TASKS OF ORGANIZING THE ACCOUNT OF FIXED ASSETS

HAC
Google Scholar
f
89-98
0
0
To share
Mamasoliyev, E. . (2024). TASKS OF ORGANIZING THE ACCOUNT OF FIXED ASSETS. Modern Science and Research, 3(2), 89–98. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30160
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis provides information about the tasks of organizing the account of fixed assets for enterprises for production activities.

Similar Articles


background image


89

ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING VAZIFALARI

Mamasoliyev Elyor Dфniyorovich

Soliq qo‘mitasi huzuridagi

Fiskal institut magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10826833

Annotatsiya.

Ushbu tezisda ishlab chiqarish faoliyati uchun korxonalarga asosiy vositalar

hisobini tashkil qilishning vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Ishlab chiqarish, asosiy vositalar, korxona, mahsulot ishlab chiqarish, soliq

solish, hisobot.

TASKS OF ORGANIZING THE ACCOUNT OF FIXED ASSETS

Abstract.

This thesis provides information about the tasks of organizing the account of

fixed assets for enterprises for production activities.

Key words:

Production, fixed assets, enterprise, product production, taxation, reporting.

ЗАДАЧИ ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ

Аннотация.

В данной дипломной работе представлены сведения о задачах

организации учета основных средств предприятий для производственной деятельности.

Ключевые слова:

Производство, основные фонды, предприятие, выпуск продукции,

налогообложение, отчетность.

Ishlab chiqarish faoliyati uchun korxonalarga asosiy vositalar (mehnat vositalari) kerak;

ular ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishtirok etadilar, natural-moddiy va tabiiy shaklini

o‘zgartirmagan holda o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. 5-sonli BHMS “Asosiy

vositalar”da asosiy vositalarga quyidagicha tarif berilgan: “

asosiy vositalar

– korxona tomonidan

uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish

yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga

oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”.

Soliq solish maqsadlarida esa asosiy vositalar deyilganda tovarlar ishlab chiqarish va

sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tashkilotni boshqarish uchun mehnat vositalari

sifatida foydalaniladigan mol-mulkning bir qismi tushuniladi.

5-sonli BHMSga muvofiq, asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning

o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi

a) bir yildan ortiq xizmat muddati;


background image


90

b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida)

belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.

Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun

ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.

0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”da alohida hisobvaraqlar bo‘yicha

foydalanishda, zahirada, konservatsiyada yoki oddiy (ishlab chiqarish) ijaraga berilgan asosiy

vositalar hisobini yuritiladi. 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”

hisobvarag‘larida asosiy vositalarning ular joylashgan joylardagi (tsexlar, ishlab chiqarishlar va

h.k.) har bir ob’yekt bo‘yicha analitik hisobi yuritiladi.

Asosiy vositalar ob’yektlari buxgalteriya hisobida statistik hisobot talablariga muvofiq,

ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bo‘yicha guruhlanadi (masalan, noishlab chiqarish bo‘yicha

tarmoqlarga bo‘linadi: sog‘liqni saqlash, uy-joy, kommunal xo‘jaligi va boshqalar.) va bundan

tashqari funktsional guruhlar bo‘yicha: binolar, inshootlar, ishchi mashina va asbob-uskunalar va

boshqalar).

Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga

kiritilmaydi:

a) maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yalpi ishlab

chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli

yo‘naltirilgan asbob-uskunalar va moslamalar);

b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

c) ko‘rpa-to‘shak anjomlari;

d) kantselyariya anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan jihozlar va boshqalar);

e) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon va sochiqlar;

f) tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik

(notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;

g) bir yildan kam foydalanish muddatiga ega almashinadigan asbob-uskunalar;

h) ov qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).

Asosiy vositalar tarkibida shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga

topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.

Ko‘p yillik ko‘chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar

ob’yektlariga kapital qo‘yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat’i nazar,

hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy

vositalar tarkibiga kiritiladi.


background image


91

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’yekti hisoblanadi.

Asosiy vositalarning inventar ob’yekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega

bo‘lgan ob’yekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan alohida

konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish

uchun mo‘ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi.

Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui – umumiy moslamalarga va anjomlarga,

umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum

o‘z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki

turli maqsadlarga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir.

Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil

ob’yektlar mavjud bo‘lganda, har bir bunday ob’yekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil

inventar ob’yekt sifatida tan olinadi.

Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan

asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi.

Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:

a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa;

b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa.

Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy vazifalari:

1) sotib olingan paytdan boshlab to hisobdan chiqarguncha ularning mavjudligi aniqlash

va butligini nazorat qilish;

2) eskirishni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblash;

3) byudjetga to‘lanadigan mol-mulk solig‘ini to‘g‘ri hisoblash uchun ma’lumot olish;

4) asosiy vositalarni rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun

mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni nazorat qilish;

5) asosiy fondlardan vaqti va quvvati bo‘yicha samarali foydalanishni nazorat qilish; asosiy

vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risida hisobot uchun ma’lumotlar olish.

Asosiy vositalar hisobini to‘g‘ri tashkil etishning bazasini asosiy vositalarning

tasdiqlangan standart tasnifi va ularni buxgalteriya hisobida baholashning yagona tamoyilini

tashkil etishdan iboratdir.

Asosiy vositalar tarkibi xilma-xil bo‘lib, ma’lum tasniflash mezonlari bo‘yicha

guruhlanadi. Namunali tasnifiga muvofiq asosiy vositalar quyidagicha turlarga bo‘linadi:

1) binolar;

2) inshootlar;


background image


92

3) uzatish qurilmalar;

4) mashina va asbob-uskunalar (shu jumladan, quvvatli mashinalar va asbob-uskunalar;

ishchi mashinalar va asbob-uskunalar; o‘lchov va tartibga soluvchi qurilmalar, qurilmalar va

laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, boshqa mashinalar va asbob-uskunalar);

5) transport vositalari;

6) instrumentlar;

7) ishlab chiqarish asbob-uskunalari va aksessuarlari;

8) xo‘jalik inventarlari;

9) ishchi va mahsuldor hayvonlar;

10) ko‘p yillik o‘simliklar;

11) yerlarni obodonlashtirishga uchun kapital xarajatlar;

12) boshqa asosiy vositalar.

Mulkchilikka ko‘ra asosiy vositalar o‘z va ijaraga olinganlarga bo‘linadi. Birinchisi

korxonaga tegishli bo‘lib, uning balansida ro‘yxatdan o‘tkaziladi; ikkinchisi boshqa korxona va

tashkilotlardan vaqtincha foydalanish uchun haq to‘lash orqali olingan.

Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish xususiyatiga ko‘ra harakatdagi va harakatsiz

(zahirada yoki konservatsiyada bo‘lish) asosiy vositalar, maqsadga ko‘ra – ishlab chiqarish va

noishlab chiqarish (uy-joy kommunal va ijtimoiy-madaniy ob’yektlarning asosiy vositalari)

mavjud.

Ishlab chiqarish asosiy fondlariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish maqsadlaridagi bino

va inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, dastgoh va mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari,

kompyuter texnikasi, asboblar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, ular ishlab chiqarish

jarayonida mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun bevosita ishtirok etadilar.

Ular korxonaning ishlab chiqarish (tsexlar, uchastkalar) va funktsional (bo‘limlar,

xizmatlar) bo‘linmalarida bo‘lib, ularga foydalanish uchun beriladi.

Ishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibida ularning faol qismi – mashina, asbob-uskuna,

transport vositalariga alohida ajratiladi.

Noishlab chiqarish asosiy vositalari – korxona mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va

maishiy xizmati uchun mo‘ljallangan asosiy vositalardir. Bularga: korxona balansida ro‘yxatga

olingan turar-joy binolari, maishiy xizmatlar ob’yektlari (hammomlar, sartaroshxonalar,

kirxonalar va boshqalar), ijtimoiy (klinika, dam olish maskanlari, ovqatlanish xonasi va

boshqalar.) va madaniy (kutubxona va boshqalar) kiradi.

Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalarini quyidagilarga ajratish mumkin:


background image


93

a) amaldagi (foydalanishdagi);

b) faoliyat ko‘rsatmayotgan (uch oydan ortiq muddatga konservatsiya qilingan);

c) zahirada bo‘lgan.

Asosiy vositalarni baholash.

O‘zRda BHMS № 5 ga muvofiq asosiy vositalar

boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.

Boshlang‘ich qiymat

– to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek

aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq

bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni

hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish

bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymatidir.

Asosiy vositalar korxona balansiga sotib olish qiymati (yetkazib beruvchiga to‘langan

summa) va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z ichiga olgan

boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kiritilishi lozim.

Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

- ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo‘lgan huquqni sotib olish

bo‘yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

- bojxona bojlari va yig‘imlari;

- asosiy vositalar ob’yektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va

yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);

- asosiy vositalar ob’yektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog‘liq axborot va maslahat

xizmatlari uchun to‘lanadigan summalar;

- asosiy vositalar ob’yektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha

xarajatlar;

- asosiy vositalar ob’yektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan mukofotlar;

- asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;

- aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita

bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya

hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga

kiritilmaydi.

Sotib olingan asosiy vositalar haqini to‘lash bilan bog‘liq bank xizmatlari, akkreditiv

ochish, xorijiy valyutani o‘tkazganligi va konvertatsiya qilganligi uchun bankka vositachilik haqi

to‘lash bo‘yicha xarajatlarni qo‘shgan holda, shuningdek shartnomani tayyorlash va ro‘yxatga


background image


94

olish xarajatlari asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan

hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.

Agar shartnoma shartlarida sotib olingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki bo‘lib-

bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, unda mazkur asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga

kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati bo‘yicha

qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va to‘lovning umumiy summasi o‘rtasida yuzaga

keladigan farq kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri davomida joriy to‘lovning kechiktirib

yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og‘irligiga

bog‘liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo‘yicha xarajatlar)ga kiradi.

Korxonaning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb mazkur

asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi.

Qurilish davrida qurilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan

asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.

Aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uning tegishli ishini tekshirish jarayonida

olingan mahsulot sof sotish qiymati bo‘yicha kirim qilinadi va asosiy vositalarning boshlang‘ich

qiymati shakllantirilganda kapital qo‘yilmalar summasidan ayiriladi.

Chet el valyutasida xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, ularning xarid

qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki

bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga

qabul qilish sanasidagi O‘zR Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek 5-sonli

BHMSning 11-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, aniqlanadi.

Korxona ustav sarmoyasiga ulush hisobidan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich

qiymati deb, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilmagan

bo‘lsa, korxona muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi tan

olinadi.

Xo‘jalik jamiyati ta’sischilar tarkibidan chiqqanida yoki tugatilayotgan xo‘jalik

jamiyatining mulki ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanganda kelib tushgan asosiy vositalarning asosiy

qiymati bo‘lib asosiy vositalarning qabul qilingan qabul qilish-topshirish hujjatlarida 5-sonli

BHMSning 11-bandida ko‘zda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan qiymat tan

olinadi.

Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan asosiy vositalarning

boshlang‘ich qiymati deb 5-sonli BHMSning 11-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga

olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi.


background image


95

Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’yektlarning boshlang‘ich

qiymati O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan

“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda

moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq belgilanadigan

ularning ishlab chiqarish tannarxiga teng bo‘ladi.

Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan (tayyor mahsulotdan tashqari) asosiy vositalarga

o‘tkazilgan ob’yektlarning boshlang‘ich qiymati 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar”ga

muvofiq belgilanadigan ularning balans qiymatiga teng bo‘ladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayirboshlash yo‘li bilan olingan asosiy

vositalarning boshlang‘ich qiymati berilgan asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga teng.

Asosiy vositalar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yo‘li bilan

olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati berilgan asosiy vositalarning ayirboshlanish

chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan

(kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida

bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha olingan asosiy

vositalarning boshlang‘ich qiymati deb korxona tomonidan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi lozim

bo‘lgan qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi

lozim bo‘lgan mavjud boyliklarning qiymati korxona qiyosiy holatlarda shunga o‘xshash boyliklar

qiymatini aniqlaydigan narxdan kelib chiqib belgilanadi.

Korxona tomonidan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boyliklar qiymatini

belgilashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan

mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha korxona olgan asosiy

vositalarning qiymati qiyosiy holatlarda shunga o‘xshash asosiy vositalar sotib olinadigan

qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.

Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan mustaqil ob’yektlarga ega asosiy vositalar

bo‘yicha boshlang‘ich qiymat ushbu summani alohida ob’yektning joriy qiymatiga proportsional

ravishda taqsimlagan holda aniqlanadi.

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati O‘zR qonun hujjatlarida

va 5-sonli BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda o‘zgartirilmaydi.

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlang‘ich qiymatini

o‘zgartirishga tegishli asosiy vositalar qurib bitkazilgan, qo‘shimcha jihozlangan, rekonstruktsiya

qilingan, zamonaviylashtirilgan, texnik qayta qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayta


background image


96

baholangan holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

Qurib bitkazish, qo‘shimcha jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalarning

texnologik yoki xizmat maqsadining o‘zgarishi, og‘irlikning oshishi va sifatni yanada

yaxshilashga doir boshqa sifatlar tufayli yuzaga kelgan ishlar kiritiladi.

Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-

iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini

oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish

maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan

mavjud asosiy vositalarni qayta qurish kiradi.

Texnik qayta qurollantirishga ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab

chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan asbob-

uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo‘lganlari bilan

almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy

ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi.

Asosiy vositalarni qayta baholash

– asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor

narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Foydalanish

sharoitlarining o‘zgarishiga qarab, tashqi omillar, xususan inflyatsiyaning ta’siri, asosiy vositalar

qayta tiklanishi va qayta tiklash qiymatiga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, 1 yanvar 2023

yilgacha kompaniya tomonidan sotib olingan mol-mulkning boshlang‘ich qiymati, 1 yanvar 2023

yil kuni qayta baholash natijalari asosida asosiy vositalarning qayta tiklash qiymati hisoblanadi.

Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks

ettiriladi.

Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta

baholash o‘tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning

boshlang‘ich (tiklash) qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi

hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymat hisobidan amalga oshiriladi.

Asosiy vositalar indeksatsiya yo‘li bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha

bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi.

Asosiy vositalarning baholashdagi ortgan summasi qayta baholash natijasida 8510 “Uzoq

muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘iga rezerv kapitali tarkibiga

hisoblanadi.

Asosiy vositalarning baholashdagi kamayish summasi qayta baholash natijasida 8510

“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i rezerv kapitalining


background image


97

mazkur ob’yektning avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan baholashdagi ortgan summasi atrofida

kamayishiga tegishlidir.

Asosiy vositalarni qayta baholash natijalari moliyaviy hisobotda asosiy vositalarni qayta

baholash o‘tkazilgan joriy davrda aks ettiriladi.

Hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta

baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari avvalgi

hisobot yilidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlariga kiritilmaydi hamda hisobot yili boshiga

moliyaviy hisobot ma’lumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yil yakuni va

hisobot yili boshidagi ma’lumotlarning mos kelmasligi hisobot yilining dastlabki sanasidagi

holatga ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijasi sifatida tushuntiriladi hamda

joriy davrdagi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bayon etiladi.

Joriy qiymat

– ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy

vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil

taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun

yetarli bo‘lgan summa.

Qoldiq (balans) qiymat

– asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan

jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda.

Tugatish qiymati

– asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni

chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida

olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.

Amortizatsiyalaydigan qiymat

– boshlang‘ich (tiklash) va tugatish qiymati o‘rtasidagi

farq. Masalan, yuk mashinasining boshlang‘ich qiymati 100 million so‘m va tugatish qiymati - 7

million so‘m bo‘lsa, uning amortizatsiyalanadigan qiymati 93 mln. so‘mni tashkil etadi.

Asosiy vositalarning taxminiy foydali hayoti

– yillar davomida foydalaniladigan ob’yekt

ishlash muddati. Bu ko‘rsatkichni hisoblashda buxgalter quyidagi ma’lumotlarni hisobga olishi

kerak:

1) bunday aktivlar bilan to‘plangan boylik;

2) ob’yektning joriy holati;

3) asbob-uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari;

4) texnologiya va ishlab chiqarishning joriy holati;

5) mahalliy ob-havo sharoitlari.


background image


98

REFERENCES

1.

Муҳаметов, А., Абдувахидов, А., Матрасулов, Б., & Саматқулов, М. (2021). ИШЛАБ

ЧИҚАРИШ

ХАРАЖАТЛАРИНИ

ТУРКУМЛАШ

ВА

УЛАРНИНГ

ҲИСОБИ.

Iqtisodiyot va taʼlim

, (5), 351-358.

2.

Мухаметов А. Б., Маткулиева С. И., Матрасулов Б. Э. УЧЕТ ЗАПАСОВ ПО МСФО

//Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 1-9.

3.

Мухаметов А., Матрасулов Б., Абдувохидов А. Практические аспекты учета основных

средств в Узбекистане //Экономика И Образование

. – 2020. – Т. 1. – №. 4. – С. 111-114.

4.

Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis,

Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

5.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE

TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF

EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

6.

Rakhimov, D., et al. "Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral

mapping." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

7.

Hakimova, M. K. (2024). THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL

INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY

AND BARRIOUS SOILS.

References

Муҳаметов, А., Абдувахидов, А., Матрасулов, Б., & Саматқулов, М. (2021). ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ТУРКУМЛАШ ВА УЛАРНИНГ ҲИСОБИ. Iqtisodiyot va taʼlim, (5), 351-358.

Мухаметов А. Б., Маткулиева С. И., Матрасулов Б. Э. УЧЕТ ЗАПАСОВ ПО МСФО //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 1-9.

Мухаметов А., Матрасулов Б., Абдувохидов А. Практические аспекты учета основных средств в Узбекистане //Экономика И Образование. – 2020. – Т. 1. – №. 4. – С. 111-114.

Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

Rakhimov, D., et al. "Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

Hakimova, M. K. (2024). THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY AND BARRIOUS SOILS.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов