FROM THE THIRD WORLD TO THE GLOBAL SOUTH: CONCEPTS, ESSENCES AND CONCEPTUAL INTERPRETATIONS.

HAC
Google Scholar
To share
Xabibullayeva , M., & Nazirov , M. (2024). FROM THE THIRD WORLD TO THE GLOBAL SOUTH: CONCEPTS, ESSENCES AND CONCEPTUAL INTERPRETATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 582–587. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28336
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article considers the evolution of the concept of the “Global South” and approaches to its content, which specifically refers to the developing countries of the world. The article focuses on the origins of the Global South concept, its development and criticism. The article also discusses in detail issues related to the geographical location and socio-economic situation of the southern countries.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

582

“UCHINCHI DUNYO”DAN “GLOBAL JANUB” SARI: TUSHUNCHA, MOHIYAT VA

KONSEPTUAL TALQINLAR.

Muhayyo Xabibullayeva

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,

Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati yo’nalishi 1-kurs magistranti

Muxtor Nazirov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.10535923

Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarini alohida

ko'rsatuvchi “Global Janub” konsepsiyasining evolyutsiyasi va uning mazmun-mohiyatiga doir
yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada asosiy e’tibor “Global Janub” atamasining kelib
chiqishi, uning rivojlanishi va tanqidga uchrashiga qaratilgan. Janub mamlakatlarining geografik
joylashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan bog'liq masalalarda ham maqolada atroflicha
mushohada yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Global Janub, Global Shimol, Janub mamlakatlari, “Uchinchi dunyo”,

G‘arb boʻlmagan dunyo, Kambag‘al dunyo, Brandt chizigʻi, kam rivojlangan dunyo.

FROM THE THIRD WORLD TO THE GLOBAL SOUTH: CONCEPTS,

ESSENCES AND CONCEPTUAL INTERPRETATIONS.

Abstract. This article considers the evolution of the concept of the “Global South” and

approaches to its content, which specifically refers to the developing countries of the world. The
article focuses on the origins of the Global South concept, its development and criticism. The
article also discusses in detail issues related to the geographical location and socio-economic
situation of the southern countries.

Keywords: Global South, Global North, Countries of the South, Third World, Non-Western

World, Poor World, Brandt Line, Underdeveloped World.

ОТ ТРЕТЬЕГО МИРА ДО ГЛОБАЛЬНОГО ЮГА: ПОНЯТИЯ, СУЩНОСТИ

И КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ИНТЕРПРЕТАЦИИ.

Аннотация. В данной статье рассматривается эволюция понятия «Глобальный

Юг» и подходы к его содержанию, в которых конкретно указываются развивающиеся
страны мира. Основное внимание в статье уделяется зарождению концепции
«Глобальный Юг», ее развитию и критике. В статье также подробно рассмотрены
вопросы, связанные с географическим положением и социально-экономическим
положением южных стран.

Ключевые слова: Глобальный Юг, Глобальный Север, Страны Юга, Третий мир,

Незападный мир, Бедный мир, Линия Брандта, Слаборазвитый мир.

KIRISH

Global rivojlanish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, rivojlangan

mamlakatlarning koʻpchiligi geografik jihatdan shimolda, rivojlanayotgan mamlakatlarning
aksariyati esa janubda joylashganligi sabab dunyoni ikki qismga boʻlingan va bundan “Shimol”
va “Janub” atamalari kelib chiqqan. Vaqt oʻtishi bilan turli tanqidlar natijasida “Shimoliy-Janub”
tushunchasini qayta koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga keldi, natijada “Global Janub”

(Global South)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

583

[1] atamasi paydo boʻlib, bugungi kunda ilmiy jamoatchilikda ommalashdi. Ammo dunyoning
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarini muayyan chegaralash uchun bungacha boshqa
atamalar ham mavjud edi. Masalan: “Kam rivojlangan dunyo”, “Koʻpchilik dunyo”, “Gʻarb
boʻlmagan dunyo”, “Kambagʻal dunyo”, “Qashshoq dunyo”, “Janub”, “Uchinchi dunyo”,
“Rivojlanmagan dunyo”.

Yuqoridagi atamalar orasida “Global Janub” konsepsiyasi ilmiy adabiyotlarda eng koʻp

uchraydi. Statistik ma’lumotlarga koʻra, 1996-yilda ilk bor qoʻllanilgan mazkur atamadan
foydalanish darajasi 2000-yillarga kelib 10 barobarga koʻpaydi [2]. 2007-yildan

“Global South”

nomli ilmiy jurnal muntazam nashr etila boshlandi. Shunga oʻxshash yana bir jurnal – “

Journal of

Global South Studies”

(“Global Janubiy tadqiqotlar jurnali”), 2015-yilda sobiq “

Journal of Third

World Studies”

(“Uchinchi Dunyo tadqiqotlari jurnali”) [3] oʻrnida nashr qilina boshladi. Dunyo

ravojlanishining zamonaviy tendensiyalari bu fenomen bilan bog‘liqligi ilmiy jamoatchilikning
“Global Janub” konsepsiyasiga qiziqishi ortganida namoyon bo‘ldi.

Shunday ekan, “Global Janub” va “Uchinchi dunyo” atamalarning kelib chiqishi, uning

evolyutsiyasi, nima uchun jahon taraqqiyotini oʻrganayotgan xalqaro ekspertlarning zamonaviy
leksikonidan mustahkam oʻrin olganligi haqida tushuncha hosil qilish lozim bo‘ladi.

MUHOKAMA
“Uchinchi dunyo” atamasining kelib chiqishi

Uchinchi dunyo mavjud degan fikrning muallifi sifatida koʻpincha ingliz antropologi va

sotsiologi P. Vorsli tilga olinadi. Bu bejizga emas. Vorsli shu nomdagi koʻplab kitoblar muallifidir
va ularning birinchisi 1960-yilda nashr qilingan. Biroq aslida “Uchinchi dunyo” (le tiers monde)
tushunchasini avvalroq 1952-yilda fransuz demografi A. Sovi ilmiy asarlariga kiritgan [4]. Biroq
olim “Uchinchi dunyo” atamasidan foydalanganda “birinchi” va “ikkinchi” dunyolarning borligini
nazarda tutmagan. Aksincha, u kambagʻal va mustamlaka mamlakatlar oʻrtasidagi
oʻxshashliklarni ta’riflagan va ularni uchinchi bir dunyo sifatida tavsiflagan.

1970-yillarda “Uchinchi dunyo” deb “Birinchi dunyo” (kapitalistik) va “Ikkinchi dunyo”

(sotsialistik/kommunistik) mamlakatlardan farqli boʻlgan va ularning hech biriga mos
kelmaydigan davlatlar ittifoqi nazarda tutilgan. Biroq, tez orada iqtisodiyoti zaif boʻlgan qashshoq
mamlakatlar “Uchinchi dunyo” sifatida tasniflana boshlandi.

1980-yilga kelib aksariyat mualliflar bu atamani oʻz asarlarida iqtisodiy tengsizlik

masalalarini ifodalashda foydalana boshlashdi. Masalan, amerikalik olim M.Todaro tomonidan

“Uchinchi dunyoda iqtisodiy rivojlanish”

(Economic Development in the Third World, 1985) [5],

ingliz olimi P.Bauer tomonidan

“Tenglik, uchinchi dunyo va iqtisodiy illyuziya”

(Equality, the

Third World, and Economics Delusion, 1981) [6], yana bir ingliz olimi P. Harrison tomonidan
yozilgan

“Ertaga uchinchi dunyo: qashshoqlikka qarshi urushdagi frontdan reportaj”

(The Third

World tomorrow: a report from the battlefront in the war against poverty, 1983) [7] asarlarda
“Uchinchi dunyo” mamlakatlari sifatida doim rivojlanishdan ortda qoladigan, iqtisodiyoti yomon
ahvolda bo‘lgan mamlakatlar nazarda tutila boshlandi va bu atama salbiy maʻnodagi tushunchaga
aylanib qoldi.

Shunday qilib, 1980-yillarning ikkinchi yarmida jahon iqtisodiyoti va siyosatidagi

oʻzgarishlar tufayli “Uchinchi dunyo” tushunchasi kam qoʻllanila boshladi. Bunga bir qancha
sabablar mavjud edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

584

Birinchidan

, bu “birinchi” va “ikkinchi” dunyolar oʻrtasidagi katta qarama-qarshilikning

zaiflashuvi va ilgari hal qilib boʻlmaydiganday tuyulgan iqtisodiy ziddiyatlarni bosqichma-
bosqich bartaraf etilishidir.

Ikkinchidan,

“Ikkinchi dunyo”ning markazi sanalgan sobiq Sovet Ittifoqining

parchalanishi iqtisodiy muvozanatning buzilishiga va uning tarkibidan ajralib chiqqan ayrim
mamlakatlarning “Uchinchi dunyo” tarkibiga kirishiga olib keldi. Mualliflar qayd etishicha, bozor
iqtisodiyotining yuksalishi oqibatida koʻplab mamlakatlar (masalan, Xitoyda 1978-yildan,
Vetnam va Laosda 1986-yildan, qisman SSSRda 1987-yildan) sust rivojlangan davlatlar qatoridan
chiqa boshladi. Bundan tashqari, globallashuv jarayonlari natijasida oʻzaro mafkuraviy, siyosiy,
iqtisodiy qutblashish emirildi, keyinchilik “Uchinchi dunyo” atamasi oʻzining asl mazmunini
muayyan ma’noda yoʻqotdi.

“Uchinchi dunyo” deb atalgan Osiyoning koʻplab mamlakatlaridagi jadal iqtisodiy oʻsish

sur’atlari endi ularni kambagʻal va zaif deb tasniflashga yo‘l bermas edi, aksincha ularning
ayrimlari yangi “Osiyo yoʻlbarslari” deb atala boshlandi. Gonkong, Singapur, Janubiy Koreya va
Tayvan singari “yangi sanoatlashgan mamlakatlar” qatorini tez orada Indoneziya, Malayziya va
Tailand toʻldirdi. Undan keyin Vetnam va Xitoy iqtisodiy oʻzgarish koʻlami va tezligi boʻyicha
eng ajoyib namuna boʻla oldi. Bu mamlakatlarda turmush darajasi oshib borgani sari jamoatchilik
koʻz ongida “Uchinchi dunyo” deb tasniflanish kamsituvchi ma'noga ega soʻzga aylanib qoldi.

1980-90-yillar oxirida “Kambagʻal dunyo”, “Kam rivojlangan dunyo”, “Sust rivojlangan

dunyo” [8] kabi muqobil atamalar paydo boʻla boshladi. Biroq, ulardan foydalanish juda koʻp
munozaralarga sabab boʻldi, chunki bu tushunchalar endilikda tezlik bilan oʻzgarayotgan mazkur
mamlakatlarning keyingi rivojlanish holatini yetarlicha aks ettira olmadi. Bundan tashqari, bu
atamalar yetarlicha kontseptual asosga ega emas edi.

Shu oʻrinda “kambagʻal dunyo” – qashshoq, chunki u globallashuv va kapitalistik

ekspansiya jarayonlari orqali hukmronlik qiladigan “boylar” (yoki “birinchi dunyo”) tufayli kam
rivojlangan degan ma’noni anglatadi. Bu atama boshqalarga qaram boʻlgan davlatlarga nisbatan
qoʻllaniladi. Oʻz navbatida, “kam rivojlangan dunyo” va “kambagʻal dunyo” tushunchalari iqtisodi
yaxshi rivojlanmagan davlatlarga ishora qiladi. Bundan tashqari, ushbu tushunchalar bilan
davlatlar tavsiflanayotganda, ularning tarixi va dunyo siyosatidagi oʻrni hisobga olinmaydi, balki
faqat ularning iqtisodiyoti nazarda tutiladi. Shu tariqa qilib, 20-asrning oxiriga kelib “Uchinchi
dunyo” atamasi oʻz ahamiyatini yoʻqota boshladi.

“Global janub” tushunchasining kuchli va zaif tomonlari

1980-yillarning oʻrtalaridan boshlangan dunyo iqtisodiyotidagi oʻzgarishlar “Global

Janub” tushunchasining kelib chiqishiga sabab boʻldi. Aniqrogʻi, 1983-yilda Germaniya sobiq
kansleri Villi Brandt oʻz maqolalaridan birida “Umumiy inqiroz. Shimol-Janub: tiklanish uchun
hamkorlik” jumlasini ishlatgan. U yana bir maqolasida aholi jon boshiga YIM boʻyicha
mamlakatlarni boy va kambagʻallarga ajratuvchi “Shimoliy-Janubiy chiziq” [9] (yoki “Brandt
chizigʻi”) tushunchasini qoʻllagan. Bu keyinchalik rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan
“Janub” atamasi qo‘llanishiga ma’lum darajada turtki bergan.

Bu yerda ko‘proq davlatlarning geografik joylashuviga, ya’ni kambagʻal mamlakatlarning

aksariyati shimoliy kenglikning 30° janubida joylashganligiga e’tibor qaratiladi. Bunday
yondashuv davlatlar rivojlanishining iqtisodiy va tarixiy xususiyatlariga emas, balki ularning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

585

geografik joylashuviga asoslanadi. Ammo Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi boy va rivojlangan
davlatlar bu roʻyxatdan mustasnodir. Garchi “Janub” atamasi oldingi kontseptsiyalarga qaraganda
ancha muvaffaqiyatli boʻlib tuyulsa-da, u har doim ham dunyoning tobora murakkablashib
borayotgan manzarasida differentsiatsiya jarayonlarini tushuntirib bera olmadi.

1990-yillarda olimlar metodologik boshi berk koʻchaga tushib qolishdi. Bir tomondan, ular

vaqti-vaqti bilan eskirib qolgan “Uchinchi dunyo”, “Kambagʻal dunyo” yoki shunga oʻxshash
atamalardan foydalanishni davom ettirdilar. Biroq, tubdan oʻzgarayotgan dunyo tartibotida bu
tushunchalar yangi geoiqtisodiy oʻzgarishlarni ta’riflab bera olmadi. Masalan, iqtisodi tez
rivojlangan kichik Singapur yoki aholisiga koʻra ulkan Xitoyning jahondagi iqtisodiy va siyosiy
“vazni” jadal ortib borayotgani bu atamalarga endi mos kelmas edi.

Shuning uchun

“kambagʻal va rivojlanayotgan”

davlatlar tabiyatini yanada toʻgʻri

belgilash uchun bir nechta muqobil konsepsiyalar ilgari surila boshladi. Ba’zi tadqiqotchilar
tomonidan, janubda dunyo aholisining qariyb 80 foizi istiqomat qilishi, BMTga a’zo davlatlarning
koʻpchiligi janubda joylashganligi asos qilib olib,

“Dunyo aksariyati”

tushunchasi qo‘llana

boshladi. Lekin bu atama aniq chegaraga ega emasligi bois tanqidga uchradi. Uning o‘rnida

“Gʻarb boʻlmagan dunyo”

atamasi yuzaga keldi, u hali ham ba’zi o‘rinlarda ishlatilib turiladi. Bu

atama Yevropa va Shimoliy Amerikani (Gʻarbni) qolgan davlatlardan ajratib turar edi.

Ayni damda bu konsepsiya aniq geomadaniy nuqtai nazarga ega va koʻproq Gʻarbning

boshqa mamlakat va mintaqalarga nisbatan oʻziga xosligini ta’kidlashga qaratilgan edi. Bu atama
hali ham mavjud va ingliz tilida

“The West and the Rest”

(“Gʻarb va qolganlar”) deb ataladi. Bu

ibora Gʻarb mamlakatlarining boshqa davlatlardan ustunroq ekanligini bildirish uchun ham
ishlatiladi[10]. Bunday yondashuvni britaniyalik tarixchi N.Fergyuson va amerikalik
siyosatshunos F.Zakaria asarlarida koʻp uchratish mumkin.

NATIJALAR

“Global Janub” fenomenining aktuallashuvi

2000-yillarda oddiygina “Janub” atamasidan “Global Janub”

(Global South)

konsepsiyasiga oʻtishi tufayli atama yanada mukammallashdi va bu metodologik qiyinchiliklarni
yengib oʻtishga imkon berdi. Ushbu konsepsiya davlatlarning faqatgina geografik
joylashuvigagina qarab emas, balki iqtisodiy tengsizligiga qarab boʻlinishiga ishora qiladi. Bu
bilan yana “Shimol” va “Janub” davlatlari tez integratsiya jarayonlarining bir qismiga aylanganligi
va global miqyosda birlashgani ta’kidlanadi. Bundan tashqari, ushbu atama dunyo ijtimoiy-
iqtisodiy holatining bir qolipli emas, balki doimiy oʻzgarishlarga uchrab turishini ham anglatadi.

Amerikalik siyosatshunos T. Fridman 2005-yilda yozgan “Global Janub” nomli kitobida

ta’kidlashicha, “Dunyoni ikki “Global Janub” va “Global Shimol” qismlariga ajratishi oʻrinli,
chunki bu konsepsiyalar siyosiy va iqtisodiy tizimlardagi tafovutlar bilan emas, balki global
kapitalizm doirasidagi “yutqazganlar” va “gʻoliblar” oʻrtasidagi tafovutlar bilan tavsiflangan
Sovuq urushdan keyingi dunyoga yangilangan istiqbolni ifodalaydi” [11].

Biroq, hozirda rivojlangan davlatlarni “Global Shimol” deb atash va rivojlanish darajasidan

pastroq boʻlgan mamlakatlarni belgilash uchun “Global Janub” atamasidan foydalanish ham
koʻplab e'tirozlarni keltirib chiqarmoqda.

Birinchidan,

bunday tasnif muqarrar ravishda istisno va cheklovlarga olib keladi. Dunyo

davlatlari shunchalik xilma-xilki, ularni ikki atama bilan boʻlish juda tor doiradagi ta’riflashdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

586

Ikkinchidan,

bunday boʻlinishda dunyoning uygʻun manzarasi buziladi. Hattoki, dunyo

mamlakatlarining eng bazaviy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini qoʻllasa ham, ularni boʻlganda
ancha murakkab holat paydo boʻladi. Masalan, dunyoning iqtisodiyoti eng yirik oʻnta davlatdan
uchtasi (nominal qiymat boʻyicha) “Global Janub”da joylashgan (Xitoy, Hindiston, Braziliya),
eksport va importi yuqori 10 ta davlatlardan biri Indoneziya ham shu hududda. Bundan tashqari,
bu roʻyxatda yana Portugaliya “rivojlangan” (“Shimol”) davlat, Saudiya Arabistoni esa
“rivojlanayotgan” (“Janub”) davlat hisoblanadi. Demak, “Janub” mamlakatlari orasida rivojlanish
indeksi ancha yuqori boʻlgan mamlakatlar ham mavjud.

Oʻz navbatida, turmush darajasi, ta’lim va umr koʻrish davomiyligini hisobga oluvchi,

integral koʻrsatkich boʻlmish Inson rivojlanish indeksi boʻyicha mamlakatlar reytingini oladigan
boʻlsak, “Janub”dagi qator davlatlar Singapur (5-oʻrin), Janubiy Koreya (18-oʻrin) va Isroil (19-
oʻrin) kabi taraqqiy etgan 20 ta davlat ham “Janub” mamlakatlariga kiritilgan. Shu bilan birga,
“Shimol”da iqtisodiy pozitsiyasi bir qator “Janub” vakillaridan anchayin past boʻlgan davlatlar
ham mavjud. Ba’zi Yevropa mamlakatlari rivojlanish koʻrsatkichi boʻyicha 50-oʻrindan pastroq,
jumladan Bolgariya (56-oʻrin), Albaniya (75-oʻrin) va Makedoniya (82-oʻrin) va boshqa koʻplab
mamlakatlar bunga misol bo‘lishi mumkin.

Dunyoning rivojlangan (“Shimol”) va rivojlanmagan/rivojlanayotgan (“Janub”) qismlarga

boʻluvchi chiziq nafaqat davlatlar balki, viloyatlar va shaharlar ichidan ham oʻtishi mumkin. Bu
boʻlinish dunyoning deyarli barcha davlatlari, ham juda boy, ham juda kambagʻal mamlakatlar
uchun xosdir. Chunki bugungi kunda ayrim davlatlarning chekka hududlari qoloq va
rivojlanmagan boʻlishi tabiiy. Masalan, Belgiyaning Valloniya va Flandriya qismlari, Italiyaning
shimoli va janubi hamda sharqiy qirgʻoq va sharqiy hududlari, Xitoyning ichki va gʻarbiy
hududlari oʻrtasidagi rivojlanish borasidagi farqlar. Bunday ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanish
rivojlanish darajasi eng past boʻlgan davlatlarda ham mavjud va ularning shaharlari, turli hududlari
va ayniqsa megapolislari sezilarli darajada tez rivojlanmoqda.

XULOSA

“Janub”ning geografik xaritasiga nazar solsak, u yerdagi koʻplab sobiq kolonial hududlar

va jahon siyosiy, iqtisodiy hayotining periferiyasida joylashgan, tabiiy resurslar eksportiga tayanib
qolgan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ega mamlakatlar guruhi ajralib turadi. Ularning
aksariyatini umumiy yoki oʻxshash jihatlar va tahdidlar birlashtirib turadi va bu ulkan geosiyosiy
makondir. O‘z paytida Yaponiya, Janubiy Koreya singari davlatlar butun imkoniyatlarini ishga
solib, iqtisodiy koʻrsatkichlarga koʻra “Uchinchi dunyo”dan rivojlangan “Birinchi dunyo” safiga
o‘ta olgani rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ko‘plab stereotiplarni barbod etdi hamda “umid
chirog‘i” vazifasini bajardi, deyish mumkin.

“Global Janub” konsepsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni bartaraf etishga hamda

istiqbolda yuqori rivojlangan davlatlar qatoriga kirishga intilayotgan mamlakatlar va xalqaro
institutlarni qamrab oladi. Shu jihatdan buni globallashuvning shakllanayotgan yangi fenomeni
deyish mumkin.

Bugungi kunda “Global Janub” chekka hududlar bo‘lgani holda kapital va resurslarning

global oqimlari jamlanadigan markazlarga aylanib bormoqda. Geosiyosiy maqsadlarda “Janub”
va “Shimol” raqobatini rag‘batlantirish hamda qutblashtirishga urinishlar ayrim kuch markazlari
tomonidan amalga oshirilmoqda, biroq bu jarayonlar iqtisodiy asoslarga ega emas.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

587

Umuman olganda, “Global Janub” atamasi rivojlangan va rivojlanayotgan dunyoni

farqlashda foydalanisa-da, Shimol va Janub oʻrtasidagi boʻlinish chizigʻi allaqachon makro
darajadan mikro darajaga tushib bormoqda, endilikda koʻp jihatdan shtatlar, viloyatlar va shaharlar
ichidan oʻtadi. Bu esa global taraqqiyot manzarasini ancha murakkab va serqirra boʻlishiga olib
keladi.

REFERENCES

1.

Therien J.-P. Beyond the North-South divide: The two tales of world poverty // Third
World Quarterly. 1999. Vol. 20. Issue 4. P. 723–742.

2.

Hempel F. et al. The Use of the Concept „Global South ― in Social Science & Humanities.
https://www.academia.edu/7917466/The_Use_of_the_Concept_Global_South_in_Social
_Science_and_Humanities

3.

The

Global

South.

Indiana

University

Press.

http://www.iupress.indiana.edu/pages.php?pID=79&CDpath=4

4.

Journal of Global South Studies. Project MUSE. https://muse.jhu.edu/journal/715

5.

Todaro M. Economic Development in the Third World. Longman, 1985. 648 p.

6.

Bauer P. Equality the Third World & Economics Delusion. Harvard University Press,
1981. 312 p

7.

The Third World tomorrow: a report from the battlefront in the war against poverty.
Penguin, 1983. 414 p.

8.

Rigg J. The Global South // Concepts of the Global South — Voices from around the world.
Global South Studies Center, University of Cologne, Germany. http://gssc.uni-
koeln.de/node/452

9.

The

Brandt

Report:

A

Summary

https://www.sharing.org/informationcentre/reports/brandt-report-summary

10.

Ferguson N. Civilization: The West and the Rest. Penguin, 2011. 432 p

11.

Friedman T. The World is Flat. Farrar, Straus and Giroux, 2005. 496 p.

12.

Nazirov, M., & Abdusalomova, D. (2023). Theoretical Approaches to the Balance of the
World Political System.

Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence

, 2(5),

583-586.

13.

Nazirov, M. (2021). Russia, China and the United States in Central Asia: Clash of
Interests.

The Scientific Heritage

, (80-5), 38-42.

14.

Karimov, F., & El-Murad, J. (2019). Does country-of-origin matter in the era of
globalisation? Evidence from cross sectional data in Uzbekistan.

International Journal of

Retail & Distribution Management

,

47

(3), 262-277.

15.

Khaydarali Yunusov. (2023). Balanced Policy of the EU in Central Asia.

International

Journal

of

Law

And

Criminology

, 3(06),

38–47.

https://doi.org/10.37547/ijlc/Volume03Issue06-07

16.

Nasirovich, V. B. (2023). Structure and Specific Characteristics of Economic Culture in
Historical Development.

Eurasian Scientific Herald

,

20

, 140-144.


References

Therien J.-P. Beyond the North-South divide: The two tales of world poverty // Third World Quarterly. 1999. Vol. 20. Issue 4. P. 723–742.

Hempel F. et al. The Use of the Concept „Global South ― in Social Science & Humanities. https://www.academia.edu/7917466/The_Use_of_the_Concept_Global_South_in_Social_Science_and_Humanities

The Global South. Indiana University Press. http://www.iupress.indiana.edu/pages.php?pID=79&CDpath=4

Journal of Global South Studies. Project MUSE. https://muse.jhu.edu/journal/715

Todaro M. Economic Development in the Third World. Longman, 1985. 648 p.

Bauer P. Equality the Third World & Economics Delusion. Harvard University Press, 1981. 312 p

The Third World tomorrow: a report from the battlefront in the war against poverty. Penguin, 1983. 414 p.

Rigg J. The Global South // Concepts of the Global South — Voices from around the world. Global South Studies Center, University of Cologne, Germany. http://gssc.uni-koeln.de/node/452

The Brandt Report: A Summary https://www.sharing.org/informationcentre/reports/brandt-report-summary

Ferguson N. Civilization: The West and the Rest. Penguin, 2011. 432 p

Friedman T. The World is Flat. Farrar, Straus and Giroux, 2005. 496 p.

Nazirov, M., & Abdusalomova, D. (2023). Theoretical Approaches to the Balance of the World Political System. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(5), 583-586.

Nazirov, M. (2021). Russia, China and the United States in Central Asia: Clash of Interests. The Scientific Heritage, (80-5), 38-42.

Karimov, F., & El-Murad, J. (2019). Does country-of-origin matter in the era of globalisation? Evidence from cross sectional data in Uzbekistan. International Journal of Retail & Distribution Management, 47(3), 262-277.

Khaydarali Yunusov. (2023). Balanced Policy of the EU in Central Asia. International Journal of Law And Criminology, 3(06), 38–47. https://doi.org/10.37547/ijlc/Volume03Issue06-07

Nasirovich, V. B. (2023). Structure and Specific Characteristics of Economic Culture in Historical Development. Eurasian Scientific Herald, 20, 140-144.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов