THE MAIN DIRECTIONS OF THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL THOUGHTS IN THE YEARS OF INDEPENDENCE AND QUALITIES OF THE HEAD OF THE EDUCATIONAL INSTITUTION

HAC
Google Scholar
To share
Yusupov, A., & To’raboeva, M. (2024). THE MAIN DIRECTIONS OF THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL THOUGHTS IN THE YEARS OF INDEPENDENCE AND QUALITIES OF THE HEAD OF THE EDUCATIONAL INSTITUTION. Modern Science and Research, 3(2), 925–932. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29506
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the extent to which the goals set by the new edition of the Constitution of the Republic of Uzbekistan achieve their results, in particular, the effectiveness of social reforms in society, the spirituality of its citizens, problems and ways to solve them in the field of education, identifies pedagogical tasks and analyzes them.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

925

MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJINING ASOSIY

YO’NALISHLARI VA TA’LIM MUASSASASI RAXBARINING SIFATLARI

Yusupov Alimjan Turabaevich.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

San’atshunoslik kafedrasi assisent o’qituvshisi.

To’raboeva Muqaddas Olimjon qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Kimyo texnalogiyalari fakulteti 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684906

Annotatsiya. Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi

o’z oldiga qo’ygan maqsadlar qay darajada o’z natijasini berayotganini, xususan jamiyatda
kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyati,
ta’lim tarbiya berishdagi muomma va yechimlarin, pedagogik vazifalarin belgilab uni tahlil
qiladi.

Kalit so’zlar: Konstitutsiya, modda, konstitutsiyaviy norma, metod, nazariya, dastur.

THE MAIN DIRECTIONS OF THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL

THOUGHTS IN THE YEARS OF INDEPENDENCE AND QUALITIES OF THE HEAD

OF THE EDUCATIONAL INSTITUTION

Abstract. This article examines the extent to which the goals set by the new edition of the

Constitution of the Republic of Uzbekistan achieve their results, in particular, the effectiveness of
social reforms in society, the spirituality of its citizens, problems and ways to solve them in the
field of education, identifies pedagogical tasks and analyzes them.

Key words: Constitution, article, constitutional norm, method, theory, program.

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ МЫСЛИ В

ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ И КАЧЕСТВА РУКОВОДИТЕЛЯ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматривается, в какой степени цели,

поставленные новой редакцией Конституции Республики Узбекистан, достигают своих
результатов, в частности, эффективность социальных реформ в обществе, духовность
его граждан, проблемы и пути их решения в сфере образования, определяются
педагогические задачи и анализирует их.

Ключевые слова: Конституция, статья, конституционная норма, метод, теория,

программа.

O’zbekistonda ham ta’lim islohotlarining qadriyatlari yo’nalishlari qaror topib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat

nazoratidadir”, deb belgilab qo’yilgan. 42-moddasida esa, “har kimga ilmiy va texnikaviy ijod
erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy,
ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qilishi” ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 4-moddasida bilim olish

huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko’rsatib qo’yilgan: “Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

926

mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, turar joyi, O’zbekiston
Respublikasi hududida qancha yashaganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar
kafolatlanadi”.

1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadining o’ziyoq,

uning qadriyatli yondashuvga asoslanganligidan darak beradi: “Dasturning maqsadi – ta’lim
sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir”.

Ta’limiy qadriyatlar yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olim SH.Mardonov “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi”da quyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega ta’limiy qadriyatlarning
mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o’tadi:

Konstitutsiyamizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oila qurish, yashash

joyiga ega boʻlish hamda oʻz iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratilishi
huquqiy ifodasini topgan. Jumladan konstitutsiyaning 41-moddasida “har kim bilim olish
huquqiga ega’’ ekanligi 40-moddasida esa “har kim malaklali tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega.” Yoki 37- moddada “har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.”

Hozirgi vaqtda yurtimizda aholining oltmish foizidan ortigʻini tashkil etayotgan navqiron

avlod uchun davlat tomonidan keng qamrovli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan 1991-yil 20-noyabrdagi “yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish” to`g`risidagi
qonun va 2016- yil 14-sentyabrda ushbu qonunning yangi taxrirda e`lon qilinishi. Shuningdek
yoshlar masalasida prezident Sh. M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan qator qaror va farmonlar
buning yaqqol ifodasidir. Yosh avlodning sogʻlom boʻlib oʻsishi, sifatli taʼlim olishi va barkamol
shaxs boʻlib voyaga yetishini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport,
axborot texnologiyalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini har tomonlama qoʻllabquvvatlashga
qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni joriy etish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi

doirasida 719 mlrd. soʻmlik 4 633 ta biznes loyiha amalga oshirilgan. Hududlarda 125 ta “Yoshlar
mehnat guzari”, 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida
faol qatnashib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga 1 731 ta “Yoshlar uylari” qurilib,
foydalanishga topshirildi. Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bogʻchalar, maktablar, oliy
oʻquv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari,
“Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”,

“Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi taʼlim maskanlari bugungi

globallashuv sharoitida raqobatga qodir boʻlgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga
xizmat qilmoqda. Parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan
boʻlib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Taʼlim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligi

tashkil etildi, maktab taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy oʻrta taʼlim qayta joriy
etildi. Viloyatlarda yangi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda.

Oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy

taʼlim shakllari tiklandi. Keyingi uch yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

927

universitetlari filiallari ochildi. Bu dargohlarda taʼlim-tarbiya olgan yoshlar mamlakatimizning
kuch-qudrati, dunyodagi mavqeini oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz. Oʻzbekistonda
yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni koʻzlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks
chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda. Konstitutsiyamiz yoshlar huquqlari
taʼminlanishining asosiy kafolati boʻlmoqda.

Birinchidan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning oliy qadriyati sifatida shaxs

e’tirof etiladi. Mazkur qadriyat Milliy dasturning uzluksiz ta’lim, uning insonparvarlik va
ijtimoiylashishga yo’nalishi ko’rsatmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlashi kerak.

Ikkinchidan, pedagogik jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni

talabada mustaqil ta’lim olish, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish layoqatlarini
shakllantiradi. Bu jarayon bizning fikrimizcha, yangi ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga
sabab bo’ladi…”.

Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta ’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni

xalq ta ’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida
ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalaming hal etilishi jahon ilmiy jam g‘armasidagi juda
katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday o'qitish masalalarining
yechimi bilan bevosita bog'liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan
aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi.

Qolaversa, ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo

etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalaming o‘z
aksini yaxshi topmaganligi ham tegishli o'qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb
masalaga aylantirib qo'ymoqda. Hozirgi paytda, aksariyat metodist va pedagog-olimlar pedagogik
texnologiyalar o'quvchi yoki talabalarga ta’lim-tarbiya berishda ko'zlnngan maqsadga erishishni
to‘la kafolatlaydi, deb qarashmoqda. Lckin bunday fikrlarni obyektiv haqiqat o'rnida qabuJ qilib
bo'lmaydi, chunki bunda obyekt shaxs bo'lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani
to'laligicha qabul qila olmaydi, aksincha, uni inkor qilishi ham mumkin, Shuning uchun,
zamonaviy pedagogik texnologiyalami o'quv jarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi bo'lgan
o'qituvchigina ko'zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisi bo'ladi.

Agar shu nuqtai nazardan kelib chiqib qaraydigan bo'lsak, yangi pedagogik texnologiyalar

va uning asosiy negizi bo'lgan axborot-kommunikatsiya (АКТ) texnologiyasini ta’lim tizimiga
joriy etishda uning boshqaruvchisi boim ish o'qituvchining tayyorgarlik darajasini birinchi o'ringa
qo'yish lozim. Shu sababli pedagogik jarayonlarning kun tartibidagi aksariyat dolzarb
muammolarining ijobiy yoki maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi ko'p jihatdan o'qituvchining
kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratiga bog'liqdir.

Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish ko'lamini

kengaytirish, bu yo'nalishda ilg'or tajribalarni tatbiq qilish, har bir fan bo'yicha bu sohada aniq
rejalarni tuzish va amalga oshirish, darslik va o'quv qo'llanmalari hamda dasturlar va m a’ruza
matnlarini elektron disketlarga ko'chirish, ular bilan har bir talabani ta'minlashga erishish, ilmiy
va ilmiy-metodik ishlarda, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarining keng joriy etilishiga erishish, ta ’lim tizimini zarur axborot vositalari bilan
yetarli darajada ta'minlash, ta’lim muassasalarini kommunikatsion tarmoqlarga bog'lash kabi
vazifalar muhim hisoblanadi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

928

Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan

ma’naviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq
belgilab berdi. Bular:

-

umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

-

xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

-

insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

-

vatanparvarlik.

Demak, bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish

ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi.

Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq

fuqarosidir. O’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana
oladigan inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan
bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.

Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlardan

birinchisi – insonning ruhan poklanishi va qalban ulg’ayishidir. Bu dunyoda halol va pok
yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar bilan birga, bunday
olijanob fazilatlardan butunlay uzoq bo’lib yashaydigan, o’zini dunyoning haqiqiy egasidek his
qiladigan «nafsning quli va o’tkinchi hoyu havas egalari»ning borligi tabiiy bir holdir.

Odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-etiqodini butun qilish

ma’naviyatning yana bir muhim xususiyatidir.

Tarbiva nazarivasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy

jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o
‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh
avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy

tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika,
estetika, fiziologiya, psixologiya kabilarning ma’lumotlaridan foydalanadi.

Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari,

ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.

Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil,

tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat, yo falokat masalasidur” .

O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, ijtimoiy

hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi
respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy
jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo
etish vazifasi o’sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O’zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, “Barkamol
avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

929

asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish maqsadi va vazifalari belgilab
berilgan.

Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik

jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.

Faoliyat jarayonida hosil bo'lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni

yengillashtiradi.

Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri —o'quvchilik yillarida uning

ongiga turli faoliyat (o'qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan
maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay
qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo'lib
qolishi mumkin.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil

etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy
munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida
tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan
iborat.

Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga

javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib,
uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini
taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi.

Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida

amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini
asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli

tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.

Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator

vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish
jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:

a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o ‘z

shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

b) o ‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim

va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;

d) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o ‘zaro yordam, mehr-muhabbat,

muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning
mohiyatini anglash, o ‘quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;

e) o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va

fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;

c) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni

tarkib toptirish;

g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o ‘zga millat va xalqlarni

hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

930

h) mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va

xolisona baho berishga o‘rganish;

i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va

burchlarini hurmat qilishga o ‘rgatish va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana

shulardan iborat.

Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:
1. Tarbiva maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosiy

mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan
tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi — erkin, ijodkor, mustaqil
fikr egasi bo’lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish yo’lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat

unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy
hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.

O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida

sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida
e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib,

sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan xoli vaqtda ular
0‘qituvchi yoki tarbiyachining ta ’siri hamda nazoratidan uzoqlashadilar.

Ayni vaqtida, respublikada, o'quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik

maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo'shimcha ta’lim
muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillami mukammal o‘zlashtirishlari,
texnik va badiiy yo‘nalishlar bo'yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga
ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish
va mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini
boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidagicha xulosa

qilish mumkin:

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har

tomonlama o ‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib,
har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish
asosi bo‘lib kelgan.

Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va
vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni,
shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzuniyatlari asosida belgilanadi.

Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda

tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni
ijobiy hal etish imkonini beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

931

REFERENCES

1.

O`zbekston respublikasi konstitutsiyasi Toshkent O`zbekiston 2019.

2.

Yoshlarga oid davlat siyosati Toshkent O`zbekiston 2016.

3.

I. A karimov ‘’yuksak ma`naviyat yengilmas kuch’’ Toshkent Ma`naviyat 2008.

4.

Sh. M. Mirziyoyev ‘’qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`mirlash yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligini garovi. Toshkent O`zbekiston 2016.

5.

O. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq Toshkent adolat 2013.

6.

Dilbar Mamadjanova,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston XDP
fraksiyasi aʼzosi

7.

Xo'jayev N.X., Madyarova S.A., Eshchonov E.U “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat” - Т.: 2009.

8.

N.A. Shermuhamedova. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.” Darslik. -Т .: 2014

9.

Aziza T. TARIXIY ASARLANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI:
“YULDUZLI TUNLAR” ASARINING BOSH G’OYASI //Journal of Integrated
Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 42-46.

10.

Aziza T., Zakir A. The Role of Animated Films Based on the Works of Alisher Navoi in
Shaping Children's Worldview //Zien Journal of Social Sciences and Humanities. – 2022.
– Т. 6. – С. 100-103.

11.

Tleumuratova

A.

J.

QORAQALPOG'ISTONDA

TEATR

SAN'ATINING

SHAKLLANISHI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLAR. – 2024.

12.

Tleumuratova A. J. FORMATION AND SPECIFIC FEATURES OF THEATER ART IN
KARAKALPAKSTAN //Modern Science and Research.

– 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 408-411.

13.

Tleumuratova A. JAHON ANIMATSIYA SAN'ATIDA TARIXIY MAVZU,
OBRAZLAR TALQINI VA O’ZBEK ANIMATSIYA SAN’ATIDA TUTGAN O’RNI
//ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА
ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2023. – Т. 61. – №. 3. – С. 221-223.

14.

Tleumuratova А. HISTORICAL THEME IN WORLD ANIMATION ART,
INTERPRETATION OF IMAGES AND ITS ROLE IN UZBEK ANIMATION ART
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1105-1111.

15.

Хожамуратов

К.

Б.

МАҲОБАТЛИ

РАНГТАСВИР

АСАРЛАРИНИНГ

МАЪНАВИЙАҲАМИЯТИ //Ученый XXI века. – 2022. – №. 2 (83). – С. 31-33.

16.

Bazarbaevich K. K. THE SPIRITUALITY OF MAHOBATLI PAINTING WORKS
IMPORTANCE //Archive of Conferences. – 2021. – С. 224-227.

17.

Xojamuratov Q. B. ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF FINE ARTS IN SCHOOLS
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 333-336.

18.

Bazarbaevich X. K. TASVIRIY SAN ‘AT DARSLARIDA TALABALARNI MUSTAQIL
TA ‘LIM OLISH FAOLIYATIGA YO ‘NALTIRISH METODLARI //BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 526-529.

19.

Xojamuratov Q. B. ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF FINE ARTS IN SCHOOLS
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 333-336.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

932

20.

Zakir I. A. M. A. THE IMPORTANCE OF OUR NATIONAL VALUES IN THE
EDUCATION OF YOUTH //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т.
2. – №. 6. – С. 61-63.

21.

Muratbaevich

I.

A.,

Zakir

A.

YOSHLAR

TARBIYASIDA

MILLIY

QADRIYATLARIMIZNING AHAMIYATI //Journal of Integrated Education and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 58-60.

22.

Абатов Ж. О. ТАРИХНИ БИЛИШ ОРКАЛИ ТАСВИРИЙ САНЪАТ
НАМУНАЛАРИНИ ТУШУНИШГА ЎРГАТИШ УСУЛЛАРИ. – 2023.

23.

Абатов Ж. О. ИНТЕГРАЦИОН ЁНДАШУВ АСОСИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ
ДАРСЛАРИНИ ЎҚИТИШ. – 2023.

24.

Orinbaevich A. J. An Integrative Approach to Teaching Students to Understand Fine Art
Samples //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. – 2023. – Т. 24. – С. 49-53.

25.

Yusupov A. NATURAL HARDENING OF CERAMIC MATERIALS AND THEIR
TYPES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 151-156.


References

O`zbekston respublikasi konstitutsiyasi Toshkent O`zbekiston 2019.

Yoshlarga oid davlat siyosati Toshkent O`zbekiston 2016.

I. A karimov ‘’yuksak ma`naviyat yengilmas kuch’’ Toshkent Ma`naviyat 2008.

Sh. M. Mirziyoyev ‘’qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`mirlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Toshkent O`zbekiston 2016.

O. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq Toshkent adolat 2013.

Dilbar Mamadjanova,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston XDP fraksiyasi aʼzosi

Xo'jayev N.X., Madyarova S.A., Eshchonov E.U “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” - Т.: 2009.

N.A. Shermuhamedova. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.” Darslik. -Т .: 2014

Aziza T. TARIXIY ASARLANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI: “YULDUZLI TUNLAR” ASARINING BOSH G’OYASI //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 42-46.

Aziza T., Zakir A. The Role of Animated Films Based on the Works of Alisher Navoi in Shaping Children's Worldview //Zien Journal of Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 6. – С. 100-103.

Tleumuratova A. J. QORAQALPOG'ISTONDA TEATR SAN'ATINING SHAKLLANISHI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLAR. – 2024.

Tleumuratova A. J. FORMATION AND SPECIFIC FEATURES OF THEATER ART IN KARAKALPAKSTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 408-411.

Tleumuratova A. JAHON ANIMATSIYA SAN'ATIDA TARIXIY MAVZU, OBRAZLAR TALQINI VA O’ZBEK ANIMATSIYA SAN’ATIDA TUTGAN O’RNI //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2023. – Т. 61. – №. 3. – С. 221-223.

Tleumuratova А. HISTORICAL THEME IN WORLD ANIMATION ART, INTERPRETATION OF IMAGES AND ITS ROLE IN UZBEK ANIMATION ART //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1105-1111.

Хожамуратов К. Б. МАҲОБАТЛИ РАНГТАСВИР АСАРЛАРИНИНГ МАЪНАВИЙАҲАМИЯТИ //Ученый XXI века. – 2022. – №. 2 (83). – С. 31-33.

Bazarbaevich K. K. THE SPIRITUALITY OF MAHOBATLI PAINTING WORKS IMPORTANCE //Archive of Conferences. – 2021. – С. 224-227.

Xojamuratov Q. B. ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF FINE ARTS IN SCHOOLS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 333-336.

Bazarbaevich X. K. TASVIRIY SAN ‘AT DARSLARIDA TALABALARNI MUSTAQIL TA ‘LIM OLISH FAOLIYATIGA YO ‘NALTIRISH METODLARI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 526-529.

Xojamuratov Q. B. ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF FINE ARTS IN SCHOOLS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 333-336.

Zakir I. A. M. A. THE IMPORTANCE OF OUR NATIONAL VALUES IN THE EDUCATION OF YOUTH //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 61-63.

Muratbaevich I. A., Zakir A. YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNING AHAMIYATI //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 58-60.

Абатов Ж. О. ТАРИХНИ БИЛИШ ОРКАЛИ ТАСВИРИЙ САНЪАТ НАМУНАЛАРИНИ ТУШУНИШГА ЎРГАТИШ УСУЛЛАРИ. – 2023.

Абатов Ж. О. ИНТЕГРАЦИОН ЁНДАШУВ АСОСИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ ДАРСЛАРИНИ ЎҚИТИШ. – 2023.

Orinbaevich A. J. An Integrative Approach to Teaching Students to Understand Fine Art Samples //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. – 2023. – Т. 24. – С. 49-53.

Yusupov A. NATURAL HARDENING OF CERAMIC MATERIALS AND THEIR TYPES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 151-156.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов