SPIRITUAL PREPARATION OF THE POPULATION FOR EMERGENCY SITUATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Karimov, X. . (2024). SPIRITUAL PREPARATION OF THE POPULATION FOR EMERGENCY SITUATIONS. Modern Science and Research, 3(2), 412–414. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31011
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

One of the main areas of emergency preparedness is moral and spiritual preparation for action in emergency situations. Falling into a state of emergency always has a strong effect on a person's psyche. According to medical statistics, many people suffer from severe psychological trauma and need psychological treatment after catastrophic emergencies.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

412

AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARGA MA'NAVIY RUHIY TAYYORLASH

Karimov Xamraqul Sattarovich

Jizzax viloyati Hayot faoliyati xavfsizligi o'qitish markazi katta o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10971928

Annotatsiya. Favqulodda

vaziyatlar

ro’y berganda tayyorgarlikning asosiy

yo’nalishlaridan biri Favqulodda vaziyatlarda xarakat qilishga ma’naviy-ruxiy tayyorlash
hisoblanadi. Insonning Favqulodda vaziyat sharoitiga tushib qolishi doimo uning ruhiyatiga
kuchli ta’sir qiladi. Tibbiyot statistikasi ma’lumotiga ko‘ra xalokatli Favqulodda vaziyatlardan
so’ng ko’pchilik og’ir ruhiy jarohat oladi va ruhiy muolajaga muxtoj bo’ladi.

Kalit so‘zlar: O‘tdan qo‘rqish, balandlikdan qo‘rqish, suvdan qo‘rqish, og‘zaki

targ‘ibot, ommaviy axborot vositalari, ko‘rgazmali vositalar.

SPIRITUAL PREPARATION OF THE POPULATION FOR EMERGENCY

SITUATIONS

Abstract. One of the main areas of emergency preparedness is moral and spiritual

preparation for action in emergency situations. Falling into a state of emergency always has a
strong effect on a person's psyche. According to medical statistics, many people suffer from severe
psychological trauma and need psychological treatment after catastrophic emergencies.

Key words: Fear of fire, fear of heights, fear of water, word of mouth, mass media, visual

aids.

ДУХОВНАЯ ПОДГОТОВКА НАСЕЛЕНИЯ К ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ

СИТУАЦИЯМ

Аннотация. Одним из основных направлений аварийной готовности является

морально-духовная подготовка к действиям в чрезвычайных ситуациях. Попадание в
чрезвычайное положение всегда оказывает сильное воздействие на психику человека. По
данным медицинской статистики, многие люди страдают от тяжелых психологических
травм и нуждаются в психологическом лечении после катастрофических чрезвычайных
ситуаций.

Ключевые слова: Боязнь огня, боязнь высоты, боязнь воды, сарафанное радио,

средства массовой информации, наглядные пособия.

Favqulodda vaziyatlar sharoitida ma’naviy-ruxiy tayyorgarlikning moxiyati. Ma’naviy

suzi «Kishining ichki dunyosiga oid» degan ma’noni bildiradi. Bu ijtimoiy ongning bir shakli
bo’lib, odamlar yurish turishda, muomalada amal qiladigan tamoyillar, me’yorlarning
majmuidir. Bu me’yorlar odamlarning bir-biriga va insoniy birlikning turli shakllari (oila,
mexnat jamoasi, millat, umuman jamiyat)ga muayyan munosabatlarning ifodasidir.

Xatti-harakatlarga

va

ularning

sabablariga

ma’naviy

(axlokiy)

baxo

berish

ma’naviyatning o’ziga xos bir jixatini tashkil etadi. Jamiyatda, aholining muayyan bir qatlami
orasida yaxshilik va yomonlik xaqida, burch, vijdon, vijdonsizlik to‘g‘risida tashkil topgan tasavvur
bunday baho berishga asos bulib jamiyatning muayyan aholi qatlamining shaxsga bo’lgan talablari
mana shu tushunchalarda ifoda topadi.

Buning huquq tushunchasidan farqi shundaki, ma’naviyat tamoyil va me’yorlari

davlat qonunchiligida qayd etib qo’yilmay, ularga rioya qilish qonunga emas, balki vijdonga va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

413

jamoatchilik fikiriga asoslangan bo’ladi. Mana bunday bir misolni olaylik. Maxalladagi bir
oilaning uyi yonib ketdi. Nima qilishadi? Hashar qilib, pul yig’ib, jabrlangan oilaga yordam
qilib, o’sha uyni tiklab berishadi. Xo’sh, qaysi qonunda albatta hashar qilinsin, deb yozib
qo’yilgan? Bunday qonun yo’q, bo’lishi ham mumkin ham emas. Bu odamlarning ko’nglida,
ularning qalbida yozilgan. Ma’naviyat xulq-avtor va urf-odatlarda namoyon bo’ladi.

Avloddan avlodga

o’tib

boraveradigan

axloqiy

xulq-atvorning

barqaror,

mustahkamlanib qolgan me’yorlari ma’naviy an’analarni tashkil etadi.

Fuqaro muhofazasidagi ma’naviy tayyorgarlik-bilim oluvchilarda fuqaro muhofazasiga

oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekaniga ishonchni tarbiyalash, bu
tinchlik va harbiy haraktlar vaqtlaridagi o’z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday
vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy
qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir.

Murakkab sharoitda istalgan kishining hayot uchun xavfli vazifani bajarishga

tayyor ekaniga ishonib ish tutib bo’lmaydi. «Xech nimadan qo’rqmaydigan» odam
bo’lmaydi. Hamma gap sarosima hissini yengib o’tish uchun, to’g’ri qarorga kelib, harakat qila
boshlash uchun kerak bo’ladigan vaqtda. Shoshilinch vaziyatga tayyorgarlik ko’rgan odamda bu
anchagina tez bo’ladi. Tayyorgarligi yo’q kishida esa xarakatsizlik, xovliqish uzoq vaqt saqlanib
turadida psixika buzilishini kuchaytirib yuboradi.

Odamning hayot uchun xavfli sharoitda qo‘rqishini nazoratli va nazoratsiz qo‘rqishda

bo’lish odat bo’lib qolgan. Mutaxassislarning qayd etishlaricha «qo‘rqishni nazorat
qilayotgan bo’lsang, demak duch kelishing mumkin bo’lgan holatlarni anglayotgan bo’lasanda,
ularga duch kelmaslikka harakat qilasan. Bunday holda hamma vaqt iloj topasan.

Nazoratsiz qo’rquv esa bu vahimaning o’zginasi».
Odamlarning ruhiy chiniqqanligi vahimali kayfiyat rivojlanib ketishiga to’sqinlik

qiladi. Dadillashib, bor irodasini to’plab, sodir bo’lgan vaziyatdan chiqishning to’gri,
maksadbop yo’lini topish imkoniyatini beradi. Aks holda sarosima va vahima ustunlik qilib ketadi.

Favqulodda vaziyat xavfli va o’zgaruvchan bo’ladi, odatdagi uyqu, dam olish va ishlash

navbatlanishi bo’lmaydi. Vazifalarni kecha-kunduzning turli vaqtlari, yomon ob-havo, axborot
yetarli bo’lmagan sharoitda bajarishga to’gri Xavf-xatar, ortiqcha

ishlash,

odam

qurbi

darajasidan

chiqib

ketish,

yetishmovchilik, yechiladigan vazifalarning murakkabligi, bor

kuchni nihoyatda zo’r berib ishlatish odam faoliyatini qiyinlashtirib, undan ko’zda tutilgan
maqsadga erishishga to’sqinlik qilishni turli ruhiy holatlarga sabab bo’lishi mumkin.

Kuchli tovush va shovqinlar uzoq vaqt ta’sir etib turishi asab tizimi charchashi va

xatto buzilishining sabablaridan bir hisoblanadi. Surunkali shovqin boshni aylantiradi, og’ritadi,
ko’rish quvvatini kamaytiradi, xotirani susaytiradi, tushkunlikka soladi, xarakatni sekinlashtirib
qo’yadi. Muskulga qattik zo’r berish ham stress (kattik hayajon) holatini keltirib chiqarishi
mumkin.

Charchash

odatda odamning

faolligini

kamaytiradi,

jumladan

e’tiborni

susaytiradi,

salbiy

his-tuyg’ularni kuchaytiradi. Tabiiy ofat, ishlab chiqarish avariyalari va

xalokatlarning oqibatlarini tugatish

ishlari anchagina

qiyinchiliklar

bilan bog’lik bo’lib,

muayyan ko’nikma mahorat, amaliy tayyorgarlik, ruhiy barqarorlik talab qiladi.

«O‘tdan qo‘rqish»

ni yengish. Odam sakrab o’tadigan kenglikda uzun zovur qaziladi.

Unga ishlatib bo’lingan solyarka yoki boshqa yonadigan suyuklik to’ldirilib, yoqib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

414

yuboriladi. Olov devor xosil bo’lib, ta’lim olayotganlar muxofaza kiyimi kiyib yoki muxofaza
nikobida sakrab, shu olov devor ustidan o’tadilar. Bunda, har ehtimolga qarshi, olov
devorining ikki tomonidan suv shlanglari ushlagan odamlar turadilar.

«Balandlikdan qo‘rqish»ni yengish.

Xodalardan to’rt qavatli uy maketi quriladi.

Balandlikda xoda ustida mashq qilinadi. Mashq qilayotganlar xavfsizligini ta’minlash

uchun ular beliga xavfsizlik kamarlari bog’lab qo’yiladi. Albatta, xoda ustida yurayotganlarning
tuyg’ulari dastlab unchalik yoqimli bo’lmaydi. Yoki ta’lim oluvchilar baland minoraga chiqib,
undan qutqarish arqoni yordamida pastga tushadilar.

«Suvdan qo‘rqish»ni yengish.

Suvli tusiq ustiga uzunligi 100 m li tebranma ko’prik

quriladi. Ta’lim oluvchilar shu ko’prik ustidan yurib, suv to’siqdan o’tadilar.

Tayyorgarlikni bunday usulda olib borish odamlarda Favqulodda vaziyat yuz berganda

esankirab qolmaslik, chidam va mardlik ko’rsatish hissini shakllantiradi.

Mashg‘ulot va o’quv mashqlarini sutkaning turli vaktlarida, murakkab ob-xavo

sharoitida, zaxarlanish zonalarida olib borib odamlarni qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish,
ma’naviy-ruhiy hislatlarni shakllantirish mumkin.

Favqulodda vaziyatlar yuz berishi extimoli borligini va xavf darajasi to‘g‘risida

aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borish kerak. Biroq, bunda odamlarni qo’rqitmaslik,
balki bu xavfni unutmaslik, Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda muhofazalanishga tayyor
turishga da’vat etmoq kerak. Shunda Favqulodda vaziyatlar oqibatida yetadigan zararlar eng
kam darajada bo’ladi.

Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar mehnat jamoalarida, turar joylarda ana shu haqida

gapirish, ularga Favqulodda vaziyat sodir bo’lgandagi xatti-xarakat qoidalarini tushuntirish
kerak.

REFERENCES

1.

2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida” gi qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni (17.08.2022 y.).

3.

A.Qudratov, T.G'aniyev, O'.Yo'ldashev, G'.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev
"Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2005

4.

O.Qudratov, T.G'aniyev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2004

References

2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida” gi qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholini va hududlarni tabiiyhamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni (17.08.2022 y.).

A.Qudratov, T.G'aniyev, O'.Yo'ldashev, G'.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2005

O.Qudratov, T.G'aniyev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2004

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов