Birinchi bosqichda

elektr

energetikasi korxonalarini liberallashtirish va elektr
energiyasini sotishni xohlovchi xususiy korxonalar
uchun litsenziyalar olish nazarda tutildi. Bunday bozor
yondashuvi mahsulot sifatini yaxshilaydi va narxlarni
pasaytiradi, deb taxmin qilingan edi.

Ikkinchi

bosqichda

elektr

energiyasini

taqsimlash

tizimi

operatori

yaratilishi,

iste’molchilarga elektr energiyasini sotish funksiyalari
bosqichma-bosqich

yetkazib

beruvchilarga

o

tkazilishi

kutilgan

edi.

Ushbu

yetkazib

beruvchilarga litsenziya asosida iste’molchilarga
elektr energiyasini sotish huquqi berilishi mumkin.

Uchinchi bosqich

— “Bir kunlik (soatlik)

savdo”. Soatlik elektr energiyasini ishlab chiqarish
va iste’mol qilishning ortiqcha yoki taqchil hajmlari
savdo maydonchasida onlayn tarzda sotiladi.

Yangi konsepsiyaga ko’ra, raqobatbardosh

elektr energiyasi bozorining ulgurji va chakana
savdosiga o

tish uchun to

rt bosqich kerak bo

lib,

prezident bozorga kirmoqchi bo

lgan har qanday

tadbirkorlik subyektiga litsenziya berilishi, o

zining

ishlab chiqarishini boshlashi mumkin bo

lgan

tushunarli tartiblar belgilanishini kovzda tutgan bozor
qoidalarini tasdiqlashga ruxsat bergan.

2023-yildan xususiy kompaniyalar uchun

elektr

energiyasini

sotish

bozorini

ochish

rejalashtirilgan edi. 14 ta tuman va shaharda ular
yuridik shaxslarga elektr energiyasini sotish huquqini
olishlari kerak edi. Shuningdek, energiya bozorini
boshqarishning yangi tizimiga o

tish, energiyani

ulgurji xarid qilish va sotish kompaniyasi hamda
sohani

tartibga

solish

agentligini

tashkil

etish rejalashtirilgandi. Biroq bu rejalar hali amalga
oshirilgani yovq.

XULOSA

Shunday qilib, raqamlar va dalillarga tayanib

aytish mumkinki, so’nggi bir necha yilda O‘zbekiston
energetikasini eng yaxshi xalqaro tajriba asosida
rivojlantirish, energetika sohasi bozor munosabatlari
sharoitida ishlashga o‘tishini taʼminlash borasida
muhim ilgarilash ro‘y berdi. Bularning bari o

sib

borayotgan isteʼmol talablariga javob berib, hozirgi va
keyingi davrda mamlakat energiya xavfsizligini
taʼminlash uchun imkon yaratishi shubhasiz.


background image

Energetika

sohasidagi

davlat

munosabatlarining keskin kamayishi bilan bozor
munosabatlariga

oʼtish

elektr

energetikasini

boshqarish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Natijada

mamlakatning

energetika

xavfsizligi,

respublika energetika taʼminoti ishonchliligi va
barqarorligi taʼminlanadi. Аsosiysi – aholining
turmush sifati yaxshilanadi.

FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR
RO'YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
24.05.2023

yildagi

“YOQILG‘I-

ENERGETIKA

SOHASIDA

DAVLAT

NAZORATI

MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH VA “RAQAMLI
ENERGONAZORAT” TIZIMINI JORIY
ETISH TO‘G‘RISIDA”

PF-77-son Farmoni.

2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 2 dekabrdagi “2030 yilgacha
o'zbekiston

respublikasining

«yashil»

iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish bo'yicha chora-
tadbirlar to'g'risida” PQ-436-son qarori.

3.

A review of renewable energy sources,
sustainability issues and -ScienceDirect, Aug
14, 2020

4.

Data Centers and Data Transmission
Networks Analysis -IEA, June 16, 2021

5.

THE FUTURE IS NOW -Development
Report 2019 -United Nations, New York,
2019

6.

Global Energy Transformation: A Roadmap
to 2050 -IRENA, Apr 4, 2018

7.

https://yuz.uz/news/jahon-energetika-
haftaligida-ozbekiston-islohotlari-taqdim-
etildi

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 yildagi “YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA DAVLAT NAZORATI MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA “RAQAMLI ENERGONAZORAT” TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA” PF-77-son Farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi “2030 yilgacha o'zbekiston respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida” PQ-436-son qarori.

A review of renewable energy sources, sustainability issues and -ScienceDirect, Aug 14, 2020

Data Centers and Data Transmission Networks Analysis -IEA, June 16, 2021

THE FUTURE IS NOW -Development Report 2019 -United Nations, New York, 2019

Global Energy Transformation: A Roadmap to 2050 -IRENA, Apr 4, 2018

https://yuz.uz/news/jahon-energetika-haftaligida-ozbekiston-islohotlari-taqdim-etildi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов